Abu zakariyo yahyo ibn sharaf navaviy riyozus-solihiyn


Download 5.07 Kb.
Pdf ko'rish
bet48/53
Sana30.08.2017
Hajmi5.07 Kb.
#14625
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   53

www.ziyouz.com kutubxonasi 
301
 
326-bob  
Musulmon kishini «Ey kofir!» deb aytishning haromligi haqida 
 
1731/1. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Agar kishi birodariga 
«Ey kofir!» desa, ikkovidan biriga bu so‘z qaytadi. Ya’ni, agar birodari aytganidek bo‘lsa, 
aytuvchiga hech narsa bo‘lmaydi. Bordi-yu, unday bo‘lmasa, aytuvchining o‘zi kofir 
bo‘ladi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
1732/2. Abu Zarrdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Kim boshqa bir 
kishini kofir yoki Alloh dushmani, deb aytsa-yu, o‘sha narsa u kishida bo‘lmasa, 
aytuvchining so‘zi o‘ziga qaytadi. Ya’ni, o‘zi kofir va Alloh dushmani bo‘ladi», dedilar. 
Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
327-bob  
Tilni behayo va fahsh so‘zlarga ishlatishdan man etilgani haqida 
 
1733/1. Ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Mo‘min kishi ko‘p 
so‘kuvchi ham, ko‘p la’natlovchi ham, fahsh so‘zlarni aytuvchi ham, odobsiz ham 
bo‘lmaydi», dedilar. Imom Termiziy rivoyati. 
1734/2. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Fahsh narsa borki, u 
sharmandalik keltiradi. Hayo narsa borki, u ziynat keltiradi», dedilar. Imom Termiziy va 
Ibn Moja rivoyatlari. 
 
328-bob 
So‘zda jimjimadorlik va so‘zamollik uchun eng qiyin, nozik 
iboralarni ishlatib, avomga xitob qilishning 
karohiyati haqida 
 
1735/1. Ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «So‘zda chuqur 
ketuvchi, sinchkovlar halok bo‘lishdi», deb uch marta (ta’kidlab) aytdilar. Imom Muslim 
rivoyati. 
1736/2. Abdulloh ibn Amr ibn Ossdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) 
«Gapirganda xuddi sigir tiliga xashak o‘ragani kabi so‘zni o‘rab gapiruvchi kishilarni Alloh 
taolo yomon ko‘radi», dedilar. Abu Dovud va Termiziy rivoyatlari. 
1737/3. Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Menga mahbublaringiz va 
qiyomat kunida majlis jihatidan yaqinlaringiz axloqi yaxshilaringizdir. Menga yomon 
ko‘rilganlaringiz va qiyomat kunida mendan uzoqlaringiz sergap-ezmalaringiz, axloqsiz 
so‘zlarni so‘zlovchilaringiz va mutakabbirlardir», dedilar. Imom Termiziy rivoyati. 
 
329-bob  
«Qusgim kelyapti», deb aytishning karohiyati haqida 
 
1738/1. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Sizlardan birortangiz 
«ko‘nglim ayniyapti», degan so‘zni «xabusat» (arabchada) lafzi ila emas, balki «laqisat» 
lafzi ila aytsin», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
Foyda:  xuddi o‘zbek tilidagi «qusgim kelyapti» o‘rniga chiroyli qilib «ko‘nglim 
ayniyapti», deb aytganga o‘xshash. 
 
330-bob  
Uzumni arabchada «Al-Karmu» lafzi ila ishlatishning karohiyati haqida 

Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
302
 
1739/1. Abu Hurayradan rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Uzumni arabchada «Al-
Karmu» lafzi ila aytmanglar. Chunki «Al-Karmu» lafzi musulmon, degan ma’noni 
anglatadi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. Bu Muslim rivoyatlaridagi lafz. 
Boshqa rivoyatda «Al-Karmu» mo‘minning qalbidir, deyilgan. 
Imom Buxoriy va Muslimning boshqa rivoyatlarida: «(Kishilar uzumni) al-Karmu, deb 
aytadilar. «Al-Karmu» esa aslida mo‘minning qalbi, degan ma’noni anglatadi», deyilgan. 
1740/2. Voil ibn Hujradan (r.a.) rivoyat qiladi. Rasululloh (s.a.v.)  «(Uzumni) «Al-
Karmu» lafzi ila aytmanglar, balki «Al-Inab» va «Al-Habala» lafzi ila aytinglar», dedilar. 
Imom Muslim rivoyati. 
Foyda:  bu hadisda uzumni «Al-Karmu», deb atashdan man etilmoqda. Sababi 
johiliyatda uzum mevasidan mast qiluvchi sharobni tayyorlovchilar mana shunday ismni 
salbiy ma’noda aytishar edi. Hozir ham ba’zilar shunday aytishadi. Rasululloh (s.a.v.) 
bunday atashdan qaytarmoqdalar. 
 
331-bob 
Begona xotinning husnini begona erkak oldida gapirishdan man 
etilgani haqida (lekin uylanish va boshqa maqsadlarni ko‘zlab, 
shar’iy ehtiyoj tug‘ilganda zarari yo‘q) 
 
1741/1. Ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Ayol kishi boshqa 
bir ayolning badaniga qarab, uni o‘z eriga sifatlab bersa, go‘yoki eri o‘sha begona 
xotinning badaniga qaragandek bo‘libdi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
Foyda: buni man etilishidagi hikmat fitnaga yo‘liqishning oldini olishdir. 
 
332-bob 
«Allohim, agar xohlasang, meni kechir», deb aytishning 
karohiyati haqida (Allohdan biror narsa so‘ralayotganda jazm va 
qat’iyat ila so‘raladi) 
 
1742/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Sizlardan 
birortangiz «Allohim, agar xohlasang, meni kechir» yoki «Allohim, agar xohlasang, 
menga rahm qil», deb aytmasin. Balki jazm va qat’iyat bilan so‘rasin. Chunki Alloh 
taoloni (bir narsa berishga hech kim) majburlay olmaydi», dedilar. Imom Buxoriy va 
Muslim rivoyatlari. 
Muslimning rivoyatlarida «Lekin qasd qilib, qattiq so‘rasin. Alloh nazdida biror (xoh 
dunyoviy, xoh uxroviy) narsaning kattasi bo‘lmaydi, albatta beradi» bo‘lib kelgan. 
1743/2. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Qachon sizlardan biringiz 
duo qilsa, qat’iyat ila tilasin. «Allohim, agar xohlasang, bergin», deb qat’iyatsizlik ila 
so‘ramasin. Chunki Allohni (hech kim bir narsa berishga) majburlay olmaydi», dedilar. 
Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
 
333-bob 
«Alloh va falon kishi xohlasa», deb aytishning 
karohiyati haqida 
 
1744/1. Huzayfa ibn Yamondan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Alloh 
xohlasa va falon kishi xohlasa, deb («va» so‘zini qo‘shib) aytmanglar. Balki «Alloh 
xohlasa, keyin falon kishi xohlasa», deb («keyin» so‘zini qo‘shib) aytinglar», dedilar. Abu 

Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
303
Dovud rivoyati. 
Foyda:  chunki Allohning xohishi bilan insonning xohishi orasida katta farq bor. 
Allohning xohishi azaliy va qadimiydir. Insonning xohishi esa yangi paydo bo‘lgan 
narsadir. 
 
334-bob 
Xufton namozidan keyin (befoyda) so‘zlarni gaplashishning 
karohiyati haqida 
 
Boshqa vaqtlarda muboh bo‘lgan so‘zlarni xuftondan keyin gaplashish karohiyatlidir. 
Ammo boshqa paytlarda harom yoki makruh bo‘lgan so‘zlarni xuftondan keyin 
gaplashish undan-da qattiq harom va makruhdir. Xuftondan keyin gaplashish joiz 
bo‘lganlari: ilm muzokara qilish, solihlar hikoyasini va yaxshi axloqlarga undovchi 
suhbatlarni tinglash hamda mehmon va hojatmand kabi kishilar bilan so‘zlashishdir. 
Favqulodda uzrli bo‘linganda ham karohiyati yo‘q. Balki shu aytilgan narsalarni bu 
paytda gaplashish mustahabdir. Bu aytilgan narsalar sahih hadislarda vorid bo‘lgandir. 
1745/1. Abu Barzadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) xuftondan oldin 
uxlashni va xuftondan keyin gapirishni karih ko‘rardilar. Imom Buxoriy va Muslim 
rivoyatlari. 
1746/2. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) hayotlarining oxirgi 
paytida xufton namozini o‘qib salom berganlaridan keyin: «Bu kecha haqida xabar 
beringlar-chi. Bu kechadan yuz yil o‘tgandan keyin hozir yer yuzida mavjud 
bo‘lganlarning birortasi tirik qolmaydi, deb men xabar beraman», deb aytdilar. Imom 
Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
Foyda: Rasululloh (s.a.v.) xabar berganlaridek, oxirgi vafot etgan sahoba Abu Tufayl 
Omir ibn Voildir. Bu zot Rasululloh (s.a.v.) bu so‘zni aytganlaridan yuz yil o‘tgandan 
keyin bir yuz o‘ninchi yili vafot etganlar. Ya’ni, Rasululloh (s.a.v.) hijratning o‘ninchi 
yilida bu so‘zni aytganlar. 
1747/3. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir kecha sahobalar Rasulullohni (s.a.v.) 
(masjidi nabaviyda) kutib o‘tirishgan edi, u zot kechaning yarmida kelib, ularga xufton 
namozini o‘qib berdilar. Keyin quyidagicha xutba aytdilar: «Ogoh bo‘ling! Albatta 
odamlar namoz o‘qib bo‘lib orom olishmoqda. Sizlar qancha kutgan bo‘lsangiz, 
o‘shancha muddat namozda turgan hisoblanasizlar». Imom Buxoriy rivoyati. 
Foyda:  bu ikki hadisdan xuftondan keyin yaxshi so‘zlarni gaplashish joizligi 
tushuniladi. 
 
335-bob 
Er o‘z xotinini to‘shagiga (jimo’ niyatida) chaqirsa-yu, xotin 
shar’iy uzri bo‘lmay, unga borishdan bosh tortishining 
haromligi haqida 
 
1748/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Agar kishi o‘z 
xotinini (jimo’ niyatida) to‘shagiga chaqirganda, u xotin bosh tortsa va eri undan norozi 
bo‘lsa, tong otguncha farishtalar u xotinni la’natlab turishadi», dedilar. Imom Buxoriy va 
Muslim rivoyatlari. Boshqa rivoyatda «Qaytgunicha» bo‘lib kelgan. 
 
336-bob 
Er safarda bo‘lmay, uydaligida ayoliga uning ruxsatisiz nafl 
ro‘za tutishining haromligi haqida 

Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
304
 
1749/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Eri safarga 
bormasdan uyda bo‘lgan paytida xotinga erining iznisiz nafl ro‘za tutishi va iznisiz uyiga 
biror shaxsni kiritishi halol emas», deb aytdilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
 
337-bob 
Iqtido qilgan kishi ruku’ va sajdada imomdan oldin bosh 
ko‘tarishining haromligi haqida 
 
1750/1. Abu Hurayradan rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «(Ruku’ yoki sajdada) 
sizlardan biringiz imomdan oldin boshini ko‘tarsa, Alloh uning boshini eshakning boshiga 
yoki suratini eshak suratiga aylantirib qo‘yishidan qo‘rqmaydimi?» deb aytdilar. Imom 
Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
Foyda: ba’zilar bu so‘z kinoyadir. Ya’ni, eshakka o‘xshab aqli noqis bo‘ladi, deyishadi. 
Ba’zilar esa bunday bo‘lishi mumkin, deyishadi. Shayx Ibn Hajar al-Haytamiy o‘zlarining 
«Mo‘‘jam»larida mana shu hodisa yuz berganini yozganlar. Alloh O’zi asrasin. 
 
338-bob 
Namozda turgan kishi qo‘lini yonboshiga qo‘yishining 
karohiyati haqida 
 
1751/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) namozda qo‘lni 
yonboshga qo‘yib turishdan man etdilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
Foyda: chunki namozda bunday turish mutakabbirlikka dalolat qiladi. 
 
339-bob 
Taom hozir bo‘lib turganda hamda xojati qistab turganda namoz 
o‘qishning makruhligi haqida 
 
1752/1. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Taom hozir bo‘lganda va 
hojati qistab turganda, ya’ni peshob va ichni bo‘shatgisi kelib turganda namoz yo‘qdir», 
dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
Foyda:  chunki bunday holatlarda namoz o‘quvchi kishidan xushu’ ketadi. Albatta 
namoz vaqti keng bo‘lsa, shunday. Lekin namoz vaqti torayib ketsa, karohiyat 
ko‘tariladi. 
 
340-bob 
Namozda turganda osmonga qarashning man etilgani haqida 
 
1753/1. Anas ibn Molikdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Odamlarga nima 
bo‘ldiki, namozda ko‘zlarini osmonga qaratishadi?» dedilar va yana ham shiddatlashib: 
«Yoki bunday qilishdan to‘xtashsin, bo‘lmasa, ko‘zlaridan judo bo‘lib qolishadi», dedilar. 
Imom Buxoriy rivoyati. 
 
341-bob 
Namozda uzrsiz u yoq-bu yoqqa qarashning karohiyati haqida 
 
1754/1. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasulullohdan (s.a.v.) namozda u yoq-bu 
yoqqa, ya’ni o‘ng va chap tomonlarga qarash haqida so‘rasam, u zot: «U narsa 

Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
305
bandaning namozidan shaytonning yulib olgan hissasidir», dedilar». Imom Buxoriy 
rivoyati. 
1755/2. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Namozda u yoq-bu yoqqa 
qarashdan chetlangin. Chunki namozda qarash halokatga sabab bo‘ladi. Agar chorasiz 
qolsang, nafl namozlarida mayli-yu, lekin farz namozlarida joiz emas», deb aytdilar. 
 
342-bob  
Qabrlarga yuzlanib namoz o‘qishdan qaytarilgani haqida 
 
1756/1. Abu Marsad Kannoz ibn Husayndan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) 
qabrlarga yuzlanib namoz o‘qishdan va uning ustiga o‘tirishdan man etdilar. Imom 
Muslim rivoyati. 
 
343-bob  
Namoz o‘qiyotgan kishining oldidan o‘tishning haromligi to‘g‘risida 
 
1757/1. Abu Juhaym Abdulloh ibn Horis ibn Simmadan (r.a.) rivoyat qilinadi. 
Rasululloh (s.a.v.)  «Namoz o‘qib turganning oldidan o‘tuvchi kishi agar bu ishning 
yomonligini bilganida edi, qirq (kun yo oy yoki yil) namoz o‘quvchining oldidan 
o‘tmasdan to‘xtab turishi yaxshi bo‘lar edi», dedilar. Ushbu hadis roviyi qirq kunmi yo 
qirq oymi yoki qirq yilmi, aniq bilmadim, deb aytdi. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
 
344-bob 
Muazzin farzga iqomat (takbir) aytgandan keyin xoh nafl, xoh 
o‘sha namozning sunnati bo‘lsin, boshlab yuborishning 
karohiyati haqida 
 
1758/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Agar namozga 
iqomat aytilsa, farzdan boshqa namoz yo‘qdir», dedilar. Imom Muslim rivoyati. 
 
345-bob  
Juma kunining kunduzini ro‘zaga va kechasini namozga xoslab 
olishning karohiyati to‘g‘risida 
 
1759/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kechalardan juma 
kechasini tahajjud namoziga, kunduzlardan juma kunini ro‘zaga xoslab olmanglar. Lekin 
odatdagi ro‘zaga to‘g‘ri kelib qolsa, zarari yo‘q», dedilar. Imom Muslim rivoyati. 
1760/2. Abu Hurayradan rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Hech bir kishi juma 
kunining yolg‘iz o‘zida ro‘za tutmasin. Lekin jumaga payshanbani yoki shanbani qo‘shib 
tutsa, zarari yo‘q», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
1761/3. Muhammad ibn Abboddan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Jobirdan (r.a.) «Rasululloh 
(s.a.v.) juma kunining o‘zida ro‘za tutishdan man qilganlarmi?» deb so‘rasam, u zot: 
«Ha», deb javob qildilar». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
1762/4. Ummul mo‘minin Juvayriya binti Horisdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh 
(s.a.v.) juma kuni bu onamiz huzurlariga kirsalar, ro‘zador ekanlar. Rasululloh (s.a.v.) u 
kishidan: «Kecha ro‘za tutgan edingmi?» deb so‘radilar. Juvayriya (r.a.): «Yo‘q», deb 
javob berdilar. Rasululloh (s.a.v.)  «Ertaga ro‘za tutishni xohlaysanmi?» dedilar. 
Juvayriya (r.a.): «Yo‘q», dedilar. Shunda Rasululloh (s.a.v.) «Unday bo‘lsa, ochib yubor, 
ya’ni ro‘za tutmagin», dedilar. Imom Buxoriy rivoyati. 

Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
306
 
346-bob  
Ikki yoki undan ko‘proq kun yemasdan-ichmasdan ro‘za tutishning 
haromligi haqida 
 
1763/1. Abu Hurayra va Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) (ikki yoki 
undan ko‘proq kun) og‘iz ochmay ro‘za tutishdan man etdilar. Imom Buxoriy va Muslim 
rivoyatlari. 
1764/2. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) (ikki yoki undan 
ko‘proq kun) og‘iz ochmay ro‘za tutishdan man etganlarida, sahobalar: «O’zingiz 
shunday qilasiz-ku», deyishdi. Shunda Rasululloh (s.a.v.)  «Men sizlar kabi emasman. 
Chunki men (Rabbim tomonidan) taom va ichimlik ila siylanaman», dedilar. Imom 
Buxoriy va Muslim rivoyatlari. Bu hadis lafzi esa Imom Buxoriyniki. 
 
347-bob  
Qabr ustiga o‘tirishning haromligi haqida 
 
1765/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Sizlardan biringiz 
qabr ustiga o‘tirganidan ko‘ra cho‘g‘ ustiga o‘tirib, kiyimi kuyishi va badaniga ilashishi 
yaxshiroqdir», dedil ar. Imom Muslim rivoyati. 
 
348-bob  
Qabr ustini suvashdan va uning ustiga bino qurishdan 
qaytarilgani haqida 
 
1766/1. Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) qabrlarni suvashdan, ustiga 
o‘tirishdan va ustiga bino qurishdan man etganlar. Imom Muslim rivoyati. 
 
349-bob  
Qul o‘z hojasi qo‘lidan qochib ketishining qattiq 
haromligi haqida 
 
1767/1. Jarirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Qaysi bir qul hojasi 
qaramog‘idan qochib ketsa, u Islom panohidan chiqibdi», dedil ar. Imom Muslim 
rivoyati. 
1768/2. Jarirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Agar qul hojasi huzuridan 
qochib ketsa, o‘qigan namozlari qabul bo‘lmaydi», de dil ar. Imom Muslim rivoyati. 
Boshqa rivoyatda: «Qochib ketsa, kofir bo‘libdi», deyilgan. 
 
350-bob  
Shar’iy jazolarda o‘rtaga tushib shafe’ bo‘lishning 
haromligi haqida 
 
Alloh taolo: «Zinokor ayol va zinokor erkak - ulardan har birini yuz darradan 
uringlar. Agar sizlar Allohga va oxirat kuniga iymon keltirguvchi bo‘lsangizlar, 
Allohning (bu) hukmida (ya’ni, zinokorlarni darralashda) sizlarni ularga nisbatan 
rahm-shafqat (tuyg‘ulari) tutmasin» (Nur surasi, 2-oyat), deb aytgan. 
1769/1. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Maxzumiya qabilasidagi bir ayolning o‘g‘irlik 
qilgani qurayshliklarni g‘amga solib qo‘ydi. Shunda ular: «Kim Rasululloh (s.a.v.) bilan 

Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
307
(u ayol jazosining ijro etilmasligi haqida) gaplashadi?» deyishganida, ba’zilari: «Usoma 
ibn Zayd borib gaplashadi. Chunki uni Rasululloh (s.a.v.) yaxshi ko‘radilar», deyishdi. 
Bas, Usoma (r.a.) shafe’lik qilib, bu haqda Rasululloh (s.a.v.) bilan gaplashganlarida, u 
zot (s.a.v.) «Allohning hadlaridan bo‘lgan bir hadda, ya’ni jazosida shafe’lik qilasanmi?» 
dedilar-da, o‘rinlaridan turib quyidagicha xutba aytdilar: «Sizlardan oldingi 
ummatlarning halok bo‘lishlariga sabab oralarida ulug‘ bir kishi o‘g‘irlik qilib qo‘ysa, 
jazoni tark qilishar, zaif, oddiy odam o‘g‘irlik qilsa, had (jazo)ni ijro etishar edi. Alloh 
nomiga qasamki, Muhammadning qizi Fotima o‘g‘irlik qilsa, uning qo‘lini kesar edim». 
Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
Boshqa rivoyatda aytilishicha, Rasululloh (s.a.v.) bu so‘zni eshitganlarida g‘azablari 
kelganidan yuzlari o‘zgarib ketdi. Va: «(Ey Usoma), sen Allohning jazosida o‘rtaga tushib 
shafe’lik qilmoqchimisan?» deganlarida, Usoma (r.a.): «Ey Rasululloh, mening 
gunohimga istig‘for ayting», dedilar. Keyin bu xotinga hukm ijro etishni buyurdilar va 
uning qo‘li (o‘g‘irlik qilgani uchun) kesildi. 
 
351-bob 
Odamlarning yo‘llariga, soyalanadigan joylariga va suv oladigan 
erlariga hojat ushatishdan qaytarilgani haqida 
 
Alloh taolo: 
«Mo‘min va mo‘minalarga ular biron gunoh qilmasliklaridan ozor beradigan 
kimsalar ham bo‘hton va ochiq gunohni o‘z ustlariga olibdilar» (Ahzob surasi, 
58-oyat), deb aytgan. 
1770/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «La’natga sabab 
bo‘luvchi ikki ishdan chetlaninglar», deganlarida, sahobalar: «La’natga sabab bo‘luvchi u 
ikki ish nima?» deyishdi. Shunda u zot: «Odamlarning yo‘li va soyalanadigan 
makonlaridan hojatxona o‘rnida foydalanish», deb aytdilar. Imom Muslim rivoyati. 
 
352-bob  
Ko‘lmak suvga peshob qilishdan qaytarilgani haqida 
 
1771/1. Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) oqmasdan ko‘lmak bo‘lib 
turgan suvga peshob qilishdan man etdilar. Imom Muslim rivoyati. 
 
353-bob  
Ota bolalariga narsa berishda ba’zilarini afzal ko‘rishining 
karohiyati haqida 
 
1772/1. No‘‘mon ibn Bashirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bashir (r.a.) o‘g‘illari No‘‘monni 
Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga olib borib: «Men bu o‘g‘limga bir xizmatkor bola hadya 
qildim», deganlarida, Rasululloh (s.a.v.)  «Mana shu kabi narsani barcha bolalaringga 
hadya qildingmi?» dedilar. Bashir (r.a.): «Yo‘q», degandilar, Rasululloh (s.a.v.) «Bergan 
narsangni qaytarib ol», dedilar. 
Boshqa rivoyatda aytilishicha, Rasululloh (s.a.v.) «Bolalaringning barchasiga shunday 
qildingmi?» deganlarida, Bashir: «Yo‘q», dedilar. Shunda Rasululloh (s.a.v.): 
«Bolalaringiz haqida adolatli bo‘linglar», deb aytdilar. Keyin Bashir kelib haligi bergan 
sadaqalarini qaytarib oldilar. 
Yana boshqa rivoyatda keltiriladiki, Rasululloh (s.a.v.)  «Ey Bashir! Senda bundan 
boshqa farzand bormi?» deganlarida, Bashir: «Ha», dedilar. Rasululloh (s.a.v.) 

Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
308
«Farzandlaringning barchasiga shunday hadya berdingmi?» degandilar, Bashir: «Yo‘q», 
dedilar. Shunda Rasululloh (s.a.v.)  «Unday bo‘ladigan bo‘lsa, meni guvoh qilmagin. 
Chunki men zulmga guvoh bo‘lmayman», dedilar. 
Yana boshqa bir rivoyatda «Meni zulmga guvoh qilmagin» bo‘lib kelgan. Boshqa 
rivoyatda aytilishicha, Rasululloh (s.a.v.)  «Bu ishingga mendan boshqani guvoh qil», 
deb, keyin «Bolalaring senga yaxshilik va xizmat qilishda barobar bo‘lishlari xursand 
qiladimi?» degandilar, Bashir (r.a.): «Ha», dedilar. Shunda Rasululloh (s.a.v.)  «Unday 
bo‘lsa, ularni ajratmasdan barobar tutgin», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
 
354-bob 
Ayol kishiga oilasidan biror kishi o‘lsa, uch kundan ko‘p aza-motam 
(xafalik libosini kiyib, ziynatni tark) qilishi haromligi 
haqida (lekin eri o‘lsa, to‘rt oy-u o‘n kun idda 
o‘tirishi lozim) 
 
1773/1. Zaynab binti Abu Salamadan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Men mo‘minalar onasi 
Ummu Habiba huzurlariga otalari Abu Sufyon ibn Harb vafot etganlarida kirsam, Ummu 
Habiba (r.a.) sariq rangli xushbo‘y suyuqlik keltirishni buyurdilar. Va u xushbo‘y narsa 
keltirilganda xizmatkor qizga hamda o‘zlarining ikki yanoqlariga surtdilar. Keyin Ummu 
Habiba (r.a.): «Alloh nomiga qasamki, menda hozir bu narsani surtishga hojat yo‘q. 
Lekin men Rasulullohning (s.a.v.) minbarda turib: «Allohga va oxirat kuniga iymon 
keltirgan ayolga biror kishisi vafot etsa, uch kechadan ko‘p aza-motam (xafalik libosini 
kiyib, ziynatni tark) qilishi halol emas. Lekin eri vafot etsa, to‘rt oy-u o‘n kun idda 
o‘tiradi», deb aytganlarini eshitganman», dedilar». 
Zaynab binti Abu Salama (r.a.): «Keyin Zaynab binti Jahshning huzurlariga inilari 
vafot etganida kirsam, bu sahobiya ayol ham xushbo‘y narsa keltirishni buyurdilar. 
Qachonki, u narsa olib kelinganda, o‘sha narsadan surtib: «Alloh nomiga qasamki, hozir 
bu narsani surtishga hojat yo‘q. Lekin men Rasulullohning (s.a.v.) minbarda turib: 
«Allohga va oxirat kuniga iymon keltirgan ayolga biror kishisi vafot etsa, uch kundan 
ko‘p aza-motam qilishi halol emas. Lekin o‘z eri vafot etsa, to‘rt oy-u o‘n kun idda 
o‘tiradi», deb aytganlarini eshitdim», dedilar». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
Foyda:  demak, o‘z eridan boshqa shaxs vafot etsa, ayollarga faqat uch kun aza-
motam qilishga ruxsat berilmoqda. Lekin undan ziyodasi man etilgan. Ammo o‘z eri 
vafot etgan xotinlar to‘rt oy-u o‘n kun idda o‘tirishadi. 
Idda - eri o‘lgan ayolning boshqa erga tegishi mumkin bo‘lmagan muddat. Iddaning 
hikmatlaridan biri homila bor-yo‘qligini bilib, naslning egasini aniqlashdir. Hamda Islom 
shariati erning ayol ustidagi haqqi hattoki vafotidan keyin ham borligini e’tirof etishidir. 
Ha, Islom nasl musaffoligini mana shunday ta’minlaydi. 
Download 5.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling