Abu zakariyo yahyo ibn sharaf navaviy riyozus-solihiyn


hamda xoh tungi tahajjud namozi, xoh boshqa namoz bo‘lsin, shu


Download 5.07 Kb.
Pdf ko'rish
bet34/53
Sana30.08.2017
Hajmi5.07 Kb.
#14625
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   53

hamda xoh tungi tahajjud namozi, xoh boshqa namoz bo‘lsin, shu 
narsani targ‘ib etish mahbubligi haqida 
 
1109/1. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) agar bomdod namozining 
ikki rakat sunnatini o‘qib olsalar, o‘ng tomonlariga yonboshlab olardilar. Imom Buxoriy 
rivoyatlari. 
1110/2. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) xufton bilan bomdodning 
orasida o‘n bir rakat namoz o‘qir edilar. Va har ikki rakatida salom berib, oxirida bir 
rakat Vitr o‘qirdilar. Agar muazzin kelib, bomdod azonini aytsa, tong kirgani aniq bo‘lsa, 
ikki rakat yengil sunnatini o‘qib, to muazzin takbir aytib bo‘lgunicha o‘ng tomonlariga 
yonboshlab olardilar. Imom Muslim rivoyatlari. 
(Yuqorida aytganimizdek, Vitrni bir rakat o‘qish hadisi bizning Hanafiya mazhabimizda 
olinmagan. Balki uning muqobilidagi boshqa bir sahih hadis olingan. - Tarj.) 
1111/3. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Agar sizlardan 
biringiz bomdodning ikki rakat sunnatini o‘qib bo‘lsa, o‘ng tomoniga yonboshlab olsin», 
dedilar. Abu Dovud va Termiziy rivoyatlari. 
 
199-bob  
Peshinning sunnati haqida 
 
1112/1. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu zot: «Rasululloh (s.a.v.) bilan birga 
peshinning farzidan oldin va keyin ikki rakat namoz o‘qidim», dedilar. Imom Buxoriy va 
Muslim rivoyatlari. 
(Hanafiya mazhabida buning muqobilidagi 1114-raqamli sahih hadisga amal qilinadi. 
Ya’ni farzidan oldin to‘rt rakat, keyin ikki rakat sunnat o‘qiladi. -Tarj...) 
1113/2. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) peshinning farzidan oldin 
to‘rt rakat sunnat o‘qishni hech tark qilmas edilar. Imom Buxoriy rivoyatlari. 
1114/3. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) peshinning farzidan oldin 
to‘rt rakat sunnat uyimda o‘qib, keyin odamlarga to‘rt rakat farzini o‘qib berardilar. 
So‘ngra yana kirib ikki rakat sunnat o‘qirdilar. Va shom namozini ham odamlarga o‘qib 
berib, keyin uyimga kirib, ikki rakat sunnatini o‘qirdilar. Va xufton namozini ham 
odamlarga o‘qib berib, ikki rakat sunnatini o‘qirdilar. Imom Muslim rivoyatlari. 
1115/4. Ummu Habibadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Kimki peshin 
farzidan oldin to‘rt rakat sunnat va keyin to‘rt rakat sunnat o‘qishda bardavom bo‘lsa, 
Alloh uning do‘zaxda abadiy qolishini harom qiladi», dedilar. Abu Dovud va Termiziy 
rivoyatlari. 
(Hanafiya mazhabida bu hadisning o‘rniga bundan oldingi sahih hadis ixtiyor qilingan. 
- Tarj.) 
1116/5. Abdulloh ibn Soibdan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Rasululloh (s.a.v.) quyosh 
zavolga kelganidan keyin peshinning farzidan oldin to‘rt rakat sunnat o‘qirdilar. Va yana 
u zot: «Albatta, bu bir fursatki, bunda osmon eshiklari ochiladi. Mening solih amallarim 
mana shu paytda ko‘tarilishini yaxshi ko‘raman», derdilar. Imom Termiziy rivoyatlari. 
1117/6. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) agar peshinning farzidan 
oldin to‘rt rakat sunnat o‘qimagan bo‘lsalar, keyin o‘qib olardilar. Imom Termiziy 
rivoyatlari. 

Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
210
 
200-BOB 
Asrning sunnati to‘g‘risida 
 
1118/1. Ali ibn Abu Tolibdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) asrdan oldin 
to‘rt rakat namoz o‘qirdilar. Ularning orasini muqarrab farishtalar va ularga tobe bo‘lgan 
mo‘min-musulmonlarga salom berish ila ajratib, ikkiga bo‘lardilar. Imom Termiziy 
rivoyatlari. 
1119/2. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Asrning farzidan oldin 
to‘rt rakat namoz o‘qigan kishini Alloh rahmatiga olsin», dedilar. Abu Dovud va Termiziy 
rivoyatlari. 
1120/3. Ali ibn Abu Tolibdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) asr namozi 
farzidan oldin ikki rakat namoz o‘qir edilar. Abu Dovud rivoyatlari. 
(Bizning Hanafiya mazhabimizda asr namozining farzidan oldin ham, keyin ham 
sunnat namozi o‘qilmaydi. Lekin farzidan oldin nafl namoz o‘qilaveradi. Hanafiya 
mazhabi ulamolari yuqoridagi hadislar muqobilidagi boshqa sahih hadislarni dalil qilib 
keltirishgan. - Tarj) 
 
201-BOB 
Shom namozining farzidan oldin ham, keyin ham o‘qiladigan 
sunnat namozi haqida 
 
Bu bobimizga Ibn Umar (r.a.) va Oishalardan r.a.lardan: «Albatta, Rasululloh (s.a.v.) 
shom namozidan keyin ikki rakat sunnat namozini o‘qir edilar», deb rivoyat qilingan, 
Mana shu sahih hadis ham dalildir. 
1121/1. Abdulloh ibn Mug‘affaldan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) 
«Shomdan oldin ikki rakat namozi o‘qinglar», deb ikki marta aytib, uchinchisida: 
«Xohlagan kishi o‘qisin», dedilar. Imom Buxoriy rivoyatlari. 
1122/2. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasulullohning (s.a.v.) kibor sahobalari shom 
paytida masjid ustunlari orqasida namoz o‘qish uchun shoshayotganlarini ko‘rdim. Imom 
Buxoriy rivoyatlari. 
1123/3. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu zot: «Bizlar Rasululloh (s.a.v.) 
zamonlarida quyosh botgandan keyin shom namozidan oldin ikki rakat o‘qir edik», 
deganlarida, «Rasululloh (s.a.v.) ham buni o‘qirmidilar?» deb so‘rashdi. Shunda Anas 
(r.a.): «Rasululloh (s.a.v.) bizning o‘qiganimizni ko‘rardilar-da, lekin o‘qishni buyurmas 
va qaytarmas edilar» dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. 
1124/4. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bizlar Madinada ekanimizda agar muazzin 
shom namoziga azon aytsa, odamlar ustun naryog‘ida namoz o‘qishga shoshar va u 
yerda ikki rakat namoz o‘qir edi. Agar musofir kishi masjidga kiradigan bo‘lsa, bu ikki 
rakatni o‘quvchilar ko‘pligidan shom namozining farzi o‘qib bo‘linibdi, deb gumon qilar 
edi. Imom Muslim rivoyatlari. 
(Bizning Hanafiya mazhabida shomning farzidan oldin ikki rakat sunnat o‘qilmaydi. 
Balki farzidan keyin ikki rakat sunnat o‘qiladi. Hanafiya mazhabidagilar ham bu 
so‘zlariga sahih hadislardan dalil qilib keltirishgan. - Tarj) 
 
202-BOB 
Xufton farzidan oldin ham, keyin ham ikki rakat sunnat o‘qish 
To‘risida 
 

Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
211
Bu bobimizga ibn Umardan rivoyat qilingan 1097-hadis va Abdulloh ibn Mug‘affaldan 
rivoyat qilingan 1098-hadislar dalil qilingan. 
(Bizning Hanafiya mazhabimizda xuftonni farzidan keyin ikki rakat sunnat o‘qiladi. 
Tarj...) 
 
203-BOB  
Jumaning sunnati haqida 
 
Bu bobimizga Ibn Umardan rivoyat qilingan 1097-hadis ham dalil bo‘ladi. 
1125/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Qachon sizlardan 
biringiz juma namozini o‘qisa, orqasidan to‘rt rakat namoz o‘qisin», dedilar. Imom 
Muslim rivoyatlari. 
1126/2. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) juma namozidan keyin 
masjidda hech bir namozni o‘qimas edilar. Faqat uylariga borib, ikki rakat namoz 
o‘qirdilar. Imom Muslim rivoyatlari. 
(Rasululloh (s.a.v.) jumadan keyin ikki yoki to‘rt rakat uylarida o‘qirdilar. Hanafiya 
mazhabidagilar Rasulullohning jumaning farzidan oldin ham, keyin ham to‘rt rakat 
sunnat o‘qiganlaridagi hadisni ixtiyor qilishgan. - Tarj) 
 
204-BOB 
Nafl namozlarini xoh ta’kidlangani, xoh boshqasi bo‘lsin, uyda 
o‘qishning mahbubligi hamda farz o‘qigan yeridan boshqa joyda 
nafl o‘qishga yoki ikkovining orasini gaplashish bilan 
ajratishga buyurish haqida 
 
1127/1. Zayd ibn Sobitdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Ey insonlar, 
uylaringizda ham namoz o‘qinglar. Chunki kishining farz namozlaridan tashqari eng afzal 
namozi uyda o‘qigan namozidir. Lekin farz namozlarini masjidda o‘qish afzaldir», dedilar. 
Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
Foyda: Nafl namozlarini uyda o‘qishning mahbubligi ayon bo‘lmoqda. Chunki shunday 
qilish riyodan uzoqlashtirib, xonadonga baraka olib kelishga sabab bo‘ladi. 
1128/2. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Ba’zi namozlaringizni 
uylaringizda ham o‘qib turinglar. Uylaringizni qabriston qilib olmangizlar (ya’ni hech 
qanday amal qilish mumkin bo‘lmagan qabriston kabi qilib olmanglar)», deb aytdilar. 
Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
1129/3. Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Sizlardan birortangiz 
masjidda namoz o‘qib bo‘lsa, uyidagi namozdan bo‘lgan nasibasini ham qoldirsin. Chunki 
Alloh taolo uydagi namozidan xonadonidagilarga yaxshilik ato qiladi», dedilar. Imom 
Muslim rivoyatlari. 
1130/4. Umar ibn Atodan (r.a.) rivoyat qilinadi. Nofe’ ibn Jubayr (r.a.) bu zotni Soib 
ibn Uxti Namir (r.a.) huzurlariga Muoviyaning namozlari haqidagi fikrlarini so‘rab 
kelishga yubordilar. Soib (r.a.): «Haqiqatda men Muoviya bilan masjidning yonidagi 
xonada juma namozi o‘qidim. Imom salom berib namozni tugatganida, men joyimda 
namozning qolganini o‘qidim. Muoviya kirib, menga bir odamni yuborib: «Bu qilgan 
ishingni takrorlama. Agar jumani o‘qib bo‘lsang, to biror kishi bilan gaplashmaguncha 
yoki u yerdan chiqib ketmaguncha, namozni o‘qimagin. Chunki Rasululloh (s.a.v.) biror 
kishi bilan gaplashilmaguncha yoki u yerdan chiqib ketilmaguncha namozni boshqa 
namozga ulamaslikka buyurdilar», deb aytdilar. Imom Muslim rivoyatlari. 
Foyda:  Farz namozlari bilan nafl va bundan boshqa namozlarni orasini, so‘zlashish 

Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
212
yoki farz o‘qigan o‘rnini o‘zgartirish yoki masjiddan uyiga chiqib ketish bilan ajratish, 
sunnat amaldir. 
 
205-BOB 
Vitr namoziga targ‘ib va uning ta’kidlangan sunnat ekanligi 
hamda uning vaqtining bayoni haqida 
 
(Bizning hanafiya mazhabimizda vitr namozi vojib bo‘lib, uch rakaatlidir. Vaqti esa 
xufton namozidan keyin to bomdod namozigachadir. Kim vitr namozini bomdod 
namozidan oldin uyg‘onib o‘qib olishiga ishonmasa, xufton namozidan keyin o‘qib oladi. 
Aksincha, uyg‘onishiga ishonsa, bomdod namozi vaqti kirishidan oldin o‘qib oladi. - Tarj) 
1131/1. Ali (r.a.) aytdilar. Vitr boshqa farz namozlari kabi farz emas. Lekin Rasululloh 
(s.a.v.) uni sunnat qilganlar. Albatta Alloh toqdir. Toqni yaxshi ko‘radi. Ey Qur’on ahllari, 
sizlar ham vitrni toq qilinglar. Abu Dovud va Termiziy rivoyatlari. 
1132/2. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) kechaning har bir qismida, 
ya’ni avvalida, o‘rtasida va oxirida to subhgacha vitr namozini o‘qirdilar. Imom Buxoriy 
va Muslim rivoyatlari. 
1133/3. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Kechasidagi oxirgi 
namozingiz vitr bo‘lsin», dedilar. Imom Buxoriy Muslim rivoyatlari. 
1134/4. Abu Said al-Xudriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Tong 
otishidan oldin vitr namozini o‘qinglar», deb aytdilar. Imom Muslim rivoyatlari. 
1135/5. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) kechasi namoz o‘qir edilar. 
Oisha (r.a.) u zotning oldilarida ko‘ndalang bo‘lib yotar edilar. Vitrning o‘zi qolganida esa 
Oishani (r.a.) uyg‘otib, vitrni o‘qir edilar. Imom Muslim rivoyatlari. 
Muslimning boshqa rivoyatlarida: «Vitrning o‘zi qolsa: «Ey Oisha, turgin, vitrni o‘qib 
olgin», der edilar», deb kelgan. 
1136/6. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Subh vaqti kirishidan 
oldin vitr namozini o‘qib olishga shoshiling», dedilar. Abu Dovud va Termiziy rivoyatlari. 
1137/7. Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Kim vitr o‘qish uchun 
kechaning oxirida tura olmasam kerak, deb qo‘rqsa, kechaning avvalida o‘qisin. Kim 
kechaning oxirida turishidan umid qilsa, vitrni o‘shanda o‘qiyversin. Chunki kechaning 
oxiridagi namozga farishtalar shohid bo‘lishadi. Mana shu vaqtdagisi eng afzalidir», 
dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. 
 
206-BOB 
Zuho (choshgoh) namozining fazilati va uning oz, ko‘p, o‘rtacha 
adadining bayoni hamda uni bardavom ado etishga targ‘ib 
 
1138/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Do‘stim Rasululloh (s.a.v.) har oyda 
uch kun ro‘za tutishni, ikki rakaat zuho (choshgoh) namozi o‘qishni va uxlashdan oldin 
vitr namozini o‘qishni vasiyat qildilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
Uxlashdan oldin vitrni o‘qish kechaning oxirida uyg‘onishiga ishonmagan kishilar 
uchun mustahabdir. Agar uyg‘onishiga ishonsa, kechaning oxirida o‘qish afzaldir. 
1139/2. Abu Zarrdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Sizlarning har bitta 
a’zoingizga sadaqa vojibdir. Har bir tasbihingiz (ya’ni, «Subhanalloh», deyishingiz) 
sadaqa, har bir hamdingiz (ya’ni, «Alhamdulillah», deyishingiz) sadaqa, har bir 
tahlilingiz (ya’ni, «La ilaha illalloh», deyishingiz) sadaqa, har bir takbiringiz (ya’ni, 
«Allohu akbar», deyishingiz) sadaqa, yaxshilikka buyurishingiz - sadaqa, yomonlikdan 
qaytarishingiz -sadaqa. Endi bularning hammasi uchun ikki rakaat zuho namozi 

Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
213
o‘qishingiz kifoyadir», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. 
1140/3. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) zuho (choshgoh) namozini 
to‘rt rakaat o‘qir edilar. Va Alloh xohlaganicha undan ham ziyoda qilaverardilar. Imom 
Muslim rivoyatlari. 
1141/4. Ummu Hone’ Foxitata binti Abu Tolibdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu sahobiya: 
«Fath kuni Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga borsam, yuvinayotgan ekanlar. Qachonki 
yuvinib bo‘lganlaridan keyin sakkiz rak’at namoz o‘qidilar. Ana shu zuho (choshgoh) 
namozi edi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
 
207-BOB 
Quyosh ko‘tarilganidan to zavolga kelguncha zuho namozi o‘qishning joizligi. 
Lekin issiq qattiqlashganda va choshtgoh ko‘tarilganda 
o‘qishning afzalligi haqida 
 
1142/1. Zayd ibn Arqamdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu zot zuho namozi o‘qiyotgan bir 
qavmni ko‘rib: «Bular mana shu o‘qiyotgan fursatlaridan boshqa paytda o‘qishning 
afzalligini bilishmaydimi? Albatta Rasululloh (s.a.v.)  «Avvobiyn (Allohga tavba-tazarru 
qiluvchi) larni zuho namozi o‘qiydigan paytlari tuya bolasi issiq qattiqlashganidan 
tuyog‘ini yerga qo‘ya olmaydigan paytdir», deganlar», deb aytdilar. Imom Muslim 
rivoyatlari. 
 
208-BOB 
Tahiyatul masjid namozini o‘qishga targ‘ib hamda qaysi vaqtda 
masjidga kirsa, namoz o‘qishdan oldin (xoh u ikki rakaat 
tahiyatul masjid, xoh farz, xoh sunnat yoki boshqa namoz bo‘lsin) 
o‘tirishning karohiyati to‘g‘risida 
 
1143/1. Abu Qatodadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Agar sizlardan 
biringiz masjidga kiradigan bo‘lsa, to ikki rakaat namoz o‘qimaguncha o‘tirmasin», 
dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
1144/2. Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga borsam, u zot 
masjidda ekanlar. Menga: «Ikki rakaat namoz o‘qigin», deb buyurdilar. Imom Buxoriy 
va Muslim rivoyatlari. 
Foyda: Bu hadisdan Tahiyatul masjid namozining ahamiyatli ekani tushuniladi. 
 
209-BOB 
Tahoratdan keyin ikki rakaat nafl namozi o‘qishning mahbubligi 
haqida 
 
1145/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) Bilolga (r.a.): «Ey 
Bilol, Islomga kirganingdan keyin savobini eng umid qiladigan amalingni menga gapirib 
ber. Chunki men jannatda old tomonimdan kavushing ovozini eshitdim», dedilar. 
Shunda Bilol (r.a.): «Amallarim ichida savobi umid qilinadigan eng yaxshi amalim agar 
kechasi yoki kunduzi men (tahorat qilibmi, g‘usl yoki tayammum qilibmi) poklanadigan 
bo‘lsam, ana shu poklik bilan nasib qilganicha namoz o‘qir edim», dedilar. Imom Buxoriy 
va Muslim rivoyatlari. 
 
210-BOB 
Juma kunining fazilati, uning shartligi, u kunda g‘usl qilish, 

Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
214
xushbo‘y narsalar surtish, kechikmasdan ertaroq borish, duo bilan 
mashg‘ul bo‘lish va Rasulullohga (s.a.v.) salavot aytishning fazilati. 
Hamda u kunda duolar ijobat bo‘ladigan vaqt bayoni va jumadan 
keyin Allohning zikrini ko‘paytirishning mahbubligi 
 
Alloh taolo: 
«Endi qachon namoz ado qilingach, yerga tarqalib, Allohning fazlu 
marhamatidan  (rizqu ro‘z) istayveringlar. Allohni ko‘p zikr qilinglarki, shoyad 
najot topursizlar», (Jum’a surasi, 10-oyat) deb aytgan. 
1146/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Kunlarning eng 
yaxshisi juma kunidir. Chunki juma kuni Odam yaratilgan va jannatga kiritilgan hamda 
juma kuni u yerdan chiqarilgan», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. 
1147/2. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Kimki chiroyli 
tahorat qilib, keyin masjidga kelib, va’zga jim quloq tutib tursa, ikki juma o‘rtasidagi va 
yana uch kunni qo‘shib, hammasi bo‘lib, o‘n kun ichidagi gunohi kechiriladi. Kimki xutba 
paytida mayda toshlarni ushlasa, befoyda (lag‘v) ishni bajaribdi», dedilar. Imom Muslim 
rivoyatlari. 
1148/3. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Jumadan 
jumagacha, Ramazondan Ramazongacha besh vaqt namoz shu vaqt orasida bo‘lib o‘tgan 
kichik gunohlarga kafforatdir. Agar kabira (ulkan) gunohlardan saqlanilgan bo‘lsa», 
dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. 
1149/4. Abu Hurayra (r.a.) va Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Ikkovlari 
Rasulullohning (s.a.v.) minbarda turib aytgan quyidagi so‘zlarini eshitdilar. Rasululloh 
(s.a.v.)  «Qavmlar jumani tark qilishdan to‘xtashsin. Bo‘lmasa Alloh ularning qalblariga 
muhr urib qo‘yadi. So‘ngra g‘ofillardan bo‘lib qoladilar», dedilar. Imom Muslim 
rivoyatlari. 
1150/5. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Agar sizlardan 
biringiz juma namoziga kelsa, yuvinib (g‘usl qilib) kelsin», dedilar. Imom Buxoriy va 
Muslim rivoyatlari. 
1151/6. Abu Said al-Xudriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Juma kuni 
yuvinish (g‘usl qilish) har bir balog‘atga yetgan kishiga ta’kidlangan buyruqdir», dedilar. 
Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
1152/7. Samuradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Kimki juma kuni 
tahorat qilib, (juma namoziga) kelsa, yaxshi. Agar yuvinib, (g‘usl qilsa) afzaldir», 
dedilar. Abu Dovud va Termiziy rivoyatlari. 
1153/8. Salmondan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Kishi juma kuni 
yuvinib, imkoni boricha tozalanib, xushbo‘y yog‘lardan, atirlardan surtib, keyin masjidga 
borsa, u yerda ikki kishi orasidan suqilib o‘tmasa, nasib qilganicha namoz o‘qisa, imom 
xutbada va’z qilayotganda jim turib eshitsa, o‘sha juma bilan keyingi juma orasidagi 
gunohlari kechiriladi», dedilar. Imom Buxoriy rivoyatlari. 
1154/9. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Kimki juma kuni 
xuddi junublikdan yuvingani kabi g‘usl qilib, keyin masjidga borsa, go‘yoki bir tuyani 
qurbonlik qilibdi. Kimki ikkinchi soatda, ya’ni ikkinchi bo‘lib masjidga borsa, go‘yo bir 
sigirni qurbonlik qilibdi. Kimki uchinchi soatda masjidga kelsa, go‘yo shoxli bir qo‘chqorni 
qurbonlik qilibdi. Kimki to‘rtinchi soatda masjidga kelsa, go‘yo tovuqni qurbonlik qilibdi. 
Kimki beshinchi soatda masjidga kelsa, go‘yo bir tuxumni ehson qilib, Allohga qurbat 
(yaqinlashish) hosil qilibdi. Agar imom xutba aytish uchun joyidan chiqsa, farishtalar zikr 
eshitish uchun hozir bo‘lishadi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
Foyda:  Juma namoziga ertaroq borishning fazilati va unga targ‘ib haqida so‘z 

Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
215
boryapti. Qanchalik erta borsa, savobi shunchalik ko‘p bo‘ladi. Va juma kuni farishtalar 
hozir bo‘lib, xotirjamlik, rahmat olib kelishadi. 
1155/10. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) juma kunini zikr 
qilaturib: «U kunda bir fursat bor. Agar musulmon bandaning namozda Allohdan biror 
narsani so‘rashi o‘sha paytga muvofiq kelsa, Alloh u so‘ragan narsani beradi», dedilar. 
Lekin Rasululloh (s.a.v.) o‘sha fursatning juda qisqa ekanligiga qo‘llari bilan ishora 
qildilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
1156/11. Abu Burda ibn Abu Muso al-Ash’ariydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Abdulloh ibn 
Umar (r.a.): «Siz otangizdan Rasulullohning (s.a.v.) juma kunidagi duolar qabul 
bo‘ladigan fursat haqidagi hadislarini eshitganmisiz?» deganlarida, Abu Burda (r.a.): 
«Ha, eshitganman. Rasululloh (s.a.v.)  «U fursat imom xutbaga o‘tirganidan namoz 
oxirigacha bo‘lgan vaqt oralig‘idadir», deganlar», deb aytdilar. Imom Muslim rivoyatlari. 
1157/12. Avs ibn Avsdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Kunlaringizning 
eng afzali jumadir. O’sha kunda menga salavot aytishni ko‘paytiringlar. Chunki 
salavotlaringiz menga ko‘rsatiladi», dedilar. Abu Dovud rivoyatlari. 
 
211-BOB 
Biror ne’matga erishilganda yoki biror balodan xalos bo‘linganda shukr namozi 
o‘qishning mahbubligi haqida 
 
1158/1. Sa’d ibn Abu Vaqqosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Biz Rasululloh (s.a.v.) bilan 
birga Madinaga borishni xohlab Makkadan chiqdik. Makka yaqinidagi Azvaro nomli joyga 
yetganimizda (ulovlaridan) tushib, qo‘llarini ko‘tarib, Allohga bir qancha fursat duo 
qildilar. Keyin sajdaga borib, unda uzoq turdilar. Yana o‘rinlaridan turib, qo‘llarini 
ko‘tarib, duo qilib, sajdaga bosh qo‘ydilar. Uch bor shunday qildilar. Va: «Men 
Rabbimdan ummatimga shafoat so‘radim. Ummatimning uchdan biriga u berildi. Darhol 
sajdaga cho‘kib, Rabbim uchun shukr namozini o‘qidim. Keyin boshimni ko‘tarib, 
Rabbimdan ummatim uchun shafoat so‘radim. Ummatimning uchdan biriga u berildi. 
Darhol yana sajdaga cho‘kib, Rabbimga shukr namozini o‘qidim. So‘ngra boshimni 
ko‘tarib, ummatimga shafoat so‘radim. Ummatimning qolgan uch qismiga shafoat 
so‘radim. Bas, qolgan uch qismiga ham berildi. Darhol yana sajdaga cho‘kib, Rabbim 
uchun shukr namozini o‘qidim», dedilar. Abu Dovud rivoyatlari. 
 
Download 5.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling