Abu zakariyo yahyo ibn sharaf navaviy riyozus-solihiyn
Download 5.07 Kb. Pdf ko'rish
|
355-bob Shaharliklarning qishloqdagilar olib kelgan (g‘alla, meva, sabzavot va boshqa) narsalarni sotishi, karvondagilar bilan tashqarida ko‘rishib (sotib berish maqsadida) ularning mollarini qo‘lga kiritishi, birodari savdosini buzib, o‘z molini sotishi va o‘zi qaytmay yoki izn bermay turib birodari sovchi bo‘lgan ayolga sovchi yuborishining haromligi haqida 1774/1. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) shaharlik odamning qishloqdan kelgan kishining molini sotib berishidan man qildilar. Garchi u qishloqlik kishi Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 309 ota-ona bir inisi bo‘lsa ham. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 1775/2. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rpasululloh (s.a.v.) «Tashqaridan kelgan mollarni shahar bozoriga yetib kelmasidan oldin yo‘liga chiqib sotib olmanglar», deb aytdilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 1776/3. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Karvon yo‘liga chiqib, molini sotib olmanglar va shaharlik odam tashqaridan kelgan kishining molini sotmasin», deganlar. Imom Tovus Ibn Abbosdan (r.a.): «Shaharlik qishloqdan keladiganning molini sotmasin, deyilgani nima?» deb so‘raganlarida, Ibn Abbos: «Dallollik qilmasin, ya’ni qishloqdan kelgan kishi o‘zi olib kelgan narsasini o‘zi sotsin», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 1777/4. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) shaharlik qishloqdan kelgan kishining molini sotishdan man etdilar. Va: «Boshqalarni aldab narxini oshirmasin, birodari savdosi ustiga savdolashmasin, birodari sovchi bo‘lgan qizga sovchi yubormasin, kundoshli xotin kundoshini taloq qilib yuborishini, ya’ni hamma narsaga o‘zi ega bo‘lib olishni eridan so‘ramasin», dedilar. Boshqa rivoyatda aytilishicha, Rasululloh (s.a.v.) karvon hali shaharga kirmay turib uni sotish niyatida qo‘lga kiritishdan, xotin bo‘lajak kundoshiga taloq berilsa, nikohga chiqishini shart qilishdan va birodari savdosi ustiga savdolashishdan hamda narxlarni soxtalik bilan oshirishdan va sog‘iladigan hayvonni bir necha kun sog‘masdan sutini ko‘paytirib sotishdan man qildilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. Foyda: qishloqda yashovchi kishi qiyinchilik bilan narsalarni yig‘ib-terib olib kelsa-yu, shaharda yashovchilar uni aldab bozorda narx-navo pastlab ketganini aytib, dehqonni shunga ishontirishlari g‘irromlikdir. Islom g‘irromlikning barcha turini man etadi. 1778/5. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Ba’zilaringiz ba’zilaringiz savdosini buzib o‘z narsalarini sotmasin. Birodari sovchi bo‘lgan ayolga sovchi yubormasin. Lekin o‘zi izn bersa, unda joiz», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. Bu lafz Muslimniki. 1779/6. Uqba ibn Omirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Mo‘min mo‘minning birodaridir. Mo‘min kishiga birodari savdosini buzib o‘z narsalarini sotmasin hamda birodari sovchi bo‘lgan xotinga to o‘zi tark qilmaguncha sovchi yubormasin», dedilar. Imom Muslim rivoyati. 356-bob Mol-dunyoni shariat ruxsat bermagan joylarga sarf qilib, zoe etmoqdan qaytarilgani haqida 1780/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Albatta Alloh taolo sizlardan uch narsada mamnun va uch narsada norozidir. Mamnun bo‘ladigani - Allohga biror narsani sherik qilmasdan ibodat qilish, Allohning arqoni bo‘lmish Islomni jam bo‘lib mahkam ushlash va firqalanib ketmaslikdir. Norozi bo‘ladigani - foydasiz so‘zlarni gapirish, ko‘p savol berish va mol-dunyoni behudaga sarf qilish», deb aytdilar. Imom Muslim rivoyati. 1781/2. Mug‘iyraning kotiblari Varroddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Mug‘iyra (r.a.) Muoviyaga (r.a.) jo‘natish maqsadida bir maktub yozdirdilar. U quyidagicha edi: «Rasululloh (s.a.v.) har farz namozi so‘nggidan «La ilaha illallohu vahdahu la sharika lahu, lahul mulku va lahul hamdu va huva ‘ala kulli shay’in qodir. Allohumma la mani’a lima a’toyta va la mu’tiya lima mana’ta va la yanfa’u zal jaddi minkal jadd»ni o‘qirdilar». (Ma’nosi: «Allohdan o‘zga iloh yo‘q, Uning sherigi ham yo‘q. Mutlaq mulk Uniki va hamd ham Ungadir. U har narsaga qodirdir. Ey Rabbim, Sen bergan narsani man qiluvchi yo‘q. Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 310 Va Sen man qilgan narsani berguvchi yo‘q. Buyuklik Sendandir, boshqaning buyukligi foyda bermaydi»). Va yana Varrod (r.a.) maktubda quyidagilarni yozdilar: «Rasululloh (s.a.v.) foydasiz so‘zlarni gapirishdan, mol-dunyoni behudaga sarf qilishdan, ko‘p savol berishdan, onalarga oq bo‘lishdan, qizlarni tiriklay ko‘mishdan, vojib amallarni tark etishdan va xiralik bilan so‘rab olishdan man etdilar». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 357-bob Musulmon kishiga siloh (qurol) va shunga o‘xshash narsalar ila xoh jiddiy, xoh hazil bilan bo‘lsin, ishora qilishdan hamda qilichni yalang‘ochlab yurishdan man etganlari haqida 1782/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Sizladan birortangiz birodariga siloh (qurol, qilich, pichoq va shunga o‘xshash narsalar) bilan o‘qtalmasin. Chunki o‘sha silohi qo‘lida turganida, shayton vasvasa qilib (ya’ni, birodarining o‘limiga sababchi etib) do‘zax chuqurlaridan birortasiga tushirib yuborishi mumkin», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. Imom Muslimning rivoyatlarida aytilishicha, Rasululloh (s.a.v.) «Kim birodariga o‘tkir narsa bilan o‘qtalsa, to tashlamaguncha farishtalar la’natlab turishadi, garchi ishora qilinadigan kishi ota-ona bir tug‘ishgan inisi bo‘lsa ham», dedilar. Foyda: Islom inson salomatligi va mukarramligini mana shunday muhofaza qiladi. Qariyalarimiz: «Pichoqdan ehtiyot bo‘linglar, u odamga qarab yuguradi», deb bejiz aytishmaydi. 1783/2. Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) qilichni g‘ilofdan chiqarib, yalang‘ochlab yurishdan man etdilar. Abu Dovud va Termiziy rivoyatlari. 358-bob Azon aytilgandan keyin farzni o‘qimasdan turib uzrsiz masjiddan chiqib ketishning karohiyati haqida 1784/1. Abu Sha’sodan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Biz Abu Hurayra (r.a.) bilan birga masjidda o‘tirgan edik, muazzin azon aytib qoldi. Bir kishi o‘rnidan turib masjiddan chiqib ketdi. U kishi chiqib ketgunicha Abu Hurayra orqasidan qarab qoldilar. Va: «Bu kishi Abulqosimga osiy bo‘ldi, ya’ni Rasululloh (s.a.v.) buyruqlariga itoat qilmadi», deb aytdilar». Imom Muslim rivoyati. 359-bob Rayhonga o‘xshash biror xushbo‘y narsa tortiq etilsa, uni uzrsiz rad etishning karohiyati haqida 1785/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kimga rayhonga o‘xshash xushbo‘y narsa tortiq etilsa, rad qilmasin. Chunki u narsalarning vazni yengil va hidi xushbo‘ydir», dedilar. Imom Muslim rivoyati. 1786/2. Anas ibn Molikdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) xushbo‘y narsalarni rad etmasdilar. Imom Buxoriy rivoyati. 360-bob Maqtalganda salbiy ta’sir qilib, maqtovni ko‘tara olmaydigan kishining yuziga maqtashning karohiyati haqida (lekin bunday Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 311 salbiy ta’sirlanishdan omonda qoluvchi kishining yuziga maqtash joiz) 1787/1. Abu Muso al-Ash’ariydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) bir kishining boshqa bir kishini ko‘klarga ko‘tarib maqtayotganini eshitib: «Uni halok qildinglar yoki bu kishining belini sindirdinglar-ku», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 1788/2. Abu Bakradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) huzurlarida bir kishi zikr qilindi. Shunda boshqa bir kishi uning yaxshiligini gapirib maqtab yubordi. Buni eshitgan Rasululloh: «Do‘stingning bo‘ynini sindirding-ku», deb bir necha marta aytdilar. So‘ngra u zot: «Agar sizlardan biringiz maqtashga majbur bo‘lib qolsa, uni unday- bunday va shu singari, deb o‘ylayman, desin. Agar men bilganimdek ana shu sifatlarga ega bo‘lsa, «Hasiybuhu Alloh vala yuzakkiy ‘alallohu ahada» (ma’nosi: «Uning kifoyachisi Allohdir. Allohning oldida biror kishi aybsiz emas»), desin», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 1789/3. Hammom ibn Horis va Miqdoddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir kishi Usmonni (r.a.) maqtaganida Miqdod (r.a.) tizzalarini bukib, uning yuziga mayda toshlarni otib yubordilar. Shunda Usmon (r.a.): «Bu nima qilganingiz?» deganlarida, Miqdod 4§: «Rasulullohning (s.a.v.) «Agar maqtovchilarni ko‘rsangiz, yuzlariga tuproq soching», deganlarini eshitdim», dedilar. Imom Muslim rivoyati. Yuqorida keltirgan hadisimiz yuzga maqtashni man etuvchi hadislardandir. Yuzga maqtash muboh ekanini anglatuvchi sahih hadislar ham ko‘pdir. Ulamolar ikki tomon hadislarini jamlab, quyidagi fikrlarni aytishgan: «Agar maqtalayotgan kishi komil iymonli, ishonchli, riyozatli, ma’rifatli bo‘lib, o‘sha maqtovdan fitnalanmasa va g‘ururga ketmasa, harom ham, makruh ham emas. Agar bu ishlarning birortasidan qo‘rqilsa, yuzga maqtashlik qattiq makruh bo‘ladi». Shunga asoslanib bu haqdagi turli sahih hadislarni keltirmoqdamiz: Rasululloh (s.a.v.) Abu Bakrga (r.a.): «Jannatga kirishda hamma eshigidan chaqiriluvchilardan bo‘lishingni umid qilaman», boshqa hadisda: «Sen ishtoningni mutakabbirlik niyatida uzaytirib yuruvchilardan emassan», deganlar. Umarga (r.a.) esa: «Agar shayton seni ko‘rib qolsa, sen yurayotgan yo‘lni qo‘yib, boshqa yo‘lga ravona bo‘ladi», deganlar. Yuzga maqtash joiz bo‘lgan hadislar ko‘p bo‘lib, bu haqda «Al-Azkor» kitobida batafsil so‘zlangan. 361-bob Vabo tarqagan shahardan qochib chiqib ketishning hamda vabo tarqagan shaharga kirishning karohiyati haqida Alloh taolo: «Qaerda bo‘lsangiz, hatto mustahkam qal’alar ichida bo‘lsangiz ham, o‘lim sizlarni topib olur» (Niso surasi, 78-oyat); «Va o‘zingizni halokatga tashlamang» (Baqara surasi, 195-oyat), deb aytgan. 1790/1. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Umar ibn Xattob Shom shahriga jo‘nadilar. Qachonki, Sarg‘ nomli joyga yetib kelganimizda, shahar amiri Abu Ubayda ibn Jarroh va yoronlari kutib olgani chiqib, Shomda vabo kasali tarqaganining xabarini berishdi. Umar 4§ menga: «Avvalgi muhojirlarni, ya’ni ikki qiblaga qarab namoz o‘qiganlarni chaqir», dedilar. Men borib ularni chaqirib keldim. Umar 4§ ular bilan maslahatlashib, Shomda vabo kasali tarqaganining xabarini berdilar. Ular bunda ixtilof qilishdi. Ba’zilari: «Ulug‘ bir ishni (ya’ni, dushman bilan urushishni) qasd qilib chiqqansiz, Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 312 u rejadan orqaga chekinishingizni ep ko‘rmaymiz», deyishdi. Ba’zilari esa: «Siz bilan birga boshqa odamlar va Rasulullohning (s.a.v.) sahobalari ham bor. Ularni mana bu vabo kasaliga olib borishingizni ep ko‘rmaymiz», deyishdi. Umar (r.a.): «Mening huzurimdan turinglar», deb aytdilar. Keyin u zot: «Huzurimga ansoriylarni chaqir», dedilar. Men ularni chaqirib kelgan edim, ular bilan ham maslahatlashdilar. Ansoriylar ham muhojirlar kabi ixtilof qilib ikki xil fikr aytishdi. Umar (r.a.) ularga ham: «Huzurimdan turinglar», deb aytdilar. So‘ngra u zot: «Huzurimga Makka fath bo‘lishidan oldin Islomga kirgan Quraysh oqsoqollarini chaqir», dedilar. Men ularni chaqirdim. Ulardan hech bir kishi ixtilof qilmadi. Ular: «Ey Umar ibn Xattob, siz odamlar bilan qaytib ketishingizni maslahat beramiz. Mana bu vabo kasali tarqagan joyga ularni olib kirmang», deb aytishdi. Shu maslahatdan keyin Umar (r.a.) odamlarga qarata: «Tongda men (Madinaga) qaytib ketaman. Sizlar ham qaytinglar», dedilar. Abu Ubayda al-Jarroh (r.a.) Allohning qadaridan (taqdiri azalida bitib qo‘yilgan narsasidan) qochib ketyapsizmi?» dedilar. Umar (r.a.): «Qaniydi, bu gapni sendan boshqa kishi aytganda edi», dedilar. Chunki Umar (r.a.) Abu Ubaydaga xilof chiqishni yomon ko‘rardilar. Va yana Umar (r.a.): «Ha! Allohning (yomon) qadaridan Allohning (yaxshi) qadariga qochyapmiz. Ey Abu Ubayda, menga xabar ber-chi, agar senda tuyalar bo‘lsa va ular bir vodiyga tushsa-da, u vodiyning ikkita maydoni bo‘lsa, biri ko‘kalamzor, ikkinchisi esa qup-quruq bo‘lsa va sen ko‘kalamzorda o‘tlatishing ham Allohning qadari, qup-quruq yerida o‘tlatishing ham Allohning qadari emasmi?» dedilar. Shu payt Abdurahmon ibn Avf kelib qoldilar. Bu sahoba ba’zi zarur ishlari tufayli bu yerda yo‘q edilar. Abdurahmon ibn Avf (r.a.): «Mening bu haqda Rasulullohdan (s.a.v.) eshitgan narsam bor. Rasululloh (s.a.v.): «Agar bir joyda vabo tarqalibdi, deb eshitsangizlar, u yerga kirmanglar. Agar sizlar turgan makonda vabo tarqasa, u yerdan qochib chiqib ketmanglar», deganlar», deb aytdilar. Buni eshitgan Umar ibn Xattob Alloh taologa hamd aytdilar va (Madinaga) jo‘nadilar». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 1791/2. Usoma ibn Zayddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Agar bir yerda o‘lat (vabo) kasali tarqabdi, deb eshitsangizlar, u yerga kirmanglar. Agar sizlar yashab turgan joyda o‘lat kasali tarqasa, u yerdan chiqib ketmanglar», deb aytdilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. Foyda: epidemiya tarqagan joyga kirish yoki o‘zi yashab turgan joyda tarqalsa, u yerdan qochib chiqib ketish taqiqlanmoqda. Bugungi kunimizda buni «karantin», deb nomlashadi. Chunki yashab turgan makonda vabo tarqasa, u yerdan qochib chiqqan kishi o‘zi bilan birga zararli mikroblarni ergashtirib, sog‘lom kishilarga yuqtirishi mumkin. Mana shu narsaga amal qilish Alloh taologa tavakkal qilishga qarama-qarshi narsa emas. Balki sabablarning oldini olish va halokatga eltuvchi narsalardan o‘zini uzoq tutish va ayni Allohga tavakkal qilishlikdir. 362-bob Sehrning og‘ir haromlardan ekani haqida Alloh taolo: «Sulaymon kofir emas edi, balki odamlarga sehr o‘rgatadigan shaytonlar kofir edilar» (Baqara surasi, 102-oyat), deb aytgan. 1792/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Yettita halokatga eltuvchi amallardan saqlaninglar», deganlarida, sahobalar: «Ey Allohning rasuli, ular nima?» deyishdi. Shunda Rasululloh (s.a.v.) «1. Allohga sherik bor, deyish. 2. Sehrgarlik. 3. Alloh o‘ldirishni harom qilgan jonni o‘ldirish. Ammo haq bilan bo‘lsa, ya’ni had, qasos va shunga o‘xshash narsalarda zarari yo‘q. 4. Sudxo‘rlik orqasidan kun Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 313 kechirish. 5. Yetimning molini yeyish. 6. Urushda orqaga chekinish. 7. Hech narsadan xabari yo‘q, pokiza, afifa ayollarni (fohishalikda) ayblash», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 363-bob Agar dushman qo‘liga tushishidan xavf etilsa, g‘ayrimuslim o‘lkalarga Qur’on kitobi bilan safar qilishdan man etilgani haqida 1793/1. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) Qur’oni karim bilan dushman yeriga safar qilishdan man etdilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 364-bob Yeyish, ichish, tahorat qilish va boshqa ishlarda tilla va kumush idishlarni ishlatishning haromligi haqida 1794/1. Ummu Salamadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kumush idishlarda suv ichadiganlar qornini do‘zax oloviga to‘ldiribdi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. Imom Muslimning rivoyatlarida «Tilla va kumush idishlarda suv ichuvchi va ovqatlanuvchilar» bo‘lib kelgan. 1795/2. Huzayfadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) ipak va kimxob kiyishdan hamda tilla, kumush idishlarda suv ichishdan man qildilar. Va: «Bu narsalar bu dunyoda kofirlar uchun, oxiratda esa sizlar uchundir», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. Ikki «Sahih» kitobida kelgan Huzayfa (r.a.) rivoyatlarida Rasululloh (s.a.v.) «Ipak va kimxobdan tayyorlangan kiyimlar kiymanglar, tilla, kumush idishlarda suv ichmanglar va tilla, kumush taqsimchalarda ovqat yemanglar», deb aytdilar. 1796/3. Anas ibn Siyrindan rivoyat qilinadi: «Anas ibn Molik (r.a.) bilan birga bir necha majusiylar huzurida o‘tirganimizda, kumushdan yasalgan idishda qiyom olib kelindi. U zot bundan yemadilar. Olib kelgan kishiga bu idishingni almashtirib kel, deb aytilgan edi, u kishi kumush idishni xalanj daraxtidan ishlangan kosaga alishtirib keldi. Anas ibn Molik bu idishdagi qiyomdan tanovul qildilar». Imom Bayhaqqiy hasan isnod bilan rivoyat qilganlar. 365-bob Za’faron rangli kiyim kiyishning haromligi haqida 1797/1. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) kishilarga za’faron rangli libos kiyishni man etdilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 1798/2. Abdulloh ibn Amr ibn Ossdan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasululloh (s.a.v.) bir kuni mening ustimda ikkita sarg‘ish, zahil rangga bo‘yalgan kiyimni ko‘rib: «Onang mana shuni kiyishga buyurdimi?» dedilar. Men: «Rangini ketkazib yuvib yuboraymi?» desam, u zot: «Balki yondirib tashlagin», dedilar». Boshqa rivoyatda aytilishicha, Rasululloh (s.a.v.) «Bu kabi sarg‘ish, zahil rangli liboslar kofirlarning kiyimidir. Sen bunday kiyimlarni kiymagin», deb aytganlar. Imom Muslim rivoyati. 366-bob Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 314 Kunduzidan kechasigacha jim (sukut qilib) yurishdan qaytarilgani haqida 1799/1. Alidan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasulullohning (s.a.v.) «Balog‘atga yetgandan keyin yetimlik yo‘q. Kunduzidan kechasigacha jim (sukut qilib) yurish yo‘q», deb aytganlarini eshitdim». Abu Dovud rivoyati. Imom Abu Sulaymon Xattobiy Ma’olus «Sunan» nomli kitoblarida bu hadisni quyidagicha sharhlaganlar: «Jim yurish johiliyat ahlining amallaridan edi. Ulardan biri bir kecha va kunduz e’tikof o‘tirardi-da, hech narsa gapirmay, sukut qilardi. Islom kelgandan keyin bundan qaytarildi va yaxshiliklarni zikr etishga buyurildi». 1800/2. Qays ibn Abu Hozimdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Abu Bakr Siddiq 4$> ahmaslik Zaynab ismli ayolning oldiga kirdilar. Uning gapirmayotganini ko‘rdilar. Va unga: «Nima uchun gapirmayapsan?» dedilar. Atrofidagilar: «Haj qilgan, gapirmaydi», deb aytishdi. Shunda Abu Bakr unga: «Gapirgin, bu (ishing) halol bo‘lmaydi. Va bu johiliyat amallaridandir», deganlarida, u xotin gapirdi. Imom Buxoriy rivoyati. 367-bob Kishi o‘z otasini qo‘yib boshqa kishiga hamda o‘z homiysi turib boshqaga nisbat berilishining haromligi haqida 1801/1. Sa’d ibn Abu Vaqqosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kim bir odamning otasi emasligini bilaturib haqiqiy otam shudir, desa, jannat unga haromdir», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 1802/2. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Haqiqiy otalaringizdan tonib yuz o‘girmanglar. Kim o‘z otasini tan olmay yuz o‘girsa, bu ishi kufrlikdir», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 1803/3. Yazid ibn Sharik ibn Toriqdan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Alining (r.a.) minbarda turib quyidagicha xutba aytayotganlarini eshitdim: «Bizning huzurimizda o‘qish uchun faqat Allohning kitobi bordir. Va yana mana bu sahifa ham borki, bunda tovon qilib beriladigan tuyalarning yoshlari va jarohatlarga oid masalalar hamda Rasulullohning (s.a.v.) quyidagi aytgan so‘zlari bordir», deb u sahifani ochdilar. Unda Rasululloh (s.a.v.) «Madinaning Ayr tog‘i bilan Savr tog‘i oraligidagi masofasi (Makka kabi) Haramdir. Kim u yerda biror bid’at (yangilik)ni paydo qilsa yoki bid’atchiga joy bersa, unga Allohning, farishtalarning va barcha odamlarning la’nati bo‘lsin. Alloh qiyomat kuni uning tavbasini ham, to‘laydigan mablag‘ini ham qabul etmaydi. Musulmonlarning ahdlari bordir. Ularning eng past tabaqadagilari ham unga erishadi. Kim ana shu ahdga xilof ish tutsa, unga Allohning, farishtalarning va barcha odamlarning la’nati bo‘lsin. Alloh qiyomat kuni uning tavbasini ham, to‘laydigan mablag‘ini ham qabul etmaydi. Kim o‘z otasidan boshqa kishini otam desa yoki homiysidan boshqa homiyni iddao qilsa, unga Allohning, farishtalarning va barcha odamlarning la’nati bo‘lsin. Alloh qiyomat kuni uning tavbasini ham, to‘laydigan mablag‘ini ham qabul etmaydi», dedilar». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 1804/4. Abu Zarrdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kim bilaturib o‘z otasini tan olmay, boshqa kishini otam, desa, kofir bo‘libdi. Kim o‘ziniki bo‘lmagan narsani meniki, deb da’vo qilsa, bizdan emasdir. Va joyini do‘zaxdan tayyorlab qo‘yaversin. Kim biror kishini «ey kofir» yoki «ey Allohning dushmani», desa va aytilgan bu sifatlar u kishida bo‘lmasa, aytuvchining o‘ziga qaytadi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 315 368-bob Alloh va Uning rasuli man qilgan narsalarni sodir etishdan ogohlantirish haqida Alloh taolo: «(Payg‘ambarning) amriga xilof ish qiladigan kimsalar o‘zlariga biron fitna - kulfat yetib qolishidan yoki alamli azob yetib qolishidan hazir bo‘lsinlar!» (Nur surasi, 63-oyat); «Alloh sizlarni O’zining (azobidan) ogoh qilur» (Oli Imron surasi, 30-oyat); «(Ey Muhammad alayhissalom), shak-shubhasiz, Parvardigoringizning (kofirlarni azob bilan) ushlashi qattiqdir» (Buruj surasi, 12-oyat); Download 5.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling