Abu zakariyo yahyo ibn sharaf navaviy riyozus-solihiyn
Download 5.07 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- «So‘ng, ularning ortidan namozni zoe qiladigan va shahvatlarga beriladigan kimsalar o‘rinbosar bo‘ldilar. Endi u
www.ziyouz.com kutubxonasi 104 Termiziy rivoyatlari. 478/23. Abdulloh ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Ko‘chmas mulklarga (er-suv) ega bo‘lishga kirishmanglar. Chunki u dunyoga rag‘batlaringizni ziyodalashtiradi», dedilar. Imom Termiziy rivoyatlari. 479/24. Abdulloh ibn Amr ibn Ossdan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Qamishdan bo‘lgan uyimizni isloh etayotganimizda Rasululloh (s.a.v.) oldimizdan o‘tib qoldilar. Va: «Bu nima?» degandilar, biz: «Qulab ketgan devorni isloh qilmoqdamiz», dedik. Shunda Rasululloh (s.a.v.) «Ishni bundan ham tezroq deb bilaman», dedilar». Abu Dovud va Termiziylar rivoyati. 480/25. Ka’b ibn Iyozdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Har bir ummatning fitnasi bordir. Mening ummatimning fitnasi mol-dunyodir», dedilar. Imom Termiziy rivoyatlari. 481/26. Usmon ibn Affondan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Odam bolalarining quyidagi narsalardan boshqa hech bir haqqi yo‘qdir: yashaydigan uyi, avratini to‘sadigan kiyimi, nonning o‘zi hamda suv», dedilar. Imom Termiziy rivoyatlari. 482/27. Abdulloh ibn Shixxirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga borsam, u zot «Alhakumut takosuru» surasini o‘qiyotgan ekanlar. Shunda u zot: «Odam bolasi molim, molim, deydi. Ey odam bolasi, molingdan yeb tugatganing va kiyib eskitganing hamda sadaqa qilib sarf etganing o‘zingnikidir (qolgani esa boshqalarnikidir)», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. 483/28. Abdulloh ibn Mug‘affaldan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir kishi Rasululloh (s.a.v.)ga: «Ey Allohning rasuli, Allohga qasamki, men sizni yaxshi ko‘raman», dedi. Shunda u zot: «Nima deyayotganingga qaragin», dedilar. U yana: «Allohga qasamki, men sizni yaxshi ko‘raman», deb uch marta aytdi. Rasululloh (s.a.v.): «Unday bo‘lsa, kambag‘allik kiyimini lozim tut. Chunki meni yaxshi ko‘rgan kishiga kambag‘allik sel oxiriga borib ulgurmasidan ham tezroq yetib boradi», dedilar. Imom Termiziy rivoyatlari. 484/29. Ka’b ibn Molikdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Qo‘ylar orasiga ikkita och bo‘ri qo‘yib yuborilganida, ularni qay tarzda barbod qilsa, kishini mol-dunyo va sharaf-izzatga bo‘lgan hirsi undan ham ko‘proq fasod qiladi», dedilar. Imom Termiziy rivoyatlari. 485/30. Abdulloh ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Bir kuni Rasululloh (s.a.v.) bo‘yra ustida uxlagan edilar, ikki yonlariga uning izi tushib qolibdi. Shunda biz: «Ey Allohning rasuli, sizga to‘shak solib beramiz», degandik, u zot: «Dunyo bilan mening nima aloqam bor?! Dunyoda men xuddi daraxt ostida biroz soyalanib, keyin u yerni tashlab ketadigan yo‘lovchiga o‘xshayman», dedilar». Imom Termiziy rivoyatlari. 486/31. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Kambag‘allar jannatga boylardan besh yuz yil oldin kirishadi», dedilar. Imom Termiziy rivoyatlari. 487/32. Ibn Abbos (r.a.) va Imron ibn Husaynlardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Jannatga boqdim, ko‘rdimki, u yerdagilarning aksariyati kambag‘allar ekan. Hamda do‘zaxga boqdim, ko‘rdimki, u yerdagilarning aksariyati ayollar ekan», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 488/33. Usoma ibn Zayddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Jannat darvozasi oldida turib qarasam, u yerga kirayotganlarning ko‘plari bechora-miskinlar ekan. Boylar esa tashqarida ushlab turilibdi. Lekin do‘zax ahllarini esa do‘zaxga tashlash buyurilibdi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 489/34. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «So‘zlarning eng to‘g‘risi Labid ismli shoirning: «Ogoh bo‘ling! Allohdan boshqa barcha narsa botil, ya’ni bekordir», deb aytgan so‘zidir», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. Alloh taoloning lutfu inoyati ila birinchi jild shu yerda tugadi. Ikkinchi jild, inshaalloh, Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 105 «Och yurish va sodda hayot kechirish» bobidan boshlanadi. 56-BOB Och yurish, sodda hayot kechirish, yeyish, ichish, kiyinishning oziga ham qanoat qilish hamda nafs xohishi va shahvoniy narsalarni tark etish xususida Alloh taolo: «So‘ng, ularning ortidan namozni zoe qiladigan va shahvatlarga beriladigan kimsalar o‘rinbosar bo‘ldilar. Endi u (o‘rinbosarlar) albatta, yomonlikka (ya’ni yomon jazoga) yo‘liqurlar. Magar tavba qilib, iymon keltirgan va yaxshi amallar qilgan zotlargina (azobga duchor qilinmaslar). Bas, ular jannatga kirurlar va ularga biron zulm qilinmas» (Maryam surasi, 59-60-oyatlar). «So‘ng, (Qorun) qavmi oldiga yasan-tusan qilib chiqqan edi, hayoti-dunyoni istaydigan kimsalar: «Eh, qani edi bizlar uchun ham Qorunga ato etilgan molu- davlat bo‘lsa edi. Darhaqiqat, u ulug‘ nasiba egasidir», dedilar. Ilm-ma’rifat ato etilgan kishilar esa: «O’lim bo‘lsin sizlarga! Iymon keltirgan va yaxshi amal qilgan kishi uchun Alloh beradigan ajr-savob yaxshiroq-ku!», dedilar (Qasos surasi, 79-80-oyatlar). «So‘ngra ana o‘sha Kunda albatta (hayoti-dunyoda sizlarga ato etilgan barcha) ne’matlar to‘g‘risida mas’ul bo‘lursizlar» (Takasur surasi, 8-oyat). «Kim naqd (dunyo)ni ko‘zlovchi bo‘lsa, Biz (shu dunyoda ulardan) O’zimiz istagan kimsalar uchun O’zimiz xohlagan narsani naqd qilib berurmiz. So‘ngra (ya’ni oxiratda) u uchun o‘zi mazammat-malomatga va quvg‘inga duchor bo‘lgan holda kiradigan jahannamni uning uchun joy qilib berurmiz» (Isro surasi, 18- oyat), deb aytgan. 490/1. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu onamiz: «Muhammad alayhissalom hayotlik paytlarida oilalaridagilar paydar-pay ikki kun arpa nonidan to‘yib yeyishmadi», deb aytdilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. Boshqa bir rivoyatda: «Muhammad alayhissalom oilalari Madinaga kelishganidan toki u zot vafot etgunlariga qadar ketma-ket uch kun bug‘doyli taomni to‘yib yeyishmadi», deyilgan. 491/2. Urvadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Oisha (r.a.): «Allohga qasamki, ey singlimning o‘g‘li, bizlar birinchi yangi oyni, keyin ikkinchisini, so‘ngra uchinchisini ko‘rardik. Ya’ni uchta yangi oyning boshini ikki oyda ko‘rardik. Ana shu muddat mobaynida Rasululloh (s.a.v.) xonadonlarining birortasida taom uchun o‘t yoqilmasdi», deganlarida, men: «Ey xolajon! Unda qandoq qilib hayot kechirar edinglar», desam, u zot: «Ikki qora (oddiy) ne’mat, ya’ni xurmo va suv hamda Rasulullohning (s.a.v.) ansoriylardan bo‘lgan qo‘shnilari yuboradigan sutlari bilan edi. Ansorlarga odamlar sutini ichib turishlari uchun sog‘iladigan hayvon berib turishgan edi. U zot esa bizni o‘sha sut ila siylardilar», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 492/3. Abu Said al-Maqburiydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Abu Hurayra (r.a.) bir qavmning oldidan o‘tdilar. Ularning oldilarida pishirilgan qo‘y go‘shti bor edi. Ular Abu Hurayrani (r.a.) ham o‘sha go‘shtga taklif qilishdi. Abu Hurayra (r.a.) esa yemoqlikni rad qilib: «Rasululloh (s.a.v.) dunyodan o‘tdilar. Lekin qorinlari arpa noniga ham to‘ymagan edi», dedilar. Imom Buxoriy rivoyatlari. 493/4. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) vafot etgunlariga qadar xontaxtada ovqatlanmadilar va yumshog‘ non yemadilar. Imom Buxoriy rivoyatlari. Foyda: Rasululloh (s.a.v.) dunyo ahllari qiladigan ishlardan yuz o‘girib, zohidlikning Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 106 eng chiroyli namunasini ko‘rsatdilar. Bu ishlari kambag‘al va miskinlarni o‘ksitmaslik uchun edi. Lekin bunday qilish odamlarga vojib emas. Imom Buxoriyning boshqa rivoyatlarida: «Rasululloh (s.a.v.) juni issiq suv bilan olinib, butunicha pishirilgan qo‘yni ko‘zlari bilan ko‘rmadilar», deyilgan. Foyda: Bu kabi kichik qo‘yning junini yulib, uni butunicha pishirish isrof qilib haddan oshuvchilarning amalidir. 494/5. No‘‘mon ibn Bashirdan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Men nabiyingiz Muhammad (s.a.v.) qorinlarini to‘ydirish uchun yomon xurmoni ham topa olmaganlarini ko‘rdim», deb aytdilar. Imom Muslim rivoyatlari. 495/6. Sahl ibn Sa’ddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu zot: «Rasululloh (s.a.v.) payg‘ambar etib yuborilganlaridan to vafot etgunlariga qadar oq non ko‘rmadilar», dedilar. Bu zotga: «Rasululloh (s.a.v.) zamonlarida elak bo‘lganmi?» deyilganida: «Rasululloh (s.a.v.) payg‘ambar qilib yuborilganlaridan to vafot etgunlariga qadar elak ko‘rmaganlar», dedilar. «Unda elakdan o‘tkazilmagan arpani qandoq tanovul qilardinglar?» deyilganida, u zot: «Arpani un qilib, so‘ng uni puflar edik, shunda uning kepaklari uchib ketardi. Qolganini xamir qilib, iste’mol qilar edik», dedilar. Imom Buxoriy rivoyatlari. 496/7. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) kunlarning birida yoki kechalarning birida ko‘chaga chiqqanlarida, Abu Bakr va Umarni (r.a.) uchratdilar. Ularga: «Sizlarni bu soatda uyingizdan nima olib chiqdi?», deganlarida, ikkovlari: «Ey Allohning Rasuli, ochlik», deb aytishdi. Shunda Rasululloh (s.a.v.) «Jonim Uning qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, meni ham sizlarni olib chiqqan narsa olib chiqdi. Turinglar», dedilar. Ular u zot bilan turib, ansoriylardan bir kishinikiga borishdi. Borishsa, u uyida yo‘q ekan. Uning xotini bularni ko‘rib: «Xush kelibsizlar, marhabo», deb aytdi. Rasululloh (s.a.v.) «Falon kishi (ya’ni, ering) qaerda?»dedilar. U ayol: «Bizga ichimlik suvi olgani ketdi», dedi. Shu payt haligi ansoriy kelib, Rasululloh (s.a.v.) va ikki birodarlarini ko‘rib: «Allohga hamd bo‘lsinki, bugun mendan ko‘ra mehmon jihatidan hurmatliroq kishi yo‘q», dedi. Va ketib, xurmosi bor bir novda ko‘tarib keldi. Unda pishmagan, quritilgan va ho‘l xurmo bor edi. U: «Yenglar», deb iltifot qilib, qo‘liga pichoq oluvdi, Rasululloh (s.a.v.) unga: «Qo‘ygin, sut berib turgan jonivorni so‘ymagin», dedilar. Keyin xonadon sohibi bir qo‘y so‘ydi. Ular bu qo‘ydan va haligi novdadagi xurmodan yeb, ichimliklar ichishdi. Qachonki qorinlari to‘yib va suvga tashnaliklari ketganidan keyin Rasululloh (s.a.v.) Abu Bakr va Umarga (r.a.): «Jonim Uning qo‘lida bo‘lgan zotga qasamki, Qiyomat kuni bu ne’matlar haqida so‘roqqa tutilasizlar. Sizlarni ochlik uylaringizdan chiqargan edi. Sizlar esa bu ne’matlarga erishib qaytmoqdasizlar», deb aytdilar. Imom Muslim rivoyatlari. Bu yerda mehmon qilgan ansoriyning ismi Abul Haysam ibn Tayyihondir. Bu hadisni Imom Muslimdan tashqari, Termiziy va boshqalar ham rivoyat qilishgan. 497/8. Xolid ibn Umar al-Adaviydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Utba ibn o‘azvon Basraning amiri edilar. Alloh taologa hamdu sano aytib, quyidagicha xutba qildilar: «Ammo ba’d! Albatta, dunyo o‘zining foniy ekanligini e’lon qildi. Va tezlik ila yo‘lga tushdi. Unda biror qiziqarli narsa qolmadi. Faqatgina idish tagida qoluvchi sarqit kabi bir narsa qoldiki, uni egasi qo‘lga kiritib jamlaydi. Albatta, sizlar bir diyorga ko‘chasizlarki, u yerda zavollik yo‘q. Sizlar o‘zingizdagi bor narsani yaxshisi ila u yerga ko‘chinglar. Bizga xabar berildiki, agar jahannam qirg‘og‘idan bir tosh uloqtirilsa, u yetmish yilda ham qa’riga yetmaydi. Allohga qasamki, mana shu jahannam to‘ldiriladi. Sizlar bu aytilgan so‘zlardan ajablanyapsizlarmi? Va yana xabar berildiki, jannatning ikki eshigi orasi qirq yillik yo‘ldir. Shundoq kun keladiki, odamlar izdihom bo‘lganidan u yerda ham to‘lib ketadi. Men Rasululloh (s.a.v.) bilan birga iymon keltirganlarning yettinchisidirman. Biz Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 107 ovqatlanishimiz uchun daraxt bargidan boshqa narsa yo‘q edi. Biz uni yeyaverganimizdan og‘izlarimiz atrofi shilinib ketar edi. Bir kuni men ustki kiyim topib oldim. Uni o‘rtasidan bo‘lib, Sa’d ibn Molikka berdim. Yarmini o‘zimga ishton qilib oldim. Sa’d ham o‘ziga tekkan yarmini ishton qilib oldi. O’sha paytdagilarning barchalari bugun bir shaharga amirdir. Men esa Alloh huzurida kichik bo‘laturib o‘zimni yuqori sanashdan Alloh nomi ila panoh tilayman», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. 498/9. Abu Muso al-Ash’ariydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Oisha (r.a.) bizning huzurimizga bir ko‘ylak va dag‘al ishton olib chiqib: «Rasululloh (s.a.v.) mana shu ikkalasini kiyib vafot etdilar», deb aytdilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 499/10. Sa’d ibn Abu Vaqqosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu zot: «Men arablar ichida birinchi bo‘lib Alloh yo‘lida o‘q otgan kishiman. Biz Rasululloh (s.a.v.) birga g‘azot qilardik. Lekin tanovul qilgani akas daraxtlarining ikki navi bargidan boshqa taomimiz yo‘q edi. Bizlardan birimiz uni yeb, tahorat ushatadigan bo‘lsa, xuddi qo‘y axlat chiqargandek (qumaloq bo‘lib) tushardi. U qorishib ketmas edi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 500/11. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Allohim, Muhammad alayhissalom oilalari rizqini hayot kechiradigan darajada kifoya etuvchi qilgin», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. Foyda: Kishiga Allohdan rizqini kifoya etgudek darajada qilishini so‘rashning joizligi kelib chiqadi. Bundan Rasululloh (s.a.v.) kambag‘al bo‘lishni so‘raganlari ham ma’lum bo‘ladi. 501/12. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu zot: «Undan boshqa iloh yo‘q bo‘lgan Zotga qasamki, men ochlikdan jigarimni yerga qo‘yib yotar va qornimga tosh bog‘lab mahkamlab yurar edim. Kunlarning birida kishilar yuradigan yo‘lda o‘tirdim. Nogahon Rasululloh (s.a.v.) oldimdan o‘tib qoldilar. Meni ko‘rib, kulib qo‘ydilar. Hamda yuzimdagi xafalik va nafsimdagi ochlikni bilib: «Ey Abo Hirr» (Abu Hurayraning qisqartmasi), dedilar. Men: «Labbay, ey Allohning Rasuli!», dedim. U zot: «Menga ergash», dedilar. Men u zotga ergashdim. U zot uylariga kirib, izn so‘radilar. Keyin menga izn berdilar. Men ichkariga kirsam, u zot qadahda sut topdilar. Va: «Bu sut qaerdan keldi?» dedilar. Ular: «Falonchi kishi yoki falonchi ayol hadya qildi», deyishdi. Rasululloh (s.a.v.) «Ey Abo Hirr», dedilar. Men: «Labbay, ey Allohning Rasuli», dedim. U zot: «Ahli suffa huzuriga borib, ularni mening huzurimga olib kel», dedilar. Ahli suffa Islom mehmonlari edi. Ularning ahli ayollari, mol-dunyolari va suyanadigan kishilari yo‘q edi. Agar biror sadaqa keladigan bo‘lsa, Rasululloh (s.a.v.) sadaqani yemasdan o‘shalarga yuborardilar. Agar hadya keladigan bo‘lsa, ularga ham jo‘natardilar hamda o‘zlariga olib qolib, ularni bunda sherik qilardilar. Rasululloh (s.a.v.) ularni chaqirtirganlari meni biroz xafa qildi. Dilimda: «Bu sut Ahli suffaga nima ham bo‘lardi? Bu sutdan bir ho‘plam ichib bo‘lsa ham, biroz kuch to‘plashga men haqliman», dedim. Ular kelishganida, u zot menga amr qiladilar. Men esa ularga sutni tortiq qilaman. Bu sutdan menga nima tegadi? Endi men uchun Alloh va Uning Rasuliga itoat qilishdan boshqa chora yo‘q edi. Keyin ularning huzurlariga borib, chaqirib keldim. Ular kelib kirishga izn so‘rashdi. Izn berilgan edi, uyning ichidan o‘z o‘rinlarini topishdi. Rasululloh (s.a.v.) «Ey Abo Hirr», dedilar. Men: «Labbay, ey Allohning Rasuli!» dedim. U zot: «Mana buni olib, ularga tortiq qilgin», dedilar. Abu Hurayra: «Men suti bor qadahni olib bir kishiga uzatdim. U ichib to‘ydi. Keyin qadahni boshqasiga uzatdim. U ham ichib to‘ydi. Hattoki Rasulullohga (s.a.v.) yetib to‘xtadim. Qavmning barchalari ichib to‘yishdi. Rasululloh (s.a.v.) qadahni olib qo‘llariga qo‘ydilarda, menga qarab tabassum qilib: «Ey Abo Hirr», dedilar. Men: «Labbay, ey Allohning Rasuli!», dedim. U zot: «Ichmagan men va sen qoldik, xolos», dedilar. Men esa: «To‘g‘ri gapirdingiz ey Allohning Rasuli», dedim. Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 108 U zot: «O’tirib ichgin», dedilar. Men o‘tirib, u sutdan ichdim. U zot: «Ichgin», dedilar. Men u sutdan yana ichdim. U zot: «Ichgin», deb aytishda bardavom bo‘ldilar, men esa: «Sizni haq bilan yuborgan Zotga qasamki, uni ichish uchun boshqa joy qolmadi», dedim. Shunda u zot: «Uni menga uzatgin», dedilar. Men qadahni uzatgan edim, u zot Allohga hamd aytib, «bismilloh»ni zikr qilib, sutning qolganini ichib qo‘ydilar. Imom Buxoriy rivoyatlari. 502/13. Muhammad ibn Siriyndan (r.a.) rivoyat qilinadi. Abu Hurayra (r.a.): «Men Rasululloh (s.a.v.) minbarlari ila Oisha (r.a.) hujralari o‘rtasida hushimdan ketib yiqilib yotar edim. Yo‘ldan o‘tuvchilar kelib, meni jinni deb o‘ylab, oyoqlarini bo‘ynimga qo‘yishar edi. Vaholanki menda ochlikdan boshqa jinnilik ham, boshqa narsa ham yo‘q edi», deb aytdilar. Imom Buxoriy rivoyatlari. 503/14. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu onamiz: «Rasululloh (s.a.v.) vafot etganlarida bir yahudiyga o‘ttiz so’ arpaga garovga qo‘ygan, urushda kiyiladigan sovutlarigina bor edi, xolos», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 504/15. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) urushda kiyiladigan sovutlarini arpa muqobilida garovga qo‘ydilar. O’sha kunlarda men u zot huzurlariga arpa noni va hidlangan eritilgan yog‘ olib keldim. Va u zotning: «Tong otganda ham, kech kirganda ham Muhammadning birorta uyida bir so’ taomdan boshqa biror narsa yo‘qdir», deb aytganlarini eshitdim. O’sha paytda to‘qqizta uylari bor edi. Imom Buxoriy rivoyatlari. 505/16. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Men yetmishga yaqin ahli suffani ko‘rdim, lekin ularning birortasida chopon yo‘q edi. Ularda faqat yo ishton, yo ko‘ylak bo‘lib, ko‘ylakni bo‘yinlariga bog‘lab olishardi. U to‘piqlarining yarmigacha yoki oshiqlarining yarmigacha yetar edi. Avratlari ochilib qolmasligi uchun qo‘llari bilan ushlab turishar edi». Imom Buxoriy rivoyatlari. 506/17. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu onamiz: «Rasulullohning (s.a.v.) to‘shaklari teridan bo‘lib, orasiga xurmo daraxti po‘stlog‘idan solingan edi», dedilar. Imom Buxoriy rivoyatlari. 507/18. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Biz Rasululloh (s.a.v.) bilan birga o‘tirgan edik, ansoriylardan bir kishi kelib, u zotga salom berdida, orqasiga qaytib keta boshladi. Shunda Rasululloh (s.a.v.) «Ey birodar, ansoriy do‘stim Sa’d ibn Ubodaning ahvoli qanday?» degandilar, u ansoriy: «Durust», dedi. Rasululloh (s.a.v.) «Kim uning holidan xabar olgani boradi?» deb, o‘rinlaridan turdilar. Biz ham u zot bilan birga turdik. Biz o‘sha paytda o‘n nafardan ko‘proq edik. Birortamizda kavush ham, maxsi ham, do‘ppi ham, ko‘ylak ham yo‘q edi. Bizlar sho‘r yerlarni bosib o‘tib, Sa’d ibn Ubodaning huzurlariga bordik. Atroflarida o‘tirgan qavmlari orqaga o‘tishdi. Rasululloh va u zot bilan birga borgan sahobalar esa Sa’d ibn Ubodaga yaqin o‘tirishdi. Imom Muslim rivoyatlari. 508/19. Imron ibn Husayndan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Sizlarning yaxshilaringiz menga asrdosh bo‘lgan odamlardir. So‘ng ulardan keyingilar va yana ulardan keyingilardir (Ushbu hadis roviysi Imron r.a.: «Rasululloh (s.a.v.) «ulardan keyingilar», deb ikki marta aytdilarmi yoki uch marta aytdilarmi, bila olmadim», dedilar). Ulardan keyin bir qavm keladiki, guvohlikka chaqirilmay turib, guvohlik berishadi. Xiyonatchi bo‘lib, omonatdor bo‘lishmaydi. Nazr qilishadi-da unga vafo etishmaydi. Ularda semizlik paydo bo‘ladi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 509/20. Abu Umomadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Ey odam bolasi, agar zaruratingdan ortiqchasini ehson qilsang, o‘zing uchun yaxshi. Agar bermasdan ushlab qolsang, o‘zing uchun yomon. Kifoya qilgudek rizqqa qanoat qilsang, malomat etilmaysan. Ehson qilishni o‘z qo‘l ostingdagilardan boshlagin», dedilar. Imom Termiziy Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 109 rivoyatlari. 510/21. Ubaydulloh ibn Muhsin Ansoriy al-Xatmiydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kimki nafsi omon, xotirjam va jasadi salomat hamda huzurida bir kunlik rizqi bo‘lsa, go‘yoki dunyoni to‘laligicha o‘ziga bo‘ysundiribdi», dedilar. Imom Termiziy rivoyatlari. 511/22. Abdulloh ibn Amr ibn Ossdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kimki musulmon bo‘lib, ehtiyojiga yetarli rizq berilgan bo‘lsa hamda Alloh taolo bergan narsasida qanoatli bo‘lsa, batahqiq najot topibdi», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. 512/23. Abu Muhammad Fazola ibn Ubayd Ansoriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Bir kishi Islomga hidoyat qilingan bo‘lsa hamda ehtiyojiga yetarli rizq berilib, u kishi o‘sha rizqqa qanoat etgan bo‘lsa, buncha ham yaxshi», dedilar. Imom Termiziy rivoyatlari. 513/24. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu zot: «Rasululloh (s.a.v.) kechalarni ketma-ket och o‘tkazardilar. Oilalarining biror yeguligi bo‘lmas edi. Ko‘pincha yeydigan nonlari arpa unidan tayyorlangan bo‘lar edi», dedilar. Imom Termiziy rivoyatlari. 514/25. Fazola ibn Ubayddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) agar odamlarga imom bo‘lib namoz o‘qib bersalar, kishilar ochlikdan namozda turib yiqilib tushishar edi. Ana shu yiqilganlar ahli suffa edilar. Hattoki buni ko‘rgan a’robiylar: «Mana shu yiqilganlar jinnilardir», deyishar edi. Rasululloh (s.a.v.) namozni o‘qigandan keyin, ularning huzurlariga borib: «Ey birodarlar, agar sizlar Allohning huzurida o‘zingiz uchun tayyorlab qo‘yilgan narsalarni bilganingizda edi, bundan ham ziyoda och va muhtoj qolishni yaxshi ko‘rgan bo‘lar edinglar», deb aytardilar. Imom Termiziy rivoyatlari. 515/26. Abu Kurayma Miqdod ibn Ma’diy Karibadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Odamning qornidan ko‘ra yomonroq to‘ldiradigan idishi yo‘qdir. Odam bolalariga belini tiklash uchun bir necha luqma taom kifoya qiladi. Agar ziyoda yemaslikning iloji bo‘lmasa, uchdan biri taom uchun, uchdan biri ichimlik uchun va uchdan biri nafas olish uchun bo‘sh qolsin» dedilar. Imom Termiziy rivoyatlari. 516/27. Abu Umoma Iyos ibn Sa’laba Ansoriy al-Horisiydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) sahobalari kunlarning birida bu zotning huzurlarida dunyoni zikr qilishdi. Shunda Rasululloh (s.a.v.) «Eshitmadinglarmi? Eshitmadinglarmi? Albatta, ko‘rimsiz oddiy kiyimlarni kiyish, albatta, ko‘rimsiz oddiy kiyimlarni kiyish (ya’ni, dabdaba kiyimlarni tark etish) iymondandir», dedilar. Abu Dovud rivoyatlari. 517/28. Abu Abdulloh Jobir ibn Abdullohdan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Rasululloh (s.a.v.) Quraysh karvonini to‘sish uchun Abu Ubayda boshchiligida bizni ular tomonga yubordilar. Yo‘lda yeyish uchun bizga bitta xaltada xurmo berdilar. Undan boshqa narsa topa olmadilar. Boshlig‘imiz Abu Ubayda bizga bitta-bittadan xurmo berardilar. Buni eshitib turganlar: «Ey Jobir, o‘sha bir dona xurmoni qandoq qilib yer edinglar?» deb so‘rashganida, Jobir (r.a.): «Biz u xurmoni xuddi yosh go‘dak onasi ko‘kragini emgani kabi shimib, ustidan suv ichardik. O’shaning o‘zi bizga to kechgacha yetar edi. Bundan tashqari asolarimiz bilan barglarni to‘kib, suvda ho‘llab tanovul qilar edik», dedilar. Keyin yana u zot: «Biz dengiz qirg‘og‘ida ketayotgan edik. O’sha qirg‘oqda qum uyumiga o‘xshaydigan narsani topdik. Uning oldiga borsak, kashalot (tishi o‘tkir yirtqich kit) ekan. Avvaliga boshlig‘imiz Abu Ubayda: «Bu o‘lgan, yemanglar», dedilar. Keyin: «Uni yeyaveringlar. Chunki biz Alloh Rasulining elchilari hamda Allohning yo‘lidagi kishilarmiz. Buni yeyishga majbursizlar. Bemalol tanovul qilaveringlar», dedilar. Biz uch yuz nafar kishi uning ustida bir oy turdik. Hatto undan tanovul qilib semirib ham ketdik. O’shanda ko‘zi kosasidan ko‘zaga yog‘ olar edik. Va undan ho‘kiz bo‘lagicha yoki miqdoricha (go‘shtlarni) kesib olar edik. Boshlig‘imiz Abu Ubayda bizdan o‘n uch kishini kitning ko‘zi |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling