Abu zakariyo yahyo ibn sharaf navaviy riyozus-solihiyn


Download 5.07 Kb.
Pdf ko'rish
bet47/53
Sana30.08.2017
Hajmi5.07 Kb.
#14625
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   53

www.ziyouz.com kutubxonasi 
294
Muslim rivoyatlari. 
Boshqa rivoyatda «Bir qiyrot» bo‘lib kelgan. 
1688/2. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kim it boqsa, har 
kuni uning amalidan bir qiyrot kamaytiriladi. Lekin ekin va chorvalarni poylovchi it 
bunday emas», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
Imom Muslimning boshqa rivoyatlarida Rasululloh (s.a.v.) «Kim it boqsa-yu, o‘sha iti 
ov uchun yoki chorva va yerlarni poylash uchun bo‘lmasa, har kuni uning savobidan ikki 
qiyrot kamaytiriladi», dedilar. 
 
307-bob 
Tuya va boshqa hayvonlarning bo‘yniga qo‘ng‘iroq osishning hamda 
safarda it va qo‘ng‘iroq olib yurishning 
karohiyati haqida 
 
1689/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Qaysi bir 
(karvonda) it yoki qo‘ng‘iroq bo‘lsa, ularga rahmat farishtalari hamroh bo‘lishmaydi», 
dedilar. Imom Muslim rivoyati. 
1690/2. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Qo‘ng‘iroq 
shaytonning karnay va surnaylaridandir», dedilar. Abu Dovud Imom Muslimning 
shartlariga binoan sahih isnod ila rivoyat qilganlar. 
 
308-bob 
Axlatlarni yeydigan tuyani minishning karohiyati, agar u pok 
narsalarni yeyishni boshlasa, go‘shti halol bo‘lib, karohiyat 
ketishi haqida 
 
1691/1. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) nopok narsalarni 
yeyuvchi (jalola) tuyani minishdan man qildilar. Abu Dovud rivoyati. 
 
309-bob 
Masjidga tupurishdan qaytarish, agar tupuk ko‘rib qolinsa, uni 
tozalashga va masjidlarni iflos narsalardan pok tutishga 
buyurilgani haqida 
 
1692/1. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Masjidga tupurish 
xatokorlikdir. Bu xatoning kafforoti uni ko‘mib qo‘yishdir», dedilar. Imom Buxoriy va 
Muslim rivoyatlari. 
Bu o‘rindagi «ko‘mib qo‘yishdan» maqsad agar masjidda tuproq, qum yoki shunga 
o‘xshash narsalar bo‘lsa, tupukni ana shular ostiga yashirishdir. 
Abul Mahosin ar-Ruvyoniy «Bahr» nomli kitoblarida «Ko‘mishdan maqsad uni 
masjiddan chiqarib tashlashdir. Lekin masjid yeriga tosh yotqizilgan yoki gips (asfalt va 
sement) bo‘lsa, uni oyog‘i bilan aksar johillar kabi bosib ketib qolsa, uni ko‘mish, 
deyilmaydi. Balki bu ziyoda xatokorlik va masjidni ifloslantirishdir. Endi bosib ketgan 
kishi o‘sha tupukni kiyimi yoki qo‘li yo boshqa narsa bilan chiqarib tashlamog‘i yoki 
yuvmog‘i lozim», deb aytdilar. 
1693/2. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) qibla (tomon) devorida 
tupuk yoki balg‘am ko‘rib qolib, uni sidirib tashladilar. Imom Buxoriy va Muslim 
rivoyatlari. 
1694/3. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Albatta masjid siydik va 

Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
295
boshqa nopokliklar uchun munosib emas. Aslida masjid Alloh zikri va Qur’on tilovat 
qilinadigan joy», dedilar yoki shunga o‘xshash so‘z aytdilar. Imom Muslim rivoyati. 
 
310-bob 
Masjidda janjallashib ovoz ko‘tarish, yo‘qolgan narsasini 
izlash, oldi-sotdi, ijara va shunga o‘xshash muomalalarni amalga 
oshirishning karohiyati haqida 
 
1695/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Kim yo‘qolgan 
narsasini masjidda ovoza qilib e’lon etayotgan kishini eshitsa, «Alloh uni senga 
qaytarmasin, masjidlar bu maqsadda qurilmagan», deb aytsin», dedilar. Imom Muslim 
rivoyati. 
1696/2. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Agar masjidda 
oldi-sotdi qilayotgan kishini ko‘rsanglar, «Alloh tijoratingga foyda bermasin», deb 
aytinglar. Agar masjidda yo‘qolgan narsani ovoza qilib e’lon etayotgan kishini 
ko‘rsangizlar, «Alloh uni senga qaytarmasin», deb aytinglar», dedilar. Imom Termiziy 
rivoyati. 
1697/3. Burayda (r.a.) aytadilar: «Bir kishi masjidda: «Kim menga yo‘qolgan qizil 
tuyamni olib keladi?» dedi. Shunda Rasululloh (s.a.v.)  «Topa olma. Masjidlar nima 
uchun qurilgan bo‘lsa, o‘shanga xoslangandir», dedilar». Imom Muslim rivoyati. 
1698/4. Amr ibn Shu’ayb otalaridan, otalari esa bobolaridan qilgan rivoyatlarida 
Rasululloh (s.a.v.) masjidda oldi-sotdi qilishdan, yo‘qolgan narsasini e’lon qilishdan va 
she’rlar o‘qishdan man etdilar. Abu Dovud va Termiziy rivoyatlari. 
1699/5. Soib ibn Yaziddan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Men masjidda tursam, bir kishi 
mayda toshlarni otdi. O’girilib qarasam, otgan kishi Umar ibn Xattob ekanlar. U zot: 
«Ana u ikki kishini huzurimga keltir», dedilar. Qachonki, ularni olib kelsam, u zot: 
«Qaerliksizlar?» deb so‘radilar. Ikkovlari: «Toifdanmiz», deb javob berishdi. U zot: 
«Agar sizlar madinalik bo‘lganingizda, ta’ziringizni berib qo‘yar edim. Sizlar 
Rasulullohning (s.a.v.) masjidlarida ovozingizni baland qilasizlarmi?» dedilar». Imom 
Buxoriy rivoyati. 
 
311-bob 
Sarimsoq, piyoz, ko‘k piyoz va shunga o‘xshash badbo‘y narsalarni 
tanovul qilib, og‘zidan hidi ketmay turib, zaruratsiz masjidga 
kirishdan qaytarilgani haqida 
 
1700/1. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Kim mana bu 
o‘simlikdan, ya’ni sarimsoq yegan bo‘lsa, masjidimizga yaqinlashmasin», dedilar. Imom 
Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
Imom Muslimning boshqa rivoyatlarida «masjidlarimizga yaqinlashmasin» bo‘lib 
kelgan. 
1701/2. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Kim mana bu 
o‘simliklardan (sarimsoq, piyoz) yesa, bizga yaqin kelib, birga namoz o‘qimasin», 
dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
1702/3. Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kim sarimsoq yoki piyoz 
yesa, bizdan va masjidlarimizdan uzoq tursin», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim 
rivoyatlari. 
Imom Muslimning rivoyatlarida «Kim piyoz, sarimsoq va ko‘k piyoz yesa, 
masjidlarimizga yaqinlashmasin. Chunki farishtalar ham odam bolalari ozorlangan 

Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
296
narsadan ozor topishadi» bo‘lib kelgan. 
1703/4. Umar ibn Xattobdan rivoyat qilinadi. Jumalarning birida bu zot: «Ey odamlar, 
sizlar ikki o‘simlik - piyoz va sarimsoqni yeysizlar. Men uni yomon narsa deb bilaman», 
dedilar. 
Rasululloh (s.a.v.) agar masjidda (sarimsoq yegani sababli og‘zidan) hid yoyilib 
turgan kishini topsalar, Baqiy’ (qabristoni)ga o‘sha kishini chiqarib tashlashni 
buyurardilar. Keyin u kishi o‘sha yerga olib borilar edi. «Kim sarimsoq va piyozlarni 
yeydigan bo‘lsa, pishirib, hidini qoldirmasdan yeyaversin», dedilar. Imom Muslim 
rivoyati. 
 
312-bob 
Imom juma kuni xutba aytib turganida, ikki oyoqni qoringa 
yopishtirib, qo‘lni xalqa qilib o‘tirishning karohiyati haqida 
(chunki bunday o‘tirish uyqu keltirib, xutbani eshittirmasligi va 
tahoratni ketkazishi mumkin) 
 
1704/1. Muoz ibn Anas al-Juhaniydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) juma 
kuni imom xutba aytib turganida ikki oyoqni qoringa yopishtirib, qo‘lni xalqa qilib 
mahkamlab o‘tirishdan man etdilar. Abu Dovud va Termiziy rivoyatlari. 
 
313-bob 
Zulhijja oyining avvalgi o‘n kunligi kirsa, qurbonlik qilish 
niyatida yurgan kishiga qurbonlik qilib bo‘lgunicha sochini va 
tirnog‘ini olishi man etilgani haqida 
 
1705/1. Ummu Salamadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Kimning 
so‘yadigan qurbonligi bo‘lsa va zulhijja oyi kirib qolsa, to qurbonligini so‘ymaguncha 
soch va tirnoqlarini olmasin», de dil ar. Imom Muslim rivoyati. 
Foyda: bunday qilishning hikmati ana shunday mag‘firat kunlarida badanining barcha 
a’zolari ham ishtirok etishi ko‘zda tutilgan. 
 
314-bob 
Payg‘ambar, Ka’ba, farishta, osmon, otalar, hayot, jon, bosh, 
podshoh ne’mati, falonchining qabri va omonatlarga o‘xshash 
maxluqotlar bilan qasam ichishdan qaytarilgani haqida 
 
1706/1. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Albatta Alloh taolo 
ota-bobolaringiz nomiga qasam ichishingizdan man qilgan. Kim qasam ichadigan bo‘lsa, 
Alloh nomi bilan qasam ichsin. Unday bo‘lmasa, jim tursin», dedilar. Imom Buxoriy va 
Muslim rivoyatlari. 
Boshqa sahih rivoyatda «Kim qasam ichadigan bo‘lsa, Alloh nomiga ichsin. Unday 
bo‘lmasa, sukut qilsin» bo‘lib kelgan. 
1707/2. Abdurahmon ibn Samuradan rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «But-
sanamlar va ota-bobolaringiz nomiga qasam ichmanglar», deb aytdilar. Imom Muslim 
rivoyati. 
1708/3. Buraydadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Kim omonat bilan 
qasam ichsa, biz (ning yo‘limiz)dan emas», dedilar. Abu Dovud rivoyati. 
Foyda:  qasam Alloh va Uning sifatlari bilan bo‘ladi. Chunki omonat faqat Allohning 
buyruqlari va farzlaridan biri bo‘lgani uchun bular bilan qasam ichishdan qaytarildi. Va 

Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
297
yana omonat bilan qasam ichish Allohning ismlari bilan qasam ichishga tenglashib 
qolishidan xavf bor. Abu Hanifa (r.a.) va bu zotning ashoblari: «Allohning omonati agar 
qasam bo‘lsa, unga kafforat lozimdir», deyishdi. 
1709/4. Buraydadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kim qasam ichib unda: 
«Men Islomdan yiroqman», desa, agar yolg‘on qasam bo‘lsa, haqiqatda Islomdan yiroq 
bo‘ladi. Bordi-yu, qasami rost bo‘lsa, shunday ham Islomga salomat qaytmaydi», 
dedilar. Abu Dovud rivoyati. 
1710/5. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu zot bir kishining: «Ka’ba nomiga 
qasamki, unday emas», deb turganini eshitib: «Allohdan boshqa narsa nomiga qasam 
ichmagin. Chunki men Rasulullohning (s.a.v.) «Kim Alloh nomidan boshqa narsa ila 
qasam ichsa, batahqiq kufr yoki shirk keltiribdi», deb aytganlarini eshitganman», 
dedilar. Imom Termiziy rivoyati. 
Ba’zi ulamolar Rasulullohning (s.a.v.) «Kufr yoki shirk keltiribdi», degan so‘zlarini 
ziyoda qo‘rqitish uchun iste’mol qilganlar, deb sharhlashdi. Chunki Rasululloh (s.a.v.) 
boshqa bir hadislarida: «Riyo shirkdir», deb qo‘rqitish maqsadida aytganlar. 
 
315-bob 
Qasddan yolg‘on qasam ichishning og‘ir gunoh ekanligi haqida 
 
1711/1. Ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Kim biror 
musulmon kishining moliga nohaq ega bo‘lish maqsadida (yolg‘on) qasam ichsa, Allohni 
g‘azabli holida topadi», dedilar, keyin bu so‘zlarini tasdiqlab Allohning oyatidan 
quyidagilarni o‘qidilar: 
«Allohga bergan ahdu paymon va qasamlarni ozgina qiymatga sotib 
yuboradigan kimsalar uchun oxiratda hech qanday nasiba yo‘qdir. Qiyomat 
kunida Alloh ularga so‘z qotmaydi, rahmat nazari bilan boqmaydi va 
gunohlaridan poklamaydi. Ular uchun alamli azob bordir» (Oli Imron surasi, 77-
oyat). Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
1712/2. Abu Umoma Iyos ibn Sa’laba al-Horisiydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh 
(s.a.v.) «Kim biror musulmon kishining haqqiga (yolg‘on) qasam ichib egalik qilib olsa, 
Alloh taolo unga do‘zaxni vojib qilib, jannatni harom etadi», deganlarida, bir kishi: «Agar 
ana shu ozgina va arzimas narsa bo‘lsa-chi?» dedi. Shunda u zot: «Agar arok 
daraxtining novdasichalik narsa bo‘lsa ham», de dil ar. Imom Muslim rivoyati. 
1713/3. Abdulloh ibn Amr ibn Ossdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) 
Allohga shirk keltirish, ota-onaga oq bo‘lish, biror jonni o‘ldirish va yolg‘on qasam ichish 
kabira (ulkan) gunohlardandir», dedilar. Imom Buxoriy rivoyati. 
Imom Buxoriyning boshqa rivoyatlarida aytilishicha, bir a’robiy kishi Rasululloh 
(s.a.v.) huzurlariga kelib: «Ey Allohning rasuli! Kabira (ulkan) gunohlar qaysi?» 
deganida, u zot: «Allohga biror narsani sherik qilish», dedilar. «Keyin qaysi?» degan edi
u zot: «Yolg‘on qasam», dedilar. «Yolg‘on qasam qanaqa bo‘ladi?» degan edi, u zot: 
«Yolg‘on qasam musulmon kishining moliga egalik qilish maqsadida ichiladigan qasam», 
dedilar. 
 
316-bob 
Biror narsaga qasam ichilsa-da, keyin undan yaxshiroq narsa ko‘rib 
qolsa, u holda qasamini buzib, kafforatini berishi, o‘sha yaxshi 
deb bilgan ishini bajaraverishi marg‘ub ekani haqida 
 
1714/1. Abdurahmon ibn Samuradan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasululloh (s.a.v.) 

Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
298
menga: «Agar biror narsaga qasam ichsang-da, keyin uning aksi yaxshi ekanini bilib 
qolsang, o‘sha yaxshi deb bilganingga amal qilavergin-da, qasamingni buzganing uchun 
kafforat to‘lab qo‘y», dedilar». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
1715/2. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kim biror narsaga 
qasam ichsa-da, keyin undan boshqasi yaxshi ekanini bilib qolsa, qasamiga kafforat 
to‘lasin-da, o‘sha yaxshi deb bilganiga amal qilaversin», dedilar. Imom Muslim rivoyati. 
1716/3. Abu Musodan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Alloh nomiga qasam, 
men biror narsaga qasam ichmayman. Bordi-yu, qasam ichsam, keyin undan 
yaxshirog‘ini ko‘rib qolsam, o‘sha ichgan qasamimni buzganim uchun kafforat beraman-
da, o‘sha yaxshi deb bilganimga amal qilaveraman», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim 
rivoyatlari. 
1717/4. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Kishi o‘z ahli 
ayoli xususida biror narsaga qasam ichib qo‘yib, shu qasamiga (agar u zararli bo‘lsa 
ham) amal qilsa, ya’ni qasamini buzmasa, Allohning huzurida qasamini buzib, Alloh farz 
qilgan kafforat (jarima)ni beruvchi kishidan ham gunohkorroqdir», dedilar. Imom 
Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
 
317-bob  
Lag‘v qasamga kafforat yo‘qligi haqida 
 
Alloh taolo: 
«Alloh sizlarni tillaringizdagi behuda qasamlaringiz sababli jazolamaydi. 
Balki  (dillaringizdagi)  mahkam tukkan qasam sababli (agar shunday qasamni 
buzsangiz)  jazolaydi. Bas, uning kafforati o‘z oilangizni boqadigan o‘rtacha 
taomlardan o‘nta miskinga taom berish yoki ularning sarposini qilish yoxud bir 
qulni ozod qilishdir. Kim (bu narsalarni) topa olmasa, uch kun ro‘za tutsin! Mana 
shu - qasam ichgan (va uni buzgan) paytingizdagi qasamlaringiz kafforatidir. 
Qasamlaringizni (buzishdan) saqlaningiz» (Moida surasi, 89-oyat), deb aytgan. 
1718/1. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Alloh sizlarni tillaringizdagi behuda 
qasamlaringiz sababli jazolamaydi», deb aytilgan oyat har bir so‘zida «Vallohi, bunday» 
yoki «Vallohi, bunday emas», deb bo‘lar-bo‘lmasga qasam ichuvchi kishi haqida nozil 
bo‘lgan, deb aytdilar bu onamiz. Imom Buxoriy rivoyatlari. 
Foyda:  lag‘v - shofe’iy mazhabida qasamni niyat qilmay, tilga o‘zicha kelib qolgan 
lafz. Bizning hanafiya mazhabimizda esa lag‘v -biror narsa shunday, deb gumon qilib 
(qasam) ichiladi-da, lekin haqqiqat uning aksi bo‘lib chiqqandagi qasam tushuniladi. 
Qasam uch turli bo‘ladi: 1. Yolg‘on qasam. 2. Lag‘v qasam. 3. Mun’aqida (bog‘langan), 
ya’ni biror narsani bajarishga yoki bajarmaslikka qasd qilib ichilgan qasam. Bularning 
avvalgisi -yolg‘on qasam kabira (ulkan) gunoh ekani haqida yuqorida hadislar o‘tdi. 
Ikkinchisi - lag‘v qasam gunoh ham emas, kafforot ham lozim bo‘lmaydi. Uchinchisi - 
mun’aqid qasamida esa agar uni buzsa, kafforat lozim. Kafforat uch narsaning birini 
bajarish bilan 
bo‘ladi: o‘nta miskinni ovqatlantirish yoki kiyintirish yo qul ozod etish. Bu uchtasidan biri 
ixtiyor qilinadi. Agar bu uchtadan birortasiga qodir bo‘lmasa, uch kun ro‘za tutadi. 
Bizning hanafiya mazhabimizda ana shu ro‘zaning orasi uzilmay paydar-pay tutish shart 
qilingan. 
 
318-bob 
Sotuvchining agar rostgo‘y bo‘lsa ham, qasam ichishining 
karohiyati haqida 

Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
299
 
1719/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Qasam molning 
tez sotilishiga sabab bo‘ladi. Lekin barakasini ketkazadi», dedilar. Imom Buxoriy va 
Muslim rivoyatlari. 
1720/2. Abu Qatodadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Molni sotishda 
ko‘p qasam ichishdan saqlaninglar. Chunki qasam bilan mol sotilib ketadi. Keyin 
barakasi ham birga ketadi», dedilar. Imom Muslim rivoyati. 
 
319-bob 
Alloh nomi ila jannatdan boshqani tilashning hamda Alloh 
nomini aytib so‘ragan kishiga bermaslikning 
karohiyati haqida 
 
1721/1. Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Alloh zoti ila jannatdan 
boshqa narsa so‘ralmaydi», dedilar. Abu Dovud rivoyati. 
Foyda: dunyo matolarini Alloh zoti ila so‘rab tavassul qilishning karohiyati bor. 
1722/2. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Kim Allohni vosita 
qilib sizlardan panoh tilasa, unga panoh berib himoya qilinglar. Kim Allohni vosita qilib 
biror narsa so‘rasa, o‘sha so‘ragan narsasini beringlar. Kim taom tayyorlab chaqirsa, 
unga boringlar. Biror kishi yaxshilik qilsa, uni mukofotlab qo‘yinglar. Agar 
mukofotlaydigan narsa topa olmasangiz, uning haqqiga duo qilib qo‘ying. Shunday 
mukofotlanglarki, uning asoratini (yuzida) ko‘ringlar, ya’ni xursand bo‘lsin», deb 
aytdilar. Abu Dovud va Nasaiy rivoyatlari. 
 
320-bob 
Podshohni Shahanshoh, deb chaqirishning haromligi haqida, bu 
lafz Allohdan boshqa kishiga ishlatilmaydi 
 
1723/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Bir kishini 
podshohlarning podshohi (shahanshoh), deb ismlash Alloh 
huzuridagi eng yomon ismlardandir», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
Sufyon ibn Uyayna: «Podshohlarning podshohi xuddi Shahanshoh, deyishning o‘zidir», 
deganlar. 
 
321-bob 
Fosiq va bid’atchi hamda shularga o‘xshash kishilarni sayyid, deb 
xitob qilishdan qaytarilgani haqida 
 
1724/1. Buraydadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Munofiq uchun 
«sayyid» (boshliq), degan so‘zni ishlatmanglar, chunki munofiqni boshliq deb 
bilsangizlar, Rabbingizning g‘azabini keltirgan bo‘lasizlar», deb aytdilar. Abu Dovud 
rivoyati. 
 
322-bob 
Isitma kasalligini so‘kishning karohiyati haqida 
 
1721. Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) Ummu Soib (yoki Ummu 
Musayyab)ning huzuriga kirib: «Ey Ummu Soib (yoki Ummu Musayyab), senga nima 
bo‘ldiki, titrayapsan?» deganlarida, Umma Soib (yoki Ummu Musayyab): «Isitma sababli 

Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
300
titrayapman. Alloh bu isitmaning barakasini ketkazsin», dedi. Shunda Rasululloh 
(s.a.v.): «Isitma kasalligini so‘kmanglar. Chunki bosqon temir zangini ketkazganidek, 
isitma ham odam bolalarining xatosini ketkazadi», dedilar. Imom Muslim rivoyati. 
 
323-bob 
Shamolni so‘kishdan qaytarish hamda shamol esganda 
aytiladigan zikrlar haqida 
 
1726/1. Ubay ibn Ka’bdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Shamolni 
so‘kmanglar, agar biror karih narsani ko‘rsanglar: «Allohumma inna nas`aluka min xoyri 
hazihir riyhi va xoyri ma fiyha va xoyri ma umirot bihi va na’uzu bika min sharri hazihir 
riyhi va sharri ma fiyha va sharri ma umirat bihi», deb aytinglar», dedilar. (Ma’nosi: 
«Allohim, Sendan shamolning yaxshisini va undagi yaxshiliklarni va u bilan buyurilgan 
narsalarning yaxshiligini so‘rayman. Va Sendan shamolning yomonidan, undagi 
yomonliklardan va u bilan buyurilgan yomonliklardan panoh so‘rayman».) Imom 
Termiziy rivoyati. 
1727/2. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v): «Shamol 
bandalarga yuborilgan rahmatdir. Gohida u rahmat bilan keladi, gohida azob bilan. Agar 
shamol essa, uni so‘kmanglar. Allohdan uning yaxshisini so‘rab, yomonidan panoh 
tilanglar», dedilar. Abu Dovud rivoyati. 
1728/3. Oisha onamiz (r.a.) rivoyat qiladilar: «Agar qattiq shamol bo‘lsa, Rasululloh 
(s.a.v.) «Allohumma inniy as`aluka xoyroha va xoyro ma fiyha va xoyro ma ursilat bihi 
va a’uzu bika min sharriha va sharri ma fiyha va sharri ma ursilat bihi», deb aytar 
edilar». (Ma’nosi: «Ey Rabbim, Sendan uning yaxshisini, undagi yaxshilikni va u bilan 
yuborilgan narsaning yaxshisini so‘rayman. Ey Rabbim, Sendan uning yomonidan, 
undagi yomonlikdan va u bilan yuborilgan narsaning yomonligidan panoh so‘rayman».) 
Imom Muslim rivoyati. 
 
324-bob  
Xo‘rozni so‘kishdan qaytarilgani haqida 
 
1729/1. Zayd ibn Xolid al-Juhaniydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) 
«Xo‘rozni so‘kmanglar, chunki u (tahajjud va bomdod) namoziga uyg‘otadi», dedilar. 
Abu Dovud rivoyati. 
 
325-bob 
«Falon yulduz sababli yomg‘ir yog‘di», deb aytishdan 
qaytarilgani haqida 
 
1730/1. Zayd ibn Xolid Juhaniy (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh (s.a.v.) 
Hudaybiyada kechasi yoqqan yomg‘irdan namiqqan yerda bizga bomdod namozini o‘qib 
berdilar. Namoz tugaganidan keyin odamlarga yuzlanib: «Parvardigorlaringiz nima deb 
aytganini bilasizlarmi?» dedilar. Sahobalar: «Alloh va Uning rasuli bilguvchiroq», 
deyishdi. Shunda Rasululloh (s.a.v.) «Alloh taolo: «Bandalarim Menga mo‘min yoki kofir 
bo‘lgan holda tong ottiradilar. Kim Allohning fazli va rahmati sababli yomg‘ir yog‘dirildi, 
desa, ana shu kishi Menga iymon va sayyoraga kufr keltirgan bo‘ladi. Ammo kim 
sayyoradagi unday va bunday o‘zgarishlar sababli yomg‘ir yog‘dirildi, desa, ana shu kishi 
Menga kufr va sayyoraga iymon keltirgan bo‘ladi», dedi», dedilar». Imom Buxoriy va 
Muslim rivoyatlari. 

Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy 
 
 
Download 5.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling