22
Nazorat savollari
1. Mayda seriyali ishlab chiqarishda qanday ko‘rinishdagi transport
qurilmalari qo‘llaniladi?
2. Uzluksiz zagotovkalarni qadamli uzatishning qanday usullari
mavjud?
3. Rotor turidagi konveyerning qanday o‘ziga xos xususiyati bor?
4. Yuklarni o‘ziyurar aravachalar yordamida avtomatik yo‘naltirish
qanday tashkil qilingan?
5. Zagotovkalarni vibrobunkerli to‘plashda joylashtirish usullari.
3-MA’RUZA
Yig‘ish va payvandlash ishlarini mexanizasiyalash,
ular uchun moslamalar va qurilmalar
Reja:
3.1.Yig‘ish va payvandlash ishlarini bajarish tartibi.
3.2.Yig‘ish moslamalaring turlari.
3.3.Payvandlash mexanik jihozlar klassifikasiyasi.
3.4.Moslamalarni loyihalash tartibi.
3.1. Yig‘ish va payvandlash ishlarini bajarish tartibi
Payvandlash
ishlari
operasiyalarini,
shu
jumladan
yigish-
payvandlash ishlarini mexanizasiyalash uchun
xilma-xil jihozlar asbob-
uskuna va moslamalar qo‘llaniladi.
Seriyalab ishlab chiqarishda payvandlash ishlarini zamonaviy tashkil
etishda
moslamalardan
foydalanish
shart.
Ayrim
hollardagina
moslamalarsiz yig‘ish va payvandlashga ruxsat beriladi.
Yig‘ish va payvandlashda ishlatiladigan moslamalarni quyidagi
guruhlarga bo‘lish mumkin:
1. Tirak va qisuvchi moslamalar. Tiraklar tariqasida burchakliklar
bo‘lagidan tayyorlangan fiksatorlardan,
shpilkalar va boshqalardan
foydalaniladi (3.1,b va d-rasm). Listlar va detallarni tortib taranglash
uchun strubsinalar, skobalar va har xil o‘lcham hamda konstruksiyadagi
boshqa
tuzilmalar, shu jumladan ponasimon,
prujinali, richagli, vintli,
ekssentrikli moslamalar ishlatiladi (3.1,c va d-rasm, 3.2,a va b-rasm).
23
Tez ishlaydigan
qisuvchi qurilmalar, ya‘ni pnevmatik, vakuum,
elektromagnit va gidravlik qurilmalar keng qo‘llaniladi.
Bularni ishga
solish uchun kran, richagni burish yoki tugmachani bosish kifoya qiladi.
Pnevmatik qurilmalar bosimi 4-5 kg k/sm
2
bosimga ega havodan
ishlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: