24
Odatda, obechaykalarning ko‘ndalang choklarini payvandlashda ana
shunday moslamalardan foydalaniladi (3.3,a-rasm)
Rezervuarlarni montaj qilish va payvandlashda listlarning chetlarini
tortib taranglash va tekislash uchun ponasimon yig‘ish moslamalar
ishlatiladi (3.3,b-rasm).
3.2-rasm. Richagli qisqich (a) va ekstsentrikli (b) qisqich
Rezervuarlarning bo‘ylama choklarini yig‘ish va payvandlash
aniqligini oshirish uchun tortqi vintli strubsinalar ishlatiladi (3.3,c-rasm).
Dastaki payvandlash o‘rniga avtomatik payvandlash usuli qo‘llanilganda
jarayonning asosiy operatsiyalari, ya‘ni elektrodni erishi sayin uni yoyga
uzatish, yoy
uzunligini bir xilda saqlash, yoyni chok bo‘ylab surish,
tegishli mexanizmlar-payvandlash kallaklari va traktorlar yordamida
avtomatik bajariladi.
Payvandchiga jarayonni sozlash, uning o‘tishini
kontrol qilish, avtomatni ishga solish yoki to‘xtatish ishlarigina qoladi.