Abu rayhon beruniy nomidagi toshkent davlat texnika universiteti payvand konstruksiyalarini
Download 5,57 Mb. Pdf ko'rish
|
Payvand konstruksiyalarini ishlab chiqarish
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.8-rasm.
- 3.4. Moslamalarni loyihalash tartibi
3.7-rasm. Manipulatorlar va pozisionerlar:
a-konsol manipulator, b,c-karusel manipulyatorlar, d-aylanayotgan shaybaning og‘ish burchagini 90° gacha o‘zgartirish uchun ishlatiladigan domkratlari bor manipulator, 9-16 t gacha yuk ko‘tara oladigan pozisioner 32 3.8-rasm. Ramalarni payvandlash uchun mo‘ljallangan konduktor : 1-konduktor karkasi, 2-payvandlanadigan rama, 3-vint qisqichlar, 4-dildiratgichlar 3.9-rasm. Oz seriyalab va yakkalab ishlab chiqarishda korpus konstruksiyalarni yig‘ishda ishlatiladigan pnevmoqisqichlari bor universal yig‘uv stendi: 1-stol, 2-ko‘chma aravacha, 3-pnevmoqisqichlar, 4-payvandlanadigan buyum. 33 3.3. Payvandlash mexanik jihozlar klassifikasiyasi 34 3.4. Moslamalarni loyihalash tartibi Payvand konstruksiyani tayyorlash texnolosiyasini ishlab chiqish jarayonida kerakli bo‘lgan yig‘ish va payvandlash moslamalar ro‘yxati tuziladi. Bu moslamalarni qo‘llash bilan ishlab chiqariladigan buyum sifati oshiriladi, shu bilan birga buyum tannarxi arzonlashadi. Shuning uchun yangi moslamani loyihalash va tayyorlash iqtisodiy jihatdan o‘zini oqlashi kerak. Yig‘ish va payvandlash qurilmalarini mustahkam- lik va qattiqlikka hisoblashda buyum va moslamaning o‘zaro kuch ta’si- rini hisobga olish kerak. Buning uchun birinchi navbatda buyumni payvandlash va sovishi davrida deformasiyalanishi natijasida hosil bo‘ladigan ko‘chishlarni chegaralovchi kuchlarni aniqlash kerak. Keyin esa tutashadigan detallarni zich yig‘ishda va mahalliy tirqishlarni kamaytirishda elementlarni bukish uchun kerakli kuch aniqlanadi. Shundan so‘ng qoldiq payvandlash deformasiyalarini o‘rnini qoplash maqsadida dastlabki deformasiyalash uchun kerak bo‘ladigan kuch aniq- lanadi. Moslamalarni loyihalashda quyidagilarni hisobga olish kerak. 1) yig‘ish moslamasida uning massasi va buyum massasi, shu- ningdek qisqichlar hosil qiladigan kuch hisobga olinishi kerak. Moslama konstruksiyasi mustahkamligi ta’minlanishi kerak. Buyumni yig‘ish jarayonida uni aylantirishga to‘g‘ri kelganda eng noqulay holatda ay- lantirish mexanizmini hosil bo‘ladigan kuchni hisobga olish kerak. 2) yig‘ish-payvandlash yoki payvandlash moslamalarini ko‘pchiligi payvandlashdan hosil bo‘ladigan deformasiyalarni kamaytirishga xizmat qilmaydi, payvandlash davrida va undan so‘ng detallar tomonidan ortiq- cha kuch hosil bo‘lmaydi. Bu moslamalarda buyumni chiqarib olish qi- yinchilik tug‘dirmasligi kerak. 3) ba’zi moslamalar, deformasiyalarga qarshi kurashni ta‘minlash uchun mo‘ljallanmagan bo‘lsa-da uning detallari payvandlanuvchi bu- yum tomonidan kuch ta‘sirida bo‘ladi. Bunday hollarda buyum va mos- lamaning birgalikda deformasiyasi moslamada plastik deformasiya kel- tirib chiqarmasligi kerak. 4) ba’zi moslamalar payvandlash deformasiyalarini kamaytirishga xizmat qiladi. Ammo moslamada hosil bo‘ladigan katta qiymatdagi kuchlar natijasida payvand birikma zonasidagi bo‘ylama va ko‘ndalang qisqarishlarni yo‘qotish qiyinchilik tug‘diradi. Bu holda moslamalarni hisoblashning quyidagi ko‘rinishlari mavjud: a) moslamada detallar qattiq mahkamlanadi, payvandlashdan avval dastlabki deformasiyalash ko‘zda tutilmagan. Agar moslamada vaq- 35 tinchalik ko‘chishlar ko‘zda tutilgan bo‘lsa, u holda moslamani loyi- halash yuqorida ko‘rsatilgandek amalga oshiriladi. b) payvandlash vaqtida hosil bo‘ladigan qoldiq deformasiyalarni ol- dini olish maqsadida oldindan dastlabki deformasiyalashni amalga oshi- rish moslamasi. 5) payvandlanayotgan buyum qattiq mahkamlangan bo‘lib, qoldiq kuchlanishlar va payvandlash deformasiyalarni yo‘qotish maqsadida bu- yum moslama bilan birgalikda termik ishlovdan o‘tkaziladi. Moslamani loyihalash uchun buyumni to‘g‘rilashga kerak bo‘ladigan kuchlar hi- sobga olinadi. Download 5,57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling