Abu zakariyo yahyo ibn sharaf navaviy riyozus-solihiyn
Download 5.07 Kb. Pdf ko'rish
|
www.ziyouz.com kutubxonasi 281 berishmagani sababli azoblanishmoqda», deyildi. (Boshqa rivoyatda: «Jizya berishmagani sababli hibs qilingan», deyilgan.) Hishom (r.a.): «Guvohlik berib aytamanki, Rasululloh (s.a.v.) «Albatta Alloh hayoti dunyoda odamlarni azoblaydiganlarga azob beradi», deb aytganlarini eshitganman», dedilar. Va boshliqning oldiga kirib unga ham bu so‘zlarni aytgandilar, boshliq ularni bo‘shatishni buyurdi. Imom Muslim rivoyati. 1606/8. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) yuziga tamg‘a urilgan eshakni ko‘rib bu holatdan ranjidilar. Ibn Abbos (r.a.): «Allohga qasamki, yuziga hech tamg‘a urmayman. Faqatgina yuzidan pastga tamg‘a uraman», dedilar. Eshaklarini olib kelish buyurildi. Va ikki soni yuqori tarafidagi dumi atrofiga tamg‘a urildi. Ibn Abbos eshagini ana shu yeriga tamg‘a urdirganlarning birinchisidirlar. Imom Muslim rivoyati. 1607/9. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) yuziga tamg‘a urilgan eshakning oldidan o‘ta turib: «Alloh mana shunaqa tamg‘a qiluvchilarni la’natlagan», deb aytdilar. Imom Muslim rivoyati. Imom Muslimning boshqa rivoyatlarida «Rasululloh (s.a.v.) yuzga urishdan va yuzga tamg‘a tushirishdan man etdilar» bo‘lib kelgan. 283-bob Qanday jonivor bo‘lishidan qat’iy nazar, hattoki bit va shunga o‘xshash narsalarni ham olov bilan azoblashning haromligi haqida 1608/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasululloh (s.a.v.) bizni bir joyga jo‘natib: «Agar qurayshlik falonchi va falonchini topsanglar, olovda yoqib yuboringlar», dedilar. Qachonki, chiqishni xohlab tursak, u zot: «Men sizlarga falonchi va falonchini yoqib yuborishni buyurgan edim. Albatta olov bilan faqat Alloh azoblaydi. Agar ularni tutib olsangiz, yoqmasdan qatl qilinglar», deb aytdilar». Imom Buxoriy rivoyati. 1609/2. Ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Biz Rasululloh (s.a.v.) bilan birga safarda ketayotgan edik. U zot hojat chiqargani borganlarida, biz bir qushning bolasi bilan turganini ko‘rdik. Bolasini ushlasak, u qush kelib qanoti bilan ustimizda ucha boshladi. Rasululloh (s.a.v.) kelib: «Kim buning bolalarini ushlab olib xafa qildi? Uning bolalarini o‘ziga qaytaringlar», deb aytdilar. Keyin yana biz o‘t yoqib kuydirgan chumoli uyini ko‘rib: «Buni kim kuydirdi?» deganlarida, «Biz», deb javob berdik. Shunda u zot: «Olov bilan kuydirish faqat o‘sha olovning Rabbisi Alloh uchun xosdir», dedilar». Abu Dovud sahih isnod bilan rivoyat qilganlar. 284-bob Haqdor haqqini talab etganida badavlat kishi uning haqqini kechiktirishi haromligi haqida Alloh taolo: «Albatta Alloh sizlarni omonatlarni o‘z egalariga topshirishga buyuradi» (Niso surasi, 58-oyat); «Agar bir-birlaringizga omonat qo‘ysangiz, omonat qo‘yilgan kishi omonatini ado qilsin» (Baqara surasi, 283-oyat), deb aytgan. 1610/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Badavlat kishining (qarzini, omonatini va birovlarning haqqini berishda) kechiktirishi zulmdir. Agar (kambag‘al kishi) puldor kishidan qarzini berib yuborishini talab qilsa, qabul etsin», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 282 285-bob Kishi berayotgan narsasini hali topshirmasdan oldin qaytarib olishi va bolasiga bergan yoki hali berishga ulgurmagan narsasini qaytarib olishining karohiyati haqida 1611/1. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Bergan narsasini qaytarib oluvchi kishi qusig‘ini qayta (egan) it kabidir», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. Boshqa rivoyatda «Bergan sadaqasini qaytarib oluvchi kishi qusib, o‘sha qusig‘ini qayta yegan itga o‘xshaydi» bo‘lib kelgan. Yana boshqa rivoyatda: «Bergan narsasini qaytarib oluvchi qusig‘ini qayta yeyuvchiga o‘xshaydi», deyilgan. 1612/2. Umar ibn Xattobdan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Men otimni bir mujohidga Alloh yo‘lida sadaqa qildim. Keyin u otni ozdirib yuborganini ko‘rib, sotib olishni xohladim. Va arzon berar, deb gumon qildim. So‘ngra Rasulullohdan (s.a.v.) bu haqda so‘rasam, u zot: «Sotib olma! Garchi bir dirhamga bersa ham, sadaqangni qaytarib olma. Chunki sadaqasini qaytarib oluvchi qusig‘ini qayta yeyuvchiga o‘xshaydi», dedilar». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 286-bob Yetim molini yeyish ta’kidlangan harom ekani haqida Alloh taolo: «Yetimlarning mollarini zulm yo‘li bilan yeydigan kimsalar hech shak- shubhasiz qorinlariga olovni yegan bo‘lurlar. Va albatta do‘zaxga kirajaklar» (Niso surasi, 10-oyat); «Yetimning moliga to u voyaga yetguncha faqat eng chiroyli yo‘l bilangina yaqinlashingiz» (An’om surasi, 152-oyat); «Yana sizdan yetimlarning (mollari) haqida so‘raydilar. Ayting: «Ularni isloh qilish yaxshidir. Agar (mollaringizni) ularning (mollari) bilan qo‘shib yuborsangiz (zarari yo‘q). Zero, ular birodarlaringizdir. Alloh kim buzg‘unchi, kim o‘nglovchi - isloh qiluvchi ekanini biladi» (Baqara surasi, 220-oyat), deb aytgan. 1613/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Yettita halokatga eltuvchi amallardan saqlaninglar», deganlarida, sahobalar: «Ey Allohning rasuli, ular qaysi?» deyishdi. Shunda Rasululloh (s.a.v.) «1. Allohga sherik bor deyish. 2. Sehrgarlik. 3. Alloh o‘ldirishni harom qilgan jonni o‘ldirish. Ammo haq bilan bo‘lsa, ya’ni had, qasos va shunga o‘xshash narsalarda zarari yo‘q. 4. Sudxo‘rlik orqasidan kun kechirish. 5. Yetimning molini yeyish. 6. Urushda orqaga chekinish. 7. Hech narsadan xabari yo‘q, pokiza, afifa ayollarni (fohishalikda) ayblash», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 287-bob Sudxo‘rlik ulkan haromlardan ekanligi haqida Alloh taolo: «Sudxo‘r bo‘lgan kimsalar (qiyomat kunida qabrlaridan) turmaydilar, magar jin chalgan majnun kabi turadilar. Bunga sabab ularning: «Bay’ (oldi-sotdi) ham sudxo‘rlikning o‘zi-ku!» deganlaridir. Holbuki, Alloh bay’ni halol, sudxo‘rlikni Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 283 harom qilgan. Bas, kimga Parvardigoridan mav’iza - nasihat yetgach, (sudxo‘rlikdan) to‘xtasa, u holda avval o‘tgani o‘ziga va uning ishi Allohga (topshiriladi). (Ya’ni, O’zi xohlasa, avf qilar.) Va kim (sudxo‘rlikka) qaytsa, o‘shalar jahannam egalaridir va unda abadiy qolajaklar. Alloh sudxo‘rlikning (foydasini) yo‘q qiladi va sadaqalarning (foydasini) ziyoda qiladi. Alloh har qanday (sudxo‘rlikni halol, deb biladigan) ko‘rnamakni va (sudxo‘rlik qiladigan) jinoyatchini sevmaydi» (Baqara surasi, 275-276-oyatlar); «Ey mo‘minlar, Allohdan qo‘rqingiz va agar chindan mo‘min bo‘lsangizlar, sudxo‘rlik sarqitlarini tark qilingiz (ya’ni, odamlarga bergan qarzlaringizdan chiqadigan foydani olmangiz)!» (Baqara surasi, 278-oyat) deb aytgan. Bu haqda mashhur sahih hadislar ko‘pdir. Yuqorida Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilingan 1613-raqamli hadis ham bu bobimizga taalluqlidir. 1614/1. Ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) sudxo‘rlik ila yeyuvchini va uni yedirguvchini la’natladilar. Imom Muslim rivoyati. Imom Termiziy va boshqalar ham bu hadisni rivoyat qilib, «Uning ustida guvoh bo‘luvchini va yozuv-chizuv qiluvchini ham la’natladilar»ni ziyoda qilishgan. 288-bob Riyoning haromligi haqida Alloh taolo: «Holbuki, ular faqat yagona Allohga U Zot uchun dinni xolis qilgan, to‘g‘ri yo‘ldan og‘magan hollarida ibodat qilishga... buyurilgan edilar» (Bayyina surasi, 5-oyat); «Ey mo‘minlar, molini odamlarga ko‘rsatish uchun beradigan, Allohga va oxirat kuniga ishonmaydigan kimsaga o‘xshab, bergan sadaqalaringizni minnat va ozor bilan yo‘qqa chiqarmang!» (Baqara surasi, 264-oyat); «(U munofiqlar) qachon namozga tursalar, dangasalik bilan odamlar ko‘rsin, deb turadilar va Allohni kamdan-kam yodga oladilar» (Niso surasi, 142-oyat), deb aytgan. 1615/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) aytdilar: «Alloh taolo: «Men hammadan ko‘ra sherikdan behojatman. Kim bir amalni bajarib, unga Mendan boshqani sherik qilsa, Men uning o‘zini ham, sherik qilgan (amalini) ham tark qilaman», dedi». Imom Muslim rivoyati. 1616/2. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Qiyomat kuni birinchi hukm qilinadigan shaxs Alloh yo‘lida shahid bo‘lgan kishidir. U kishini olib kelib Alloh bergan ne’matlarini tanitadi. Bu kishi u narsalarni taniydi. Keyin unga: «Dunyo hayotida nima qilding?» desa, u kishi: «Sening yo‘lingda jang qilib, hattoki shahid bo‘ldim», deydi. Shunda Alloh taolo: «Yolg‘on so‘zlading. Lekin sen odamlar jasur, dovyurak, deyishlari uchun jang qilding. Haqiqatda dunyo hayotida shunday ham deb atalding», deydi. So‘ngra uni yuzi bilan sudrab olib kelishga buyurilib, hattoki do‘zaxga uloqtiriladi. Undan keyin bir kishi hukm qilinadiki, u kishi dunyo hayotida ilm o‘rganib, boshqalarga ham o‘rgatib, Qur’on o‘qirdi. Bu kishi ham Alloh huzuriga olib kelinadi. Alloh bu kishiga ham bergan ne’matlarini tanitadi. U kishi ham u ne’matlarni taniydi. Alloh taolo: «Dunyo hayotida nima qilding?» desa, u kishi: «Ilm o‘rganib, uni boshqalarga ham o‘rgatib, Sening yo‘lingda Qur’on o‘qidim», deydi. Shunda Alloh taolo: «Yolg‘on gapirding. Lekin sen odamlar olim, deyishlari uchun ta’lim olib va qori, deyishlari uchun Qur’on o‘qiding. Haqiqatda ham dunyo hayotida bu nomlarga ega bo‘lding», deydi. Keyin uni yuzi bilan sudrab olib kelishga buyurib, hattoki do‘zaxga uloqtiriladi. Bundan keyin Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 284 bir kishi hukm qilinadiki, uni Alloh taolo dunyo hayotida keng-mo‘l qilib, turli mol-dunyo ato qilgan edi. Bu kishi ham Alloh huzuriga olib kelinadi. Alloh bu kishiga ham bergan ne’matlarini tanitadi. U kishi u ne’matlarni taniydi. Alloh taolo: «Dunyo hayotida nima qilding?» desa, u kishi: «Infoq qilinadigan birorta yo‘lingni qoldirmasdan barchasida mablag‘larni infoq-ehson qildim», deydi. Shunda Alloh taolo: «Yolg‘on so‘zlading. Lekin sen bularni odamlar saxiy, hotamtoy, deyishlari uchun bajarding. Haqiqatda ham dunyo hayotida bu nomlarga ega bo‘lding», deydi. Keyin uni yuzi bilan sudrab olib kelishga buyurilib, hattoki do‘zaxga uloqtiriladi», dedilar. Imom Muslim rivoyati. 1617/3. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Odamlar bu zotning huzurlariga kelib: «Bizlar boshliqlarimiz huzuriga kiramiz. Agar u yerdan chiqsak, aytgan narsamizning xilofini gapiramiz. Ya’ni, oldilarida maqtab, chiqqanda yomonlaymiz», deyishganida, Abdulloh ibn Umar (r.a.): «Biz bunaqa ishlarni Rasululloh (s.a.v.) zamonlarida munofiqlik, deb hisoblar edik», dedilar. Imom Buxoriy rivoyati. 1618/4. Jundub ibn Abdulloh ibn Sufyondan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kim biror (yaxshi) amalni odamlar eshitishi va ko‘rishi uchun bajarsa, Alloh taolo qiyomat kuni uni sharmanda qiladi. Kim biror (yaxshi) amalni odamlar nazarida mo‘‘tabar bo‘lishini niyat qilib ko‘rsatsa, Alloh taolo qiyomat kuni butun xaloyiq huzurida ichida berkitgan narsasini ochib rasvo qiladi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 1619/5. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kim Allohning roziligi talab qilinadigan ilmlardan birini ozgina dunyo matosiga erishish uchun o‘rgansa, qiyomat kunida jannat hidini hidlamaydi», dedilar. Abu Dovud sahih isnod bilan rivoyat qilganlar. 289-bob Odamlar riyo, deb gumon qilishsa-yu, aslida gumon qilayotgan narsalari riyo emasligi haqida 1620/1. Abu Zarrdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasulullohdan (s.a.v.) «Odamlar yaxshi ishlarni bajarishsa, ba’zi kishilar shu qilgan ishlarini maqtashadi. Shu kishi ham riyokormi?» deb so‘ralganida, Rasululloh (s.a.v.) «Bu narsa mo‘minga beriladigan savoblarning naqdidir. Ya’ni, riyo emasdir», dedilar. Imom Muslim rivoyati. 290-bob Begona, nomahram ayolga va chiroyli o‘g‘il bolaga shar’iy hojat bo‘lmaganda qarashning haromligi haqida Alloh taolo: «(Ey Muhammad alayhissalom), mo‘minlarga ayting, ko‘zlarini (nomahram ayollarga tikishdan) to‘ssinlar» (Nur surasi, 30-oyat); «Albatta quloq, ko‘z, dil - bularning barchasi to‘g‘risida (har bir inson) mas’ul bo‘lur (ya’ni, eshitgan, ko‘rgan va ishongan har bir narsasi uchun kishi qiyomat kunida javob beradi)» (Isro surasi, 36- oyat); «(Alloh) ko‘zlarning xiyonati (ya’ni, qarash harom qilingan narsaga o‘g‘rincha ko‘z tashlashni) ham, dillar yashiradigan narsalarni ham bilur» (G’ofir surasi, 19-oyat); «Shak-shubhasiz, Parvardigoringiz (barcha narsani) kuzatib turguvchidir» (Fajr surasi, 14-oyat), deb aytgan. 1621/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Odam bolasiga zinodan bo‘lgan nasibasi yozib-bitib qo‘yilgan. Yozib qo‘yilgandan keyin albatta uni Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 285 bajaradi. Undan to‘xtashning iloji yo‘q. Ikki ko‘z zinosi harom narsalarga qarashdir. Ikki quloq zinosi harom narsalarni tinglashdir. Tilning zinosi esa harom narsalarni gapirishdir. Qo‘lning zinosi harom narsalarni ushlashdir. Oyoqning zinosi harom narsalarga qadam bosib borishdir. Kishini ko‘ngli tusaydi va orzu qiladi. O’sha orzuni jinsiy a’zolar rostga chiqaradi yoki yolg‘onga chiqaradi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. Bu lafz Muslimniki. Buxoriy rivoyatlarida esa qisqaroqdir. 1622/2. Abu Said al-Xudriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Yo‘l yuzasida o‘tirishdan chetlaninglar!» deganlarida, sahobalar: «Ey Allohning rasuli, yo‘l yuzasida o‘tirishga majburmiz. Chunki biz u yerda ba’zi narsalarni gaplashamiz», deyishdi. Rasululloh (s.a.v.) «Agar gapimga kirmasdan o‘tiradigan bo‘lsanglar, unda yo‘lning haqqini ado qilinglar», dedilar. Sahobalar yana: «Ey Allohning rasuli, yo‘lning haqqi nima?» deyishganida, Rasululloh (s.a.v.) «Ko‘zni (har xil narsalarga) qaratishdan tiyish, ozor beruvchi narsalarni to‘xtatish, salomga alik olish, yaxshilikka buyurib, yomonlikdan qaytarib o‘tirish», deb aytdilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 1623/3. Abu Talha Zayd ibn Sahldan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Bizlar uy oldidagi sahnda o‘tirib gaplashayotsak, Rasululloh (s.a.v.) kelib, ustimizda turib: «Sizlarga nima bo‘ldiki, yo‘llar ustida o‘tiribsizlar?» dedilar. (Sahobalar): «Bizlar bezarar gaplashib va ba’zi narsalarni muhokama qilib o‘tiribmiz», deyishdi. Shunda Rasululloh (s.a.v.) «Agar o‘tirmaslikning chorasi yo‘q bo‘lsa, unda yo‘lning quyidagi haqlarini ado etib o‘tiraveringlar. Ular: ko‘zni (har xil narsalarga) qaratishdan tiyish, salomga alik olish va yaxshi so‘zlarni gaplashish», dedilar». Imom Muslim rivoyati. 1624/4. Jarirdan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasulullohdan (s.a.v.) nomahramlarga ko‘z to‘satdan tushib qolishi haqida so‘rasam, u zot: «Ko‘zingni tezlik bilan boshqa tarafga qaratgin», dedilar». Imom Muslim rivoyati. 1625/5. Ummu Salamadan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Men Rasululloh (s.a.v.) huzurlarida tursam, Maymuna (r.a.) ham u zot huzurlarida edilar. Shu payt ko‘zi ojiz Ummu Maktum kelib qoldilar. Bu narsa nomahram erkaklardan to‘sinishga buyurilganimizdan keyin bo‘lgan edi. Rasululloh (s.a.v.) «Bu kishidan to‘sininglar», dedilar. Biz: «Ey Allohning rasuli, bu kishining ko‘zi ojiz-ku, u bizni ko‘rmaydi ham, tanimaydi ham», desak, u zot: «Sizlarning ikkovingizning ham ko‘zingiz ojizmi? Sizlar ham uni ko‘rmayapsizlarmi?» dedilar». Abu Dovud va Termiziy rivoyatlari. 1626/6. Abu Saiddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Erkak kishi boshqa erkakning avratiga qaramasin. Ayol kishi boshqa ayol kishining avratiga qaramasin. Erkak kishi boshqa erkak bilan yalang‘och bir ko‘rpada yotmasin. Ayol kishi boshqa bir ayol bilan yalang‘och bir ko‘rpada yotmasin», dedilar. Imom Muslim rivoyati. 291-bob Begona nomahram ayol bilan tanho o‘tirishning haromligi haqida Alloh taolo: «Qachon sizlar (Payg‘ambar ayollaridan) biron narsa so‘rasangizlar parda ortida turib so‘ranglar» (Ahzob surasi, 53-oyat), deb aytgan. 1627/1. Uqba ibn Omirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Nomahram xotinlar oldiga kirishdan chetlaninglar», deganlarida, ansoriylardan bir kishi: «Erining qarindoshlaridan birortasi kirsa-chi (ya’ni, erining aka-ukalari, ularning bolalari va amakilarining bolalari)?» deb so‘radi. Shunda Rasululloh (s.a.v.) «O’sha erining qarindoshlariga halokat bo‘ladi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 1628/2. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Sizlardan birortangiz nomahram ayol bilan tanho qolmasin. Lekin u bilan biror mahrami bo‘lsa, unda zarari Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 286 yo‘q», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 1629/3. Buraydadan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasululloh (s.a.v.) «Jihodga ketgan mujohidlar xotinining hurmati jihodga bormagan kishilarga nisbatan onalari hurmati kabidir. Jihodga bormagan biror kishi jihodga ketgan biror kishining ahliga o‘rinbosar, ya’ni ular xonadonidan hol-ahvol so‘rab turish mas’uliyatini bo‘yniga olgan bo‘lsa-yu, keyin ularga xiyonat qilsa, qiyomat kuni o‘sha xiyonatchi tek qilib qo‘yilib, mujohidga o‘sha xiyonatchining yaxshiliklaridan xohlaganini to rozi bo‘lguncha olish ixtiyori beriladi», deb bizga o‘girilib qaradilar-da, keyin u zot: «Sizlar nima gumon qilasizlar (ya’ni, savobga haris hamda o‘ch olish hissiyoti qo‘zg‘olib turgan mujohidga xiyonatchining barcha yaxshiliklarini olish ixtiyori berilsa, nima bo‘lishiga gumoningiz qanday)?» dedilar». Imom Muslim rivoyati. 292-bob Kiyinish, xatti-harakat va boshqa narsalarda erkaklar o‘zlarini ayollarga, ayollar o‘zlarini erkaklarga o‘xshatishining haromligi haqida 1630/1. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. O’zi erkak bo‘laturib xatti-harakati va so‘zlashishini ayollarga o‘xshatuvchini hamda o‘zi ayol bo‘laturib xatti-harakati va so‘zlashishini erkaklarga o‘xshatuvchini Rasululloh (s.a.v.) la’natladilar. Boshqa rivoyatda keltirilishicha, Rasululloh (s.a.v.) o‘zini ayollarga o‘xshatuvchi erkakni hamda o‘zini erkaklarga o‘xshatuvchi ayolni la’natladilar. Imom Buxoriy rivoyati. 1631/2. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) ayollarning libosini kiyuvchi erkakni va erkaklarning libosini kiyuvchi ayolni la’natladilar. Abu Dovud rivoyati. 1632/3. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Do‘zaxda ikki toifa kishi borki, (men ularni do‘zaxda ko‘rgandim) dunyo hayotida hozirgacha ko‘rmadim. Biri shunday toifaki, qo‘llariga molning dumiga o‘xshash qamchini olib, u bilan odamlarni urishadi. Ikkinchisi shunday xotinlarki, kiyimlari bo‘laturib yalang‘ochdirlar. Ya’ni, tor va yupqaligidan kiyimlari bo‘lsa ham, yo‘qqa o‘xshab turadi. Ular boshqalarni o‘zlariga moyil qilib, o‘zlari ham boshqalarga moyil bo‘lishadi. Bularning boshlari tuyaning o‘rkachlari kabi bir tarafga egilib turadi. Bunday ayollar hargiz jannatga kirishmaydi. Uning hidini ham topa olishmaydi. Chunki jannat hidini uncha yoki buncha, ya’ni uzoq masofadan topiladi», dedilar. Imom Muslim rivoyati. 293-bob Kishi o‘zini shaytonga va kofirlarga o‘xshatishdan qaytarilgani haqida 1633/1. Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Chap qo‘lingiz bilan taom yemanglar. Chunki shayton chap qo‘li bilan ovqatlanadi», dedilar. Imom Muslim rivoyati. 1634/2. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Sizlardan birortangiz chap qo‘li bilan ovqatlanmasin. Hamda chap qo‘li bilan biror ichimlik ichmasin. Chunki shayton chap qo‘li bilan ovqatlanib, chap qo‘li bilan ichimlik ichadi», dedilar. Imom Muslim rivoyati. 1635/3. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Yahudiy va nasroniylar (soch, soqollarini) bo‘yashmaydi. Sizlar ularga xilof qilib bo‘yayveringlar», deb aytdilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. Ya’ni, oqargan soch va soqolni sariq yoki qizilga bo‘yash joiz. Ammo qora rangga bo‘yashdan qaytarilgan. Buni keyingi bobda zikr qilamiz, inshaalloh. Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 287 294-bob Erkak kishi soch-soqolini, ayol kishi esa sochini qora rangga bo‘yashi man etilgani haqida 1636/1. Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Makka fath qilingan kuni Abu Bakr Siddiqning otalari Abu Quhofa olib kelindi. Abu Quhofaning soch va soqollari Sag‘oma nomli daraxtning guli va mevasiga o‘xshab oqarib ketgan edi. Rasululloh (s.a.v.) «Bu zotning soch va soqolini bo‘yab qo‘yinglar. Lekin qora rangga bo‘yamanglar», deb aytdilar. Imom Muslim rivoyati. 295-bob Boshning u yer-bu yerida qoldirib soch olishdan qaytarish va erkaklar sochlarining barchasini oldirishi muboh ekanligi haqida 1637/1. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) boshdagi sochning ba’zisini olib, ba’zisini qoldirishni man qildilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 1638/2. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) boshidagi sochining ba’zisi olinib, ba’zisi olinmagan bir yosh bolani ko‘rib, bundan qaytardilar. Va: «Agar soch oldirsangiz, hammasini oldiringlar. Qoldirsangiz, hammasini qoldiringlar», deb aytdilar. Abu Dovud Imom Buxoriy va Muslimning shartlariga binoan sahih isnod ila rivoyat qilganlar. 1639/3. Abdulloh ibn Ja’fardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) Ja’farning oilalariga (motam qilishlari uchun) uch kun muhlat berdilar. Keyin ularning huzurlariga kelib: «Bugundan keyin birodarim Ja’farga motam qilib yig‘lamanglar», dedilar. So‘ngra u zot yana: «Birodarim Ja’farning bolalarini mening huzurimga keltiringlar», dedilar. «Qachonki, biz u zotning huzurlariga kelganimizda, otamizning vafotlaridan qayg‘urib yig‘layverganimizdan jo‘jadek (nimjon) bo‘lib qolgan edik. U zot sartaroshni chaqirtirdilar. Va bizning sochlarimizni olishni buyurdilar». Abu Dovud Imom Buxoriy va Muslimning shartlariga binoan sahih isnod bilan rivoyat qilganlar. 1640/4. Alidan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) ayollarga sochni butkul oldirishni man qildilar. Imom Nasaiy rivoyati. Download 5.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling