Abu zakariyo yahyo ibn sharaf navaviy riyozus-solihiyn
Download 5.07 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- «O’z gunohingiz uchun hamda mo‘min-mo‘minalar
- 252-bob Duodagi turli masalalar haqida
- «Har qachon Zakariyo
- «Ayrimlaringiz ayrimlarni g‘iybat qilmasin! Sizlardan biron kishi o‘zining o‘lgan birodarining go‘shtini yeyishni yaxshi ko‘rurmi! Ana yomon ko‘rdingizmi!
www.ziyouz.com kutubxonasi 255 251-bob G’oyibdan duo qilishning fazilati haqida Alloh taolo: «Ulardan keyin (dunyoga) kelgan zotlar ayturlar: «Parvardigoro, O’zing bizlarni va bizlardan ilgari iymon bilan o‘tgan zotlarni mag‘firat qilgin» (Hashr surasi, 10-oyat); «O’z gunohingiz uchun hamda mo‘min-mo‘minalar (ning gunohlari) uchun mag‘firat so‘rang» (Muhammad surasi, 19-oyat);Ibrohim alayhissalom tillaridan xabar berib «Parvardigoro, hisob-kitob qilinadigan (qiyomat) kuni meni, ota-onamni va (barcha) mo‘minlarni mag‘firat qilgin» (Ibrohim surasi, 41-oyat), deb aytgan. 1493/1. Abu Dardodan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Biron bir musulmon banda g‘oyibdan birodariga duo qiladigan bo‘lsa, farishta: «Senga ham o‘sha (duoning) mislidek bo‘lsin», deydi», de dil ar. Imom Muslim rivoyati. 1494/2. Abu Dardodan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Musulmon kishining g‘oyibdan birodariga qilgan duosi mustajobdir. (Duo qiluvchining) bosh tarafida vakil qilingan farishta turadi. Har gal birodariga yaxshilik bilan duo qilganida, farishta: «Omin, senga ham uning mislidek bo‘lsin», deydi», deganlar. Imom Muslim rivoyati. 252-bob Duodagi turli masalalar haqida 1495/1. Usoma ibn Zayddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kimga yaxshilik qilinsa, yaxshilik qiluvchi kishiga «Jazokallohu xoyron», ya’ni «Alloh sizni yaxshiliklar ila mukofotlasin», deb aytsa, maqtovning eng yetugini qilibdi», dedilar. Imom Termiziy rivoyati. 1496/2. Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Nafsingiz, bolalaringiz, xizmatkorlaringiz, mollaringiz zarariga duo qilmanglar. Chunki Alloh talab qiluvchining talabini beradigan soatga muvofiq kelib qolsangiz, (qarg‘ishingizni) ijobat etib qo‘yadi», dedilar. Imom Muslim rivoyati. 1497/3. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Bandaning Rabbiga eng yaqin bo‘ladigan payti sajdada turganidadir. Unda (sajdada) duoni ko‘paytiringlar», dedilar. Imom Muslim rivoyati. 1498/4. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Sizlardan biringiz oshiqmasa, ya’ni duo qildim-u, ijobat bo‘lmayapti, demasa, duosi ijobat qilinadi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. Imom Muslimning rivoyatida aytilishicha, Rasululloh (s.a.v.) «Modomiki, banda gunoh uchun yoki qarindoshlik rishtalarini uzish uchun duo qilmasa va shoshilmasa, duolari ijobat qilinadi», deganlarida, sahobalar: «Ey Allohning rasuli, shoshish, deganingiz nima?» deyishdi. Shunda Rasululloh (s.a.v.) «Duo qildim, duo qildim, ammo duoim ijobat qilinganini ko‘rmadim, deb qiyin holatda qoladi-da, duo qilishni tark etadi», dedilar. 1499/5. Abu Umomadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasulullohga (s.a.v.) «Qaysi duo tezroq qabul bo‘ladi?» deb savol berilganida, u zot: «Kechaning o‘rtasida va farz namozlari orqasidan qilingan duo», deb aytdilar. Imom Termiziy rivoyati. 1500/6. Uboda ibn Somitdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Agar yer yuzidagi biror musulmon Alloh taologa duo bilan iltijo qilsa, Alloh unga so‘ragan narsasini beradi yoki undan o‘sha miqdorcha yomonlikni ketkazadi. Modomiki, o‘sha Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 256 musulmon gunohni yoki qarindoshlikdan uzilishni so‘rab duo qilmasa», deganlarida, qavmdan bir kishi: «Unday bo‘lsa, duoni ko‘paytiraylikmi?» dedi. Shunda Rasululloh (s.a.v.) «Alloh so‘rab duo qilganingizdan ham ko‘paytirib beruvchi», dedilar. Imom Termiziy rivoyati. Imom Hokim Abu Saiddan (r.a.) xuddi mana shu hadisni rivoyat qilib, «U kabi savobni o‘sha kishiga zahira qilib beradi»ni ziyoda qildilar. 1501/7. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) mahzunlikda: «La ilaha illallohul ‘aziymul haliym, La ilaha illallohu robbul ‘arshil ‘aziym, La ilaha illallohu robbus samavati va robbul arzi robbul ‘arshil kariym», deb aytardilar. (Ma’nosi: «Halim va ulug‘ Allohdan boshqa iloh yo‘q. Ulug‘ arshning Rabbi bo‘lgan Allohdan boshqa iloh yo‘q. Mukarram arshning va yeru osmonlarning Rabbi bo‘lgan Allohdan boshqa iloh yo‘q».) Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 253-bob Avliyolar karomatlari va ularning fazilati haqida Alloh taolo: «Ogoh bo‘lingizkim, albatta Allohning do‘stlariga (oxiratda) biron xavf-xatar yo‘qdir va ular g‘amgin bo‘lmaydilar. Iymon keltirgan va (Allohdan) qo‘rquvchi bo‘lgan zotlar uchun hayoti dunyoda ham, oxiratda ham xushxabar bordir. Allohning so‘zlari (oyatlari) o‘zgartirilmas. Mana shu (mazkur ne’matlarga erishish) buyuk saodatdir» (Yunus surasi, 62-64-oyatlar); «Mana shu (qurib qolgan) xurmo shoxini silkitgin, u senga yangi xurmo mevalarini tashlar. Endi sen yeb-ichgin» (Maryam surasi, 25-oyat); «Har qachon Zakariyo (Maryamning) oldiga - xujraga kirganida uning huzurida bir rizq-nasiba ko‘rdi. U: «Ey Maryam, bu narsalar senga qayoqdan keldi?» deb so‘raganida (Maryam) javob qildi: «Bular Alloh huzuridandir. Albatta Alloh O’zi istagan kishilarga behisob rizq berur» (Oli Imron surasi, 37-oyat); «(Yigitlar) modomiki, ulardan (mushriklardan) va Allohdan o‘zga - ular sig‘inayotgan narsalardan yuz o‘girgan ekansiz, endi g‘orga panoh topib boringiz. Parvardigoringiz sizlarga O’z rahmat-marhamatini keng-serob qilur va sizlarning ishlaringizni o‘nglar. Quyosh chiqishida ularning g‘orlaridan o‘ng tarafdan o‘tib ketganini, botishda esa ulardan so‘l tomonga yiroqlashib ketganini ko‘rursan» (Kahf surasi, 16-17-oyatlar), deb aytgan. 1502/1. Abu Muhammad Abdurahmon ibn Abu Bakrdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Ahli suffadagi kishilar kambag‘allardan tashkil topgan edi. Rasululloh (s.a.v.) kunlarning birida: «Kimning ikki kishilik taomi bo‘lsa, (ahli suffadagilardan birini olib) uch kishi bo‘lib borsin. Kimning to‘rt kishilik taomi bo‘lsa, besh-olti kishi bo‘lib borsin» (yoki shunga o‘xshash so‘zlarni) aytdilar. Bu so‘zdan keyin Abu Bakr (r.a.) ulardan uchtasini olib keldilar. Rasululloh (s.a.v.) esa o‘ntasini olib ketdilar. Abu Bakr (r.a.) kechki ovqatni Rasululloh (s.a.v.) huzurlarida tanovul qilib, so‘ngra xufton namozini o‘qib bo‘lguncha o‘sha yerda turdilar. Keyin kechaning Alloh hoxlagancha qismi o‘tganidan keyin kelganlarida xotinlari: «Mehmonlaringiz xizmatida bo‘lishdan nima to‘xtatib qo‘ydi?» dedi. Abu Bakr (r.a.): «Nima, ularga ovqat bermadinglarmi?» dedilar. Xotinlari: «Biz ularga ovqat tortiq etdik, lekin ular (xonadon sohibi) kelmaguncha yemaymiz, deyishdi», dedi. (Shunda) Abdurahmon ibn Abu Bakr (r.a.) aytadilar: «Men borib berkinib oldim. Otam: «Ey pastkash, burni kesilgur», deb dashnom berib meni so‘kdilar. Mehmonlarga: «Olinglar, yenglar. Allohga qasamki, bundan hecham yemayman», dedilar. Allohga qasamki, undan biror luqma olinsa, yana ostidan ko‘payib ziyodalashar edi. Hattoki, ular Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 257 undan yeb to‘yishdi. Va oldingidan ham taomlari ko‘payib qolgan edi». Abu Bakr (r.a.) taomga boqib xotinlariga qarata: «Ey bani firoslik, bu nima?» deganlarida, xotinlari: «Ko‘zimning quvonchi haqqi! Bu taom avvalgi holatiga qaraganda uch barobar ko‘pdir», dedi. Abu Bakr (r.a.): «Ana shu taomdan yemayman, deb qasam ichishim shaytondandir», dedilar. So‘ngra undan bir luqma yedilar. Keyin Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga olib bordilar. U taom Rasululloh (s.a.v.) huzurlarida tonggacha turdi. (Yana Abdurahmon ibn Abu Bakr (r.a.) aytadilar): «Shu kunlarda biz bilan bir qavm o‘rtasida shartnoma bo‘lib, uning muddati tugagan edi. O’sha yerdagilar o‘n ikkiga bo‘lindik. Har birimiz bilan bir qancha kishi bor edi. Qancha odam borligini Alloh biladi. O’shalarning hammasi u taomdan yeyishdi». Boshqa rivoyatda keltirilishicha, Abu Bakr (r.a.) u ovqatdan yemayman, deb qasam ichdilar. Xotinlari ham yemayman, deb qasam ichdi. Mehmonlar ham (xonadon sohiblari) yeyishmaguncha yemaymiz, deb qasam ichishdi. Abu Bakr (r.a.): «Bu qasam shaytondandir», deb ovqatni olib kelishni buyurdilar. Qachonki, ovqat olib kelinganida, undan yedilar. Ular ham yeyishdi. Biror luqma olinsa, ostidan ko‘payib ziyodalashaverar edi. Abu Bakr (r.a.): «Ey bani firoslik, bu nima?» deganlarida, xotinlari: «Ko‘zimning quvonchi haqqi! Hozir bu taom yeganimizning avvalgi holatidan ham ko‘paygandir», dedi. Ular bu taomdan yeyishdi. Hamda Rasulullohga (s.a.v.) bundan yubordilar. Va Rasululloh (s.a.v.) undan yeganlarini zikr qildilar. Boshqa rivoyatda aytilishicha esa, Abu Bakr (r.a.) o‘g‘illari Abdurahmonga: «Mehmonlaringni uyga olib borgin. Men Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga boraman. Men bormasdan mehmonlarning ovqatlarini bergin», dedilar. Abdurahmon mehmonlarni olib kelib uydagi taomni keltirdi va: «Bundan yenglar», dedi. Mehmonlar: «Xonadon sohibi qani?» deyishdi. Abdurahmon yana: «Olinglar, yenglar», dedi. Mehmonlar: «Xonadon sohibi kelmaguncha yemaymiz», deyishdi. Abdurahmon: «Ziyofatlaringizni bizdan qabul qilib olinglar. Chunki xonadon sohibi kelsalar, sizlar ovqatlanmaganingizni ko‘rib g‘azablari keladi», deganida, mehmonlar qabul qilishmadi. «Bildimki, otam kelsalar, (bu qilgan ishim uchun) mendan xafa bo‘lardilar. Otam kelganlarida, men yashirinib oldim. Otam: «Mehmonlarga nima tayyorladinglar?» deb so‘raganlarida, uydagilar (bo‘lib o‘tgan voqeadan) xabar berishdi. Otam: «Ey Abdurahmon», dedilar. Men jim turdim. Keyin yana: «Ey Abdurahmon», dedilar. Men jim turdim. Otam: «Ey pastkash, qasam ichamanki, agar ovozimni eshitayotgan bo‘lsang, chiq», dedilar. Men chiqib: «Mehmonlardan so‘rang», dedim. Mehmonlar: «O’g‘ling rost gapiryapti. Bizga ovqat olib keldi», deyishdi». Abu Bakr (r.a.): «Sizlar meni kutdinglarmi? Allohga qasamki, men bu kecha ovqatlanmayman», dedilar. Qolgan kishilar ham: «Allohga qasamki, sen ovqatlanmaguningcha biz ham tanovul qilmaymiz», deyishdi. Abu Bakr (r.a.): «Voy bo‘lsin! Nima uchun ziyofatlaringizni bizdan qabul qilmaysizlar?» deb taomni keltirishni buyurdilar. Qachonki, u keltirilganida, ovqatga qo‘llarini qo‘yib «Bismillah», deb avvalgi qasam shaytondandir, dedilar. U zot ovqat yeyishni boshladilar, ular ham yeyishni boshlashdi. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 1503/2. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Sizlardan avval o‘tgan ummatlardan (payg‘ambar bo‘lmasa ham, payg‘ambarlar kabi) so‘zlaydiganlari bor edi. Agar ummatimda shunday ilhomlangan kishi bor bo‘lsa, o‘sha Umardir», dedilar. Imom Buxoriy rivoyati. Imom Muslim ham xuddi shu lafzdagi hadisni Oishadan (r.a.) rivoyat qilganlar. 1504/3. Jobir ibn Samuradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Kufa ahli Umarga (r.a.) Sa’d ibn Abu Vaqqosdan (r.a.) shikoyat qilishganida, bu kishini ishdan bo‘shatib, ularga Ammorni boshliq etib tayinladilar. Ularning arz qilishlaricha, Sa’d ibn Abu Vaqqos namozni chiroyli suratda ado etmaydi. Umar (r.a.) u zotga: «Ey Abu Ishoq! Ular sizni chiroyli suratda Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 258 namozni ado qilmaydi, deb gumon qilishmoqda», desalar, Sa’d: «Alloh nomiga qasamki, men ularga Rasulullohning (s.a.v.) namozlarini o‘qib beryapman, undan hech narsani kamaytirmayapman. Va xufton namozining avvalgi ikki rakatida uzun sura o‘qib, keyingi ikki rakatida qisqa qilmoqdaman», dedilar. Umar (r.a.): «Bu sizning gumoningiz, ey Abu Ishoq», deb bu haqda surishtirish uchun bir kishi yoki bir necha kishini Kufaga yubordilar. Ular biror masjid qoldirmasdan bu haqda so‘rashganida, barchalari Sa’dning yaxshiliklarini aytib maqtashdi. Qachonki, bir masjidga kirishganida, Abu Sa’da Usoma ibn Qatoda ismli shaxs turib: «Agar siz surishtiradigan bo‘lsangiz, albatta Sa’d ibn Abu Vaqqos sariyya (urush)larga bormaydi, o‘ljani teng taqsimlamaydi. Qozilikda odillik qilmaydi», dedi. Buni eshitgan Sa’d ibn Abu Vaqqos (r.a.): «Allohga qasamki, men seni uch narsa ila duoibad qilaman: Allohim, agar mana shu quling yolg‘onchi va o‘zini ko‘rsatib riyo uchun buni qilgan bo‘lsa, umrini uzoq, kambag‘alligini uzun va o‘zini fitnaga duchor qilgin», dedilar. Mana shundan keyin shayx: «Sa’dning duoibadi menga yetib fitnaga duchor bo‘ldim», deb aytdi. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. Jobir ibn Samuradan rivoyat qilgan roviy Abdulmalik ibn Umayr shunday deydi: «Men u shayxni qarib ketganidan ikki qoshi ikki ko‘zi ustiga tushgan holda ko‘rdim. U yo‘lda uchragan qizlarga ko‘z qisar edi». 1505/4. Urva ibn Zubayrdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Said ibn Zayd (r.a.) bilan Arvo binti Avs xusumatlashib Marvon ibn Hakam huzuriga kelishdi. U ayol yeridan bir parchasini Said ibn Zayd olganini da’vo qildi. Said: «Men Rasulullohdan (s.a.v.) buning yomonligi haqida eshitganimdan keyin ham yeridan bir parcha olarmidim?» deganida, «Rasulullohdan (s.a.v.) nima eshitgansan?» dedi Marvon. Shunda Said: «Rasululloh (s.a.v.) «Kim zulm bilan yerdan bir qarichiga ega bo‘lib olsa, yetti (qavat) yerga o‘raladi», deganlarini eshitganman», dedi. Buni eshitgan Marvon: «Bundan keyin sendan dalil-isbot so‘ramayman», dedi. Said esa: «Allohim, agar bu ayol yolg‘onchi bo‘lsa, ko‘zini ko‘r qilib o‘z yerida o‘ldirgin», dedi. Aytishlaricha, bu ayolning ko‘zi o‘lishidan oldin ko‘r bo‘ldi, o‘z yerida keta turib bir chuqurga tushib vafot etdi. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 1506/5. Jobir ibn Abdullohdan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Uhud kuni kechasi otam meni chaqirib: «Gumonimcha, bugun Rasululloh (s.a.v.) sahobalari ichida birinchi o‘ldirilgan kishi men bo‘lsam kerak. O’zimdan keyin Rasulullohni (s.a.v.) hisobga olmaganda sendan ko‘ra azizroq kishi yo‘qdir. Albatta mening bo‘ynimda qarzlarim bor. Sen ularni uzgin. Aka-ukalaringga yaxshi muomalada bo‘lgin», dedilar. Haqiqatda o‘sha kuni birinchi o‘ldirilgan kishi otamiz bo‘ldilar. Men otamni bir kishiga qo‘shib qabrga dafn etdim. Keyin qilgan ishimdan ko‘nglim taskin topmadi. Olti oy o‘tgandan keyin qayta qazib oldim. Otam qabrga qo‘ygan kunimdagidek quloqlaridan boshqa a’zolari o‘zgarmagan holatda turibdilar. Men tanho o‘zlarini qabrga qo‘ydim». Imom Buxoriy rivoyati. 1507/6. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Sahobalardan ikkitasi Rasululloh (s.a.v.) huzurlaridan zulumot kechada chiqishganida oldilarida chiroq kabi ikkita nur bor edi. Qachonki, har ikkilari bir-birlaridan alohida bo‘lishgan edi, o‘sha nur ham alohida bo‘lib ikkiga bo‘lindi. Hattoki, ikkovlari uylariga nur bilan borishdi. Imom Buxoriy rivoyati. Bu ikki sahobadan birlarining ismi Usayd ibn Huzayr, ikkinchisining ismlari Abbod ibn Bishrdir. 1508/7. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) o‘n nafar kishini xabar olib kelish uchun yubordilar. Ularga Osim ibn Sobit Ansoriyni boshliq etib tayinladilar. Ular yo‘lga chiqib, Makka bilan Usfon oralig‘idagi Xudat degan joyda ketishayotganida Huzayl qabilasidan Bani Lihyon, deb ataluvchi qavmga bularning ketishayotgani ma’lum bo‘ldi. Ular yuzga yaqin chavandoz bilan axtarib izlaridan Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 259 tushishdi. Osim va uning birodarlariga Bani Lihyonning izdan tushgani xabari yetib kelganida, ular bir makonga qochib chiqishdi. Bani Lihyon esa ularni o‘rab oldi va: «Pastga tushinglar, qo‘llaringizni beringlar. Biz sizlardan birortangizni o‘ldirmaslikka ahd beramiz», deyishdi. Osim ibn Sobit (r.a.): «Ey qavm, men kofirning ahdiga (ishonib) pastga tushmayman. Allohim, biz haqqimizda nabiyyingga xabar ber», dedilar. Dushmanlar kamondan o‘q uza boshlashdi va Osimni o‘ldirishdi. Ulardan uch nafari dushmanning ahdiga ishonib (pastga) tushishdi. Ular Hubayb, Zayd ibn Dasina va boshqa bir kishi (uning ismi Abdulloh ibn Toriq) edi. Qachonki, dushman qo‘lga tushirganidan keyin kamonlari ipini yechib ularni bog‘lay boshladi. Bu holatni ko‘rgan uchinchi kishi: «Mana shu birinchi xiyonatdir. Alloh nomiga qasamki, men sizlar bilan birga ketmayman. Balki o‘lganlarga ergashaman, (ya’ni) men ham shahidlar kabi o‘lishni xohlayman», dedi. Dushmanlar uni tortib sudrashdi. Bu zot (ya’ni, Abdulloh ibn Toriq) birga yurishdan bosh tortgan edi, dushmanlar o‘ldirib yuborishdi. Lekin Hubayb va Zayd ibn Dasinalarni olib borib Makkada sotib yuborishdi. Hubaybni Horis ibn Omir ibn Navfalning bolalari sotib olishdi. Chunki Hubayb Badr kuni Horisni qatl etgan edi. Hubayb ularning huzurida asir bo‘lib qoldi. Horisning bolalari uni o‘ldirishga kelishib olishdi. Kunlarning birida Hubayb poklanish uchun Horis qizlarining biridan ustara so‘radi. U xotin ustara keltirdi. O’sha xotinning bir yosh bolasi o‘ynab-o‘ynab, onasi bexabar holda Hubaybning oldiga kelib qoldi. Onasi qarasa, bolasi Hubaybning tizzasida turibdi. Qo‘lida esa haligi ustara. Onasi qattiq qo‘rqib ketdi. Hubayb onasi qo‘rqib ketganini ko‘rib: «Bolamni o‘ldiradi, deb qo‘rqyapsanmi? Hargiz bunday qilmayman», dedi. Shunda u xotin: «Alloh nomiga qasamki, Hubaybdan ko‘ra yaxshiroq asir ko‘rmaganman. Va yana Alloh nomiga qasamki, men uning qo‘lida bir shingil uzum ko‘rdim. Qo‘llari bog‘liq bo‘lib, undan tanovul qilayotgan edi. O’sha kunlarda Makkada uzum yo‘q edi. Bu Allohning Hubaybga ato qilgan rizqi edi», deb aytdi. Qachonki, Hubaybni Haramning chegarasidan tashqariga o‘ldirish uchun olib chiqishganida, ikki rakat namoz o‘qiguncha holi qo‘yishlarini so‘radi. Holi qo‘yishganida ikki rakat namoz o‘qib: «Alloh nomiga qasamki, sizlar meni qo‘rqqanidan namozimni uzun qildi, deb gumon qilmaganinglarda edi, bundan ham ziyoda qilgan bo‘lar edim. Allohim, ularning adadlarini hisoblab, birorta qoldirmasdan barchalarini halok qilgin», deb quyidagi baytni ham aytdi: «Qanday o‘lishimning ne qizig‘i bor, Musulmon holimda shahid bo‘lsam, bas! O’limim Allohning yo‘lida bo‘lgach, Uning izmida-ku har qanday nafas». Hubayb har bir shahid etilgan musulmon uchun qatldan oldin ikki rakat namoz o‘qishni sunnat qilib ketgan zot edi. Rasululloh (s.a.v.) bularga yetgan musibat xabarini sahobalariga ma’lum qildilar. Qurayshliklar Osim ibn Sobitning o‘lganini eshitib, biror a’zosini bo‘lsa ham, olib kelish uchun bir necha odam yuborishdi. Chunki Osim Qurayshning kattalaridan birini qatl etgan edi. Alloh taolo Osim murdasiga g‘uj-g‘uj asalarilarni yubordi. Ular Osimning murdasini (dushmanlar yetkazishi mumkin bo‘lgan zarardan) himoya qilishdi. Dushmanlar biror a’zosini kesishga qodir bo‘lishmadi. Imom Buxoriy rivoyati. Bu bobga tegishli sahih hadislar yuqorida ham o‘tdi. Masalan, Rohib bilan sehrgar o‘rtasida qatnovchi bola voqeasi, Jurayj voqeasi, g‘orning og‘zi xarsang tosh bilan yopilib qolgani haqidagi hikoya va bir kishining bulutdan chiqqan «Falon kishining bog‘ini sug‘orgin», degan ovozni eshitgani haqidagi voqea kabi va bunga o‘xshash hadislar. 1509/8. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu zot: «Qachonki, Umar (r.a.) biror narsa haqida gumonimcha, bunday bo‘lsa kerak, desalar, albatta o‘ylaganlaridek bo‘lar Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 260 edi», dedilar. Imom Buxoriy rivoyati. Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 261 QAYTARILGAN ISHLAR HAQIDAGI KITOB 254-bob G’iybatning haromligi va tilni saqlashga buyurish haqida Alloh taolo: «Ayrimlaringiz ayrimlarni g‘iybat qilmasin! Sizlardan biron kishi o‘zining o‘lgan birodarining go‘shtini yeyishni yaxshi ko‘rurmi?! Ana yomon ko‘rdingizmi?! (Bas, gunohi bundan-da ortiq bo‘lgan g‘iybatni ham yomon ko‘ringiz!) Allohdan qo‘rqingiz! Albatta Alloh tavbalarni qabul qilguvchi, mehribondir» (Hujurot surasi, 12-oyat); «(Ey inson), o‘zing aniq bilmagan narsaga ergashma! Chunki quloq, ko‘z, dil - bularning barchasi to‘g‘risida (har bir inson) mas’ul bo‘lur (ya’ni, eshitgan, ko‘rgan va ishongan har bir narsasi uchun kishi qiyomat kunida javob beradi)» (Al-Isro surasi, 36-oyat); «U (inson) biron so‘zni talaffuz qilmas, magar (talaffuz qilsa) uning oldida hoziru nozir bo‘lgan bir kuzatuvchi (farishta u so‘zni yozib olur)» (Qof surasi, 18- oyat), deb aytgan. Biling, albatta har bir oqil kishi tilini barcha so‘zlardan saqlamog‘i lozim. Faqatgina manfaat bo‘lgandagina gapirishi lozim. Endi qachonki gapirish va gapirmaslikdagi manfaat barobar bo‘lib qolsa, gapirmasdan tilni tiymoq sunnat amaldir. Chunki gohida muboh so‘zlar ham harom yoki makruh so‘zlarga olib boradi. Odatda ko‘pincha shunaqa ishlar bo‘ladi. Omon qolishni esa birorta narsaga almashtirib bo‘lmaydi. 1510/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Kim Allohga va oxirat kuniga iymon keltirsa, yaxshi so‘z aytsin yoki jim tursin», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. Bu hadis agar yaxshilik bo‘lsagina gapirmoq lozimligini ko‘rsatmoqda. Agar gapida manfaat bo‘lmasa, so‘zlamasligi lozim. 1511/12. Abu Muso al-Ash’ariydan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Ey Rasululloh, musulmonlarning qaysinisi afzal?» deb so‘ralganida, u zot: «Agar musulmonlar uning tilidan va qo‘lidan omonda bo‘lishsa, ana shunisi afzal», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 1512/3. Sahl ibn Sa’ddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Kim menga ikki jag‘i va ikki oyog‘i orasini (saqlashga) kafolat bersa, uning jannatga kirishiga kafolat beraman», dedilar. Imom Buxoriy rivoyati. 1513/4. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Banda o‘ylamasdan bir so‘zni aytib qo‘yadi-da, keyin u sababli do‘zaxga shu qadar pastlab tushib ketadiki, uning oraligi mag‘rib va mashriqchadir», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 1514. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Bir banda Alloh taolo rozi bo‘ladigan so‘zni aytib, natijasini o‘ylamay yuraveradi-da, ammo Alloh taolo O’zi bilib, uning darajasini ko‘taradi. Yana bir banda Alloh taoloni norozi qiladigan bir so‘zni aytib, oqibatini o‘ylamay yuraveradi-da, biroq Alloh taolo buni ham O’zi bilib, jahannamga tashlaydi», dedil ar. Imom Buxoriy rivoyati. 1515/6. Bilol ibn Horis al-Muzaniydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kishi Allohning roziligidan bo‘lgan so‘zni gapirib, u bilan oliy darajaga yetishni fikr qiladi. Alloh taolo so‘zi sababli Unga yo‘liqadigan kungacha roziligini yozib qo‘yadi. Va yana bir kishi Allohning g‘azabini keltiruvchi so‘zni gapirib, u bilan oliy darajaga yetishni fikr qiladi. Alloh taolo so‘zi sababli Unga yo‘liqadigan kungacha g‘azabini yozib qo‘yadi», dedilar. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling