Abu zakariyo yahyo ibn sharaf navaviy riyozus-solihiyn
Download 5.07 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Muhammad Allohning payg‘ambaridir. U bilan birga bo‘lgan
www.ziyouz.com kutubxonasi 268 borib olib kelgunicha, yotgan kishining boshi yana avvalgi holiga aylanib qolar edi. Turgan kishi avvalgi urganidek yana qaytadan uraverar edi. Men o‘zim bilan kelgan ikki kishiga: «Subhanalloh (ajablanganda shunday deyiladi), bu qanaqasi?» desam, ular: «Yur-yur», deyishdi. Men ular bilan birga ketdim. Yurib chalqancha yotgan bir kishining oldiga bordik. Qarasak, uning oldida temir ombur ushlab boshqa bir kishi turardi. U yotgan kishining yuz tomoniga kelib, jag‘i, burni, ko‘zining orqasiga ombur bilan tortib (go‘shti va terisini tortgandek) ikkinchi tomonini ham tortar edi. Bir tomondan forig‘ bo‘lmay turib, avvalgi tomoni asli holatiga qaytib qolar edi. U bu ishini qayta-qayta qilar edi. Men: «Subhanalloh, bular nima qilishmoqda?» desam, men bilan kelgan ikki kishi: «Yur-yur», deyishdi. Yurib tandirga o‘xshash narsaning oldiga bordik. (Roviy Rasululloh (s.a.v.) quyidagicha so‘zladilar, deb o‘ylayman, dedilar.) O’sha tandirga o‘xshagan narsa ichida shovqin-suron va har xil ovozlar eshitilar edi. Qarasak, yalang‘och erkak va ayollar turishibdi. Ularning ostilaridan olov yoqilar edi. Olov ularga yetib kelgan paytda ular dod-voy qilishar edi. Men: «Bular kim?» desam, hamrohlarim: «Yur-yur», deyishdi. Yurib bir anhorning oldiga bordik. (Roviy aytadilar: «O’sha anhorning rangini Rasululloh (s.a.v.) qon rangidek, dedilar».) O’sha anhorda bir kishi suzib yurar edi. Anhorning qirg‘og‘ida esa boshqa bir kishi bir qancha toshlarni to‘plab o‘tirar edi. Boyagi odam xohlaganicha suzib, keyin tosh to‘plagan kishining oldiga kelardi. U esa suzib kelgan kishining og‘zini ochib, yig‘ib qo‘ygan toshlarini tiqib yuborar edi. U esa yana suzib ketar va qaytib kelar edi. Har gal qaytib kelganida og‘zini ochib, toshni tiqib yuborar edi. Men: «Bular kim?» desam, u ikkovlari: «Yur-yur», deyishar edi. Yurib bir badbashara kishining oldiga bordik. Sen unday kishini ko‘rmagansan. Uning oldida olov turibdi. O’sha olovni yoqib atrofida aylanib turibdi. Hamrohlarimdan «Bu nima?» deb so‘rasam, ular: «Yur-yur», deyishar edi. Yurib ko‘kalamzor boqqa bordik. U yerda har turli bahor gullari bor ekan. O’sha bog‘ning o‘rtasida uzun bo‘yli bir kishi turibdi. U kishi bo‘yining uzunligidan boshi osmonda edi. Uni ko‘ra olmas edim. Bu kishining atrofida ko‘pgina yosh bolalar turishibdi. Men hech bunday bolalarni ko‘rmaganman. Shunda men hamrohlarimdan: «Bular kim? Anavilar-chi?» deb so‘rasam, ular: «Yur-yur», deyishar edi. Yurib katta bir daraxtning oldiga bordik. Men bu kabi ulkan va chiroyli daraxtni ko‘rmaganman. Hamrohlarim: «Bu daraxtning ustiga chiqing», deyishdi. Uning ustiga chiqsak, tilla va kumush g‘ishtlardan qurilgan shahar bor ekan. Shahar darvozasi oldiga borib, uni ochishlarini so‘radik. Ochishgan edi, ichiga kirdik. U yerda odamlar bor ekan. Tanalarining yarmi juda chiroyli suratda. Sen bunday xushsurat kishilarni ko‘rmagansan. Yarmilari esa juda xunuk. Sen bunday xunuk kishilarni ko‘rmagansan. Hamrohlarim ularga: «Mana bu anhorga borib tushinglar», dedilar. U anhor oqib turgan bo‘lib, oqligi sutga o‘xshar edi. Ular borib o‘sha anhorga tushishdi-da, keyin oldimizga qaytib kelishdi. Kelishganida ulardan haligi xunuklik ketib, xushsurat bo‘lib qolishgan edi. Hamrohlarim: «Bu Adn jannatidir. Mana bu esa sizning manzilingiz», deyishdi. Ko‘zimni yuqoriga qaratib boqsam, u oq bulut kabi qasr ekan. Ular yana: «Bu sizning manzilingizdir», deyishdi. Men ularga: «Alloh sizlarga baraka bersin. Qo‘yinglar, bu yerga kirayin», desam, ular: «Hozircha yo‘q. Lekin albatta kirajaksiz», deyishdi. Men: «Unda bu kecha ko‘rgan ajoyib narsalarimning xabarini beringlar», desam, ular: «Albatta xabar beramiz», deyishdi. «Avvalgi boshi tosh bilan maydalanayotgan kishi (hayotlik vaqtida) Qur’oni karimni yod olib, keyin tashlab qo‘ygan kishi va farz namozlarini o‘qimasdan uxlovchi kishidir. Ikkinchisi, jag‘i, burni, ko‘zining orqasiga ombur bilan tortib (go‘shti va terisini aylantirib) kesilayotgan kishi (hayotlik vaqtida) erta bilan uyidan chiqib bir yolg‘on so‘zni gapirardiki, o‘sha yolg‘on butun olamga yoyilar edi. Uchinchisi, tandirga o‘xshagan joydagi yalang‘och erkak va ayollar hayotlik vaqtlaridagi zinokor erkak va ayollardir. To‘rtinchisi, anhorda suzib yurganda og‘ziga tosh solinadigan kishi (hayotlik Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 269 vaqtida) ribo (sudxo‘rlik bilan) yeyuvchidir. Beshinchisi, ko‘rinishi xunuk bo‘lgan, olov yoqib uning atrofida aylanib yuruvchi kimsa do‘zax xazinaboni Molik ismli farishtadir. Oltinchisi, bog‘dagi uzun bo‘yli kishi Ibrohim alayhissalomdirlar. Atroflaridagi yosh bolalar esa (Islom) fitratida vafot etgan yosh go‘daklardir», deyishdi». (Imom Barqoniy rivoyatlarida esa «(Islom) fitratida tug‘ilgan bolalardir» bo‘lib kelgan.) Bu so‘zni eshitib turgan ba’zi musulmonlar: «Ey Allohning rasuli, mushriklarning bolalari-chi?» deyishgan edi, Rasululloh (s.a.v.) «Mushriklarning ham bolalari shundoq», dedilar. Yana: «Hamrohlarim: «Haligi yarim qismi chiroyli va yarim qismi xunuk bo‘lgan kishilar (hayotlik vaqtlarida) yaxshi amallar bilan yomon amallarni aralashtirib yuborganlardir. Alloh esa ularning gunohlarini kechirib yubordi», deyishdi», dedil ar ». Imom Buxoriy rivoyati. Boshqa rivoyatda quyidagicha keltiriladi: «Bu kecha (tushimda) ikki kishi kelib meni muqaddas yerga olib chiqishdi. Keyin biz tandir kabi g‘orga bordik. Uning yuqorisi tor va osti keng edi. Ostidan olov yoqilar edi. Agar olov balandlasa, ular ham ko‘tarilib chiqib ketishlariga oz qolar edi. Agar olov so‘nsa, yana pastlashar edi. Uning ichida yalang‘och erkagu ayollar bor edi. Hatto biz qondan bo‘lgan anhor oldiga keldik. Buning qon ekaniga shak-shubha yo‘q. Anhorning o‘rtasida bir kishi, qirg‘og‘ida esa oldiga toshlarni to‘plab boshqa kishi turar edi. Agar anhor o‘rtasidagi kishi qirg‘oqqa chiqishni xohlasa, qirg‘oqdagi kishi uning og‘ziga tosh otib, uni avvalgi joyiga qaytarib qo‘yar edi. Har gal suvdan chiqish uchun qirg‘oqqa kelsa, og‘ziga tosh bilan urib, avvalgi joyiga qaytarib qo‘yar edi». Shu rivoyatda yana aytiladi: «Ikkovlari men bilan daraxtga ko‘tarilishdi. Va bir hovliga olib kirishdi. Men bunday chiroyli uyni hech ko‘rmaganman. U yerda keksa va kichik yoshli kishilar bor ekan». Yana keltiriladi: «Jag‘i ikkiga bo‘linayotgan kishi (hayotlik vaqtida) kazzob edi. U yolg‘onni gapirardi. O’sha yolg‘on butun olamga yoyilar edi. Bunga azob to qiyomat kunigacha beriladi». Shu rivoyatda yana: «Boshi yanchilayotgan kishi (hayotlik vaqtida) Alloh unga Qur’onni o‘rgatgan edi-yu, lekin u kechalarini uyqu bilan o‘tkazib, kunduzi u Qur’on ichidagi narsalarga amal qilmas edi. Yuqoridagi azob bilan qiyomat kunigacha jazolanadi. Avvalgi kirgan hovli umumiy mo‘minlar hovlisidir. Mana bunisi esa shahidlar hovlisidir. Men Jabroilman. Bu esa Mikoildir. Endi boshingni ko‘targin, deyishdi. Boshimni ko‘tarib qarasam, ustimda bulut kabi narsa turibdi. Ikkovlari: «Bu sening manzilingdir», deyishdi. Men: «Qo‘yib yuboringlar, o‘z manzilimga kirayin», desam, ikkovlari: «Hali tugamagan umring qoldi. Agar umring oxiriga yetsa (ya’ni, vafot etsang), o‘z manzilingga albatta borasan», deyishdi», deyiladi. Imom Buxoriy rivoyati. 261-bob Yolg‘onchilikda ruxsat berilgan o‘rinlar to‘g‘risida Bilginki, yolg‘onchilikning asli haromdir. Shu bilan birga ba’zi holatlarda shartlarga muvofiq kelsa, uni ishlatish joizdir. Men buni «Al-Azkor» kitobida bayon qilganman. Qisqacha qilib aytganda, «Kalom maqsadga erishish yo‘lidagi vositadir. Har bir maqtovchida maqsadga rostgo‘ylik bilan, yolg‘onsiz ega bo‘lish imkoni bo‘lsa, yolg‘on gapirish xaromdir. Agar rostgo‘ylik bilan erishish imkoni bo‘lmay, faqat yolg‘on bilan imkon bo‘lsa, yolg‘on joizdir. Agar qo‘lga kiritiladigan maqsad muboh bo‘lsa, yolg‘on ham mubohdir. Agar maqsad vojib bo‘lsa, yolg‘on ham vojibdir. Masalan, biror musulmon kishi qatl qiluvchi zolimdan yashirinib olgan bo‘lsa-yu, zolim u musulmon haqida so‘rasa, uni yashirib yolg‘on ishlatish vojibdir. Shu singari o‘zida yoki boshqa kishida omonat bo‘lsa va zolim o‘sha molni tortib olishni xohlasa, uni yashirib yolg‘on gapirish vojib bo‘ladi. Yana ham qamrovlirog‘i «tavriya», ya’ni lafzning zohirida yolg‘on Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 270 bo‘lsa ham, unga nisbatan yolg‘on bo‘lmagan sog‘lom maqsadli ibora qo‘llaydi. Mabodo, tavriyani tark qilib, ana shu holda yolg‘on iborani qo‘llasa ham, harom emas. Ulamolar mana shunaqa holatlarda yolg‘on ishlatishning joizligiga Ummu Gulsumning (r.a.) Rasulullohdan (s.a.v.) eshitgan quyidagi hadislarini dalil qilib keltirishadi. Rasululloh (s.a.v.): «Insonlar orasini isloh qilish niyatida yolg‘ondan yaxshi xabar yetkazuvchi va yaxshi so‘zlarni gapiruvchi yolg‘onchi emas», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. Imom Muslim rivoyatlarida esa «Ummu Gulsum (r.a.): «Odamlar ishlatib yuradigan so‘zlarning uch xilidan tashqari boshqa birortasida yolg‘on ishlatishga Rasululloh (s.a.v.) ruxsat bermadilar. Ular: urushda, odamlar orasini isloh qilishda, er-xotin o‘rtalarida bo‘ladigan so‘zlarda», deb aytganlar» ziyoda qilingan. 262-bob Gap gapirayotganida yaxshilab tekshirib, keyin so‘zlashga targ‘ib haqida Alloh taolo: «(Ey inson), o‘zing aniq bilmagan narsaga ergashma» (Isro surasi, 36-oyat); «U (inson) biron so‘zni talaffuz qilmas, magar (talaffuz qilsa) uning oldida hoziru nozir bo‘lgan bir kuzatuvchi (farishta u so‘zni yozib olur)» (Qof surasi, 18- oyat), deb aytgan. 1546/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Kishi har bir eshitgan narsasini gapiraverishi uning yolg‘onchi ekaniga kifoya qiladi», dedilar. Imom Muslim rivoyati. 1547/2. Samuradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Kim mendan birorta hadisni rivoyat qilsa va uning yolg‘onligini ham his qilsa, o‘sha kishi yolg‘onchilarning biridir», dedilar. Imom Muslim rivoyati. 1548/3. Asmodan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir ayol: «Ey Allohning rasuli! Mening bir kundoshim bor. Agar o‘zimni uning oldida erim bermagan narsa ila to‘q qilib ko‘rsatsam, menga gunoh bo‘ladimi?» deganida, Rasululloh (s.a.v.): «Berilmagan narsa ila o‘zini to‘q qilib ko‘rsatuvchi kishi ikki yolg‘on libosini kiyuvchiga o‘xshaydi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. Buning ma’nosi quyidagichadir: masalan, kishi o‘zi ilm va zuhd ahli bo‘lmasdan kishilarni aldab ularning liboslarini kiyib yuradi. Yoki badavlat bo‘lmay, zodagonlar libosini kiyib yuradi. Bu libos bilan ular erishgan maqomlarga yetishni xohlaydi. Bu hadisda esa odamning ichi bilan usti bir xil bo‘lishiga targ‘ib qilinmoqda. 263-bob Yolg‘on guvohlik berish og‘ir harom amallardan ekanligi haqida Alloh taolo: «Va yolg‘on so‘zdan yiroq bo‘lingiz» (Haj surasi, 30-oyat); «(Ey inson), o‘zing aniq bilmagan narsaga ergashma!» (Isro surasi, 36-oyat); «U (inson) biron so‘zni talaffuz qilmas, magar (talaffuz qilsa) uning oldida hoziru nozir bo‘lgan bir kuzatuvchi (farishta u so‘zni yozib olur)» (Qof surasi, 18- oyat); «Shak-shubhasiz, Parvardigoringiz (barcha narsani) kuzatib turguvchidir» (Val-fajr surasi, 14-oyat); «Ular (ya’ni, Rahmonning suyukli bandalari) yolg‘on guvohlik bermaslar» (Furqon Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 271 surasi, 72-oyat), deb aytgan. 1549/1. Abu Bakra Nufay’ ibn Horisdan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasululloh (s.a.v.) «Sizlarga kabira (ulkan) gunohlar haqida xabar beraymi?» deb so‘radilar. Biz: «Ha, ayting, ey Allohning rasuli!» dedik. Shunda u zot: «Allohga biror narsani sherik qilmoq, ota-onaga oq bo‘lmoq, - deb suyanib turgandilar, to‘g‘ri o‘tirib olib, -ogoh bo‘linglar, yolg‘on so‘z va yolg‘on guvohlik bermoq», deb takrorlayverdilar, hatto biz: «Qaniydi, jim bo‘lsalar-ku», deb umid qildik». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 264-bob Biror kishi yoki hayvonni la’natlashning haromligi haqida 1550/1. Abu Zayd ibn Sobit ibn Zahhok al-Ansoriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. (Bu zot Rizvon bay’atida ishtirok etgan sahobalardan biridir.) Rasululloh (s.a.v.): «Kim qasddan bir narsaga yolg‘ondan qasam ichib (bu ish shundoq bo‘lsa yo bo‘lmasa) Islomdan boshqa millatda (ya’ni, yahudiy, nasroniy va yoki majusiy) bo‘lay, desa, o‘sha niyat qilib aytgan dinida bo‘ladi (ya’ni, Islomdan chiqadi). Kim o‘z joniga o‘zi biror narsa bilan qasd qilsa, qiyomat kuni o‘sha narsa bilan azob beriladi. Kim bajarishga qodir bo‘linmaydigan narsani nazr qilsa, uni bajarish lozim emas. Mo‘minni la’natlash uni o‘ldirish kabidir», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 1551/2. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «La’natni ko‘p aytish chin musulmonga loyiq emas», dedilar. Imom Muslim rivoyati. 1552/3. Abu Dardodan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Ko‘p la’nat aytuvchi kishi qiyomat kunida shafoatchi ham, guvohlik beruvchi ham bo‘lmaydi», dedilar. Imom Muslim rivoyati. 1553/4. Samura ibn Jundubdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Allohning la’nati bo‘lsin, Allohning g‘azabi bo‘lsin va Allohning do‘zaxi bo‘lsin, deb so‘kishmanglar», dedilar. Abu Dovud va Termiziy rivoyatlari. 1554/5. Ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Mo‘min kishi ko‘p so‘kuvchi ham, ko‘p la’natlovchi ham, fahsh so‘zlarni aytuvchi ham, odobsiz ham bo‘lmaydi», dedilar. Imom Termiziy rivoyati. 1555/6. Abu Dardodan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Agar banda biror narsa ila la’natlasa, la’nati osmonga ko‘tariladi. Osmon eshiklari uning ro‘parasida yopiladi. So‘ngra yerga tushadi. Bas, uning eshiklari ham yopiladi. So‘ngra o‘ng va chap tomonga boradi. Agar imkoniyat topa olmasa, la’natlangan kishiga qaytadi. Agar uning sohibi o‘sha la’natga ahl (munosib) bo‘lsa, unda qoladi. Agar ahl bo‘lmasa, aytgan kishining o‘ziga qaytadi», dedilar. Abu Dovud rivoyati. 1556/7. Imron ibn Husayndan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) safarlarning birida ekanliklarida ansoriylardan bir ayol tuyadan achchiqlanib, uni la’natladi. Buni Rasululloh (s.a.v.) eshitib: «Bundagi narsalarni olib, tuyani qoldiringlar, chunki tuya la’natlangandir», dedilar. Imron (r.a.): «Men u tuyani hozir ko‘rgandekman. U kishilar orasida yuradi-yu, ammo unga biror kishi yuzlanmaydi», deb aytganlar. Imom Muslim rivoyati. 1557/8. Abu Barzadan 4$> rivoyat qilinadi. Bir joriya qiz qavmning yuki turgan tuyada edi. Tog‘ning tor joyida u Rasulullohni (s.a.v.) ko‘rib tuyaga «To‘xta! Alloh seni la’natlasin», deb yubordi. Shunda Rasululloh (s.a.v.) «Bu la’natlangan tuyani bizga hamroh qilmang», dedilar. Imom Muslim rivoyati. Bilingki, bu hadis mushkul, deb bilinadi. Aslida bu hadisda ishkallik yo‘qdir. Ya’ni, tuyaning birga yurishini Rasululloh (s.a.v.) xohlamayaptilar, xolos. Bu o‘sha tuyani sotish, so‘yish va minishdan qaytariq, degani emas. Vallohu a’lam. Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 272 265-bob Nomini tilga olmasdan gunohkorlarga la’nat aytishning joizligi to‘g‘risida Alloh taolo: «Ogoh bo‘lingizkim, bunday zolimlarga Allohning la’nati bo‘lur» (Hud surasi, 18-oyat); «Bas, ularning o‘rtalarida bir jarchi: «Zolimlarga Allohning la’nati bo‘lgay», deb jar solur» (A’rof surasi, 44-oyat), deb aytgan. Gunohkor kishilarni la’natlashning joizligi haqida mashhur sahih hadislarda sobit bo‘lishicha, Rasululloh (s.a.v.): «Soch ulovchi va soch ulatganni, ribo yeyuvchini, rasm chizuvchini, yer qozig‘ini (qo‘shni haqqini) o‘zgartiruvchini, tuxum o‘g‘risini, otasini la’natlaganni, Allohdan boshqaga qilingan qurbonlikni Alloh la’natladi. Kim bizning ishimizda yangilik yaratsa yoki yangilikka yo‘l bersa, unga Allohning farishtalari va odamlarning barchasining la’nati bo‘lsin», dedilar. Va yana: «Allohim, Ri’l, Zakavon va Usayya qabilalarini la’natlagin. Ular Alloh va rasuliga osiylik qilishdi. Bular arab qabilalaridan uchtasidir. Yana U yahudiylarni la’natladi. Yana Alloh taolo yahudiy va nasroniylarni payg‘ambarlar qabrlarini masjid qilib olishgani uchun la’natladi. Va yana ayollarga o‘zini o‘xshatgan erkaklarni va erkaklarga o‘zini o‘xshatgan ayollarni la’natladi», dedilar. Bu hadislar lafzi Imom Buxoriy va Muslimning «Sahih»larida kelgan. Bularning ba’zisi ikkitasida, ba’zisi birida kelgan. 266-bob Musulmonni nohaq so‘kishning haromligi haqida Alloh taolo: «Mo‘min va mo‘minalarga ular biron gunoh qilmasliklaridan ozor beradigan kimsalar ham bo‘hton va ochiq gunohni o‘z ustlariga olibdilar» (Ahzob surasi, 58-oyat), deb aytgan. 1558/1. Ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Musulmonni so‘kish fosiqlikdir. O’ldirish esa kofirlikdir», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 1559/2. Abu Zarrdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Kishi boshqa bir kishini fosiq yoki kofir, deb so‘kmasin. Chunki bu ayblar so‘kilgan kishida bo‘lmasa, so‘kuvchining o‘ziga qaytadi», dedilar. Imom Buxoriy rivoyati. 1560/3. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Ikki so‘kishganning gunohi avval boshlaganigadir. Lekin mazlum haddan oshib ketsa, unda gunoh mazlumga bo‘ladi», dedilar. Imom Muslim rivoyati. 1561/4. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) xuzurlariga aroq ichgan bir kishi olib kelindi. Rasululloh (s.a.v.) «Buni uringlar», deb buyurdilar. Abu Hurayra (r.a.): «Bizlardan kimdir uni qo‘li bilan, kimdir poyabzali bilan, yana kimdir kiyimi bilan urdi», dedilar. Qachonki, u o‘g‘ri qaytib ketayotgan edi, qavmidagilardan biri: «Alloh seni xo‘rlasin», dedi. Buni eshitgan Rasululloh (s.a.v.) «Bunaqa so‘zlarni aytmanglar. Chunki bu kishiga g‘olib kelishi uchun shaytonga yordam bergan bo‘lasizlar (ya’ni, shayton bu kishiga aroq ichishni ziynatlab ko‘rsatgan edi. Endi uni xo‘rlayotganingizni ko‘rib shayton xursand bo‘ladi)», dedil ar. Imom Buxoriy rivoyati. 1562/5. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kim quli (xizmatkori)ni zino qilganlikda ayblasa va bu ayblagan narsasi unda mavjud bo‘lmasa, Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 273 qiyomat kuni o‘sha ayblovchiga had (darra) uriladi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 267-bob O’liklarni nohaq va shar’iy manfaatsiz so‘kishning haromligi haqida Shar’iy manfaat shuki, bid’atchi va fosiqlarga ergashib qolinishdan boshqalarni ogohlantirib ularni so‘kish. Bunga yuqoridagi bobda kelgan oyat va hadislar dalil bo‘ladi. 1563/1. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «O’lganlarni so‘kmanglar, chunki amallari bilan boradigan joylariga borib bo‘ldilar», deb aytdilar. Imom Buxoriy rivoyati. 268-bob Ozor berishdan qaytarilgani haqida Alloh taolo: «Mo‘min va mo‘minalarga ular biron gunoh qilmasliklaridan ozor beradigan kimsalar ham bo‘hton va ochiq gunohni o‘z ustlariga olibdilar» (Ahzob surasi, 58-oyat), deb aytgan. 1564/1. Abdulloh ibn Amr ibn Ossdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Qo‘li va tilidan musulmonlar omonda bo‘lsa, o‘sha kishi haqiqiy musulmondir. Alloh man qilgan narsalardan o‘zini chetda tutgan kishi haqiqiy muhojirdir», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 1565/2. Abdulloh ibn Amr ibn Ossdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kimni do‘zaxdan uzoqlashish va jannatga kirish xursand qilsa, o‘ladigan paytda Allohga va oxirat kuniga iymon keltirib vafot etsin. Hamda o‘ziga qilinishni mahbub ko‘rgan muomalani o‘zidan boshqalarga ham ravo ko‘rsin» (ya’ni, boshqalarga ham o‘shanday yaxshi muomalada bo‘lsin), dedilar. Imom Muslim rivoyati. Bu hadis yuqoridagi «Boshliqlarga toat qilish» bobida kelgan uzun hadisning bir qismidir. 269-bob Musulmonlar bir-birlarini yomon ko‘rishlari, aloqalarini uzib, teskari bo‘lib ketishlaridan qaytarilgani haqida Alloh taolo: «Mo‘minlar hech shak-shubhasiz og‘a-inilardir» (Hujurot surasi, 10-oyat); «Ular mo‘minlarga hokisor, kofirlarga esa qattiqqo‘l kishilardir» (Moida surasi, 54-oyat); «Muhammad Allohning payg‘ambaridir. U bilan birga bo‘lgan (mo‘min)lar kofirlarga qahrli, o‘z oralarida (mo‘minlar bilan) esa rahm-shafqatlidirlar» (Fath surasi, 29-oyat), deb aytgan. 1566/1. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Bir-biringizni yomon ko‘rmang. Bir-biringizga hasad qilmang. Bir-biringizga orqa o‘girib ketmang. Hamda bir- biringizdan aloqa uzmang. Ey Allohning bandalari, bir-biringizga birodar bo‘linglar. Musulmon kishining boshqa bir musulmon bilan uch kundan ortiq gaplashmasdan arazlashib yurishi halol emas», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 274 1567/2. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Dushanba va payshanba kunlari jannat eshiklari ochiladi. Hamda Alloh taologa biror narsani sherik qilmagan bandalarning gunohlari kechiriladi. Lekin bir kishining birodari bilan adovati bo‘lsa, gunohlari kechirilmaydi. Va: «Bu ikkovi yarashguncha muhlat berib turinglar. Bu ikkovi yarashguncha muhlat berib turinglar», deb aytiladi», dedilar. Imom Muslim rivoyati. Imom Muslimning boshqa rivoyatlarida «Amallar payshanba va dushanba kunlari ko‘rsatiladi» bo‘lib kelgan. 270-bob Hasadning haromligi haqida Hasad - xoh diniy, xoh dunyoviy ne’matlarga birodari erishsa, o‘sha ne’mat undan yo‘q bo‘lishini orzu qilishdir. Alloh taolo: Download 5.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling