Abu zakariyo yahyo ibn sharaf navaviy riyozus-solihiyn


Download 5.07 Kb.
Pdf ko'rish
bet16/53
Sana30.08.2017
Hajmi5.07 Kb.
#14625
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   53

www.ziyouz.com kutubxonasi 
92
416/5. Abu Hurayra (r.a.) yoki Abu Said al-Xudriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. (Roviy 
shak qildilar. Lekin sahobalar haqida shakning zarari yo‘q. Chunki ularning barchalari 
odildir.) Tabuk g‘azoti kuni odamlarga ocharchilik yetdi. Sahobalar: «Ey Allohning rasuli
agar izn bersangiz, tuyalarimizni so‘yib go‘shtini yeb, yog‘ini surtamiz», deyishdi. 
Rasululloh (s.a.v.)  «Qilaveringlar», deb ruxsat berdilar. Keyin Umar (r.a.) kelib: «Ey 
Allohning rasuli, agar bunday qilishga izn bersangiz, miniladigan narsa kamayib ketadi. 
(Yaxshisi) kishilarga zaxira uchun olib qo‘ygan taomlarini olib kelishni buyuring va u 
narsalarga baraka tilab duo qiling. Shoyad, Alloh baraka bersa», deganlarida, Rasululloh 
(s.a.v.) «Xo‘p», deb bir charm to‘shama keltirishni buyurdilar. U to‘shaldi. Kimdir kaftida 
makkajo‘xori, kimdir bir kaft xurmo va yana kimdir burda non olib keldi. Haligi charm 
to‘shamaga biroz narsa to‘plandi. Rasululloh (s.a.v.) o‘sha to‘plangan narsaga baraka 
tilab duo qildilar. Va: «Idishlaringizga solinglar», deb buyurdilar. Ular idishlariga solishdi, 
hatto qo‘shin orasida idishini to‘ldirmagan kishi qolmadi. Va to‘ygunlaricha yedilar, 
undan ortib ham qoldi. Rasululloh: «Allohdan boshqa iloh yo‘q. Men Uning rasuliman, 
deb guvohlik beraman. Biror banda mana shu ikki kalima bilan Allohga yo‘liqsa, shak-
shubhasiz, jannatdan to‘silmaydi», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. 
417/6. Itbon ibn Molikdan (r.a.) rivoyat qilinadi. (Bu zot Badr g‘azotida ishtirok etgan 
sahobalardan edi.) «Men qavmim Bani Solimga imomlik qilib namoz o‘qib berar edim. 
Men bilan ular orasida vodiy bo‘lib, agar u yerga yomg‘ir yog‘sa, masjid tomonga o‘tish 
mashaqqat tug‘dirardi. Shuning uchun Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga borib u zotga: 
«Ko‘zimning nuri ketib qoldi. Agar yomg‘ir yog‘sa, men bilan qavmim o‘rtasidagi vodiyda 
sel oqadi. Tabiiyki, uni kechib o‘tish mashaqqat tug‘diradi. Xohlardimki, siz uyimning bir 
chekkasida namoz o‘qib bersangiz, men o‘sha joyni masjid qilib olsam», desam, u zot: 
«Boraman», dedilar va quyosh ko‘tarilganida Abu Bakr (r.a.) bilan kelib (kirishga) izn 
so‘radilar. Men izn berdim. U zot hali o‘tirmasdan turib: «Uyingning qaerida namoz o‘qib 
beray?» dedilar. Men namoz o‘qishni yaxshi ko‘radigan joyga ishora qildim. U zot 
o‘rinlaridan turib takbir aytdilar va orqalarida saf tortdik. Ikki rakat namoz o‘qib berdilar. 
Keyin salom berdilar. O’sha payt biz ham salom berdik. U zotga atala pishirgan edik, 
shunga to‘xtatdik. Rasululloh (s.a.v.) uyimda ekanliklarini bilib mahalladagi odamlar 
to‘p-to‘p bo‘lib kela boshlashdi. Hatto, uyda kishilar ko‘payib ketishdi. Shunda bir kishi: 
«Molikka nima bo‘ldiki, uni ko‘rmayapman?» deganida, boshqa bir kishi: «U munofiq-ku! 
Alloh va Uning rasuli uni yaxshi ko‘rmaydi», dedi. Buni eshitgan Rasululloh (s.a.v.) 
«Bunday dema! La ilaha illalloh, deb Allohning roziligini talab qilganini ko‘rmadingmi?» 
deganlarida, u kishi: «Alloh va Uning rasuli biluvchi! Ammo biz, Allohga qasamki, uning 
munofiqlar bilan gaplashib, do‘stlashganini ko‘ramiz», dedi. Rasululloh (s.a.v.) 
«Allohning roziligini tilab «La ilaha illalloh»ni aytgan kishiga Alloh do‘zaxni harom 
qilgan», deb aytdilar». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
418/7. Umar ibn Xattobdan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Rasululloh (s.a.v.) bir necha asirlar 
huzuriga bordilar. Ular orasida bir xotin bor edi. U aylanib yurib biror yosh bolani topsa, 
uni quchoqlab emizar edi. Rasululloh (s.a.v.) «Bu xotinning mehribonligini ko‘rdinglarmi? 
Shu xotin bolasini o‘tga tashlaydimi?» degandilar, biz: «Allohga qasamki, yo‘q», dedik. 
Shunda Rasululloh (s.a.v.)  «Allohning bandalariga mehribonligi bu xotinning bolasiga 
qilgan mehribonligidan ham ziyodadir», dedilar». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
419/8. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Alloh taolo 
xaloyiqni yaratganda bir kitobni bitdi. U kitob O’z huzurida, ya’ni Arshning ustidadir. 
Unda «Albatta rahmatim g‘azabimga g‘olib keladi», deb aytgan», dedilar. Imom Buxoriy 
va Muslim rivoyatlari. 
Boshqa rivoyatda: «G’azabimga g‘olib keldi», deyilgan. 
Yana boshqa rivoyatda: «G’azabimdan oldinlab ketdi», deyilgan. 

Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
93
420/9. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Alloh taolo 
rahmatini yuzga bo‘lib, to‘qson to‘qqiztasini O’z huzurida olib qoldi. Bir bo‘lagini yerga 
tushirdi. O’sha bir bo‘lak rahmat bilan xaloyiq bir-biriga rahm qiladi. Hattoki, o‘sha bir 
bo‘lak bilan hayvon ham bolasiga ozor yetishidan qo‘rqib, tuyog‘ini ko‘tarib turadi», 
dedilar. 
Boshqa rivoyatda: «Alloh taoloning yuz rahmati bordir. Undan bir qismini insonlar, 
jinlar, hayvonlar va jonivorlar orasida taqsimlab qo‘ygan. O’sha bir rahmat tufayli ular 
mehribonlik va rahm qilishadi. Va hatto, vahshiy hayvonlar ham bolalariga mehribonlik 
qilishadi. Alloh taolo Qiyomat kuni bandalariga rahm qilish uchun to‘qson to‘qqizta 
rahmni olib qo‘ygan», deyilgan. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
Imom Muslimning Salmon Forsiydan qilgan rivoyatlarida: «Rasululloh (s.a.v.)  «Alloh 
taoloning yuzta rahmati bo‘lib, undagi bir bo‘lak bilan xaloyiq o‘zaro bir-birlariga rahm 
qilishadi. To‘qson to‘qqiztasi Qiyomat kuniga qoldirilgan», dedilar», deyilgan. 
Yana boshqa bir rivoyatda: «Alloh taolo yeru osmonni yaratgan kuni yuz rahmatni 
ham yaratgan. Barcha rahmat agar jam bo‘lsa, osmon bilan yer o‘rtasini to‘ldirar edi. 
O’sha rahmatlardan birini yer yuziga tushirgandir. Bu bilan ona bolasiga, qushlar va 
hatto vahshiylar bir-birlariga mehribonlik qilishadi. Qiyomat kunida esa bu bir rahmatni 
(O’zining huzuridagi to‘qson to‘qqizta rahmatga qo‘shib) mukammal qiladi», deyilgan. 
421/10. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) Rabbisidan hikoya 
qilgan hadisi qudsiyda: «Biror banda gunoh qilib, «Allohim, gunohlarimni kechir», desa, 
Alloh taolo: «Bandam gunoh qildi va u gunohlarni kechiruvchi hamda gunohlarga 
yarasha jazo beruvchi Rabbisi borligini biladi», deydi. Keyin u banda yana gunoh qilib 
qo‘yib, «Ey Rabbim! Gunohlarimni kechir», deydi. Alloh taolo: «Bandam gunoh qildi va u 
gunohlarni kechiruvchi hamda gunohlarga yarasha jazo beruvchi Rabbisi borligini 
biladi», deydi. Keyin u banda yana gunoh qilib qo‘yib: «Ey Rabbim! Gunohlarimni 
kechir», deydi. Alloh taolo: «Bandam gunoh qildi va u gunohlarni kechiruvchi hamda 
gunohlarga yarasha jazo beruvchi Rabbisi borligini biladi. Haqiqatda bandamning 
gunohini kechirdim. U xohlaganini qilaversin (ya’ni, modomiki, gunoh qilib, mana shu 
tarzda tavba qilar ekan, Men uning gunohlarini kechiraman. Chunki tavba o‘zidan 
avvalgi gunohlarni yo‘q qiladi)», deydi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
422/11. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Jonim Uning 
qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, agar sizlar gunoh qilmasangizlar, Alloh sizlarni ketkazib, 
(o‘rningizga boshqa) gunoh qiladigan qavmni olib keladi. Bas, ular (gunohlariga) istig‘for 
aytishadi, Alloh esa ularning gunohlarini kechiradi», de dil ar. Imom Muslim rivoyatlari. 
423/12. Abu Ayub Xolid ibn Zayddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Agar 
sizlar gunoh qilmasangizlar, Alloh taolo boshqa bir gunoh qiladigan xalqni yaratadi. Ular 
gunohlariga istig‘for aytishadi. Va Alloh ularning gunohlarini kechiradi», de dil ar. Imom 
Muslim rivoyatlari. 
424/13. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Biz Rasululloh (s.a.v.) bilan birga 
o‘tirgan edik. Biz bilan Abu Bakr 4&, Umar (r.a.) va bir necha sahobalar ham bor edi. 
Rasululloh (s.a.v.) bizning oldimizdan turdilar-da, hayallab ketdilar. Bir-birimizdan judo 
bo‘lib qolarmikinmiz, deb xavf qildik. Qo‘rqib o‘rnimizdan turdik. Men birinchi bo‘lib 
qo‘rqdim. Rasululloh (s.a.v.)ni axtarib chiqdim. Bora-bora ansoriylardan birining (bog‘i) 
devoriga yetdim... (Hadisni uzun holatida bayon qilib, qolganini quyidagicha davom 
ettirdilar.) ...Rasululloh (s.a.v.) «Borgin-da, mana bu devorning orqasida chin qalbidan 
ishonch ila «La ilaha illalloh», ya’ni «Allohdan boshqa iloh yo‘q», deb aytgan kishiga 
yo‘liqsang, unga jannat bo‘lishini xursandlik bilan xabarini ber», dedilar». Imom Muslim 
rivoyatlari. 
425/14. Abdulloh ibn Amr ibn Ossdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) 

Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
94
Allohning Kitobidagi Ibrohim alayhissalom duolarini tilovat qildilar: «Parvardigorim, u 
butlar ko‘pdan-ko‘p odamlarni yo‘ldan ozdirdilar. Bas, kim menga ergashsa, 
ana o‘sha mendandir (ya’ni, mening dinimdadir)». Va yana Allohning Kitobidagi Iso 
alayhissalom duolarini ham tilovat qildilar: «Agar ularni azoblasang, ular Sening 
ojiz bandalaring. Agar ularni mag‘firat qilsang, albatta Sen O’zing qudrat, 
hikmat egasidirsan». Keyin Rasululloh (s.a.v.) qo‘llarini ko‘tarib: «Ummatim, 
ummatim», deb yig‘ladilar. Alloh taolo buni eshitib: «Ey Jabroil, Muhammadning oldiga 
borib so‘ra-chi, nima uni yig‘latmoqda?» dedi. Vaholanki, Alloh O’zi bilib turib so‘rashni 
buyurmoqda! Jabroil alayhissalom Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga kelib, (yig‘lashlari 
sababini so‘rab) aytgan javoblarining xabarini Allohga yetkazdilar. Vaholanki, Alloh buni 
biluvchiroq edi. Shunda Alloh taolo: «Ey Jabroil, Muhammad (alayhissalom) huzuriga 
borib: «Biz ummating uchun qayg‘urayotgan narsada rozi qilib, seni xafa qilmaymiz», 
deb aytgin», dedi. Imom Muslim rivoyatlari. 
426/15. Muoz ibn Jabaldan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Men Rasululloh (s.a.v.) bilan birga 
eshakka mingashib ketayotgan edim. U zot: «Ey Muoz! Bandalar ustidagi Allohning 
haqqi va Alloh zimmasidagi bandalarning haqqi nima ekanini bilasanmi?» deganlarida, 
men: «Alloh va Uning rasuli biluvchiroq», dedim. Shunda u zot: «Allohning bandalari 
ustidagi haqqi - Unga biror narsani sherik qilmasdan, O’ziga ibodat qilmoqliklaridir. 
Bandalarning Alloh zimmasidagi haqlari - biror narsani Unga sherik qilmagan bandasini 
azoblamasligidir», deb aytdilar. Keyin men: «Ey Allohning rasuli, shunday bo‘lsa, bu 
haqda odamlarga xursandlik xabarini beraymi?» desam, u zot: «Yo‘q, xabar berma. 
Agar xabar beradigan bo‘lsang, bu narsaga suyanib amal qilmay qo‘yishadi», dedilar». 
Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
427/16. Baro ibn Ozibdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Agar musulmon 
kishi qabrda so‘roq-savol qilinsa, u bandaning «Allohdan boshqa iloh yo‘q. Muhammad 
Allohning rasuli», deb guvohlik berishi mana bu oyat ostiga kiradi: «Alloh imon 
keltirgan kishilarni hayoti dunyoda ham, oxiratda ham ustivor so‘z (imon 
kalimasi) bilan sobitqadam qilur» (Ibrohim surasi, 27-oyat)», dedilar. Imom Buxoriy 
va Muslim rivoyatlari. 
428/17. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Kofir kimsa agar biror 
yaxshilik qilsa, shu dunyoning o‘zida rizqlantiriladi. Ammo mo‘min kishi biror yaxshilik 
qilsa, Alloh taolo oxirati uchun yaxshiligini zaxira qilib qo‘yadi hamda toatiga yarashasini 
dunyoda ham rizq qilib beradi», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. 
Yana boshqa bir rivoyatlarida: «Albatta Alloh taolo mo‘minning qilgan yaxshiligi uchun 
zulm qilmasdan shu dunyoda ham beradi. Oxiratda esa u yaxshiligi uchun mukofot ham 
ato etadi. Ammo kofir kimsa har qancha yaxshilik qilmasin, shu dunyoda rizqlantiriladi. 
Qachonki, oxiratga borganida, mukofotlanishi uchun yaxshiligi bo‘lmaydi», deyilgan. 
429/18. Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Besh vaqt namozning 
misoli sizlardan biringizning eshigi oldidan limmo-lim bo‘lib oquvchi anhorda har kuni 
besh marta yuvinadigan kishiga o‘xshaydi», dedilar. (Ya’ni, har kuni anhorda besh marta 
yuvingan kishining badanida kir qolmagani kabi har kun besh vaqt namoz o‘qigan 
kishida gunoh qolmaydi.) Imom Muslim rivoyatlari. 
430/19. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Biror musulmon 
kishi vafot etsa, bu vafot etgan kishining janozasida Allohga biror narsani sherik 
qilmagan qirq kishi ishtirok etsa, Alloh bu musulmon haqidagi ularning shafoatlarini 
qabul qiladi», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. 
431/20. Ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Biz qirqqa yaqin kishi Rasululloh 
(s.a.v.) bilan birga chodirda edik. Shunda u zot: «Sizlar jannat ahllarining to‘rtdan biri 
bo‘lishga rozimisizlar?» degandilar, biz: «Ha», dedik. Yana u zot: «Sizlar jannat 

Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
95
ahllarining uchdan biri bo‘lishga rozimisizlar?» degandilar, biz: «Ha», dedik. Yana u zot: 
«Muhammadning joni Uning qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, sizlar jannat ahlining yarmi 
bo‘lishingizga umid qilaman. Bu jannatga musulmon shaxslargina kirishadi. Sizlar 
mushriklar orasida qora rangli ho‘kiz badanidagi oq tukka yoki qizil rangli ho‘kiz 
badanidagi qora tukka o‘xshaysizlar», dedilar». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
432/21. Abu Muso al-Ash’ariydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Agar 
Qiyomat qoim bo‘lsa, Alloh taolo har bir musulmonga yahudiy yoki nasroniyni topshirib: 
«Mana bu sening do‘zaxdan qutulishing uchun bo‘lgan garovingdir», deydi», dedilar. 
Boshqa rivoyatda keltirilishicha, Rasululloh (s.a.v.): «Qiyomat kuni musulmonlardan 
iborat bo‘lgan kishilar tog‘ kabi gunoh bilan kelishadi. Alloh esa ularning gunohlarini 
mag‘firat qiladi», de dil ar. Imom Muslim rivoyatlari. 
Hadisdagi «Alloh taolo har bir musulmonga yahudiy yoki nasroniyni topshirib: «Mana 
bu sening do‘zaxdan qutulishing uchun bo‘lgan garovingdir», deydi» kabi ma’no Abu 
Hurayradan qilingan rivoyatda ham kelgan. U quyidagichadir: «Har bir kishining 
jannatda va do‘zaxda o‘rni bordir. Agar mo‘min jannatga kirsa, uning do‘zaxdagi o‘rniga 
kofir kiradi. Chunki kofir kufri bilan o‘sha yerga mustahiqdir». 
Va yana hadisdagi «Qutulishing uchun bo‘lgan fidoingdir» jumlasining ma’nosi - «Sen 
do‘zaxga kirishga duchor bo‘lib turgan eding. Bu kofir sening joyingga kirdi. Va sen 
qutulding. Chunki Alloh taolo do‘zaxni to‘ldirish uchun bir qancha miqdorni tayin qilgan. 
Qachonki, kofirlar gunoh va kufrlari sababli do‘zaxga kirishsa, go‘yoki musulmonlar 
o‘rniga garov qilinib kirishgan bo‘ladi». Vallohu a’lam. 
433/22. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Mo‘min banda 
Qiyomat kuni Allohga shu qadar yaqinlashtiriladiki, U bandaning ustiga rahmat pardasini 
qo‘yadi. Va gunohlariga iqror etadi. Hamda: «Unday yoki bunday gunohlaringni 
bilasanmi?» deydi. Banda esa: «Ey Rabbim, bilaman», deydi. Shunda Alloh taolo: «Men 
dunyodaligingda gunohlaringni fosh qilmasdan sir tutdim. Bu kun gunohlaringni 
kechiraman», deydi. Keyin u bandaga 
yaxshiliklar yozilgan sahifa keltiriladi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
«Allohga yaqinlashtiriladi», deyilganda karam va yaxshilik ila yaqinlashtirish 
tushuniladi. Chunki Alloh masofa ila yaqinlashishdan pokdir. 
434/23. Ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir kishi bir xotindan bo‘sa oldi. Keyin 
Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga kelib xabar berdi. So‘ngra Alloh taolo quyidagi oyatni 
nozil qildi: «Kunduzning har ikki tarafida va kechadan bir bo‘lagida namozni 
to‘kis ado qiling! Albatta yaxshi amallar yomonlik -gunohlarni ketkazur». Bas, 
haligi kishi: «Ey Allohning rasuli, bu men uchun xosmi?» deganida, u zot: «Balki bu 
ummatimning barchalariga xosdir», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
435/24. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir kishi Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga kelib: 
«Ey Allohning rasuli, gunoh qilib qo‘ydim. Menga ta’zir bering», dedi. (Ammo) namoz 
vaqti bo‘lib qolgan edi, Rasululloh (s.a.v.) bilan namoz o‘qidi. Qachonki, namoz o‘qib 
bo‘lingandan keyin «Ey Allohning rasuli, men gunoh qilib qo‘ydim. Allohning Kitobida 
buyurilganidek, uning jazosini qoim qiling», degan edi, Rasululloh (s.a.v.)  «Biz bilan 
namozda birga emasmiding?» dedilar. U kishi: «Ha, birga edim», dedi. Shunda 
Rasululloh (s.a.v.) «Batahqiq, sening gunohlaring kechirilgandir», dedilar. Imom Buxoriy 
va Muslim rivoyatlari. 
«Jazoni qoim qiling» jumlasidagi jazo zino va aroq ichgandagi had (shar’iy jazo) 
emas. Balki ta’zir ma’nosidagi jazodir. Chunki zino va aroq ichgandagi jazo namoz bilan 
soqit bo‘lmaydi hamda imomning u jazoni tark qilishi ham joiz emas. 
436/25. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Har taom yeganda va har 
ichimlik ichganda hamd aytuvchi bandasidan Alloh taolo rozi bo‘ladi», dedilar. Imom 

Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
96
Muslim rivoyatlari. 
437/26. Abu Musodan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Tunda Alloh taolo 
rahmat va mag‘firat qo‘lini kunduzi gunoh qiluvchilar tavba etishlari uchun yozadi. Va 
nahorda Alloh taolo rahmat va mag‘firat qo‘lini tunda gunoh qiluvchilar tavba etishlari 
uchun yozadi. Hattoki, quyosh botganidan to chiqqunicha mana shunday davom etadi», 
dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. 
438/27. Abu Najih Amr ibn Abasadan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Men johiliyat davrida 
odamlar zalolatda, chunki ular butga ibodat qilishgani uchun haqiqat yo‘lida emaslar, 
deb o‘ylab yurar edim. Nogahon o‘sha kunlarning birida Makkada bir odam chiqqanini 
eshitdim. U har turli xabarlarni aytayotgan emish. Bas, ulovimga o‘tirdim-da, u 
janobning huzurlariga bordim. O’sha kunlarda Rasululloh (s.a.v.) odamlardan yashirinib 
yurgan ekanlar. Chunki qavmlari suiqasd qilishga jur’at etishgan ekan. Men yo‘lini topib, 
Makkada u zot huzurlariga kirib: «Siz kimsiz?» dedim. U zot: «Nabiyman», dedilar. Men: 
«Nabiy nima o‘zi?» dedim. U zot: «Alloh meni shunday qilib yubordi», dedilar. Men: 
«Nima ila yubordi?» dedim. U zot: «Qarindosh-urug‘larga bog‘lanib bordi-keldi qilishga, 
butlarni sindirishga hamda Allohga biror narsani sherik qilmaslikka va Uning tavhidiga 
chaqirish buyrug‘i ila yubordi», dedilar. Men: «Bu yo‘lda siz bilan kimlar birga?» desam, 
u zot: «Bir ozod va bir qul kishi», dedilar. O’shanda Abu Bakr (r.a.) va Bilol (r.a.) birga 
edilar. «Men ham sizga ergashaman», desam, u zot: «Sen bu kunlarda ergashishga 
qodir emassan. Mening va odamlarning ahvoliga qaramaysanmi? Lekin o‘z ahlingga 
qaytgin. Agar mening ovoza bo‘lganimni eshitsang, o‘shanda kelgin», dedilar. Keyin men 
ahlimga qaytib keldim. Rasululloh (s.a.v.) esa Madinaga (hijrat qilib) ketibdilar. Men 
ahlim bilan birgalik paytimda u zot haqlarida surishtirib Madinadan kelganlardan so‘rar 
edim. Madina ahlidan bir necha kishi kelgan edi. Men: «Madinaga borgan bu kishi (ya’ni, 
Muhammad alayhissalom) nima qilmoqda?» deb so‘radim. Ular: «Kishilar unga 
(qo‘shilish uchun) shoshilishmoqda. O’z qavmi uni o‘ldirishni xohlagan edi. Lekin bunga 
qodir bo‘lishmadi», deb aytishdi. Keyin men Madinaga borib u zot huzurlariga kirdim. 
Va: «Ey Allohning rasuli, meni tanidingizmi?» desam, u zot: «Ha, sen bilan Makkada 
uchrashgan edim», dedilar. Men yana: «Ey Allohning rasuli, Alloh sizga o‘rgatgan va 
men bilmaydigan narsalar hamda namoz haqida xabar bering», dedim. U zot: «Bomdod 
namozini o‘qigin. Keyin quyosh to bir nayza miqdorida ko‘tarilgunicha to‘xtab turgin. 
Chunki quyosh shaytonning ikki shoxi orasidan chiqadi. O’sha paytda kofirlar quyoshga 
sajda qilishadi. Keyin namozingni o‘qiyver. Chunki namoz paytida (kunduzgi) farishtalar 
hozir bo‘lishadi. Qachonki, soya nayza miqdoricha bo‘lib (quyosh tikkaga yetganda) 
namozni to‘xtatgin. Chunki mana shu paytda jahannam qizdiriladi. Qachonki, soya 
tushsa, bunda ham namozingni o‘qiyvergin. Chunki bu namoz paytida ham to asr 
namozini o‘qiguningcha farishtalar hozir bo‘lishadi. So‘ngra quyosh botgunicha namoz 
o‘qishni to‘xtatgin. Chunki quyosh shaytonning ikki shoxi orasidan botadi. O’sha paytda 
ham kofirlar quyoshga sajda qilishadi», dedilar. Men yana: «Ey Allohning rasuli, endi 
tahorat haqida xabar bering», dedim. U zot: «Sizlardan biringiz tahorat suvini olib kelib 
og‘zini chayqab, burniga suv olib uni tashlasa, yuzi va burnidagi xatolari chiqib ketadi. 
Agar yuzini Alloh buyurganidek yuvsa, beti va jag‘i atrofidagi xatolari suv bilan birga 
chiqib ketadi. Keyin ikki qo‘lini tirsagigacha yuvsa, qo‘li bilan qilgan xatolari 
barmoqlaridan suv bilan birga chiqib ketadi. Keyin boshiga mash tortsa, boshidagi 
xatolari sochlari atrofidan suv bilan birga chiqib ketadi. Keyin oyog‘ini oshig‘igacha 
yuvsa, u bilan qilgan xatolari oyoq barmoqlaridan chiqib ketadi. Agar turib namoz o‘qib, 
Alloh taologa hamdu sano aytib, Uni sha’niga mos narsa bilan ulug‘lasa hamda qalbini 
Allohga bog‘lasa, xuddi onasidan tug‘ilgan kundagi kabi xatolardan xoli bo‘ladi», 
dedilar». 

Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
97
Bu hadisning roviysi Amr ibn Abasa uni Rasululloh (s.a.v.)ning do‘stlari Abu Umomaga 
gapirib berganlarida, Abu Umoma: «Ey Amr ibn Abasa, nima deyayotganingga qara! Bir 
maqomda kishiga shu miqdorda daraja beriladimi?» deganlarida, Amr ibn Abasa: «Ey 
Abu Umoma, yoshim ulg‘ayib, suyaklarim noziklashib, ajalim yaqinlashganda, Alloh va 
Uning rasuliga yolg‘on nisbat berishimga nima ehtiyojim bor?! Men bu hadisni Rasululloh 
(s.a.v.)dan bir, ikki yoki uch, hatto yetti marta eshitganimda ham gapirmas edim. Lekin 
men buni undan ham ko‘p eshitganman», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. 
439/28. Abu Muso al-Ash’ariydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Agar Alloh 
taolo bir ummatga rahmati bo‘lishini xohlasa, peshvoz chiqish uchun ulardan oldin 
payg‘ambarlarining jonini oladi. Agar biror ummatni halok etishni xohlasa, 
payg‘ambarlari tirik turib ularni azobga giriftor qilib halok etadi. Va u payg‘ambar 
yolg‘onga chiqarib, buyrug‘iga osiylik qilgan ummatining qanday azoblanayotganini o‘z 
ko‘zi bilan ko‘rib turadi», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. 
 
52-BOB  
Umid qilishning fazilati haqida 
 
Alloh taoloning Kitobida solih banda shunday deydi: 
«Men o‘z ishimni Allohga topshirurman. Zero, Alloh bandalarini ko‘rib 
turguvchidir. Bas, Alloh u (imon keltirgan kishi)ni ularning yomon makr-
hiylalaridan saqladi» (o‘ofir surasi, 44-45-oyatlar). 
440/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Alloh taolo: 
«Bandam gumon qilgan yeridan topilaman. Qaerda Meni eslasa, u bilan birgadirman. 
Alloh taolo bandasining tavbasidan sahroda tuyasini yo‘qotib, keyin topib olgan kishining 
xursandchiligidan ham ko‘proq shod bo‘ladi. Kim Menga bir qarich yaqin bo‘lsa, Men 
unga bir gaz yaqin bo‘laman. Kim Menga bir gaz yaqin bo‘lsa, Men unga bir quloch yaqin 
bo‘laman. Kim Menga yurib kelsa, Men unga yugurib boraman», dedi», dedilar. Imom 
Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
441/2. Jobir ibn Abdullohdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu zot: «Rasululloh (s.a.v.)ning 
vafotlaridan uch kun oldin: «Har biringiz o‘limi paytida Alloh azza va jallaga gumonini 
yaxshi qilsin», deb aytganlarini eshitdim», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. 
442/3. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Alloh taolo: «Ey odam 
bolasi, sen Menga duo qilding va Mendan umid qilding. Men esa seni gunohingga 
ahamiyat bermasdan kechirib yubordim. Ey odam bolasi, agar gunohing osmon 
buluticha bo‘lsa ham, Menga istig‘for aytsang, gunohingni kechiraman. Ey odam bolasi, 
agar Menga yer to‘laligicha gunoh bilan kelib, so‘ngra Menga biror narsani shirk 
keltirmasang, yerning to‘laligicha mag‘firat bilan boraman», deb aytdi», dedilar. Imom 
Termiziy rivoyatlari. 
 
Download 5.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling