Abu zakariyo yahyo ibn sharaf navaviy riyozus-solihiyn


Download 5.07 Kb.
Pdf ko'rish
bet36/53
Sana30.08.2017
Hajmi5.07 Kb.
#14625
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   53

www.ziyouz.com kutubxonasi 
222
namozni ado etishga, zakotni berishga, har bir musulmonga nisbatan xayrixoh bo‘lishga 
bay’at berdim», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
1213/9. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Biror tilla yoki 
kumush egasi uning haqqini ado etmasa, ya’ni zakotini bermasa, Qiyomat kunida o‘sha 
tilla-kumushlar o‘tda eritilib, tekislab, jahannam olovida qizdirilib, egasining yoni, 
peshonasi va orqa tomonlariga bosiladi. Har gal soviganda qaytadan qizdiriladi. Bu narsa 
bir kuni ellik ming yilga to‘g‘ri keladigan kunda sodir bo‘ladi. Ya’ni Alloh taolo avvalgiyu 
oxirgi odamni hisob-kitob qilib, hukmini eshittirguncha, u odam shu azobda bo‘ladi. 
So‘ngra u kishi o‘z yo‘liga qo‘yib yuboriladi. U jannat yo do‘zaxga ravona bo‘ladi», 
deganlarida sahobalar so‘rashdi: «Unda tuyasiga zakot bermaganlarning ahvoli qanday 
bo‘ladi?» Rasululloh (s.a.v.)  «Agar tuya egalari uning haqqini ado etishmasa, ya’ni 
zakotini berishmasa va haqlaridan yana biri — uning sutidan sog‘ib, yordamchilarga va 
muhtojlarga bermasa, tekis sahroga yuzi bilan yotqiziladi. Barcha tuyalar, hatto eng 
kichik bolasi ham, egalarini tuyog‘lari bilan bosib, og‘izlari bilan tishlashadi. Bosib, 
tishlab oxiriga yetishsa, yana boshidan boshlashadi. Bu hol bir kuni ellik ming yilga 
to‘g‘ri keladigan kunda sodir bo‘ladi. Tuya egasi butun xaloyiq hisob-kitobdan forig‘ 
bo‘lguncha shu tarzda jazolanadi. Keyin jannat yoki do‘zaxdagi makoniga ravona 
bo‘ladi», dedilar. Yana sahobalar so‘rashdi: «Unda mol va qo‘ylariga zakot 
bermaganlarning ahvoli qanday bo‘ladi?» Rasululloh (s.a.v.)  «Agar mol va qo‘y egalari 
uning haqqini ado qilishmasa, ya’ni zakot berishmasa, tekis sahroga yuzi bilan 
yotqiziladi. Mol va qo‘ylarning barchasi keladi. Ular orasida shoxi qiyshaygani, shoxi 
yo‘g‘i va shoxi singani bo‘lmaydi. Ular egalarini shoxlari bilan suzib, tuyoqlari bilan 
ezg‘ilashadi. Oxiriga yetishsa, yana qaytadan boshlashadi. Bu hol bir kuni ellik ming 
yilga to‘g‘ri keladigan kunda sodir bo‘ladi. Mol va qo‘y egasi butun xaloyiq hisob-
kitobdan forig‘ bo‘lguncha shu azobda jazolanadi. Keyin jannat yoki do‘zaxdagi 
makoniga ravona bo‘ladi», dedilar. Sahobalar so‘rashdi: «Ey Allohning Rasuli? Otga 
zakot bermaganlar-chi?» Rasululloh (s.a.v.): «Ot uch turli bo‘ladi. 1. Egasiga gunoh olib 
keladigan; 2. Egasiga do‘zaxdan to‘siq bo‘ladi; 3. Egasiga savob olib keladigan. Gunoh 
olib keladigani — egasi riyo (xo‘jako‘rsinga), faxrlanish va Islomga dushmanlik qilish 
uchun olgan otlar. Do‘zaxdan to‘siq bo‘ladigani — egasi uni Alloh yo‘lida bog‘lab boqsa 
va ustidagi, gardanidagi haqlarini unutmasdan ado etsa, u ot egasiga do‘zaxdan to‘siq 
bo‘ladi. Savob olib keladigani — egasi uni Islom uchun Alloh yo‘lida ko‘kalamzor yerga 
bog‘lab boqsa, ot o‘sha ko‘kalamzor bog‘dan biror nima yesa, o‘sha yegani adadicha, 
tezagi hamda siydigi miqdoricha hasanot yoziladi. Agar u ot tizginini uzib, bir tepalikdan 
boshqa tepalikka o‘tsa, uning qadamlari va tezaklari adadicha hasanot yoziladi. Va yana 
egasi biror anhor yoqasidan o‘tsayu otini sug‘orishni istmasa ham ot o‘sha suvdan ichsa, 
bunda ham ichganining adadicha hasanot yoziladi», dedilar. Yana sahobalar so‘rashdi: 
«Ey Allohning Rasuli! Eshak haqida-chi?» Rasululloh (s.a.v.): «Eshak haqida menga 
hamma ma’noni o‘z ichiga oluvchi quyidagi oyatgina nozil bo‘lgandir», dedilar. 
«Bas, kim (hayoti - dunyodalik paytida) zarra misqolichalik yaxshilik qilsa, 
(Qiyomat kunida) o‘shani ko‘rur. Kim zarra misqolichalik yomonlik qilsa, uni ham 
ko‘rur» (Zalzala surasi, 7-8-oyatlar). Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. Bu hadis lafzi 
Muslimniki. 
 
217-BOB 
Ro‘za tutishning shartligi va ro‘zaning farzligi hamda unga 
taalluqli narsalar haqida 
 
Alloh taolo: 

Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
223
«Ey mo‘minlar, taqvoli kishilar bo‘lishingiz uchun sizlardan ilgari o‘tganlarga 
farz qilingani kabi sizlarga ham sanoqli kunlarda ro‘za tutish farz qilindi. Endi 
sizlardan biror kishi xasta yoki musofir bo‘lsa, u holda (ro‘za tuta olmagan 
kunlarining)  sanog‘ini boshqa kunlarda tutadi» (Baqara surasi, 183-oyat). deb 
aytgan. 
Ro‘za haqidagi ba’zi hadislar yuqoridagi bobda ham keltirildi. 1214/1. Abu Hurayradan 
(r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) aytdilar: Alloh azza va jalla: «Har bir odam 
bolasining amali o‘zi uchundir. Lekin ro‘zasi Men uchundir. Uning mukofotini O’zim 
beraman», dedi. Ro‘za do‘zaxdan to‘siqdir. Agar sizlardan biringiz ro‘za tutsa fahsh 
hamda lag‘v so‘zlarni gapirmasin. Agar biror kishi so‘ksa yoki urushsa, «men 
ro‘zadorman», desin. Muhammadning joni Uning qo‘lida bo‘lgan zotga qasamki, 
ro‘zadorning og‘zidagi hidining o‘zgarib qolishi Allohning huzurida mushkning hididan 
ham xushbo‘yroqdir. Ro‘zadorga ikki xursandchilik bordir. Biri: og‘zini ochganida. 
Ikkkinchisi: ro‘zasi bilan xursand bo‘lib Rabbisiga yo‘liqqanida». Imom Buxoriy va 
Muslim rivoyatlari. 
Bu hadis lafzi imom Buxoriy rivoyatlaridandir. Va yana boshqa rivoyatlarda: «(Alloh 
aytadi): « Ro‘zador taomini, sharobini va shahvatini Men sababli tark qiladi. Ro‘zasini 
Men uchun tutadi. Men O’zim uni mukofotlayman. Har yaxshiligi uchun Men o‘n barobar 
qilib beraman», deyilgan. 
Imom Muslim rivoyatlarida quyidagicha keltiriladi: «Odam bolasining har bir amaliga 
o‘ndan boshlab yetti yuz barobargacha beriladi. Alloh taolo: «(Banda) ro‘zani Men uchun 
tutadi. Uni o‘zim mukofotlayman. Chunki u Men uchun ovqati va shahvatini tark qiladi», 
dedi. Ro‘zador uchun ikki xursandchilik bor. Biri: og‘zini ochganida. Ikkinchisi: Robbisiga 
yo‘liqqan paytda. Ro‘zadorning og‘zidagi hid Allohning huzurida mushkning hididan ham 
yaxshidir». 
1215/2. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Kim Alloh yo‘lida 
ikki ulovini infoq qilsa jannat eshiklaridan chaqiriladi. Ey Allohning bandasi, bu yaxshidir. 
Kim namoz ahlidan bo‘lsa namoz eshigidan chaqiriladi. Kim jihod ahlidan bo‘lsa jihod 
eshigidan chaqiriladi. Kim ro‘za ahlidan bo‘lsa Rayyon (chanqoqbosdi) eshigidan 
chaqiriladi. Kim sadaqa ahlidan bo‘lsa sadaqa eshigidan chaqiriladi», deganlarida, Abu 
Bakr (r.a.): «Ota-onam fido bo‘lgur ey Allohning Rasuli! Bu eshiklarning biridan kirishda 
noqislik yo‘q-ku, lekin biror kishi bu eshiklarning barchasidan chaqiriladimi?» dedilar. 
Shunda Rasululloh (s.a.v.)  « Ha, seni o‘shalardan bo‘lishingni umid qilaman», dedilar. 
Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
1216/3. Sahl ibn Sa’ddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Jannatda bir 
eshik bor. Uni Rayyon deyiladi. Qiyomat kuni undan faqat ro‘zadorlar kiradi. Ulardan 
boshqalar kirishmaydi. «Ro‘zadorlar qaerda?» deb chaqiriladi. Ular o‘rinlaridan turishadi. 
Bulardan boshqa biror kishi kirmaydi. Agar ro‘zadorlar kirishsa eshik yopiladi. Boshqa 
biror kishi kira olmaydi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
1217/4. Abu Said al-Xudriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Qaysi bir 
banda bir kun Alloh yo‘lida ro‘za tutsa, Alloh o‘sha ro‘zasi sababli u kishining yuzini 
yetmish yillik masofaga qadar do‘zaxdan uzoq qiladi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim 
rivoyatlari. 
1218/5. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Kim Ramazon 
oyida uning farzligiga ishonib, savob umidida ro‘za tutsa, uning avvalgi gunohlari 
kechiriladi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
1219/6. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Agar Ramazon oyi 
kelsa, jannat eshiklari ochilib, do‘zax eshiklari yopiladi. Va shaytonlar kishanlanadi», 
dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 

Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
224
1220/10. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Ramazon oyining 
chiqqanini ko‘rib ro‘za tutinglar. Shavvol oyining chiqqanini ko‘rib, og‘iz ochinglar. Agar 
osmon bulutli bo‘lib oy ko‘rinmasa, sha’bon oyini o‘ttiz kun mukammal qilib tutinglar», 
dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. Bu lafz Buxoriyniki. 
Imom Muslimning rivoyatlarida esa: «Osmon bulutli bo‘lib yangi oy ko‘rilmasa o‘ttiz 
kun mukammal ro‘za tutinglar», bo‘lib kelgan. 
 
218-BOB 
Ramazon oyida xayr-saxovat hamda yaxshiliklarda bardavom 
bo‘lish, xususan bunday yaxshi ishlarni oxirgi o‘n kunlikda 
ko‘paytirishning fazilati haqida 
 
1221/1. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) odamlarning ichida 
eng saxiysi edilar. Ramazon oyida Jabroil alayhissalomga yo‘liqqan paytlarida yanada 
saxiy bo‘lib 
ketardilar. Jabroil alayhissalom Ramazonning har kechasida bu zot bilan ko‘rishib, 
Qur’onni dars qilishar edi. Rasululloh (s.a.v.) Jabroil alayhissalomga yo‘liqqanlarida 
yaxshilik qilishda yuborilgan shamoldan ham saxiy bo‘lib ketardilar. Imom Buxoriy va 
Muslim rivoyatlari. 
1222/2. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) agar Ramazonning oxirgi 
o‘n kunligi kirsa kechani bedorlik ila o‘tkazar edilar. Va ahllarini ham uyg‘otib, bellarini 
ibodatga mahkam bog‘lar edilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
 
219-BOB 
O’n beshinchi sha’bondan keyin Ramazon kirmay turib ro‘za tutish 
man etilgani, faqat avvaldan tutib kelayotgan bo‘lsa yoki dushanba 
va payshanbadagi odatlariga to‘g‘ri kelib qolsa zarari yo‘qligi 
haqida 
 
1223/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Sizlardan hech bir 
kishi sha’bon oyining oxirgi bir yoki ikki kunida ro‘za tutib Ramazon oyiga kirmasin. 
Lekin bir kishining odatiga to‘g‘ri kelib qolsa ro‘za tutishining zarari yo‘qdir», dedilar. 
Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
1224/2. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Ramazondan oldin 
ro‘za tutmanglar. Yangi oyni ko‘rib ro‘za tutinglar. Yangi oyni ko‘rib og‘iz ochinglar. Agar 
bulut yangi oyni ko‘rishga mone’lik qilsa o‘ttiz kun mukammal qilib ro‘za tutinglar», deb 
aytdilar. Imom Termiziy rivoyatlari. 
(Ya’ni, agar yangi oyni ko‘rish imkoni bo‘lmasa sha’bon oyini o‘ttiz kun mukammal 
qilib keyin ro‘za tutilsin. Hamda shavvol oyini ko‘rish imkoni bo‘lmasa o‘ttiz kun to‘la 
ro‘za tutib, keyin og‘iz ochilsin. - Tarj) 
1225/3. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Agar sha’bon 
oyining yarmi qolgan bo‘lsa (nafl) ro‘za tutmanglar», dedilar. Imom Termiziy rivoyatlari. 
1226/4. Abu Yaqzon Ammor ibn Yosirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu zot: «Kim shak 
kunida ro‘za tutsa, batahqiq Abulqosimga (s.a.v.) osiylik qilibdi», dedilar. Abu Dovud va 
Termiziy rivoyatlari. 
 
220-BOB 
Yangi chiqqan oyni ko‘rganda aytiladigan zikrlar 
 

Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
225
1227/1. Talha ibn Ubaydullohdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) agar yangi 
chiqqan oyni ko‘rsalar: «Allohumma ahillahu ‘alayna bil amni val iymoni vassalomati val 
islomi robbiy va robbukallohu, hilolu rushdin va xoyrin», deb aytardilar. (Ma’nosi: 
Allohim bu oyni bizlarga emin, omon, imon, salomatlik va Islom oyi qilgin. (Ey hilol) 
Mening Rabbim ham, sening Rabbing ham Allohdir. Bu oy hidoyat va xayrli oy bo‘lsin). 
Imom Termiziy rivoyatlari. 
 
221-BOB 
Saharlik qilishning hamda subh kirib qolishidan xavf qilmasa 
uni kechiktirishning fazilati haqida 
 
1228/1. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Saharlik qilinglar. Chunki 
saharlik qilishda baraka bordir», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
1229/2. Zayd ibn Sobitdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu zot: «Biz Rasululloh (s.a.v.) bilan 
birga saharlik qildik. Keyin namozga turdik», deganlarida, yonlaridagilar tomonidan: 
«Uning orasidagi muddat qancha edi?» deb savol berildi. Shunda Zayd (r.a.): «Ellik oyat 
o‘qish miqdoricha fursat edi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
1230/3. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasulullohning (s.a.v.) ikki muazzinlari 
bor edi. Biri Bilol,  ikkinchisi Ibn Ummu Maktum (r.a.). Ikkovlari haqida Rasululloh 
(s.a.v.) «Bilol (tong otmasidan oldin) kechasi azon aytadi. Sizlar u azon aytganida to Ibn 
Ummu Maktum aytgunicha bemalol yeb-ichaveringlar», dedilar. Ibn Umar (r.a.): «Bu 
ikki azon o‘rtasida birlari chiqib, ikkinchilari tushgunchalik fursat o‘tar edi», dedilar. 
Imom Muslim va Buxoriy rivoyatlari. 
1231/4. Amr ibn Ossdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Biz bilan ahli 
kitoblar (yahudiy va nasroniylar) ning ro‘zasi orasidagi farq saharlik qilishdadir», dedilar. 
Imom Muslim rivoyatlari. 
Foyda:  Islom ummatining boshqalardan ustun bo‘lgan xususiyatlaridan biri iftorlik 
qilishdir. 
 
222-BOB 
Og‘iz ochishni kechiktirmasdan vaqtida bajarishning fazilati 
hamda og‘iz ochiladigan narsalar va og‘iz ochilgandan keyin 
aytiladigan zikrlar haqida 
 
1231/1. Sahl ibn Sa’ddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Odamlar og‘iz 
ochishni kechiktirmasdan vaqtida bajarishar ekan, ular yaxshilikdadirlar», dedilar. Imom 
Muslim va Buxoriy rivoyatlari. 
1233/2. Abu Atiyyadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Men va Masruq (r.a.) Oishaning (r.a.) 
huzurlariga kirdik. Masruq (r.a.) Oishaga (r.a.): «Rasulullohning (s.a.v.) ikkita (ulug‘) 
sahobalari bor. Ikkovlari ham yaxshilik qilishda bir-birlaridan kam emas. Birlari shomni 
va og‘iz ochishni tezlatadi. Ikkinchilari shomni va og‘iz ochishni kechiktiradi. (Ya’ni 
bularning qaysilari afzal?)» deganlarida, Oisha (r.a.): «Qaysi birlari shom va og‘iz 
ochishni tezlatsa», dedilar. Masruq &:  «Abdulloh ibn Mas’ud tezlatadilar», dedilar. 
Shunda Oisha (r.a.): «Rasululloh (s.a.v.) ham Abdulloh ibn Mas’udning (r.a.) qilgani 
kabi bajarganlar. Ya’ni Abdulloh ibn Mas’ud (r.a.) Rasulullohning (s.a.v.) sunnatlariga 
amal qilar ekanlar», deb aytdilar. Imom Muslim rivoyatlari. 
1234/3. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) aytdilar: Alloh azza 
va jalla: «Bandalarimning menga mahbubrog‘i og‘iz ochishni tezlatganlari», deb aytdi. 
Imom Termiziy rivoyatlari. Bu hadis hasan isnodlidir. 

Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
226
1235/4. Umar ibn Xattobdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Agar kech 
mashriq tomondan kelib, kunduzi mag‘rib tomondan ketsa va quyosh botsa, batahqiq, 
ro‘zador og‘iz ochadigan fursat bo‘libdi», dedilar. Imom Muslim va Buxoriy rivoyatlari. 
1236/5. Abu Ibrohim Abu Abdulloh ibn Abu Avfodan (r.a.) rivoyat qilinadi. Biz 
Rasululloh (s.a.v.) bilan birga ketayotgan edik. U zot ro‘zador edilar. Quyosh 
botayotganda u zot qavmdagi bir kishiga: «Ey falonchi, tushgin, bizga talqonni suvga 
aralashtirib keltirgin», dedilar. U kishi: «Ey Allohning rasuli, biroz kech kirsin», degan 
edi, Rasululloh (s.a.v.) «Tushgin, bizga talqonni suvga aralashtirib keltirgin», dedilar. U 
kishi (ulovdan) tushib, ular uchun talqonni suvga aralashtirib keldi. Rasululloh (s.a.v.) 
undan ichib, keyin qo‘llari bilan mashriq tomonga ishora qilib: «Agar kech» «mana bu 
tomondan kelsa, batahqiq ro‘zador og‘zini ochadigan vaqt bo‘libdi», dedilar. Imom 
Muslim va Buxoriy rivoyatlari. 
1237/6. Salmon ibn Omir az-Zabbiydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) 
«Agar sizlardan biringiz og‘iz ochadigan bo‘lsangiz, xurmolarda og‘iz oching. Agar topa 
olmasangiz, suvda oching. Chunki suv (ma’naviy va hissiy) nopokliklarni tozalovchidir», 
dedilar. 
1238/7. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) namoz o‘qishdan oldin ho‘l 
xurmo bilan og‘iz ochardilar. Agar ho‘l xurmo topa olmasalar, qurug‘i bilan og‘iz 
ochardilar. Agar xurmolardan biror turini topa olmasalar, bir yoki bir necha qultum suv 
bilan og‘iz ochardilar. Abu Dovud va Termiziy rivoyatlari. 
Foyda: Ho‘lu quruq xurmolar bilan og‘iz ochishning bir necha hikmatlari bor. Ulardan 
biri Rasulullohning (s.a.v.) sunnatlariga ergashish bo‘lsa, yana biri oshqozondan ortiqcha 
narsalarni chiqarib yuboradi. Hamda xurmoda jism ehtiyoji bo‘lgan ko‘pdan-ko‘p 
moddalar bor. 
 
223-BOB 
Ro‘zador kishini tili va a’zolarini urushish va so‘kishish hamda 
shunga o‘xshash narsalardan tiymog‘iga 
buyurish haqida 
 
1239/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Agar sizlardan 
biringiz ro‘za tutsa, fahsh hamda lag‘v so‘zlarni so‘zlamasin. Agar biror kishi so‘ksa yoki 
urushsa: «Men ro‘zadorman», desin» deb aytdilar. Imom Muslim va Buxoriy rivoyatlari. 
1240/2. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Kim ro‘za tutib, 
yolg‘on so‘z va amalni tashlamasa, uning ovqat va ichimlikdan tiyilib yurishining Allohga 
keragi yo‘qdir», dedilar. Imom Buxoriy rivoyatlari. 
 
224-BOB  
Ro‘zaga tegishli masalalar haqida 
1241/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Agar sizlardan 
biringiz unutib biror narsani yeb yoki ichib qo‘ysa, ro‘zasini davom ettiraversin. Chunki 
Alloh u kishini ovqatlantirib, ichimlik ila siylabdi», dedilar. Imom Muslim va Buxoriy 
rivoyatlari. 
1242/2. Laqit ibn Sabradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Men: «Ey Allohning Rasuli, tahorat 
haqida xabar bering», desam, u zot: «Tahoratingni mukammal qil va barmoqlaring 
orasini hilol qil, ya’ni bir-biriga kirishtirib, suv yetkaz. Burunga suv olganda mubolag‘a 
qilib, ado et. Lekin ro‘zador bo‘lsang, bunday qilmagin», deb aytdilar. Abu Dovud va 
Termiziy rivoyatlari. 
1243/3. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) junub bo‘lib qolib, g‘usl 

Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
227
qilishlaridan oldin subh sodiq kirib qolardi. Keyin g‘usl qilib ro‘zalarini tutaverardilar. 
Imom Muslim va Buxoriy rivoyatlari. 
1244/4. Oisha (r.a.) va Ummu Salamalardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) 
junublik hollarida tong otib qolar edi. Bu junublik ehtilom bo‘lganlaridan emas, balki 
ayollari bilan shar’iy qovushganlaridan sodir bo‘lar edi. Keyin u zot ro‘zalarini davom 
ettiraverardilar. Imom Muslim va Buxoriy rivoyatlari. 
Foyda:  Jumhur salaflar va keyingi ulamolar ijmo’si subhdan oldingi janobat xoh 
ehtilom sababli, xoh ayoli bilan qovushish orqali bo‘lsin, zarari yo‘q deyishgan. Bunga 
Allohning so‘zidagi: «Sizlarga ro‘za kechasida xotinlaringizga qo‘shilish halol qilindi», 
degani oyat dalildir. Ammo subhdan keyin ayoli bilan qovushish orqali junub bo‘lish man 
etilgandir. 
 
225-BOB 
Muharram, sha’bon va hurmatli oylarda ro‘za tutishning 
fazilati haqida 
 
1245/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Ramazondan 
keyin ro‘zalarning afzali muharram oyidagi (nafl) ro‘zadir. Farz namozidan keyingi 
namozlarning afzali kechasidagi (tahajjud) namozidir», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. 
1246/2. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu onamiz: «Rasululloh (s.a.v.) sha’bon 
oyida tutganchalik ko‘p ro‘za tutmasdilar. Sha’bon oyining deyarli hammasida ro‘za 
tutardilar», deb aytdilar. 
Boshqa rivoyatda: «Sha’bon oyida ro‘za tutib, faqat ba’zi kunlari og‘izlari ochiq bo‘lar 
edi», deyilgan. Imom Muslim va Buxoriy rivoyatlari. 
1247/3. Mujiyba al-Bohiliy otalari yoki amakilaridan qilgan rivoyatlarida bu zot 
Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga kelib, biroz turib, qaytib ketdilar. Bir yil o‘tgandan keyin 
yana keldilar. Avvalgi holatlari va ko‘rinishlari o‘zgarib ketgan edi. Bu kishi: «Ey 
Allohning Rasuli! Meni tanimayapsizmi?» degandi, Rasululloh (s.a.v.)  «Sen kimsan?» 
dedilar. U kishi: «Avvalgi yil huzuringizga kelgan Bohiliyman», dedi. Rasululloh (s.a.v.) 
«Sen yaxshi ko‘rinishda eding-ku? Seni nima o‘zgartirib yubordi?» dedilar. U kishi: 
«O’sha sizdan ajrab ketganimdan keyin faqat kechqurun ovqatlandim. Ya’ni kunduzi 
ro‘zador bo‘ldim», dedi. Rasululloh (s.a.v.)  «Nafsingga azob beribsan-ku!», deb, yana: 
«Sabr oyi, ya’ni Ramazon oyida to‘la ro‘za tutgin. Va har oyda bir kun ro‘za tut», dedilar. 
U kishi: «Menga ziyoda qiling. Chunki mening ro‘za tutishga quvvatim yetarli», dedi. 
Rasululloh (s.a.v.)  «Ikki kun ro‘za tut», dedilar. U kishi: «Menga yana ziyoda qiling», 
dedi. Rasululloh (s.a.v.) «Uch kun ro‘za tutgin», dedilar. U kishi: «Yana ziyoda qiling», 
dedi. Rasululloh (s.a.v.)  «Hurmatli oylarda (ya’ni rajab, zulqa’da, zulhijja, muharram) 
uch kundan ro‘za tut va tark qil», deb uchta barmoqlarini bukib-ochdilar. Abu Dovud 
rivoyatlari. 
 
226-BOB 
Zulhijja oyining avvalgi o‘n kunida ro‘za tutish va boshqa 
ibodatlarni bajarishning fazilati haqida 
 
1248/1. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Zulhijja oyining 
avvalgi o‘n kunida bajarilganchalik biror solih amal Allohga mahbub emas», deganlarida, 
sahobalar: «Ey Allohning Rasuli, Alloh yo‘lidagi jihod ham u kundagi amalchalik mahbub 
emasmi?» deyishdi. Shunda Rasululloh (s.a.v.) «Ha, Alloh yo‘lidagi jihod ham. Faqat joni 
va molini tikib Alloh yo‘lida chiqqanu qaytib kelmagan kishining amali eng mahbub 

Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
228
amaldir», dedilar. Imom Buxoriy rivoyatlari. 
Foyda: Zulhijja oyining avvalgi o‘n kunida ibodat va xayrli ishlar qilish Alloh taologa 
eng mahbub amaldir. 
 
227-BOB 
Arafa kuni, ya’ni zulhijjaning to‘qqizinchi hamda muharram 
oyining to‘qqizinchi va o‘ninchi kuni ro‘za 
tutishning fazilati to‘g‘risida 
 
1249/1. Abu Qatodadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasulullohdan (s.a.v.) arafa kuni, ya’ni 
zulhijja oyining to‘qqizinchi kunida tutilgan ro‘za haqida so‘rashdi. U zot: «O’tib ketgan 
va kelayotgan yildagi gunohlarga kafforatdir», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. 
Download 5.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling