Abu zakariyo yahyo ibn sharaf navaviy riyozus-solihiyn
Download 5.07 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 369-bob Man etilgan narsani qilib qo‘ygan kishining aytishi va bajarishi lozim bo‘lgan narsalar haqida
- «Taqvo qilguvchi zotlarni qachon shayton tomonidan biron vasvasa ushlasa, (Allohni) eslaydilar-da, bas
«Parvardigoringiz (ahli-egalari) zolim bo‘lgan shaharlarni ushlaganida, mana shunday ushlar. Uning ushlashi - azobi alamli va qattiqdir» (Hud surasi, 102-oyat), deb aytgan. 1805/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Albatta Alloh g‘azab qiladi. Allohning g‘azabi bir kishi Alloh harom etgan narsalarni bajarsa, ro‘yobga chiqadi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 369-bob Man etilgan narsani qilib qo‘ygan kishining aytishi va bajarishi lozim bo‘lgan narsalar haqida Alloh taolo: «Agar sizni shayton tomonidan biron vasvasa yo‘ldan ozdirib (mazkur xislat egasi bo‘lishdan qaytarmoqchi bo‘lsa), u holda Allohdan panoh so‘rang» (Fussilat surasi, 36-oyat); «Taqvo qilguvchi zotlarni qachon shayton tomonidan biron vasvasa ushlasa, (Allohni) eslaydilar-da, bas, (to‘g‘ri yo‘lni) ko‘ra boshlaydilar» (A’rof surasi, 201- oyat); «(U taqvodor zotlar) qachon biron-bir fahsh-gunoh qilib qo‘ysalar yoki (qandaydir noloyiq ish qilish bilan) o‘zlariga zulm qilsalar, darhol Allohni eslab, gunohlari uchun mag‘firat - kechirim so‘raydigan, - har qanday gunohni yolg‘iz Allohgina mag‘firat qilur, - bilgan hollarida qilgan gunohlarida davom etmaydigan kishilardir. Ularning mukofotlari Parvardigorlari tomonidan mag‘firat va taglaridan daryolar oqib turguvchi jannatlar bo‘lib, ular o‘sha joyda abadiy qolajaklar. Yaxshi amal qilguvchilarning ajrlari naqadar yaxshi ajr!» (Oli Imron surasi, 135-136-oyat); «Barchalaringiz Allohga tavba qilinglar, ey mo‘minlar! Shoyadki, (shunda) najot topsangizlar» (Nur surasi, 31-oyat), deb aytgan. 1806/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kim qasam ichib, u qasamni Lot va Uzzo butlarining nomi bilan ichsa, (tezda) «La ilaha illalloh», desin. Kim do‘stiga kel qimor o‘ynaymiz, desa, (bu tarzda gunoh ishga jur’at qilgani uchun) sadaqa bersin», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. Foyda: arablar johiliyatda ana shu Lot va Uzzo nomli butlar nomi bilan qasam ichishar edi. Musulmon bo‘lishgandan keyin ham ba’zilari odatlanib qolishgani uchun bu nomlar bilan bexosdan qasam ichib qo‘yishar edi. Rasululloh (s.a.v.) bu muammoni hal etib, muolaja sifatida yuqoridagi so‘zni aytdilar. Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 316 TURLI MALOHATLI (GO’ZAL, CHIROYLI) HADISLAR KITOBI 370-bob Dajjol, Isoning (alayhissalom) tushishlari, Ya’juj-Ma’juj va yer hayvoni haqida 1807/1. Navvos ibn Sam’ondan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Bir kuni Rasululloh (s.a.v.) Dajjolni zikr qildilar. U zot bu haqda goh ovozlarini pasaytirib, goh balandlatib gapirganlaridan biz o‘sha Dajjol (yaqin oradagi) xurmozorlarning birida bo‘lsa kerak, deb gumon qildik. Qachonki, (ertasiga) u zot huzurlariga borsak, bizdagi (vahimani) ko‘rib: «Sizlarga nima bo‘ldi?» dedilar. Biz: «Ey Allohning rasuli! Kecha ovozingizni goh pasaytirib, goh balandlatib Dajjol haqida gapirdingiz. Biz bu ohangda gapirganingizdan o‘sha Dajjol (yaqin oradagi) xurmozorlarning birida bo‘lsa kerak, deb gumon qildik», desak, u zot: «Dajjoldan boshqa narsa meni qo‘rqitmoqda. Agar u Dajjol men sizlarning orangizda ekanimda paydo bo‘lsa, o‘zim uning chorasini ko‘raman. Bordi-yu, men sizlarning orangizda bo‘lmaganimda paydo bo‘lsa, har bir kishi chorasini o‘zi ko‘radi. Alloh O’zi har bir musulmonga madadkordir. Albatta u Dajjolning sochi jingalak, qo‘ng‘iroqdir. Ko‘zi esa bo‘rtib chiqqan. Xuddi Abduluzzo ibn Qatonga o‘xshaydi. Kim uni uchratib qolsa, Kahf surasining avvalgi oyatlaridan (o‘n oyat) o‘qisin. Albatta Dajjol Shom bilan Iroq oralig‘ida chiqib, o‘ng va chap tarafiga fasod tarqatadi. Ey Allohning bandalari, dinlaringizda mustahkam bo‘linglar», dedilar. Biz: «Ey Allohning rasuli! U yer yuzida qancha turadi?» desak, u zot: «Qirq kun turadi. Birinchi kuni bir yil kabi. Ikkinchi kuni bir oy kabi. Uchinchi kuni hafta kabi. Qolgan kunlari sizlarning kunlaringiz kabidir», dedilar. Biz: «Ey Allohning rasuli! Uning bir yillik kunida bizning bir kunlik namozimiz kifoya qiladimi?» dedik. U zot: «Yo‘q! Kifoya qilmaydi. Sizlar o‘z kunlaringizga teng keladigan bir muddatni taxmin qilib besh vaqt namozni o‘qiysizlar», dedilar. Biz: «U Dajjol yurishining tezligi qay darajada?» dedik. U zot: «Shamol uchirib yurgan bulut kabi yuradi. U bir qavmga kelib, ularni o‘z yo‘liga da’vat etadi. U qavm Dajjolga iymon keltirib, uning so‘zlarini ijobat qilishadi. Dajjol keyin osmonga hukm qiladi. Osmon ularga yomg‘ir yog‘diradi. Yerga hukm qiladi. Yer o‘zida giyohlarni o‘stiradi. Jonivorlar giyohlardan yeb kechqurun qaytganida, tanalari baland, yelinlari sutga to‘lgan va yonlari semirgan holda bo‘ladi. Keyin Dajjol boshqa bir qavm huzuriga kelib, ularni ham o‘z yo‘liga da’vat qiladi. Ular Dajjolning da’vatini qabul etishmaydi. Qabul etishmaganidan keyin ulardan yomg‘ir uzilib, qahatchilik yetadi. Qo‘llarida hech qanaqa boylik qolmaydi. So‘ngra u bir xaroba yerga boradi. Va u yerga: «Ey yer ichingdagi xazinalarni chiqar», desa, xazinalar chiqib, xuddi asalari podshosi orqasidan ergashgani kabi Dajjolga ergashadi. Keyin yosh bir yigitni chaqirib, uni qilich bilan urib ikkiga ajratib tashlaydi. Keyin o‘lgan yigitni chaqirsa, u chehrasi ochiq, kulimsirab chiqadi. Dajjol shunday ishlarni qilib turganida, Alloh taolo Masih ibn Maryam (Iso alayhissalom)ni yuboradi. U zot Dimashq sharqidagi oq minoraga libos kiyib, ikki farishta qanotiga kaftlarini qo‘yib tushadilar. Agar boshlarini engashtirsalar, suv (ter) oqadi. Agar boshlarini ko‘tarsalar ham, marvarid donalari kabi suv oqadi. Qachonki, biror kofirga u zotning nafaslari yetsa, u darhol o‘ladi. Endi nafaslari nazarlari yetgan joygacha yetadi. Iso alayhissalom Dajjolni Baytulmaqdis yaqinidagi Luddi nomli shahardan axtarib-topib qatl qiladilar. Keyin Iso alayhissalom Dajjol fitnasidan omonda qolgan bir qavm huzuriga borib, (horigan) yuzlariga shafqat qo‘lini surtadilar. Va ularning jannatdagi o‘rinlarining xabarlarini beradilar. Iso alayhissalom shunday turganlarida Alloh taolo u zotga vahiy qilib: «Men shunday bir jamoani yer yuzida paydo qilamanki, ular bilan urushishga biror kishining kuchi yetmaydi. Shuning uchun siz musulmon bandalarimni olib Tur tog‘iga boring», Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 317 deydi. Keyin Alloh Ya’juj va Ma’juj toifasini yuboradi. Ular har balandlikdan (sel kabi) tezlik bilan yer yuziga tarqalishadi. Ularning avvalgilari Tabariyya nomli ko‘lmak oldidan o‘tib, suvning (hammasini) ichib ketishadi. Ularning oxirgilari (u ko‘lmakda suv qolmaganini ko‘rib): «O’zi bu yerda biror marta suv bo‘lganmi?» deyishadi. Bu paytda Iso alayhissalom va u zotning ashoblari bir tomonda yotishadi. Qiynalib ketishganidan birortalariga bitta ho‘kiz boshi topilishi yuz dinordan yaxshidir. Allohning nabiysi Iso alayhissalom va u zotning ashoblari Allohga yolvorib (bu fojeadan xalos etishni) so‘rashadi. Alloh taolo ularning duolarini ijobat qilib, yomon qavmga qurt balosini yuboradi. Barchalari bir daf’ada halok bo‘lishadi. Keyin Allohning nabiysi Iso alayhissalom va u zotning ashoblari (tog‘lardan) yerga tushishadi. Va u yerda ular badbo‘y hid tarqalmagan biror qarich joy topa olishmaydi. Yana Allohning nabiysi Iso alayhissalom va u zotning ashoblari Allohga yolvborib (bu hidlar bartaraf bo‘lishini so‘rab) duo qilishadi. Alloh taolo ularning duolarini ijobat qilib, tuyaning bo‘ynidek qushlarni yuboradi. U qushlar qurtlarni olib Alloh xohlagan tomonga eltib tashlaydi. Keyin Alloh taolo bir yomg‘irni yuboradi. U yomg‘ir biror uy yoki chayla qoldirmay oqizib ketadi. Hatto yer tozalanganidan sirpanchiq bo‘lib silliqlanadi. Keyin yerga «Mevalaringni hosilga kirgizib, barakalaringni ato et», deyiladi. Ana o‘sha kunlarda bir dona anorga katta bir jamoa to‘yib, po‘stloqlarini soyabon qilishadi. Alloh sutlarga ham shu darajada baraka beradiki, bitta sutli tuya odamlarning katta bir jamoasiga kifoya qiladi. Va yana bitta sutli mol katta bir qabilaga kifoya qiladi. Sutli bir echki katta bir oilaga kifoya etadi. Ular shunaqa to‘kinchilik bilan turishganida, Alloh taolo bir xushbo‘y havo yuboradi. Havo ularning qo‘ltig‘i ostiga joylashib, uning asaridan barcha mo‘min va musulmonlar vafot etishadi. Yer yuzida faqat yomon kishilar qolishadi. Ularning erkaklari ayollar bilan xuddi eshaklar bir-biri bilan jinsiy aloqa qilishgani kabi xotirjam ish bajaraverishadi. Ular shu holatda turishganida qiyomat qoim bo‘ladi», dedilar». Imom Muslim rivoyati. 1808/2. Rib’iy ibn Hiroshdan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Abu Mas’ud al-Ansoriy bilan birga Huzayfa ibn Yamonning (r.a.) huzurlariga bordik. Abu Mas’ud (r.a.) Huzayfaga (r.a.): «Rasulullohdan (s.a.v.) Dajjol haqida eshitgan narsangizni gapirib bering», dedilar. Huzayfa (r.a.): «Dajjol haqiqatda chiqadi. U bilan birga suv va olov bo‘ladi. Odamlar unda suv, deb ko‘rgan narsalari aslida kuydiradigan olov bo‘ladi. Odamlar unda olov, deb ko‘rgan narsalari aslida shirin, muzdek suv bo‘ladi. Kim Dajjol zamonida yashasa, olov, deb ko‘ringan narsaga tushaversin. Chunki aslida u pok, shirin suvdir», dedilar. Abu Mas’ud (r.a.): «Men ham Rasulullohdan (s.a.v.) xuddi shuni eshitganman», dedilar». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 1809/3. Abdulloh ibn Amr ibn Ossdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Dajjol (bir kun kelib) ummatimda zohir bo‘ladi. Va qirq (kun, oy, yil) turadi. (Roviy: «Kunmi, oymi, yilmi, aniq bilmayman», dedilar.) Keyin Alloh taolo Iso ibn Maryamni yuboradi. U zot Dajjolni axtarib topib, uni halok etadilar. Keyin odamlar yetti yil osoyishta yashashadi. Shu darajada tinch yashashganidan ikki kishi orasida adovati borlari uchratilmaydi. So‘ngra Alloh taolo Shom tomonidan sovuq bir shamolni yuboradi. Uning asoratidan yer yuzida qalbida zarra miqdoricha yaxshilik yoki iymon bor kishi tirik qolmaydi. Agar o‘sha yaxshi yoki iymonli kishi tog‘ bag‘riga kirib ketsa ham, haligi shamol uning ortidan kirib o‘ldirib chiqadi. Yer yuzida faqat yengil qushlar va beaql yirtqichlar kabi yomonga shoshuvchi razil kishilar qoladi. Ular na yaxshilikni taniydi va na yomonlikni inkor etadi. Shayton ularga bir suratda ko‘rinib: «Sizlar mening so‘zimga quloq solmayapsizlar», deydi. Ular: «Nimani bajarishimizni buyurasan?» deyishadi. U butlarga ibodat qilishni buyuradi. Ular shaytonning aytganini qilishganidan keyin rizqlari mo‘l-ko‘l bo‘lib, hayotlari yaxshilanadi. Keyin sur chalinadi. Uni eshitgan kimsa bo‘ynining bir tomoni moyil bo‘lib, ikkinchi tomoni ko‘tarilib qoladi. Bu surning ovozini Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 318 birinchi bo‘lib tuyasi (suv ichadigan) havzani isloh qilib turgan kishi eshitadi. Avval o‘sha kishi o‘ladi. Keyin atrofidagi kishilar o‘la boshlaydi. So‘ngra Alloh taolo shudring kabi (mayda) yomg‘ir tushiradi. U yomg‘ir ularning jasadlarini yetiltiradi. Keyin ikkinchi daf’a sur chalinganida, barcha xaloyiq tirilib (mahshargohni) ko‘radi. So‘ngra: «Ey odamlar, Rabbilaringiz tomon kelinglar», degan ovoz bo‘ladi. Va farishtalarga: «Ularni to‘xtatinglar, chunki ular (dunyo hayotida qilgan amallaridan) so‘roq qilinadi», deb buyruq etiladi. Keyin yana: «Do‘zaxga boradiganlarini ajratinglar», deb buyruq qilinadi. Farishtalar: «Qancha kishidan nechtasini ajratib olaylik?» deyishadi. Shunda: «Har mingtadan to‘qqiz yuz to‘qson to‘qqiztasini», deb javob qilinadi. Ana o‘sha kunda (qiyomat dahshatidan) yosh bolalarning sochi oqarib ketadi. Ana o‘sha kunda ishlarning haqqiqati ochiladi», dedil ar. Imom Muslim rivoyati. 1810/4. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Dajjol barcha shaharlarga kiradi. Faqatgina Makka bilan Madinaga kira olmaydi. Chunki bu ikki shaharning teshiklarida farishtalar saf bo‘lib qo‘riqlab turishadi. Qachonki, Dajjol Madina tashqarisidagi sho‘r yerlarga yetganida, Madinada uch bora yer silkinadi. U sababli Alloh taolo barcha kofir va munofiqlarni u yerdan chiqarib yuboradi», dedilar. Imom Muslim rivoyati. 1811/5. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Dajjolga Isfahon yahudiylaridan yetmish mingtasi ergashadi. Ularning ustilarida a’yonlar kiyadigan yashil rangli maxsus kiyim bo‘ladi», de dil ar. Imom Muslim rivoyati. 1812/6. Ummu Sharikdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Odamlar Dajjol fitnasidan xavfsirab tog‘larga qochib ketishadi», dedilar. Imom Muslim rivoyati. 1813/7. Imron ibn Husayndan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Odam (alayhissalom) yaratilishlari bilan qiyomat kuni oralig‘ida Dajjoldan ko‘ra kattaroq fitna bo‘lmaydi», dedilar. Imom Muslim rivoyati. 1814/8. Abu Said al-Xudriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Dajjol paydo bo‘lganida mo‘minlardan bir kishi u bilan ko‘rishish maqsadida yo‘lga chiqadi. Unga yetmasdan Dajjolning josuslari bilan uchrashib qoladi. Ular mo‘minga: «Qayoqqa ketishni qasd qilyapsan?» deyishadi. Mo‘min: «Yangi paydo bo‘lgan Dajjolning huzuriga», deydi. Ular: «O’sha sen Dajjol, deb aytayotganing bizning rabbimizdir. Sen bizning rabbimizga iymon keltirmadingmi?» deyishadi. Mo‘min: «Bizning Rabbimiz maxfiy emasdir», deydi. Ular: «O’ldiringlar», deyishadi. Shunda ularning ba’zilari ba’zilariga: «Rabbilaringiz o‘zining iznisiz biror kishini o‘ldirishidan man etmaganmi?» deyishadi-da, mo‘minni Dajjol huzuriga olib borishadi. Qachonki, mo‘min Dajjolni ko‘rganda: «Ey odamlar! Rasululloh (s.a.v.) zikr etgan Dajjol mana shudir», deb xabar beradi. Dajjol: «Buni ushlab, boshini yoringlar», deydi. Mo‘min orqasi va qorniga qattiq zarb ila kaltaklanadi. Dajjol: «Menga iymon keltirmaysanmi?» desa, mo‘min: «Sen o‘sha yolg‘onchi Dajjoldirsan», deydi. Keyin u mo‘minni arralab yuborishni amr qiladi. Va o‘rtasidan arra tortib bo‘lib tashlanadi. Hatto oyog‘ini ham ikkiga bo‘lib yuborishadi. So‘ngra Dajjol ikkiga bo‘lingan qism orasidan yurib: «O’rningdan tur», deydi. U mo‘min o‘rnidan turadi. Dajjol: «Endi menga iymon keltirasanmi?» desa, mo‘min: «Menga shubhasiz ma’lum bo‘ldiki, sen o‘sha Dajjolsan. Ey odamlar! Dajjol menga qilgan qilig‘ini boshqa hech kimga qila olmaydi», deydi. Dajjol mo‘minni so‘yish maqsadida ushlaganida, Alloh taolo mo‘minning gardani bilan bo‘yni orasini (so‘ya olmasligi uchun) mislab qo‘yadi. Dajjol uni so‘yishga yo‘l topa olmaydi. Yo‘l topa olmaganidan keyin oyoq- qo‘lidan ushlab olovga uloqtirib yuboradi. Odamlar uni olovga tashlandi, deb gumon qilishadi. Aslida u jannatga tashlangandir. Mana shu kishi olamlar Rabbi huzuridagi shahidlarning eng ulug‘ maqomidagisidir», dedilar. Imom Muslim rivoyati. Imom Buxoriy mana shu ma’nodagi hadisning ba’zi qismini rivoyat qilganlar. Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 319 1815/9. Mug‘iyra ibn Shu’badan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Biror kishi Rasulullohdan (s.a.v.) Dajjol haqida menchalik so‘ramagan. U zot: «Senga Dajjol zarar bera olmaydi», deganlar. Men: «Odamlar Dajjol ixtiyorida tog‘dek noni va anhorda suvi bor, deyishadi», desam, u zot: «Dajjol Alloh qoshida bu qadar narsaga loyiq emasdir», dedilar». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 1816/10. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Biror payg‘ambar kelgan bo‘lsa, albatta ummatlarini bir ko‘zli yolg‘onchi (Dajjol)dan qo‘rqitganlar. Ogoh bo‘linglar, Dajjol bir ko‘zlidir. Rabbilaringiz azza va jalla bir ko‘zli emasdir. Dajjolning ikki ko‘zi orasiga k, f, r harflari, ya’ni «kofir bo‘ldi», deb yozib qo‘yilgandir», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 1817/11. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Men sizlarga Dajjol haqida biror payg‘ambar o‘z qavmiga aytmagan narsaning xabarini beraman. U Dajjol bir ko‘zlidir. U o‘zi bilan birga jannat va do‘zax misolidagi narsani olib keladi. Dajjol jannat, deb ko‘rsatgan narsasi aslida haqiqiy do‘zaxdir», deb aytdilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 1818/12. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) bir kuni odamlar orasida turib: «Albatta Alloh taolo bir ko‘zli emasdir. Masih-ad-Dajjol esa bir ko‘zlidir. O’ng ko‘zi yo‘qdir. Bor ko‘zi esa suvda balqib turgan uzum donasi kabidir», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 1819/13. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Musulmonlar bilan yahudiylar urushmaguncha qiyomat qoim bo‘lmaydi. O’sha paytda yahudiylar tosh va daraxtlar orqasiga yashirinib olishadi. Tosh va daraxtlar tilga kirib: «Ey musulmon, mana orqamda yahudiy turibdi, kelib uni o‘ldirgin», deydi. Faqatgina o‘arqad nomli tikonli daraxt chaqirmaydi. Chunki u yahudiylar daraxtidir», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 1820/14. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Mening jonim Uning qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, kishi qabr oldidan o‘tib, u qabrga yuzlarini surtib: «Koshkiydi, mana shu qabr ichida men bo‘lsam», deb aytmagunicha dunyo tamom bo‘lmaydi. U kishi bu so‘zlarni dindorligidan emas, balki turli musibatlarga duchor bo‘lganidan aytadi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 1821/15. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «(Iroqdagi) Furot daryosi ostidan tilla tog‘ topilmaguncha qiyomat qoim bo‘lmaydi. Uni deb odamlar urishishadi. Va har yuztadan to‘qson to‘qqiztasi halok bo‘ladi. Ularning har biri «Koshki, men unga erishsam», deb umid qiladi», dedilar. Boshqa rivoyatda aytilishicha, Rasululloh (s.a.v.) «Yaqin kunlarda Furot daryosi ostidan tilla koni topiladi. Kim o‘sha paytda hozir bo‘lsa, undan biror narsa olmasin», deb aytganlar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 1822/16. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Madinaliklar bir kun kelib u yer nihoyatda yaxshi bo‘lganida tashlab ketishadi. U vaqtda Madinada yirtqichlar va qushlargina qoladi. Madinada oxirgi yig‘iladiganlar Muzayna qabilasidan bo‘lgan ikki cho‘pon bo‘ladiki, ular Madinani ko‘zlab ketishayotgan edi. Yaqiniga borishganida qo‘ylari ovoz chiqarib yuboradi. Ular Madinani vahshiy hayvonlar bilan to‘lgan holda topishadi. Qachonki, Saniyatul vado’ga yetishganida yuzlari bilan yiqilib (jon berishadi)», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 1823/17. Abu Said al-Xudriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Zamon oxirlaganda xalifalaringizdan shunday bir kishi bo‘ladiki, mol ulashsa, hovuchlab beradi, sanab o‘tirmaydi», dedilar. Imom Muslim rivoyati. 1824/18. Abu Muso al-Ash’ariydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Odamlarga shunday zamon keladiki, unda bir odam tilladan bo‘lgan zakotni olib aylanib Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 320 yuradi, ammo uni oladigan biror kishi topa olmaydi. Va yana bir erkak qaramog‘ida qirqta xotin bo‘ladi. Hammalari unga tobe’ bo‘lishadi. Bu narsa o‘sha paytda xotinlar ko‘p bo‘lib, erkaklar ozayib ketganligidan sodir bo‘ladi», dedilar. Imom Muslim rivoyati. 1825/19. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Bir kishi boshqa bir kishidan yer sotib oladi. Sotib olgan kishi o‘sha yerdan bir xum tilla topib oladi. Keyin u kishi avvalgi egasiga borib: «Tillangni olgin. Men sendan yer sotib olganman, tilla emas», deydi. Avvalgi egasi esa: «O’zing ol. Chunki men senga yer va undagi narsalarni sotganman», deydi. Ikkovlari kelisha olmasdan bir kishini hakam qilishadi. U hakam: «Ikkovingizda farzand bormi?» deb so‘raydi. Biri: «O’g‘lim bor», deydi. Ikkinchisi: «Qizim bor», deydi. Hakam: «Ularning ikkovini nikohlab, tillani o‘shalarga ishlatinglar», deydi. Ikkovlari hakamning aytganini qilishadi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. Foyda: bu avvalgi ummatlar shariatidagi narsa bo‘lib, bizning shariatimizga muvofiq emas. Bizning shariatimizda topib olingan narsalar haqidagi ma’lumot fiqh kitoblarida batafsil so‘zlangan. 1826/20. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «(O’tgan zamonda) ikkita xotin bor edi. Ikkovining yosh go‘dagi turganida, bo‘ri kelib bolaning bittasini olib ketdi. Biri: «Bo‘ri sening bolangni olib ketdi», deydi. Ikkinchisi: «Sening bolangni olib ketdi», deydi. Ikkovlari kelisha olmasdan Dovud alayhissalomni hakam qilishadi. Dovud alayhissalom kattasining foydasiga hal qilib beradilar. Ya’ni, qolgan bolani unga beradilar. Ular tashqariga chiqishganda, Dovudning o‘g‘illari Sulaymon alayhimssalomni uchratib, bo‘lib o‘tgan voqeaning xabarini berishadi. Sulaymon alayhissalom: «Pichoq olib kelinglar, men uni ikkiga bo‘lib, ikkovingizga taqsimlab beraman», deydilar. Bu so‘zni eshitib kichigi: «Alloh sizga rahm qilsin. Bu bola unikidir, endi da’vo qilmayman. Bola qaerda bo‘lsa ham, sog‘-salomat yursa bo‘ldi», deydi. Sulaymon alayhissalom haqqiqatni anglab: «Qolgan bola shu kichik xotinga tegishli», deb hukm qiladilar», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 1827/21. Mirdos al-Aslamiydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Solih va taqvodor zotlar orqama-orqa o‘tib ketishadi. Xurmo yoki arpa sarqitlari kabi odamlarning qoldiq (yomon)lari qolishadi. Alloh taolo ularga parvo qilmaydi va ahamiyat bermaydi», dedilar. Imom Buxoriy rivoyati. Foyda: solih zotlarning vafot etib, kamayib borishlari ham qiyomat alomatlaridan biridir. 1828/22. Rifo’a ibn Rofe’ az-Zuraqiydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Jabroil alayhissalom Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga kelib: «Sizlar Badr g‘azotida qatnashganlarni qanday mavqe’da, deb bilasizlar?» deganlarida, Rasululloh (s.a.v.) «Biz ularni musulmonlarning eng afzali, deb bilamiz», dedilar. (Yoki shunga o‘xshash bir so‘z aytdilar.) Shunda Jabroil alayhissalom: «Biz ham Badr jangida ishtirok etgan farishtalarni eng afzalimiz, deb bilamiz», dedil ar. Imom Buxoriy rivoyati. 1829/23. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Agar Alloh taolo biror qavmga azob yuborsa, u azob o‘sha qavmning yaxshisi-yu yomoniga birdek yetadi. Lekin qiyomatda amallariga qarab qayta tirilishadi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. Foyda: azob tushsa, yaxshi-yu yomonni halok qiladi. Lekin qiyomatda niyatlariga qarab, ya’ni yaxshi bo‘lsa, yaxshilar qatorida, yomon bo‘lsa, yomonlar qatorida tiriladi. Shuning uchun yomonlar bilan aralashib yurishdan ogohlantiriladi. 1830/24. Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) xurmo to‘nkasi ustiga chiqib xutba aytdilar. Qachonki, minbar qo‘yib berilganida, u to‘nkadan ovoz chiqqanini eshitdik. Ovoz qornida homilasi o‘n oylik bo‘lgan tuyaning ovoziga o‘xshardi. Rasululloh |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling