Abu rayhon beruniy nomidagi toshkent davlat texnika universiteti payvand konstruksiyalarini


Download 5.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/85
Sana20.09.2023
Hajmi5.57 Mb.
#1682769
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   85
Bog'liq
Payvand konstruksiyalarini ishlab chiqarish

3.4-rasm. Idishlarning silindrik obechaykalarini flus ostida elektr-yoy yordamida 
avtomatik payvandlash qurilmasi: 
1-payvandlash toki bilan ta‘minlash manbai, 2-boshqaruv qurilmasi joylashgan 
shkaf, 3-flus bunkeri, 4-payvandlash kallagi, 5-buyumlarni joylash va aylanma 
choklarni payvandlashda buyumni aylantirib turish uchun zarur rolikli stend, 6-
kallakni mahkamlash va uzunasiga surib borish aravachasi, 7-boshqarish simlari, 
8-payvandlash toki keladigan simlar 
3.4-rasmda idishlarning silindrik obechaykalarini flus ostida avto-
matik payvandlash qurilmasi hamda uning asosiy qismlari ko‘rsatilgan. 
Yoy yordamida avtomatik payvandlash qurilmalari quyidagi asosiy me-
xanizmlardan tashkil topgan:
1. Yoyni yondiruvchi, simni yoyga uzatuvchi va yoyni belgilangan 
uzunlikda saqlab turuvchi payvandlash kallagi. 
2. Payvandlash kallagini chok uzra surish mexanizmi yoki payvand-
lanadigan buyumni kallakka nisbatan mahkamlash va surish (aylana bo‘-
yicha yoki bo‘ylamasiga) qurilmasi. 
3. Nazorat qilish va masofadan boshqarish elektr qurilmani payvand-
lash toki bilan ta‘minlash punkti (transformator, o‘zgartirgich, to‘g‘ri-
lagich). 
Payvandlash kallagi va uni suruvchi mexanizm bitta aravachaga o‘r-
natilgan bo‘lsa, bunday avtomat payvandlash traktori deb ataladi. Pay-
vandlash traktori unchalik katta va og‘ir bo‘lmay, odatda, bevosita pay-
vandlanadigan buyum bo‘yicha surib boriladi. Ixtisoslashtirilgan avto-
matlar va traktorlarda payvandlash kallagini buyum chokining joylashi-
shiga mos trayektoriya bo‘yicha surishgan moslangan (masalan, vertikal 
va gorizontal tekisliklardagi choklar, trubalarning uchma-uch ulanadigan 


27
choklari va boshqalar uchun) mexanizmlar ishlatiladi. Sanoatimizda yoy 
yordamida flus ostida, karbonat angidrid gazida, argonda va elektr shlak 
vositasida payvandlash avtomatlari keng qo‘llanilmoqda. 3.4-rasmda 
yoy yordamida avtomatik payvandlashda ishlatiladigan traktor va kal-
laklarning ayrim turlari ko‘rsatilgan. Avtomatik kallaklarning ikkita aso-
siy tipi ishlatiladi: payvandlash simini bir xil tezlikda va har xil tezlikda 
uzatuvchi kallaklar. Sim bir xil tezlikda uzatiladigan avtomatlarda 
(masalan, TC-17M va УT traktorlar, ABС va boshqa kallaklar) yoyning 
uzunligi o‘z-o‘zidan rostlanadi. Bu jarayon quyidagi tarzda o‘tadi. Yoy 
tasodifan kaltalashib qolganida, uning kuchlanishi kamayadi, natijada 
yoydagi payvandlash toki ko‘payadi. Bu hol simning erishini tezlatadi 
va buzilgan muvozanat tiklanib yoy yana dastlabki qiymatiga qadar 
uzayadi. Yoy tasodifan uzaysa, uning o‘z-o‘zidan rostlanish jarayoni 
teskari tartibda o‘tadi. 
Sim turli tezlikda uzatiladigan avtomatlarda (AДC-1000-2 traktor va 
boshqalar) payvandlash simini uzatish tezligi yoy kuchlanishi (uzunli-
gi)ning kattaligiga qarab ishlaydigan maxsus qurilma yordamida avto-
matik o‘zgartiriladi. Yoy uzayganida (uning kuchlanishi ortganida) 
payvandlash simini uzatish tezligi oshadi, yoy qisqarganida, ya‘ni uning 
kuchlanishi kamayganida simni uzatish tezligi kamayadi. Buning uchun 
payvandlash simini uzatish mexanizmi elektr dvigatelining uyg‘onish 
chulg‘amlaridan biri payvandlash yoyi tokining kuchlanishi bilan ta’-
minlanadi. 

Download 5.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling