Abu zakariyo yahyo ibn sharaf navaviy riyozus-solihiyn


Download 5.07 Kb.
Pdf ko'rish
bet43/53
Sana30.08.2017
Hajmi5.07 Kb.
#14625
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   53

www.ziyouz.com kutubxonasi 
268
borib olib kelgunicha, yotgan kishining boshi yana avvalgi holiga aylanib qolar edi. 
Turgan kishi avvalgi urganidek yana qaytadan uraverar edi. Men o‘zim bilan kelgan ikki 
kishiga: «Subhanalloh (ajablanganda shunday deyiladi), bu qanaqasi?» desam, ular: 
«Yur-yur», deyishdi. Men ular bilan birga ketdim. Yurib chalqancha yotgan bir kishining 
oldiga bordik. Qarasak, uning oldida temir ombur ushlab boshqa bir kishi turardi. U 
yotgan kishining yuz tomoniga kelib, jag‘i, burni, ko‘zining orqasiga ombur bilan tortib 
(go‘shti va terisini tortgandek) ikkinchi tomonini ham tortar edi. Bir tomondan forig‘ 
bo‘lmay turib, avvalgi tomoni asli holatiga qaytib qolar edi. U bu ishini qayta-qayta qilar 
edi. Men: «Subhanalloh, bular nima qilishmoqda?» desam, men bilan kelgan ikki kishi: 
«Yur-yur», deyishdi. Yurib tandirga o‘xshash narsaning oldiga bordik. (Roviy Rasululloh 
(s.a.v.) quyidagicha so‘zladilar, deb o‘ylayman, dedilar.) O’sha tandirga o‘xshagan narsa 
ichida shovqin-suron va har xil ovozlar eshitilar edi. Qarasak, yalang‘och erkak va 
ayollar turishibdi. Ularning ostilaridan olov yoqilar edi. Olov ularga yetib kelgan paytda 
ular dod-voy qilishar edi. Men: «Bular kim?» desam, hamrohlarim: «Yur-yur», deyishdi. 
Yurib bir anhorning oldiga bordik. (Roviy aytadilar: «O’sha anhorning rangini Rasululloh 
(s.a.v.) qon rangidek, dedilar».) O’sha anhorda bir kishi suzib yurar edi. Anhorning 
qirg‘og‘ida esa boshqa bir kishi bir qancha toshlarni to‘plab o‘tirar edi. Boyagi odam 
xohlaganicha suzib, keyin tosh to‘plagan kishining oldiga kelardi. U esa suzib kelgan 
kishining og‘zini ochib, yig‘ib qo‘ygan toshlarini tiqib yuborar edi. U esa yana suzib ketar 
va qaytib kelar edi. Har gal qaytib kelganida og‘zini ochib, toshni tiqib yuborar edi. Men: 
«Bular kim?» desam, u ikkovlari: «Yur-yur», deyishar edi. Yurib bir badbashara 
kishining oldiga bordik. Sen unday kishini ko‘rmagansan. Uning oldida olov turibdi. O’sha 
olovni yoqib atrofida aylanib turibdi. Hamrohlarimdan «Bu nima?» deb so‘rasam, ular: 
«Yur-yur», deyishar edi. Yurib ko‘kalamzor boqqa bordik. U yerda har turli bahor gullari 
bor ekan. O’sha bog‘ning o‘rtasida uzun bo‘yli bir kishi turibdi. U kishi bo‘yining 
uzunligidan boshi osmonda edi. Uni ko‘ra olmas edim. Bu kishining atrofida ko‘pgina 
yosh bolalar turishibdi. Men hech bunday bolalarni ko‘rmaganman. Shunda men 
hamrohlarimdan: «Bular kim? Anavilar-chi?» deb so‘rasam, ular: «Yur-yur», deyishar 
edi. Yurib katta bir daraxtning oldiga bordik. Men bu kabi ulkan va chiroyli daraxtni 
ko‘rmaganman. Hamrohlarim: «Bu daraxtning ustiga chiqing», deyishdi. Uning ustiga 
chiqsak, tilla va kumush g‘ishtlardan qurilgan shahar bor ekan. Shahar darvozasi oldiga 
borib, uni ochishlarini so‘radik. Ochishgan edi, ichiga kirdik. U yerda odamlar bor ekan. 
Tanalarining yarmi juda chiroyli suratda. Sen bunday xushsurat kishilarni ko‘rmagansan. 
Yarmilari esa juda xunuk. Sen bunday xunuk kishilarni ko‘rmagansan. Hamrohlarim 
ularga: «Mana bu anhorga borib tushinglar», dedilar. U anhor oqib turgan bo‘lib, oqligi 
sutga o‘xshar edi. Ular borib o‘sha anhorga tushishdi-da, keyin oldimizga qaytib kelishdi. 
Kelishganida ulardan haligi xunuklik ketib, xushsurat bo‘lib qolishgan edi. Hamrohlarim: 
«Bu Adn jannatidir. Mana bu esa sizning manzilingiz», deyishdi. Ko‘zimni yuqoriga 
qaratib boqsam, u oq bulut kabi qasr ekan. Ular yana: «Bu sizning manzilingizdir», 
deyishdi. Men ularga: «Alloh sizlarga baraka bersin. Qo‘yinglar, bu yerga kirayin», 
desam, ular: «Hozircha yo‘q. Lekin albatta kirajaksiz», deyishdi. Men: «Unda bu kecha 
ko‘rgan ajoyib narsalarimning xabarini beringlar», desam, ular: «Albatta xabar 
beramiz», deyishdi. «Avvalgi boshi tosh bilan maydalanayotgan kishi (hayotlik vaqtida) 
Qur’oni karimni yod olib, keyin tashlab qo‘ygan kishi va farz namozlarini o‘qimasdan 
uxlovchi kishidir. Ikkinchisi, jag‘i, burni, ko‘zining orqasiga ombur bilan tortib (go‘shti va 
terisini aylantirib) kesilayotgan kishi (hayotlik vaqtida) erta bilan uyidan chiqib bir 
yolg‘on so‘zni gapirardiki, o‘sha yolg‘on butun olamga yoyilar edi. Uchinchisi, tandirga 
o‘xshagan joydagi yalang‘och erkak va ayollar hayotlik vaqtlaridagi zinokor erkak va 
ayollardir. To‘rtinchisi, anhorda suzib yurganda og‘ziga tosh solinadigan kishi (hayotlik 

Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
269
vaqtida) ribo (sudxo‘rlik bilan) yeyuvchidir. Beshinchisi, ko‘rinishi xunuk bo‘lgan, olov 
yoqib uning atrofida aylanib yuruvchi kimsa do‘zax xazinaboni Molik ismli farishtadir. 
Oltinchisi, bog‘dagi uzun bo‘yli kishi Ibrohim alayhissalomdirlar. Atroflaridagi yosh 
bolalar esa (Islom) fitratida vafot etgan yosh go‘daklardir», deyishdi». (Imom Barqoniy 
rivoyatlarida esa «(Islom) fitratida tug‘ilgan bolalardir» bo‘lib kelgan.) Bu so‘zni eshitib 
turgan ba’zi musulmonlar: «Ey Allohning rasuli, mushriklarning bolalari-chi?» deyishgan 
edi, Rasululloh (s.a.v.)  «Mushriklarning ham bolalari shundoq», dedilar. Yana: 
«Hamrohlarim: «Haligi yarim qismi chiroyli va yarim qismi xunuk bo‘lgan kishilar 
(hayotlik vaqtlarida) yaxshi amallar bilan yomon amallarni aralashtirib yuborganlardir. 
Alloh esa ularning gunohlarini kechirib yubordi», deyishdi», dedil ar ». Imom Buxoriy 
rivoyati. 
Boshqa rivoyatda quyidagicha keltiriladi: «Bu kecha (tushimda) ikki kishi kelib meni 
muqaddas yerga olib chiqishdi. Keyin biz tandir kabi g‘orga bordik. Uning yuqorisi tor va 
osti keng edi. Ostidan olov yoqilar edi. Agar olov balandlasa, ular ham ko‘tarilib chiqib 
ketishlariga oz qolar edi. Agar olov so‘nsa, yana pastlashar edi. Uning ichida yalang‘och 
erkagu ayollar bor edi. Hatto biz qondan bo‘lgan anhor oldiga keldik. Buning qon 
ekaniga shak-shubha yo‘q. Anhorning o‘rtasida bir kishi, qirg‘og‘ida esa oldiga toshlarni 
to‘plab boshqa kishi turar edi. Agar anhor o‘rtasidagi kishi qirg‘oqqa chiqishni xohlasa, 
qirg‘oqdagi kishi uning og‘ziga tosh otib, uni avvalgi joyiga qaytarib qo‘yar edi. Har gal 
suvdan chiqish uchun qirg‘oqqa kelsa, og‘ziga tosh bilan urib, avvalgi joyiga qaytarib 
qo‘yar edi». Shu rivoyatda yana aytiladi: «Ikkovlari men bilan daraxtga ko‘tarilishdi. Va 
bir hovliga olib kirishdi. Men bunday chiroyli uyni hech ko‘rmaganman. U yerda keksa va 
kichik yoshli kishilar bor ekan». Yana keltiriladi: «Jag‘i ikkiga bo‘linayotgan kishi 
(hayotlik vaqtida) kazzob edi. U yolg‘onni gapirardi. O’sha yolg‘on butun olamga yoyilar 
edi. Bunga azob to qiyomat kunigacha beriladi». Shu rivoyatda yana: «Boshi 
yanchilayotgan kishi (hayotlik vaqtida) Alloh unga Qur’onni o‘rgatgan edi-yu, lekin u 
kechalarini uyqu bilan o‘tkazib, kunduzi u Qur’on ichidagi narsalarga amal qilmas edi. 
Yuqoridagi azob bilan qiyomat kunigacha jazolanadi. Avvalgi kirgan hovli umumiy 
mo‘minlar hovlisidir. Mana bunisi esa shahidlar hovlisidir. Men Jabroilman. Bu esa 
Mikoildir. Endi boshingni ko‘targin, deyishdi. Boshimni ko‘tarib qarasam, ustimda bulut 
kabi narsa turibdi. Ikkovlari: «Bu sening manzilingdir», deyishdi. Men: «Qo‘yib 
yuboringlar, o‘z manzilimga kirayin», desam, ikkovlari: «Hali tugamagan umring qoldi. 
Agar umring oxiriga yetsa (ya’ni, vafot etsang), o‘z manzilingga albatta borasan», 
deyishdi», deyiladi. Imom Buxoriy rivoyati. 
 
261-bob 
Yolg‘onchilikda ruxsat berilgan o‘rinlar to‘g‘risida 
 
Bilginki, yolg‘onchilikning asli haromdir. Shu bilan birga ba’zi holatlarda shartlarga 
muvofiq kelsa, uni ishlatish joizdir. Men buni «Al-Azkor» kitobida bayon qilganman. 
Qisqacha qilib aytganda, «Kalom maqsadga erishish yo‘lidagi vositadir. Har bir 
maqtovchida maqsadga rostgo‘ylik bilan, yolg‘onsiz ega bo‘lish imkoni bo‘lsa, yolg‘on 
gapirish xaromdir. Agar rostgo‘ylik bilan erishish imkoni bo‘lmay, faqat yolg‘on bilan 
imkon bo‘lsa, yolg‘on joizdir. Agar qo‘lga kiritiladigan maqsad muboh bo‘lsa, yolg‘on 
ham mubohdir. Agar maqsad vojib bo‘lsa, yolg‘on ham vojibdir. Masalan, biror 
musulmon kishi qatl qiluvchi zolimdan yashirinib olgan bo‘lsa-yu, zolim u musulmon 
haqida so‘rasa, uni yashirib yolg‘on ishlatish vojibdir. Shu singari o‘zida yoki boshqa 
kishida omonat bo‘lsa va zolim o‘sha molni tortib olishni xohlasa, uni yashirib yolg‘on 
gapirish vojib bo‘ladi. Yana ham qamrovlirog‘i «tavriya», ya’ni lafzning zohirida yolg‘on 

Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
270
bo‘lsa ham, unga nisbatan yolg‘on bo‘lmagan sog‘lom maqsadli ibora qo‘llaydi. Mabodo, 
tavriyani tark qilib, ana shu holda yolg‘on iborani qo‘llasa ham, harom emas. Ulamolar 
mana shunaqa holatlarda yolg‘on ishlatishning joizligiga Ummu Gulsumning (r.a.) 
Rasulullohdan (s.a.v.) eshitgan quyidagi hadislarini dalil qilib keltirishadi. Rasululloh 
(s.a.v.): «Insonlar orasini isloh qilish niyatida yolg‘ondan yaxshi xabar yetkazuvchi va 
yaxshi so‘zlarni gapiruvchi yolg‘onchi emas», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim 
rivoyatlari. 
Imom Muslim rivoyatlarida esa «Ummu Gulsum (r.a.): «Odamlar ishlatib yuradigan 
so‘zlarning uch xilidan tashqari boshqa birortasida yolg‘on ishlatishga Rasululloh (s.a.v.) 
ruxsat bermadilar. Ular: urushda, odamlar orasini isloh qilishda, er-xotin o‘rtalarida 
bo‘ladigan so‘zlarda», deb aytganlar» ziyoda qilingan. 
 
262-bob 
Gap gapirayotganida yaxshilab tekshirib, keyin so‘zlashga 
targ‘ib haqida 
 
Alloh taolo: 
«(Ey inson), o‘zing aniq bilmagan narsaga ergashma» (Isro surasi, 36-oyat); 
«U (inson) biron so‘zni talaffuz qilmas, magar (talaffuz qilsa) uning oldida 
hoziru nozir bo‘lgan bir kuzatuvchi (farishta u so‘zni yozib olur)» (Qof surasi, 18-
oyat), deb aytgan. 
1546/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Kishi har bir 
eshitgan narsasini gapiraverishi uning yolg‘onchi ekaniga kifoya qiladi», dedilar. Imom 
Muslim rivoyati. 
1547/2. Samuradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Kim mendan birorta 
hadisni rivoyat qilsa va uning yolg‘onligini ham his qilsa, o‘sha kishi yolg‘onchilarning 
biridir», dedilar. Imom Muslim rivoyati. 
1548/3. Asmodan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir ayol: «Ey Allohning rasuli! Mening bir 
kundoshim bor. Agar o‘zimni uning oldida erim bermagan narsa ila to‘q qilib ko‘rsatsam, 
menga gunoh bo‘ladimi?» deganida, Rasululloh (s.a.v.): «Berilmagan narsa ila o‘zini to‘q 
qilib ko‘rsatuvchi kishi ikki yolg‘on libosini kiyuvchiga o‘xshaydi», dedilar. Imom Buxoriy 
va Muslim rivoyatlari. 
Buning ma’nosi quyidagichadir: masalan, kishi o‘zi ilm va zuhd ahli bo‘lmasdan 
kishilarni aldab ularning liboslarini kiyib yuradi. Yoki badavlat bo‘lmay, zodagonlar 
libosini kiyib yuradi. Bu libos bilan ular erishgan maqomlarga yetishni xohlaydi. Bu 
hadisda esa odamning ichi bilan usti bir xil bo‘lishiga targ‘ib qilinmoqda. 
 
263-bob 
Yolg‘on guvohlik berish og‘ir harom amallardan ekanligi haqida 
 
Alloh taolo: 
«Va yolg‘on so‘zdan yiroq bo‘lingiz» (Haj surasi, 30-oyat); 
«(Ey inson), o‘zing aniq bilmagan narsaga ergashma!» (Isro surasi, 36-oyat); 
«U (inson) biron so‘zni talaffuz qilmas, magar (talaffuz qilsa) uning oldida 
hoziru nozir bo‘lgan bir kuzatuvchi (farishta u so‘zni yozib olur)» (Qof surasi, 18-
oyat); 
«Shak-shubhasiz, Parvardigoringiz (barcha narsani) kuzatib turguvchidir» 
(Val-fajr surasi, 14-oyat); 
«Ular (ya’ni, Rahmonning suyukli bandalari) yolg‘on guvohlik bermaslar» (Furqon 

Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
271
surasi, 72-oyat), deb aytgan. 
1549/1. Abu Bakra Nufay’ ibn Horisdan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasululloh (s.a.v.) 
«Sizlarga kabira (ulkan) gunohlar haqida xabar beraymi?» deb so‘radilar. Biz: «Ha, 
ayting, ey Allohning rasuli!» dedik. Shunda u zot: «Allohga biror narsani sherik qilmoq, 
ota-onaga oq bo‘lmoq, - deb suyanib turgandilar, to‘g‘ri o‘tirib olib, -ogoh bo‘linglar, 
yolg‘on so‘z va yolg‘on guvohlik bermoq», deb takrorlayverdilar, hatto biz: «Qaniydi, jim 
bo‘lsalar-ku», deb umid qildik». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
 
264-bob 
Biror kishi yoki hayvonni la’natlashning haromligi haqida 
 
1550/1. Abu Zayd ibn Sobit ibn Zahhok al-Ansoriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. (Bu zot 
Rizvon bay’atida ishtirok etgan sahobalardan biridir.) Rasululloh (s.a.v.): «Kim qasddan 
bir narsaga yolg‘ondan qasam ichib (bu ish shundoq bo‘lsa yo bo‘lmasa) Islomdan 
boshqa millatda (ya’ni, yahudiy, nasroniy va yoki majusiy) bo‘lay, desa, o‘sha niyat qilib 
aytgan dinida bo‘ladi (ya’ni, Islomdan chiqadi). Kim o‘z joniga o‘zi biror narsa bilan qasd 
qilsa, qiyomat kuni o‘sha narsa bilan azob beriladi. Kim bajarishga qodir bo‘linmaydigan 
narsani nazr qilsa, uni bajarish lozim emas. Mo‘minni la’natlash uni o‘ldirish kabidir», 
dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
1551/2. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «La’natni ko‘p 
aytish chin musulmonga loyiq emas», dedilar. Imom Muslim rivoyati. 
1552/3. Abu Dardodan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Ko‘p la’nat aytuvchi 
kishi qiyomat kunida shafoatchi ham, guvohlik beruvchi ham bo‘lmaydi», dedilar. Imom 
Muslim rivoyati. 
1553/4. Samura ibn Jundubdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Allohning 
la’nati bo‘lsin, Allohning g‘azabi bo‘lsin va Allohning do‘zaxi bo‘lsin, deb so‘kishmanglar», 
dedilar. Abu Dovud va Termiziy rivoyatlari. 
1554/5. Ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Mo‘min kishi ko‘p 
so‘kuvchi ham, ko‘p la’natlovchi ham, fahsh so‘zlarni aytuvchi ham, odobsiz ham 
bo‘lmaydi», dedilar. Imom Termiziy rivoyati. 
1555/6. Abu Dardodan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Agar banda biror 
narsa ila la’natlasa, la’nati osmonga ko‘tariladi. Osmon eshiklari uning ro‘parasida 
yopiladi. So‘ngra yerga tushadi. Bas, uning eshiklari ham yopiladi. So‘ngra o‘ng va chap 
tomonga boradi. Agar imkoniyat topa olmasa, la’natlangan kishiga qaytadi. Agar uning 
sohibi o‘sha la’natga ahl (munosib) bo‘lsa, unda qoladi. Agar ahl bo‘lmasa, aytgan 
kishining o‘ziga qaytadi», dedilar. Abu Dovud rivoyati. 
1556/7. Imron ibn Husayndan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) safarlarning 
birida ekanliklarida ansoriylardan bir ayol tuyadan achchiqlanib, uni la’natladi. Buni 
Rasululloh (s.a.v.) eshitib: «Bundagi narsalarni olib, tuyani qoldiringlar, chunki tuya 
la’natlangandir», dedilar. Imron (r.a.):  «Men u tuyani hozir ko‘rgandekman. U kishilar 
orasida yuradi-yu, ammo unga biror kishi yuzlanmaydi», deb aytganlar. Imom Muslim 
rivoyati. 
1557/8. Abu Barzadan 4$>  rivoyat qilinadi. Bir joriya qiz qavmning yuki turgan 
tuyada edi. Tog‘ning tor joyida u Rasulullohni (s.a.v.) ko‘rib tuyaga «To‘xta! Alloh seni 
la’natlasin», deb yubordi. Shunda Rasululloh (s.a.v.)  «Bu la’natlangan tuyani bizga 
hamroh qilmang», dedilar. Imom Muslim rivoyati. 
Bilingki, bu hadis mushkul, deb bilinadi. Aslida bu hadisda ishkallik yo‘qdir. Ya’ni, 
tuyaning birga yurishini Rasululloh (s.a.v.) xohlamayaptilar, xolos. Bu o‘sha tuyani 
sotish, so‘yish va minishdan qaytariq, degani emas. Vallohu a’lam. 

Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
272
 
265-bob 
Nomini tilga olmasdan gunohkorlarga la’nat aytishning 
joizligi to‘g‘risida 
 
Alloh taolo: 
«Ogoh bo‘lingizkim, bunday zolimlarga Allohning la’nati bo‘lur» (Hud surasi, 
18-oyat); 
«Bas, ularning o‘rtalarida bir jarchi: «Zolimlarga Allohning la’nati bo‘lgay», 
deb jar solur» (A’rof surasi, 44-oyat), deb aytgan. 
Gunohkor kishilarni la’natlashning joizligi haqida mashhur sahih hadislarda sobit 
bo‘lishicha, Rasululloh (s.a.v.): «Soch ulovchi va soch ulatganni, ribo yeyuvchini, rasm 
chizuvchini, yer qozig‘ini (qo‘shni haqqini) o‘zgartiruvchini, tuxum o‘g‘risini, otasini 
la’natlaganni, Allohdan boshqaga qilingan qurbonlikni Alloh la’natladi. Kim bizning 
ishimizda yangilik yaratsa yoki yangilikka yo‘l bersa, unga Allohning farishtalari va 
odamlarning barchasining la’nati bo‘lsin», dedilar. Va yana: «Allohim, Ri’l, Zakavon va 
Usayya qabilalarini la’natlagin. Ular Alloh va rasuliga osiylik qilishdi. Bular arab 
qabilalaridan uchtasidir. Yana U yahudiylarni la’natladi. Yana Alloh taolo yahudiy va 
nasroniylarni payg‘ambarlar qabrlarini masjid qilib olishgani uchun la’natladi. Va yana 
ayollarga o‘zini o‘xshatgan erkaklarni va erkaklarga o‘zini o‘xshatgan ayollarni 
la’natladi», dedilar. 
Bu hadislar lafzi Imom Buxoriy va Muslimning «Sahih»larida kelgan. Bularning ba’zisi 
ikkitasida, ba’zisi birida kelgan. 
 
266-bob 
Musulmonni nohaq so‘kishning haromligi haqida 
 
Alloh taolo: 
«Mo‘min va mo‘minalarga ular biron gunoh qilmasliklaridan ozor beradigan 
kimsalar ham bo‘hton va ochiq gunohni o‘z ustlariga olibdilar» (Ahzob surasi, 
58-oyat), deb aytgan. 
1558/1. Ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Musulmonni 
so‘kish fosiqlikdir. O’ldirish esa kofirlikdir», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
1559/2. Abu Zarrdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Kishi boshqa bir 
kishini fosiq yoki kofir, deb so‘kmasin. Chunki bu ayblar so‘kilgan kishida bo‘lmasa, 
so‘kuvchining o‘ziga qaytadi», dedilar. Imom Buxoriy rivoyati. 
1560/3. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Ikki 
so‘kishganning gunohi avval boshlaganigadir. Lekin mazlum haddan oshib ketsa, unda 
gunoh mazlumga bo‘ladi», dedilar. Imom Muslim rivoyati. 
1561/4. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) xuzurlariga aroq 
ichgan bir kishi olib kelindi. Rasululloh (s.a.v.)  «Buni uringlar», deb buyurdilar. Abu 
Hurayra (r.a.): «Bizlardan kimdir uni qo‘li bilan, kimdir poyabzali bilan, yana kimdir 
kiyimi bilan urdi», dedilar. Qachonki, u o‘g‘ri qaytib ketayotgan edi, qavmidagilardan 
biri: «Alloh seni xo‘rlasin», dedi. Buni eshitgan Rasululloh (s.a.v.)  «Bunaqa so‘zlarni 
aytmanglar. Chunki bu kishiga g‘olib kelishi uchun shaytonga yordam bergan bo‘lasizlar 
(ya’ni, shayton bu kishiga aroq ichishni ziynatlab ko‘rsatgan edi. Endi uni 
xo‘rlayotganingizni ko‘rib shayton xursand bo‘ladi)», dedil ar. Imom Buxoriy rivoyati. 
1562/5. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Kim quli 
(xizmatkori)ni zino qilganlikda ayblasa va bu ayblagan narsasi unda mavjud bo‘lmasa, 

Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
273
qiyomat kuni o‘sha ayblovchiga had (darra) uriladi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim 
rivoyatlari. 
 
267-bob 
O’liklarni nohaq va shar’iy manfaatsiz so‘kishning haromligi haqida 
 
Shar’iy manfaat shuki, bid’atchi va fosiqlarga ergashib qolinishdan boshqalarni 
ogohlantirib ularni so‘kish. 
Bunga yuqoridagi bobda kelgan oyat va hadislar dalil bo‘ladi. 
1563/1. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «O’lganlarni so‘kmanglar, 
chunki amallari bilan boradigan joylariga borib bo‘ldilar», deb aytdilar. Imom Buxoriy 
rivoyati. 
 
268-bob  
Ozor berishdan qaytarilgani haqida 
 
Alloh taolo: 
«Mo‘min va mo‘minalarga ular biron gunoh qilmasliklaridan ozor beradigan 
kimsalar ham bo‘hton va ochiq gunohni o‘z ustlariga olibdilar» (Ahzob surasi, 
58-oyat), deb aytgan. 
1564/1. Abdulloh ibn Amr ibn Ossdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Qo‘li 
va tilidan musulmonlar omonda bo‘lsa, o‘sha kishi haqiqiy musulmondir. Alloh man 
qilgan narsalardan o‘zini chetda tutgan kishi haqiqiy muhojirdir», dedilar. Imom Buxoriy 
va Muslim rivoyatlari. 
1565/2. Abdulloh ibn Amr ibn Ossdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kimni 
do‘zaxdan uzoqlashish va jannatga kirish xursand qilsa, o‘ladigan paytda Allohga va 
oxirat kuniga iymon 
keltirib vafot etsin. Hamda o‘ziga qilinishni mahbub ko‘rgan muomalani o‘zidan 
boshqalarga ham ravo ko‘rsin» (ya’ni, boshqalarga ham o‘shanday yaxshi muomalada 
bo‘lsin), dedilar. Imom Muslim rivoyati. 
Bu hadis yuqoridagi «Boshliqlarga toat qilish» bobida kelgan uzun hadisning bir 
qismidir. 
 
269-bob 
Musulmonlar bir-birlarini yomon ko‘rishlari, aloqalarini uzib, 
teskari bo‘lib ketishlaridan qaytarilgani haqida 
 
Alloh taolo: 
«Mo‘minlar hech shak-shubhasiz og‘a-inilardir» (Hujurot surasi, 10-oyat); 
«Ular mo‘minlarga hokisor, kofirlarga esa qattiqqo‘l kishilardir» (Moida surasi, 
54-oyat); 
«Muhammad Allohning payg‘ambaridir. U bilan birga bo‘lgan (mo‘min)lar 
kofirlarga qahrli, o‘z oralarida (mo‘minlar bilan) esa rahm-shafqatlidirlar» (Fath 
surasi, 29-oyat), deb aytgan. 
1566/1. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Bir-biringizni yomon 
ko‘rmang. Bir-biringizga hasad qilmang. Bir-biringizga orqa o‘girib ketmang. Hamda bir-
biringizdan aloqa uzmang. Ey Allohning bandalari, bir-biringizga birodar bo‘linglar. 
Musulmon kishining boshqa bir musulmon bilan uch kundan ortiq gaplashmasdan 
arazlashib yurishi halol emas», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 

Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
274
1567/2. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Dushanba va 
payshanba kunlari jannat eshiklari ochiladi. Hamda Alloh taologa biror narsani sherik 
qilmagan bandalarning gunohlari kechiriladi. Lekin bir kishining birodari bilan adovati 
bo‘lsa, gunohlari kechirilmaydi. Va: «Bu ikkovi yarashguncha muhlat berib turinglar. Bu 
ikkovi yarashguncha muhlat berib turinglar», deb aytiladi», dedilar. Imom Muslim 
rivoyati. 
Imom Muslimning boshqa rivoyatlarida «Amallar payshanba va dushanba kunlari 
ko‘rsatiladi» bo‘lib kelgan. 
 
270-bob  
Hasadning haromligi haqida 
 
Hasad - xoh diniy, xoh dunyoviy ne’matlarga birodari erishsa, o‘sha ne’mat undan 
yo‘q bo‘lishini orzu qilishdir. Alloh taolo: 
Download 5.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling