Abu zakariyo yahyo ibn sharaf navaviy riyozus-solihiyn
Download 5.07 Kb. Pdf ko'rish
|
www.ziyouz.com kutubxonasi 294 Muslim rivoyatlari. Boshqa rivoyatda «Bir qiyrot» bo‘lib kelgan. 1688/2. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kim it boqsa, har kuni uning amalidan bir qiyrot kamaytiriladi. Lekin ekin va chorvalarni poylovchi it bunday emas», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. Imom Muslimning boshqa rivoyatlarida Rasululloh (s.a.v.) «Kim it boqsa-yu, o‘sha iti ov uchun yoki chorva va yerlarni poylash uchun bo‘lmasa, har kuni uning savobidan ikki qiyrot kamaytiriladi», dedilar. 307-bob Tuya va boshqa hayvonlarning bo‘yniga qo‘ng‘iroq osishning hamda safarda it va qo‘ng‘iroq olib yurishning karohiyati haqida 1689/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Qaysi bir (karvonda) it yoki qo‘ng‘iroq bo‘lsa, ularga rahmat farishtalari hamroh bo‘lishmaydi», dedilar. Imom Muslim rivoyati. 1690/2. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Qo‘ng‘iroq shaytonning karnay va surnaylaridandir», dedilar. Abu Dovud Imom Muslimning shartlariga binoan sahih isnod ila rivoyat qilganlar. 308-bob Axlatlarni yeydigan tuyani minishning karohiyati, agar u pok narsalarni yeyishni boshlasa, go‘shti halol bo‘lib, karohiyat ketishi haqida 1691/1. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) nopok narsalarni yeyuvchi (jalola) tuyani minishdan man qildilar. Abu Dovud rivoyati. 309-bob Masjidga tupurishdan qaytarish, agar tupuk ko‘rib qolinsa, uni tozalashga va masjidlarni iflos narsalardan pok tutishga buyurilgani haqida 1692/1. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Masjidga tupurish xatokorlikdir. Bu xatoning kafforoti uni ko‘mib qo‘yishdir», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. Bu o‘rindagi «ko‘mib qo‘yishdan» maqsad agar masjidda tuproq, qum yoki shunga o‘xshash narsalar bo‘lsa, tupukni ana shular ostiga yashirishdir. Abul Mahosin ar-Ruvyoniy «Bahr» nomli kitoblarida «Ko‘mishdan maqsad uni masjiddan chiqarib tashlashdir. Lekin masjid yeriga tosh yotqizilgan yoki gips (asfalt va sement) bo‘lsa, uni oyog‘i bilan aksar johillar kabi bosib ketib qolsa, uni ko‘mish, deyilmaydi. Balki bu ziyoda xatokorlik va masjidni ifloslantirishdir. Endi bosib ketgan kishi o‘sha tupukni kiyimi yoki qo‘li yo boshqa narsa bilan chiqarib tashlamog‘i yoki yuvmog‘i lozim», deb aytdilar. 1693/2. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) qibla (tomon) devorida tupuk yoki balg‘am ko‘rib qolib, uni sidirib tashladilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 1694/3. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Albatta masjid siydik va Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 295 boshqa nopokliklar uchun munosib emas. Aslida masjid Alloh zikri va Qur’on tilovat qilinadigan joy», dedilar yoki shunga o‘xshash so‘z aytdilar. Imom Muslim rivoyati. 310-bob Masjidda janjallashib ovoz ko‘tarish, yo‘qolgan narsasini izlash, oldi-sotdi, ijara va shunga o‘xshash muomalalarni amalga oshirishning karohiyati haqida 1695/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kim yo‘qolgan narsasini masjidda ovoza qilib e’lon etayotgan kishini eshitsa, «Alloh uni senga qaytarmasin, masjidlar bu maqsadda qurilmagan», deb aytsin», dedilar. Imom Muslim rivoyati. 1696/2. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Agar masjidda oldi-sotdi qilayotgan kishini ko‘rsanglar, «Alloh tijoratingga foyda bermasin», deb aytinglar. Agar masjidda yo‘qolgan narsani ovoza qilib e’lon etayotgan kishini ko‘rsangizlar, «Alloh uni senga qaytarmasin», deb aytinglar», dedilar. Imom Termiziy rivoyati. 1697/3. Burayda (r.a.) aytadilar: «Bir kishi masjidda: «Kim menga yo‘qolgan qizil tuyamni olib keladi?» dedi. Shunda Rasululloh (s.a.v.) «Topa olma. Masjidlar nima uchun qurilgan bo‘lsa, o‘shanga xoslangandir», dedilar». Imom Muslim rivoyati. 1698/4. Amr ibn Shu’ayb otalaridan, otalari esa bobolaridan qilgan rivoyatlarida Rasululloh (s.a.v.) masjidda oldi-sotdi qilishdan, yo‘qolgan narsasini e’lon qilishdan va she’rlar o‘qishdan man etdilar. Abu Dovud va Termiziy rivoyatlari. 1699/5. Soib ibn Yaziddan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Men masjidda tursam, bir kishi mayda toshlarni otdi. O’girilib qarasam, otgan kishi Umar ibn Xattob ekanlar. U zot: «Ana u ikki kishini huzurimga keltir», dedilar. Qachonki, ularni olib kelsam, u zot: «Qaerliksizlar?» deb so‘radilar. Ikkovlari: «Toifdanmiz», deb javob berishdi. U zot: «Agar sizlar madinalik bo‘lganingizda, ta’ziringizni berib qo‘yar edim. Sizlar Rasulullohning (s.a.v.) masjidlarida ovozingizni baland qilasizlarmi?» dedilar». Imom Buxoriy rivoyati. 311-bob Sarimsoq, piyoz, ko‘k piyoz va shunga o‘xshash badbo‘y narsalarni tanovul qilib, og‘zidan hidi ketmay turib, zaruratsiz masjidga kirishdan qaytarilgani haqida 1700/1. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kim mana bu o‘simlikdan, ya’ni sarimsoq yegan bo‘lsa, masjidimizga yaqinlashmasin», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. Imom Muslimning boshqa rivoyatlarida «masjidlarimizga yaqinlashmasin» bo‘lib kelgan. 1701/2. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kim mana bu o‘simliklardan (sarimsoq, piyoz) yesa, bizga yaqin kelib, birga namoz o‘qimasin», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 1702/3. Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kim sarimsoq yoki piyoz yesa, bizdan va masjidlarimizdan uzoq tursin», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. Imom Muslimning rivoyatlarida «Kim piyoz, sarimsoq va ko‘k piyoz yesa, masjidlarimizga yaqinlashmasin. Chunki farishtalar ham odam bolalari ozorlangan Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 296 narsadan ozor topishadi» bo‘lib kelgan. 1703/4. Umar ibn Xattobdan rivoyat qilinadi. Jumalarning birida bu zot: «Ey odamlar, sizlar ikki o‘simlik - piyoz va sarimsoqni yeysizlar. Men uni yomon narsa deb bilaman», dedilar. Rasululloh (s.a.v.) agar masjidda (sarimsoq yegani sababli og‘zidan) hid yoyilib turgan kishini topsalar, Baqiy’ (qabristoni)ga o‘sha kishini chiqarib tashlashni buyurardilar. Keyin u kishi o‘sha yerga olib borilar edi. «Kim sarimsoq va piyozlarni yeydigan bo‘lsa, pishirib, hidini qoldirmasdan yeyaversin», dedilar. Imom Muslim rivoyati. 312-bob Imom juma kuni xutba aytib turganida, ikki oyoqni qoringa yopishtirib, qo‘lni xalqa qilib o‘tirishning karohiyati haqida (chunki bunday o‘tirish uyqu keltirib, xutbani eshittirmasligi va tahoratni ketkazishi mumkin) 1704/1. Muoz ibn Anas al-Juhaniydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) juma kuni imom xutba aytib turganida ikki oyoqni qoringa yopishtirib, qo‘lni xalqa qilib mahkamlab o‘tirishdan man etdilar. Abu Dovud va Termiziy rivoyatlari. 313-bob Zulhijja oyining avvalgi o‘n kunligi kirsa, qurbonlik qilish niyatida yurgan kishiga qurbonlik qilib bo‘lgunicha sochini va tirnog‘ini olishi man etilgani haqida 1705/1. Ummu Salamadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kimning so‘yadigan qurbonligi bo‘lsa va zulhijja oyi kirib qolsa, to qurbonligini so‘ymaguncha soch va tirnoqlarini olmasin», de dil ar. Imom Muslim rivoyati. Foyda: bunday qilishning hikmati ana shunday mag‘firat kunlarida badanining barcha a’zolari ham ishtirok etishi ko‘zda tutilgan. 314-bob Payg‘ambar, Ka’ba, farishta, osmon, otalar, hayot, jon, bosh, podshoh ne’mati, falonchining qabri va omonatlarga o‘xshash maxluqotlar bilan qasam ichishdan qaytarilgani haqida 1706/1. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Albatta Alloh taolo ota-bobolaringiz nomiga qasam ichishingizdan man qilgan. Kim qasam ichadigan bo‘lsa, Alloh nomi bilan qasam ichsin. Unday bo‘lmasa, jim tursin», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. Boshqa sahih rivoyatda «Kim qasam ichadigan bo‘lsa, Alloh nomiga ichsin. Unday bo‘lmasa, sukut qilsin» bo‘lib kelgan. 1707/2. Abdurahmon ibn Samuradan rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «But- sanamlar va ota-bobolaringiz nomiga qasam ichmanglar», deb aytdilar. Imom Muslim rivoyati. 1708/3. Buraydadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kim omonat bilan qasam ichsa, biz (ning yo‘limiz)dan emas», dedilar. Abu Dovud rivoyati. Foyda: qasam Alloh va Uning sifatlari bilan bo‘ladi. Chunki omonat faqat Allohning buyruqlari va farzlaridan biri bo‘lgani uchun bular bilan qasam ichishdan qaytarildi. Va Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 297 yana omonat bilan qasam ichish Allohning ismlari bilan qasam ichishga tenglashib qolishidan xavf bor. Abu Hanifa (r.a.) va bu zotning ashoblari: «Allohning omonati agar qasam bo‘lsa, unga kafforat lozimdir», deyishdi. 1709/4. Buraydadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kim qasam ichib unda: «Men Islomdan yiroqman», desa, agar yolg‘on qasam bo‘lsa, haqiqatda Islomdan yiroq bo‘ladi. Bordi-yu, qasami rost bo‘lsa, shunday ham Islomga salomat qaytmaydi», dedilar. Abu Dovud rivoyati. 1710/5. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu zot bir kishining: «Ka’ba nomiga qasamki, unday emas», deb turganini eshitib: «Allohdan boshqa narsa nomiga qasam ichmagin. Chunki men Rasulullohning (s.a.v.) «Kim Alloh nomidan boshqa narsa ila qasam ichsa, batahqiq kufr yoki shirk keltiribdi», deb aytganlarini eshitganman», dedilar. Imom Termiziy rivoyati. Ba’zi ulamolar Rasulullohning (s.a.v.) «Kufr yoki shirk keltiribdi», degan so‘zlarini ziyoda qo‘rqitish uchun iste’mol qilganlar, deb sharhlashdi. Chunki Rasululloh (s.a.v.) boshqa bir hadislarida: «Riyo shirkdir», deb qo‘rqitish maqsadida aytganlar. 315-bob Qasddan yolg‘on qasam ichishning og‘ir gunoh ekanligi haqida 1711/1. Ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kim biror musulmon kishining moliga nohaq ega bo‘lish maqsadida (yolg‘on) qasam ichsa, Allohni g‘azabli holida topadi», dedilar, keyin bu so‘zlarini tasdiqlab Allohning oyatidan quyidagilarni o‘qidilar: «Allohga bergan ahdu paymon va qasamlarni ozgina qiymatga sotib yuboradigan kimsalar uchun oxiratda hech qanday nasiba yo‘qdir. Qiyomat kunida Alloh ularga so‘z qotmaydi, rahmat nazari bilan boqmaydi va gunohlaridan poklamaydi. Ular uchun alamli azob bordir» (Oli Imron surasi, 77- oyat). Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 1712/2. Abu Umoma Iyos ibn Sa’laba al-Horisiydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kim biror musulmon kishining haqqiga (yolg‘on) qasam ichib egalik qilib olsa, Alloh taolo unga do‘zaxni vojib qilib, jannatni harom etadi», deganlarida, bir kishi: «Agar ana shu ozgina va arzimas narsa bo‘lsa-chi?» dedi. Shunda u zot: «Agar arok daraxtining novdasichalik narsa bo‘lsa ham», de dil ar. Imom Muslim rivoyati. 1713/3. Abdulloh ibn Amr ibn Ossdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) Allohga shirk keltirish, ota-onaga oq bo‘lish, biror jonni o‘ldirish va yolg‘on qasam ichish kabira (ulkan) gunohlardandir», dedilar. Imom Buxoriy rivoyati. Imom Buxoriyning boshqa rivoyatlarida aytilishicha, bir a’robiy kishi Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga kelib: «Ey Allohning rasuli! Kabira (ulkan) gunohlar qaysi?» deganida, u zot: «Allohga biror narsani sherik qilish», dedilar. «Keyin qaysi?» degan edi, u zot: «Yolg‘on qasam», dedilar. «Yolg‘on qasam qanaqa bo‘ladi?» degan edi, u zot: «Yolg‘on qasam musulmon kishining moliga egalik qilish maqsadida ichiladigan qasam», dedilar. 316-bob Biror narsaga qasam ichilsa-da, keyin undan yaxshiroq narsa ko‘rib qolsa, u holda qasamini buzib, kafforatini berishi, o‘sha yaxshi deb bilgan ishini bajaraverishi marg‘ub ekani haqida 1714/1. Abdurahmon ibn Samuradan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasululloh (s.a.v.) Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 298 menga: «Agar biror narsaga qasam ichsang-da, keyin uning aksi yaxshi ekanini bilib qolsang, o‘sha yaxshi deb bilganingga amal qilavergin-da, qasamingni buzganing uchun kafforat to‘lab qo‘y», dedilar». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 1715/2. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kim biror narsaga qasam ichsa-da, keyin undan boshqasi yaxshi ekanini bilib qolsa, qasamiga kafforat to‘lasin-da, o‘sha yaxshi deb bilganiga amal qilaversin», dedilar. Imom Muslim rivoyati. 1716/3. Abu Musodan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Alloh nomiga qasam, men biror narsaga qasam ichmayman. Bordi-yu, qasam ichsam, keyin undan yaxshirog‘ini ko‘rib qolsam, o‘sha ichgan qasamimni buzganim uchun kafforat beraman- da, o‘sha yaxshi deb bilganimga amal qilaveraman», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 1717/4. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Kishi o‘z ahli ayoli xususida biror narsaga qasam ichib qo‘yib, shu qasamiga (agar u zararli bo‘lsa ham) amal qilsa, ya’ni qasamini buzmasa, Allohning huzurida qasamini buzib, Alloh farz qilgan kafforat (jarima)ni beruvchi kishidan ham gunohkorroqdir», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 317-bob Lag‘v qasamga kafforat yo‘qligi haqida Alloh taolo: «Alloh sizlarni tillaringizdagi behuda qasamlaringiz sababli jazolamaydi. Balki (dillaringizdagi) mahkam tukkan qasam sababli (agar shunday qasamni buzsangiz) jazolaydi. Bas, uning kafforati o‘z oilangizni boqadigan o‘rtacha taomlardan o‘nta miskinga taom berish yoki ularning sarposini qilish yoxud bir qulni ozod qilishdir. Kim (bu narsalarni) topa olmasa, uch kun ro‘za tutsin! Mana shu - qasam ichgan (va uni buzgan) paytingizdagi qasamlaringiz kafforatidir. Qasamlaringizni (buzishdan) saqlaningiz» (Moida surasi, 89-oyat), deb aytgan. 1718/1. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Alloh sizlarni tillaringizdagi behuda qasamlaringiz sababli jazolamaydi», deb aytilgan oyat har bir so‘zida «Vallohi, bunday» yoki «Vallohi, bunday emas», deb bo‘lar-bo‘lmasga qasam ichuvchi kishi haqida nozil bo‘lgan, deb aytdilar bu onamiz. Imom Buxoriy rivoyatlari. Foyda: lag‘v - shofe’iy mazhabida qasamni niyat qilmay, tilga o‘zicha kelib qolgan lafz. Bizning hanafiya mazhabimizda esa lag‘v -biror narsa shunday, deb gumon qilib (qasam) ichiladi-da, lekin haqqiqat uning aksi bo‘lib chiqqandagi qasam tushuniladi. Qasam uch turli bo‘ladi: 1. Yolg‘on qasam. 2. Lag‘v qasam. 3. Mun’aqida (bog‘langan), ya’ni biror narsani bajarishga yoki bajarmaslikka qasd qilib ichilgan qasam. Bularning avvalgisi -yolg‘on qasam kabira (ulkan) gunoh ekani haqida yuqorida hadislar o‘tdi. Ikkinchisi - lag‘v qasam gunoh ham emas, kafforot ham lozim bo‘lmaydi. Uchinchisi - mun’aqid qasamida esa agar uni buzsa, kafforat lozim. Kafforat uch narsaning birini bajarish bilan bo‘ladi: o‘nta miskinni ovqatlantirish yoki kiyintirish yo qul ozod etish. Bu uchtasidan biri ixtiyor qilinadi. Agar bu uchtadan birortasiga qodir bo‘lmasa, uch kun ro‘za tutadi. Bizning hanafiya mazhabimizda ana shu ro‘zaning orasi uzilmay paydar-pay tutish shart qilingan. 318-bob Sotuvchining agar rostgo‘y bo‘lsa ham, qasam ichishining karohiyati haqida Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 299 1719/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Qasam molning tez sotilishiga sabab bo‘ladi. Lekin barakasini ketkazadi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 1720/2. Abu Qatodadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Molni sotishda ko‘p qasam ichishdan saqlaninglar. Chunki qasam bilan mol sotilib ketadi. Keyin barakasi ham birga ketadi», dedilar. Imom Muslim rivoyati. 319-bob Alloh nomi ila jannatdan boshqani tilashning hamda Alloh nomini aytib so‘ragan kishiga bermaslikning karohiyati haqida 1721/1. Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Alloh zoti ila jannatdan boshqa narsa so‘ralmaydi», dedilar. Abu Dovud rivoyati. Foyda: dunyo matolarini Alloh zoti ila so‘rab tavassul qilishning karohiyati bor. 1722/2. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Kim Allohni vosita qilib sizlardan panoh tilasa, unga panoh berib himoya qilinglar. Kim Allohni vosita qilib biror narsa so‘rasa, o‘sha so‘ragan narsasini beringlar. Kim taom tayyorlab chaqirsa, unga boringlar. Biror kishi yaxshilik qilsa, uni mukofotlab qo‘yinglar. Agar mukofotlaydigan narsa topa olmasangiz, uning haqqiga duo qilib qo‘ying. Shunday mukofotlanglarki, uning asoratini (yuzida) ko‘ringlar, ya’ni xursand bo‘lsin», deb aytdilar. Abu Dovud va Nasaiy rivoyatlari. 320-bob Podshohni Shahanshoh, deb chaqirishning haromligi haqida, bu lafz Allohdan boshqa kishiga ishlatilmaydi 1723/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Bir kishini podshohlarning podshohi (shahanshoh), deb ismlash Alloh huzuridagi eng yomon ismlardandir», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. Sufyon ibn Uyayna: «Podshohlarning podshohi xuddi Shahanshoh, deyishning o‘zidir», deganlar. 321-bob Fosiq va bid’atchi hamda shularga o‘xshash kishilarni sayyid, deb xitob qilishdan qaytarilgani haqida 1724/1. Buraydadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Munofiq uchun «sayyid» (boshliq), degan so‘zni ishlatmanglar, chunki munofiqni boshliq deb bilsangizlar, Rabbingizning g‘azabini keltirgan bo‘lasizlar», deb aytdilar. Abu Dovud rivoyati. 322-bob Isitma kasalligini so‘kishning karohiyati haqida 1721. Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) Ummu Soib (yoki Ummu Musayyab)ning huzuriga kirib: «Ey Ummu Soib (yoki Ummu Musayyab), senga nima bo‘ldiki, titrayapsan?» deganlarida, Umma Soib (yoki Ummu Musayyab): «Isitma sababli Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 300 titrayapman. Alloh bu isitmaning barakasini ketkazsin», dedi. Shunda Rasululloh (s.a.v.): «Isitma kasalligini so‘kmanglar. Chunki bosqon temir zangini ketkazganidek, isitma ham odam bolalarining xatosini ketkazadi», dedilar. Imom Muslim rivoyati. 323-bob Shamolni so‘kishdan qaytarish hamda shamol esganda aytiladigan zikrlar haqida 1726/1. Ubay ibn Ka’bdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Shamolni so‘kmanglar, agar biror karih narsani ko‘rsanglar: «Allohumma inna nas`aluka min xoyri hazihir riyhi va xoyri ma fiyha va xoyri ma umirot bihi va na’uzu bika min sharri hazihir riyhi va sharri ma fiyha va sharri ma umirat bihi», deb aytinglar», dedilar. (Ma’nosi: «Allohim, Sendan shamolning yaxshisini va undagi yaxshiliklarni va u bilan buyurilgan narsalarning yaxshiligini so‘rayman. Va Sendan shamolning yomonidan, undagi yomonliklardan va u bilan buyurilgan yomonliklardan panoh so‘rayman».) Imom Termiziy rivoyati. 1727/2. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v): «Shamol bandalarga yuborilgan rahmatdir. Gohida u rahmat bilan keladi, gohida azob bilan. Agar shamol essa, uni so‘kmanglar. Allohdan uning yaxshisini so‘rab, yomonidan panoh tilanglar», dedilar. Abu Dovud rivoyati. 1728/3. Oisha onamiz (r.a.) rivoyat qiladilar: «Agar qattiq shamol bo‘lsa, Rasululloh (s.a.v.) «Allohumma inniy as`aluka xoyroha va xoyro ma fiyha va xoyro ma ursilat bihi va a’uzu bika min sharriha va sharri ma fiyha va sharri ma ursilat bihi», deb aytar edilar». (Ma’nosi: «Ey Rabbim, Sendan uning yaxshisini, undagi yaxshilikni va u bilan yuborilgan narsaning yaxshisini so‘rayman. Ey Rabbim, Sendan uning yomonidan, undagi yomonlikdan va u bilan yuborilgan narsaning yomonligidan panoh so‘rayman».) Imom Muslim rivoyati. 324-bob Xo‘rozni so‘kishdan qaytarilgani haqida 1729/1. Zayd ibn Xolid al-Juhaniydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Xo‘rozni so‘kmanglar, chunki u (tahajjud va bomdod) namoziga uyg‘otadi», dedilar. Abu Dovud rivoyati. 325-bob «Falon yulduz sababli yomg‘ir yog‘di», deb aytishdan qaytarilgani haqida 1730/1. Zayd ibn Xolid Juhaniy (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh (s.a.v.) Hudaybiyada kechasi yoqqan yomg‘irdan namiqqan yerda bizga bomdod namozini o‘qib berdilar. Namoz tugaganidan keyin odamlarga yuzlanib: «Parvardigorlaringiz nima deb aytganini bilasizlarmi?» dedilar. Sahobalar: «Alloh va Uning rasuli bilguvchiroq», deyishdi. Shunda Rasululloh (s.a.v.) «Alloh taolo: «Bandalarim Menga mo‘min yoki kofir bo‘lgan holda tong ottiradilar. Kim Allohning fazli va rahmati sababli yomg‘ir yog‘dirildi, desa, ana shu kishi Menga iymon va sayyoraga kufr keltirgan bo‘ladi. Ammo kim sayyoradagi unday va bunday o‘zgarishlar sababli yomg‘ir yog‘dirildi, desa, ana shu kishi Menga kufr va sayyoraga iymon keltirgan bo‘ladi», dedi», dedilar». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling