Abu zakariyo yahyo ibn sharaf navaviy riyozus-solihiyn


Download 5.07 Kb.
Pdf ko'rish
bet24/53
Sana30.08.2017
Hajmi5.07 Kb.
#14625
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   53

 
86-BOB 
Ahdga vafo qilish hamda va’da qilgan narsani kechiktirmay 
bajarishning fazilati haqida 
 
Alloh taolo: 
«Ahdga vafo qilinglar. Zero ahd-paymon (Qiyomat kuni) mas’ul bo‘linadigan 
ishdir» (Isro surasi, 34-oyat). 
«Ahd-paymon bergan vaqtlaringizda Allohga bergan ahdingizga vafo 
qilingiz» (Nahl surasi, 91-oyat). 
«Ey mo‘minlar, ahdlarga (o‘zaro kelishgan bitimlarga) vafo qilingiz« (Moida 

Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
142
surasi, 1-oyat). 
«Ey mo‘minlar, nega sizlar o‘zlaringiz qilmaydigan narsani (qilamiz deb) 
aytursizlar? Sizlarning o‘zlaringiz qilmaydigan ishni (qilamiz deb) aytishlaringiz 
Alloh nazdida o‘ta manfur (ishdir)» (Saf surasi, 2-3-oyatlar), deb aytgan. 
688/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Munofiqning 
alomati uchtadir. Agar so‘zlasa, yolg‘on gapiradi. Agar va’da bersa, unga xilof qiladi. 
Agar omonat qo‘yilsa, xiyonat qiladi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
Imom Muslim rivoyatlarida esa: «Agar ro‘za tutib, namoz o‘qib, o‘zning musulmon 
ekanini gumon qilsa ham...» deb ziyoda qilganlar. 
689/2. Abdulloh ibn Amr ibn Ossdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kimda 
to‘rt xislat bo‘lsa, haqiqiy munofiqdir. Demak, kimda mana shu xislatlardan birortasi 
bo‘lsa, uni tark qilgunicha, unda nifoqlik bordir. Agar omonat berilsa, xiyonat qiladi. 
Gapirsa, yolg‘on so‘zlaydi. Ahdlashilsa, shartnoma tuzilsa, ustidan chiqmaydi. 
Xusumatlashilsa, buzuqlik qiladi», deganlar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
690/3. Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) menga: «Agar Bahrayndan 
mol kelsa, shuncha, shuncha va shuncha beraman», deb ikki hovuchlarini ko‘rsatdilar. U 
mol hali kelmay turib, Rasululloh (s.a.v.) vafot etdilar. Qachonki Bahrayndan mol 
kelganida, Abu Bakr (r.a.) jarchilarga buyurdilar. Jarchilar esa: «Kimning Rasulullohdan 
(s.a.v.) olgan va’dasi yoki bergan va’dasi bo‘lsa, bizning huzurimizga kelsin», deyishdi. 
Keyin men Abu Bakrning (r.a.) huzuriga borib: «Rasululloh (s.a.v.) menga shuncha va 
shuncha narsalarni va’da qilgandilar», dedim. Bas, Abu Bakr (r.a.) menga bir hovuch 
olib berdilar. Uni sanasam, besh yuz dona ekan. Abu Bakr (r.a.): «Yana ikki hissa 
olgin», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
 
87-BOB 
Odatlangan yaxshi amallarda bardavom bo‘lishning 
fazilati haqida 
 
Alloh taolo: 
«Aniqki, to biron qavm o‘zlarini o‘zgartirmagunlaricha, Alloh ularning 
ahvolini o‘zgartirmas» (Ra’d surasi, 11-oyat). 
«Qasamlaringizni (buzib) aldov vositasi qilishingiz bilan (ya’ni boshqa boyroq va 
kuchliroq qavmni topsangiz, avvalgi qasamingizdan kechib ketaverishingiz bilan) xuddi 
o‘zi to‘qigan narsasini pishiq-puxta bo‘lganidan so‘ng parcha-parcha qilib, 
buzib, chuvatib tashlagan xotinga o‘xshab qolmangiz» (Nahl surasi, 92-oyat). 
«(Shuningdek, ular uchun) ilgari Kitob ato etilgan, so‘ng (ular bilan 
payg‘ambarlari o‘rtasidagi) muddat uzaygach, dillari qotib ketgan kimsalar (ya’ni 
yahudiy va nasroniylar) kabi bo‘lib qolmaslik (vaqti kelmadimi)?» (Hadid surasi, 16-
oyat), deb aytgan. 
691/1. Abdulloh ibn Amr ibn Ossdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) menga: 
«Ey Abdulloh, falonchi kishi kabi bo‘lmagin. U kechasi (tahajjud namoziga) turardi, keyin 
kechasi turishni tark qildi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
 
88-BOB 
Odamlar bilan gaplashganda shirin so‘z, ochiq chehrali 
bo‘lishning mahbubligi to‘g‘risida 
 
Alloh taolo: 
«Mo‘minlar uchun qanotingizni past tuting (ya’ni mudom kamtar, tavozu’li 

Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
143
bo‘ling)» (Hijr surasi, 88-oyat). 
«Agar qo‘pol, qattiq dil bo‘lganingizda edi, albatta, (sahobalaringiz) 
atrofingizdan tarqalib ketgan bo‘lar edilar» (Oli Imron surasi, 159-oyat), deb 
aytgan. 
692/1. Adiy ibn Hotamdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Xurmoning 
yarmini (kambag‘alga berib bo‘lsa ham) do‘zaxdan saqlaninglar. Kimki yarimta xurmoni 
topa olmasa, chiroyli so‘z bilan uni siylasin», deb aytdilar. Imom Buxoriy va Muslim 
rivoyatlari. 
Foyda: Ozgina narsa bo‘lsa ham sadaqa berishning mahbubligi, agar biror narsa topa 
olmaganda esa chiroyli so‘zini ayamasligi ma’lum bo‘lyapti. 
693/2. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Yaxshi so‘z ham 
sadaqadir», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
694/3. Abu Zarrdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) menga: «Yaxshiliklardan 
birortasini past sanamagin. Birodaringga yo‘liqqaningda kulimsirab qarashdagi 
yaxshilikni ham past sanamagin», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. 
 
89-BOB 
Gapirilayotgan kishiga tushunarli qilib so‘zlashning hamda 
tushunmasa, takror gapirmoqning mahbubligi haqida 
 
695/1. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) qachon gapirsalar, uch 
marta qaytarardilar. Eshituvchilar tushunishlari uchun shunday qilardilar. Qachon bir 
qavmga borib salom bersalar, uch bor takrorlardilar. Imom Buxoriy rivoyatlari. 
696/2. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasulullohning (s.a.v.) so‘zlari dona-dona 
bo‘lib, eshituvchi har bir kishi bemalol tushunar edi. Abu Dovud rivoyatlari. 
 
90-BOB 
Bir kishi man qilinmagan so‘zlarni gapirayotgan bo‘lsa, 
yonidagilar uning so‘ziga quloq solmog‘i hamda olim va voizlar 
majlisdagilarni jim qilishi xususida 
 
697/1. Jarir ibn Abdullohdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) menga 
vidolashuv hajida: «Odamlarni jim qil», dedilar, keyin xaloyiqqa qarab: «Yana sizlar 
mendan keyin kofir bo‘lib, bir-biringizning gardaningizga (qilich) urib yurmanglar», 
dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
 
91-BOB 
Mav’iza va uni qisqa qilishning fazilati to‘g‘risida 
 
Alloh taolo: 
«(Ey Muhammad), Parvardigoringizning yo‘li — diniga donolik-hikmat va 
chiroyli pand-nasihat bilan da’vat qiling» (Nahl surasi, 125-oyat), deb aytgan. 
698/1. Abu Voil Shaqiq ibn Salamadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Ibn Mas’ud (r.a.) har 
payshanba kuni mav’iza qilib berardilar. Shunda bir kishi: «Ey Abu Abdurahmon (ibn 
Mas’ud), bizga har kuni mav’iza qilib berishingizni istardim», dedi. Ibn Mas’ud: «Sizlarga 
malol kelishini karih ko‘rmog‘im meni har kuni mav’iza qilishdan qaytaradi. Va 
Rasululloh (s.a.v.) bizga malol kelishidan qo‘rqib mav’iza havola qilganlaridek, men ham 
sizlarga shunday mav’iza taqdim etaman», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
699/2. Abu Yaqzon Ammor ibn Yosirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) 

Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
144
«Kishining namozini uzun qilib, xutbasini qisqa qilishi faqihligiga dalolat qiluvchi 
alomatdir. Bas, shunday ekan, namozlaringizni uzun qilib, xutbalarni qisqa qilinglar», 
deb aytdilar. Imom Muslim rivoyatlari. 
700/3. Muoviya ibn Hakam as-Sulamiydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir kuni men 
Rasululloh (s.a.v.) bilan namoz o‘qiyotgan edim. Shu payt qavm orasida bir kishi aksa 
urib qoldi. Men: «Yarhamukalloh», desam, qavmdagilarning barchalari nazarlarini 
menga qaratishdi. «Voy, meni onam yo‘qotsin, nimaga menga bunday qarayapsizlar?» 
desam, ular qo‘llarini tizzalariga ura boshlashdi. Ular meni jim qilmoqchi bo‘lishdi. Lekin 
men xafa holda jim bo‘ldim. Keyin Rasululloh (s.a.v.) namoz o‘qib bo‘ldilar. Ota-onam u 
zotga fido bo‘lsin, bundan oldin ham, keyin ham ta’lim berishda u zotdan yaxshiroq 
muallimni ko‘rmadim. Alloh nomiga qasamki, bu ishim uchun meni na jerkidilar, na 
urdilar va na so‘kdilar. Balki u zot: «Albatta, namoz (shu darajada ulug‘ ibodatki), 
odamlar o‘z o‘rtalarida gapiriladigan biror so‘zni gapirish durust emas. Albatta, namoz 
faqat tasbeh, takbir va Qur’on qiroati kabi amallardir», dedilar. Yoki u zot shunga 
o‘xshash so‘z aytdilar. Men: «Ey Allohning Rasuli, yaqindagina johiliyatdan (xalos 
bo‘lgan) kishiman. Mana, Islom dini keldi. Ba’zilarimiz folbinga borishadi», desam, u zot: 
«Ular huzuriga bormagin», dedilar. Keyin men yana: «Bizlardan ba’zilarimiz 
shumlanishadi», desam, u zot: «Shumlanish kishilarning qalbida bo‘ladigan narsadir. 
Lekin uning sababidan qilinadigan ishlarni to‘xtatib qo‘yishmasin», dedilar. Imom Muslim 
rivoyatlari. 
701/4. Irboz ibn Soriyadan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasululloh (s.a.v.) bizga yetuk bir 
va’z aytdilar. Qalblar vahimaga tushdi va ko‘zlardan yosh oqdi. Shunda biz: «Ey 
Rasululloh, vidolashuvchi mav’iza bo‘lsa kerak, bizga vasiyat qiling», desak, u zot: 
«Sizlarga Allohdan taqvo qilishni hamda agar habash qul boshliq etilsa ham, eshitib itoat 
etishni vasiyat qilaman. Chunki sizlardan qaysi biringiz (uzoq) yashaydigan bo‘lsa, ko‘p 
ixtiloflarni ko‘radi. Ana shu paytda mening sunnatimni va to‘g‘ri yo‘ldagi xulafoi 
roshidinlar sunnatini o‘zingizga lozim topib, uni oziq tishlaringiz bilan mahkam 
tishlanglar. Ishlarning yangisidan chetlaninglar. Chunki har bir bid’at zalolatdir», 
dedilar». Abu Dovud va Termiziylar rivoyati. 
 
92-BOB 
Viqorli va bosiq bo‘lishning fazilati haqida 
 
Alloh taolo: 
«Rahmonning  (suyukli)  bandalari yerda tavozu’ bilan yuradigan, johil 
kimsalar  (bema’ni)  xitoblar qilgan vaqtida ham: «Omon bo‘ling», deb javob 
qiladigan kishilardir» (Furqon surasi, 63-oyat), deb aytgan. 
702/1. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu onamiz: «Rasulullohni (s.a.v.) mubolag‘a 
tarzda hamda kichik tillari ko‘rinadigan darajada kulganlarini hech ham ko‘rmadim. U zot 
faqat tabassum qilardilar», deb aytdilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
Foyda:  Kulgini ozaytirishning mahbubligi aytilyapti. Chunki ko‘p kulgi Allohdan 
g‘aflatda qolishga olib boradi hamda do‘stlar orasida obro‘ va haybatni ketkazadi. 
 
93-BOB 
Namoz, ilm majlislari va boshqa ibodat amallariga 
xotirjamlik va viqor bilan kelishning fazilati to‘g‘risida 
 
Alloh taolo: 
«Kim Alloh qonunlarini hurmat qilsa, bas, albatta, (bu hurmat) dillarning 

Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
145
taqvodorligi sababli bo‘lur» (Haj surasi, 32-oyat), deb aytgan. 
703/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Agar namozga 
iqomat aytilsa, yugurib kelmanglar. Balki yurib (ohista) kelinglar. O’zingizga 
xotirjamlikni lozim tuting. Imomga yetib 
kelsangiz, u bilan o‘qinglar. O’tib ketgan bo‘lsa, oxiriga yetkazib, o‘zingiz (qolib 
ketganini) mukammal qilinglar», deb aytdilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
Imom Muslimning rivoyatlarida: «Sizlardan qaysi biringiz namoz o‘qishni qasd qilsa, 
go‘yoki namoz ichida turgan hisoblanadi»ni ziyoda qilingan. 
704/1. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu zot Arafa kuni Rasululloh (s.a.v.) bilan 
birga edilar. Rasululloh (s.a.v.) ketaturib, orqa tomonlaridan urib haydalganidan chopib 
kelayotgan tuyaning qattiq ovozini eshitdilar. Keyin ularga qamchilari bilan ishora qilib: 
«Ey insonlar, o‘zingizga xotirjamlikni lozim tutinglar. Chunki yaxshilik shoshilish bilan 
bo‘lmaydi», dedilar. Imom Buxoriy rivoyatlari. Imom Muslim ba’zisini rivoyat qilganlar. 
 
94-BOB 
Mehmonni hurmat qilishning fazilati haqida 
 
Alloh taolo: 
«(Ey Muhammad), sizga Ibrohimning izzat-ikromli mehmonlari haqidagi xabar 
keldimi? O’shanda ular (Ibrohimning) huzuriga kirib: «Salom», deyishgan edi, u 
ham: «Salom. (Bular)  notanish qavm-ku», dedi. So‘ng u asta oilasi oldiga 
chiqib,  (qovurilgan)  bir semiz buzoqni keltirdi-da, uni ularga yaqin qilib: 
«(Taomdan) yemaysizlarmi?», dedi» (Vaz-zoriyat surasi, 24-27-oyatlar). 
«(Darhaqiqat, Lut payg‘ambar huzuriga yigitlar kelganini eshitishgach), qavmi uning 
oldiga chopib kelishdi. Ular ilgaridan yomon ishlar — bachchabozlik qilar edilar. 
U aytdi: «Ey qavmim, anavi qizlarim (ya’ni shahrimizdagi qizlar) sizlar uchun 
pokroq-ku  (ya’ni o‘shalarga uylanaversangiz bo‘lmaydimi)?! Bas, Allohdan 
qo‘rqinglar va mehmonlarim oldida meni sharmanda qilmanglar. Orangizda 
biron to‘g‘ri yo‘lga yurguvchi kishi yo‘qmi?!» (Hud surasi, 78-oyat), deb aytgan. 
705/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Kim Allohga va 
oxirat kuniga iymon keltirsa, qo‘shnisiga ozor bermasin. Kim Allohga va oxirat kuniga 
iymon keltirsa, mehmonini hurmat qilsin. Kim Allohga va oxirat kuniga iymon keltirsa, 
yaxshi narsalarni gapirsin yoki jim tursin», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
Foyda:  Qo‘shnisiga zulm qilmasdan yaxshilik qilish, mehmonini hurmatlash va kam 
gap bo‘lish iymon alomatlaridandir. 
706/2. Abu Shurayh Huvaylid ibn Amir al-Xuzo’iydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh 
(s.a.v.): «Kim Allohga va oxirat kuniga iymon keltirgan bo‘lsa, mehmonni hurmat qilib, 
uning mukofotini bersin», deganlarida, sahobalar: «Ey Allohning Rasuli, uning 
mukofotini berish qanaqa bo‘ladi?» deyishdi. Shunda Rasululloh (s.a.v.): «Bir kecha va 
kunduz mehmonni yaxshilab kutsin. Mehmondorchilik uch kundir. Undan ziyodasi 
sadaqadir», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
Imom Muslimning rivoyatlarida Rasululloh (s.a.v.): «Musulmon kishi birodarining 
huzurida uni gunohkor qilguncha mehmon bo‘lmog‘i darkor emas», deganlarida, 
sahobalar: «Ey Allohning Rasuli, qandoq qilib gunohkor qiladi?» deyishdi. Shunda 
Rasululloh (s.a.v.): «Uning huzurida birodari shunaqa ko‘p mehmon bo‘lganidan ziyofat 
qilgulik biror narsa qolmaydi», dedilar. 
 
95-BOB 
Biror yaxshi holat paydo bo‘lsa, xursandlik ila xabarini berib, 

Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
146
tabriklashning fazilati haqida 
 
Alloh taolo: 
«Bas,  (ey Muhammad), mening bandalarimga so‘zga quloq tutib, uning eng 
go‘zaliga  (ya’ni najotga eltguvchi rost so‘zga) ergashadigan zotlarga xushxabar 
bering!» (Zumar surasi, 17-18-oyatlar). 
«Parvardigorlari ularga O’z tarafidan rahmat va rizolik hamda ular uchun 
bo‘ladigan jannatlar xushxabarini berurki, u jannatlarda doimiy ne’matlar 
bordir» (Tavba surasi, 21-oyat). 
«Sizlarga va’da qilingan jannat xushxabari bilan shodlaninglar» (Fussilat 
surasi, 30-oyat). 
«Bas, Biz unga bir halim o‘g‘ilning xushxabarini berdik» (Vas-soffat surasi, 
101-oyat). 
«Darhaqiqat, Bizning elchilarimiz — farishtalar Ibrohimga (Ishoq ismli farzand 
ko‘rishi haqida) xushxabar bilan keldilar» (Hud surasi, 69-oyat). 
«(Parda ortida Ibrohimning) xotini turgan edi. U (farishtalarning Lut qavmini halok 
qilish uchun kelganliklarini eshitib) kuldi — xursand bo‘ldi. Shunda Biz 
(farishtalarimiz vositasida) u ayolga Ishoq (ismli o‘g‘il ko‘rishi) haqida va Ishoqdan 
keyin Ya’qub (ismli nabira ko‘rishi) haqida xushxabar berdik» (Hud surasi, 71-
oyat). 
«So‘ng mehrobda namoz o‘qib turgan vaqtida unga farishtalar nido qildilar: 
«(Ey Zakariyo), Alloh senga Allohning so‘zini tasdiq etadigan, (o‘z qavmiga) xoja 
bo‘ladigan, (shahvatlardan o‘zini) tiyadigan va solih payg‘ambarlardan bo‘ladigan 
Yahyo ismli farzand xushxabarini berur»(Oli Imron surasi, 39-oyat). 
«Farishtalar dedilar: «Yo Maryam, albatta, Alloh senga O’z tomonidan bir 
So‘z haqida xushxabar beradiki, uning ismi al-Masih Iyso binni Maryam bo‘lur» 
(Oli Imron surasi, 45-oyat), deb aytgan. 
707/1. Abdulloh ibn Abu Avfodan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) Xadichaga 
(r.a.) marvariddan qurilgan jannatdagi uyning xushxabarini berdilar. U yerda befoyda 
so‘z ham, charchash ham bo‘lmaydi. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
708/2. Abu Muso al-Ash’ariydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu zot uylarida tahorat qilib, 
ko‘chaga chiqdilar-da: «Bugun Rasulullohni (s.a.v.) topib, u zot bilan birga bo‘laman», 
dedilar. Bas, masjidga keldilar-da, Rasululloh (s.a.v.) qaerda ekanliklarini so‘radilar. 
Odamlar: «Rasululloh (s.a.v.) u tomonga ketdilar», deyishdi. Keyin men u zotning 
izlaridan so‘rab-surishtirib, «Aris» nomli quduqqacha bordim. U zot o‘sha yerga 
boribdilar. Men darvoza oldida o‘tirdim. U zot esa hojat chiqarayotgan ekanlar. Keyin 
tahorat qildilar. So‘ngra men u zotning huzurlariga borsam, u zot «Aris» qudug‘ining 
suffachasiga o‘tirib, oyoqlarini ochib, quduqqa osiltirib turgan ekanlar. Men salom 
berdim-da, darvoza oldiga borib: «Bugun Rasulullohga (s.a.v.) darvozabon bo‘laman», 
dedim. Bir ozdan keyin Abu Bakr (r.a.) kelib, darvozani taqillatdilar. Men: «Bu kim?» 
dedim. «Abu Bakrman», dedilar. Men: «Bir oz turing», dedimda: «Ey Rasululloh, Abu 
Bakr (r.a.) huzuringizga kirish uchun izn so‘rayaptilar», desam, u zot: «Izn ber va 
jannatga kirishining xushxabarini ber», dedilar. Men Abu Bakr (r.a.) huzuriga borib: 
«Kiring, Rasululloh (s.a.v.) sizning jannatga kirishingiz xushxabarini bermoqdalar», 
dedim. Bas, Abu Bakr (r.a.) kirib, Rasulullohning (s.a.v.) o‘ng tomonlarida birga o‘tirib, 
bu zot ham xuddi Rasululloh (s.a.v.) qilganlaridek ikki oyoqlarini oshiqlarigacha ochib, 
quduqqa osiltirdilar. Keyin men qaytib joyimga bordim. O’z ukamni uyda qoldirib kelgan 
edim. Tahorat qilib, orqamdan yetib kelmoqchi edi. Ichimda: «Agar Alloh bu ukamga 
yaxshilikni xohlagan bo‘lsa, yetib kelar», derdim. Shu payt bir kishi kelib, darvozani 

Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
147
taqillatib qoldi. Men: «Kim bu?» desam, u: «Umar ibn Xattobman», dedi. Men: «Bir oz 
kutib turing», dedim-da, Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga borib, salom berib: «Umar 
huzuringizga kirish uchun izn so‘rayaptilar», desam, u zot: «Uning kirishi uchun izn ber 
va jannatga kirishining xushxabarini yetkaz», dedilar. Men Umar (r.a.) huzurlariga 
borib: «Rasululloh (s.a.v.) kirishingiz uchun izn berib va jannatga kirishingizning 
xushxabarini bermoqdalar», dedim. Umar (r.a.) ham Rasululloh (s.a.v.) bilan birga 
suffada chap tomonlarida turib, oyoqlarini quduqqa osiltirib o‘tirdilar. Keyin yana oldingi 
joyimga qaytib borib o‘tirdim. Va ichimda: «Agar Alloh ukamga yaxshilikni xohlasa, yetib 
kelar», dedim. Shu payt yana bir kishi kelib, darvozani taqillatib qoldi. Men: «Bu kim?» 
desam, u: «Usmon ibn Affonman», dedi. Men: «Bir oz kutib turing», dedim-da, 
Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga borib, uning xabarini berdim. U zot: «Uning kirishi uchun 
izn ber va bir oz musibatlarni tortish bilan birga jannatga kirishining xushxabarini ber», 
dedilar. Men borib: «Kiring, Rasululloh (s.a.v.) bir oz musibatlarni tortish bilan birga 
jannatga kirishingizning xushxabarini bermoqdalar», dedim. Keyin Usmon (r.a.) ham 
ularning huzurlariga kirdilar. Ko‘rdilarki, quduq suffasi odamga to‘lib bo‘lgan. 
To‘g‘rilaridagi boshqa bir joyga borib o‘tirdilar. Sayyid ibn Musayyib (r.a.): 
«Uchchovlarining qabrlari bir joyda bo‘lib, Usmon (r.a.)ning qabrlari alohida bo‘ladi, deb 
ta’vil qildim», deb aytdilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
Boshqa rivoyatda: «Rasululloh (s.a.v.) meni darvozani poylab turishga buyurdilar. 
Usmonga (r.a) jannat xushxabari berilganida, Allohga hamd aytib, Alloh o‘zi madadkor, 
deb aytganlari» ziyoda qilingan. 
709/3. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Biz Rasululloh (s.a.v.) atroflarida 
o‘tirgan edik. Biz bilan Abu Bakr (r.a.) va Umar (r.a) hamda bir necha sahobalar ham 
bor edi. Rasululloh (s.a.v.) oramizdan turib ketdilar-da, tez qaytib kelavermadilar. U 
zotni yo‘qotib qo‘ydikmi, deb qo‘rqib ketdik. Keyin o‘rnimizdan turdik. Birinchi bo‘lib men 
qo‘rqdim. Axtargani chiqib, ansoriylardan bo‘lgan Bani Najjor qabilasining devori yoniga 
bordim. Darvozasini axtarib, devorlari atrofini aylandim. Lekin darvozani topa olmadim. 
Qarasam, bir kichkina ariq bor ekan. Devor tashqarisidagi bir quduqdan bog‘ning 
o‘rtasiga kirayotgan ekan. U yerdan bir oz qazidim-da, Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga 
kirdim. U zot: «Abu Hurayrami?» dedilar. Men: «Ha, ey Allohning Rasuli», dedim. U zot: 
«Nima uchun kelding?» dedilar. Men: «Siz oramizda birga o‘tirib, keyin tez qaytib 
kelavermaganingizdan keyin sizni yo‘qotib qo‘ydikmi, deb qo‘rqib ketdik. Birinchi 
qo‘rqqan kishi men bo‘ldim. Mana bu devordan keldim. Va xuddi tulki kavlagandek 
kavlab kirdim. Anavi kishilar ham orqamda turishibdi». Rasululloh (s.a.v.) ikki 
kavushlarini berib: «Ey Abu Hurayra, bu kavushimni olgin-da, bu bog‘ tashqarisida Alloh 
taoloning yakka va yagonaligini chin qalbidan bilib, guvohlik bergan kishiga jannat 
xushxabarini bergin», deb hadisning qolganini ham zikr qildilar. Imom Muslim 
rivoyatlari. 
710/4. Ibn Shamosadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bizlar Amr ibn Ossning (r.a.) 
huzurlariga kirsak, u zot o‘lim talvasasida yotgan ekanlar. Ko‘p yig‘lab, yuzlarini devor 
tarafga qilib oldilar. O’g‘illari: «Ey otajon! Rasululloh (s.a.v.) siz haqingizda undoq va 
bundoq bashorat qilmaganlarmi?» deganlarida, u zot yuzlarini (biz tomonga) burib: 
«Bizlarning eng afzal hisoblaydigan amalimiz «La ilaha illallohu va anna Muhammadan 
Rasululoh»dir. Mening hayotim uch qismga bo‘linadi. Birinchisi: Men Rasulullohni (s.a.v.) 
hammadan ko‘proq yomon ko‘rar edim. Eng yaxshi ko‘rgan narsam: imkoniyatini 
topsamu u zotni qatl etsam. Agar mana shu holatda vafot etganimda, do‘zax ahlidan 
bo‘lar edim. Ikkinchisi shuki: Qachonki Alloh qalbimni Islomga moyil etganida Rasululloh 
(s.a.v.) huzurlariga borib, bay’at qilishim uchun qo‘lingizni bering», desam, u zot 
qo‘llarini berdilar. Men esa qo‘limni tortib oldim. Shunda Rasululloh (s.a.v.)  «Ey Amr, 

Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy 
 
 
Download 5.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling