Abu zakariyo yahyo ibn sharaf navaviy riyozus-solihiyn


Download 5.07 Kb.
Pdf ko'rish
bet46/53
Sana30.08.2017
Hajmi5.07 Kb.
#14625
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   53

 
296-bob 
Sochga soch ulash, badanga igna bilan yozuvlar (tatuirovka) chizish 
va tishlarni o‘tkirlash hamda orasini 
ochishning haromligi haqida 
 
Alloh taolo: 
«Ular  (ya’ni, Allohga shirk keltirgan kimsalar) Allohni qo‘yib, faqat (Lot, Uzza, 
Manot)  kabi sanamlarga sig‘inadilar va faqat itoatsiz shaytonga sig‘inadilar. 
Alloh uni (shaytonni)  la’natladi.  (Shunda)  u dedi: «Qasamki, bandalaring 
orasidan o‘zimga tegishli nasibani albatta olaman. Va ularni yo‘ldan ozdiraman, 
xom xayollarga mubtalo qilaman, buyursam, ular chorvalarining quloqlarini 
kesadilar, buyursam, Alloh yaratgan narsalarni o‘zgartirib-buzadilar»  (Niso 
surasi, 117-119-oyatlar), deb aytgan. 
1641/1. Asmodan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir ayol Rasulullohdan (s.a.v.) «Ey Allohning 

Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
288
rasuli, qizimga qizamiq toshib, sochlari to‘kilib ketdi. Men uni erga uzatmoqchiman. Endi 
o‘sha tushib ketgan sochlari o‘rniga soch ulasam bo‘ladimi?» deganida, u zot: «Alloh 
soch ulovchi va sochiga soch ulatgan ayolni la’natlagan», dedilar. Imom Buxoriy va 
Muslim rivoyatlari. 
Boshqa rivoyatda «Soch ulaguvchi va soch ulatuvchi ayolni Alloh la’natlagan» bo‘lib 
kelgan. Imom Buxoriy va Muslim Oisha onamizdan ham xuddi shu ma’noda boshqa bir 
hadisni ham rivoyat qilishgan. 
1642/2. Humayd ibn Abdurahmondan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu zot Muoviya (r.a.) 
hajga kelgan yillari minbar ustida turib, yonlarida soqchilari qo‘liga bir tutam sochni 
ushlatib quyidagicha aytgan so‘zlarini eshitdilar: «Ey Madina ahllari, ulamolaringiz 
qaerda? Men Rasulullohdan (s.a.v.) mana shunaqa (soch ulashga o‘xshash) ishlardan 
man etganlarni eshitganman. Rasululloh (s.a.v.)  «Bani Isroil qavmi xotinlari mana 
shunaqa ishlarni qilishganda qaytarmaganlari sababli halok bo‘lishgan», deb aytdilar». 
Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
1643/3. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) soch ulaguvchi va 
soch ulatuvchi hamda (xolga o‘xshash birorta) belgi qo‘yuvchi va qo‘ydiruvchi ayollarni 
la’natladilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
1644/4. Ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu zot: «Alloh taolo (holga o‘xshash 
birorta) belgi qo‘yuvchi va qo‘ydirguvchi, qoshlarni terib ingichka qildiruvchi, yakkam-
dukkam tishlarni chiroyli bo‘lishi uchun egovlatuvchi va Alloh yaratgan narsalarga 
o‘zgartish kirituvchilarni la’natlagan», deganlarida, bir xotin Ibn Mas’udga e’tiroz 
bildirgan edi, shunda Ibn Mas’ud (r.a.): «Allohning rasuli la’natlagan bo‘lsa, qanday qilib 
men la’natlamayin?! Holbuki, Alloh taolo Qur’oni karimda: «Payg‘ambar o‘zi sizlarga ato 
etgan narsani olinglar, u zot sizlarni qaytargan narsadan qaytinglar» (Hashr surasi, 7-
oyat) degan», deb javob qildilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
 
297-bob 
Soch va soqolning oqini yulish hamda yigitlarning yangi soqolni 
yulishdan qaytarilgani haqida 
 
1645/1. Amr ibn Shu’ayb otalaridan, otalari esa bobolaridan qilgan rivoyatlarida 
aytilishicha, Rasululloh (s.a.v.): «(Soch va soqolning) oqini yulmanglar. Chunki u 
qiyomat kuni musulmonga nur bo‘ladi», deb aytdilar. Abu Dovud, Termiziy va Nasaiylar 
hasan isnod bilan rivoyat qilishdi. 
1646/2. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Kim biror amal qilsa-yu, 
u bizning shariatimizda yo‘q bo‘lsa, ana shu rad qilingandir», dedilar. Imom Muslim 
rivoyati. 
 
298-bob  
O’ng qo‘l bilan istinjo qilish hamda jinsiy a’zolarni ushlash 
makruh ekani haqida 
 
1647/1. Abu Qatodadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Agar sizlardan 
biringiz bavl qilsa (siyadigan bo‘lsa), zakarini (olatini) o‘ng qo‘li bilan ushlamasin va o‘ng 
qo‘li bilan istinjo qilmasin hamda idish ichida nafas olmasin», deb aytdilar. Imom 
Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
 
299-bob 
Bitta poyafzal yoki mahsida uzrsiz yurish hamda poyafzali va 

Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
289
mahsisini uzrsiz tik turib kiyishning karohiyati haqida 
 
1648/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Bir poyafzalni 
kiyib yurmasin. Ikkovini kiyib yursin yoki ikkovini yechib qo‘yib yursin», dedilar. 
Boshqa rivoyatda «Yoki yalang oyoq bo‘lib yursin» bo‘lib kelgan. Imom Buxoriy va 
Muslim rivoyatlari. 
1649/2. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Agar sizlardan 
biringizning poyafzali tasmasi uzilib ketsa, toki uzilganni tuzatmaguncha ikkinchisini 
kiyib yurmasin», dedilar. Imom Muslim rivoyati. 
1650/3. Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) tik turib poyafzal kiyishdan 
man qildilar. Abu Dovud hasan isnod bilan rivoyat qilganlar. 
Foyda:  chunki mana shunday holatda yurish kishidan viqorni ketkazib, boshqalar 
oldida masxara bo‘lib yurishga yoki yurishni qiyinlashtirib, hatto yiqilishga sabab bo‘lishi 
mumkin. 
 
300-bob 
Uyda uxlash oldidan olov, chiroq yoki shunga o‘xshash narsalarni 
yoqilgan holda qoldirishdan qaytarilgani haqida 
 
1651/1. Ibn Umardan rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Uxlayotgan paytingizda 
uylaringizda olovlarni yoqilgan holda qoldirmanglar», deb aytdilar. Imom Buxoriy va 
Muslim rivoyatlari. 
1652/2. Abu Muso al-Ash’ariydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Madina ahlidan bo‘lgan bir 
kishining uyi kechasi yonib ketdi. Bu haqda Rasulullohga (s.a.v.) xabar berilganda, u 
zot: «Albatta olov sizlarning dushmanlaringizdir. Qachon uxlamoqchi bo‘lsangiz, uni 
o‘chirib yotinglar», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
1653/3. Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Idishlaringiz qopqog‘ini 
yopinglar, meshlarning og‘zini bog‘langlar, darvozalarni zanjirlab berkitinglar. Chiroqlarni 
o‘chiringlar. Chunki ana shunday qilsangiz, shayton meshlarning og‘zini yecholmaydi, 
darvozalarni ocholmaydi va idishning qopqog‘ini ko‘tarolmaydi. Agar sizlardan 
birortangiz idishni yopish uchun qopqoq topa olmasa, biror cho‘pni bo‘lsa ham, idishning 
ustiga tashlab Allohning ismini zikr qilib qo‘ysin. Chunki sichqoncha uyda o‘sha uy 
egalariga olovni ilashtirib yuboradi», dedilar. Imom Muslim rivoyati. 
Foyda: yuqoridagi uchta hadisdan uxlash paytida olovlarni xoh u yoritish maqsadidagi 
chiroq va sham bo‘lsin yoki isitish maqsadidagi gaz va pechka bo‘lsin, barchasini 
o‘chirmasdan uxlashning karohiyati tushunilmoqda. Qoldiq ovqatlarning, idishdagi 
suvlarning ustini yopishga ham buyurilmoqda. Chunki ularning usti ochiq qolsa, har xil 
zarar beruvchi hasharotlar va mikroblar tushishi mumkin. 
 
301-bob  
Takalluf (din va dunyoga foydasi bo‘lmagan so‘z va amallar)dan 
qaytarilgani haqida 
 
Alloh taolo: 
«(Ey Muhammad, ularga) ayting: «Men (Qur’onni yetkazganim uchun) sizlardan 
biron ajr-haq so‘ramayman va men soxtakorlardan (ya’ni, yolg‘ondan 
payg‘ambarlikni da’vo qilguvchi kimsalardan) ham emasman» (Sod surasi, 86-oyat), 
deb aytgan. 
1654/1. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu zot: «Biz takallufdan man etildik», 

Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
290
deb aytdilar. Imom Buxoriy rivoyati. 
1655/2. Masruqdan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Biz Abdulloh ibn Mas’ud huzurlariga 
kirsak, u zot: «Ey odamlar, kimki biror narsani bilsa, uni aytsin. Agar bilmasa, Allohu 
a’lamu, ya’ni Alloh biluvchiroq, deb aytsin. Chunki bilmaydigan narsasini Alloh 
biluvchiroq, deb aytish ham ilmli ekaniga dalolat qiladi. Bu haqda Alloh taolo 
payg‘ambariga: «Men (Qur’onni yetkazganim uchun) sizlardan biron ajr-haq 
so‘ramayman va men soxtakorlardan ham emasman», deb ayting», dedi», deb 
aytayotgan ekanlar». Imom Buxoriy rivoyati. 
 
302-bob 
O’lgan kishiga dod-voy solib yig‘lash, yuzini tirnab, yoqalarini 
yirtish, sochlarini yulib olishdan hamda halokat va do‘zax so‘rab 
duo etishdan qaytarilgani haqida 
 
1656/1. Umar ibn Xattobdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «O’likka 
yig‘lansa, o‘sha sababdan unga azob beriladi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim 
rivoyatlari. 
Boshqa rivoyatda «Yig‘lagani muddaticha azob beriladi» bo‘lib kelgan. 
1657/2. Abdulloh ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kim yuziga 
urib, yoqalarini yirtib, johiliyat da’volari bilan dod-voy qilsa, bizdan emas», dedilar. 
Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
1658/3. Abu Burdadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Abu Musoni (r.a.) qattiq og‘riq tutib 
hushlaridan ketib qoldilar. O’sha paytda u zotning boshlari xotinlarining tizzalarida edi. 
Xotinlari u zotdagi bu holatni ko‘rib baqir-chaqir qilib yubordi. Abu Muso esa ularni 
bunday qilib dod-voy qilishdan man etishga qurbilari yetmadi. Qachonki, hushlariga 
kelganlarida: «Men Rasululloh (s.a.v.) daxlsiz bo‘lgan amaldan yiroqdirman. Chunki 
Rasululloh (s.a.v.) o‘lgan kishini turli sifatlarini aytib voy-dodlab yig‘lovchidan, sochlarini 
yuluvchidan va kiyimlarini yirtuvchidan o‘zlarini uzoq tutganlar», deb aytdilar. Imom 
Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
1659/4. Mug‘iyra ibn Sho‘‘badan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kim vafot 
etsa, unga ovoz chiqarib yig‘lansa, qiyomat kuni yig‘langani sababidan azoblanadi», 
dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
1660/5. Ummu Atiyyadan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasululloh (s.a.v.) bizdan 
o‘lganlarga dod-voylab yig‘lamaslik haqida ham bay’at oldilar». Imom Buxoriy va Muslim 
rivoyatlari. 
1661/6. No‘‘mon ibn Bashirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Abdulloh ibn Ravoha (r.a.) 
hushlaridan ketib qolganlarida, singillari «Voy tog‘im, voy undog‘im, voy bundog‘im», 
deb turli narsalarni aytib dodlab yig‘ladi. Qachonki, Abdulloh ibn Ravoha hushlariga 
kelib, singillariga «Nimani aytib yig‘lagan bo‘lsang, menga «Haqiqatda shundaymiding?» 
deb farishtalar tomonidan dashnom berilardi», dedilar. Imom Buxoriy rivoyati. 
1662/7. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) Abdurahmon ibn Avf, 
Sa’d ibn Abu Vaqqos, Abdulloh ibn Mas’udlar bilan birga Sa’d ibn Ubodani ko‘rgani 
kirdilar. Qachonki, kirganlarida uni behush holatda ko‘rib: «Vafot etdimi?» deb 
so‘radilar. Oila a’zolari: «Yo‘q, ey Allohning rasuli», deyishdi. Keyin Rasululloh (s.a.v.) 
unga qarab turib yig‘lab yubordilar. Rasululloh yig‘laganlarini ko‘rib qavmdagilar ham 
yig‘lashdi. Shunda Rasululloh (s.a.v.) «Eshitmadinglarmi, Alloh ko‘z yoshiga va qalbning 
xafaligiga azoblamaydi. Lekin mana bunga azoblaydi yoki rahm qiladi», dedilar tillarini 
ko‘rsatib. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
1663/8. Abu Molik Ash’ariydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «O’liklarga 

Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
291
dod-voy solib yig‘lovchi ayol agar bu dunyoda tavba qilib olmasa, qiyomat kuni olovni 
alangalatuvchi qora suyuq moddadan ko‘ylak va qo‘tirdan boshqa kiyim-kechaklar 
kiygizilib tik qilib qo‘yiladi», dedilar. Imom Muslim rivoyati. 
1664/9. Tobe’in Usayd ibn Usayddan rivoyat qilinadi. Bay’at qilgan xotinlardan biri: 
«Rasululloh (s.a.v.) bizdan osiylik qilmaslikka, dod-voy solmaslikka, yoqalarni 
yirtmaslikka va sochlarni to‘zg‘itib yubormaslikka bay’at oldilar», deb aytdi. Abu Dovud 
hasan isnod ila rivoyat qilganlar. 
1665/10. Abu Musodan (r.a.) rivoyat qilinadi Rasululloh (s.a.v.)  «Biror odam vafot 
etsa-yu, uning atrofidagilar «voy (ishongan) tog‘im», «voy xojam» yoki shunga o‘xshash 
narsalarni aytib yig‘lasa, ikki vakil qilingan farishta: «Haqiqatda shundaymisan?» deb 
vafot qilgan kishining ko‘kragiga urishadi», dedilar. Imom Termiziy rivoyati. 
1666/11. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Insonlarda ikki 
xislat borki, ular ana shu ikki xislat bilan kufrdadirlar: nasabini haqorat qilish va 
mayyitga baland ovoz bilan yig‘lash», dedilar. Imom Muslim rivoyati. 
 
303-bob 
Kohin, munajjim, folbin hamda qum, tosh, arpa va shularga 
o‘xshash narsalar yordamida fol ochuvchilar huzuriga borishdan 
qaytarilgani haqida 
 
1667/1. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Odamlar Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga kelib 
kohin va folbinlar haqida so‘rashganida, u zot: «Ular gapining o‘rni yo‘q», dedilar. 
Odamlar: «Ey Allohning rasuli, gohida o‘sha folbinlar aytgan so‘z to‘g‘ri chiqib qoladi-
ku?» deyishgan edi, u zot: «Aslida bu so‘zlar haq bo‘lib, uni jinlar ilib olishadi, o‘z 
do‘stlari - folbinlar qulog‘iga yetkazib beradi. Folbinlar esa o‘sha narsalarga yuzta 
yolg‘onni qo‘shib, odamlarga yetkazadi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
Imom Buxoriyning Oishadan qilgan rivoyatlarida keltirilishicha esa, Rasululloh (s.a.v.) 
«Farishtalar bulutga tushib, osmonda hukm qilingan ishlar xususida gaplashishsa, 
shayton ularning so‘zlariga o‘g‘rincha quloq tutib eshitib oladi-da, folbinlarga eshitgan 
narsasini yetkazadi. O’z-o‘zidan folbinlar o‘zlaridan yuz xil yolg‘onni qo‘shib xalqqa 
tarqatishadi», dedilar. 
1668/2. Safiyya binti Abu Ubaydning Rasulullohning (s.a.v.) ba’zi xotinlaridan qilgan 
rivoyatlarida aytilishicha, Rasululloh (s.a.v.)  «Kim folbin yoki munajjim huzuriga borib 
biror narsa haqida so‘rasa, keyin folbin bergan javobga ishonsa, o‘sha kishining qirq 
kun o‘qigan namozi qabul etilmaydi», dedilar. Imom Muslim rivoyati. 
1669/3. Qubaysa ibn Muxoriqdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Tayoqcha 
bilan yerga chiziq tortib biror narsa haqida xabar berish, yomon narsa bilan shumlanish 
va qushlarni uchirib fol ochish, ya’ni o‘ng tomonga uchsa, ishini bajarib, chap tomonga 
uchsa, shumlanish sehr amalidandir», dedilar. Abu Dovud hasan isnod bilan rivoyat 
qilganlar.limning shartlariga binoan sahih isnod ila rivoyat qilganlar. 
1670/4. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Kim munajjimlik 
ilmidan ta’lim olib o‘zlashtirsa, sehrgarlikdan bir qism o‘rganibdi. Ya’ni, munajjimlik 
ilmidan ta’lim olishni ko‘paytirsa, sehrgarlikdan ham o‘shanchasini o‘zlashtiribdi», 
dedilar. Abu Dovud sahih isnod bilan rivoyat qilganlar. 
1671/5. Muoviya ibn Hakamdan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Men: «Ey Allohning rasuli! 
O’zim Islomga kirganimga oz kun bo‘ldi. Alloh taolo dunyoga Islom dinini olib keldi. 
Oramizda shunday kishilar borki, hali ham folbinlarga borishadi», desam, u zot: «Sen 
bormagin», dedilar. Va yana: «Oramizda yana shunday kishilar ham borki, ba’zi 
narsalarda yomon shumlanishadi», desam, u zot: «Bu narsa ularning qalblarida paydo 

Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
292
bo‘ladigan narsadir. Agar shunday bo‘lsa, u shumlanish ularni qiladigan ishlaridan 
to‘smasin», dedilar. Men yana: «Oramizda yana shunday kishilar borki, (ba’zi narsalarni 
bilish uchun yerga) chiziq tortishadi», desam, u zot: «Ilgarigi payg‘ambarlardan birlari 
ham chiziq tortar edi. Kimning chizig‘i o‘sha payg‘ambarning chizig‘iga muvofiq kela 
olsa, zarari yo‘qdir. Ya’ni, o‘sha payg‘ambarning chizig‘idek torta olmaydi. Shuning 
uchun chiziq tortmasin», dedilar». Imom Muslim rivoyati. 
1672/6. Abu Mas’ud al-Badriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v) it sotib
uning pulini olishdan, buzuq xotinni (birorta kishiga) topshirib, uning mahrini olishdan 
hamda folbinlarga hadya (shirinlik) berishdan man etdilar. Imom Buxoriy va Muslim 
rivoyatlari. 
 
304-bob  
Shumlanishdan qaytarilgani haqida 
 
Bu haqda yuqoridagi boblarda ham hadislar keldi. 
1673/1. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Kasal yuqishi hamda 
yomon shumlanish yo‘qdir. Yaxshilikka yo‘yish (nekbinlik) menga ma’qul narsadir», 
deganlarida, sahobalar: «Nekbinlik nima?» deb so‘rashdi. Shunda Rasululloh (s.a.v.) 
«Yaxshi(likka yo‘yilgan) so‘zlar», deb aytdilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
1674/2. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kasal yuqishi hamda 
yomon shumlanish yo‘q narsadir. Agar biror narsada shumlanish bo‘lsa, hovlida, xotinda 
va otda bo‘ladi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
Foyda: uyning shumligi uning torligi va qo‘shnilarning yomonligida bo‘ladi. Xotinning 
shumligi diyonatsiz, badxulqligida bo‘ladi. Otning shumligi esa egasini mindirmasligida 
bo‘ladi. 
1675/3. Buraydadan rivoyat qilinadi. Bu zot: «Rasululloh (s.a.v.) yomon shumlanmas 
edilar», deb aytdilar. Abu Dovud sahih isnod bilan rivoyat qilganlar. 
1676/4. Urva ibn Omirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) huzurlarida 
shumlanish haqida zikr etilganida, u zot: «Ularning eng yaxshisi nekbinlik (yaxshilikka 
yo‘yish)dir. Musulmon kishining bunday shumliklar irodasidan qaytara olmaydi. (Chunki 
musulmon hamma narsa Alloh taolodan bo‘lishligini, undan boshqasi ta’sir o‘tkaza 
olmasligini biladi.) Agar sizlardan biringiz tabiatiga ma’qul kelmagan narsalarni ko‘rib 
qolsa, «Allohumma la ya’tiy bil hasanoti illa anta. Vala yadfa’u sayyioti illa anta. Va la 
havla va la quvvata illa bika» duosini o‘qisin», dedilar. (Ma’nosi: «Allohim, Sendan 
boshqa yaxshilik keltirguvchi va Sendan boshqa yomonlikni ketkazuvchi hamda Sendan 
boshqa kuch-quvvatli Zot yo‘qdir».) Abu Dovud rivoyati. 
 
305-bob 
Gilamga, toshga, kiyimga, dirhamga, dinorga, bolishga, yostiqqa va 
boshqa narsalarga hayvonlar (va boshqa jonli narsalar) 
suratini chizishning haromligi haqida 
 
1677/1. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Albatta bu suratlarni 
chizganlarga qiyomat kuni azob beriladi. Va ularga «Suratlarni chizish orqali dunyoga 
keltirdinglar. Endi mana shu yaratgan narsalaringizga jon kiritinglar», deyiladi», deb 
aytdilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
1678/2. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasululloh (s.a.v.) safardan kelganlarida 
uyim tokchasiga surati bor qizil choyshab to‘sib qo‘ygan edim. U zot buni ko‘rib 
(g‘azablari kelganidan) yuzlari o‘zgarib ketdi. Va: «Ey Oisha! Qiyomat kuni Alloh 

Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
293
huzurida azobi eng qattiq kishi Alloh yaratgan narsalarga o‘xshash yaratuvchi, ya’ni 
surat tushiruvchilardir», dedilar. Keyin biz choyshabni qirqib, undan (bir yoki) ikkita 
yostiq qildik». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
1679/3. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Har bir (jonli surat) 
chizuvchi do‘zaxdadir. Ya’ni, har bir chizgan surati o‘rniga uning o‘ziga jon kiritib, 
jahannamda azoblaydi», dedilar. Ibn Abbos (r.a.): «Agar surat chizmaslikning iloji yo‘q 
bo‘lsa, unda daraxtlarni va joni yo‘q narsalarni chizavergin», deb aytdilar. Imom Buxoriy 
va Muslim rivoyatlari. 
1680/4. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Kim dunyodagi 
hayotida (jonli) surat chizsa, qiyomat kuni o‘sha chizgan narsasiga jon kiritish 
mas’uliyati yuklanadi. U (bechora) esa unga aslo jon kirita olmaydi», dedilar. Imom 
Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
1681/5. Ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Qiyomat kuni azobi 
eng qattiq kishi surat chizuvchilar», deb aytdilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
1682/6. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Alloh taolo: «Men 
kabi yaratmoqchi bo‘lgan shaxsdan ko‘ra zolimroq kishi bormi? Agar yaratish niyatlari 
bo‘lsa, unda biror chumoli yo urug‘ yoki arpa yaratib ko‘rsinlar-chi!» deydi», dedilar. 
Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
1683/7. Abu Talhadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Qaysi bir uyda it yoki 
(jonli) suratlar bo‘lsa, o‘sha uyga farishtalar kirishmaydi», dedilar. Imom Buxoriy va 
Muslim rivoyatlari. 
1684/8. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Jabroil alayhissalom Rasululloh (s.a.v.) 
huzurlariga kelishga va’da qilgan edilar. Va’da vaqtida kelavermay, ko‘p kechikdilar. 
Rasululloh (s.a.v.) bundan qayg‘uga tushdilar. Tashqariga chiqqandilar, Jabroil 
alayhissalom kelib qoldilar va: «Biz farishtalar it va (jonli) surat bor uyga kirmaymiz», 
deb shikoyat qildilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
1685/9. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Jabroil alayhissalom Rasululloh (s.a.v.) bilan 
(bir paytni aniqlab) o‘sha soatda uchrashishga va’dalashdilar. Qachonki, o‘sha fursat 
bo‘lganda kelavermadilar. Oisha (r.a.) aytadilar: «Rasulullohning (s.a.v.) qo‘llarida 
hassa bor edi, o‘sha hassani irg‘itib: «Alloh ham, Uning elchilari ham va’daga xilof 
qilmas», deb o‘girilib qaragan edilar, karavotlari ostida bir kuchuk bolasi turibdi. U zot: 
«Bu it qachon kirib oldi?» degandilar, men: «Bilmasam», dedim. Keyin buyurgan edilar, 
u it chiqarib tashlandi. So‘ngra Jabroil alayhisalom kelgandilar, Rasululloh (s.a.v.)  «Siz 
mening huzurimga kelishga va’da qilgan edingiz. Men kelishingizni kutib o‘tirdim. Lekin 
siz nima sababdandir kelavermadingiz?» deb so‘radilar. Jabroil alayhissalom: «Meni 
va’da qilingan vaqtda ko‘rishishdan uyingizdagi it man qildi. Chunki biz farishtalar it va 
(jonli) surat bor uyga kirmaymiz», deb aytdilar». Imom Muslim rivoyati. 
1686/10. Abu Tayyoh Hayyon ibn Husayndan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Ali ibn Abu Tolib 
menga: «Rasululloh (s.a.v.) meni yuborgan narsaga seni ham yuboraymi? Biror (jonli) 
surat qoldirmasdan yo‘q qilgin. Biror baland qabr qoldirmasdan yer bilan barobar qilgin», 
dedilar». Imom Muslim rivoyati. 
 
306-bob 
It boqishning haromligi, lekin ov, chorvani qo‘riqlash va 
ekinlarni poylash uchun boqishning joizligi haqida 
 
1687/1. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kim itga ega bo‘lsa, 
ya’ni uni boqsa, har kuni uning savobidan ikki qiyrot kamaytiriladi. Lekin iti ov uchun 
yoki chorvalarni poylash uchun bo‘lsa, unda zarari yo‘q», dedilar. Imom Buxoriy va 

Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy 
 
 
Download 5.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling