Abu rayhon beruniy nomidagi toshkent davlat texnika universiteti payvand konstruksiyalarini
-rasm. Kontakt payvandlash mashinasi ish zonasini tashkil etish . Nazorat savollari
Download 5.57 Mb. Pdf ko'rish
|
Payvand konstruksiyalarini ishlab chiqarish
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6-MA’RUZA Balkali konstruktsiyalarni ishlab chiqarish texnologiyasi Reja 6.1.
5.7-rasm. Kontakt payvandlash mashinasi ish zonasini tashkil etish
. Nazorat savollari 1. Bo‘ylama yo‘nalishli ishlab chiqarish oqimiga ega payvandlash sexi tuzilishi qanday kamchiliklarga ega? 2. Aylanma yo‘nalishli ishlab chiqarish oqimiga ega payvandlash sexi tuzilishi qanday afzalliklarga ega? 3. Loyihalanayotgan sex prolyot balandligini tanlashda qanday qiyin- chiliklar mavjud? 4. Jihozlarni joylashtirishda avtomatlashtirilgan grafik loyihalash tizimi qanday afzalliklarga ega? 6-MA’RUZA Balkali konstruktsiyalarni ishlab chiqarish texnologiyasi Reja 6.1. Payvand balkalar haqida ma’lumot 6.2. Qo‘shtavrli balkalarni tayyorlash texnologiyasi 6.3. To‘g‘ri to‘rtburchak kesimli balkalarni tayyorlash texnologiyasi 6.4. Balka va sterjenlarni tutashtirish. 6.5. Balkali zagotovkalardan konstruktiv elementlarni tayyorlash. 52 6.1. Payvand balkalar haqida ma’lumot Balka konstruksiyalar qurilishda bino va ko‘priklarning fermalarini, tayanchlar, elektr tokini uzatish liniyalari, issiqlik va gidroelektr stan- siyalari va boshqa inshootlarning konstruksiyalarini tayyorlashda, shu- ningdek ko‘tarish kranlari, vagonlar, teplovozlar, avtomobillar, qishloq xo‘jalik mashinalari, poydevor romlari va boshqa buyumlar tay- yorlashda, mashinasozlikda qo‘llaniladi. 6.2. Qo‘shtavrli balkalarni tayyorlash texnologiyasi Devorlarining kesimi yaxlit balkalar list metaldan tayyorlanadi. Qo‘shtavr va qutisimon kesimdagi balkalar ham ishlatiladi. Keyingi vaqtlarda egilgan list elementlardan iborat qutisimon payvand balkalar keng qo‘llanila boshlandi. Yakkalab va kichik seriyalab ishlab chiqarish sharoitlarida balkalar reja bo‘yicha dastaki va yarim avtomatik payvandlab yig‘iladi. Ko‘plab va yirik seriyalar ishlab chiqarishda buyum konduktorlarda yig‘iladi va maxsus qurilmalarga o‘rnatib flus ostida hamda karbonat angidrid gazida dumalatgich (kantovatel) dan foydalanib, avtomatik payvandlanadi. 6.1,a-rasmda metal listdan yasalgan qo‘shtavr balkalarning uchma-uch tutashgan joylarini payvandlash usullari ko‘rsatilgan. Uchma-uch joyi balkaning eng ko‘p yuk tushadigan qismida bo‘lganidagina qo‘shimcha qoplamlardan foydalaniladi. Sidirg‘a devorli payvand balkalar va ustunlar, avvalo, bikrlik qo- birg‘asisiz yig‘iladi. 6.1,b-rasmda 1, 2, 3 va 4 raqamlari bilan balka choklarini payvandlash tartibi ko‘rsatilgan. I, II, III va IV holatlardan o‘tishda balka dumalatgich bilan 90° ga buriladi. Galdagi har qaysi chok avvalgisiga teskari yo‘nalishda payvandlanadi. Bikrlik qobirg‘alari yoy yordamida dastaki yoki yarim avtomatik usulda ikkita payvandchi bir yo‘la ikkala tomondan balkaning o‘rtasidan chetlari tomon pay- vandlaydi. Balkalarni montaj qilishda birinchi navbatda uchma-uch joylarini, shundan keyingina valikli choklarni payvandlash kerak. Prokat qilingan balkalarning montajda uchma-uch ulanadigan joylarini payvandlash tartibi 6.1,a-rasmda ko‘rsatilgan. Avvalo vertikal chok (1), so‘ngra chok (2) va (3) lar payvandlanadi. List chok (2) va (3) lari bir vertikal tekislikda (6.1,b-rasm) yoki bir-biriga nisbatan surilgan (6.1,b -rasm) bo‘lishi mumkin. Dastlab vertikal devor choki (1), so‘ngra list chok (2) va (3) lari payvand- lanadi. Bo‘ylama choklar odatda balka uchlariga 400-500 mm etka- 53 zilmaydi va montaj joyida choklar (4) bilan tugallanadi. Bu choklar oxirgi navbatda payvandlanadi. Download 5.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling