Abu zakariyo yahyo ibn sharaf navaviy riyozus-solihiyn


Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy      www.ziyouz.com


Download 5.07 Kb.
Pdf ko'rish
bet38/53
Sana30.08.2017
Hajmi5.07 Kb.
#14625
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   53

 

Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
236
ILM KITOBI 
 
241-bob  
Ilmning fazilati haqida 
 
Alloh taolo: 
«Va ayting: «Parvardigorim, ilmimni yanada ziyoda qilgin» (Toha surasi, 114-
oyat); 
«Ayting: «Biladigan zotlar bilan bilmaydigan kimsalar barobar bo‘lurmi?!» 
(Zumar surasi, 9-oyat); 
«Alloh sizlardan iymon keltirgan va ilm ato etilgan zotlarni (baland) daraja-
martabalarga ko‘tarur» (Mujodala surasi, 11-oyat); 
«Allohdan bandalari orasidagi olim-bilimdonlarigina qo‘rqur» (Fotir surasi, 28-
oyat), deb aytgan. 
1375/1. Muoviyadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Alloh kimga yaxshilikni 
iroda qilsa, dinda faqih qilib qo‘yadi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
1376/2. Ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Ikki kishiga hasad 
qilish joiz. Birinchisi - Alloh taolo bir kishiga mol-dunyo bersa, u kishi o‘sha mol-dunyoni 
haq yo‘lda infoq qilsa. Ikkinchisi - Alloh taolo bir kishiga hikmat (ilm) ato etsa, u kishi 
o‘sha ilmi bilan hukm qilib va o‘sha ilmidan odamlarga ta’lim bersa», dedilar. Imom 
Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
Foyda: bu hadisdagi hasad havas ma’nosidadir. 
1377/3. Abu Musodan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Alloh men bilan 
yuborgan hidoyat va ilmning misoli xuddi yerga tushgan yomg‘irga o‘xshaydi. U yer 
yaxshi bo‘lib, suvni o‘zida qabul qiladi, o‘t-o‘lan va o‘simliklarni o‘stiradi. Uning ba’zi 
joylari qattiq bo‘lib, o‘zida suvni to‘playdi. Bu suv bilan Alloh insonlarni naflantiradi. U 
suvdan ichib, boshqa narsalarini sug‘orib, ekinlariga ham quyadilar. Yana boshqa joylari 
tekis bo‘lib, o‘zida suv to‘plamaydi hamda o‘t-o‘lan o‘stirmaydi. (Avvalgi) misol xuddi 
Allohning dinida faqih bo‘lgan kishiga o‘xshaydi. Alloh men bilan yuborgan narsa unga 
manfaat berib, o‘zi o‘rganib, boshqalarga ham o‘rgatadi. (Ikkinchisining) misoli beparvo 
bo‘lib, boshini ham ko‘tarib qo‘ymagan kishiga o‘xshaydi. (Uchinchisi) menga yuborilgan 
Allohning hidoyatini qabul qilmagan kishiga o‘xshaydi», dedilar. Imom Buxoriy va 
Muslim rivoyatlari. 
1378/4. Sahl ibn Sa’ddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) Aliga (r.a.): 
«Allohga qasamki, Alloh sen sababli bir kishini hidoyat qilmog‘i senga beriladigan qizil 
tuyadan ham yaxshiroqdir», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
Foyda: qizil tuya o‘sha paytda arablarning eng qimmatbaho mulki edi. 
1379/5. Abdulloh ibn Amr ibn Ossdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) 
«Mendan agar bir oyat eshitsangizlar ham, uni kishilarga yetkazinglar. Bani Isroil 
haqidagi narsalarni gapiraveringlar. Buning zarari yo‘q. Kim men aytmagan so‘zni naql 
qilsa, o‘zi uchun jahannamdan joyini tanlab qo‘yaversin», deb aytdilar. Imom Buxoriy 
rivoyati. 
1380/6. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Kim ilm talabida 
bir yo‘lga qadam qo‘ysa, Alloh taolo u bandaga jannat yo‘lini oson qiladi», dedilar. Imom 
Muslim rivoyati. 
1381/7. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) : «Kim biror kishini 
hidoyatga chaqirsa, chaqiruvchiga ergashuvchining savobidek ajr beriladi. Bu bilan 
ergashuvchining savobidan hech narsa kamaytirilmaydi», dedilar. Imom Muslim rivoyati. 
1382/8. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Agar inson vafot 

Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
237
etsa, uning amali to‘xtab qoladi. Faqat uch narsada to‘xtamaydi, ya’ni nomai a’moliga 
yozilib boradi: 1. Sadaqai joriya, ya’ni kishilarga manfaati yetadigan yo‘lda qilingan 
sadaqa, ehson. 2. Manfaatli ilm, ya’ni ta’lim berilgan ilm va yozib qoldirilgan asar. 3. 
Ota-onasiga duo qiluvchi solih farzandning ortda qoldirilishi», deb aytdilar. Imom Muslim 
rivoyati. 
1383/9. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Ogoh bo‘ling, 
albatta dunyo va undagi narsalar la’natlangandir. Faqatgina Allohning zikri, shunga 
yaqin narsalar hamda ilm beruvchi va ilm oluvchilar bunday emas», dedilar. Imom 
Termiziy rivoyati. 
1384/10. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kim ilm talabida 
(ko‘chaga chiqsa), toki qaytib kelgunicha Alloh yo‘lida, ya’ni toatidadir», dedilar. Imom 
Termiziy rivoyati. 
1385/11. Abu Said al-Xudriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Mo‘min 
kishi oxiri - nihoyasi jannat bo‘lmaguncha yaxshilikka to‘ymaydi», dedilar. Imom 
Termiziy rivoyati. 
1386/12. Abu Umomadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Obidga 
qaraganda olimning fazli xuddi men bilan ichingizdagi past toifali kishi fazli kabidir», deb 
aytdilar. Keyin yana: «Albatta Alloh, Uning farishtalari, yeru-osmon ahllari, hatto inidagi 
chumoli hamda baliqlar ham odamlarga yaxshilik o‘rgatuvchi muallimga duoi xayrda 
bo‘lishadi», dedilar. Imom Termiziy rivoyati. 
1387/13. Abu Dardodan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kim ilm talabida 
bir yo‘lga qadam qo‘ysa, Alloh taolo u bandaga jannat yo‘lini oson qiladi. Albatta 
farishtalar tolibi ilm qilayotgan kishidan rozi bo‘lib, (yurayotgan yo‘liga) qanotlarini yozib 
turishadi. Olim uchun yeru osmondagi narsalar, hattoki suvdagi baliqlar ham istig‘for 
(gunohining kechirilishini) talab qilishadi. Obidga qaraganda olimning fazli boshqa 
yulduzlarga qaraganda (to‘lin) oyning fazliga o‘xshaydi. Albatta ulamolar 
payg‘ambarlarning merosxo‘ridir. O’sha payg‘ambarlar dinor yoki 
dirham meros qoldirmaydi. Balki ular ilmni meros qoldirishadi. Kim mol-dunyo o‘rniga 
ilmni olsa, hammadan ziyoda taqsimni qo‘lga kiritibdi», dedilar. Abu Dovud va Termiziy 
rivoyatlari. 
1388/14. Ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Bizdan eshitgan 
narsalarning aynan o‘zini yetkazgan kishining yuzini Alloh chiroyli qilsin. Ko‘pgina 
yetkazilgan kishilar borki, eshituvchidan ko‘ra esida saqlovchidir», dedilar. Imom 
Termiziy rivoyati. 
Foyda: haqiqatda ba’zi yetkazilgan tobe’inlar eshitgan ba’zi sahobalardan 
Rasulullohning (s.a.v.) hadislarini tushunishda bilimdonroq edilar. 
1389/15. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Kimdan ilm 
so‘ralsa-yu, u o‘sha bilgan ilmini berkitsa, qiyomat kuni olovdan bo‘lgan yugan ila 
yuganlanadi», dedilar. Abu Dovud va Termiziy rivoyatlari. 
1390/16. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Kim Allohning 
roziligini talab qilmay, balki mol-dunyoga yetishish maqsadida ilm talab qilsa, qiyomat 
kuni o‘sha kishi jannat hidini topmaydi», dedilar. Abu Dovud rivoyati. 
1391/17. Abdulloh ibn Amr Ossdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Albatta 
Alloh qiyomatga yaqin ilmni kishilar qalbidan tortib olish bilan sug‘urib tashlamaydi. 
Balki ulamolarni vafot ettirish bilan barham beradi. Hatto olimlar qolmaydi. Odamlar esa 
johillarni o‘zlariga boshliq qilib olishadi. Keyin ulardan diniy masalalar so‘ralsa, ilmsiz 
fatvo berishadi. Bu bilan o‘zlari ham adashib, boshqalarni ham adashtiradilar», deb 
aytdilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
 

Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
238
ALLOHGA HAMD VA SHUKR AYTISH KITOBI 
 
242-BOB  
Hamd va shukr aytishning fazilati haqida 
 
Alloh taolo: 
«Bas, Meni eslasangiz, Men ham sizlarni eslayman va Menga shukr qilingiz va 
Menga kufr keltirmangiz» (Baqara surasi, 152-oyat); 
«Qasamki, agar sizlar (Mening bergan ne’matlarimga) shukr qilsangizlar, albatta 
(ularni yanada) ziyoda qilurman» (Ibrohim surasi, 7-oyat); 
«Hamdu sano ...Alloh uchundir, deb ayting» (Isro surasi, 111-oyat); 
«Oxirgi tilaklari esa butun olamlar Parvardigori -Allohga hamdu sano 
aytishdir» (Yunus surasi, 10-oyat), deb aytgan. 
1392/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Isro kechasi Rasululloh (s.a.v.) 
huzurlariga ikkita qadah keltirildi. Birida sharob, ikkinchisida sut bor edi. Rasululloh 
(s.a.v.) ularning ikkoviga qarab turib sutni oldilar. Shunda Jabroil alayhissalom: 
«Allohga hamd bo‘lsin. U sizni haq bo‘lgan Islom fitratiga hidoyat qildi. Agar sharobni 
olganingizda, ummatingiz zalolatga ketar edi», dedilar. Imom Muslim rivoyati. 
1393/2. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Har bir muhim ish 
Allohga hamd aytish bilan boshlanmasa, oxiri kesikdir», dedilar. Abu Dovud va 
boshqalar rivoyatlari. 
1394/3. Abu Muso al-Ash’ariydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Agar biror 
kishining farzandi vafot etsa, Alloh taolo farishtalariga: «Bandamning farzandi (joni)ni 
oldinglarmi?» deydi. Farishtalar: «Ha», deb javob berishadi. Alloh: «Bandam qalbining 
mevasini oldinglarmi?» deydi. Farishtalar yana: «Ha», deyishadi. Alloh taolo: «Bandam 
nima dedi?» deb so‘raydi. Farishtalar: «Senga hamd va istirjo’ (ya’ni, «Inna lillahi va 
inna ilayhi roji’un», deb) aytdi», deyishadi. Shunda Alloh taolo: «Bandam uchun 
jannatda bir uy quringlar va uni hamd uyi, deb atanglar», deydi», dedilar. Imom 
Termiziy rivoyati. 
1395/4. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Agar bir banda har luqma 
tanovul qilayotganida va har ho‘plam ichimlik ichayotganida Allohga hamd aytsa, Alloh 
taolo o‘sha bandasidan albatta rozi bo‘ladi», dedilar. Imom Muslim rivoyati. 

Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
239
RASULULLOH SOLLALLOHU ALAYHI VASALLAMGA 
SALOVOT AYTISH KITOBI 
 
243-BOB 
Rasululloh(s.a.v.)ga salovot aytishning fazilati haqida 
 
Alloh taolo: 
«Albatta Alloh ham, Uning farishtalari ham Payg‘ambarga duo-yu salovot 
ayturlar. Ey mo‘minlar, sizlar ham u Zotga salovot va salom aytinglar» (Ahzob 
surasi, 56-oyat), deb aytgan. 
1396/2. Abdulloh ibn Amr ibn Ossdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kim 
menga salovot aytsa, Alloh taolo unga o‘nta salovot aytadi», dedilar. Imom Muslim 
rivoyati. 
1397/3. Abdulloh ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Qiyomat 
kuni menga eng yaqin bo‘ladigan kishilar menga ko‘p salovot aytadiganlardir», dedilar. 
Imom Termiziy rivoyati. 
1398/4. Avs ibn Avsdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Kunlaringizning 
eng yaxshisi juma kunidir. Ana shu kunda menga salovotni ko‘paytiringlar. Chunki 
menga shu kuni salovotlaringiz ko‘rsatiladi», dedilar. Shunda sahobalar: «Ey Rasululloh, 
sizning suyaklaringiz chirib ketsa, qanday qilib ko‘rsatiladi?» deyishdi. Rasululloh (s.a.v.) 
«Alloh taolo payg‘ambarlarning jasadlarini yeyishni yerga harom qilgan», dedilar. Abu 
Dovud, Nasaiy va Ibn Mojalar rivoyatlari. 
1399/5. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Bir kishining 
huzurida zikr qilinsam, lekin u menga salovot aytmasa, uning burni yerga ishqalsin», 
dedilar. Imom Termiziy rivoyati. 
1400/6. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Qabrimni bayram 
o‘tkaziladigan joy qilib olmanglar. Balki menga salovot aytinglar. Qaerda bo‘lsanglar 
ham, menga salovotlaringiz yetib keladi», dedilar. Abu Dovud rivoyati. 
1401/7. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Biror kishi menga 
salom aytsa, Alloh taolo ruhimni menga qaytaradi. Men salom aytgan kishiga alik 
olaman», dedilar. Abu Dovud rivoyati. 
1402/8. Alidan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Bir kishining huzurida zikr 
qilinsam-u, menga salovot aytmasa, ana shu kishi baxildir», dedilar. Imom Termiziy 
rivoyati. 
1403/9. Fazola ibn Ubayddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) bir kishi 
namozda duo qilayotganini eshitdilar. U Alloh taologa hamd va Rasulullohga (s.a.v.) 
salovot aytmas edi. Shunda u zot: «Bu kishi shoshildi», deb haligi duo qilgan kishini 
(yoki boshqa bir kishini) chaqirib: «Agar sizlardan biringiz namoz o‘qisa, Allohga hamdu-
sano, so‘ngra Uning rasuliga salovot aytib, bundan keyin xohlaganicha duo qilaversin», 
dedilar. Abu Dovud va Termiziy rivoyatlari. 
1404/10. Abu Muhammad Ka’b ibn Ujradan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Bir kuni Rasululloh 
(s.a.v.) huzurimizga chiqqan edilar, biz u zotga: «Ey Allohning rasuli, sizga qay tarzda 
salom yo‘llashni bildik, lekin salovotni qanday qilib aytamiz?» desak, u zot: «(Sizlar) 
«Allohumma solli ‘ala Muhammadin va ‘ala oli Muhammadin kama sollayta ‘ala oli 
Ibrohima innaka hamidum majid. Allohumma barik ‘ala Muhammadin va ‘ala oli 
Muhammadin kama barakta ‘ala oli Ibrohima innaka hamidum majid», deb aytinglar», 
dedilar». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
1405/11. Abu Mas’ud al-Badriydan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Biz Sa’d ibn Ubodanikida 
majlis qilib o‘tirsak, huzurimizga Rasululloh (s.a.v.) kirib keldilar. Bashir ibn Sa’d (r.a.): 

Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
240
«Ey Allohning rasuli, sizga salovot yo‘llashni bilmadik. O’sha salovotni qay tarzda 
yo‘llaymiz?» dedi. Rasululloh (s.a.v.) esa gapirmay jim turib qoldilar. Biz esa: «Qaniydi, 
Bashir savol bermaganda-ku», dedik. Keyin Rasululloh (s.a.v.)  «(Sizlar) «Allohumma 
solli ‘ala Muhammadin va ‘ala oli Muhammadin kama sollayta ‘ala Ibrohima va barik ‘ala 
Muhammadin va ‘ala oli Muhammadin kama barakta ‘ala oli Ibrohima innaka hamidum 
majid», deb aytinglar. Salom esa o‘rgatilgandek bo‘lsin», dedilar». Imom Muslim 
rivoyati. 
1406/12. Abu Humayd as-So’idiydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Sahobalar: «Ey Allohning 
rasuli, sizga qay tarzda salovot aytamiz?» deyishganida, Rasululloh (s.a.v.)  «(Sizlar) 
«Allohumma solli ‘ala Muhammadin va ‘ala azvajihi va zurriyatihi kama sollayta ‘ala 
Ibrohima va barik ‘ala Muhammadin va ‘ala azvajihi va zurriyatihi kama barakta ‘ala 
Ibrohima innaka hamidum majid», deb aytinglar», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim 
rivoyatlari. 
 

Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
241
ZIKRLAR KITOBI 
 
244-bob 
Zikrning fazilati va unga targ‘ib qilish haqida 
 
Alloh taolo: 
«Aniqki, Allohni zikr qilmoq (barcha narsadan) ulug‘roqdir» (Ankabut surasi, 45-
oyat); 
«Bas, Meni eslangiz, Men ham sizlarni eslayman» (Baqara surasi, 152-oyat); 
«Parvardigoringizni ichingizda yolvorib, qo‘rqib, dildan ertayu kech yod 
qiling va g‘ofil kimsalardan bo‘lmang!» (A’rof surasi, 205-oyat); 
«Allohni ko‘p zikr qilinglarki, shoyad, najot topursizlar» (Juma surasi, 10-
oyat); 
«... Allohni ko‘p zikr qilguvchi erkaklar va (Allohni ko‘p) zikr qilguvchi ayollar - 
ular uchun Alloh mag‘firat va ulug‘ mukofot (ya’ni, jannat) tayyorlab 
qo‘ygandir» (Ahzob surasi, 35-oyat); 
«Ey mo‘minlar, Allohni ko‘p zikr qilinglar. Va erta-yu kech U Zotni poklab-
tasbeh aytinglar» (Ahzob surasi, 41-42-oyatlar), deb aytgan. 
1407/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Ikki kalima borki, 
ular tilga yengil, tarozida og‘ir va Rahmonga mahbubdir. Ular: «Subhanallohi va 
bihamdihi, subhanallohil ‘aziym»dir», deb aytdilar (ma’nosi: «Allohni hamd aytish va 
ulug‘lash bilan poklayman»). Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
1408/2. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Mening 
«Subhanallohi valhamdu lillahi va la ilaha illallohu vallohu akbar», deyishim men uchun 
quyosh chiqib nur sochganidan yaxshiroqdir», dedilar. Imom Muslim rivoyati. 
1409/3. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Kim «La ilaha 
illallohu vahdahu la shariyka lah, lahul mulku va lahul hamdu va huva ‘ala kulli shay`in 
qodiyr», deb bir kunda yuz marta aytsa, o‘nta qul ozod qilgan barobarida bo‘libdi. Unga 
yuzta hasanot yozilib, yuzta yomonligi o‘chiriladi, kech kirgunicha shaytondan omonda 
bo‘ladi. Uning bu amalidan afzalroq ishni hech kim qila olmaydi. Faqat shu kalimalarni 
ko‘proq aytgan kishi o‘zib ketishi mumkin», dedilar. Va yana Rasululloh: «Kim 
«Subhanallohi va bihamdihi», deb bir kunda yuz marta aytsa, xatolari dengiz ko‘pigicha 
bo‘lsa ham, kechib yuboriladi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
1410/4. Abu Ayyub Ansoriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Kim «La 
ilaha illallohu vahdahu la shariyka lah, lahul mulku va lahul hamdu va huva ‘ala kulli 
shay`in qodiyr», deb o‘n marta aytsa, Ismoil zurriyotidan to‘rt kishini ozod qilgandek 
bo‘ladi», dedilar (ma’nosi: «Allohdan boshqa iloh yo‘q, U yolg‘iz, Uning sherigi ham yo‘q, 
butun mulk Uniki, hamd ham Unga xos va U har bir narsaga qodirdir»). Imom Buxoriy 
va Muslim rivoyatlari. 
1411/5. Abu Zarrdan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasululloh (s.a.v.) menga: «Alloh 
taologa eng mahbub bo‘lgan kalomni aytaymi? Alloh taolo uchun kalomlarning eng 
yaxshisi «Subhanallohi va bihamdihi», deb aytishingdir», dedilar». Imom Muslim 
rivoyati. 
1412/6. Abu Molik Ash’ariydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Poklik 
iymonning yarmidir. «Alhamdulillah» kalimasi tarozini to‘ldiradi. «Subhanallohi 
valhamdu lillahi» esa yer bilan osmonni to‘ldiradi», dedilar. Imom Muslim rivoyati. 
1413/7. Sa’d ibn Abu Vaqqosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir a’robiy Rasululloh (s.a.v.) 
huzurlariga kelib: «Menga bir kalom o‘rgating, uni aytib yuray», dedi. Shunda Rasululloh 
(s.a.v.) «La ilaha illallohu vahdahu la shariyka lah. Allohu akbar kabiyro valhamdu lillahi 

Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
242
kasiyro va subhanallohi robbil ‘alamiyn, la havla va la quvvata illa billahil ‘aziyzil 
hakiym»ni o‘rgatdilar. (Ma’nosi: «Allohdan boshqa iloh yo‘q, U yakkayu yolg‘izdir. Uning 
sherigi ham yo‘q. Alloh juda buyuk, Allohga cheksiz hamd bo‘lsin, olamlar Rabbi Alloh 
barcha aybu nuqsonlardan pokdir, hakim va aziz bo‘lgan Allohdan o‘zgada o‘zgartirish 
ham, quvvat ham yo‘q».) Keyin haligi a’robiy: «Ey Rasululloh, bu aytganlaringiz Rabbim 
uchun, men uchun-chi?» deb so‘radi. Rasululloh: «(Unda) «Allohummag‘fir liy varhamniy 
vahdiniy varzuqniy», deb ayt», dedilar (ma’nosi: «Allohim, meni mag‘firat qil, menga 
rahm ayla, meni hidoyat et, meni rizqlantir». Imom Muslim rivoyati. 
1414/8. Savbondan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) namozni tugatsalar, uch 
marta «Astag‘firulloh», deb, so‘ngra «Allohumma antas salom va minkas salom, 
taborakta ya zal Jalali val ikrom», deb aytadilar (ma’nosi: «Ey Allohim, Sen salomsan va 
salom Sendandir. Ey ulug‘ va hurmatli Zot, Sen barakotlisan»). Mana shu hadis 
roviylaridan biri Avzo’iyga «Istig‘for qanday bo‘ladi?» deyilganda, u zot: «(Unda) 
«Astag‘firulloh, astag‘firulloh», deyiladi», deb aytdilar. Imom Muslim rivoyati. 
1415/9. Mug‘iyra ibn Sho‘‘badan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) namozdan 
forig‘ bo‘lsalar, «La ilaha illallohu vahdahu la shariyka lah, lahul mulku va lahul hamdu 
va huva ‘ala kulli shay`in qodir. Allohumma la mani’a lima a’toyta va la mu’tiya lima 
mana’ta va la yanfa’u zal jaddi minkal jadd»ni o‘qir edilar (ma’nosi: «Allohdan o‘zga iloh 
yo‘q, Uning sherigi ham yo‘q. Mutlaq mulk Uniki va hamd ham Ungadir. U har narsaga 
qodirdir. Ey Rabbim, Sen bergan narsani man qiluvchi yo‘q. Va Sen man qilgan narsani 
beruvchi yo‘q. Buyuklik Sendandir, boshqaning buyukligi foyda bermaydi»). Imom 
Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
1416/10. Abdulloh ibn Zubayrdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) har namoz 
ketidan salom bergandan keyin «La ilaha illallohu vahdahu la shariyka lah, lahul mulku 
va lahul hamdu va huva ‘ala kulli shay`in qodiyr. La havla va la quvvata illa billah, la 
ilaha illallohu va la na’budu illa iyyah, lahun ni’matu val fazlu va lahus sanaul hasan, la 
ilaha illallohu muxlisiyna lahud diyna va lav karihal kafirun», deb aytar edilar (ma’nosi: 
«Yakka Allohdan boshqa iloh yo‘q. Uning sherigi ham yo‘q. Mutlaq mulk Uniki va hamd 
ham Ungadir. U har bir ishga qodirdir. Allohdan boshqada o‘zgartirish va quvvat yo‘q. 
Allohdan boshqa iloh yo‘q. Ungagina ibodat qilamiz. Ne’mat, fazl, chiroyli sano U 
uchundir. 
Allohdan boshqa iloh yo‘q. U uchun din xolis qilinadi, garchi kofirlar karih ko‘rsalar 
ham»). 
Ibn Zubayr: «Rasulullohning (s.a.v.) o‘zlari ham har namoz ketidan tahlil aytar 
edilar», deb aytdilar. Imom Muslim rivoyati. 
1417/11. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Kambag‘al muhojirlar Rasululloh 
(s.a.v.) huzurlariga kelib: «Ey Allohning rasuli, badavlat birodarlarimiz oliy darajalar va 
doimiy ne’matlarga erishishmoqda, ular biz o‘qigandek namoz o‘qishadi va biz tutgandek 
ro‘za tutishadi. (Kamiga) sadaqa berib haj va umra ibodatlarini bajarib, jihodlarda ham 
ishtirok etishadi», deyishganda, Rasululloh (s.a.v.) «Men sizlarga bir narsani o‘rgataymi? 
Agar shu aytgan narsamni bajarsanglar, sizlardan o‘zib ketganlarga yetib olasizlar va 
keyingilardan o‘zib ketasizlar. Hech kim sizlardan afzal bo‘la olmaydi. Faqat sizlar 
bajargandek amal qilishsa, afzal bo‘lishadi», deganlarida, ular: «Ha, o‘rgating», 
deyishdi. Shunda Rasululloh (s.a.v.)  «Har namoz ketidan o‘ttiz uch marta 
«Subhanalloh», o‘ttiz uch marta «Alhamdulillah» va o‘ttiz uch marta «Allohu akbar», deb 
aytinglar», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
Imom Muslim rivoyatlarida esa quyidagilar bilan ziyoda qilingan: «Ozgina fursatdan 
keyin yana kambag‘al muhojirlar Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga kelib: «Ey Allohning 
rasuli, badavlat kishilar ham (bizga aytgan narsalarni) eshitib, biz amal qilganimiz kabi 

Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy 
 
 
Download 5.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling