Abu zakariyo yahyo ibn sharaf navaviy riyozus-solihiyn


Download 5.07 Kb.
Pdf ko'rish
bet41/53
Sana30.08.2017
Hajmi5.07 Kb.
#14625
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   53

www.ziyouz.com kutubxonasi 
255
 
251-bob  
G’oyibdan duo qilishning fazilati haqida 
 
Alloh taolo: 
«Ulardan keyin (dunyoga)  kelgan zotlar ayturlar: «Parvardigoro, O’zing 
bizlarni va bizlardan ilgari iymon bilan o‘tgan zotlarni mag‘firat qilgin» (Hashr 
surasi, 10-oyat); 
«O’z gunohingiz uchun hamda mo‘min-mo‘minalar (ning gunohlari) uchun 
mag‘firat so‘rang» (Muhammad surasi, 19-oyat);Ibrohim alayhissalom tillaridan xabar 
berib «Parvardigoro, hisob-kitob qilinadigan (qiyomat) kuni meni, ota-onamni va 
(barcha) mo‘minlarni mag‘firat qilgin» (Ibrohim surasi, 41-oyat), deb aytgan. 
1493/1. Abu Dardodan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Biron bir musulmon 
banda g‘oyibdan birodariga duo qiladigan bo‘lsa, farishta: «Senga ham o‘sha (duoning) 
mislidek bo‘lsin», deydi», de dil ar. Imom Muslim rivoyati. 
1494/2. Abu Dardodan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Musulmon kishining 
g‘oyibdan birodariga qilgan duosi mustajobdir. (Duo qiluvchining) bosh tarafida vakil 
qilingan farishta turadi. Har gal birodariga yaxshilik bilan duo qilganida, farishta: «Omin, 
senga ham uning mislidek bo‘lsin», deydi», deganlar. Imom Muslim rivoyati. 
 
252-bob  
Duodagi turli masalalar haqida 
 
1495/1. Usoma ibn Zayddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Kimga 
yaxshilik qilinsa, yaxshilik qiluvchi kishiga «Jazokallohu xoyron», ya’ni «Alloh sizni 
yaxshiliklar ila mukofotlasin», deb aytsa, maqtovning eng yetugini qilibdi», dedilar. 
Imom Termiziy rivoyati. 
1496/2. Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Nafsingiz, bolalaringiz, 
xizmatkorlaringiz, mollaringiz zarariga duo qilmanglar. Chunki Alloh talab qiluvchining 
talabini beradigan soatga muvofiq kelib qolsangiz, (qarg‘ishingizni) ijobat etib qo‘yadi», 
dedilar. Imom Muslim rivoyati. 
1497/3. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Bandaning 
Rabbiga eng yaqin bo‘ladigan payti sajdada turganidadir. Unda (sajdada) duoni 
ko‘paytiringlar», dedilar. Imom Muslim rivoyati. 
1498/4. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Sizlardan biringiz 
oshiqmasa, ya’ni duo qildim-u, ijobat bo‘lmayapti, demasa, duosi ijobat qilinadi», 
dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
Imom Muslimning rivoyatida aytilishicha, Rasululloh (s.a.v.) «Modomiki, banda gunoh 
uchun yoki qarindoshlik rishtalarini uzish uchun duo qilmasa va shoshilmasa, duolari 
ijobat qilinadi», deganlarida, sahobalar: «Ey Allohning rasuli, shoshish, deganingiz 
nima?» deyishdi. Shunda Rasululloh (s.a.v.)  «Duo qildim, duo qildim, ammo duoim 
ijobat qilinganini ko‘rmadim, deb qiyin holatda qoladi-da, duo qilishni tark etadi», 
dedilar. 
1499/5. Abu Umomadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasulullohga (s.a.v.) «Qaysi duo 
tezroq qabul bo‘ladi?» deb savol berilganida, u zot: «Kechaning o‘rtasida va farz 
namozlari orqasidan qilingan duo», deb aytdilar. Imom Termiziy rivoyati. 
1500/6. Uboda ibn Somitdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Agar yer 
yuzidagi biror musulmon Alloh taologa duo bilan iltijo qilsa, Alloh unga so‘ragan 
narsasini beradi yoki undan o‘sha miqdorcha yomonlikni ketkazadi. Modomiki, o‘sha 

Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
256
musulmon gunohni yoki qarindoshlikdan uzilishni so‘rab duo qilmasa», deganlarida, 
qavmdan bir kishi: «Unday bo‘lsa, duoni ko‘paytiraylikmi?» dedi. Shunda Rasululloh 
(s.a.v.)  «Alloh so‘rab duo qilganingizdan ham ko‘paytirib beruvchi», dedilar. Imom 
Termiziy rivoyati. 
Imom Hokim Abu Saiddan (r.a.) xuddi mana shu hadisni rivoyat qilib, «U kabi savobni 
o‘sha kishiga zahira qilib beradi»ni ziyoda qildilar. 
1501/7. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) mahzunlikda: «La 
ilaha illallohul ‘aziymul haliym, La ilaha illallohu robbul ‘arshil ‘aziym, La ilaha illallohu 
robbus samavati va robbul arzi robbul ‘arshil kariym», deb aytardilar. (Ma’nosi: «Halim 
va ulug‘ Allohdan boshqa iloh yo‘q. Ulug‘ arshning Rabbi bo‘lgan Allohdan boshqa iloh 
yo‘q. Mukarram arshning va yeru osmonlarning Rabbi bo‘lgan Allohdan boshqa iloh 
yo‘q».) Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
 
253-bob 
Avliyolar karomatlari va ularning fazilati haqida 
 
Alloh taolo: 
«Ogoh bo‘lingizkim, albatta Allohning do‘stlariga (oxiratda)  biron xavf-xatar 
yo‘qdir va ular g‘amgin bo‘lmaydilar. Iymon keltirgan va (Allohdan)  qo‘rquvchi 
bo‘lgan zotlar uchun hayoti dunyoda ham, oxiratda ham xushxabar bordir. 
Allohning so‘zlari (oyatlari) o‘zgartirilmas. Mana shu (mazkur ne’matlarga erishish) 
buyuk saodatdir» (Yunus surasi, 62-64-oyatlar); 
«Mana shu (qurib qolgan) xurmo shoxini silkitgin, u senga yangi xurmo 
mevalarini tashlar. Endi sen yeb-ichgin» (Maryam surasi, 25-oyat); 
«Har qachon Zakariyo (Maryamning) oldiga - xujraga kirganida uning huzurida 
bir rizq-nasiba ko‘rdi. U: «Ey Maryam, bu narsalar senga qayoqdan keldi?» deb 
so‘raganida (Maryam) javob qildi: «Bular Alloh huzuridandir. Albatta Alloh O’zi 
istagan kishilarga behisob rizq berur» (Oli Imron surasi, 37-oyat); 
«(Yigitlar)  modomiki, ulardan (mushriklardan)  va Allohdan o‘zga - ular 
sig‘inayotgan narsalardan yuz o‘girgan ekansiz, endi g‘orga panoh topib 
boringiz. Parvardigoringiz sizlarga O’z rahmat-marhamatini keng-serob qilur va 
sizlarning ishlaringizni o‘nglar. Quyosh chiqishida ularning g‘orlaridan o‘ng 
tarafdan o‘tib ketganini, botishda esa ulardan so‘l tomonga yiroqlashib 
ketganini ko‘rursan» (Kahf surasi, 16-17-oyatlar), deb aytgan. 
1502/1. Abu Muhammad Abdurahmon ibn Abu Bakrdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Ahli 
suffadagi kishilar kambag‘allardan tashkil topgan edi. Rasululloh (s.a.v.) kunlarning 
birida: «Kimning ikki kishilik taomi bo‘lsa, (ahli suffadagilardan birini olib) uch kishi 
bo‘lib borsin. Kimning to‘rt kishilik taomi bo‘lsa, besh-olti kishi bo‘lib borsin» (yoki 
shunga o‘xshash so‘zlarni) aytdilar. Bu so‘zdan keyin Abu Bakr (r.a.) ulardan uchtasini 
olib keldilar. Rasululloh (s.a.v.) esa o‘ntasini olib ketdilar. Abu Bakr (r.a.) kechki ovqatni 
Rasululloh (s.a.v.) huzurlarida tanovul qilib, so‘ngra xufton namozini o‘qib bo‘lguncha 
o‘sha yerda turdilar. Keyin kechaning Alloh hoxlagancha qismi o‘tganidan keyin 
kelganlarida xotinlari: «Mehmonlaringiz xizmatida bo‘lishdan nima to‘xtatib qo‘ydi?» 
dedi. Abu Bakr (r.a.):  «Nima, ularga ovqat bermadinglarmi?» dedilar. Xotinlari: «Biz 
ularga ovqat tortiq etdik, lekin ular (xonadon sohibi) kelmaguncha yemaymiz, deyishdi», 
dedi. (Shunda) Abdurahmon ibn Abu Bakr (r.a.) aytadilar: «Men borib berkinib oldim. 
Otam: «Ey pastkash, burni kesilgur», deb dashnom berib meni so‘kdilar. Mehmonlarga: 
«Olinglar, yenglar. Allohga qasamki, bundan hecham yemayman», dedilar. Allohga 
qasamki, undan biror luqma olinsa, yana ostidan ko‘payib ziyodalashar edi. Hattoki, ular 

Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
257
undan yeb to‘yishdi. Va oldingidan ham taomlari ko‘payib qolgan edi». Abu Bakr (r.a.) 
taomga boqib xotinlariga qarata: «Ey bani firoslik, bu nima?» deganlarida, xotinlari: 
«Ko‘zimning quvonchi haqqi! Bu taom avvalgi holatiga qaraganda uch barobar ko‘pdir», 
dedi. Abu Bakr (r.a.): «Ana shu taomdan yemayman, deb qasam ichishim 
shaytondandir», dedilar. So‘ngra undan bir luqma yedilar. Keyin Rasululloh (s.a.v.) 
huzurlariga olib bordilar. U taom Rasululloh (s.a.v.) huzurlarida tonggacha turdi. (Yana 
Abdurahmon ibn Abu Bakr (r.a.) aytadilar): «Shu kunlarda biz bilan bir qavm o‘rtasida 
shartnoma bo‘lib, uning muddati tugagan edi. O’sha yerdagilar o‘n ikkiga bo‘lindik. Har 
birimiz bilan bir qancha kishi bor edi. Qancha odam borligini Alloh biladi. O’shalarning 
hammasi u taomdan yeyishdi». 
Boshqa rivoyatda keltirilishicha, Abu Bakr (r.a.) u ovqatdan yemayman, deb qasam 
ichdilar. Xotinlari ham yemayman, deb qasam ichdi. Mehmonlar ham (xonadon sohiblari) 
yeyishmaguncha yemaymiz, deb qasam ichishdi. Abu Bakr (r.a.): «Bu qasam 
shaytondandir», deb ovqatni olib kelishni buyurdilar. Qachonki, ovqat olib kelinganida, 
undan yedilar. Ular ham yeyishdi. Biror luqma olinsa, ostidan ko‘payib ziyodalashaverar 
edi. Abu Bakr (r.a.): «Ey bani firoslik, bu nima?» deganlarida, xotinlari: «Ko‘zimning 
quvonchi haqqi! Hozir bu taom yeganimizning avvalgi holatidan ham ko‘paygandir», 
dedi. Ular bu taomdan yeyishdi. Hamda Rasulullohga (s.a.v.) bundan yubordilar. Va 
Rasululloh (s.a.v.) undan yeganlarini zikr qildilar. 
Boshqa rivoyatda aytilishicha esa, Abu Bakr (r.a.) o‘g‘illari Abdurahmonga: 
«Mehmonlaringni uyga olib borgin. Men Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga boraman. Men 
bormasdan mehmonlarning ovqatlarini bergin», dedilar. Abdurahmon mehmonlarni olib 
kelib uydagi taomni keltirdi va: «Bundan yenglar», dedi. Mehmonlar: «Xonadon sohibi 
qani?» deyishdi. Abdurahmon yana: «Olinglar, yenglar», dedi. Mehmonlar: «Xonadon 
sohibi kelmaguncha yemaymiz», deyishdi. Abdurahmon: «Ziyofatlaringizni bizdan qabul 
qilib olinglar. Chunki xonadon sohibi kelsalar, sizlar ovqatlanmaganingizni ko‘rib 
g‘azablari keladi», deganida, mehmonlar qabul qilishmadi. «Bildimki, otam kelsalar, (bu 
qilgan ishim uchun) mendan xafa bo‘lardilar. Otam kelganlarida, men yashirinib oldim. 
Otam: «Mehmonlarga nima tayyorladinglar?» deb so‘raganlarida, uydagilar (bo‘lib o‘tgan 
voqeadan) xabar berishdi. Otam: «Ey Abdurahmon», dedilar. Men jim turdim. Keyin 
yana: «Ey Abdurahmon», dedilar. Men jim turdim. Otam: «Ey pastkash, qasam 
ichamanki, agar ovozimni eshitayotgan bo‘lsang, chiq», dedilar. Men chiqib: 
«Mehmonlardan so‘rang», dedim. Mehmonlar: «O’g‘ling rost gapiryapti. Bizga ovqat olib 
keldi», deyishdi». Abu Bakr (r.a.): «Sizlar meni kutdinglarmi? Allohga qasamki, men bu 
kecha ovqatlanmayman», dedilar. Qolgan kishilar ham: «Allohga qasamki, sen 
ovqatlanmaguningcha biz ham tanovul qilmaymiz», deyishdi. Abu Bakr (r.a.): «Voy 
bo‘lsin! Nima uchun ziyofatlaringizni bizdan qabul qilmaysizlar?» deb taomni keltirishni 
buyurdilar. Qachonki, u keltirilganida, ovqatga qo‘llarini qo‘yib «Bismillah», deb avvalgi 
qasam shaytondandir, dedilar. U zot ovqat yeyishni boshladilar, ular ham yeyishni 
boshlashdi. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
1503/2. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Sizlardan avval 
o‘tgan ummatlardan (payg‘ambar bo‘lmasa ham, payg‘ambarlar kabi) so‘zlaydiganlari 
bor edi. Agar ummatimda shunday ilhomlangan kishi bor bo‘lsa, o‘sha Umardir», dedilar. 
Imom Buxoriy rivoyati. 
Imom Muslim ham xuddi shu lafzdagi hadisni Oishadan (r.a.) rivoyat qilganlar. 
1504/3. Jobir ibn Samuradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Kufa ahli Umarga (r.a.) Sa’d ibn 
Abu Vaqqosdan (r.a.) shikoyat qilishganida, bu kishini ishdan bo‘shatib, ularga Ammorni 
boshliq etib tayinladilar. Ularning arz qilishlaricha, Sa’d ibn Abu Vaqqos namozni chiroyli 
suratda ado etmaydi. Umar (r.a.) u zotga: «Ey Abu Ishoq! Ular sizni chiroyli suratda 

Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
258
namozni ado qilmaydi, deb gumon qilishmoqda», desalar, Sa’d: «Alloh nomiga qasamki, 
men ularga Rasulullohning (s.a.v.) namozlarini o‘qib beryapman, undan hech narsani 
kamaytirmayapman. Va xufton namozining avvalgi ikki rakatida uzun sura o‘qib, keyingi 
ikki rakatida qisqa qilmoqdaman», dedilar. Umar (r.a.): «Bu sizning gumoningiz, ey Abu 
Ishoq», deb bu haqda surishtirish uchun bir kishi yoki bir necha kishini Kufaga 
yubordilar. Ular biror masjid qoldirmasdan bu haqda so‘rashganida, barchalari Sa’dning 
yaxshiliklarini aytib maqtashdi. Qachonki, bir masjidga kirishganida, Abu Sa’da Usoma 
ibn Qatoda ismli shaxs turib: «Agar siz surishtiradigan bo‘lsangiz, albatta Sa’d ibn Abu 
Vaqqos sariyya (urush)larga bormaydi, o‘ljani teng taqsimlamaydi. Qozilikda odillik 
qilmaydi», dedi. Buni eshitgan Sa’d ibn Abu Vaqqos (r.a.): «Allohga qasamki, men seni 
uch narsa ila duoibad qilaman: Allohim, agar mana shu quling yolg‘onchi va o‘zini 
ko‘rsatib riyo uchun buni qilgan bo‘lsa, umrini uzoq, kambag‘alligini uzun va o‘zini 
fitnaga duchor qilgin», dedilar. Mana shundan keyin shayx: «Sa’dning duoibadi menga 
yetib fitnaga duchor bo‘ldim», deb aytdi. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
Jobir ibn Samuradan rivoyat qilgan roviy Abdulmalik ibn Umayr shunday deydi: «Men 
u shayxni qarib ketganidan ikki qoshi ikki ko‘zi ustiga tushgan holda ko‘rdim. U yo‘lda 
uchragan qizlarga ko‘z qisar edi». 
1505/4. Urva ibn Zubayrdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Said ibn Zayd (r.a.) bilan Arvo 
binti Avs xusumatlashib Marvon ibn Hakam huzuriga kelishdi. U ayol yeridan bir 
parchasini Said ibn Zayd olganini da’vo qildi. Said: «Men Rasulullohdan (s.a.v.) buning 
yomonligi haqida eshitganimdan keyin ham yeridan bir parcha olarmidim?» deganida, 
«Rasulullohdan (s.a.v.) nima eshitgansan?» dedi Marvon. Shunda Said: «Rasululloh 
(s.a.v.)  «Kim zulm bilan yerdan bir qarichiga ega bo‘lib olsa, yetti (qavat) yerga 
o‘raladi», deganlarini eshitganman», dedi. Buni eshitgan Marvon: «Bundan keyin sendan 
dalil-isbot so‘ramayman», dedi. Said esa: «Allohim, agar bu ayol yolg‘onchi bo‘lsa, 
ko‘zini ko‘r qilib o‘z yerida o‘ldirgin», dedi. Aytishlaricha, bu ayolning ko‘zi o‘lishidan 
oldin ko‘r bo‘ldi, o‘z yerida keta turib bir chuqurga tushib vafot etdi. Imom Buxoriy va 
Muslim rivoyatlari. 
1506/5. Jobir ibn Abdullohdan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Uhud kuni kechasi otam meni 
chaqirib: «Gumonimcha, bugun Rasululloh (s.a.v.) sahobalari ichida birinchi o‘ldirilgan 
kishi men bo‘lsam kerak. O’zimdan keyin Rasulullohni (s.a.v.) hisobga olmaganda 
sendan ko‘ra azizroq kishi yo‘qdir. Albatta mening bo‘ynimda qarzlarim bor. Sen ularni 
uzgin. Aka-ukalaringga yaxshi muomalada bo‘lgin», dedilar. Haqiqatda o‘sha kuni 
birinchi o‘ldirilgan kishi otamiz bo‘ldilar. Men otamni bir kishiga qo‘shib qabrga dafn 
etdim. Keyin qilgan ishimdan ko‘nglim taskin topmadi. Olti oy o‘tgandan keyin qayta 
qazib oldim. Otam qabrga qo‘ygan kunimdagidek quloqlaridan boshqa a’zolari 
o‘zgarmagan holatda turibdilar. Men tanho o‘zlarini qabrga qo‘ydim». Imom Buxoriy 
rivoyati. 
1507/6. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Sahobalardan ikkitasi Rasululloh (s.a.v.) 
huzurlaridan zulumot kechada chiqishganida oldilarida chiroq kabi ikkita nur bor edi. 
Qachonki, har ikkilari bir-birlaridan alohida bo‘lishgan edi, o‘sha nur ham alohida bo‘lib 
ikkiga bo‘lindi. Hattoki, ikkovlari uylariga nur bilan borishdi. Imom Buxoriy rivoyati. 
Bu ikki sahobadan birlarining ismi Usayd ibn Huzayr, ikkinchisining ismlari Abbod ibn 
Bishrdir. 
1508/7. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) o‘n nafar kishini 
xabar olib kelish uchun yubordilar. Ularga Osim ibn Sobit Ansoriyni boshliq etib 
tayinladilar. Ular yo‘lga chiqib, Makka bilan Usfon oralig‘idagi Xudat degan joyda 
ketishayotganida Huzayl qabilasidan Bani Lihyon, deb ataluvchi qavmga bularning 
ketishayotgani ma’lum bo‘ldi. Ular yuzga yaqin chavandoz bilan axtarib izlaridan 

Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
259
tushishdi. Osim va uning birodarlariga Bani Lihyonning izdan tushgani xabari yetib 
kelganida, ular bir makonga qochib chiqishdi. Bani Lihyon esa ularni o‘rab oldi va: 
«Pastga tushinglar, qo‘llaringizni beringlar. Biz sizlardan birortangizni o‘ldirmaslikka ahd 
beramiz», deyishdi. Osim ibn Sobit (r.a.): «Ey qavm, men kofirning ahdiga (ishonib) 
pastga tushmayman. Allohim, biz haqqimizda nabiyyingga xabar ber», dedilar. 
Dushmanlar kamondan o‘q uza boshlashdi va Osimni o‘ldirishdi. Ulardan uch nafari 
dushmanning ahdiga ishonib (pastga) tushishdi. Ular Hubayb, Zayd ibn Dasina va 
boshqa bir kishi (uning ismi Abdulloh ibn Toriq) edi. Qachonki, dushman qo‘lga 
tushirganidan keyin kamonlari ipini yechib ularni bog‘lay boshladi. Bu holatni ko‘rgan 
uchinchi kishi: «Mana shu birinchi xiyonatdir. Alloh nomiga qasamki, men sizlar bilan 
birga ketmayman. Balki o‘lganlarga ergashaman, (ya’ni) men ham shahidlar kabi o‘lishni 
xohlayman», dedi. Dushmanlar uni tortib sudrashdi. Bu zot (ya’ni, Abdulloh ibn Toriq) 
birga yurishdan bosh tortgan edi, dushmanlar o‘ldirib yuborishdi. Lekin Hubayb va Zayd 
ibn Dasinalarni olib borib Makkada sotib yuborishdi. Hubaybni Horis ibn Omir ibn 
Navfalning bolalari sotib olishdi. Chunki Hubayb Badr kuni Horisni qatl etgan edi. Hubayb 
ularning huzurida asir bo‘lib qoldi. Horisning bolalari uni o‘ldirishga kelishib olishdi. 
Kunlarning birida Hubayb poklanish uchun Horis qizlarining biridan ustara so‘radi. U 
xotin ustara keltirdi. O’sha xotinning bir yosh bolasi o‘ynab-o‘ynab, onasi bexabar holda 
Hubaybning oldiga kelib qoldi. Onasi qarasa, bolasi Hubaybning tizzasida turibdi. Qo‘lida 
esa haligi ustara. Onasi qattiq qo‘rqib ketdi. Hubayb onasi qo‘rqib ketganini ko‘rib: 
«Bolamni o‘ldiradi, deb qo‘rqyapsanmi? Hargiz bunday qilmayman», dedi. Shunda u 
xotin: «Alloh nomiga qasamki, Hubaybdan ko‘ra yaxshiroq asir ko‘rmaganman. Va yana 
Alloh nomiga qasamki, men uning qo‘lida bir shingil uzum ko‘rdim. Qo‘llari bog‘liq bo‘lib, 
undan tanovul qilayotgan edi. O’sha kunlarda Makkada uzum yo‘q edi. Bu Allohning 
Hubaybga ato qilgan rizqi edi», deb aytdi. 
Qachonki, Hubaybni Haramning chegarasidan tashqariga o‘ldirish uchun olib 
chiqishganida, ikki rakat namoz o‘qiguncha holi qo‘yishlarini so‘radi. Holi qo‘yishganida 
ikki rakat namoz o‘qib: «Alloh nomiga qasamki, sizlar meni qo‘rqqanidan namozimni 
uzun qildi, deb gumon qilmaganinglarda edi, bundan ham ziyoda qilgan bo‘lar edim. 
Allohim, ularning adadlarini hisoblab, birorta qoldirmasdan barchalarini halok qilgin», 
deb quyidagi baytni ham aytdi: 
«Qanday o‘lishimning ne qizig‘i bor, 
Musulmon holimda shahid bo‘lsam, bas! 
O’limim Allohning yo‘lida bo‘lgach, 
Uning izmida-ku har qanday nafas». 
Hubayb har bir shahid etilgan musulmon uchun qatldan oldin ikki rakat namoz o‘qishni 
sunnat qilib ketgan zot edi. 
Rasululloh (s.a.v.) bularga yetgan musibat xabarini sahobalariga ma’lum qildilar. 
Qurayshliklar Osim ibn Sobitning o‘lganini eshitib, biror a’zosini bo‘lsa ham, olib kelish 
uchun bir necha odam yuborishdi. Chunki Osim Qurayshning kattalaridan birini qatl 
etgan edi. Alloh taolo Osim murdasiga g‘uj-g‘uj asalarilarni yubordi. Ular Osimning 
murdasini (dushmanlar yetkazishi mumkin bo‘lgan zarardan) himoya qilishdi. 
Dushmanlar biror a’zosini kesishga qodir bo‘lishmadi. Imom Buxoriy rivoyati. 
Bu bobga tegishli sahih hadislar yuqorida ham o‘tdi. Masalan, Rohib bilan sehrgar 
o‘rtasida qatnovchi bola voqeasi, Jurayj voqeasi, g‘orning og‘zi xarsang tosh bilan yopilib 
qolgani haqidagi hikoya va bir kishining bulutdan chiqqan «Falon kishining bog‘ini 
sug‘orgin», degan ovozni eshitgani haqidagi voqea kabi va bunga o‘xshash hadislar. 
1509/8. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu zot: «Qachonki, Umar (r.a.) biror 
narsa haqida gumonimcha, bunday bo‘lsa kerak, desalar, albatta o‘ylaganlaridek bo‘lar 

Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
260
edi», dedilar. Imom Buxoriy rivoyati. 
 

Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
261
QAYTARILGAN ISHLAR HAQIDAGI KITOB 
  
254-bob 
G’iybatning haromligi va tilni saqlashga buyurish haqida 
 
Alloh taolo: 
«Ayrimlaringiz ayrimlarni g‘iybat qilmasin! Sizlardan biron kishi o‘zining 
o‘lgan birodarining go‘shtini yeyishni yaxshi ko‘rurmi?! Ana yomon 
ko‘rdingizmi?!  (Bas, gunohi bundan-da ortiq bo‘lgan g‘iybatni ham yomon ko‘ringiz!) 
Allohdan qo‘rqingiz! Albatta Alloh tavbalarni qabul qilguvchi, mehribondir» 
(Hujurot surasi, 12-oyat); 
«(Ey inson), o‘zing aniq bilmagan narsaga ergashma! Chunki quloq, ko‘z, dil - 
bularning barchasi to‘g‘risida (har bir inson) mas’ul bo‘lur (ya’ni, eshitgan, ko‘rgan 
va ishongan har bir narsasi uchun kishi qiyomat kunida javob beradi)» (Al-Isro surasi, 
36-oyat); 
«U (inson) biron so‘zni talaffuz qilmas, magar (talaffuz qilsa) uning oldida 
hoziru nozir bo‘lgan bir kuzatuvchi (farishta u so‘zni yozib olur)» (Qof surasi, 18-
oyat), deb aytgan. 
Biling, albatta har bir oqil kishi tilini barcha so‘zlardan saqlamog‘i lozim. Faqatgina 
manfaat bo‘lgandagina gapirishi lozim. Endi qachonki gapirish va gapirmaslikdagi 
manfaat barobar bo‘lib qolsa, gapirmasdan tilni tiymoq sunnat amaldir. Chunki gohida 
muboh so‘zlar ham harom yoki makruh so‘zlarga olib boradi. Odatda ko‘pincha shunaqa 
ishlar bo‘ladi. Omon qolishni esa birorta narsaga almashtirib bo‘lmaydi. 
1510/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Kim Allohga va 
oxirat kuniga iymon keltirsa, yaxshi so‘z aytsin yoki jim tursin», dedilar. Imom Buxoriy 
va Muslim rivoyatlari. 
Bu hadis agar yaxshilik bo‘lsagina gapirmoq lozimligini ko‘rsatmoqda. Agar gapida 
manfaat bo‘lmasa, so‘zlamasligi lozim. 
1511/12. Abu Muso al-Ash’ariydan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Ey Rasululloh, 
musulmonlarning qaysinisi afzal?» deb so‘ralganida, u zot: «Agar musulmonlar uning 
tilidan va qo‘lidan omonda bo‘lishsa, ana shunisi afzal», dedilar. Imom Buxoriy va 
Muslim rivoyatlari. 
1512/3. Sahl ibn Sa’ddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Kim menga ikki 
jag‘i va ikki oyog‘i orasini (saqlashga) kafolat bersa, uning jannatga kirishiga kafolat 
beraman», dedilar. Imom Buxoriy rivoyati. 
1513/4. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Banda 
o‘ylamasdan bir so‘zni aytib qo‘yadi-da, keyin u sababli do‘zaxga shu qadar pastlab 
tushib ketadiki, uning oraligi mag‘rib va mashriqchadir», dedilar. Imom Buxoriy va 
Muslim rivoyatlari. 
1514. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Bir banda Alloh taolo 
rozi  bo‘ladigan  so‘zni  aytib,  natijasini  o‘ylamay yuraveradi-da, ammo Alloh taolo O’zi 
bilib, uning darajasini ko‘taradi. Yana bir banda Alloh taoloni norozi qiladigan bir so‘zni 
aytib, oqibatini o‘ylamay yuraveradi-da, biroq Alloh taolo buni ham O’zi bilib, 
jahannamga tashlaydi», dedil ar. Imom Buxoriy rivoyati. 
1515/6. Bilol ibn Horis al-Muzaniydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kishi 
Allohning roziligidan bo‘lgan so‘zni gapirib, u bilan oliy darajaga yetishni fikr qiladi. Alloh 
taolo so‘zi sababli Unga yo‘liqadigan kungacha roziligini yozib qo‘yadi. Va yana bir kishi 
Allohning g‘azabini keltiruvchi so‘zni gapirib, u bilan oliy darajaga yetishni fikr qiladi. 
Alloh taolo so‘zi sababli Unga yo‘liqadigan kungacha g‘azabini yozib qo‘yadi», dedilar. 

Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy 
 
 
Download 5.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling