Abu zakariyo yahyo ibn sharaf navaviy riyozus-solihiyn
Download 5.07 Kb. Pdf ko'rish
|
www.ziyouz.com kutubxonasi 301 326-bob Musulmon kishini «Ey kofir!» deb aytishning haromligi haqida 1731/1. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Agar kishi birodariga «Ey kofir!» desa, ikkovidan biriga bu so‘z qaytadi. Ya’ni, agar birodari aytganidek bo‘lsa, aytuvchiga hech narsa bo‘lmaydi. Bordi-yu, unday bo‘lmasa, aytuvchining o‘zi kofir bo‘ladi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 1732/2. Abu Zarrdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Kim boshqa bir kishini kofir yoki Alloh dushmani, deb aytsa-yu, o‘sha narsa u kishida bo‘lmasa, aytuvchining so‘zi o‘ziga qaytadi. Ya’ni, o‘zi kofir va Alloh dushmani bo‘ladi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 327-bob Tilni behayo va fahsh so‘zlarga ishlatishdan man etilgani haqida 1733/1. Ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Mo‘min kishi ko‘p so‘kuvchi ham, ko‘p la’natlovchi ham, fahsh so‘zlarni aytuvchi ham, odobsiz ham bo‘lmaydi», dedilar. Imom Termiziy rivoyati. 1734/2. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Fahsh narsa borki, u sharmandalik keltiradi. Hayo narsa borki, u ziynat keltiradi», dedilar. Imom Termiziy va Ibn Moja rivoyatlari. 328-bob So‘zda jimjimadorlik va so‘zamollik uchun eng qiyin, nozik iboralarni ishlatib, avomga xitob qilishning karohiyati haqida 1735/1. Ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «So‘zda chuqur ketuvchi, sinchkovlar halok bo‘lishdi», deb uch marta (ta’kidlab) aytdilar. Imom Muslim rivoyati. 1736/2. Abdulloh ibn Amr ibn Ossdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Gapirganda xuddi sigir tiliga xashak o‘ragani kabi so‘zni o‘rab gapiruvchi kishilarni Alloh taolo yomon ko‘radi», dedilar. Abu Dovud va Termiziy rivoyatlari. 1737/3. Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Menga mahbublaringiz va qiyomat kunida majlis jihatidan yaqinlaringiz axloqi yaxshilaringizdir. Menga yomon ko‘rilganlaringiz va qiyomat kunida mendan uzoqlaringiz sergap-ezmalaringiz, axloqsiz so‘zlarni so‘zlovchilaringiz va mutakabbirlardir», dedilar. Imom Termiziy rivoyati. 329-bob «Qusgim kelyapti», deb aytishning karohiyati haqida 1738/1. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Sizlardan birortangiz «ko‘nglim ayniyapti», degan so‘zni «xabusat» (arabchada) lafzi ila emas, balki «laqisat» lafzi ila aytsin», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. Foyda: xuddi o‘zbek tilidagi «qusgim kelyapti» o‘rniga chiroyli qilib «ko‘nglim ayniyapti», deb aytganga o‘xshash. 330-bob Uzumni arabchada «Al-Karmu» lafzi ila ishlatishning karohiyati haqida Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 302 1739/1. Abu Hurayradan rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Uzumni arabchada «Al- Karmu» lafzi ila aytmanglar. Chunki «Al-Karmu» lafzi musulmon, degan ma’noni anglatadi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. Bu Muslim rivoyatlaridagi lafz. Boshqa rivoyatda «Al-Karmu» mo‘minning qalbidir, deyilgan. Imom Buxoriy va Muslimning boshqa rivoyatlarida: «(Kishilar uzumni) al-Karmu, deb aytadilar. «Al-Karmu» esa aslida mo‘minning qalbi, degan ma’noni anglatadi», deyilgan. 1740/2. Voil ibn Hujradan (r.a.) rivoyat qiladi. Rasululloh (s.a.v.) «(Uzumni) «Al- Karmu» lafzi ila aytmanglar, balki «Al-Inab» va «Al-Habala» lafzi ila aytinglar», dedilar. Imom Muslim rivoyati. Foyda: bu hadisda uzumni «Al-Karmu», deb atashdan man etilmoqda. Sababi johiliyatda uzum mevasidan mast qiluvchi sharobni tayyorlovchilar mana shunday ismni salbiy ma’noda aytishar edi. Hozir ham ba’zilar shunday aytishadi. Rasululloh (s.a.v.) bunday atashdan qaytarmoqdalar. 331-bob Begona xotinning husnini begona erkak oldida gapirishdan man etilgani haqida (lekin uylanish va boshqa maqsadlarni ko‘zlab, shar’iy ehtiyoj tug‘ilganda zarari yo‘q) 1741/1. Ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Ayol kishi boshqa bir ayolning badaniga qarab, uni o‘z eriga sifatlab bersa, go‘yoki eri o‘sha begona xotinning badaniga qaragandek bo‘libdi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. Foyda: buni man etilishidagi hikmat fitnaga yo‘liqishning oldini olishdir. 332-bob «Allohim, agar xohlasang, meni kechir», deb aytishning karohiyati haqida (Allohdan biror narsa so‘ralayotganda jazm va qat’iyat ila so‘raladi) 1742/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Sizlardan birortangiz «Allohim, agar xohlasang, meni kechir» yoki «Allohim, agar xohlasang, menga rahm qil», deb aytmasin. Balki jazm va qat’iyat bilan so‘rasin. Chunki Alloh taoloni (bir narsa berishga hech kim) majburlay olmaydi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. Muslimning rivoyatlarida «Lekin qasd qilib, qattiq so‘rasin. Alloh nazdida biror (xoh dunyoviy, xoh uxroviy) narsaning kattasi bo‘lmaydi, albatta beradi» bo‘lib kelgan. 1743/2. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Qachon sizlardan biringiz duo qilsa, qat’iyat ila tilasin. «Allohim, agar xohlasang, bergin», deb qat’iyatsizlik ila so‘ramasin. Chunki Allohni (hech kim bir narsa berishga) majburlay olmaydi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 333-bob «Alloh va falon kishi xohlasa», deb aytishning karohiyati haqida 1744/1. Huzayfa ibn Yamondan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Alloh xohlasa va falon kishi xohlasa, deb («va» so‘zini qo‘shib) aytmanglar. Balki «Alloh xohlasa, keyin falon kishi xohlasa», deb («keyin» so‘zini qo‘shib) aytinglar», dedilar. Abu Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 303 Dovud rivoyati. Foyda: chunki Allohning xohishi bilan insonning xohishi orasida katta farq bor. Allohning xohishi azaliy va qadimiydir. Insonning xohishi esa yangi paydo bo‘lgan narsadir. 334-bob Xufton namozidan keyin (befoyda) so‘zlarni gaplashishning karohiyati haqida Boshqa vaqtlarda muboh bo‘lgan so‘zlarni xuftondan keyin gaplashish karohiyatlidir. Ammo boshqa paytlarda harom yoki makruh bo‘lgan so‘zlarni xuftondan keyin gaplashish undan-da qattiq harom va makruhdir. Xuftondan keyin gaplashish joiz bo‘lganlari: ilm muzokara qilish, solihlar hikoyasini va yaxshi axloqlarga undovchi suhbatlarni tinglash hamda mehmon va hojatmand kabi kishilar bilan so‘zlashishdir. Favqulodda uzrli bo‘linganda ham karohiyati yo‘q. Balki shu aytilgan narsalarni bu paytda gaplashish mustahabdir. Bu aytilgan narsalar sahih hadislarda vorid bo‘lgandir. 1745/1. Abu Barzadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) xuftondan oldin uxlashni va xuftondan keyin gapirishni karih ko‘rardilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 1746/2. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) hayotlarining oxirgi paytida xufton namozini o‘qib salom berganlaridan keyin: «Bu kecha haqida xabar beringlar-chi. Bu kechadan yuz yil o‘tgandan keyin hozir yer yuzida mavjud bo‘lganlarning birortasi tirik qolmaydi, deb men xabar beraman», deb aytdilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. Foyda: Rasululloh (s.a.v.) xabar berganlaridek, oxirgi vafot etgan sahoba Abu Tufayl Omir ibn Voildir. Bu zot Rasululloh (s.a.v.) bu so‘zni aytganlaridan yuz yil o‘tgandan keyin bir yuz o‘ninchi yili vafot etganlar. Ya’ni, Rasululloh (s.a.v.) hijratning o‘ninchi yilida bu so‘zni aytganlar. 1747/3. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir kecha sahobalar Rasulullohni (s.a.v.) (masjidi nabaviyda) kutib o‘tirishgan edi, u zot kechaning yarmida kelib, ularga xufton namozini o‘qib berdilar. Keyin quyidagicha xutba aytdilar: «Ogoh bo‘ling! Albatta odamlar namoz o‘qib bo‘lib orom olishmoqda. Sizlar qancha kutgan bo‘lsangiz, o‘shancha muddat namozda turgan hisoblanasizlar». Imom Buxoriy rivoyati. Foyda: bu ikki hadisdan xuftondan keyin yaxshi so‘zlarni gaplashish joizligi tushuniladi. 335-bob Er o‘z xotinini to‘shagiga (jimo’ niyatida) chaqirsa-yu, xotin shar’iy uzri bo‘lmay, unga borishdan bosh tortishining haromligi haqida 1748/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Agar kishi o‘z xotinini (jimo’ niyatida) to‘shagiga chaqirganda, u xotin bosh tortsa va eri undan norozi bo‘lsa, tong otguncha farishtalar u xotinni la’natlab turishadi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. Boshqa rivoyatda «Qaytgunicha» bo‘lib kelgan. 336-bob Er safarda bo‘lmay, uydaligida ayoliga uning ruxsatisiz nafl ro‘za tutishining haromligi haqida Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 304 1749/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Eri safarga bormasdan uyda bo‘lgan paytida xotinga erining iznisiz nafl ro‘za tutishi va iznisiz uyiga biror shaxsni kiritishi halol emas», deb aytdilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 337-bob Iqtido qilgan kishi ruku’ va sajdada imomdan oldin bosh ko‘tarishining haromligi haqida 1750/1. Abu Hurayradan rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «(Ruku’ yoki sajdada) sizlardan biringiz imomdan oldin boshini ko‘tarsa, Alloh uning boshini eshakning boshiga yoki suratini eshak suratiga aylantirib qo‘yishidan qo‘rqmaydimi?» deb aytdilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. Foyda: ba’zilar bu so‘z kinoyadir. Ya’ni, eshakka o‘xshab aqli noqis bo‘ladi, deyishadi. Ba’zilar esa bunday bo‘lishi mumkin, deyishadi. Shayx Ibn Hajar al-Haytamiy o‘zlarining «Mo‘‘jam»larida mana shu hodisa yuz berganini yozganlar. Alloh O’zi asrasin. 338-bob Namozda turgan kishi qo‘lini yonboshiga qo‘yishining karohiyati haqida 1751/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) namozda qo‘lni yonboshga qo‘yib turishdan man etdilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. Foyda: chunki namozda bunday turish mutakabbirlikka dalolat qiladi. 339-bob Taom hozir bo‘lib turganda hamda xojati qistab turganda namoz o‘qishning makruhligi haqida 1752/1. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Taom hozir bo‘lganda va hojati qistab turganda, ya’ni peshob va ichni bo‘shatgisi kelib turganda namoz yo‘qdir», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. Foyda: chunki bunday holatlarda namoz o‘quvchi kishidan xushu’ ketadi. Albatta namoz vaqti keng bo‘lsa, shunday. Lekin namoz vaqti torayib ketsa, karohiyat ko‘tariladi. 340-bob Namozda turganda osmonga qarashning man etilgani haqida 1753/1. Anas ibn Molikdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Odamlarga nima bo‘ldiki, namozda ko‘zlarini osmonga qaratishadi?» dedilar va yana ham shiddatlashib: «Yoki bunday qilishdan to‘xtashsin, bo‘lmasa, ko‘zlaridan judo bo‘lib qolishadi», dedilar. Imom Buxoriy rivoyati. 341-bob Namozda uzrsiz u yoq-bu yoqqa qarashning karohiyati haqida 1754/1. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasulullohdan (s.a.v.) namozda u yoq-bu yoqqa, ya’ni o‘ng va chap tomonlarga qarash haqida so‘rasam, u zot: «U narsa Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 305 bandaning namozidan shaytonning yulib olgan hissasidir», dedilar». Imom Buxoriy rivoyati. 1755/2. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Namozda u yoq-bu yoqqa qarashdan chetlangin. Chunki namozda qarash halokatga sabab bo‘ladi. Agar chorasiz qolsang, nafl namozlarida mayli-yu, lekin farz namozlarida joiz emas», deb aytdilar. 342-bob Qabrlarga yuzlanib namoz o‘qishdan qaytarilgani haqida 1756/1. Abu Marsad Kannoz ibn Husayndan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) qabrlarga yuzlanib namoz o‘qishdan va uning ustiga o‘tirishdan man etdilar. Imom Muslim rivoyati. 343-bob Namoz o‘qiyotgan kishining oldidan o‘tishning haromligi to‘g‘risida 1757/1. Abu Juhaym Abdulloh ibn Horis ibn Simmadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Namoz o‘qib turganning oldidan o‘tuvchi kishi agar bu ishning yomonligini bilganida edi, qirq (kun yo oy yoki yil) namoz o‘quvchining oldidan o‘tmasdan to‘xtab turishi yaxshi bo‘lar edi», dedilar. Ushbu hadis roviyi qirq kunmi yo qirq oymi yoki qirq yilmi, aniq bilmadim, deb aytdi. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 344-bob Muazzin farzga iqomat (takbir) aytgandan keyin xoh nafl, xoh o‘sha namozning sunnati bo‘lsin, boshlab yuborishning karohiyati haqida 1758/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Agar namozga iqomat aytilsa, farzdan boshqa namoz yo‘qdir», dedilar. Imom Muslim rivoyati. 345-bob Juma kunining kunduzini ro‘zaga va kechasini namozga xoslab olishning karohiyati to‘g‘risida 1759/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kechalardan juma kechasini tahajjud namoziga, kunduzlardan juma kunini ro‘zaga xoslab olmanglar. Lekin odatdagi ro‘zaga to‘g‘ri kelib qolsa, zarari yo‘q», dedilar. Imom Muslim rivoyati. 1760/2. Abu Hurayradan rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Hech bir kishi juma kunining yolg‘iz o‘zida ro‘za tutmasin. Lekin jumaga payshanbani yoki shanbani qo‘shib tutsa, zarari yo‘q», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 1761/3. Muhammad ibn Abboddan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Jobirdan (r.a.) «Rasululloh (s.a.v.) juma kunining o‘zida ro‘za tutishdan man qilganlarmi?» deb so‘rasam, u zot: «Ha», deb javob qildilar». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 1762/4. Ummul mo‘minin Juvayriya binti Horisdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) juma kuni bu onamiz huzurlariga kirsalar, ro‘zador ekanlar. Rasululloh (s.a.v.) u kishidan: «Kecha ro‘za tutgan edingmi?» deb so‘radilar. Juvayriya (r.a.): «Yo‘q», deb javob berdilar. Rasululloh (s.a.v.) «Ertaga ro‘za tutishni xohlaysanmi?» dedilar. Juvayriya (r.a.): «Yo‘q», dedilar. Shunda Rasululloh (s.a.v.) «Unday bo‘lsa, ochib yubor, ya’ni ro‘za tutmagin», dedilar. Imom Buxoriy rivoyati. Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 306 346-bob Ikki yoki undan ko‘proq kun yemasdan-ichmasdan ro‘za tutishning haromligi haqida 1763/1. Abu Hurayra va Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) (ikki yoki undan ko‘proq kun) og‘iz ochmay ro‘za tutishdan man etdilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 1764/2. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) (ikki yoki undan ko‘proq kun) og‘iz ochmay ro‘za tutishdan man etganlarida, sahobalar: «O’zingiz shunday qilasiz-ku», deyishdi. Shunda Rasululloh (s.a.v.) «Men sizlar kabi emasman. Chunki men (Rabbim tomonidan) taom va ichimlik ila siylanaman», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. Bu hadis lafzi esa Imom Buxoriyniki. 347-bob Qabr ustiga o‘tirishning haromligi haqida 1765/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Sizlardan biringiz qabr ustiga o‘tirganidan ko‘ra cho‘g‘ ustiga o‘tirib, kiyimi kuyishi va badaniga ilashishi yaxshiroqdir», dedil ar. Imom Muslim rivoyati. 348-bob Qabr ustini suvashdan va uning ustiga bino qurishdan qaytarilgani haqida 1766/1. Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) qabrlarni suvashdan, ustiga o‘tirishdan va ustiga bino qurishdan man etganlar. Imom Muslim rivoyati. 349-bob Qul o‘z hojasi qo‘lidan qochib ketishining qattiq haromligi haqida 1767/1. Jarirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Qaysi bir qul hojasi qaramog‘idan qochib ketsa, u Islom panohidan chiqibdi», dedil ar. Imom Muslim rivoyati. 1768/2. Jarirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Agar qul hojasi huzuridan qochib ketsa, o‘qigan namozlari qabul bo‘lmaydi», de dil ar. Imom Muslim rivoyati. Boshqa rivoyatda: «Qochib ketsa, kofir bo‘libdi», deyilgan. 350-bob Shar’iy jazolarda o‘rtaga tushib shafe’ bo‘lishning haromligi haqida Alloh taolo: «Zinokor ayol va zinokor erkak - ulardan har birini yuz darradan uringlar. Agar sizlar Allohga va oxirat kuniga iymon keltirguvchi bo‘lsangizlar, Allohning (bu) hukmida (ya’ni, zinokorlarni darralashda) sizlarni ularga nisbatan rahm-shafqat (tuyg‘ulari) tutmasin» (Nur surasi, 2-oyat), deb aytgan. 1769/1. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Maxzumiya qabilasidagi bir ayolning o‘g‘irlik qilgani qurayshliklarni g‘amga solib qo‘ydi. Shunda ular: «Kim Rasululloh (s.a.v.) bilan Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 307 (u ayol jazosining ijro etilmasligi haqida) gaplashadi?» deyishganida, ba’zilari: «Usoma ibn Zayd borib gaplashadi. Chunki uni Rasululloh (s.a.v.) yaxshi ko‘radilar», deyishdi. Bas, Usoma (r.a.) shafe’lik qilib, bu haqda Rasululloh (s.a.v.) bilan gaplashganlarida, u zot (s.a.v.) «Allohning hadlaridan bo‘lgan bir hadda, ya’ni jazosida shafe’lik qilasanmi?» dedilar-da, o‘rinlaridan turib quyidagicha xutba aytdilar: «Sizlardan oldingi ummatlarning halok bo‘lishlariga sabab oralarida ulug‘ bir kishi o‘g‘irlik qilib qo‘ysa, jazoni tark qilishar, zaif, oddiy odam o‘g‘irlik qilsa, had (jazo)ni ijro etishar edi. Alloh nomiga qasamki, Muhammadning qizi Fotima o‘g‘irlik qilsa, uning qo‘lini kesar edim». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. Boshqa rivoyatda aytilishicha, Rasululloh (s.a.v.) bu so‘zni eshitganlarida g‘azablari kelganidan yuzlari o‘zgarib ketdi. Va: «(Ey Usoma), sen Allohning jazosida o‘rtaga tushib shafe’lik qilmoqchimisan?» deganlarida, Usoma (r.a.): «Ey Rasululloh, mening gunohimga istig‘for ayting», dedilar. Keyin bu xotinga hukm ijro etishni buyurdilar va uning qo‘li (o‘g‘irlik qilgani uchun) kesildi. 351-bob Odamlarning yo‘llariga, soyalanadigan joylariga va suv oladigan erlariga hojat ushatishdan qaytarilgani haqida Alloh taolo: «Mo‘min va mo‘minalarga ular biron gunoh qilmasliklaridan ozor beradigan kimsalar ham bo‘hton va ochiq gunohni o‘z ustlariga olibdilar» (Ahzob surasi, 58-oyat), deb aytgan. 1770/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «La’natga sabab bo‘luvchi ikki ishdan chetlaninglar», deganlarida, sahobalar: «La’natga sabab bo‘luvchi u ikki ish nima?» deyishdi. Shunda u zot: «Odamlarning yo‘li va soyalanadigan makonlaridan hojatxona o‘rnida foydalanish», deb aytdilar. Imom Muslim rivoyati. 352-bob Ko‘lmak suvga peshob qilishdan qaytarilgani haqida 1771/1. Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) oqmasdan ko‘lmak bo‘lib turgan suvga peshob qilishdan man etdilar. Imom Muslim rivoyati. 353-bob Ota bolalariga narsa berishda ba’zilarini afzal ko‘rishining karohiyati haqida 1772/1. No‘‘mon ibn Bashirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bashir (r.a.) o‘g‘illari No‘‘monni Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga olib borib: «Men bu o‘g‘limga bir xizmatkor bola hadya qildim», deganlarida, Rasululloh (s.a.v.) «Mana shu kabi narsani barcha bolalaringga hadya qildingmi?» dedilar. Bashir (r.a.): «Yo‘q», degandilar, Rasululloh (s.a.v.) «Bergan narsangni qaytarib ol», dedilar. Boshqa rivoyatda aytilishicha, Rasululloh (s.a.v.) «Bolalaringning barchasiga shunday qildingmi?» deganlarida, Bashir: «Yo‘q», dedilar. Shunda Rasululloh (s.a.v.): «Bolalaringiz haqida adolatli bo‘linglar», deb aytdilar. Keyin Bashir kelib haligi bergan sadaqalarini qaytarib oldilar. Yana boshqa rivoyatda keltiriladiki, Rasululloh (s.a.v.) «Ey Bashir! Senda bundan boshqa farzand bormi?» deganlarida, Bashir: «Ha», dedilar. Rasululloh (s.a.v.) Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 308 «Farzandlaringning barchasiga shunday hadya berdingmi?» degandilar, Bashir: «Yo‘q», dedilar. Shunda Rasululloh (s.a.v.) «Unday bo‘ladigan bo‘lsa, meni guvoh qilmagin. Chunki men zulmga guvoh bo‘lmayman», dedilar. Yana boshqa bir rivoyatda «Meni zulmga guvoh qilmagin» bo‘lib kelgan. Boshqa rivoyatda aytilishicha, Rasululloh (s.a.v.) «Bu ishingga mendan boshqani guvoh qil», deb, keyin «Bolalaring senga yaxshilik va xizmat qilishda barobar bo‘lishlari xursand qiladimi?» degandilar, Bashir (r.a.): «Ha», dedilar. Shunda Rasululloh (s.a.v.) «Unday bo‘lsa, ularni ajratmasdan barobar tutgin», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 354-bob Ayol kishiga oilasidan biror kishi o‘lsa, uch kundan ko‘p aza-motam (xafalik libosini kiyib, ziynatni tark) qilishi haromligi haqida (lekin eri o‘lsa, to‘rt oy-u o‘n kun idda o‘tirishi lozim) 1773/1. Zaynab binti Abu Salamadan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Men mo‘minalar onasi Ummu Habiba huzurlariga otalari Abu Sufyon ibn Harb vafot etganlarida kirsam, Ummu Habiba (r.a.) sariq rangli xushbo‘y suyuqlik keltirishni buyurdilar. Va u xushbo‘y narsa keltirilganda xizmatkor qizga hamda o‘zlarining ikki yanoqlariga surtdilar. Keyin Ummu Habiba (r.a.): «Alloh nomiga qasamki, menda hozir bu narsani surtishga hojat yo‘q. Lekin men Rasulullohning (s.a.v.) minbarda turib: «Allohga va oxirat kuniga iymon keltirgan ayolga biror kishisi vafot etsa, uch kechadan ko‘p aza-motam (xafalik libosini kiyib, ziynatni tark) qilishi halol emas. Lekin eri vafot etsa, to‘rt oy-u o‘n kun idda o‘tiradi», deb aytganlarini eshitganman», dedilar». Zaynab binti Abu Salama (r.a.): «Keyin Zaynab binti Jahshning huzurlariga inilari vafot etganida kirsam, bu sahobiya ayol ham xushbo‘y narsa keltirishni buyurdilar. Qachonki, u narsa olib kelinganda, o‘sha narsadan surtib: «Alloh nomiga qasamki, hozir bu narsani surtishga hojat yo‘q. Lekin men Rasulullohning (s.a.v.) minbarda turib: «Allohga va oxirat kuniga iymon keltirgan ayolga biror kishisi vafot etsa, uch kundan ko‘p aza-motam qilishi halol emas. Lekin o‘z eri vafot etsa, to‘rt oy-u o‘n kun idda o‘tiradi», deb aytganlarini eshitdim», dedilar». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. Foyda: demak, o‘z eridan boshqa shaxs vafot etsa, ayollarga faqat uch kun aza- motam qilishga ruxsat berilmoqda. Lekin undan ziyodasi man etilgan. Ammo o‘z eri vafot etgan xotinlar to‘rt oy-u o‘n kun idda o‘tirishadi. Idda - eri o‘lgan ayolning boshqa erga tegishi mumkin bo‘lmagan muddat. Iddaning hikmatlaridan biri homila bor-yo‘qligini bilib, naslning egasini aniqlashdir. Hamda Islom shariati erning ayol ustidagi haqqi hattoki vafotidan keyin ham borligini e’tirof etishidir. Ha, Islom nasl musaffoligini mana shunday ta’minlaydi. Download 5.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling