53
4 MAVZU. QO‘SHILGAN QIYMAT SOLIG‘I
Reja.
1.O‘zbekiston Respublikasi
Davlat byudjeti daromadlari
tarkibida qo‘shilgan qiymat solig‘ining salmog‘i
va soliq
to‘lovchilari.
2.Soliq obyekti va soliq solinadigan bazani belgilash tartibi.
3.Qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasi va qo‘shilgan
qiymat
solig‘i bo‘yicha imtiyozlar.
4.Hisob-kitoblarni taqdim etish va soliqni to‘lash tartibi.
Tayanch iboralar: qiymat,oborot,daromad,byudjet,qo‘shilgan
qiymat, egri soliq.
O‘zbekiston soliq tizimida qo‘shilgan qiymat solig‘i 1992
yildan
buyon amal qilmoqda. Ushbu soliq oborotdan
olinadigan soliq va
sotuvdan olinadigan soliqlar o‘rniga aktsiz solig‘i
bilan birgalikda
kiritilgan. Bu soliq oborot solig‘idan farqli ravishda faqat qo‘shilgan
qiymatdan undiriladi. Oborot solig‘i
esa bir marotaba umumiy
oborotdan olinar edi.
O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjetining daromad manbai sifatida
qo‘shilgan qiymat solig‘i hozirga qadar o‘zining muhim o‘rnini va
amaliy
ahamiyatini
saqlab
kelayapdi.
Masalan,
O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2007 yil 12 dekabrdagi PQ-744-sonli
“O‘zbekiston Respublikasining 2008
yilgi asosiy makroiqtisodiy
ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risida” gi
qaroriga ko‘ra 2008 yilda qo‘shilgan qiymat solig‘ining davlat byudjeti
daromadlari tarkibidagi salmog‘i 28 foizni,
egri soliqlar tarkibida esa
56 foizni tashkil etishi prognozlashtirilgan. Ushbu ko‘rsatkichlar
qo‘shilgan qiymat solig‘ini byudjet daromadlarining
asosiy manbai
ekanligini bildiradi ( 4.1-jadval ).
Do'stlaringiz bilan baham: