Abu zakariyo yahyo ibn sharaf navaviy riyozus-solihiyn
Download 5.07 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Allohning yo‘lida to‘silgan
- «Ular infoq-ehson qilgan vaqtlarida isrof ham, xasislik ham qilmaslar
- 60-BOB Karamli, saxovatli bo‘lib hamda Allohga e’timod qilgan holda yaxshi yo‘llarga infoq etmoq xususida
- «Qanday yaxshilik qilsangiz, bas, albatta, Alloh uni bilguvchidir»
www.ziyouz.com kutubxonasi 110 kosasiga o‘tqazib qo‘ydilar. Va qovurg‘alaridan birini olib, tirab qo‘ydilar. Keyin katta tuyani egarlab, uning ostidan o‘tkazdilar (u tuya o‘tib ketdi). Biz uning go‘shtidan quritib, yo‘lga olib ketdik. Qachonki Madinaga yetib kelib, Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga kirib, bu jonivor haqida zikr qilganimizda, u zot: «Bu Allohning sizlarga yuborgan rizqidir», deb: «O’sha go‘shtdan o‘zinglar bilan olib kelgan bo‘lsanglar, menga ham beringlar», dedilar. Biz o‘sha go‘shtdan Rasulullohga (s.a.v.) yuborganimizda, u zot undan yedilar», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. 518/29. Asmo binti Yaziddan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Rasululloh (s.a.v.) ko‘ylaklarining yengi bilaklarigacha, ya’ni kaftlari bilan bilaklari o‘rtasigacha edi», dedilar. Abu Dovud va Termiziy rivoyatlari. 519/30. Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Biz Handaq kuni chuqur qaziyotganimizda qattiq yeri chiqib qoldi. Sahobalar Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga kelib: «Bu yerning qattiq joyi chiqib qoldi», deyishganida, u zot: «Men o‘zim tushaman», dedilar. So‘ngra o‘rinlaridan turganlarida qorinlariga tosh bog‘langan edi. (Rasululloh (s.a.v.) ovqat topa olmay shundoq qilardilar). Biz uch kun biror narsa totimagan edik. U zot cho‘qmorni olib, haligi qattiq yerni u bilan urgandilar, u qumga aylanib maydalanib ketdi. Shunda men: «Ey Allohning Rasuli, uyimga borishga ijozat bering», dedim. Keyin uyimga borib xotinimga: «Bugun Rasulullohda (s.a.v.) bir holatni ko‘rdimki, unga hech ham chidab bo‘lmaydi. Sening huzuringda biror yegulik bormi?» desam, xotinim: «Menda arpa va echki bor», dedi. Men o‘sha echkini so‘ydim va arpani maydalab, un qildim. Hamda go‘shtni qozonga soldim. Keyin xamir ko‘pib, o‘choqdagi qozon taomi pishay, deganida, Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga borib: «Ey Allohning Rasuli! Men ozgina taom tayyorlagan edim. O’zlari va bir-ikki kishini olib, qadam ranjida qilsalar», dedim, u zot: «Taoming qancha?» dedilar. Men uning miqdorini aytdim. U zot: «Yaxshi, ko‘p ekan. Sen xotiningga aytgin. Biz borgunimizcha qozondagi ovqatni suzmasin. Va tandirdagi nonni uzmasin», deb, sahobalariga «Turinglar», deb aytdilar. O’sha joydagi muhojir va ansoriylar turishdi. Men xotinim huzuriga kirib: «Alloh senga rahm qilsin! Rasululloh (s.a.v.), muhojirlar, ansoriylar va ular bilan birga bo‘lgan kishilar bu yerga kelishdi», desam, xotinim: «Rasululloh (s.a.v.) sendan nima borligini so‘radilarmi?», degan edi, men: «Ha», dedim. Rasululloh (s.a.v.) sahobalariga: «Kiringlar, siqilishmasdan o‘tiringlar», deb, nonni sindirib, ustiga go‘sht qo‘yib, qozon va tandirning ustini yopib qo‘yardilar. Agar undan biror narsa olsalar, mana shundoq non sindirib, ovqatdan suzishda bardavom bo‘ldilar. Hattoki to‘yib, taomlaridan ortib ham qoldi. Rasululloh (s.a.v.) «Bundan o‘zing ham yegin va hadya ham qilgin. Chunki odamlarga ochlik yetdi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. Boshqa rivoyatda Jobir (r.a.) quyidagicha so‘zladilar: «Chuqur qazilgan kuni Rasulullohni (s.a.v.) och holda ko‘rdim. Keyin xotinim oldiga borib: «Senda yegulik biror narsa bormi? Chunki men Rasulullohning (s.a.v.) qattiq och qolganlarini ko‘rdim», desam, xotinimda, xaltada bir so’ arpa bor ekan, uni olib chiqdi. Va uyimizda bir jonivor bor ekan, uni so‘ydim. Xotinim arpani maydalab, un qildi. Men go‘shtni qozonga solib, keyin Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga jo‘nadim. Xotinim esa: «Rasululloh (s.a.v.) bilan birga ko‘pchilikni olib kelib, meni sharmanda qilib qo‘ymang», deb qoldi. U zot huzurlariga kelib, sekin past ovozda: «Ey Allohning Rasuli, biz bir jonivor so‘yib hamda bir so’ arpani maydalab, un qilib taom hozirlagan edik. O’zingiz va siz bilan birga bir necha nafar kishi qadam ranjida qilsanglar», desam, u zot baland ovozda: «Ey Handaq ahllari, kelinglar, birodaringiz Jobir sizlarga ziyofat uyushtiribdilar», dedilar. Keyin u zot menga: «Biz borgunimizcha qozondagi taomni suzmanglar va xamirlaringizni non qilib pishirmanglar», dedilar. Keyin men uyga keldim. Rasululloh (s.a.v.) ham, kishilar ham yetib kelishdi. Men xotinim oldiga kirsam, u: «Siz undoq, siz bundoq», deya gapira Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 111 boshladi. Men: «Sen menga nima degan bo‘lsang, uni Rasulullohga (s.a.v.) aytdim», dedim. Xotinim xamirni olib kelganida, Rasululloh (s.a.v.) unga tuflab va baraka tilab, duo qildilar. Keyin qozon oldiga borib, unga ham tuflab, baraka tilab, duo qildilar. Keyin u zot xotinimga: «Sen non yopuvchi bir xotinni chaqirib kel, sen bilan non yopsin. Qozondan taomni suzib tur. Lekin qozonni o‘choq tepasidan tushirmagin», dedilar. Jobir (r.a.): «O’sha kuni tashrif buyurgan sahobalar ming nafar edi. Allohga qasamki, barchalari to‘yib yeb, hattoki undan qoldirib ketishdi. Qozonimiz avvalgidek qaynar va xamirimiz avvalgidek non qilib pishirilar edi», dedilar. 520/31. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Abu Talha xotinlari Ummu Sulaymga: «Bugun men Rasulullohning (s.a.v.) ovozlarini zaif holatda eshityapman. Menga ma’lum bo‘ldiki, u zotda ochlik asorati bordir. Sening huzuringda yegulik biror narsa bormi?» deganlarida, Ummu Sulaym: «Ha», deb, arpadan tayyorlangan non berib, o‘zlaridan bitta ro‘molni chiqarib, nonning yarmini o‘rab, so‘ngra kiyimimni tagiga qo‘yib, qolgan yarmini o‘zimga berdilar. Anas (r.a.): «Keyin meni Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga yubordilar. Men borsam, Rasululloh (s.a.v.) masjidda namoz o‘qib o‘tirgan ekanlar. U zot bilan odamlar ham bor edi. Men ham ular oldiga borsam, u zot: «Seni Abu Talha jo‘natdimi?», dedilar. Men: «Ha», dedim. «Taom uchunmi?» degandilar, men: «Ha», dedim. Rasululloh (s.a.v.) atrofdagilarga: «Yuringlar» degandilar, ular birga yo‘lga ravona bo‘lishdi. Men ham ularning oldilarida yurib keldim. Qachonki Abu Talhaning oldilariga kelib, ular yetib kelishgani xabarini berganimda, Abu Talha xotinlari Ummu Sulaymga: «Rasululloh (s.a.v.) odamlar bilan kelayotgan ekanlar. Bizda esa yegulik narsa yo‘qdir», degandilar, Ummu Sulaym: «Alloh va Uning Rasuli yaxshiroq biladi», dedilar. Keyin Abu Talha Rasululloh (s.a.v.) istiqbollariga chiqib, birga uyga kirishdi. Rasululloh (s.a.v.) «Ey Ummu Sulaym, o‘zingizdagi yegulik nima bo‘lsa, keltiring», dedilar. Ummu Sulaym Anasdan (r.a.) berib yuborgan haligi nonni olib keldilar. Rasululloh (s.a.v.) buyuruvdilar, non ushatildi. Va Ummu Sulaym teridan tayyorlangan yog‘ idish olib kelib, undan asal va yog‘ aralashtirilgan nonxo‘rak siqib chiqardilar. Keyin Rasululloh (s.a.v.) unga nimalarnidir o‘qidilar-da: «O’n kishining kirishiga izn beringlar», dedilar. Ularga izn berilgan edi, undan yeb, to‘yib u yerdan chiqib ketishdi. Keyin yana: «O’n kishining kirishiga izn beringlar», dedilar. Ularga ham izn berilgan edi, undan yeb, to‘yib u yerdan chiqib ketishdi. Keyin yana: «O’n kishining kirishiga izn beringlar», dedilar. Hattoki qavmdagi barchalari yeb to‘yishdi. O’shanda ular yetmish yoki sakson kishi edi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. Boshqa rivoyatda: «O’n kishi kirib va chiqishida bardavom bo‘lishdi, hattoki hech bir kishi qolmasdan hammalari kirib, yeb, to‘yib chiqib ketishdi. So‘ngra ovqatlangandan keyin qolgan ovqatni to‘plashgandi, avval qandoq bo‘lsa, shundoqligicha edi», deyilgan. Yana boshqa rivoyatda: «O’n kishi-o‘n kishidan kirib yeyishdi, hattoki sakson kishi mana shu tarzda yeb to‘yishdi. So‘ngra Rasululloh (s.a.v.) va oilalari ham undan yeb to‘yishganidan keyin ham ortib qoldi», deyilgan. Yana boshqa bir rivoyatda: «Ular qo‘shnilarigacha orttirib yetadigan darajada yeyishdi», deyilgan. Anasdan (r.a.) qilingan rivoyatda: «Bir kuni Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga borsam, u zot sahobalar bilan birga o‘tirgan ekanlar. Va o‘sha payt qorinlarini belbog‘ bilan tang‘ib olibdilar. Men sahobalarning ba’zilaridan: «Nima uchun Rasululloh (s.a.v.) qorinlarini belbog‘ bilan bog‘lab olganlar?» desam, ular: «Ochlikdan», deb aytishdi. Men Ummu Sulaym binti Milhonning eri Abu Talha (r.a.) huzurlariga borib: «Ey otajon! Men Rasulullohning (s.a.v.) qorinlarini belbog‘ bilan bog‘lab olganlarini ko‘rib, ba’zi sahobalardan nima uchun bu zot bunday qilib olganlar desam, ular: «Ochlikdan», deb aytishdi», desam, otam Abu Talha onamning oldiga kirib: «Huzuringda biror narsa bormi?» degandilar, onam: «Ha, non burdalari va xurmolar bor. Agar Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 112 Rasululloh (s.a.v.) yakka o‘zlari kelsalar, to‘ydira olamiz. Bordiyu boshqalar bilan birga kelsalar, unda yetmaydi», deb hadisning qolganini zikr qilganlar. 57-BOB Qanoatli, iffatli hamda ro‘zg‘orda, ehson qilishda tejamkor bo‘lish va zarurat tug‘ilmaganda kishilardan narsa so‘rashning karohiyati haqida Alloh taolo: «O’rmalagan narsa borki, barchasining rizqi Allohning zimmasidadir» (Hud surasi, 6-oyat). (Sadaqot-ehsonlar) Allohning yo‘lida to‘silgan (ya’ni o‘zlarini ushlagan), biror yerga safar qilishga qodir bo‘lmaydigan, qanoatlari sababli bilmagan odamga boy-badavlat bo‘lib ko‘rinadigan faqir-kambag‘allar uchundir. Ularning (faqirliklarini) siymolaridan bilib olasiz. Ular odamlardan tilanib turib olmaydilar» (Baqara surasi, 273-oyat). «Ular infoq-ehson qilgan vaqtlarida isrof ham, xasislik ham qilmaslar, (balki ehsonlari) ana o‘sha (xasislik bilan isrofning) o‘rtasida — mo‘‘tadil bo‘lur» (Furqon surasi, 67-oyat). «Men jin va insni faqat O’zimga ibodat qilishlari uchungina yaratdim» (Vaz- zoriyat surasi, 56-oyat), deb aytgan. Bunga dalil bo‘ladigan hadislarning aksariyati yuqoridagi ikki bobda keldi. Qolganlari esa quyidagi hadislardir: 521/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Mol-dunyosi ko‘p bo‘lgan kishi boy deyilmaydi. Balki haqiqiy boy nafsi to‘q bo‘lgan kishidir», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 522/2. Abdulloh ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kimki musulmon bo‘lib, kifoya qilgudek rizqlangan bo‘lsa va Alloh taolo o‘sha bergan rizqiga qanoatli etib qo‘ygan bo‘lsa, batahqiq o‘sha kishi najot topibdi», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. 523/3. Hakim ibn Hizomdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasulullohdan (s.a.v.) bir narsa so‘ragan edim. U zot so‘ragan narsamni berdilar. Keyin yana so‘ragan edim. Yana berdilar. Uchinchi bor so‘ragan edim, yana berib: «Ey Hakim, bu mol-dunyo yam-yashil, go‘zal narsadir. Kim uni saxiylik (boshqalarga ham berish) niyatida olsa, u narsasiga baraka beriladi. Kimki uni o‘zida ushlab qolish niyatida olsa, u narsasiga baraka berilmaydi hamda u kishi yeb to‘ymas bo‘lib qoladi. Yuqori qo‘l (ehson qiluvchi) past qo‘ldan (tilanchidan) yaxshidir», degandilar, men: «Ey Allohning Rasuli, sizni haq bilan yuborgan Zotga qasamki, sizdan keyin vafot etgunimcha hech bir kishidan biror narsa so‘ramayman», dedim. Abu Bakr Siddiq (r.a.) xalifalik paytlarida hadya berish uchun Hakimni (r.a.) chaqirganlarida, Hakim (r.a.) uni qabul etishdan bosh tortdilar. Keyin Umar ibn Xattob hadya berish uchun Hakimni (r.a.) chaqirtirgan edilar, bu zot yana uni qabul etishdan bosh tortdilar. Shunda Umar (r.a.): «Ey musulmonlar jamoasi, Hakimning (r.a.) qilayotgan ishiga guvoh bo‘linglar. Men unga: «Alloh o‘ljalardan ajratgan haqqingni olgin», desam, u olishdan bosh tortmoqda», dedilar. Mana shu tarzda Hakim (r.a.) Rasulullohdan (s.a.v.) keyin to vafotlarigacha hech kimdan biror narsa so‘ramadilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 524/4. Abu Burda (r.a.) Abu Musodan (r.a.) rivoyat qiladilar. «Biz olti kishi Rasululloh (s.a.v.) bilan birga g‘azotga chiqdik. O’zimiz bilan bitta tuya bo‘lib, uni navbat bilan minar edik. Oyoqlarimiz yorilib ketdi. Mening ham oyog‘im kesilib, tirnog‘im tushib ketdi. Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 113 Biz oyoqlarimizga latta bog‘lab oldik. Oyoqlarimizga latta bog‘laganimiz uchun bu urush «Zoturriqo’» (Ya’ni yamoq g‘azoti) deb nomlangan. Abu Burda aytadilar: Abu Muso (r.a.) avvaliga bu hadisni hadis omonati uchun gapirib berdilar. Keyin karih ko‘rib: «Nimaga aytdim ekan?» dedilar. Go‘yoki (sir) narsani tarqatib yubordimmikin, deb o‘ylab shundoq dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 525/5. Amr ibn Tag‘libdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga mol- dunyo yoki asirlar keltirildi. Rasululloh (s.a.v.) u narsalardan ba’zi kishilarga berib, ba’zilariga bermadilar. Keyin Rasulullohga (s.a.v.) berilmaganlar ranjishgani xabari yetib qoldi. Rasululloh (s.a.v.) Allohga hamdu sano aytib: «Ammo ba’d, Allohga qasamki, men ba’zilarga beraman va ba’zilarga bermayman. Bermagan kishilarim men uchun bergan kishilarimdan ko‘ra yaxshiroqdir. Men qalbida sabrsizlik, hirs bor kishilarga berdim. Ammo Alloh qalbiga behojatlik va yaxshiliklar bitgan kishilarga bermadim. Ana o‘shalardan biri Amr ibn Tablig‘dir», dedilar. Amr ibn Tablig‘ (r.a.): «Allohga qasamki, Rasululloh (s.a.v.) aytgan mana shu so‘zlar men uchun qizil tuyadan ham yaxshiroqdir», dedilar (qizil tuya o‘sha paytda arablardagi eng qimmatbaho narsa ed i... — Ta rj). Imom Buxoriy rivoyatlari. Foyda: Mol va mato insonning mukarramligi hamda mavqeini belgilovchi narsa emasligi ma’lum bo‘ladi. 526/6. Hakim ibn Hizomdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Baland qo‘l past qo‘ldan yaxshidir (ya’ni sadaqa qiluvchi qo‘l tilanchi qo‘ldan yaxshidir). Sadaqani qo‘l ostingdagilardan boshla. Sadaqaning eng yaxshisi — kishining o‘zidan keyin boylik qilib qoldirgan narsasidir. Kim kamsuqum bo‘lsa, Alloh uni kamsuqum qilib qo‘yadi. Kim o‘zini behojat qilsa, Alloh uni behojat qilib qo‘yadi», dedilar. Imom Buxoriy rivoyatlari. Imom Muslim rivoyatlari bundan qisqaroq bo‘lib kelgan. 527/7. Abu Sufyon Saxr ibn Harbdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Bir narsa so‘rashda beruvchini o‘z holiga qo‘ymay tilanmanglar. Allohga qasamki, sizlardan biringiz mendan biror narsa so‘rab, bunda haddan oshsa, men undan norozi bo‘lib qolsam, bergan narsamda baraka bo‘lmaydi», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. 528/8. Abu Abdurahmon Avf ibn Molik Ashja’iydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Biz to‘qqiz yoki sakkiz yoki yetti nafar kishi Rasululloh (s.a.v.) huzurlarida edik. Rasululloh (s.a.v.) «Allohning Rasuliga bay’at qilmaysizlarmi?» dedilar. Biz o‘sha kunlarda yangi bay’at qilgan edik. Va: «Ey Rasululloh! Biz sizga bay’at qilganmiz-ku?» dedik. Rasululloh (s.a.v.) yana: «Allohning Rasuliga bay’at qilmaysizlarmi?» degandilar, biz qo‘llarimizni uzatib: «Ey Rasululloh, bay’at qilganmizku? Qaysi narsaga bay’at qilamiz?», dedik. Shunda u zot: «Allohga biror narsani sherik qilmasdan ibodat hamda itoat qilish, besh vaqt namoz o‘qish», deb ovozlarini biroz pasaytirdilar va: «Odamlardan biror narsa so‘ramanglar», dedilar. Avf ibn Molik (r.a.): «Men bay’at qilgan kishilarning ba’zilarini ko‘rdim, ulardan birortalarining qamchilari yerga tushib ketsa, biror kishiga olib ber, deyishmas edi», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. 529/9. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Sizlardan biringiz tilanchilikda bardavom bo‘lsa, hattoki u kishi Alloh taologa yuzida go‘sht yo‘q holatda yo‘liqadi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 530/10. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) minbarda turib, sadaqa va tilanchilikdan saqlanish haqida gapirayotganlarida: «Yuqori qo‘l pastki qo‘ldan yaxshidir. Yuqori qo‘l infoq qiluvchi va pastki qo‘l tilanchidir», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 531/11. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kimki odamlardan moli ko‘payish uchun tilanchilik qilsa, u odam o‘zi uchun cho‘g‘ni so‘rabdi. Bas, shundoq ekan xohlasa, cho‘g‘ning ko‘pini yoki ozini so‘rasin», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 114 532/12. Samura ibn Jundubdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Tilanchilik kishining o‘z yuz terisini shilish, deganidir. Faqat Alloh farz etgan zakot va shunga o‘xshash narsalarda sultonning talab qilishi hamda chorasiz qolinganda bundan mustasno», dedilar. Imom Termiziy rivoyatlari. 533/13. Ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Kimga muhtojlik yetsa, u o‘sha muhtojligini odamlarga shikoyat qilsa, u kishidan muhtojlik arimaydi. Kimki o‘sha muhtojligini Allohga arz qilsa, tezda yoki birozdan keyin unga rizq ato qilinadi», dedilar. Abu Dovud va Termiziylar rivoyati. 534/14. Savbondan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Kimki menga odamlardan biror narsa so‘ramayman, deb kafolat bersa, men uning jannatga kirishiga kafildurman», deganlarida: «Men so‘ramaslikka kafolat beraman», dedim. Haqiqatda Savbon (r.a.) hech bir kishidan biror narsa so‘ramadilar. Abu Dovud sahih isnod ila rivoyat qilganlar. 535/15. Abu Bishr Qabiysa ibn Muxoriqdan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Men ikki jamoat orasini isloh qilib, katta mablag‘ to‘lovini bo‘ynimga olib, shu to‘lov xususida so‘rash uchun Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga borsam, u zot: «Sadaqalar kelgunicha shu yerda turgin. Agar kelsa, undan senga berishlarni amr etamiz» dedilar. So‘ngra u zot: «Ey Qabiysa, tilanchilik uch kishidan boshqalarga halol bo‘lmaydi. 1. Bir kishining (sen kabi) tovonga javobgar bo‘lgan mablag‘ni qo‘lga kiritish uchun tilanishi. Agar qo‘lga kiritsa, tilanchilikdan o‘zini tiyadi. 2. Bir kishga, molida falokat yetsayu, u kishi muhtoj bo‘lib qolib, ehtiyojlarini ta’minlaydigan darajada tilanishi. 3. Bir kishiga qashshoqlik yetib qolsa va o‘sha kishining qavmidan bo‘lgan aqlli uch kishi: «Haqiqatda mana shu kishiga qashshoqlik yetgan deb», guvohlik berishsa, bu kishi ham ro‘zg‘orini butlaydigan darajada tilanchilik qilishi joiz. Ammo bundan boshqasida, ey Qabiysa, tilanchilik qilish harom. Uning sohibi haromni yegan bo‘ladi», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. 536/16. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Odamlarning oldidan aylanib yurganida bir va ikki luqma yoki bitta va ikkita xurmo bersang, olib ketadigan kishi haqiqiy miskin emas. Lekin haqiqiy miskin o‘zini behojat qiladigan narsa topa olmasa va sadaqa berish uchun uning ahvolidan boshqalarning xabarlari bo‘lmasa hamda o‘zi ham tilanib yurmaydigan kishidir», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 58-BOB Tilanchilik va ta’magirlik bo‘lmasa, berilgan narsani olish joizligi haqida 537/1. Solim otalari Abdullohdan, Abdulloh esa otalari Umardan (r.a.) qilgan rivoyatlarida, Umar ibn Xattob (r.a.): «Rasululloh (s.a.v.) menga o‘ljalardan berganlarida, men: «Kambag‘alroq kishilarga bering», dedim. Shunda u zot: «Agar senga mana shu kabi mol keltirilsa, ta’ma, hirs qilmagan va tilanchilik etmagan holda o‘sha molga ega bo‘laver. Agar xohlasang, undan yegin. Bo‘lmasa, sadaqa qil. Ammo o‘zi kelmasa, orqasidan yugurmagin», dedilar. Solim (r.a.): «Otam Abdulloh mana shu sunnatga amal qilgan holda hech bir kishidan biror narsa so‘ramas va agar biror narsa berilsa, qaytarmas edilar», deb aytdilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 59-BOB O’z kasbi orqali yeyish va tilanchilikdan saqlanish hamda odamlar biror narsa berarmikan, deyishdan yuz o‘girishga targ‘ib Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 115 Alloh taolo: «Endi qachon namoz ado qilingach, yerga tarqalib, Allohning fazlu marhamatidan (rizqu ro‘z) istayveringlar» (Jum’a surasi, 10-oyat), deb aytgan. 538/1. Abu Abdulloh Zubayr ibn Avvomdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Sizlardan biringiz arqon olib, toqqa chiqib, u yerdan orqasiga bir bog‘lam o‘tin ortib, uni sotishi va Alloh bu ishi bilan (tilanish, tama’dan) saqlab qolishi so‘ralganida berib- bermaydigan kishilardan tilanishdan ko‘ra yaxshiroqdir», dedilar. Imom Buxoriy rivoyatlari. 539/2. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Sizlardan biringizning orqasiga bir bog‘lam o‘tinni ortib, kun o‘tkazishi so‘ralganida berib- bermaydigan kishilardan tilanishdan ko‘ra yaxshiroqdir», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 540/3. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Dovud alayhissalom qo‘llari ila mehnat qilib, o‘z kasblari orqali tirikchilik qilardilar», deb aytdilar. Imom Buxoriy rivoyatlari. 541/4. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Zakariyo alayhissalom duradgor edilar», deb aytdilar. Imom Muslim rivoyatlari. 542/5. Miqdod ibn Ma’di Karibadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Biror kishi qo‘li bilan mehnat qilib, kasbi orqali yegan taomidan yaxshiroq taom yeya olmaydi. Chunki Allohning payg‘ambari Dovud alayhissalom ham o‘z kasblari orqali tirikchilik qilardilar», deb aytdilar. Imom Buxoriy rivoyatlari. 60-BOB Karamli, saxovatli bo‘lib hamda Allohga e’timod qilgan holda yaxshi yo‘llarga infoq etmoq xususida Alloh taolo: «Ne bir narsani infoq-ehson qilsangizlar, bas (Alloh) uning o‘rnini to‘ldirur» (Saba’ surasi, 39-oyat), «Qanday yaxshilik (mol) infoq-ehson qilsangizlar, bas, o‘zingiz uchundir. Faqat Alloh Yuzini istab yaxshilik infoq-ehson qilingiz! Qilgan har bir yaxshiligingiz sizlarga zulm qilinmagan holida o‘zingizga to‘la-to‘kis qaytariladi» (Baqara surasi, 272-oyat), «Qanday yaxshilik qilsangiz, bas, albatta, Alloh uni bilguvchidir» (Baqara surasi, 273-oyat), deb aytgan. 543/1. Ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Ikki kishiga hasad qilish joiz. Birinchisi: Alloh taolo bir kishiga mol-dunyo bersayu, u kishi o‘sha mol- dunyoni haq yo‘lda infoq qilsa. Ikkinchisi: Alloh taolo bir kishiga hikmat (ilm) ato etsayu, u kishi o‘sha ilmi bilan hukm qilib va o‘sha ilmidan odamlarga ta’lim bersa», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 544/2. Ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Sizlarning qaysi biringiz merosxo‘ringiz molini o‘zingizning molingizdan ko‘ra yaxshiroq ko‘rasiz?» deganlarida, sahobalar: «Ey Allohning Rasuli, oramizda o‘z molidan boshqalarning molini yaxshi ko‘radigan kimsa yo‘qdir», deyishdi. Shunda Rasululloh (s.a.v.): «Kishi molining qanchasini infoq qilgan bo‘lsa, o‘sha o‘zinikidir. Infoq qilmay yig‘ib qo‘ygani esa merosxo‘rlarinikidir», dedilar. Imom Buxoriy rivoyatlari. 545/3. Adiy ibn Hotimdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Xurmoning yarmini infoq qilib bo‘lsa ham do‘zaxdan saqlaninglar», deb aytdilar. Imom Buxoriy va |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling