Abu zakariyo yahyo ibn sharaf navaviy riyozus-solihiyn
Download 5.07 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Alloh uni
- 299-bob Bitta poyafzal yoki mahsida uzrsiz yurish hamda poyafzali va
296-bob Sochga soch ulash, badanga igna bilan yozuvlar (tatuirovka) chizish va tishlarni o‘tkirlash hamda orasini ochishning haromligi haqida Alloh taolo: «Ular (ya’ni, Allohga shirk keltirgan kimsalar) Allohni qo‘yib, faqat (Lot, Uzza, Manot) kabi sanamlarga sig‘inadilar va faqat itoatsiz shaytonga sig‘inadilar. Alloh uni (shaytonni) la’natladi. (Shunda) u dedi: «Qasamki, bandalaring orasidan o‘zimga tegishli nasibani albatta olaman. Va ularni yo‘ldan ozdiraman, xom xayollarga mubtalo qilaman, buyursam, ular chorvalarining quloqlarini kesadilar, buyursam, Alloh yaratgan narsalarni o‘zgartirib-buzadilar» (Niso surasi, 117-119-oyatlar), deb aytgan. 1641/1. Asmodan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir ayol Rasulullohdan (s.a.v.) «Ey Allohning Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 288 rasuli, qizimga qizamiq toshib, sochlari to‘kilib ketdi. Men uni erga uzatmoqchiman. Endi o‘sha tushib ketgan sochlari o‘rniga soch ulasam bo‘ladimi?» deganida, u zot: «Alloh soch ulovchi va sochiga soch ulatgan ayolni la’natlagan», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. Boshqa rivoyatda «Soch ulaguvchi va soch ulatuvchi ayolni Alloh la’natlagan» bo‘lib kelgan. Imom Buxoriy va Muslim Oisha onamizdan ham xuddi shu ma’noda boshqa bir hadisni ham rivoyat qilishgan. 1642/2. Humayd ibn Abdurahmondan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu zot Muoviya (r.a.) hajga kelgan yillari minbar ustida turib, yonlarida soqchilari qo‘liga bir tutam sochni ushlatib quyidagicha aytgan so‘zlarini eshitdilar: «Ey Madina ahllari, ulamolaringiz qaerda? Men Rasulullohdan (s.a.v.) mana shunaqa (soch ulashga o‘xshash) ishlardan man etganlarni eshitganman. Rasululloh (s.a.v.) «Bani Isroil qavmi xotinlari mana shunaqa ishlarni qilishganda qaytarmaganlari sababli halok bo‘lishgan», deb aytdilar». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 1643/3. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) soch ulaguvchi va soch ulatuvchi hamda (xolga o‘xshash birorta) belgi qo‘yuvchi va qo‘ydiruvchi ayollarni la’natladilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 1644/4. Ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu zot: «Alloh taolo (holga o‘xshash birorta) belgi qo‘yuvchi va qo‘ydirguvchi, qoshlarni terib ingichka qildiruvchi, yakkam- dukkam tishlarni chiroyli bo‘lishi uchun egovlatuvchi va Alloh yaratgan narsalarga o‘zgartish kirituvchilarni la’natlagan», deganlarida, bir xotin Ibn Mas’udga e’tiroz bildirgan edi, shunda Ibn Mas’ud (r.a.): «Allohning rasuli la’natlagan bo‘lsa, qanday qilib men la’natlamayin?! Holbuki, Alloh taolo Qur’oni karimda: «Payg‘ambar o‘zi sizlarga ato etgan narsani olinglar, u zot sizlarni qaytargan narsadan qaytinglar» (Hashr surasi, 7- oyat) degan», deb javob qildilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 297-bob Soch va soqolning oqini yulish hamda yigitlarning yangi soqolni yulishdan qaytarilgani haqida 1645/1. Amr ibn Shu’ayb otalaridan, otalari esa bobolaridan qilgan rivoyatlarida aytilishicha, Rasululloh (s.a.v.): «(Soch va soqolning) oqini yulmanglar. Chunki u qiyomat kuni musulmonga nur bo‘ladi», deb aytdilar. Abu Dovud, Termiziy va Nasaiylar hasan isnod bilan rivoyat qilishdi. 1646/2. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Kim biror amal qilsa-yu, u bizning shariatimizda yo‘q bo‘lsa, ana shu rad qilingandir», dedilar. Imom Muslim rivoyati. 298-bob O’ng qo‘l bilan istinjo qilish hamda jinsiy a’zolarni ushlash makruh ekani haqida 1647/1. Abu Qatodadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Agar sizlardan biringiz bavl qilsa (siyadigan bo‘lsa), zakarini (olatini) o‘ng qo‘li bilan ushlamasin va o‘ng qo‘li bilan istinjo qilmasin hamda idish ichida nafas olmasin», deb aytdilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 299-bob Bitta poyafzal yoki mahsida uzrsiz yurish hamda poyafzali va Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 289 mahsisini uzrsiz tik turib kiyishning karohiyati haqida 1648/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Bir poyafzalni kiyib yurmasin. Ikkovini kiyib yursin yoki ikkovini yechib qo‘yib yursin», dedilar. Boshqa rivoyatda «Yoki yalang oyoq bo‘lib yursin» bo‘lib kelgan. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 1649/2. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Agar sizlardan biringizning poyafzali tasmasi uzilib ketsa, toki uzilganni tuzatmaguncha ikkinchisini kiyib yurmasin», dedilar. Imom Muslim rivoyati. 1650/3. Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) tik turib poyafzal kiyishdan man qildilar. Abu Dovud hasan isnod bilan rivoyat qilganlar. Foyda: chunki mana shunday holatda yurish kishidan viqorni ketkazib, boshqalar oldida masxara bo‘lib yurishga yoki yurishni qiyinlashtirib, hatto yiqilishga sabab bo‘lishi mumkin. 300-bob Uyda uxlash oldidan olov, chiroq yoki shunga o‘xshash narsalarni yoqilgan holda qoldirishdan qaytarilgani haqida 1651/1. Ibn Umardan rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Uxlayotgan paytingizda uylaringizda olovlarni yoqilgan holda qoldirmanglar», deb aytdilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 1652/2. Abu Muso al-Ash’ariydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Madina ahlidan bo‘lgan bir kishining uyi kechasi yonib ketdi. Bu haqda Rasulullohga (s.a.v.) xabar berilganda, u zot: «Albatta olov sizlarning dushmanlaringizdir. Qachon uxlamoqchi bo‘lsangiz, uni o‘chirib yotinglar», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 1653/3. Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Idishlaringiz qopqog‘ini yopinglar, meshlarning og‘zini bog‘langlar, darvozalarni zanjirlab berkitinglar. Chiroqlarni o‘chiringlar. Chunki ana shunday qilsangiz, shayton meshlarning og‘zini yecholmaydi, darvozalarni ocholmaydi va idishning qopqog‘ini ko‘tarolmaydi. Agar sizlardan birortangiz idishni yopish uchun qopqoq topa olmasa, biror cho‘pni bo‘lsa ham, idishning ustiga tashlab Allohning ismini zikr qilib qo‘ysin. Chunki sichqoncha uyda o‘sha uy egalariga olovni ilashtirib yuboradi», dedilar. Imom Muslim rivoyati. Foyda: yuqoridagi uchta hadisdan uxlash paytida olovlarni xoh u yoritish maqsadidagi chiroq va sham bo‘lsin yoki isitish maqsadidagi gaz va pechka bo‘lsin, barchasini o‘chirmasdan uxlashning karohiyati tushunilmoqda. Qoldiq ovqatlarning, idishdagi suvlarning ustini yopishga ham buyurilmoqda. Chunki ularning usti ochiq qolsa, har xil zarar beruvchi hasharotlar va mikroblar tushishi mumkin. 301-bob Takalluf (din va dunyoga foydasi bo‘lmagan so‘z va amallar)dan qaytarilgani haqida Alloh taolo: «(Ey Muhammad, ularga) ayting: «Men (Qur’onni yetkazganim uchun) sizlardan biron ajr-haq so‘ramayman va men soxtakorlardan (ya’ni, yolg‘ondan payg‘ambarlikni da’vo qilguvchi kimsalardan) ham emasman» (Sod surasi, 86-oyat), deb aytgan. 1654/1. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu zot: «Biz takallufdan man etildik», Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 290 deb aytdilar. Imom Buxoriy rivoyati. 1655/2. Masruqdan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Biz Abdulloh ibn Mas’ud huzurlariga kirsak, u zot: «Ey odamlar, kimki biror narsani bilsa, uni aytsin. Agar bilmasa, Allohu a’lamu, ya’ni Alloh biluvchiroq, deb aytsin. Chunki bilmaydigan narsasini Alloh biluvchiroq, deb aytish ham ilmli ekaniga dalolat qiladi. Bu haqda Alloh taolo payg‘ambariga: «Men (Qur’onni yetkazganim uchun) sizlardan biron ajr-haq so‘ramayman va men soxtakorlardan ham emasman», deb ayting», dedi», deb aytayotgan ekanlar». Imom Buxoriy rivoyati. 302-bob O’lgan kishiga dod-voy solib yig‘lash, yuzini tirnab, yoqalarini yirtish, sochlarini yulib olishdan hamda halokat va do‘zax so‘rab duo etishdan qaytarilgani haqida 1656/1. Umar ibn Xattobdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «O’likka yig‘lansa, o‘sha sababdan unga azob beriladi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. Boshqa rivoyatda «Yig‘lagani muddaticha azob beriladi» bo‘lib kelgan. 1657/2. Abdulloh ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kim yuziga urib, yoqalarini yirtib, johiliyat da’volari bilan dod-voy qilsa, bizdan emas», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 1658/3. Abu Burdadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Abu Musoni (r.a.) qattiq og‘riq tutib hushlaridan ketib qoldilar. O’sha paytda u zotning boshlari xotinlarining tizzalarida edi. Xotinlari u zotdagi bu holatni ko‘rib baqir-chaqir qilib yubordi. Abu Muso esa ularni bunday qilib dod-voy qilishdan man etishga qurbilari yetmadi. Qachonki, hushlariga kelganlarida: «Men Rasululloh (s.a.v.) daxlsiz bo‘lgan amaldan yiroqdirman. Chunki Rasululloh (s.a.v.) o‘lgan kishini turli sifatlarini aytib voy-dodlab yig‘lovchidan, sochlarini yuluvchidan va kiyimlarini yirtuvchidan o‘zlarini uzoq tutganlar», deb aytdilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 1659/4. Mug‘iyra ibn Sho‘‘badan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kim vafot etsa, unga ovoz chiqarib yig‘lansa, qiyomat kuni yig‘langani sababidan azoblanadi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 1660/5. Ummu Atiyyadan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasululloh (s.a.v.) bizdan o‘lganlarga dod-voylab yig‘lamaslik haqida ham bay’at oldilar». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 1661/6. No‘‘mon ibn Bashirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Abdulloh ibn Ravoha (r.a.) hushlaridan ketib qolganlarida, singillari «Voy tog‘im, voy undog‘im, voy bundog‘im», deb turli narsalarni aytib dodlab yig‘ladi. Qachonki, Abdulloh ibn Ravoha hushlariga kelib, singillariga «Nimani aytib yig‘lagan bo‘lsang, menga «Haqiqatda shundaymiding?» deb farishtalar tomonidan dashnom berilardi», dedilar. Imom Buxoriy rivoyati. 1662/7. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) Abdurahmon ibn Avf, Sa’d ibn Abu Vaqqos, Abdulloh ibn Mas’udlar bilan birga Sa’d ibn Ubodani ko‘rgani kirdilar. Qachonki, kirganlarida uni behush holatda ko‘rib: «Vafot etdimi?» deb so‘radilar. Oila a’zolari: «Yo‘q, ey Allohning rasuli», deyishdi. Keyin Rasululloh (s.a.v.) unga qarab turib yig‘lab yubordilar. Rasululloh yig‘laganlarini ko‘rib qavmdagilar ham yig‘lashdi. Shunda Rasululloh (s.a.v.) «Eshitmadinglarmi, Alloh ko‘z yoshiga va qalbning xafaligiga azoblamaydi. Lekin mana bunga azoblaydi yoki rahm qiladi», dedilar tillarini ko‘rsatib. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 1663/8. Abu Molik Ash’ariydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «O’liklarga Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 291 dod-voy solib yig‘lovchi ayol agar bu dunyoda tavba qilib olmasa, qiyomat kuni olovni alangalatuvchi qora suyuq moddadan ko‘ylak va qo‘tirdan boshqa kiyim-kechaklar kiygizilib tik qilib qo‘yiladi», dedilar. Imom Muslim rivoyati. 1664/9. Tobe’in Usayd ibn Usayddan rivoyat qilinadi. Bay’at qilgan xotinlardan biri: «Rasululloh (s.a.v.) bizdan osiylik qilmaslikka, dod-voy solmaslikka, yoqalarni yirtmaslikka va sochlarni to‘zg‘itib yubormaslikka bay’at oldilar», deb aytdi. Abu Dovud hasan isnod ila rivoyat qilganlar. 1665/10. Abu Musodan (r.a.) rivoyat qilinadi Rasululloh (s.a.v.) «Biror odam vafot etsa-yu, uning atrofidagilar «voy (ishongan) tog‘im», «voy xojam» yoki shunga o‘xshash narsalarni aytib yig‘lasa, ikki vakil qilingan farishta: «Haqiqatda shundaymisan?» deb vafot qilgan kishining ko‘kragiga urishadi», dedilar. Imom Termiziy rivoyati. 1666/11. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Insonlarda ikki xislat borki, ular ana shu ikki xislat bilan kufrdadirlar: nasabini haqorat qilish va mayyitga baland ovoz bilan yig‘lash», dedilar. Imom Muslim rivoyati. 303-bob Kohin, munajjim, folbin hamda qum, tosh, arpa va shularga o‘xshash narsalar yordamida fol ochuvchilar huzuriga borishdan qaytarilgani haqida 1667/1. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Odamlar Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga kelib kohin va folbinlar haqida so‘rashganida, u zot: «Ular gapining o‘rni yo‘q», dedilar. Odamlar: «Ey Allohning rasuli, gohida o‘sha folbinlar aytgan so‘z to‘g‘ri chiqib qoladi- ku?» deyishgan edi, u zot: «Aslida bu so‘zlar haq bo‘lib, uni jinlar ilib olishadi, o‘z do‘stlari - folbinlar qulog‘iga yetkazib beradi. Folbinlar esa o‘sha narsalarga yuzta yolg‘onni qo‘shib, odamlarga yetkazadi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. Imom Buxoriyning Oishadan qilgan rivoyatlarida keltirilishicha esa, Rasululloh (s.a.v.) «Farishtalar bulutga tushib, osmonda hukm qilingan ishlar xususida gaplashishsa, shayton ularning so‘zlariga o‘g‘rincha quloq tutib eshitib oladi-da, folbinlarga eshitgan narsasini yetkazadi. O’z-o‘zidan folbinlar o‘zlaridan yuz xil yolg‘onni qo‘shib xalqqa tarqatishadi», dedilar. 1668/2. Safiyya binti Abu Ubaydning Rasulullohning (s.a.v.) ba’zi xotinlaridan qilgan rivoyatlarida aytilishicha, Rasululloh (s.a.v.) «Kim folbin yoki munajjim huzuriga borib biror narsa haqida so‘rasa, keyin folbin bergan javobga ishonsa, o‘sha kishining qirq kun o‘qigan namozi qabul etilmaydi», dedilar. Imom Muslim rivoyati. 1669/3. Qubaysa ibn Muxoriqdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Tayoqcha bilan yerga chiziq tortib biror narsa haqida xabar berish, yomon narsa bilan shumlanish va qushlarni uchirib fol ochish, ya’ni o‘ng tomonga uchsa, ishini bajarib, chap tomonga uchsa, shumlanish sehr amalidandir», dedilar. Abu Dovud hasan isnod bilan rivoyat qilganlar.limning shartlariga binoan sahih isnod ila rivoyat qilganlar. 1670/4. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Kim munajjimlik ilmidan ta’lim olib o‘zlashtirsa, sehrgarlikdan bir qism o‘rganibdi. Ya’ni, munajjimlik ilmidan ta’lim olishni ko‘paytirsa, sehrgarlikdan ham o‘shanchasini o‘zlashtiribdi», dedilar. Abu Dovud sahih isnod bilan rivoyat qilganlar. 1671/5. Muoviya ibn Hakamdan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Men: «Ey Allohning rasuli! O’zim Islomga kirganimga oz kun bo‘ldi. Alloh taolo dunyoga Islom dinini olib keldi. Oramizda shunday kishilar borki, hali ham folbinlarga borishadi», desam, u zot: «Sen bormagin», dedilar. Va yana: «Oramizda yana shunday kishilar ham borki, ba’zi narsalarda yomon shumlanishadi», desam, u zot: «Bu narsa ularning qalblarida paydo Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 292 bo‘ladigan narsadir. Agar shunday bo‘lsa, u shumlanish ularni qiladigan ishlaridan to‘smasin», dedilar. Men yana: «Oramizda yana shunday kishilar borki, (ba’zi narsalarni bilish uchun yerga) chiziq tortishadi», desam, u zot: «Ilgarigi payg‘ambarlardan birlari ham chiziq tortar edi. Kimning chizig‘i o‘sha payg‘ambarning chizig‘iga muvofiq kela olsa, zarari yo‘qdir. Ya’ni, o‘sha payg‘ambarning chizig‘idek torta olmaydi. Shuning uchun chiziq tortmasin», dedilar». Imom Muslim rivoyati. 1672/6. Abu Mas’ud al-Badriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v) it sotib, uning pulini olishdan, buzuq xotinni (birorta kishiga) topshirib, uning mahrini olishdan hamda folbinlarga hadya (shirinlik) berishdan man etdilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 304-bob Shumlanishdan qaytarilgani haqida Bu haqda yuqoridagi boblarda ham hadislar keldi. 1673/1. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Kasal yuqishi hamda yomon shumlanish yo‘qdir. Yaxshilikka yo‘yish (nekbinlik) menga ma’qul narsadir», deganlarida, sahobalar: «Nekbinlik nima?» deb so‘rashdi. Shunda Rasululloh (s.a.v.) «Yaxshi(likka yo‘yilgan) so‘zlar», deb aytdilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 1674/2. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kasal yuqishi hamda yomon shumlanish yo‘q narsadir. Agar biror narsada shumlanish bo‘lsa, hovlida, xotinda va otda bo‘ladi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. Foyda: uyning shumligi uning torligi va qo‘shnilarning yomonligida bo‘ladi. Xotinning shumligi diyonatsiz, badxulqligida bo‘ladi. Otning shumligi esa egasini mindirmasligida bo‘ladi. 1675/3. Buraydadan rivoyat qilinadi. Bu zot: «Rasululloh (s.a.v.) yomon shumlanmas edilar», deb aytdilar. Abu Dovud sahih isnod bilan rivoyat qilganlar. 1676/4. Urva ibn Omirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) huzurlarida shumlanish haqida zikr etilganida, u zot: «Ularning eng yaxshisi nekbinlik (yaxshilikka yo‘yish)dir. Musulmon kishining bunday shumliklar irodasidan qaytara olmaydi. (Chunki musulmon hamma narsa Alloh taolodan bo‘lishligini, undan boshqasi ta’sir o‘tkaza olmasligini biladi.) Agar sizlardan biringiz tabiatiga ma’qul kelmagan narsalarni ko‘rib qolsa, «Allohumma la ya’tiy bil hasanoti illa anta. Vala yadfa’u sayyioti illa anta. Va la havla va la quvvata illa bika» duosini o‘qisin», dedilar. (Ma’nosi: «Allohim, Sendan boshqa yaxshilik keltirguvchi va Sendan boshqa yomonlikni ketkazuvchi hamda Sendan boshqa kuch-quvvatli Zot yo‘qdir».) Abu Dovud rivoyati. 305-bob Gilamga, toshga, kiyimga, dirhamga, dinorga, bolishga, yostiqqa va boshqa narsalarga hayvonlar (va boshqa jonli narsalar) suratini chizishning haromligi haqida 1677/1. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Albatta bu suratlarni chizganlarga qiyomat kuni azob beriladi. Va ularga «Suratlarni chizish orqali dunyoga keltirdinglar. Endi mana shu yaratgan narsalaringizga jon kiritinglar», deyiladi», deb aytdilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 1678/2. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasululloh (s.a.v.) safardan kelganlarida uyim tokchasiga surati bor qizil choyshab to‘sib qo‘ygan edim. U zot buni ko‘rib (g‘azablari kelganidan) yuzlari o‘zgarib ketdi. Va: «Ey Oisha! Qiyomat kuni Alloh Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 293 huzurida azobi eng qattiq kishi Alloh yaratgan narsalarga o‘xshash yaratuvchi, ya’ni surat tushiruvchilardir», dedilar. Keyin biz choyshabni qirqib, undan (bir yoki) ikkita yostiq qildik». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 1679/3. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Har bir (jonli surat) chizuvchi do‘zaxdadir. Ya’ni, har bir chizgan surati o‘rniga uning o‘ziga jon kiritib, jahannamda azoblaydi», dedilar. Ibn Abbos (r.a.): «Agar surat chizmaslikning iloji yo‘q bo‘lsa, unda daraxtlarni va joni yo‘q narsalarni chizavergin», deb aytdilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 1680/4. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kim dunyodagi hayotida (jonli) surat chizsa, qiyomat kuni o‘sha chizgan narsasiga jon kiritish mas’uliyati yuklanadi. U (bechora) esa unga aslo jon kirita olmaydi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 1681/5. Ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Qiyomat kuni azobi eng qattiq kishi surat chizuvchilar», deb aytdilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 1682/6. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Alloh taolo: «Men kabi yaratmoqchi bo‘lgan shaxsdan ko‘ra zolimroq kishi bormi? Agar yaratish niyatlari bo‘lsa, unda biror chumoli yo urug‘ yoki arpa yaratib ko‘rsinlar-chi!» deydi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 1683/7. Abu Talhadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Qaysi bir uyda it yoki (jonli) suratlar bo‘lsa, o‘sha uyga farishtalar kirishmaydi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 1684/8. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Jabroil alayhissalom Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga kelishga va’da qilgan edilar. Va’da vaqtida kelavermay, ko‘p kechikdilar. Rasululloh (s.a.v.) bundan qayg‘uga tushdilar. Tashqariga chiqqandilar, Jabroil alayhissalom kelib qoldilar va: «Biz farishtalar it va (jonli) surat bor uyga kirmaymiz», deb shikoyat qildilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 1685/9. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Jabroil alayhissalom Rasululloh (s.a.v.) bilan (bir paytni aniqlab) o‘sha soatda uchrashishga va’dalashdilar. Qachonki, o‘sha fursat bo‘lganda kelavermadilar. Oisha (r.a.) aytadilar: «Rasulullohning (s.a.v.) qo‘llarida hassa bor edi, o‘sha hassani irg‘itib: «Alloh ham, Uning elchilari ham va’daga xilof qilmas», deb o‘girilib qaragan edilar, karavotlari ostida bir kuchuk bolasi turibdi. U zot: «Bu it qachon kirib oldi?» degandilar, men: «Bilmasam», dedim. Keyin buyurgan edilar, u it chiqarib tashlandi. So‘ngra Jabroil alayhisalom kelgandilar, Rasululloh (s.a.v.) «Siz mening huzurimga kelishga va’da qilgan edingiz. Men kelishingizni kutib o‘tirdim. Lekin siz nima sababdandir kelavermadingiz?» deb so‘radilar. Jabroil alayhissalom: «Meni va’da qilingan vaqtda ko‘rishishdan uyingizdagi it man qildi. Chunki biz farishtalar it va (jonli) surat bor uyga kirmaymiz», deb aytdilar». Imom Muslim rivoyati. 1686/10. Abu Tayyoh Hayyon ibn Husayndan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Ali ibn Abu Tolib menga: «Rasululloh (s.a.v.) meni yuborgan narsaga seni ham yuboraymi? Biror (jonli) surat qoldirmasdan yo‘q qilgin. Biror baland qabr qoldirmasdan yer bilan barobar qilgin», dedilar». Imom Muslim rivoyati. 306-bob It boqishning haromligi, lekin ov, chorvani qo‘riqlash va ekinlarni poylash uchun boqishning joizligi haqida 1687/1. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kim itga ega bo‘lsa, ya’ni uni boqsa, har kuni uning savobidan ikki qiyrot kamaytiriladi. Lekin iti ov uchun yoki chorvalarni poylash uchun bo‘lsa, unda zarari yo‘q», dedilar. Imom Buxoriy va |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling