Abu zakariyo yahyo ibn sharaf navaviy riyozus-solihiyn


Download 5.07 Kb.
Pdf ko'rish
bet52/53
Sana30.08.2017
Hajmi5.07 Kb.
#14625
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   53

www.ziyouz.com kutubxonasi 
327
qo‘yganman). Men ham o‘zimning g‘amim bilan ovoraman. Sizlar mendan boshqa 
kishining huzuriga boringlar. Ibrohim alayhissalomning huzuriga bora qolinglar», deb 
aytadilar. Ular Ibrohim alayhissalom huzurlariga borib: «Ey Ibrohim alayhissalom! Siz 
yer yuzidagi Allohning nabiysi va xalilisiz. Siz bugun bizga Rabbingiz o‘rtasida shafoatchi 
(vositachi) bo‘ling. Bizning bu kundagi holatimizga qaramaysizmi?» deyishadi. Ibrohim 
alayhissalom ularga: «Bugun Rabbim shunday g‘azab qildiki, bundan avval bu kabi 
g‘azab qilmagan edi. Bundan keyin ham bu darajada g‘azab qilmaydi. Men sizlarga 
shafoatchi bo‘la olmayman. Chunki men uch marta yolg‘on gapirganman. Men ham 
o‘zimning g‘amim bilan ovoraman. Sizlar mendan boshqa kishining huzuriga boringlar. 
Muso alayhissalom huzurlariga bora qolinglar», deb aytadilar. Ular Muso alayhissalom 
huzurlariga borib: «Ey Muso! Alloh sizni risolati va kalomi bilan boshqalardan afzal 
qilgan. Siz bugun bizga Rabbingiz o‘rtasida shafoatchi (vositachi) bo‘ling. Bizning bu 
kundagi holatimizga qaramaysizmi?» deyishganida, Muso alayhissalom: «Bugun Rabbim 
shunday g‘azab qildiki, bundan avval bu kabi g‘azab qilmagan edi. Bundan keyin ham bu 
darajada g‘azab qilmaydi. Men sizlarga vositachi bo‘la olmayman. Chunki men 
o‘ldirishga buyurilmagan jonni o‘ldirib qo‘yib (xatoga yo‘l qo‘yganman). Men ham 
o‘zimning g‘amim bilan ovoraman. Sizlar mendan boshqa kishining huzuriga boringlar. 
Iso alayhissalomning huzurlariga bora qolinglar», deb aytadilar. Ular Iso alayhissalom 
huzurlariga borib: «Ey Iso! Siz Allohning rasuli hamda Maryamga yuborgan kalimasi va 
ruhidirsiz. Va beshikdalik chog‘ingizda odamlar bilan gaplashgansiz. Siz bugun bizga 
Rabbingiz o‘rtasida shafoatchi (vositachi) bo‘ling. Bizning bu kundagi holatimizga 
qaramaysizmi?» deyishadi. Iso alayhissalom: «Bugun Rabbim shunday g‘azab qildiki, 
bundan avval bu kabi g‘azab qilmagan edi. Bundan keyin ham bu darajada g‘azab 
qilmaydi. Men ham o‘zimning g‘amim bilan ovoraman», deydilar-da, lekin qilgan 
gunohlarini zikr etmaydilar. «Sizlar mendan boshqa kishining huzuriga boringlar. 
Muhammad (s.a.v.) huzurlariga bora qolinglar», deb aytadilar».  
Boshqa rivoyatda shunday keltiriladi: «Keyin odamlar Muhammad alayhissalom 
huzurlariga kelib: «Ey Muhammad (s.a.v.),  siz Allohning rasuli va payg‘ambarlarning 
oxirgisisiz. Alloh taolo sizning avvalgi-yu keyingi gunohlaringizni mag‘firat qilgan bo‘lsa. 
Siz bugun bizga Rabbingiz o‘rtasida shafoatchi (vositachi) bo‘ling. Siz bizni qanaqa 
holatga tushib qolganimizga qaramaysizmi?» deyishadi». Muhammad alayhissalom 
aytadilar: «Keyin men yurib Arshning ostiga boraman. Va Rabbimga bo‘yin egib sajdaga 
yiqilaman. Alloh taolo men uchun shunday hamd va sanolar (eshigini) ochadiki, bundan 
oldin biror kishiga ochilmagan edi. Keyin menga: «Ey Muhammad (s.a.v.),  boshingizni 
ko‘taring. Xohlagan narsangizni so‘rang, u beriladi. Shafoat qilavering, qabul qilinadi», 
deyiladi. Men boshimni ko‘tarib: «Ummatim, ey Rabbim, ummatim, ey Rabbim, 
ummatim, ey Rabbim», deyman. Keyin Alloh taolo tomonidan: «Ey Muhammad 
alayhissalom! Hisob-kitobsiz jannatga kiruvchi ummatlaringizni o‘ng darvozadan olib 
kiring. Qolganlar esa boshqa eshiklardan kirishda boshqa ummatlarga sherikdir», degan 
farmon bo‘ladi. Mening jonim Uning qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, ikki darvoza oralig‘i 
Makka bilan Bahrayndagi Hajar shahri yoki Makka bilan Damashq janubidagi Busro 
shahri oralig‘ichadir». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
1866/60. Ibn Abbosdan rivoyat qilinadi. Ibrohim alayhissalom xotinlari Hojar va 
o‘g‘illari Ismoil alayhissalomni hali sutdan ajramagan paytlarida Baytulloh yaqinidagi 
katta daraxt ostiga tashlab ketdilar. U joy Zam-zam tepasidagi masjid yuqorisidadir. 
O’sha paytda Makkada biror kishi ham va biror ichimlik suvi ham yo‘q edi. Ibrohim 
alayhissalom ikkovlarini bitta xaltada xurmo va bitta meshda suv bilan o‘sha yerda 
qoldirib, endi orqalariga qaytib ketayotgan edilar, Ismoil alayhissalomning onalari Hojar: 
«Ey Ibrohim! Bizni bu kimsasiz vodiyda qoldirib, o‘zingiz qaerga ketmoqdasiz?» deb bir 

Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
328
necha marta aytsalar ham, ularga o‘girilib qaramadilar. Shunda Hojar: «Alloh sizga 
shunday qilishni buyurdimi?» degandilar, Ibrohim alayhissalom: «Ha», dedilar. Hojar: 
«Unday bo‘lsa, Alloh bizni sarson qilib tashlab qo‘ymaydi», dedilar-da, o‘sha joyga 
qaytib ketdilar. Ibrohim alayhissalom ham yo‘lda davom etib Xujunga yetganlarida, ular 
ko‘rinmaydigan joyda Ka’baga yuzlanib, qo‘llarini ko‘tarib quyidagicha duo qildilar: 
«Parvardigoro, albatta men zurriyotimdan (bir bo‘lagini -o‘g‘lim Ismoil va uning 
onasi Hojarni) Sening hurmatli Bayting huzuridagi ekin o‘smaydigan bir vodiyga 
joylashtirdim. Parvardigoro, (ular)  namozni to‘kis ado qilsinlar, deb (shunday 
qildim). Bas, Sen O’zing odamlarning dillarini ularga moyil qilib qo‘ygin va ularni 
(barcha)  mevalardan bahramand etgil. Shoyad, shukr qilsalar» (Ibrohim surasi, 
37-oyat). 
Hojar o‘g‘illari Ismoilni emizib, haligi suvdan ichib yurgandilar, meshdagi suvlari tugab 
qoldi. Hojar ham, o‘g‘illari Ismoil alayhissalom ham chanqab qolishdi. O’g‘illari 
chanqaganidan yerga qarab yotganini ko‘rgan Hojar o‘g‘limni bu holatda ko‘rmayin, deb 
yo‘lga ravona bo‘ldilar. Qarasalar, Safo tog‘i tog‘lar ichida ular turgan joyga eng yaqin 
ekan. Safo tepasiga chiqib: «Biror kishi ko‘rinarmikan?» deb vodiy tomonga 
yuzlangandilar, hech kimni ko‘rmadilar. Keyin Safodan tushib vodiyga yetganlarida, 
ko‘ylaklarining bir tomonini ko‘tarib, xuddi holdan toygan odam yugurgani kabi sekin-
asta yugurib, vodiydan o‘tib ketdilar. Keyin Marvaga ko‘tarilib: «Biror kishi 
ko‘rinarmikan?» deb yuzlangandilar, hech kimni ko‘rmadilar. Safo va Marva tepaligida 
mana shu tarzda yetti marta yugurdilar. (Rasululloh (s.a.v.): «Odamlar (haj va umrada) 
yetti marta sa’y qilib yugurishlari shuning uchundir», deganlar.) 
Yana Marvaga ko‘tarilgandilar, bir ovoz eshitdilar: «Jim bo‘l!». Keyin: «Ey bu ovoz 
egasi! Agar senda biror yordam bo‘lsa, o‘sha yordamingni bergin», dedilar. Qarasalar, 
bir farishta Zam-zam chashmasi oldida tovoni yoki qanoti bilan (erni) ishqagan edi, suv 
paydo bo‘ldi. Hojar qo‘llari ila mana bunday ko‘tarib havza qildilar hamda suvni 
hovuchlab meshlariga quydilar. Har to‘ldirganlaridan keyin ham suv favvora bo‘lib otilib 
chiqar edi. (Ba’zi rivoyatlarda «Hovuchlab olganlari miqdoricha otilib chiqar edi» bo‘lib 
kelgan.) 
(Rasululloh (s.a.v.)  «Alloh Ismoil alayhissalomni rahmatiga olsin, agar Zam-zam 
suvini havza qilmay, shundayligicha qoldirganlarida yoki hovuchlamay olganlarida edi, 
shu Zam-zam suvi bir oquvchi buloq-chashma bo‘lar edi», dedilar.) 
Hojar suvdan ichdilar va farzandlarini emizdilar. Farishta Hojarga: «Halok bo‘lib 
ketishdan qo‘rqmang! Chunki kelajakda bu yerda Alloh uchun bir uyni bu bola va uning 
otasi bino qiladi. Albatta Alloh o‘z ahlini halok qilmaydi», dedi. Ilgari Baytulloh tepalikda 
edi. Sel oqizgudek bo‘lsa, o‘ng va chap tarafidan o‘tib ketar edi. Ana shu muddatda 
davom etdi, hattoki Jurhum jamoasidan yoki qabilasidan bir toifa kishilar Kado nomli 
tomondan kelayotib, Makkaning pastki tomoniga tushishgan edi, qanot qoqib turgan 
qushlarni ko‘rishdi. Va: «Albatta qushlar suv bor joylarda aylanishadi. Bizlar ko‘pdan beri 
bu vodiydan o‘tar edik, ammo suv bo‘lmas edi», deyishdi. Keyin bir yoki ikki elchini bilib 
kelish uchun yuborishdi. Ular borib qarashsa, suv bor ekan. Qaytib kelib suv borligi 
xabarini berishdi. U qabila Zam-zam oldiga borishsa, Hojar turibdilar. Shunda ular: 
«Mana shu yerdan manzil qilishga ijozat berasizmi?» deb so‘rashdi. Hojar: «Ha, ijozat 
beraman. Lekin suv (xususida men xo‘jayinman). Sizlarning bunda haqqingiz yo‘qdir», 
dedilar. Ular bu shartga ko‘nib «Xo‘p», deyishdi. (Rasululloh (s.a.v.): «Hojarning ularga 
yashashlari uchun izn berishlariga sabab bu ayol tanho yashab hamrohlarga muhtoj 
bo‘lganlari uchundir», dedilar.) Keyin ular ahli-bolalarini olib kelish uchun odam 
jo‘natishdi. Ular olib kelinib o‘sha yerga joylashtirildi. Shunday qilib, u yerda xonadonlar 
paydo bo‘ldi. Ismoil alayhissalom yigit bo‘lib, ulardan chiroyli tarzda arab tilini 

Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
329
o‘rgandilar. Voyaga yetganlarida o‘sha qabilaga marg‘ub va mahbub bo‘ldilar. Bu zotdagi 
yetuklikni bilishganidan keyin o‘zlaridagi bir ayolga uylantirib qo‘yishdi. 
Hojar vafot etib, Ismoil alayhissalom uylanganlaridan keyin Ibrohim alayhissalom 
qoldirib ketgan xotinlari va o‘g‘illaridan xabar olgani keldilar. Lekin o‘g‘illari Ismoilni topa 
olmadilar. Kelinlaridan Ismoil alayhissalom haqida so‘ragan edilar, kelinlari: «Bizga rizq 
axtarib yoki ov qilish uchun chiqib ketdilar», dedi. Ibrohim alayhissalom kelinlaridan: 
«Yashashlaringiz va boshqa holatlaringiz qalay?» degandilar, kelinlari: «Biz yomon 
holatdamiz, juda ham qiynalib yashamoqdamiz», deb shikoyat qildi. Ibrohim 
alayhissalom: «Agar ering kelsa, mening nomimdan salom yetkaz va yana darvozasi 
ostonasini almashtirishini ham aytgin», dedilar. Ismoil alayhissalom qaytganlarida, 
kimdir kelganini sezdilar va xotinlaridan: «Biror kishi keldimi?» degandilar, xotinlari: 
«Ha, bunday sifatli bir qariya kelib, siz haqingizda so‘radi. Men siz haqingizda xabar 
berdim. Keyin yashashimiz haqida so‘ragan edi, men qiynalib yashayotganimizning 
xabarini berdim», dedi. Ismoil alayhissalom: «Biror narsa dedilarmi?» degandilar, 
xotinlari: «Ha, sizga salomlarini yetkazmoqni va darvozangiz ostonasini 
almashtirishingizni buyurdilar», dedi. Shunda Ismoil alayhissalom: «Bu kishi otam edi. 
Sendan ajrashishni buyuribdilar. Sen ota-onangnikiga borib yashagin», deb uning 
talog‘ini berdilar va o‘sha qabiladagi boshqa bir ayolga uylandilar. Alloh xohlaganicha 
fursatdan keyin Ibrohim alayhissalom yana o‘g‘illari huzuriga keldilar. Lekin o‘g‘illarini 
yana topa olmadilar. Kelinlaridan Ismoil alayhissalomning qaerga ketganliklarini 
so‘radilar. Kelinlari: «Rizq axtarib ketdilar», dedi. Otalari: «Qandaysizlar?» deb ularning 
yashashlari haqida so‘radilar. Kelinlari: «Allohga (hamd) va sano bo‘lsinki, yaxshi, mo‘l-
ko‘l yashayapmiz», dedi. Ibrohim alayhissalom: «Taomlaringiz nima?» deb so‘ragan 
edilar, kelinlari: «Go‘sht», dedi. «Ichimliklaringiz nima?» deganlarida, kelinlari: «Suv», 
dedi. Ibrohim alayhissalom: «Allohim, ularning go‘shtlari-yu suvlariga baraka ato qil», 
deb duo qildilar. (Rasululloh (s.a.v.): «O’sha kuni ularda bug‘doy yo‘q edi. Agar 
bo‘lganda, unga ham baraka tilab duo qilardilar. Agar suv va go‘sht uzluksiz Makkadan 
boshqa joyda yeyilsa, sog‘liq uchun zararlidir (lekin duo barakotidan Makkada unday 
emas)», deb aytdilar.) 
Boshqa rivoyatda keltirilishicha, Ibrohim alayhissalom kelib: «Ismoil alayhissalom 
qaerda?» deb so‘radilar. Kelinlari: «Ovga ketdilar», deb qaynotalariga: «Tushib 
ovqatlanib ketmaysizmi?» dedi. Ibrohim alayhissalom: «Yemak va ichmaklaringiz 
nima?» deb so‘radilar. Kelin: «Yemagimiz go‘sht, ichimligimiz suv», dedi. Ibrohim 
alayhissalom: «Allohim, ularning yemak va ichmaklariga baraka ato et», deb duo 
qildilar. (Rasululloh (s.a.v.): «Bu mo‘l-ko‘lchiliklar Ibrohim alayhissalom duolari 
barakotidandir», dedilar.) Keyin Ibrohim alayhissalom kelinlariga: «Agar ering kelsa, 
mening salomimni yetkaz. Va u darvoza ostonasini mustahkam qilsin», dedilar. Ismoil 
alayhissalom qaytganlarida xotinlaridan: «Biror kishi keldimi?» deb so‘radilar. Xotinlari: 
«Ha! Chiroyli suratdagi bir qariya keldi», deb u zotni maqtadi va: «Siz haqingizda 
so‘ragan edi, men uning xabarini berdim. Yana yashashimiz haqida ham so‘ragan edi, 
men yaxshi holatdamiz, deb aytdim», dedi. Ismoil alayhissalom xotinlaridan: «Otam 
biror narsa aytdilarmi?» deb so‘ragandilar, xotinlari: «Ha, sizga salom yo‘lladilar va 
darvozangiz ostonasini mustahkamlashingizni buyurdilar», dedi. Ismoil alayhissalom: 
«Bu kishi otam edi. Ostona, deb seni aytganlar. Seni mahkam ushlashimni 
buyuribdilar», dedilar. Keyin Ibrohim alayhissalom Alloh xohlaganicha fursatda ular 
oldiga kelmadilar. Qachonki, yana kelganlarida Ismoil alayhissalom Zam-zam yaqinidagi 
katta daraxt ostida kamon o‘qi tayyorlayotgan edilar. Ismoil alayhissalom Ibrohim 
alayhissalomni ko‘rganlarida xuddi bola ota bilan, ota bola bilan ko‘rishgani kabi 
ko‘rishishdi. Ibrohim alayhissalom: «Ey Ismoil! Rabbim menga bir ishni bajarishni 

Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
330
buyurdi», deganlarida, Ismoil alayhisalom: «Rabbingiz buyurgan narsani bajaring», 
dedilar. Ibrohim alayhissalom: «Bunda menga yordam berasanmi?» dedilar. O’g‘illari: 
«Sizga yordam beraman», dedilar. Ibrohim alayhissalom: «Albatta Alloh mana bu yerga 
uy qurishni buyurdi», deb atrofdagi yerlarga nisbatan baland bo‘lgan bir tepalikka ishora 
qildilar. 
Va uyning asosini ko‘tardilar. Ismoil alayhissalom toshlarni olib keldilar. Ibrohim 
alayhissalom esa uni qurdilar. Hatto uyni ko‘tarib, hozirgi maqomi Ibrohimdagi toshni 
olib kelib o‘rnatdilar. Ibrohim alayhissalom uning ustiga chiqib bino qilardilar. Ismoil 
alayhissalom esa toshni uzatib turardilar. Va ikkovlari: «Ey Rabbimiz, bizdan buni qabul 
et. Albatta Sen eshitguvchi va bilguvchi Zotsan», deb aytib turishar edi. 
Boshqa rivoyatda aytilishicha esa, bir kuni Ibrohim alayhissalom xotinlari Hojar va 
o‘g‘illari Ismoilni olib, bir idishga suv to‘ldirib, birga yo‘lga chiqishdi. Hojar u idishdagi 
suvdan ichar edilar, sutlari ham o‘g‘illariga kifoya qilar edi. Shu holatda Makkaga kirib 
borishdi. Ibrohim alayhissalom ularni katta bir daraxt ostiga qo‘yib, o‘zlari narigi 
ahliyalari huzuriga qaytib ketayotganlarida, Hojar ham u zotning ortlaridan ergashdilar. 
Kado nomli joyga yetganlarida, orqalaridan bir kimsa: «Ey Ibrohim! Siz bizni kimga 
tashlab ketyapsiz?» dedi. Ibrohim alayhissalom: «Alloh taologa», dedilar. Hojar: 
«Allohga bo‘lsa, roziman», dedilar-da, qaytib ketdilar va haligi idishdagi suvdan ichib, 
bolalariga o‘z sutlaridan emizib yuraverdilar. Qachonki, u suv nihoyasiga yetganda 
«Qani, (nariroqqa) borib qaray-chi, shoyad, biror kishini uchratsam», dedilar. Keyin 
borib Safoga ko‘tarildilar. «Biror kishini uchratarmikinman?» deb qayta-qayta qaradilar. 
Biror kishini uchratmadilar. Keyin vodiyga tushib, sa’y qildilar va Marvaga kelib ham ana 
shu tariqa bir necha marta borib keldilar. So‘ngra: «Borib qaray-chi, go‘dak nima 
qilyapti ekan?» deb borib qarasalar, u avvalgi holatidek ovozini past-baland qilib yotibdi. 
Nafslari yana xotirjam bo‘lmadi. Va: «Yana borib qaray-chi, shoyadki, biror kishini 
uchratsam», dedilar. Borib Safoga ko‘tarildilar va qayta-qayta qarab biror kishini 
uchratmadilar. Hammasi bo‘lib mana shu tariqa yetti marta aylandilar. Keyin yana: 
«Borib qaray-chi! Nima qilyapti ekan?» deb borgandilar, bir ovozni eshitdilar. Va unga: 
«Agar senda yaxshilik bo‘lsa, bizga yordam qil», dedilar. Qarasalar, Jabroil alayhissalom 
turibdilar. Jabroil alayhissalom tovonlari bilan ishora qilib yerga urgandilar, yerdan suv 
otilib chiqdi. Hojar esa bundan dahshatga tushdilar va hovuchlarini to‘ldira boshladilar», 
deb ushbu hadis roviyi yuqoridagi hadisni oxirigacha bayon etdilar. 
Bularning barchasini Imom Buxoriy rivoyat qilganlar. 
1867/61. Said ibn Zayddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Qo‘ziqorin Bani 
Isroillar yegan holvalaridandir. Uning suvi ko‘z uchun shifodir», dedilar. Imom Buxoriy 
va Muslim rivoyatlari. 
 

Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
331
ISTIG’FOR KITOBI 
 
371-bob  
Istig‘for xususida 
 
Alloh taolo: 
«Allohdan mag‘firat qilishini so‘rang» (Niso surasi, 106-oyat); 
«Darhol Parvardigoringizga hamd aytish bilan (U zotni har qanday 
«sherik»lardan) poklang va U zotdan mag‘firat so‘rang! Zero, U tavbalarni qabul 
qilguvchi bo‘lgan Zotdir» (Nasr surasi, 3-oyat); 
«Taqvodor kishilar uchun Parvardigorlari huzurida ular abadiy qoladigan
taglaridan daryolar oqib turguvchi jannatlar, pokiza juftlar va Allohning Rizoligi 
bor. Alloh bandalarini ko‘rib turguvchidir. Ular: «Parvardigoro, bizlar Senga 
iymon keltirganmiz, endi O’zing gunohlarimizni mag‘firat ayla va bizni 
jahannam azobidan asra!» deydilar. Ular sabr-qanoatli, iymonlarida sodiq, 
ibodat-itoatli, infoq-ehsonli bo‘lgan va saharlarda Allohdan mag‘firat tilaydigan 
kishilardir» (Oli Imron surasi, 15-17-oyatlar); 
«Kim biron yomon ish qilsa yoki (Allohning buyruqlariga itoat etmasdan) o‘z 
joniga jabr qilsa, so‘ngra Allohdan mag‘firat so‘rasa, Allohni mag‘firat qilguvchi 
va mehribon ekanini topar-ko‘rar» (Niso surasi, 110-oyat); 
«Modomiki, siz ularning oralarida ekansiz, Alloh ularni hargiz azoblamas va 
ular mag‘firat so‘rab turgan hollarida ham Alloh ularni azoblaguvchi emasdir» 
(Anfol surasi, 33-oyat); 
«(U taqvodor zotlar) qachon biron-bir fahsh-gunoh qilib qo‘ysalar yoki 
(qandaydir noloyiq ish  qilish bilan) o‘zlariga zulm qilsalar, darhol Allohni eslab, 
gunohlari uchun mag‘firat - kechirim so‘raydigan, - har qanday gunohni yolg‘iz 
Allohgina mag‘firat qilur, - bilgan hollarida qilgan gunohlarida davom 
etmaydigan kishilardir» (Oli Imron surasi, 135-oyat), deb aytgan. Bu bobga tegishli 
oyatlar ko‘pdir. 
1868/1. Ag‘arrul Muzaniydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Mening 
qalbim ham (zikrdan to‘xtab) to‘silib turadi. Albatta men ham har kuni Alloh taologa yuz 
marta istig‘for aytaman», dedilar. Imom Muslim rivoyati. 
1869/2. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Allohga qasamki, 
albatta men Alloh taologa bir kunda yetmish martadan ko‘p istig‘for aytib tavba 
qilaman», dedilar. Imom Buxoriy rivoyati. 
1870/3. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Allohga qasamki, 
agar sizlar gunoh qilmasangizlar, Alloh sizlarni ketkazib, (o‘rningizga boshqa) gunoh 
qiladigan qavmni olib keladi. Bas, ular (gunohlariga) istig‘for aytishadi, Alloh esa 
ularning gunohlarini kechiradi», dedilar. Imom Muslim rivoyati. 
1871/4. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasulullohning (s.a.v.) bir majlisda yuz 
marta «Robbig‘firliy va tub ‘alayya innaka anta tavvobur rohiym», deb aytganlarini 
hisobladik». Abu Dovud va Termiziy rivoyatlari. 
1872/5. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kim istig‘forni lozim 
tutsa, Alloh taolo har bir tanglikdan chiquvchi yo‘l va har turli g‘amdan yengillik hamda 
uni hech bir o‘ylamagan tomonidan rizqlantirib qo‘yadi», dedilar. Abu Dovud rivoyati. 
1873/6. Ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Astag‘firulloh allaziy 
la ilaha illa huval hayyul qayyum va atubu ilayhi, deb aytsa, (Alloh) urushdan 
qochgandagi gunohini ham kechirib yuboradi», dedilar. (Ma’nosi: «Barhayot, tirik 
Allohdan avf etishini so‘rayman va Unga tavba qilaman».) Abu Dovud va Termiziy 

Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
332
rivoyatlari.  Imom Hokim bu hadis Buxoriy va Muslimning shartlariga binoan sahihdir, 
deganlar. 
1874/7. Shaddod ibn Avsdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kim sayyidul 
istig‘for - «Allohumma anta robbiy la ilaha illa anta xolaqtaniy va ana ‘abduka va ana 
‘ala ‘ahdika va va’dika mastato’tu a’uzu bika min sharri ma sona’tu, abu‘u laka 
bini’matika ‘alayya va abu‘u bizambiy fag‘firliy fainnahu la yag‘firuz zunuba illa anta»ni 
kechki payt aytib, shu kuni vafot etsa, jannatga kiradi. Kim tongda aytib, shu kuni vafot 
etsa, unda ham jannatga kiradi», dedilar. (Ma’nosi: «Allohim, Sen Parvardigorimsan, 
Sendan boshqa iloh yo‘q. Meni xalq qilding va men Sening qulingman. Men Senga 
bergan va’damda va Senga bergan ahdimda qodir bo‘lganimcha turibman. Qilgan 
narsalarimning yomonidan Sening noming bilan panoh tilayman. Menga ato qilgan 
ne’matlaringga iqror bo‘ldim. Va yana gunohlarimga ham iqror bo‘ldim. Mening 
gunohlarimni kechir. Chunki Sendan boshqasi gunohlarimni kechira olmaydi».) Imom 
Buxoriy rivoyati. 
1875/8. Savbondan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) namozni tugatsalar, uch 
marta «Astag‘firulloh», deb so‘ngra: «Allohumma antas salom va minkas salom
taborakta ya zal jalali val ikrom», deb aytardilar. (Ma’nosi: «Ey Allohim, Sen salomsan 
va salom Sendandir. Ey ulug‘ va hurmatli Zot, Sen barakotlisan».) Mana shu hadis 
roviylaridan biri Avzo’iyga: «Istig‘for nechuk bo‘ladi?» deyilganida, u zot: «(Bunda): 
«Astag‘firulloha, astag‘firulloha», deyiladi», deb aytdilar. Imom Muslim rivoyati. 
1876/9. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) o‘lishlaridan oldin: 
«Subhanallohi va bihamdihi astag‘firulloha va atubu ilayhi», ya’ni «Allohga hamd aytish 
ila Uni poklab yod etaman. Allohga istig‘for aytib tavba qilaman», deb ko‘p aytardilar. 
Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
1877/10. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) aytadilar: «Alloh taolo: 
«Ey Odam bolasi, sen Menga duo qilding va Mendan umid qilding. Men esa sening 
gunohingni ahamiyat bermasdan kechirib yubordim. Ey Odam bolasi, agar gunohing 
osmon buluticha bo‘lsa ham, Menga istig‘for aytsang, gunohingni kechiraman. Ey Odam 
bolasi, agar Menga yerni to‘ldiradigan gunoh bilan kelib, so‘ngra biror narsa bilan Menga 
shirk keltirmasang, gunohing to‘laligicha mag‘firat bilan senga boraman», dedi». Imom 
Termiziy rivoyati. 
1878/11. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Ey ayollar jamoasi, 
sadaqa beringlar va istig‘for aytishni ko‘paytiringlar, chunki do‘zax ahlining ko‘pchiligini 
siz ayollardan tashkil topganini ko‘rdim», deganlarida, bir ayol: «Nima uchun do‘zax 
ahlining aksariyati biz ayollardan tashkil topgan?» deganida, Rasululloh (s.a.v.) 
«La’natni ko‘p aytasizlar va erlaringizga ko‘p noshukrlik qilasizlar. Men o‘zi aql va dinda 
noqis bo‘lib, aqllilar ustidan g‘olib keluvchilarni sizlardan boshqalarda ko‘rmadim», 
dedilar. Haligi ayol: «Aqli va dini noqis, deganingiz nima?» deb so‘ragan edi, Rasululloh 
(s.a.v.)  «Ikkita ayolning guvohligi bitta erkak guvohligiga teng bo‘lishi aqli noqisligidir. 
Hayz va nifos qoni ko‘rganda namoz o‘qimasligi dini noqisligidir», de dil ar. Imom 
Muslim rivoyati. 
Download 5.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling