Abu zakariyo yahyo ibn sharaf navaviy riyozus-solihiyn


Download 5.07 Kb.
Pdf ko'rish
bet50/53
Sana30.08.2017
Hajmi5.07 Kb.
#14625
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   53

«Parvardigoringiz (ahli-egalari) zolim bo‘lgan 
shaharlarni ushlaganida, mana shunday ushlar. Uning ushlashi - azobi alamli 
va qattiqdir» (Hud surasi, 102-oyat), deb aytgan. 
1805/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Albatta Alloh 
g‘azab qiladi. Allohning g‘azabi bir kishi Alloh harom etgan narsalarni bajarsa, ro‘yobga 
chiqadi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
 
369-bob 
Man etilgan narsani qilib qo‘ygan kishining aytishi va 
bajarishi lozim bo‘lgan narsalar haqida 
 
Alloh taolo: 
«Agar sizni shayton tomonidan biron vasvasa yo‘ldan ozdirib (mazkur xislat 
egasi bo‘lishdan qaytarmoqchi bo‘lsa), u holda Allohdan panoh so‘rang» (Fussilat 
surasi, 36-oyat); 
«Taqvo qilguvchi zotlarni qachon shayton tomonidan biron vasvasa ushlasa, 
(Allohni)  eslaydilar-da, bas, (to‘g‘ri yo‘lni) ko‘ra boshlaydilar» (A’rof surasi, 201- 
oyat); 
«(U taqvodor zotlar) qachon biron-bir fahsh-gunoh qilib qo‘ysalar yoki 
(qandaydir noloyiq ish qilish bilan) o‘zlariga zulm qilsalar, darhol Allohni eslab, 
gunohlari uchun mag‘firat - kechirim so‘raydigan, - har qanday gunohni yolg‘iz 
Allohgina mag‘firat qilur, - bilgan hollarida qilgan gunohlarida davom 
etmaydigan kishilardir. Ularning 
mukofotlari Parvardigorlari tomonidan mag‘firat va taglaridan daryolar oqib 
turguvchi jannatlar bo‘lib, ular o‘sha joyda abadiy qolajaklar. Yaxshi amal 
qilguvchilarning ajrlari naqadar yaxshi ajr!» (Oli Imron surasi, 135-136-oyat); 
«Barchalaringiz Allohga tavba qilinglar, ey mo‘minlar! Shoyadki, (shunda) 
najot topsangizlar» (Nur surasi, 31-oyat), deb aytgan. 
1806/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kim qasam ichib, 
u qasamni Lot va Uzzo butlarining nomi bilan ichsa, (tezda) «La ilaha illalloh», desin. 
Kim do‘stiga kel qimor o‘ynaymiz, desa, (bu tarzda gunoh ishga jur’at qilgani uchun) 
sadaqa bersin», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
Foyda: arablar johiliyatda ana shu Lot va Uzzo nomli butlar nomi bilan qasam ichishar 
edi. Musulmon bo‘lishgandan keyin ham ba’zilari odatlanib qolishgani uchun bu nomlar 
bilan bexosdan qasam ichib qo‘yishar edi. Rasululloh (s.a.v.) bu muammoni hal etib
muolaja sifatida yuqoridagi so‘zni aytdilar. 
 

Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
316
TURLI MALOHATLI (GO’ZAL, CHIROYLI) HADISLAR KITOBI 
 
370-bob  
Dajjol, Isoning (alayhissalom) tushishlari, Ya’juj-Ma’juj 
va yer hayvoni haqida 
 
1807/1. Navvos ibn Sam’ondan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Bir kuni Rasululloh (s.a.v.) 
Dajjolni zikr qildilar. U zot bu haqda goh ovozlarini pasaytirib, goh balandlatib 
gapirganlaridan biz o‘sha Dajjol (yaqin oradagi) xurmozorlarning birida bo‘lsa kerak, deb 
gumon qildik. Qachonki, (ertasiga) u zot huzurlariga borsak, bizdagi (vahimani) ko‘rib: 
«Sizlarga nima bo‘ldi?» dedilar. Biz: «Ey Allohning rasuli! Kecha ovozingizni goh 
pasaytirib, goh balandlatib Dajjol haqida gapirdingiz. Biz bu ohangda gapirganingizdan 
o‘sha Dajjol (yaqin oradagi) xurmozorlarning birida bo‘lsa kerak, deb gumon qildik», 
desak, u zot: «Dajjoldan boshqa narsa meni qo‘rqitmoqda. Agar u Dajjol men sizlarning 
orangizda ekanimda paydo bo‘lsa, o‘zim uning chorasini ko‘raman. Bordi-yu, men 
sizlarning orangizda bo‘lmaganimda paydo bo‘lsa, har bir kishi chorasini o‘zi ko‘radi. 
Alloh O’zi har bir musulmonga madadkordir. Albatta u Dajjolning sochi jingalak, 
qo‘ng‘iroqdir. Ko‘zi esa bo‘rtib chiqqan. Xuddi Abduluzzo ibn Qatonga o‘xshaydi. Kim uni 
uchratib qolsa, Kahf surasining avvalgi oyatlaridan (o‘n oyat) o‘qisin. Albatta Dajjol 
Shom bilan Iroq oralig‘ida chiqib, o‘ng va chap tarafiga fasod tarqatadi. Ey Allohning 
bandalari, dinlaringizda mustahkam bo‘linglar», dedilar. Biz: «Ey Allohning rasuli! U yer 
yuzida qancha turadi?» desak, u zot: «Qirq kun turadi. Birinchi kuni bir yil kabi. Ikkinchi 
kuni bir oy kabi. Uchinchi kuni hafta kabi. Qolgan kunlari sizlarning kunlaringiz kabidir», 
dedilar. Biz: «Ey Allohning rasuli! Uning bir yillik kunida bizning bir kunlik namozimiz 
kifoya qiladimi?» dedik. U zot: «Yo‘q! Kifoya qilmaydi. Sizlar o‘z kunlaringizga teng 
keladigan bir muddatni taxmin qilib besh vaqt namozni o‘qiysizlar», dedilar. Biz: «U 
Dajjol yurishining tezligi qay darajada?» dedik. U zot: «Shamol uchirib yurgan bulut kabi 
yuradi. U bir qavmga kelib, ularni o‘z yo‘liga da’vat etadi. U qavm Dajjolga iymon 
keltirib, uning so‘zlarini ijobat qilishadi. Dajjol keyin osmonga hukm qiladi. Osmon 
ularga yomg‘ir yog‘diradi. Yerga hukm qiladi. Yer o‘zida giyohlarni o‘stiradi. Jonivorlar 
giyohlardan yeb kechqurun qaytganida, tanalari baland, yelinlari sutga to‘lgan va yonlari 
semirgan holda bo‘ladi. Keyin Dajjol boshqa bir qavm huzuriga kelib, ularni ham o‘z 
yo‘liga da’vat qiladi. Ular Dajjolning da’vatini qabul etishmaydi. Qabul etishmaganidan 
keyin ulardan yomg‘ir uzilib, qahatchilik yetadi. Qo‘llarida hech qanaqa boylik qolmaydi. 
So‘ngra u bir xaroba yerga boradi. Va u yerga: «Ey yer ichingdagi xazinalarni chiqar», 
desa, xazinalar chiqib, xuddi asalari podshosi orqasidan ergashgani kabi Dajjolga 
ergashadi. Keyin yosh bir yigitni chaqirib, uni qilich bilan urib ikkiga ajratib tashlaydi. 
Keyin o‘lgan yigitni chaqirsa, u chehrasi ochiq, kulimsirab chiqadi. Dajjol shunday 
ishlarni qilib turganida, Alloh taolo Masih ibn Maryam (Iso alayhissalom)ni yuboradi. U 
zot Dimashq sharqidagi oq minoraga libos kiyib, ikki farishta qanotiga kaftlarini qo‘yib 
tushadilar. Agar boshlarini engashtirsalar, suv (ter) oqadi. Agar boshlarini ko‘tarsalar 
ham, marvarid donalari kabi suv oqadi. Qachonki, biror kofirga u zotning nafaslari yetsa, 
u darhol o‘ladi. Endi nafaslari nazarlari yetgan joygacha yetadi. Iso alayhissalom Dajjolni 
Baytulmaqdis yaqinidagi Luddi nomli shahardan axtarib-topib qatl qiladilar. Keyin Iso 
alayhissalom Dajjol fitnasidan omonda qolgan bir qavm huzuriga borib, (horigan) 
yuzlariga shafqat qo‘lini surtadilar. Va ularning jannatdagi o‘rinlarining xabarlarini 
beradilar. Iso alayhissalom shunday turganlarida Alloh taolo u zotga vahiy qilib: «Men 
shunday bir jamoani yer yuzida paydo qilamanki, ular bilan urushishga biror kishining 
kuchi yetmaydi. Shuning uchun siz musulmon bandalarimni olib Tur tog‘iga boring», 

Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
317
deydi. Keyin Alloh Ya’juj va Ma’juj toifasini yuboradi. Ular har balandlikdan (sel kabi) 
tezlik bilan yer yuziga tarqalishadi. Ularning avvalgilari Tabariyya nomli ko‘lmak oldidan 
o‘tib, suvning (hammasini) ichib ketishadi. Ularning oxirgilari (u ko‘lmakda suv 
qolmaganini ko‘rib): «O’zi bu yerda biror marta suv bo‘lganmi?» deyishadi. Bu paytda 
Iso alayhissalom va u zotning ashoblari bir tomonda yotishadi. Qiynalib ketishganidan 
birortalariga bitta ho‘kiz boshi topilishi yuz dinordan yaxshidir. Allohning nabiysi Iso 
alayhissalom va u zotning ashoblari Allohga yolvorib (bu fojeadan xalos etishni) 
so‘rashadi. Alloh taolo ularning duolarini ijobat qilib, yomon qavmga qurt balosini 
yuboradi. Barchalari bir daf’ada halok bo‘lishadi. Keyin Allohning nabiysi Iso 
alayhissalom va u zotning ashoblari (tog‘lardan) yerga tushishadi. Va u yerda ular 
badbo‘y hid tarqalmagan biror qarich joy topa olishmaydi. Yana Allohning nabiysi Iso 
alayhissalom va u zotning ashoblari Allohga yolvborib (bu hidlar bartaraf bo‘lishini 
so‘rab) duo qilishadi. Alloh taolo ularning duolarini ijobat qilib, tuyaning bo‘ynidek 
qushlarni yuboradi. U qushlar qurtlarni olib Alloh xohlagan tomonga eltib tashlaydi. 
Keyin Alloh taolo bir yomg‘irni yuboradi. U yomg‘ir biror uy yoki chayla qoldirmay oqizib 
ketadi. Hatto yer tozalanganidan sirpanchiq bo‘lib silliqlanadi. Keyin yerga «Mevalaringni 
hosilga kirgizib, barakalaringni ato et», deyiladi. Ana o‘sha kunlarda bir dona anorga 
katta bir jamoa to‘yib, po‘stloqlarini soyabon qilishadi. Alloh sutlarga ham shu darajada 
baraka beradiki, bitta sutli tuya odamlarning katta bir jamoasiga kifoya qiladi. Va yana 
bitta sutli mol katta bir qabilaga kifoya qiladi. Sutli bir echki katta bir oilaga kifoya etadi. 
Ular shunaqa to‘kinchilik bilan turishganida, Alloh taolo bir xushbo‘y havo yuboradi. 
Havo ularning qo‘ltig‘i ostiga joylashib, uning asaridan barcha mo‘min va musulmonlar 
vafot etishadi. Yer yuzida faqat yomon kishilar qolishadi. Ularning erkaklari ayollar bilan 
xuddi eshaklar bir-biri bilan jinsiy aloqa qilishgani kabi xotirjam ish bajaraverishadi. Ular 
shu holatda turishganida qiyomat qoim bo‘ladi», dedilar». Imom Muslim rivoyati. 
1808/2. Rib’iy ibn Hiroshdan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Abu Mas’ud al-Ansoriy bilan birga 
Huzayfa ibn Yamonning (r.a.) huzurlariga bordik. Abu Mas’ud (r.a.) Huzayfaga (r.a.): 
«Rasulullohdan (s.a.v.) Dajjol haqida eshitgan narsangizni gapirib bering», dedilar. 
Huzayfa (r.a.): «Dajjol haqiqatda chiqadi. U bilan birga suv va olov bo‘ladi. Odamlar 
unda suv, deb ko‘rgan narsalari aslida kuydiradigan olov bo‘ladi. Odamlar unda olov, 
deb ko‘rgan narsalari aslida shirin, muzdek suv bo‘ladi. Kim Dajjol zamonida yashasa, 
olov, deb ko‘ringan narsaga tushaversin. Chunki aslida u pok, shirin suvdir», dedilar. 
Abu Mas’ud (r.a.): «Men ham Rasulullohdan (s.a.v.) xuddi shuni eshitganman», 
dedilar». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
1809/3. Abdulloh ibn Amr ibn Ossdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Dajjol 
(bir kun kelib) ummatimda zohir bo‘ladi. Va qirq (kun, oy, yil) turadi. (Roviy: «Kunmi, 
oymi, yilmi, aniq bilmayman», dedilar.) Keyin Alloh taolo Iso ibn Maryamni yuboradi. U 
zot Dajjolni axtarib topib, uni halok etadilar. Keyin odamlar yetti yil osoyishta 
yashashadi. Shu darajada tinch yashashganidan ikki kishi orasida adovati borlari 
uchratilmaydi. So‘ngra Alloh taolo Shom tomonidan sovuq bir shamolni yuboradi. Uning 
asoratidan yer yuzida qalbida zarra miqdoricha yaxshilik yoki iymon bor kishi tirik 
qolmaydi. Agar o‘sha yaxshi yoki iymonli kishi tog‘ bag‘riga kirib ketsa ham, haligi 
shamol uning ortidan kirib o‘ldirib chiqadi. Yer yuzida faqat yengil qushlar va beaql 
yirtqichlar kabi yomonga shoshuvchi razil kishilar qoladi. Ular na yaxshilikni taniydi va 
na yomonlikni inkor etadi. Shayton ularga bir suratda ko‘rinib: «Sizlar mening so‘zimga 
quloq solmayapsizlar», deydi. Ular: «Nimani bajarishimizni buyurasan?» deyishadi. U 
butlarga ibodat qilishni buyuradi. Ular shaytonning aytganini qilishganidan keyin rizqlari 
mo‘l-ko‘l bo‘lib, hayotlari yaxshilanadi. Keyin sur chalinadi. Uni eshitgan kimsa 
bo‘ynining bir tomoni moyil bo‘lib, ikkinchi tomoni ko‘tarilib qoladi. Bu surning ovozini 

Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
318
birinchi bo‘lib tuyasi (suv ichadigan) havzani isloh qilib turgan kishi eshitadi. Avval o‘sha 
kishi o‘ladi. Keyin atrofidagi kishilar o‘la boshlaydi. So‘ngra Alloh taolo shudring kabi 
(mayda) yomg‘ir tushiradi. U yomg‘ir ularning jasadlarini yetiltiradi. Keyin ikkinchi daf’a 
sur chalinganida, barcha xaloyiq tirilib (mahshargohni) ko‘radi. So‘ngra: «Ey odamlar, 
Rabbilaringiz tomon kelinglar», degan ovoz bo‘ladi. Va farishtalarga: «Ularni 
to‘xtatinglar, chunki ular (dunyo hayotida qilgan amallaridan) so‘roq qilinadi», deb 
buyruq etiladi. Keyin yana: «Do‘zaxga boradiganlarini ajratinglar», deb buyruq qilinadi. 
Farishtalar: «Qancha kishidan nechtasini ajratib olaylik?» deyishadi. Shunda: «Har 
mingtadan to‘qqiz yuz to‘qson to‘qqiztasini», deb javob qilinadi. Ana o‘sha kunda 
(qiyomat dahshatidan) yosh bolalarning sochi oqarib ketadi. Ana o‘sha kunda ishlarning 
haqqiqati ochiladi», dedil ar. Imom Muslim rivoyati. 
1810/4. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Dajjol barcha shaharlarga 
kiradi. Faqatgina Makka bilan Madinaga kira olmaydi. Chunki bu ikki shaharning 
teshiklarida farishtalar saf bo‘lib qo‘riqlab turishadi. Qachonki, Dajjol Madina 
tashqarisidagi sho‘r yerlarga yetganida, Madinada uch bora yer silkinadi. U sababli Alloh 
taolo barcha kofir va munofiqlarni u yerdan chiqarib yuboradi», dedilar. Imom Muslim 
rivoyati. 
1811/5. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Dajjolga Isfahon 
yahudiylaridan yetmish mingtasi ergashadi. Ularning ustilarida a’yonlar kiyadigan yashil 
rangli maxsus kiyim bo‘ladi», de dil ar. Imom Muslim rivoyati. 
1812/6. Ummu Sharikdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Odamlar Dajjol 
fitnasidan xavfsirab tog‘larga qochib ketishadi», dedilar. Imom Muslim rivoyati. 
1813/7. Imron ibn Husayndan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Odam 
(alayhissalom) yaratilishlari bilan qiyomat kuni oralig‘ida Dajjoldan ko‘ra kattaroq fitna 
bo‘lmaydi», dedilar. Imom Muslim rivoyati. 
1814/8. Abu Said al-Xudriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Dajjol 
paydo bo‘lganida mo‘minlardan bir kishi u bilan ko‘rishish maqsadida yo‘lga chiqadi. 
Unga yetmasdan Dajjolning josuslari bilan uchrashib qoladi. Ular mo‘minga: «Qayoqqa 
ketishni qasd qilyapsan?» deyishadi. Mo‘min: «Yangi paydo bo‘lgan Dajjolning 
huzuriga», deydi. Ular: «O’sha sen Dajjol, deb aytayotganing bizning rabbimizdir. Sen 
bizning rabbimizga iymon keltirmadingmi?» deyishadi. Mo‘min: «Bizning Rabbimiz 
maxfiy emasdir», deydi. Ular: «O’ldiringlar», deyishadi. Shunda ularning ba’zilari 
ba’zilariga: «Rabbilaringiz o‘zining iznisiz biror kishini o‘ldirishidan man etmaganmi?» 
deyishadi-da, mo‘minni Dajjol huzuriga olib borishadi. Qachonki, mo‘min Dajjolni 
ko‘rganda: «Ey odamlar! Rasululloh (s.a.v.) zikr etgan Dajjol mana shudir», deb xabar 
beradi. Dajjol: «Buni ushlab, boshini yoringlar», deydi. Mo‘min orqasi va qorniga qattiq 
zarb ila kaltaklanadi. Dajjol: «Menga iymon keltirmaysanmi?» desa, mo‘min: «Sen o‘sha 
yolg‘onchi Dajjoldirsan», deydi. Keyin u mo‘minni arralab yuborishni amr qiladi. Va 
o‘rtasidan arra tortib bo‘lib tashlanadi. Hatto oyog‘ini ham ikkiga bo‘lib yuborishadi. 
So‘ngra Dajjol ikkiga bo‘lingan qism orasidan yurib: «O’rningdan tur», deydi. U mo‘min 
o‘rnidan turadi. Dajjol: «Endi menga iymon keltirasanmi?» desa, mo‘min: «Menga 
shubhasiz ma’lum bo‘ldiki, sen o‘sha Dajjolsan. Ey odamlar! Dajjol menga qilgan qilig‘ini 
boshqa hech kimga qila olmaydi», deydi. Dajjol mo‘minni so‘yish maqsadida 
ushlaganida, Alloh taolo mo‘minning gardani bilan bo‘yni orasini (so‘ya olmasligi uchun) 
mislab qo‘yadi. Dajjol uni so‘yishga yo‘l topa olmaydi. Yo‘l topa olmaganidan keyin oyoq-
qo‘lidan ushlab olovga uloqtirib yuboradi. Odamlar uni olovga tashlandi, deb gumon 
qilishadi. Aslida u jannatga tashlangandir. Mana shu kishi olamlar Rabbi huzuridagi 
shahidlarning eng ulug‘ maqomidagisidir», dedilar. Imom Muslim rivoyati. Imom Buxoriy 
mana shu ma’nodagi hadisning ba’zi qismini rivoyat qilganlar. 

Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
319
1815/9. Mug‘iyra ibn Shu’badan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Biror kishi Rasulullohdan 
(s.a.v.) Dajjol haqida menchalik so‘ramagan. U zot: «Senga Dajjol zarar bera olmaydi», 
deganlar. Men: «Odamlar Dajjol ixtiyorida tog‘dek noni va anhorda suvi bor, deyishadi», 
desam, u zot: «Dajjol Alloh qoshida bu qadar narsaga loyiq emasdir», dedilar». Imom 
Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
1816/10. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Biror payg‘ambar kelgan 
bo‘lsa, albatta ummatlarini bir ko‘zli yolg‘onchi (Dajjol)dan qo‘rqitganlar. Ogoh 
bo‘linglar, Dajjol bir ko‘zlidir. Rabbilaringiz azza va jalla bir ko‘zli emasdir. Dajjolning ikki 
ko‘zi orasiga k, f, r harflari, ya’ni «kofir bo‘ldi», deb yozib qo‘yilgandir», dedilar. Imom 
Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
1817/11. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Men sizlarga 
Dajjol haqida biror payg‘ambar o‘z qavmiga aytmagan narsaning xabarini beraman. U 
Dajjol bir ko‘zlidir. U o‘zi bilan birga jannat va do‘zax misolidagi narsani olib keladi. 
Dajjol jannat, deb ko‘rsatgan narsasi aslida haqiqiy do‘zaxdir», deb aytdilar. Imom 
Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
1818/12. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) bir kuni odamlar 
orasida turib: «Albatta Alloh taolo bir ko‘zli emasdir. Masih-ad-Dajjol esa bir ko‘zlidir. 
O’ng ko‘zi yo‘qdir. Bor ko‘zi esa suvda balqib turgan uzum donasi kabidir», dedilar. 
Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
1819/13. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Musulmonlar 
bilan yahudiylar urushmaguncha qiyomat qoim bo‘lmaydi. O’sha paytda yahudiylar tosh 
va daraxtlar orqasiga yashirinib olishadi. Tosh va daraxtlar tilga kirib: «Ey musulmon, 
mana orqamda yahudiy turibdi, kelib uni o‘ldirgin», deydi. Faqatgina o‘arqad nomli 
tikonli daraxt chaqirmaydi. Chunki u yahudiylar daraxtidir», dedilar. Imom Buxoriy va 
Muslim rivoyatlari. 
1820/14. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Mening jonim 
Uning qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, kishi qabr oldidan o‘tib, u qabrga yuzlarini surtib: 
«Koshkiydi, mana shu qabr ichida men bo‘lsam», deb aytmagunicha dunyo tamom 
bo‘lmaydi. U kishi bu so‘zlarni dindorligidan emas, balki turli musibatlarga duchor 
bo‘lganidan aytadi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
1821/15. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «(Iroqdagi) Furot 
daryosi ostidan tilla tog‘ topilmaguncha qiyomat qoim bo‘lmaydi. Uni deb odamlar 
urishishadi. Va har yuztadan to‘qson to‘qqiztasi halok bo‘ladi. Ularning har biri «Koshki, 
men unga erishsam», deb umid qiladi», dedilar. 
Boshqa rivoyatda aytilishicha, Rasululloh (s.a.v.)  «Yaqin kunlarda Furot daryosi 
ostidan tilla koni topiladi. Kim o‘sha paytda hozir bo‘lsa, undan biror narsa olmasin», 
deb aytganlar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
1822/16. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Madinaliklar bir 
kun kelib u yer nihoyatda yaxshi bo‘lganida tashlab ketishadi. U vaqtda Madinada 
yirtqichlar va qushlargina qoladi. Madinada oxirgi yig‘iladiganlar Muzayna qabilasidan 
bo‘lgan ikki cho‘pon bo‘ladiki, ular Madinani ko‘zlab ketishayotgan edi. Yaqiniga 
borishganida qo‘ylari ovoz chiqarib yuboradi. Ular Madinani vahshiy hayvonlar bilan 
to‘lgan holda topishadi. Qachonki, Saniyatul vado’ga yetishganida yuzlari bilan yiqilib 
(jon berishadi)», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
1823/17. Abu Said al-Xudriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Zamon 
oxirlaganda xalifalaringizdan shunday bir kishi bo‘ladiki, mol ulashsa, hovuchlab beradi, 
sanab o‘tirmaydi», dedilar. Imom Muslim rivoyati. 
1824/18. Abu Muso al-Ash’ariydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) 
«Odamlarga shunday zamon keladiki, unda bir odam tilladan bo‘lgan zakotni olib aylanib 

Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
320
yuradi, ammo uni oladigan biror kishi topa olmaydi. Va yana bir erkak qaramog‘ida 
qirqta xotin bo‘ladi. Hammalari unga tobe’ bo‘lishadi. Bu narsa o‘sha paytda xotinlar ko‘p 
bo‘lib, erkaklar ozayib ketganligidan sodir bo‘ladi», dedilar. Imom Muslim rivoyati. 
1825/19. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Bir kishi boshqa 
bir kishidan yer sotib oladi. Sotib olgan kishi o‘sha yerdan bir xum tilla topib oladi. Keyin 
u kishi avvalgi egasiga borib: «Tillangni olgin. Men sendan yer sotib olganman, tilla 
emas», deydi. Avvalgi egasi esa: «O’zing ol. Chunki men senga yer va undagi narsalarni 
sotganman», deydi. Ikkovlari kelisha olmasdan bir kishini hakam qilishadi. U hakam: 
«Ikkovingizda farzand bormi?» deb so‘raydi. Biri: «O’g‘lim bor», deydi. Ikkinchisi: 
«Qizim bor», deydi. Hakam: «Ularning ikkovini nikohlab, tillani o‘shalarga ishlatinglar», 
deydi. Ikkovlari hakamning aytganini qilishadi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim 
rivoyatlari. 
Foyda: bu avvalgi ummatlar shariatidagi narsa bo‘lib, bizning shariatimizga muvofiq 
emas. Bizning shariatimizda topib olingan narsalar haqidagi ma’lumot fiqh kitoblarida 
batafsil so‘zlangan. 
1826/20. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «(O’tgan 
zamonda) ikkita xotin bor edi. Ikkovining yosh go‘dagi turganida, bo‘ri kelib bolaning 
bittasini olib ketdi. Biri: «Bo‘ri sening bolangni olib ketdi», deydi. Ikkinchisi: «Sening 
bolangni olib ketdi», deydi. Ikkovlari kelisha olmasdan Dovud alayhissalomni hakam 
qilishadi. Dovud alayhissalom kattasining foydasiga hal qilib beradilar. Ya’ni, qolgan 
bolani unga beradilar. Ular tashqariga chiqishganda, Dovudning o‘g‘illari Sulaymon 
alayhimssalomni uchratib, bo‘lib o‘tgan voqeaning xabarini berishadi. Sulaymon 
alayhissalom: «Pichoq olib kelinglar, men uni ikkiga bo‘lib, ikkovingizga taqsimlab 
beraman», deydilar. Bu so‘zni eshitib kichigi: «Alloh sizga rahm qilsin. Bu bola unikidir, 
endi da’vo qilmayman. Bola qaerda bo‘lsa ham, sog‘-salomat yursa bo‘ldi», deydi. 
Sulaymon alayhissalom haqqiqatni anglab: «Qolgan bola shu kichik xotinga tegishli», 
deb hukm qiladilar», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
1827/21. Mirdos al-Aslamiydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Solih va 
taqvodor zotlar orqama-orqa o‘tib ketishadi. Xurmo yoki arpa sarqitlari kabi odamlarning 
qoldiq (yomon)lari qolishadi. Alloh taolo ularga parvo qilmaydi va ahamiyat bermaydi», 
dedilar. Imom Buxoriy rivoyati. 
Foyda:  solih zotlarning vafot etib, kamayib borishlari ham qiyomat alomatlaridan 
biridir. 
1828/22. Rifo’a ibn Rofe’ az-Zuraqiydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Jabroil alayhissalom 
Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga kelib: «Sizlar Badr g‘azotida qatnashganlarni qanday 
mavqe’da, deb bilasizlar?» deganlarida, Rasululloh (s.a.v.) «Biz ularni musulmonlarning 
eng afzali, deb bilamiz», dedilar. (Yoki shunga o‘xshash bir so‘z aytdilar.) Shunda Jabroil 
alayhissalom: «Biz ham Badr jangida ishtirok etgan farishtalarni eng afzalimiz, deb 
bilamiz», dedil ar. Imom Buxoriy rivoyati. 
1829/23. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Agar Alloh taolo 
biror qavmga azob yuborsa, u azob o‘sha qavmning yaxshisi-yu yomoniga birdek yetadi. 
Lekin qiyomatda amallariga qarab qayta tirilishadi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim 
rivoyatlari. 
Foyda:  azob tushsa, yaxshi-yu yomonni halok qiladi. Lekin qiyomatda niyatlariga 
qarab, ya’ni yaxshi bo‘lsa, yaxshilar qatorida, yomon bo‘lsa, yomonlar qatorida tiriladi. 
Shuning uchun yomonlar bilan aralashib yurishdan ogohlantiriladi. 
1830/24. Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) xurmo to‘nkasi ustiga 
chiqib xutba aytdilar. Qachonki, minbar qo‘yib berilganida, u to‘nkadan ovoz chiqqanini 
eshitdik. Ovoz qornida homilasi o‘n oylik bo‘lgan tuyaning ovoziga o‘xshardi. Rasululloh 

Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy 
 
 
Download 5.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling