Abu Nasr Forobiyning jahon ilm-fani va ma’naviyat olamiga qo’shgan hissasini gapirishdan oldin, uning hayoti hamda u haqida muarrixlarning bergan ma’lumotlariga to’xtalib o’tishni joizdir


Jonli narsalarning o‘ziga xos xususiyatlari


Download 208.59 Kb.
bet9/10
Sana25.09.2023
Hajmi208.59 Kb.
#1687661
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Abu Nasr Forobiy. Fozil odamlar shahri

Jonli narsalarning o‘ziga xos xususiyatlari. Hozirgi ilmiy
tasavvurlar har qanday jonli organizmni ochiq tipdagi o‘z-o‘zini tashkil
etuvchi, ya’ni atrof muhit bilan moddalar, energiya va axborot
almashinuvini amalga oshiruvchi sistema sifatida tavsiflash imkonini
beradi. Jonli narsalarning yana bir o‘ziga xos belgisi shundaki, ular
ko‘payish qobiliyatiga egadir. Barcha jonsiz narsalardan farqli o‘laroq,
faqat jonli organizmlargina o‘ziga o‘xshash organizmlarni yaratishi,
sirtdan o‘sish va hayotni quvvatlash uchun zarur moddalarni olib, o‘z faoliyati
chiqindilarini atrof muhitga chiqarib, o‘sishi, rivojlanishi mumkin.
Boshqacha aytganda, jonli organizmlar borlig‘i funksionaldir, u jarayon
sifatida yuz beradi, ya’ni muayyan jonli narsa mavjud bo‘ladi yoki, ta’bir
joiz bo‘lsa, u faoliyat ko‘rsatayotgani uchun ham unda hayot mavjud bo‘ladi.
Bundan tashqari, jonli organizmlar mavjudligi uchun tegishli va mutlaqo
muayyan fizik va kimyoviy muhit talab etiladi, zero ularning hayot faoliyati
faqat muayyan sharoitda: joiz temperatura, havo, namlik, oziq va shu
kabilar mavjud bo‘lgan holda yuz berishi mumkin.
Qayd etilgan omillar aniq va ularni tekshirish mumkin bo‘lsa-da,
jonli va jonsiz narsalar o‘rtasida uzil-kesil chegara o‘tkazish oson ish
emas. Masalan, virusli zarralar jonli organizm hujayralaridan
tashqarida moddalar almashinuvini amalga oshirmaydi, ko‘paymaydi va h.k.
Bu ayrim olimlar ularni jonli narsalar qatoriga, ayrimlarning esa –
jonsiz narsalar dunyosiga kiritishiga asos bo‘ladi. Chuqurlikda muzlatilgan
taqdirda quritilgan urug‘lar yoki o‘ta sodda organizmlarda ham yashash
jarayonlari nomuayyan vaqtga to‘xtaydi, ammo ular avvalgi (normal)
sharoitga qaytarilgach, mazkur jarayonlar tiklanadi.
Xulosalar. Borliq bizning mavjudligimiz asosi, notirik, tirik
tabiatning yashash usulidir. Borliq yo‘qdan bor bo‘lmaydi bordan yo‘q
bo‘lmaydi. Dunyodagi barcha narsalar biri ikkinchisining mavjudligini
taqozo qiladi.

Download 208.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling