Abu zakariyo yahyo ibn sharaf navaviy riyozus-solihiyn
Download 5.07 Kb. Pdf ko'rish
|
www.ziyouz.com kutubxonasi 321 (s.a.v.) u to‘nka xafa bo‘lganini ko‘rib, haligi yangi qurib berilgan minbardan tushib qo‘llarini o‘sha to‘nka ustiga qo‘ygandilar, u ovoz chiqarishdan to‘xtadi. Boshqa rivoyatda «Juma kuni Rasululloh (s.a.v.) (xutba aytish uchun yangi o‘rnatilgan) minbar ustiga chiqqan edilar, avval ustiga chiqib xutba o‘qiydigan xurmo to‘nkasi qattiq ovoz chiqardi. Hatto yorilib ketishiga oz qoldi» bo‘lib kelgan. Yana boshqa rivoyatda keltirilishicha, «... u to‘nka xuddi yosh go‘dak kabi ovoz chiqardi. Rasululloh (s.a.v.) (yangi qurib berilgan minbardan) tushib, haligi to‘nkani o‘z bag‘irlariga bosgan edilar, u xuddi yosh go‘dak kabi ingrab turgan joyida jim bo‘lib tinchib qoldi. Rasululloh (s.a.v.) «U avvallari eshitib yurgan zikrlarni endi eshitmas ekanman-da, deb yig‘layapti», dedilar». Imom Buxoriy rivoyati. 1831/25. Abu Sa’laba al-Xushaniydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Albatta Alloh taolo farzlarni farz etdi, ularni zoe qilmanglar. Va hadlarni chegara qildi, undan o‘tib ketmanglar. Va narsalarni harom qildi, uni buzmanglar. Va unutmasdan sizlarga rahmat qilgan holda ko‘p narsalarda sukut qildi, sizlar u haqda bahs qilmanglar», dedilar. Doriqutniy hasan isnod bilan rivoyat qilganlar. 1832/26. Abdulloh ibn Abu Avfodan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu zot: «Biz Rasululloh (s.a.v.) bilan yettita g‘azotda birga bo‘ldik. Hammasida yemishimiz chigirtka bo‘ldi», dedilar. Boshqa rivoyatda «Biz u zot bilan birga chigirtka yedik» bo‘lib kelgan. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 1833/27. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Mo‘min kishi bir teshikdan ikki marta chaqilmaydi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. Foyda: mo‘min kishi ehtiyotkor va fatonatli bo‘lgani uchun ikki marta qoqilmaydi, xuddi o‘zbek maqolidagi «Ko‘r hassasini bir marta yo‘qotadi», deyilgani kabi. 1834/28. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Uch toifa kishilar borki, qiyomat kuni Alloh taolo ular bilan gaplashmaydi va poklamaydi, ularga (rahmat nazari ila) qaramaydi ham hamda ular uchun alamli azob bordir: 1. Bir kishi sahrodalik paytida ortiqcha suvi bo‘lsa-yu, uni yo‘lovchilarga bermasa. 2. Bir kishi asrdan keyin boshqa bir kishiga Alloh nomiga qasam ichib bir narsa sotsa va shuncha-shunchaga olganman, desa va oluvchi sotuvchining gapini tasdiqlasa, vaholanki, uning aksi bo‘lib chiqsa. 3. Bir kishi bir imomga mol-dunyoga erishish niyatida bay’at qilsa. Agar imom mol-dunyodan berib tursa, bay’atiga vafo qilib, agar bermasa, vafo qilmaydigan bo‘lsa», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 1835/29. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Isrofil alayhissalomning surga ikki marta puflashlari orasidagi farq qirqdir», deganlarini eshitgan sahobalar: «Ey Abu Hurayra! O’shanda Rasululloh (s.a.v.) qirq kun, dedilarmi?» deyishdi. Abu Hurayra (r.a.): «Bilmasam», dedilar. Ular: «Qirq yilmi?» deyishdi. Abu Hurayra (r.a.): «Bilmasam», dedilar. Ular: «Qirq oymi?» deyishdi. Abu Hurayra (r.a.): «Bilmasam», deb, keyin yana: «Insonning barcha a’zosi yo‘q bo‘lib ketib, faqat dumg‘azasi chirimay qoladi. Ikkinchi bora qayta yaralish ana shu a’zo asosida bo‘ladi. Keyin Alloh taolo osmondan suv tushiradi. Insonlar ana shu suv sababli xuddi ko‘katlar o‘sgani kabi unib chiqishadi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 1836/30. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir kuni Rasululloh (s.a.v.) majlislarning birida gapirib tursalar, bir a’robiy keldi-da, «Qiyomat kuni qachon?» deb so‘rab qoldi. Rasululloh (s.a.v.) (uning gapiga parvo qilmay) so‘zlashda davom etaverdilar. Ba’zilar: «Rasululloh (s.a.v.) uning gapini eshitdilar-u, lekin ma’qul ko‘rmadilar», deyishdi. Ba’zilar esa: «Eshitmadilar, shuning uchun so‘zlashda davom etdilar», deb fikr bildirishdi. Qachonki, Rasululloh (s.a.v.) so‘zlashdan to‘xtaganlarida: «Qiyomat haqida so‘rayotgan qani?» dedilar. Haligi so‘ragan kishi: «Men edim, ey Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 322 Allohning rasuli», dedi. Rasululloh (s.a.v.) «Agar omonat zoe etilsa, qiyomatni kutaver», dedilar. U kishi: «Nechuk zoe bo‘ladi?» degan edi, Rasululloh (s.a.v.) «Agar ishlar uning ahli bo‘lmagan kishilar qo‘liga topshirib qo‘yilsa, qiyomat kunini kutavergin», dedilar. Imom Buxoriy rivoyati. 1837/31. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Imomlar sizlarga namoz o‘qib berishadi. Agar uni xatosiz to‘g‘ri o‘qishsa, sizlarga (ya’ni, imomga ergashganlarga) va u imomlarning o‘ziga savob bo‘ladi. Bordi-yu, xatoga yo‘l qo‘yishsa, siz ergashganlarga savob-u, gunohi imomlarning o‘zlariga bo‘ladi», deb aytdilar. Imom Buxoriy rivoyati. 1838/32. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu zot Allohning kitobidagi «(Ey ummati Muhammad), odamlar uchun chiqarilgan millatlarning eng yaxshisi bo‘ldingiz» oyatini quyidagicha tafsir qildilar: «Odamlarning odamlar uchun xayrlisi Islomga kirgizish niyatida bo‘yinlariga zanjir solib olib keluvchilardir». 1839/33. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) aytdilar: «Alloh taolo jannatga zanjirda kiruvchi jamoadan ajablanadi. Ya’ni, asirga olinib zanjirband qilingandan keyin Islomga kirishadi-da, oqibatda jannatga doxil bo‘lishadi». Ikkovini Imom Buxoriy rivoyat qildilar. 1840/34. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Alloh taologa shaharlarning mahbub (maqomi) masjidlardir. Shaharlarning yomon (maqomi) bozorlardir», dedilar. Imom Muslim rivoyati. Foyda: chunki masjidlarda qalblar taskin topuvchi va Allohning roziligiga eltuvchi zikrlar namoz hamda Qur’on tilovati kabi amallar bo‘ladi. Bozorlarda esa Allohning zikridan to‘suvchi g‘aflat, aldov, yolg‘on, firib va yolg‘on qasam kabi shaytonning buyruqlari amalga oshiriladi. 1841/35. Salmon Forsiydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu zot: «Agar qodir bo‘lsang, bozorga avvalgilaridan bo‘lib kiruvchi va oxirgilaridan bo‘lib chiquvchi kimsa bo‘lma. Chunki bozor shaytonning jang ma’rakasidir. U bozorga bayrog‘ini tikadi», dedilar. Imom Muslim rivoyati. Imom Barqoniy «Sahih»larida Salmondan (r.a.) qilgan rivoyatlarida keltirilishicha, Rasululloh (s.a.v.) «Sen bozorga avvalgilardan bo‘lib kiruvchi va oxirgilardan bo‘lib chiquvchi kimsa bo‘lma! Chunki shayton bozorga tuxum qo‘yib, o‘sha yerda jo‘ja ochadi», dedilar. Foyda: «Shayton bozorga tuxum qo‘yib, o‘sha yerda jo‘ja ochadi», degan so‘z kinoya bo‘lib, bozorlar aslida gunoh, fisqu-fujur va aldovlar makonidir. Shayton mana shunday razolatga buyurib, vasvasa qiladi hamda ana shunday yomon ishlarni bolalatib yuboradi. 1842/36. Osim al-Ahval Abdulloh ibn Sarjisdan (r.a.) qilgan rivoyatlarida Abdulloh ibn Sarjis Rasulullohga (s.a.v.) «Ey Allohning rasuli! Alloh gunohlaringizni mag‘firat aylasin», deganida, u zot: «Sening ham gunohingni kechirsin», dedilar. Osim (r.a.) Abdullohga (r.a.): «Rasululloh (s.a.v.) sizning gunohingizni kechirishini so‘radilarmi?» deganlarida, Abdulloh (r.a.): «Ha, sizning ham gunohingizni kechirishini so‘radilar», deb quyidagi oyatni tilovat qildilar: «(Ey Muhammad), o‘z gunohingiz uchun hamda mo‘min- mo‘minalar (ning gunohlari) uchun mag‘firat so‘rang!» Imom Muslim rivoyati. 1843/37. Abu Mas’ud al-Ansoriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Avvalgi payg‘ambarlar so‘zidan odamlar o‘rtasida qolgani «Agar hayo qilmasang, xohlagan ishingni bajaraver», degan jumladir», dedilar. Imom Buxoriy rivoyati. 1844/38. Ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Qiyomat kuni odamlar orasida birinchi bo‘lib hukm qilinadiganlar qon to‘kib, odam o‘ldirganlar bo‘ladi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 1845/39. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Farishtalar nurdan Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 323 yaratilgan. Jinlar esa qizil, sariq, ko‘k rangli alanga-olovdan yaratilgan. Odam esa sizlarga (avval) vasf qilinganidek, (sopol kabi qurigan qora loydan) yaratilgan», de dil ar. Imom Muslim rivoyati. 1846/40. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu onamiz: «Rasulullohning (s.a.v.) xulqlari Qur’on edi», dedilar. Imom Muslim rivoyati. 1847/41. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kim Allohga yo‘liqishni yaxshi ko‘rsa, Alloh ham unga yo‘liqishni yaxshi ko‘radi. Kim Allohga yo‘liqishni yomon ko‘rsa, Alloh ham unga yo‘liqishni yomon ko‘radi», deganlarida, Oisha (r.a.): «Ey Allohning rasuli! (Allohga yo‘liqish, deganda biz o‘limni tushunamiz.) Biz barchamiz o‘limni yomon ko‘ramiz. Endi o‘sha o‘limni yomon ko‘rishimiz Allohga yo‘liqishni yomon ko‘rishni anglatadimi?» desalar, u zot: «Yo‘q, unday emas. Chunki mo‘min kishiga agar Allohning rahmati, roziligi va jannati bashorat etilsa, u kishi Allohga yo‘liqishni hamda Alloh ham unga yo‘liqishni yaxshi ko‘radi. Agar kofir kimsaga Allohning azobi va g‘azabining xabari berilsa, u Allohga yo‘liqishni hamda Alloh ham unga yo‘liqishni yomon ko‘radi», de dil ar. Imom Muslim rivoyati. 1848/42. Safiyya binti Huyaydan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasululloh (s.a.v.) e’tikof o‘tirganlarida, kechasi men u zotni ziyorat qilgani bordim. Biroz gaplashgandan keyin uyga qaytish niyatida o‘rnimdan tursam, u zot ham meni kuzatish maqsadida o‘rinlaridan turdilar. Shu payt ansoriylardan ikki kishi oldilaridan o‘tib qoldi. Rasululloh (s.a.v.) ikkovlarining shoshib ketayotganlarini ko‘rib: «Sekin, oxista yuraveringlar. Chunki bu ayol onalaringiz Safiyya binti Huyaydir», dedilar. Ular: «Subhanalloh (taajjublanganda shunday deyiladi), ey Allohning rasuli, (biz siz haqingizda nimani gumon qilardik?)», deyishdi. Shunda Rasululloh (s.a.v.) «Chunki shayton odam bolalarining qon yo‘llarida yuradi. Men o‘sha shayton sizlarning qalblaringizga yomonlikni, ya’ni shubhali narsalarni yoki biror narsani solib (vasvasa) qilishidan qo‘rqaman», dedilar». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 1849/43. Abulfazl Abbos ibn Abdulmuttalibdan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Hunayn kuni men Rasululloh (s.a.v.) bilan birga edim. Abu Sufyon ibn Horis ibn Abdulmuttalib va men ikkovimiz Rasulullohdan (s.a.v.) ajramay birga yurdik. U zot esa oq xachirlarida edilar. Qachonki, musulmonlar bilan mushriklar to‘qnashganda, musulmonlar orqaga chekina boshlashdi. Rasululloh (s.a.v.) esa xachirlarini dushman tomonga yugurtira boshladilar. Men tezlab ketmasligi uchun u zotning xachirlari jilovidan ushlab turardim. Abu Sufyon esa uzangidan ushlab turar edi. Rasululloh (s.a.v.) «Ey Abbos! Samura ashoblarini (ya’ni, Hudaybiya voqeasida Samura daraxti ostida bay’at qilgan sahobalarni) chaqir», dedilar. (Ibn Abbos ovozi baland kishi edilar.) Baland ovozda: «Samura daraxti ostida bay’at qilganlar qaerda?» desam, Alloh nomiga qasamki, ular bu so‘zni eshitgach, xuddi mol bolalari ovozini eshitganda burilgani kabi burilib, Rasululloh (s.a.v.) taraflariga labbay, labbay, deb kelib, kofirlar bilan urusha boshladilar. Ansoriylarning chaqirig‘i esa «Ey ansoriylar jamoasi, ey ansoriylar jamoasi» tarzida edi. Urushga chorlash chaqirig‘i oxiri Horis ibn Xazraj qabilasiga kelib to‘xtadi. Rasululloh (s.a.v.) xachirlari ustida turib urush bo‘layotgan tomonga cho‘zilib qaragan holda: «Mana urush eng qizg‘in pallaga kirdi», dedilar. Keyin bir nechta mayda toshlarni olib kofirlar yuziga otdilar. Va: «Muhammadning Rabbi nomiga qasamki, kofirlar yengilishdi», dedilar. Borib, urush bo‘layotgan tomonga qarasam, u avvalgi holatidek davom etayotgan edi. Alloh nomiga qasamki, Rasululloh (s.a.v.) mayda toshlarni otishlari bilan, u dushmanning tig‘i o‘tmas bo‘lib, ishlari orqaga keta boshladi». Imom Muslim rivoyati. 1850/44. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Ey insonlar, albatta Alloh taolo pokdir. Va pok narsalarnigina qabul qiladi. Albatta Alloh taolo Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 324 payg‘ambarlariga nimani buyursa, mo‘minlarga ham o‘sha narsani buyuradi. Alloh taolo: «(Yuborgan barcha payg‘ambarlarimizga shunday dedik): «Ey payg‘ambarlar, halol-pok taomlardan yenglar va yaxshi amallar qilinglar», boshqa oyatda: «Ey mo‘minlar, sizlarga rizq qilib berganimiz - pokiza narsalardan yenglar», deb aytgan», dedilar. Keyin yana bir kishini zikr qildilar: «U uzoq safarlarga chiqib, sochi to‘zigan, yuzlari tuproq, qo‘lini osmonga ko‘tarib: «Ey Rabbim, ey Rabbim», deydi. Vaholanki, uning ovqati harom, ichimligi harom va ulg‘ayishi harom ozuqa evaziga bo‘lgan. Qanday qilib bu odamning duosi qabul bo‘lsin?!» 1851/45. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Uch toifa kishi borki, Alloh taolo qiyomat kuni ular bilan gaplashmaydi va poklamaydi, ularga (rahmat nazari ila) qaramaydi ham hamda ular uchun alamli azob bordir: 1) Zinokor qariya. 2) Yolg‘onchi podshoh. 3) Kambag‘al mutakabbir», deb aytdilar. Imom Muslim rivoyati. 1852/46. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Sayhun, Jayhun, Furot, Nil - barchasi jannat anhorlaridandir», de dil ar. Imom Muslim rivoyati. Foyda: Sayhun va Jayhun Amudaryo va Sirdaryo suvlaridir. Jannat anhorlari, deyilishiga sabab uning suvi toza va atrofida Islom keng quloch ochishidir, deyishgan. Imom Suyutiy: «Balki haqiqatda unda jannat moddalari bordir», deb aytganlar. Lekin bularning barchasining aynan haqiqatini yakka Allohgina bilur. 1853/47. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasululloh (s.a.v.) mening qo‘limdan ushlab: «Alloh taolo tuproqni, ya’ni yerni shanba kuni yaratdi. Tog‘larni yakshanba kuni, daraxtni dushanba kuni, yomon narsalarni seshanba kuni, nurni chorshanba kuni, o‘rmalab yuruvchi narsalarni payshanba kuni, Odam alayhissalomni juma kuni asrdan keyin, barcha maxluqlarni yaratib bo‘lib, kunduzining oxirida, asr bilan kechqurun orasida yaratgandir», dedilar». Imom Muslim rivoyati. 1854/48. Abu Sulaymon Xolid ibn Validdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu zot: «Mut’a urushi kuni mening qo‘limda to‘qqizta qilich sindi. Oxiri qo‘limda yamancha ishlangan xanjar qoldi», dedilar. Imom Buxoriy rivoyati. 1855/49. Amr ibn Ossdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Agar biror hokim hukm qilsa va ana shu hukmida haqiqatga erishayin, deb ko‘p harakat qilsa, pirovardida haqiqatga yetishsa, unga ikkita ajr bo‘ladi. Agar hukm qilib, o‘sha hukmida haqiqatni topa olmay, xatoga yo‘l qo‘ysa, bitta ajr bo‘ladi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 1856/50. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Isitma kasalligi jahannam haroratidandir. Sizlar uni suv bilan sovutinglar», deb aytdilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 1857/51. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Kim vafot etsa-yu, uning zimmasida ro‘za qazosi bo‘lsa, yaqinlari o‘sha ro‘zani tutsin», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. Foyda: bu hadisdan o‘lgan kishi uchun uning yaqinlari qazo ro‘zasini tutib berishi joizligi tushuniladi. Yaqinlari merosxo‘rlar yoki merosxo‘r bo‘lmaganlar hamdir. 1858/52. Avf ibn Molik ibn Tufayldan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir kishi Oisha onamizga: «(Jiyaningiz) Abdulloh ibn Zubayr siz qilgan bir oldi-sotdi yoki bergan bir hadyangiz haqida agar xolam ehtiyotkorlik bilan ish qilmasalar, muomaladan man etib qo‘yaman, dedilar», deb aytdi. Oisha (r.a.): «Haqiqatda jiyanim shu gaplarni aytdimi?» degandilar, atrofdagilar: «Ha», deyishdi. Oisha (r.a.): «Alloh uchun Abdulloh ibn Zubayr bilan hech gaplashmaslikni nazr qilaman», dedilar. Bu holat, ya’ni arazlashish uzoq davom etganidan keyin Abdulloh ibn Zubayr o‘rtaga (islohga keltirish uchun) odam qo‘ydilar. Oisha (r.a.): «Yo‘q, Alloh nomiga qasamki, hech biror kishining shafoatini (ya’ni, o‘rtaga tushishini) qabul qilmayman hamda nazrimni buzmayman», dedilar. Arazlashish yana Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 325 davom etaverganidan keyin Abdulloh ibn Zubayr Misvar ibn Maxrama va Abdurahmon ibn Asvadlarni chaqirib: «Alloh nomiga qasam ichib sizlardan iltimos qilamanki, meni Oishaning (r.a.) oldilariga (yarashish uchun) olib boringlar. Chunki mendan arazlab nazr qilib yurishlari halol emas», degandilar, Misvar va Abdurahmonlar qabul qilib Oisha (r.a.) huzurlariga borishdi. «Assalamu alaykum va rohmatullohi va barokatuhu, kiraveraylikmi?» deb izn so‘rashgan edi, Oisha (r.a.): «Kiraveringlar», dedilar. «Hammamizmi?» deyishgan edi, Oisha (r.a.): «Barchangiz kiringlar», dedilar. Chunki Oisha (r.a.) ular bilan birga Abdulloh ibn Zubayr borligini bilmasdilar. Abdulloh u yerga kirgach, Oishaga (r.a.) quchoq ochib, roziliklarini so‘rab, yig‘lay boshladilar. Birga kelgan Misvar va Abdurahmonlar ham Abdulloh bilan gaplashishlarini va uzrlarini qabul etishlarini so‘rab: «Albatta Rasululloh (s.a.v.) bunday arazlashishdan man etganlar. Musulmon kishiga birodari bilan uch kundan ko‘p arazlashish halol emas», deb aytishdi. Qachonki, ikkovlari Oishaga (r.a.) nasihat qilib majburlayverishgandan keyin Oisha (r.a.) ularga nazr qilganlarini eslatib, yig‘lagan holda: «Men nazr qilganman. Nazr og‘ir bir narsadir, (qanday qilib nazrimni buzaman?)» dedilar. Ikkovlari yana iltimos qilaverishganidan keyin Oisha (r.a.) Abdulloh ibn Zubayr bilan gaplasha boshladilar. Va nazrni buzganlari uchun qirqta qulni ozod etdilar. Mana shundan keyin qachon shu nazr buzilgan voqeani eslasalar, shu darajada yig‘lardilarki, oqqan yosh bosh va oldilarini to‘sib turgan ro‘mollarini ho‘l qilib yuborar edi. Imom Buxoriy rivoyati. 1859/53. Uqba ibn Omirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) Uhud g‘azotidan sakkiz yil o‘tganidan keyin u yerda vafot etganlar haqqiga shu darajada duo qildilarki, go‘yo u tirik va o‘liklar bilan vidolashishga o‘xshardi. Keyin qaytib masjid minbariga ko‘tarilib: «Men sizlardan oldin borib kutib oluvchilaringiz va guvoh bo‘luvchilaringizdirman. Sizlar bilan havz ustida ko‘rishishga va’da qilaman. Men o‘sha o‘rnimni mana shu yerdan ko‘ryapman. Meni o‘zimdan keyin sizlarning mushrik bo‘lib ketishingiz qo‘rqitmaydi. Lekin dunyo ustida bir-birlaringiz bilan kimo‘zarga musobaqa qilishlaringiz qo‘rqitadi», dedilar. Uqba (r.a.): «Rasulullohni (s.a.v.) oxirgi ko‘rishim shu bo‘ldi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. Boshqa rivoyatda keltirilishicha, Rasululloh (s.a.v.) «Lekin dunyo ustida musobaqalashishingiz va oldingi ummatlar kabi uni deb urushib halok bo‘lishingiz qo‘rqitadi», deganlar. Yana boshqa rivoyatda Rasululloh (s.a.v.) «Men sizlarni kutib oluvchingiz va guvoh bo‘luvchingizdirman. Alloh nomiga qasamki, men hozir havzimni ko‘ryapman. Menga yer xazinalari kaliti yoki yer kalitlari berildi. Alloh nomiga qasamki, mendan keyin sizlarning mushrik bo‘lib ketishingiz qo‘rqitmaydi. Meni qo‘rqitadigan narsa dunyo (matolari ustida) musobaqalashishingiz», deb aytdilar. 1860/54. Abu Zayd Amr ibn Axtab al-Ansoriydan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasululloh (s.a.v.) biz bilan bomdod namozini o‘qib bo‘lib minbarga ko‘tarildilar va peshin vaqtigacha xutba aytdilar. Keyin tushib peshin namozini o‘qidilar. So‘ngra minbarga ko‘tarilib asr vaqtigacha yana xutba aytdilar. Keyin tushib asr namozini o‘qidilar. Yana minbarga ko‘tarilib, quyosh botguncha xutba aytdilar. U xutbalarining barchasida bo‘lib o‘tgan va kelajakda bo‘ladigan voqealarning xabarini berdilar. Kim o‘sha xutbadan ko‘p yod olgan bo‘lsa, ichimizda bilimdonrog‘imizdir». Imom Muslim rivoyati. 1861/55. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kim Allohga itoat qilishga nazr qilgan bo‘lsa, o‘sha nazrga vafo qilib itoatda bo‘lsin. Lekin kim Allohga osiy bo‘lishga nazr qilgan bo‘lsa, (o‘sha nazrini buzsin) Unga osiylik qilmasin», dedilar. Imom Buxoriy rivoyati. 1862/56. Ummu Sharikdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) bu sahobiya ayolga kaltakesakka o‘xshash zararli hasharotni o‘ldirishga buyurdilar. «Chunki bu Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 326 hasharot Ibrohim alayhissalomni yondirish uchun yoqilgan olovni purkagandir», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 1863/57. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kim kaltakesakka o‘xshash zararli hasharotni bir zarbada o‘ldirsa, o‘sha kishiga shuncha va shuncha hasanot bo‘ladi. Kim ikkinchi zarbada o‘ldirsa, shuncha va shuncha hasanot bo‘ladi, ya’ni avvalgisidan ozroq. Kim uchinchi zarbada o‘ldirsa, shuncha va shuncha hasanot bo‘ladi, ya’ni avvalgi ikkitadan ozroq bo‘ladi», dedilar. Boshqa rivoyatda «Kim kaltakesakka o‘xshash zararli hasharotni o‘ldirsa, unga yuzta hasanot yoziladi. Ikkinchi zarbada o‘ldirsa, undan ozroq hasanot yoziladi. Kim uchinchi zarbada o‘ldirsa, ikkovidan ozroq hasanot yoziladi» bo‘lib kelgan. 1864/58. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) aytdilar: «Bir kishi sadaqa berish niyatida ko‘chaga chiqdi-da, (bilmagan holda) bir o‘g‘rining qo‘liga topshirib qo‘ydi. Odamlar: «Bir kishi kechasi chiqib bir o‘g‘riga sadaqasini topshiribdi», deb gap tarqatishdi. U kishi: «Allohga hamd bo‘lsin», dedi-da, sadaqa berish niyatida ko‘chaga chiqib, (bilmagan holda) bir zinokorning qo‘liga topshirib qo‘ydi. Odamlar: «Bir kishi kechasi chiqib bir zinokorning qo‘liga sadaqasini topshiribdi», deb gap tarqatishdi. U kishi: «Allohga hamd bo‘lsin», dedi-da, sadaqa berish niyatida yana ko‘chaga chiqdi va (bilmagan holda) bir boy kishining qo‘liga topshirib qo‘ydi. Odamlar: «Bir kishi kechasi chiqib bir boyning qo‘liga sadaqasini topshiribdi», deb gap tarqatishdi. U kishi: «O’g‘riga, zinokorga va boyga sadaqani topshirganim uchun Allohga hamd bo‘lsin», dedi. Keyin bu kishi tush ko‘rdi. Tushida unga: «O’g‘riga bergan sadaqang sababli shoyad o‘g‘ri u ishini tark etsa, zinokorga bergan sadaqang sababli shoyad zinokor u ishini to‘xtatsa va boyga bergan sadaqang sababli shoyad u boy ibratlanib, Alloh bergan mol-dunyodan infoq qilsa», deyildi». Imom Buxoriy rivoyati. 1865/59. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Biz Rasululloh (s.a.v.) bilan birga edik. U zotni taomga chaqirib bir qo‘yning qo‘lini pishirib olib kelishdi. U zot uning atrofidan tishlab yedilar. Va aytdilar: «Qiyomat kuni men odamlarning sayyididirman. Nima uchun shundayligini bilasizlarmi? Ana shu kunda Alloh taolo avvalidan to oxirgi xalq qilingan kishigacha bo‘lgan kishilarni bir tepalikka jamlaydi. Qaralganda bir nazar ila ko‘rish imkoni bo‘ladi. Barcha xaloyiq bir chaqiruvchining ovozini eshitadi. Quyosh ularga yaqinlashtiriladi. Buning sababidan odamlar toqat qilib ko‘tara olmaydigan darajada g‘am va xafalik yetadi. Odamlarga: «Sizlarga bo‘layotgan bu hodisalarga qaramaysizlarmi? Rabbilaringizga bu to‘g‘rida kim shafe’ (vositachi) bo‘ladi, bunga ham qaramaysizlarmi?» deyishadi. Shunda ba’zilari ba’zilariga: «Vositachi bo‘luvchi shaxs otalaringiz Odam alayhissalomdirlar», deyishadi. Keyin ular u zotning huzurlariga borib: «Ey Odam alayhissalom! Siz butun bashariyatning otasisiz. Alloh taolo sizni O’z qo‘li bilan xalq qilib, jon ato etgan. Hamda farishtalarga buyurdi, ular sizga sajda qilishdi va sizni jannatda turg‘izdi. Bizga shafe’lik (vositachilik) qiling. Bizga nima bo‘layotganini ko‘rmayapsizmi?» deyishadi. Odam alayhissalom: «Bugun Rabbim shunday g‘azab qildiki, bundan oldin bunday g‘azab qilmagan. Bundan keyin ham bunaqasi bo‘lmaydi. Chunki u meni bir daraxtdan man qilgan edi. Men Unga osiylik qilib (eb qo‘ydim). Men o‘zimning g‘amim bilan ovoraman. Sizlar mendan boshqa kishi huzuriga boringlar. Nuh payg‘ambarning huzuriga bora qolinglar», deydilar. Ular Nuh alayhissalom huzurlariga borib: «Ey Nuh, siz yer yuzida birinchi rasuldirsiz. Alloh sizni «Shukr qiluvchi banda», deb nomladi. Bizni bu kundagi ahvolimizga va bizga bo‘layotgan mana bu narsalarga qaramaysizmi? Siz bugun bizga Rabbingiz o‘rtasida shafoatchi (vositachi) bo‘ling», deyishadi. Nuh alayhissalom: «Bugun Rabbim shunday g‘azab qildiki, bundan avval bu kabi g‘azab qilmagan edi. Bundan keyin ham bu darajada g‘azab qilmaydi. Men sizlarga vositachi bo‘la olmayman. Chunki men qavmimni duoibad qilib (xatoga yo‘l |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling