Abu zakariyo yahyo ibn sharaf navaviy riyozus-solihiyn


Download 5.07 Kb.
Pdf ko'rish
bet42/53
Sana30.08.2017
Hajmi5.07 Kb.
#14625
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   53

www.ziyouz.com kutubxonasi 
262
Imom Molik va Termiziy rivoyatlari. 
1516/7. Sufyon ibn Abdullohdan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Men: «Ey Rasululloh, bir ishni 
aytib bering, uni mahkam ushlay», deganimda, u zot: «Rabbim Alloh, deb ayt, keyin shu 
so‘zingga muvofiq istiqomatda (sobitqadam) bo‘l», dedilar. Yana «Ey Rasululloh, menga 
qo‘rqiladigan narsaning eng xavflisi (xabarini bering)», deganimda, u zot tillarini ushlab 
«Bu», dedilar». Imom Termiziy rivoyati. 
1517/8. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Allohning zikridan 
boshqa so‘zlarni ko‘paytirmanglar. Chunki Allohning zikridan boshqa so‘zlar bag‘ritosh 
qilib qo‘yadi. Insonlarning Allohdan eng uzog‘i bag‘ritoshlaridir», dedilar. Imom Termiziy 
rivoyati. 
1518/9. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Alloh kimni ikki 
jag‘i orasidagi yomonlikdan va ikki oyog‘i orasidagi yomonlikdan saqlasa, u jannatga 
kiradi», dedilar. Imom Termiziy rivoyati. 
1519/10. Uqba ibn Omirdan rivoyat qilinadi: «Men: «Ey Allohning rasuli, najot 
nimada?» desam, u zot: «Tilingni tiygin, uyingga sig‘ib o‘tir, ya’ni ro‘zg‘orga kerakli 
narsalarni qilib qo‘y va xatolaringga yig‘lagin, shunda najot topgan bo‘lasan», deb 
aytdilar». Imom Termiziy rivoyati. 
1520/11. Abu Said al-Xudriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Agar odam 
bolasi tong ottirsa, a’zolarning barchasi tilni koyib: «Bas, ey til, Allohdan qo‘rq! Biz ham 
sendanmiz. Agar sen to‘g‘ri bo‘lsang, biz ham to‘g‘ri bo‘lamiz. Agar sen egri bo‘lsang, biz 
ham egri bo‘lamiz», deydi», deb aytdilar. Imom Termiziy rivoyati. 
1521/12. Muozdan (r.a.) rivoyat qilinadi: «(Men): «Ey Rasululloh, menga bir amalning 
xabarini beringki, u meni jannatga kiritib, do‘zaxdan uzoq qilsin», desam, u zot: «Sen 
juda katta narsa so‘rading. Albatta u Alloh oson qilgan kishiga yengildir», dedilar, 
so‘ngra: «Allohga biror narsani shirk keltirmasdan ibodat qilasan. Namozni qoim qilasan. 
Zakotni berasan. Ramazon ro‘zasini tutasan. Baytullohni haj qilasan», dedilar. Va yana u 
zot: «Seni eshiklarning yaxshisiga dalolat qilaymi? Ro‘za pardadir. Sadaqa xatolarni 
xuddi suv olovni o‘chirgandek o‘chiradi», deb kishining kechaning o‘rtasidagi namozi 
haqida quyidagi oyatni o‘qidilar: 
«Ularning yonboshlari o‘rin-joylaridan yiroq bo‘lur (ya’ni, tunlarini ibodat bilan 
o‘tkazishib, oz uxlaydilar). Ular Parvardigorlariga qo‘rquv va umidvorlik bilan duo-
iltijo qilurlar va Biz ularga rizq qilib bergan narsalardan infoq-ehson qilurlar. 
Bas, ularning qilib o‘tgan amallariga mukofot qilib ular uchun berkitib qo‘yilgan 
ko‘zlar quvonchini (ya’ni, oxirat ne’matlarini) biror jon bilmas» (Sajda surasi, 16-
17-oyatlar). So‘ngra yana u zot: «Ishning boshi va ustuni hamda yuksak cho‘qqisining 
xabarini beraymi?» deganlarida, «Ha, ey Rasululloh», dedim. Shunda u zot: «Ishning 
boshi - Islom. Ustuni - namoz. Yuksak cho‘qqisi jihoddir», dedilar. Yana u zot: 
«Bularning hammasidan ham asosiysining xabarini beraymi?» deganlarida, «Ha, ey 
Rasululloh», dedim. Bas, u zot tillarini ushlab: «Sen mana buni tiygin», dedilar. Shunda 
men: «Ey Rasululloh, gapirgan narsalarimizga ham so‘roq qilinamizmi?» desam, u zot: 
«Onang bolasiz qolgur, kishilarning yuzlari bilan do‘zaxga ag‘darilishlari faqat tillari 
aytgan narsalar sababidandir», dedilar». Imom Termiziy rivoyati. 
1522/13. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «G’iybat nima 
ekanligini bilasizlarmi?» deganlarida, sahobalar: «Alloh va Uning rasuli biluvchiroq», 
deyishdi. Rasululloh (s.a.v.)  «Karih ko‘radigan narsasi bilan birodaringni zikr 
qilmog‘ing», dedilar. Shunda: «Aytgan narsam birodarimda bo‘lsa-chi?» deyilganida, u 
zot: «Aytayotgan narsang birodaringda bo‘lsa, g‘iybat qilibsan. Agar aytayotgan narsang 
birodaringda bo‘lmasa, unda bo‘hton qilibsan», dedilar. Imom Muslim rivoyati. 
1523/14. Abu Bakradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) qurbonlik kuni 

Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
263
Minodagi vidolashuv hajida: «Bu kuningiz, bu shahringiz, bu oyingizda qon to‘kish 
harom bo‘lgani kabi sizlarning qoningiz, molingiz va obro‘yingizga (tajovuz 
qilmoqligingiz) haromdir. Ogoh bo‘ling, yetkazdimmi?» dedilar. Imom Buxoriy va Muslim 
rivoyatlari. 
1524/15. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasulullohga (s.a.v.) «Safiyyaning unday 
yoki bundayligi (ba’zi rivoyatlarda keltirilishicha, pakanaligi) misol sifatida yetarlidir», 
desam, u zot: «Sen bir kalima aytdingki, agar u dengiz suviga aralashtirib yuborilsa, 
ta’mi yoki hidi o‘zgarib ketardi», dedilar. Va yana u zotga bir insonni hikoya qildim. 
Shunda u zot: «Menda u yoki bu narsa bo‘laturib, boshqa birovni gapirishni yaxshi 
ko‘rmayman», dedilar». Abu Dovud va Termiziy rivoyatlari. 
Bu hadis g‘iybatchilarga eng katta dashnom beruvchi hadisdir. Mana shu darajada 
g‘iybatni yomonlashda yetuk bo‘lgan boshqa biror hadisni bilmayman. 
«Va u Rasululloh (s.a.v.) (Qur’onni)  o‘z havoyi-xohishi bilan so‘zlamas. U 
(Qur’on) faqat vahiy qilinayotgan (tushirilayotgan) bir vahiydir» (Najm surasi, 3-4-
oyatlar). 
1525/16. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Men osmonga 
ko‘tarilganimda (ya’ni, Me’roj kechasida) bir qavmning oldidan o‘tdim. Ularning misdan 
tirnoqlari bo‘lib, yuzlari va ko‘kraklarini tirnashar edi. Shunda men: «Ey Jabroil, anavilar 
kim?» desam, u zot: «Ular shunday shaxslarki, kishilar go‘shtini yeb (ya’ni, g‘iybat 
qilib), obro‘lariga bo‘hton qilishardi», dedilar», deb aytdilar. Abu Dovud rivoyati. 
1526/17. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Har bir 
musulmon boshqa bir musulmonning qoniga, obro‘siga va moliga (tajovuz qilishi) 
haromdir», deb aytdilar. Imom Muslim rivoyati. 
 
255-bob 
G’iybatga quloq solishning haromligi, g‘iybatni eshitganda 
gapiruvchi kishiga raddiya berib g‘iybatdan to‘xtatish, agar bundan 
ojiz bo‘lsa yoki gapiruvchi qabul qilmasa, imkonini topib o‘sha 
majlisni tark etishga buyurish haqida 
 
Alloh taolo: 
«Qachonki behuda (so‘z yo ishni) eshitsalar, undan yuz o‘girurlar» (Qasos surasi, 
55-oyat);  «Ular behuda-foydasiz (so‘z va amallardan) yuz o‘giruvchi kishilardir» 
(Mo‘minlar surasi, 3-oyat); 
«(Ey inson), o‘zing aniq bilmagan narsaga ergashma! Chunki quloq, ko‘z, dil - 
bularning barchasi to‘g‘risida (har bir inson) mas’ul bo‘lur (ya’ni, eshitgan, ko‘rgan 
va ishongan har bir narsasi uchun kishi qiyomat kunida javob beradi)» (Isro surasi, 36-
oyat); 
«Qachon Bizning oyatlarimizni (masxara qilishga) kirishayotgan kimsalarni 
ko‘rsangiz, to boshqa gapga kirishmagunlaricha ulardan yuz o‘giring! Endi agar 
shayton yodingizdan chiqarsa, eslaganingizdan so‘ng bu zolim qavm bilan birga 
o‘tirmang!» (An’om surasi, 68-oyat) deb aytgan. 
1527/1. Abu Dardodan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Kim birodari obro‘si 
to‘kilayotganda uni himoya qilsa, Alloh taolo qiyomat kunida o‘sha kishining yuzini 
do‘zaxdan himoya qiladi», deb aytdilar. Imom Termiziy rivoyati. 
1528/2. Itbon ibn Molikdan (r.a.) rivoyat qilingan uzun hadisda keltirilishicha, 
Rasululloh (s.a.v.) o‘rinlaridan turib namoz o‘qidilar. Va: «Molik ibn Duxshum qaerda?» 
dedilar. Shunda bir kishi: «U munofiq-ku, Alloh va Uning rasuli munofiqni yaxshi 
ko‘rmaydi», deganida, Rasululloh (s.a.v.): «Unday dema, uning «La ilaha illalloh», 

Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
264
deganiga qaramaysanmi? U buni aytish bilan Allohning roziligini xohlaydi. Albatta Alloh 
bunday deb aytuvchiga do‘zaxni harom qildi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim 
rivoyatlari. 
1529/3. Ka’b ibn Molikdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Tavba haqidagi uzun hadisda 
keltirilishicha, Rasululloh (s.a.v.) Tabukda qavm orasida o‘tirganlarida: «Ka’b ibn 
Molikka nima bo‘ldi?» dedilar. Shunda bani salamalik bir kishi: «Ey Rasululloh, uning 
kiyimlari hamda ikki yoniga nazar solishi (ya’ni, boyligiga ajablanishi) bu yerga 
kelishidan to‘sib qo‘ydi», dedi. Buni eshitgan Muoz ibn Jabal: «Aytgan narsang buncha 
ham yomon. Allohga qasamki, ey Rasululloh, biz unda faqat yaxshilik ko‘rganmiz», 
deganlarida, Rasululloh (s.a.v.) sukut qildilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
 
256-bob  
Ruxsat etilgan g‘iybat bayoni 
 
Bilingki, g‘iybat harom bo‘lsa-da, ba’zi holatlarda isloh uchun ruxsat etilgan. Ana shu 
isloh sahih, shar’iy maqsadda bo‘lib, undan boshqa yo‘l bilan yetishish mumkin 
bo‘lmasa, o‘shanda ruxsat etilgan. U quyidagi oltita sabablarning birida bo‘ladi: 
Birinchisi - shikoyat. Mazlum sultonga yo qoziga yoki zolimni insofga chaqirishga qurbi 
yetadigan shunga o‘xshash biror boshliqqa shikoyat qilib: «Falon kishi menga zulm qildi» 
yoki «Mendan buni tortib oldi» kabi so‘zlarni aytmog‘i joiz. 
Ikkinchisi - munkar narsani o‘zgartirishga va osiyni to‘g‘ri yo‘lga qaytarishga yordam 
so‘ramoq. Bas, u ana shu munkar narsani ketkazishga qudrati yetadigan kishiga «Falon 
kishi bunday ishlarni qilib yuribdi, uni bundan to‘xtatib qo‘ying» kabi so‘zlarni aytadi. 
Ana shu paytda uning maqsadi munkar narsani ketkazishga qaratilmog‘i kerak. Uning 
maqsadi bunday bo‘lmasa, harom bo‘ladi. 
Uchinchisi - fikr-mulohaza so‘rash. Masalan, muftiyga «Otam yo inim yoki falonchi 
menga zulm qildi, undan xalos bo‘lish, haqqimni olish va zulmni o‘zimdan daf etish yo‘li 
qanaqa?» deb aytmog‘i joiz. Va shu singari «Xotinim meni unday qildi» yoki «Erim 
bunday qildi», deb hojati uchun aytmog‘i joiz. Yana ham to‘g‘rirog‘i, «Bir kishining ana 
bu ishida nima deysiz?» yoki «Er yoki xotin bunday qildi», deb tayin qilmasdan 
maqsadini hosil qilmog‘i ham durust. 
Keyingi bobda zikr etiladigan Hinddan (r.a.) qilingan rivoyat tayin qilishning joizligini 
ko‘rsatadi. U eri Abu Sufyonning baxil-ziqna ekanini aytganida, Rasululloh (s.a.v.) uni bu 
g‘iybatidan qaytarmadilar. 
To‘rtinchisi - musulmonlarni yomonlikdan ogoh etib, ularga nasihat qilish. U bir nechta 
ko‘rinishda bo‘ladi. Ulardan hadis rivoyat qiluvchi roviylarning guvohlik ko‘rsatmalarini 
majruhligi uchun rad etmoq. Mana shu musulmonlar ijmo’i bilan joizdir. Balki ehtiyoj 
bo‘lgani uchun vojibdir. Aytadilar: «Bir kishi yo nikoh yo‘li bilan qarindoshlik 
munosabatlariga kirishini, yo ishda sherik bo‘lishini, yo omonat olishini, yo uning 
huzuriga omonat qo‘yishni, yo bundan boshqa narsalarda muomala qilishni sendan 
maslahat so‘rasa, nasihat yuzasidan u haqda bilgan narsangni aytmog‘ing vojib bo‘ladi. 
Agar sen unga «Muomala qilish yoki nikoh ila qarindosh bo‘lish durust bo‘lmaydi» yo 
«Bunday qilmagin», deb aytish bilan maqsad hosil bo‘lsa, yomonligini ortiqcha zikr qilish 
joiz emas. Endi bordi-yu, maqsad hosil bo‘lmasa, unda ochiqchasiga zikr qilavergin». Va 
yana aytadilar: «O’g‘riligi, zinokorligi, ichuvchiligi ila mashhur bo‘lgan qulni sotib 
olayotgan kishini ko‘rsang, uni sotib oluvchi kishi bilmaydigan bo‘lsa, bayon qilmog‘ing 
lozim bo‘ladi. Nafaqat bu qul sotib olishda, balki har bir sotib olinayotgan narsaning 
aybini bilsang, agar sotib oluvchi bilmasa, bayon etmog‘ing vojib bo‘ladi». Yana 
aytadilar: «Agar bir fiqh o‘rganuvchi bid’atchi yoki fosiq huzuriga borib, undan ilm 

Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
265
o‘rganayotgan bo‘lsa va sen u fiqh o‘rganuvchi zarar topmog‘idan qo‘rqsang, unga 
nasihat qilmog‘ing va holini bayon qilmog‘ing lozim bo‘ladi. Shu shart bilanki, sen bunda 
nasihatni qasd qilmog‘ing kerak. Mana shu narsada ko‘pincha xatoga yo‘l qo‘yiladi. 
Gohida bu hasadga olib keladi yoki shayton aldab qo‘yadi. U esa bu qilgan ishini nasihat 
va shafqat, deb xayol qiladi. Sen buni idrok etib, farosatli bo‘l». Yana aytadilar: «Bir 
kishi boshliq bo‘lsa-yu, solih bo‘lmagani yoki fosiq va mug‘affal bo‘lgani sababli ishni 
yaxshi ko‘rinishda bajarmasa, undan ham kattaroq bo‘lgan boshliqqa uning aybini zikr 
qilmog‘ing vojib bo‘ladi. Ana shu katta boshliq uni ishdan chetlatib, undan-da 
salohiyatlisini tayinlaydi. Yoki uning holatini bilsa, uni to‘g‘ri yo‘lda bo‘lishga undaydi». 
Beshinchisi - fosiqligi, bid’atchiligi oshkora bo‘lgan kishilarni g‘iybat qilish joiz. 
Masalan, aroqni oshkora ichuvchi, kishilarning molini soliq solib, musodara qilib, zulm 
bilan tortib oluvchi hamda botil ishlarni yurgizuvchilar shular jumlasidandir. Mana shu 
ishlarni oshkora qiluvchini g‘iybat qilish joiz. Ammo bundan boshqalarida, yuqoridagi zikr 
qilganlarimizdan tashqari holatlarda joiz emas. 
Oltinchisi - tanishlik uchun. Agar kishi ko‘zi xira, oqsoq, kar, ko‘r, g‘ilay, burni pachoq 
va shunga o‘xshash nuqsonli laqab bilan tanilgan bo‘lsa, tanitish niyatida tanitmoqlik 
joiz. Ammo noqislik tomonini bundan boshqa maqsadda aytish harom. Agar aybini 
aytmasdan boshqa yo‘l bilan bo‘lsa, juda ham yaxshi. Mana shu zikr qilingan oltita 
sabablarda ulamolar g‘iybat qilish joiz, deb aytishgan. Buning dalili sahih hadislarda 
zohiriy holda keltirilgan. 
1530/1. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir kishi Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga kirish 
uchun izn so‘radi. Rasululloh (s.a.v.) uning kirishiga izn beringlar, deb keyin: «Bu odam 
o‘z jamoasining yomon kishisidir», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
Imom Buxoriy yomon va ishonchsiz kishilarni g‘iybat qilish joiz ekaniga bu hadisni 
hujjat qilganlar. 
1531/2. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Falon va falon kishilarni 
dinimizdan biror narsa bilishadi, deb gumon qilmayman», dedilar. Imom Buxoriy 
rivoyati. 
Ushbu hadis roviylaridan biri Lays ibn Sa’d bu ikki kishi munofiqlardan edi, dedilar. 
1523/3. Fotima binti Qaysdan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Men Rasululloh (s.a.v.) 
huzurlariga borib: «Abuljahm va Muoviyalar sovchi yuborishyapti, nima qilayin?» desam, 
u zot: «Muoviya kambag‘al, uning mol-dunyosi yo‘q. Abuljahm esa yelkasidan hassasini 
tashlamaydi (ya’ni, xotinlariga qattiqqo‘l)», dedilar». Imom Buxoriy va Muslim 
rivoyatlari. 
Imom Muslim rivoyatlarida «Abuljahm xotinlarini uruvchidir» bo‘lib kelgan. 
«Yelkasidan hassasini tashlamaydi», deganlarini ba’zilar ko‘p safar qiluvchi, deb ham 
sharhlashgan. 
1533/4. Zayd ibn Arqamdan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Biz Rasululloh (s.a.v.) bilan birga 
safarga chiqqanimizda kishilarga qiyinchilik yetdi. (Munofiq) Abdulloh ibn Ubay: 
«Rasululloh (s.a.v.) huzurlaridagi kishilarga (sahobalarga) hech narsa bermanglar. 
Shunda atrofidagi kishilar tarqalib ketadi. Agar Madinaga qaytsak, kuchli bo‘lganlar 
kuchsizlarni u yerdan chiqarib yuboradi» (ya’ni, o‘zini kuchli, Rasulullohni esa kuchsiz, 
deb aytmoqchi), deganida, men buning xabarini Rasulullohga (s.a.v.) yetkazdim. U zot 
Abdulloh ibn Ubayni olib kelish uchun odam yubordilar. U (munofiq) kelib bu so‘zlarni 
aytmadim, deb qasam ichdi. Shunda odamlar: «Zayd ibn Arqam Rasulullohga (s.a.v.) 
nisbatan yolg‘on ishlatibdi», deyishdi. Bu so‘zlar meni ranjitdi. Hatto Alloh taolo mening 
so‘zimni tasdiqlab «Qachon munofiqlar sizning oldingizga kelsalar... » oyatini nozil qildi. 
Keyin Rasululloh ularni qilgan gunohlariga istig‘for aytish uchun chaqirtirdilar. Lekin ular 
boshlarini egib kelmadilar». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 

Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
266
1534/5. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Abu Sufyonning xotini Hind Rasululloh 
(s.a.v.) huzurlariga kelib: «Erim Abu Sufyon ziqna kishi. Menga va bolalariga kifoya 
qilgudek narsa bermaydi. Shuning uchun unga bildirmasdan ba’zi narsalarni olaman. 
Buning hukmi qanday bo‘ladi?» deganida, u zot: «O’zingga va bolalaringga kifoya 
qilgudegini yaxshilik bilan olavergin», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
 
257-bob 
Chaqimchilik (odamlar o‘rtasida fasod qilish maqsadida so‘z 
tashimoq)ning haromligi haqida 
 
Alloh taolo: 
«(Ey Muhammad), yana siz har bir tuban qasamxo‘r, g‘iybatchi-yu gap 
tashuvchi kimsaga itoat etmang» (Qalam surasi, 11-oyat); 
«U (inson) biron so‘zni talaffuz qilmas, magar (talaffuz qilsa) uning oldida 
hoziru nozir bo‘lgan bir kuzatguvchi (farishta u so‘zni yozib olur)» (Qof surasi, 18-
oyat), deb aytgan. 
1535/1. Huzayfadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Chaqimchi jannatga 
kirmaydi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
1536/2. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) ikki qabr oldidan 
o‘tib: «Bu ikkita qabrdagilar azoblanishmoqda. Ularning gumonlaricha, bu katta (gunoh) 
emas. Lekin aslida kattadir. Ularning biri chaqimchilik qilib yurardi. Ikkinchisi esa 
siydikdan saqlanmasdi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
1537/3. Ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Sizlarga bo‘hton 
nima ekanining xabarini beraymi? U chaqimchilik va odamlar orasida (buzish uchun) so‘z 
tashish», dedilar. Imom Muslim rivoyati. 
 
258-bob 
Zarurat bo‘lmaganda odamlar so‘zini boshqalarga yetkazishdan 
qaytarilgani, fasod xavfi bo‘lsa, joizligi haqida 
 
Alloh taolo: 
«Gunoh va haddan oshish yo‘lida hamkorlik qilmangiz» (Moida surasi, 2-oyat), 
deb aytgan. 
1538/1. Ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Sahobalarimdan 
birortasi boshqasi haqida biror narsa yetkazmasin. Chunki men sizlarning oldingizga 
qalbim sog‘lom holda chiqmoqni yaxshi ko‘raman», dedilar. Abu Dovud va Termiziy 
rivoyatlari. 
 
259-bob  
Ikkiyuzlamachilikning yomonligi haqida 
 
Alloh taolo: 
«Ular  (o‘zlarining jinoyatlarini) odamlardan yashira oladilar, ammo Allohdan 
yashira olmaydilar. Ular (Alloh)  rozi bo‘lmaydigan gaplarning rejasini xufyona 
tuzayotgan paytlarida ham U Zot ular bilan birga bo‘lur. Alloh ularning 
qilayotgan amallarini ihota qilguvchi-o‘rab olguvchi bo‘lgan Zotdir» (Niso surasi, 
108-oyat), deb aytgan. 
1539/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Sizlar odamlarni 
konlarga o‘xshatinglarki, ularning johiliyat davridagi yaxshilari Islomda ham 

Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
267
yaxshilaridir. Shu shart bilanki, agar ular shariat hukmlarini bilishsa. Va yana 
insonlarning yaxshisi rahbarlikni yomon ko‘rganlaridir. Insonlarning yomoni esa 
ikkiyuzlamachilardir. Ular bir jamoaga bir yuz bilan va narigisiga boshqa yuz bilan 
boradi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
Foyda: chunki boshliq bo‘lishni yomon ko‘rgan kishi mabodo boshliq qilinsa ham, u 
kishi Allohning chegarasini buzib o‘tmaydi. Sababi -u kishini boshliqlikdan bo‘shatilish 
qo‘rqitmaydi. 
1540/2. Muhammad ibn Zayddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir necha kishi Abdulloh ibn 
Umarning (r.a.) huzurlariga kelib: «Bizlar boshliqlarimiz huzuriga kiramiz. Agar u yerdan 
chiqsak, aytgan narsamizning xilofini gapiramiz. Ya’ni, oldilarida maqtab, chiqqanda 
yomonlaymiz», deyishganida, Abdulloh ibn Umar (r.a.): «Biz bunaqa ishlarni Rasululloh 
(s.a.v.) zamonlarida munofiqlik, deb hisoblar edik», dedilar. Imom Buxoriy rivoyati. 
 
260-bob  
Yolg‘onning haromligi haqida 
 
Alloh taolo: 
«(Ey inson), o‘zing aniq bilmagan narsaga ergashma» (Isro surasi, 36-oyat); 
«U (inson) biron so‘zni talaffuz qilmas, magar (talaffuz qilsa) uning oldida 
hoziru nozir bo‘lgan bir kuzatuvchi (farishta u so‘zni yozib olur)» (Qof surasi, 18-
oyat), deb aytgan. 
1541/1. Ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Rostgo‘ylik 
yaxshilikka olib boradi. Yaxshilik esa jannatga olib boradi. Kishi rost so‘zlab yuradi. 
Oqibatda Alloh huzurida siddiq (rostgo‘y), deb yoziladi. Yolg‘onchilik yomonlikka olib 
boradi. Yomonlik esa do‘zaxga olib boradi. Kishi yolg‘on so‘zlab yuradi. Va Alloh huzurida 
kazzob (yolg‘onchi), deb yoziladi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
1542/2. Abdulloh ibn Amr ibn Ossdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) 
«Sizlarda to‘rt toifa kishi borki, ularda aniq munofiqlik bor. Kimda ana shu xislat bo‘lsa, 
to uni tark qilmagunicha undagi nifoqlik xislati ketmaydi. Agar omonat berilsa, xiyonat 
qiladi. Agar gapirsa, yolg‘on so‘zlaydi. Agar ahdlashsa (shartnoma tuzilsa), buzadi. Agar 
xusumatlashilsa, nomussizlik qiladi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
1543/3. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Kim ko‘rmagan 
tushini ko‘rdim, deb aytsa, qiyomat kuni qo‘liga ikkita arpa berib, uni bir-biriga bog‘lash 
buyuriladi. U esa bu ishni hargiz qila olmaydi. Kim bir jamoaning (o‘zaro) suhbatiga 
quloq solsa, ular esa buning tarqalishini karih ko‘rishsa, qiyomat kuni eshitgan kishining 
ikki qulog‘iga qalayi quyiladi. Kim biror surat chizsa, chizgan kishini qiyomat kunida 
azoblab, unga jon kiritishga buyuriladi. U esa buning uddasidan chiqa olmaydi», dedilar. 
Imom Buxoriy rivoyati. 
1544/4. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Kishi ko‘rmagan 
narsasini ko‘zim bilan ko‘rdim, desa, o‘sha yolg‘onchilarning eng yolg‘onchisidir», 
dedilar. Imom Buxoriy rivoyati. 
1545/5. Samura ibn Jundubdan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasululloh (s.a.v.) ko‘pincha 
sahobalaridan «Sizlardan birortangiz tush ko‘rdimi?» deb so‘rardilar. Agar sahobalar 
orasida tush ko‘rgani bo‘lsa, Alloh xohlaganicha so‘zlab berar edi. Kunlarning birida 
Rasululloh (s.a.v.) tongda huzurimizga chiqib ko‘rgan tushlarini quyidagicha so‘zlab 
berdilar: «Tunda ikki kishi kelib, biz bilan yurgin, deyishdi. Men ular bilan birga ketdim. 
Yurib yotgan bir kishining oldiga bordik. Qarasak, uning oldida tosh ko‘tarib boshqa bir 
kishi turibdi. O’sha turgan kishi yotganning boshiga tosh bilan urar, uning boshi esa 
maydalanib ketardi. Tosh esa uzoqqa dumalab ketardi. Urgan kishi toshning orqasidan 

Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy 
 
 
Download 5.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling