Abu zakariyo yahyo ibn sharaf navaviy riyozus-solihiyn
Download 5.07 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 184-BOB Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy www.ziyouz.com
- 185-BOB Tahoratning fazilati to‘g‘risida Alloh taolo: «Ey mo‘minlar, qachon namozga turganingizda yuzlaringiz hamda
- 186-BOB Azonning fazilati haqida
- 187-BOB Namozlarning fazilati to‘g‘risida Alloh taolo: «Albatta, namoz buzuqlik va yomonlikdan to‘sar»
- «Allohning masjidlarini faqat Allohga va oxirat kuniga iymon keltirganlargina obod qilurlar»
www.ziyouz.com kutubxonasi 197 1017/10. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Uylaringizni (namoz o‘qilmaydigan) qabr kabi qilmanglar. Albatta, shayton Baqara surasi o‘qiladigan uydan qochadi», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. 1018/11. Ubay ibn Ka’bdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Ey Abu Munzir, Allohning kitobidan sen yod qilgan qaysi oyat ulug‘ ekanini bilasanmi?» degandilar, men: «Allohu la ilaha illa huval hayyul qoyyum», dedim. Shunda u zot ko‘kragimga urib: «Ilm muborak bo‘lsin, ey Abu Munzir», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. 1019/12. Abu Hurayra (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh (s.a.v.) meni Ramazon zakotiga qo‘riqchi qildilar. Shunda bir kishi kelib, taomdan hovuchlab ola boshladi. Men uni ushlab: «Allohga qasamki, seni Rasululloh huzurlariga olib boraman», dedim. U : «Bolalarim ko‘p, juda muhtojman», deb aytgan edi, qo‘yib yubordim. Tong ottirganimda, Rasululloh (s.a.v.): «Ey Abu Hurayra, kechagi asiring nima qildi?» dedilar. Men: «Ey Rasululloh, ehtiyoji juda qattiqligini va bolalari ko‘pligini aytgan edi, unga rahm qilib qo‘yib yubordim», dedim. Rasululloh: «U senga yolg‘on gapirgan bo‘lmasin, yana keladi», dedilar. Men Rasulullohning so‘zlaridan uning tag‘in kelishini bilib, kutdim. U kelib, yana taomdan hovuchlab ola boshladi. Ushlab olib: «Seni Rasululloh huzurlariga olib boraman», dedim. U yana: «Meni qo‘yib yubor, bolalarim ko‘p, shunga juda muhtojman, boshqa qaytib kelmayman», deb aytdi. Rahmim kelib, yana qo‘yib yubordim. Tong otgach, Rasululloh (s.a.v.): «Ey Abu Hurayra, asiring nima qildi?» dedilar. Men: «Ehtiyoji juda qattiqligini va bolalari ko‘pligini aytgan edi, rahm qilib qo‘yib yubordim», dedim. Rasululloh (s.a.v.): «Senga yolg‘on gapiryotgan bo‘lmasin, u yana qaytadi», dedilar. Uchinchi bora kuta boshladim. U kelib, yana taomdan hovuchlab ola boshladi. Uni ushlab oldim va: «Kelmayman, deysan-da, yana qaytib kelaverasan, bu oxirgisi, seni Rasulullohning huzurlariga olib boraman», dedim. Shunda u: «Meni qo‘yib yubor, agar qo‘yib yuborsang, senga bir nechta kalimalarni o‘rgatib qo‘yaman, u bilan Alloh senga naf beradi», dedi. «Qaysi kalimalar?» deganimda, «To‘shagingga yotsang, Oyatul kursiyni o‘qi, Allohning qo‘riqchisi doim seni qo‘riqlab turadi, tong otgunicha shayton senga yaqinlasha olmaydi», dedi, so‘ng men uni qo‘yib yubordim. Tong otgach, Rasululloh (s.a.v.): «Kechagi asiring nima qildi?» deb so‘radilar. Men: «Ey Rasululloh, u Alloh foyda beradigan kalimalarni o‘rgatuvdi, quyib yubordim», dedim. Rasululloh: «Qaysi kalimalar ekan?» dedilar. Men: «Agar to‘shagingga yotsang, Oyatul kursiyni o‘qi, Allohning qo‘riqchisi doim seni qo‘riqlab turadi, tong otgunicha shayton senga yaqinlasha olmaydi», deb aytdi», dedim. Shunda Rasululloh (s.a.v.): «O’zi yolg‘onchi bo‘lsa ham, rost gapiribdi. Ey Abu Hurayra, uch kundan beri sen bilan gaplashayotgan kishi kimligini bilasanmi?» dedilar. «Yo‘q», dedim. «U shayton edi», deb aytdilar Nabiy alayhissalom». Imom Buxoriy rivoyatlari. 1020/13. Abu Dardodan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Kimki Kahf surasining avvalidan o‘n oyat yodlasa, dajjoldan omonda bo‘ladi», dedilar. Boshqa rivoyatda «Kahf suraning oxiridan» bo‘lib kelgan. Imom Muslim rivoyatlari. 1021/14. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir kuni Jabroil alayhissalom Rasululloh (s.a.v.) huzurlarida o‘tirgan edilar, ustlarida yangrayotgan bir ovozni eshitdilar. Va boshlarini ko‘tarib, bu osmondagi bir eshik bo‘lib, bugun shu eshik ochildi. Faqat bugun ochildi, xolos. Hamda u yerdagi bir farishta tushdi. Shu farishta yer yuziga bugun tushdi, xolos. Bundan oldin tushmagan edi. Farishta salom berib, Rasulullohga (s.a.v.) ikki nur bashoratini berdi. Va: «Bundan oldin biror payg‘ambarga berilmagan, dedi. U Fotiha surasi va Baqara surasining oxiridir. Undan biror harf o‘qisangiz, uning savobi beriladi», dedi. Imom Muslim rivoyatlari. 184-BOB Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 198 Qur’onni to‘planib o‘qishning mahbubligi haqida 1022/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Biror qavm Allohning uylaridan biriga to‘planib, Allohning kitobini tilovat qilsa va o‘zaro bir-birlariga aytishsa, ularga xotirjamlik tushib, rahmat qoplaydi va farishtalar o‘rab olishadi. Hamda Alloh ularni O’zining huzuridagilar, ya’ni (farishtalar) bilan eslaydi» , dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. 185-BOB Tahoratning fazilati to‘g‘risida Alloh taolo: «Ey mo‘minlar, qachon namozga turganingizda yuzlaringiz hamda qo‘llaringizni tirsaklarigacha yuvingiz, boshlaringizga mash tortingiz (ya’ni nam qo‘llaringiz bilan silangiz) va oyoqlaringizni oshiqlarigacha (yuvingiz!)» Agar junub bo‘lsalaringiz, poklaningiz - cho‘milingiz.! Agar bemor yo musofir bo‘lsangizlar yoki sizlardan birov hojatxonadan chiqqan bo‘lsa yoki xotinlaringizga qo‘shilgan bo‘lsalaringiz va (mazkur holatlarda) suv topa olmasangiz, pokiza tuproqni tayammum qilingiz - ya’ni yuzingiz va qo‘llaringizni (pokiza tuproq) bilan silangiz. Alloh sizlarni biror tanglik-mashaqqatga sollmoqni istamaydi, balki sizlarni poklashni va sizlarga o‘z ne’matini komil qilib berishni istaydi. Shoyadki, shukur qilsalaringiz», deb aytgan (Moida surasi, 6-oyat). 1023/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Qiyomat kuni ummatimning tahoratda yuvadigan a’zolari yaltirashidan tanib chaqiriladi. Kimki o‘sha yaltiroqni uzun qilishga qodir bo‘lsa, bajaraversin, ya’ni tahorat qilayotganida a’zolarining ko‘proq qismiga suv yetkazaversin», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 1024/2. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Do‘stim Rasululloh (s.a.v.) «Mo‘min bandaga (jannatda) kiygiziladigan taqinchoq tahoratda suv tekkizgan yerigacha yetkaziladi. Ya’ni qaerigacha yuvgan bo‘lsa, o‘sha yerigacha taqinchoq taqiladi», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. 1025/3. Usmon ibn Affondan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kimki tahorat qilsa va uni chiroyli tarzda ado etsa, uning jasadidan xatolari chiqib ketadi. Hattoki tirnoqlari ostidan chiqib ketadi», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. 1026/4. Usmon ibn Affondan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Rasulullohning (s.a.v.) men kabi tahorat qilganlarini ko‘rdim. So‘ngra u zot: «Kimki mana shu tarzda tahorat qilsa, avvalgi gunohlari kechiriladi. Endi o‘qigan namozi va masjidga yurib borgandagi savobi esa yoniga qoladi», dedilar», dedi. Imom Muslim rivoyatlari. 1027/5. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Agar musulmon yoki mo‘min banda tahorat qilib yuzini yuvsa, ko‘zi bilan qilgan barcha xatolari yuzidan suv bilan yoki oxirgi tomchi suv bilan chiqib ketadi. Agar qo‘lini yuvsa, qo‘li orqali qilgan barcha xatolari qo‘lidan suv bilan yoki oxirgi tomchi suv bilan chiqib ketadi. Hattoki, gunohlardan pokiza holda chiqadi. Agar ikki oyog‘ini yuvsa, oyog‘i bilan qilgan barcha xatolari suv bilan birga yoki oxirgi tomchi suv bilan chiqib ketadi, hattoki u gunohlardan pokiza holda chiqadi», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. 1028/6. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) Baqiy’ qabristoniga kelib: «Assalomu alaykum dora qavmin muminiyn, vainna inshaallohu bikum lohiqun» (ya’ni mo‘minlar qavmi hovlisidagilar, sizlarga salom bo‘lsin. Alloh xohlasa, bizlar ham sizlarga qo‘shilamiz), deb, yana u zot: «Birodarlarimni ko‘rgim kelayapti», dedilar. Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 199 Shunda atroflaridagilar: «Ey Allohning Rasuli, biz birodarlaringiz emasmizmi?» deyishdi. Rasululloh (s.a.v.) «Siz sahobalarimsiz. Birodarlarimiz hali dunyoga kelishmadi», dedilar. Atroflaridagilar: «Ey Rasululloh, hali dunyoga kelmagan ummatingizni qandoq qilib taniysiz?» deyishganida, Rasululloh (s.a.v.) «Agar bir kishining qora otlar ichida oq qashqali oti bo‘lsa, o‘sha otini taniy oladimi?» degandilar, ular: «Albatta, taniydi», deyishdi. Shunda Rasululloh (s.a.v.) «Ular Qiyomat kuni tahoratlari sabab paydo bo‘ladigan yaltiroq oq qashqalari bilan kelishadi. Men havzu Kavsarda ularga peshvoz chiqib kutib olaman», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. 1029/7. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Xatolarni o‘chirib, darajalarni ko‘taradigan narsaga dalolat qilaymi?» deganlarida, sahobalar: «Ha», deyishdi. Shunda u zot: «Qiyinchilik paytida tahoratni mukammal qilish va masjidga qadamni (borishni) ko‘paytirish hamda namozdan keyin namozni kutish. Mana shu narsalar Allohga marg‘ub narsalardir Mana shu narsalar Allohga marg‘ub narsalardir», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. 1030/8. Abu Molik al-Ash’ariydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Poklik iymonning yarmidir», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. Bu hadis uzun holatida «Sabr» bobida kelgan. Hamda «Umid qilish» bobi oxirida Amr ibn Abasadan qilingan rivoyatda ham kelgan. Bu ulug‘ hadislardan bo‘lib, ko‘p yaxshiliklarni o‘zida mujassam qilgandir. 1031/9. Umar ibn Xattobdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Kim tahorat qilib bo‘lib: «Ashhadu alla ilaha illallohu vahdahu la shariyka lahu va ashhadu anna Muhammadan ‘abduhu va rosuluhu», desa, unga jannatning sakkizta eshigi ochilib, xohlaganidan kiraveradi», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. Termiziy: «Allohummaj’alniy minat tavvabiyna vaj’alniy minal mutatohhiriyn» kalimasini ziyoda qilganlar. 186-BOB Azonning fazilati haqida 1032/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Agar odamlar azonning va avvalgi safning fazilatini bilishganida edi, uni qo‘lga kiritish uchun qur’a tashlashga majbur bo‘lib qolishsa, qur’a tashlab bo‘lsa ham u fazilatni qo‘lga kiritishga harakat qilishar edi. Agar jamoatga erta borishning fazilatini bilishganda edi, unga oshiqishar edi. Agar xufton va bomdod namozidagi fazilatni bilishganida edi, emaklab bo‘lsa ham borishar edi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 1033/2. Muoviyadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Qiyomat kuni muazzinlar eng bo‘yi uzun kishilar bo‘lishadi (ya’ni darajalari baland kishilar bo‘lishadi)», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. 1034/3. Abdulloh ibn Abdurahmon ibn Abu Sa’sa’adan (r.a.) rivoyat qilinadi. Abu Said al-Xudriy (r.a.) Abdullohga: «Sening qo‘ylar va yaylovlarni yaxshi ko‘rishingni bilaman. Agar qo‘ylaring huzurida yoki yaylovda bo‘lsang, namoz uchun azon ayt. Azon aytayotganda ovozingni baland qil. Chunki muazzinning ovozini biror jon yoki inson yoki boshqa biror narsa eshitsa, Qiyomat kuni (uning mo‘minligiga) guvohlik berishadi», dedilar. Abu Said ushbu hadisni Rasulullohdan (s.a.v.) eshitganman, dedilar. Imom Buxoriy rivoyatlari. 1035/4. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Agar namozga azon aytilsa, shayton orqasini o‘girib, yel chiqarib, azon eshitilmaydigan yergacha qochadi. Agar azon aytib bo‘linsa, yana qaytib keladi. Va namozga takbir aytilsa, yana orqa o‘girib qochadi. Takbir aytib bo‘linganidan keyin yana qaytib kelib, namoz Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 200 o‘qiyotgan kishining fikriga har xil bo‘lmag‘ur fikrlarlarni olib kelib, hali hech xayoliga kelmagan narsalarni eslatib, uni eslagin, buni eslagin, deb vasvasa qiladi. Hattoki bu kishi qancha namoz o‘qiganini bilmay qoladi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 1036/5. Abdulloh ibn Amr ibn Oss (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh (s.a.v.) «Muazzinning azon aytayotganini eshitsanglar, u aytganidek qaytaringlar. So‘ngra menga salovot yo‘llanglar. Kim menga bitta salovot aytsa, Alloh taolo unga o‘nta salovot aytadi. Keyin menga Allohdan vasilani so‘ranglar. U (ya’ni, vasila) jannatdagi bir makondir. U makon Allohning bandalaridan bittasiga nasib etadi. O’sha banda men bo‘lishimga umid qilaman. Kim menga vasila so‘rasa, unga shafoatim nasib etadi», dedilar. Muslim rivoyatlari. 1037/6. Abu Said al-Xudriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Azonni eshitganinglarda muazzin nima desa, o‘shani aytinglar», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 1038/7. Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kim azon eshitganida, «Allohumma robba hazihid da’vatit tammah vassolatil qoimah, ati Muhammadanil vasiylata valfaziylah vab’ashu maqomam mahmudanillaziy va’adtah», desa, unga shafoatim hosil bo‘ladi», dedilar. Imom Buxoriy rivoyatlari. 1039/8. Sa’d ibn Abu Vaqqosdan (r.a.) rivoyat qilinishicha, Rasululloh (s.a.v.) bunday deganlar: «Kim muazzinni eshitgan paytda: «Ashhadu alla ilaha illallohu vahdahu la shariyka lahu va anna Muhammadan ‘abduhu va rosuluh, roziytu billahi robban va bi Muhammadin (s.a.v.) rosulan va bil-Islami diyna», desa, uning gunohlari kechiriladi». Boshqa rivoyatda: «Va ana ashhadu», desa, deyilgan. Imom Muslim rivoyatlari. 1040/9. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Azon bilan iqomatning orasidagi duo rad qilinmaydi», dedilar. Abu Dovud va Termiziy rivoyatlari. Termiziyning rivoyatlarida quyidagi jumla ziyoda qilingan: «Ey Rasululloh, bu ikkalasining orasida nima deymiz?» deb so‘rashdi. U zot (s.a.v.) «Allohdan dunyo va oxiratda ofiyat berishini so‘ranglar», dedilar». 187-BOB Namozlarning fazilati to‘g‘risida Alloh taolo: «Albatta, namoz buzuqlik va yomonlikdan to‘sar» (Ankabut surasi, 45-oyat), deb aytgan. 1041/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Qaramaysizlarmi, agar sizlardan birortangizning eshigingiz oldidan anhor o‘tsa, shu kishi anhorda har kuni besh marta yuvinsa, u kishida biror kir qoladimi?» degandilar, sahobalar: «Yo‘q, hech kir qolmaydi», deyishdi. Shunda Rasululloh (s.a.v.) «Besh vaqt namozlaringiz ham shu anhor kabidir. Alloh taolo besh vaqt namoz o‘quvchi kishining ham gunohlarini o‘chiradi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 1042/2. Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Besh vaqt namoz xuddi sizlardan biringizning eshigi oldidan limmo-lim bo‘lib oquvchi anhorga o‘xshaydi. U kishi anhorda har kuni besh marta cho‘miladi», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. 1043/3 . Ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir kishi bir xotindan bo‘sa oldi. Keyin Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga kelib xabar berdi. So‘ngra Alloh taolo quyidagi oyatni nozil qildi: «Kunduzning har ikki tarafida va kechadan bir bo‘lagida namozni to‘kis ado qiling! Albata yaxshi amallar yomonlik - gunohlarni ketkazur». Bas, haligi kishi: «Ey Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 201 Allohning rasuli, bu men uchun xosmi?» deganida, u zot: «Balki bu ummatimning barchalariga xosdir», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 1044/4. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Besh vaqt namoz vaqt orasida hamda jumadan jumagacha o‘z o‘rtalarida bo‘lgan gunohlarga kafforatdir. Agar kabira (katta) gunohlardan saqlanilgan bo‘lsa», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. 1045/5. Usmon ibn Affondan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Qaysi bir musulmon farz namoziga hozir bo‘lganida tahoratini chiroyli qilib, namozidagi xushu’ va ruku’larini chiroyli ado etsa va bu orada katta gunoh sodir etmasa, avvalgi kichik gunohlariga kafforat bo‘ladi. Bu va’da (mening zamonimga mos bo‘lmay, balki) har zamonga xosdir», deb aytdilar. Imom Muslim rivoyatlari. 188-BOB Bomdod va asr namozlarining fazilati haqida 1046/1. Abu Musodan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kim bomdod va asr namozlarini ado etsa, jannatga kiradi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. Foyda: Bu ikki namozni fazilatli bo‘lishiga sabab, chunki bomdod paytida uyqu g‘olib keladi. Asr vaqtida esa ishlar ko‘payib, tijoratda ko‘plab foyda qo‘lga kiritish payida bo‘linadi. 1047/2. Abu Zuhayr Umora ibn Ruvaybadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Qaysi bir kishi quyosh chiqishi va quyosh botishidan oldin, ya’ni bomdod va asr namozlarini o‘qisa, do‘zaxga tushmaydi», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. 1048/3. Jundub ibn Sufyondan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kim bomdod namozini o‘qisa, u kishi Allohning ahdi va omonidadir. Alloh sizlarni hargiz ahdini zoe qilgan holda topmasin», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. (Ya’ni, subhi namozi va qolganlarini ham o‘qigan kishi yomonlik qilishdan ogohlantirilyapti.) 1049/4. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Sizlarning huzuringizga kechqurun bir jamoa va kunduzi bir jamoa farishtalar orqama-orqa kelib, bomdod va asr namozlarida jam bo‘lishadi. Kechqurun turgan farishtalar Alloh huzuriga chiqishganda, Alloh o‘zi bilgan holda: «Bandalarimni qay holda tark qildinglar?», deb so‘raydi. Farishtalar: «Ularni tark qilganimizda ham, borganimizda ham namoz o‘qishayotgan edi», deyishadi. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 1050/5. Jarir ibn Abdulloh al-Bajaliydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Biz Rasululloh (s.a.v.) huzurlarida edik. U zot to‘lin oyga qarab: «Sizlar yaqin kunlarda Rabbingizni xuddi mana shu oyni ravshan ko‘rgandek ko‘rasizlar. Qodir bo‘lsangizlar, quyosh chiqishi va botishidan oldingi, ya’ni bomdod va asr namozlarni tark qilmanglar», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. Boshqa rivoyatda: «O’n to‘rt kunlik oy», bo‘lib kelgan. 1051/6. Buraydadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kimki asr namozini tark qilsa, amallarini habata qilibdi», dedilar. Imom Buxoriy rivoyatlari. 189-BOB Masjidga piyoda borishning fazilati haqida 1052/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kim kunduzi va kechqurun masjidga borsa, har borib-kelishiga Alloh ziyofat hozirlab qo‘yadi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 202 1053/2. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kim uyida tahorat olib, Allohning uylaridan bir uyga Uning farzlaridan birini bajarish uchun borsa, qadamining biri xatolarini o‘chirsa, ikkinchisi darajalarini ko‘taradi», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. 1054/3. Ubay ibn Ka’bdan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Ansoriylardan bir kishi bor edi. Bu kishidan boshqa biror kishini masjiddan uzoqroq joyda turishini bilmayman. U biror namozni qoldirmas edi. O’sha kishiga «Agar bir eshak sotib olib, uni qorong‘i zulmatda va qattiq issiq bo‘lganda minib kelsang bo‘lmaydimi?» deb aytganimda, u kishi: «Manzilim masjid yonida bo‘lishi meni xursand qilmaydi. Men masjidga borishimdagi va ahlimga qaytishimdagi qadamlarimga (savob) yozilishini xohlayman», dedi. Rasululloh (s.a.v.) (buni eshitib): «Alloh taolo senga bu narsalarning hammasini jamlab berdi», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. 1055/4. Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Masjid yonida bir o‘rin bo‘shab qolib, Bani Salama masjid yaqinidagi o‘sha joyga ko‘chishni xohlashganida, bu xabar Rasulullohga (s.a.v.) yetib keldi. Rasululloh (s.a.v.) «Sizlar masjid yaqiniga ko‘chib kelishni xohlayapsizlarmi?» deganlarida, ular: «Ha, ey Allohning rasuli, biz shuni xohlayapmiz», deyishdi. Shunda Rasululloh (s.a.v.) «O’z joylaringizni (qo‘ldan boy bermay) saqlang. Qadamlaringizga (savob) yoziladi», deb aytgandilar, ular: «Bu gapdan keyin ana shu yerdan ko‘chish bizni xursand qilmas edi», deyishdi. Imom Muslim rivoyatlari. 1056/5. Abu Musodan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kishilarning namozda ajr olish jihatidan eng ulug‘lari uzoqdan yo‘l yurib keluvchilaridir. Imom bilan o‘qish uchun kutib o‘tirgan kishining savobi o‘zi o‘qib keyin uxlagan kishinikidan ulug‘roqdir», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 1057/6. Buraydadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Qorong‘ida masjidga yurib boruvchi kishilarga Qiyomat kuni mukammal nur bo‘lishini bashorat qilinglar», deb aytdilar. Abu Dovud va Termiziy rivoyatlari. 1058/7. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Xatolarni o‘chirib, darajalarni ko‘taradigan narsaga dalolat qilaymi?» deganlarida, sahobalar: «Ha», deyishdi. Shunda u zot: «Qiyinchilik paytida tahoratni mukammal qilish va masjidga qadamni (borishni) ko‘paytirish hamda namozdan keyin namozni kutish. Mana shu narsalar Alloh yo‘lida jihod kabidir. Mana shu narsalar Alloh yo‘lida jihod kabidir», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. 1059/8. Abu Said al-Xudriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Agar masjidga borishga odatlangan kishini ko‘rsangizlar, uning iymonli ekaniga guvohlik beringlar. Chunki Alloh taolo: «Allohning masjidlarini faqat Allohga va oxirat kuniga iymon keltirganlargina obod qilurlar», deb aytgan. Imom Termiziy rivoyatlari. 190-BOB Namozni intizorlik bilan kutishning fazilati to‘g‘risida 1060/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Jamoat bilan o‘qish niyatida masjidda o‘tirgan kishi, agar uyiga ketishidan namozgina to‘xtatib turgan bo‘lsa, (masjidga kirganidan chiqquniga qadar) namoz ichida hisoblanadi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 1061/2. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kishi namozxonada tahoratini sindirmay o‘tirar ekan, farishtalar uning haqqiga: «Allohim, mag‘firat et, Allohim unga rahm qil», deb duoda bo‘lishadi», dedilar. Imom Buxoriy rivoyatlari. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling