Abu zakariyo yahyo ibn sharaf navaviy riyozus-solihiyn
Download 5.07 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 235-BOB Shahidlar va ularga tenglashtirilganlar haqida
Foyda: Hajdagi kishilarga bu kunda ro‘za tutish mahbub emas. Chunki talbiya, zikr va duo qilishdan susaytirib qo‘yadi. 1250/2. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) muharram oyining o‘ninchi kuni ro‘za tutdilar. Va boshqalarni shu kuni ro‘za tutishga buyurdilar. Imom Muslim va Buxoriy rivoyatlari. 1251/3. Abu Qatodadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasulullohdan (s.a.v.) muharram oyining o‘ninchi kuni ro‘zasi haqida so‘ralganida, u zot: «O’tgan yildagi gunohlarga kafforat bo‘ladi», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. 1252/4. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kelgusi yilgacha o‘lmay tursam, albatta muharram oyining to‘qqizinchi kuni ro‘zasini tutaman», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. 228-BOB Shavvol oyida olti kun ro‘za tutishning mahbubligi haqida 1253/1. Abu Ayubdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kim Ramazon oyida ro‘za tutib, keyingi shavvol oyida olti kun ro‘zani ulasa, go‘yoki zamon (yil) bo‘yi ro‘za tutgandek bo‘ladi», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. Foyda: Kim Ramazon oyida ro‘za tutib, unga shavvol oyidan olti kunni ulasa, go‘yoki zamon (yil) bo‘yi ro‘za tutibdi. Chunki Alloh taolo: «Kim biron chiroyli amal qilsa, unga o‘n barobar qilib (qaytarilur)», deb aytgan. Demak, bir oy Ramazon o‘n oyga to‘g‘ri kelsa, olti kunimiz o‘n barobarga ko‘paytirsak, oltmish kun, ya’ni ikki oy bo‘ladi. Hammasini qo‘shsak, o‘n ikki oy bo‘ladi. 229-BOB Dushanba va payshanba kunlari nafl ro‘za tutishning mahbubligi haqida 1254/1. Abu Qatodadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasulullohdan (s.a.v.) dushanba kuni ro‘za tutish haqida so‘ralganida u zot: «Bu kunda men dunyoga keldim va payg‘ambar qilib yuborildim» yoki «bu kunda menga vahiy qilindi», deb aytdilar. Imom Muslim rivoyatlari. 1255/2. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Amallar dushanba va payshanba kuni ko‘rsatiladi. Ya’ni farishtalar ko‘rsatishadi. Amallarim ko‘rsatilayotgan kunda ro‘zador bo‘lishim meni xursand qiladi» dedilar. Imom Termiziy rivoyatlari. Imom Muslim ham ro‘zani zikr qilmasdan rivoyat etganlar. 1256/3. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) dushanba va payshanba kunlari ehtimom ila ro‘za tutardilar. Imom Termiziy rivoyatlari. Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 229 230-bob Har oyda uch kun ro‘za tutishning mahbubligi to‘g‘risida Oqlik kunlari, ya’ni oyning o‘n uch, o‘n to‘rt va o‘n beshinchi kunlari ro‘za afzal. Ba’zilar oyning o‘n ikki, o‘n uch va o‘n to‘rtinchi kunlari ro‘za tutish afzal, deyishgan. Lekin avvalgisi mashhurroqdir. 1257/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Do‘stim Rasululloh (s.a.v.) menga uch narsa — 1. Har oyda uch kun ro‘za tutish; 2. Ikki rakaat zuho (choshgoh) namozini o‘qish; 3. Uxlashdan oldin vitr namozini o‘qishni vasiyat qildilar. Imom Muslim va Buxoriy rivoyatlari. 1258/2. Abu Dardodan rivoyat qilindi Rasululloh (s.a.v.) menga uch narsani vasiyat qildilar. To hayot ekanman, uni hech qachon tark etmayman. Bular: 1. Har oyda uch kun ro‘za tutish; 2. Zuho (choshgoh) namozini o‘qish; 3. Vitr o‘qimasdan oldin uxlamaslik», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. 1259/3. Abdulloh ibn Amr ibn Ossdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Har oyda uch kun ro‘za tutish zamon (yil) bo‘yi ro‘za tutish bilan tengdir», dedilar. Imom Muslim va Buxoriy rivoyatlari. 1260/4. Muoza al-Adaviyadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu sahobiya Oishadan (r.a.): «Rasululloh (s.a.v.) har oyda uch kun ro‘za tutarmidilar?» deb so‘raganlarida, Oisha (r.a.): «Ha», dedilar. Men: «Oyning qaysi kunida tutardilar?» desam, Oisha (r.a.): «Oyning qaysi kuni ekanligiga ahamiyat bermasdan tutaverardilar», deb aytdilar. Imom Muslim rivoyatlari. 1261/5. Abu Zarrdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Agar oyda uch kun ro‘za tutsang, uni o‘n uch, o‘n to‘rt va o‘n beshinchi kunlari tutgin», dedilar. Imom Termiziy rivoyatlari. 1262/6. Qatoda ibn Milhondan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) bizga oqlik kunlari, ya’ni o‘n uch, o‘n to‘rt va o‘n beshinchi kuni ro‘za tutishga buyurdilar. Abu Dovud rivoyatlari. (Oqlik atalishiga sabab 13, 14, 15-kunlari oy to‘lishib, oqaradi - Tarj.) 1263/7. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) xoh safarda, xoh muqimlikda bo‘lsinlar, oqlik kunlari, ya’ni oyning o‘n uch, o‘n to‘rt va o‘n beshinchi kunlari og‘izlari ochiq bo‘lmas edi. Ya’ni shu kunlari ro‘zador bo‘lardilar. Imom Nasaiy rivoyatlari. 231-BOB Iftorlik qilishning fazilati va o‘zi ro‘zador bo‘lib oldida boshqalar ovqat yeb turgan kishining fazilati hamda ovqat tortiq qilgan kishiga qilinadigan duo haqida 1264/1. Zayd ibn Xolid al-Juhaniydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kim ro‘zador kishiga iftorlik qilib bersa, u kishiga ham ro‘za tutganning ajridek savob beriladi. Bu bilan ro‘zadan biror narsa kamaytirilmaydi», dedilar. Imom Termiziy rivoyatlari. 1265/2. Ummu Umora Ansoriyadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir kuni Rasululloh (s.a.v.) bu sahobiya huzurlariga kirgandilar, u kishi Rasulullohga (s.a.v.) taom tortiq qildilar. Rasululloh (s.a.v.) «O’zing ham yegin», degandilar, sahobiya: «Men ro‘zadorman», dedilar. Shunda Rasululloh (s.a.v.) «Ro‘za tutgan qaysi odamning oldida boshqalar ovqatlansa, to yeb tugatgunlaricha (yoki to‘ygunlaricha) farishtalar ro‘zador haqqiga Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 230 duoda bo‘lishadi», dedilar. Imom Termiziy rivoyatlari. 1266/3. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) Sa’d ibn Ubodanikiga iftorlik qilgani borganlarida, u non va yog‘ qo‘ydi. RasulullohS ulardan tanovul qilib, so‘ng: «Aftora ‘indakum soimuna va akala to’amakum al-abroro va sollat ‘alaykum al- malaikah», deb aytdilar. (Ma’nosi: Ro‘zadorlar sizlarning huzuringizda iftor qilishdi. Yaxshilar ovqatlaringizdan tanavvul qilishdi. Va farishtalar sizlarga salovot aytishdi.) Abu Dovud rivoyatlari. 232-BOB E’tikof fazilatlari 1267/1. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) Ramazonning oxirgi o‘n kunligida e’tikof o‘tirardilar. Imom Muslim va Buxoriy rivoyatlari. 1268/2. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) to vafot etgunlariga qadar Ramazonning oxirgi o‘n kunligida e’tikof o‘tirdilar. Keyin xotinlari ham shu tarzda e’tikof o‘tirishdi. Imom Muslim va Buxoriy rivoyatlari. 1269/3. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) har Ramazon oyida o‘n kun e’tikof o‘tirardilar. Vafot etadigan yillari esa yigirma kun e’tikof o‘tirdilar. Imom Buxoriy rivoyatlari. «Riyozus-solihiyn» kitobining ikkinchi qismi shu yerga kelganda nihoyasiga yetdi. Inshoalloh, uchinchi qismni «Haj kitobi»dan boshlaymiz. Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 231 HAJ KITOBI 233-BOB Hajning fazilati haqida Alloh taolo: «Va yo‘lga qodir bo‘lgan insonlar zimmasida Alloh uchun mana shu Uyni haj- ziyorat qilish burchi bordir. Kimda-kim kofir bo‘lsa (ya’ni, Ka’bani ziyorat qilish farz ekanini inkor qilsa), bas, albatta Alloh butun olamlardan bexojat bo‘lgan Zotdir» (Oli Imron surasi, 97-oyat), deb aytgan. 1270/1. Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Islom besh narsa ustiga qurilgan: «La ilaha illalloh va anna Muhammadan Rasululloh» shahodatini aytish, namozni ado qilish, zakot berish, Baytullohni haj qilish va ro‘za tutish», dedilar. Imom Buxoriy, Muslim, Ahmad va Termiziy rivoyatlari. 1271/2. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasululloh bizga xutbada: «Ey insonlar, albatta Alloh taolo sizlarga haj qilishni farz etdi. Shunday ekan, haj amalini ado qilinglar», deganlarida, buni eshitayotganlardan biri: «Har yilimi, ey Rasululloh?» degan edi, u zot uch marta so‘ralganida ham sukut qildilar. Keyin: «Agar ha, deb aytsam, shart bo‘lib qoladi. Qodir bo‘lganingizcha ado etavering», dedilar. So‘ng yana u zot: «Sukut qilib so‘zlamagan narsani savol berib so‘ramanglar. Chunki sizlardan avvalgilar ko‘p savol bergani va Payg‘ambarlariga ixtilof qilgani sababli halok bo‘lishdi. Agar sizlarga biror narsa buyursam, qodir bo‘lganingizcha amal qiling. Agar biror narsadan qaytarsam, uni tark qilinglar», deb aytdilar». Imom Muslim rivoyati. 1272/3. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasulullohdan (s.a.v.) «Qaysi amal afzal?» deb so‘ralganida, u zot: «Alloh va rasuliga iymon keltirish», dedilar. «Keyin qaysi?» deyilganida, u zot: «Alloh yo‘lida jihod», dedilar. «Keyin qaysi?» deyilganida, u zot: «Hajji mabrur, ya’ni gunoh sodir etilmagan haj», deb aytdilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 1273/4. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kim haj amalini ado etsayu, unda behayo narsalarni va gunoh ishlarni sodir qilmasa, xuddi onasidan yangi tug‘ilgan boladek (uyiga) qaytadi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 1274/5. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Bir umra ikkinchi umraga qadar orsidagi gunohlar uchun kafforatdir. Mabrur haj, ya’ni gunoh sodir etilmagan haj uchun jannatdan boshqa mukofot yo‘qdir», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 1275/6. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu onamiz: «Ey Allohning rasuli! Biz jihodni amallarning eng afzali, deb bilamiz, jihod qilaylikmi?» deganlarida, Rasululloh (s.a.v.) «Lekin jihodlarning eng afzali gunoh sodir etilmagan hajdir», dedilar. Imom Buxoriy rivoyati. 1276/7. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Alloh taolo arafa kunidagichalik boshqa biror kunda ko‘p bandalarini do‘zaxdan ozod qilmaydi», dedilar. Imom Muslim rivoyati. 1277/8. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Ramazonda ado etilgan umra haj barobarida yoki men bilan haj qilgan barobarida bo‘ladi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 1278/9. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir ayol: «Ey Allohning rasuli! Alloh bandalariga haj qilishni farz etganida otamning yoshi ulg‘ayib qolgan edi. Ulovda mustahkam tura olmasdi. (U hajni ado etmay vafot etdi.) Men otam nomidan haj qilsam bo‘ladimi?» deganida, Rasululloh (s.a.v.) «Ha, bo‘laveradi», dedilar. Imom Buxoriy va Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 232 Muslim rivoyatlari. 1279/10. Laqiyt ibn Omirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu Zot Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga borib: «Otam keksayib qoldilar. Na haj yoki umra qilish va na yo‘l yurishga qodir emaslar», deganlarida, Rasululloh (s.a.v.) «Otang nomidan haj va umra qilavergin», dedilar. Abu Dovud va Termiziy rivoyatlari. 1280/11. Soib ibn Yaziddan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Men Rasululloh (s.a.v.) bilan birga haj qildim. O’shanda yetti yoshda edim». Imom Buxoriy rivoyati. 1281/12. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) Ravho degan joyda otliqlarga yo‘liqdilar. Va: «Sizlar kimsizlar?» dedilar. Ular: «Musulmonlarmiz», deyishdi. Ular: «O’zingiz kimsiz?» deyishdi. U zot: «Allohning rasuliman», dedilar. Bir xotin bolasini ko‘tarib turgan edi, Rasulullohdan (s.a.v.) «Mana shu bola ham haj qilishi mumkinmi?» deb so‘radi. U zot: «Ha, haji haj bo‘lib, senga savob bo‘ladi», dedilar. Imom Muslim rivoyati. 1282/13. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) bir tuya ustida haj qildilar. Yuklari ham o‘sha tuya ustida edi. Imom Buxoriy rivoyati. 1283/14. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Ukoz, Mijanna va Zulmajoz bozorlari johiliyat davridagi bozorlar edi. Sahobalar gunohga botsak kerak, deb gumon qilib haj mavsumida savdo qilishdan o‘zlarini tiyishar edi. Keyin Alloh taolo Baqara surasining 198-oyatini nozil qildi: «(Haj safarida tijorat qilish bilan) Parvardigoringizdan fazlu karam istashingizda sizlar uchun hech qanday gunoh yo‘qdir». Imom Buxoriy rivoyati. 235-BOB Shahidlar va ularga tenglashtirilganlar haqida 1352/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Shahidlar beshtadir: 1. Vaboda o‘lgan. 2. Qorni og‘rib o‘lgan. 3. Cho‘kib o‘lgan. 4. Imorat ostida qolib o‘lgan. 5. Alloh yo‘lida vafot etgan», deb aytdilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 1353/2. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Siz kimlarni shahid, deb hisoblaysiz?» deganlarida, sahobalar: «Ey Allohning rasuli, kimki Alloh yo‘lida o‘ldirilsa, u shahiddir», deyishdi. Rasululloh (s.a.v.) «Unday bo‘lsa, mening ummatimda shahidlar oz ekan-da!» dedilar. Sahobalar: «Unda shahidlar kim, Ey Allohning rasuli?» deyishdi. Shunda Rasululloh (s.a.v.) «Kim Alloh yo‘lida o‘ldirilsa, u shahiddir. Kim Alloh yo‘lida vafot etsa, u shahiddir. Kim vaboga chalinib o‘lsa, u shahiddir. Kim qorin og‘rig‘i bilan o‘lsa, u shahiddir. Kim cho‘kib o‘lsa, u ham shahiddir», de dil ar. Imom Muslim rivoyati. 1354/3. Abdulloh ibn Amr ibn Ossdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kim moli ostida (ya’ni, himoya qilayotib) o‘ldirilsa, u shahiddir», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 1355/4. Asharai mubashsharadan biri Abul A’var Said ibn Zayd ibn Nufayldan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kim moli ostida (ya’ni, himoya qilayotib) o‘ldirilsa, u shahiddir. Kim qoni himoyasida o‘ldirilsa, u shahiddir. Kim dini himoyasida o‘ldirilsa, u shahiddir. Kim ahli himoyasida o‘ldirilsa, u shahiddir», dedilar. Abu Dovud va Termiziy rivoyatlari. 1356/5. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir kishi Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga kelib: «Ey Allohning rasuli! Ayting-chi, agar bir kishi molimni tortib olishni xohlasa, nima qilay?» deganida, u zot: «Molingni bermagin», dedilar. «Agar men bilan urishishni xohlasa-chi?» degan edi, Rasululloh (s.a.v.) «U bilan urishgin», dedilar. U kishi: «Agar meni o‘ldirsa-chi?» dedi. Rasululloh (s.a.v.) «Sen shahidsan», dedilar. U Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 233 kishi: «Agar men uni o‘ldirsam-chi?» degan edi, Rasululloh (s.a.v.) «U do‘zaxdadir», dedilar. Imom Muslim rivoyati. 236-BOB Qul ozod qilishning fazilati haqida Alloh taolo: «Bas, u (maqtanchoq kimsa yaxshilik) dovonini oshib o‘tmadi. (Ey Muhammad alayhissalom), dovon (oshish) nima ekanini siz qaerdan bilar edingiz. (U bir qul) bo‘ynini (qullikdan) ozod qilmoq» (Balad surasi, 11-13-oyatlar), deb aytgan. 1357/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasululloh (s.a.v.) menga: «Kim musulmon qulni ozod qilsa, Alloh taolo qulning a’zosi barobarida ozod qiluvchining a’zolarini do‘zaxdan xalos etadi. Hattoki, farji (jinsiy a’zo) barobarida ozod qiluvchining farjini do‘zaxdan xalos etadi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 1358/2. Abu Zarrdan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Men: «Ey Allohning rasuli, qaysi amal afzal?» deganimda, u zot: «Allohga iymon keltirish va Alloh yo‘lidagi jihod», dedilar. Men: «Qaysi qulni ozod qilish afzalroq?» deganimda, u zot: «Egasi nazdida yaxshi bo‘lgani hamda narxi qimmat bo‘lganini», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 237-BOB Qullarga yaxshilik qilishning fazilati to‘g‘risida Alloh taolo: «Allohga bandalik qilinglar va Unga hech narsani sherik qilmanglar! Ota- onangizga hamda qarindosh-urug‘, yetim va miskinlarga, qarindosh qo‘shni va begona qo‘shniga, yoningizdagi hamrohingizga, yo‘lovchi musofirga va qo‘llaringizdagi qullaringizga yaxshilik qilingiz!» (Niso surasi, 36-oyat) deb aytgan. 1359/1. Ma’rur ibn Suvayddan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Abu Zarrning (r.a.) ustlarida bir to‘nni ko‘rdim. Xizmatkor bolalari ustida ham xuddi o‘shandoq to‘n ko‘rdim. Va buning sababini u zotdan so‘raganimda, Abu Zarr (r.a.): «Rasululloh (s.a.v.) zamonlarida Abu Zarr bir kishini so‘kib onasini aybladilar. Shunda Rasululloh (s.a.v.): «Senda hali ham johiliyat odatlari bor ekan. U qullar sizlarning birodarlaringiz va xizmatkorlaringizdir. Alloh ularni sizlarning qo‘l ostingizda qilgan. Kimning birodari qo‘l ostida bo‘lsa, o‘zi yegan narsadan unga ham yedirsin. Va o‘zi kiygan narsadan unga ham kiydirsin. Toqati yetmaydigan narsaga buyurmasin. Agar buyuradigan bo‘lsa, unga yordamlashsin», degandilar», deb aytdilar». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 1360/2. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Agar sizlardan birortangiz huzuriga xizmatkori ovqat olib kelsa-yu, o‘zi bilan o‘tqazmaydigan bo‘lsa, bir yoki ikki luqma uzatsin. Chunki bu xizmatkor xojasi uchun ishlamoqda-ku», dedilar. Imom Buxoriy rivoyati. 238-BOB Allohning va keyin o‘z xojasining haqqini ado etadigan qulning fazilati haqida 1361/1. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Albatta xizmatkor xojasi ishlarini chiroyli suratda bajarib, Allohga ibodatini ham yaxshi ado etsa, unga ikkita ajr beriladi», dedilar. Imom Buxoriy va Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 234 Muslim rivoyatlari. 1362/2. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Solih xizmatkor uchun ikki ajr bor», dedilar. «Abu Hurayraning joni Uning qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, agar Alloh yo‘lidagi jihod, haj qilish va onamga yaxshilik qilish bo‘lmaganida edi, men qul bo‘lib o‘lishni yaxshi ko‘rar edim», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 1363/3. Abu Muso al-Ash’ariydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Rabbiga chiroyli ibodat qilib, xojasining haqqini ado etishda xayrixoh va itoatda bo‘lsa, unga ikkita ajr bordir», dedilar. Imom Buxoriy rivoyati. 1364/4. Abu Muso al-Ash’ariydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Uch toifa kishilar borki, ular uchun ikki ajr bor: o‘zi ahli kitob bo‘lib, nabiysiga, keyin Muhammad alayhissalomga iymon keltirgan kishiga va Allohning haqqi va xojasining haqqini ado etgan qulga hamda xizmatkor qizni tarbiyasiga olib, unga chiroyli odob, yaxshi ta’lim berib, keyin uni ozod qilib turmushga uzatgan kishiga ikkita savob bor», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 239-bob Fasod-fitna ko‘payib ketganida ibodatga mashg‘ul bo‘lishning fazilati to‘g‘risida 1365/1. Ma’qal ibn Yasordan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Qiyinchilikda ibodat qilish menga (ya’ni, Makkadan Madinaga) hijrat qilingan kabidir», dedilar. Imom Muslim rivoyati. 240-bob Oldi-sotdi, oldi-berdi va qarz berish-qarz olishda muloyim bo‘lish hamda o‘lchash va tortishda ko‘paytirib berishning fazilati haqida Alloh taolo: «Qanday yaxshilik qilsangiz, shubhasiz, Alloh uni bilguvchidir» (Baqara surasi, 215-oyat); «Ey qavmim, o‘lchov va tarozini adolat bilan to‘la tortingiz! Odamlarning narsalarini urib qolmangiz va yerda buzg‘unchilik bilan sanqib yurmangiz» (Hud surasi, 85-oyat); «(O’lchov va tarozidan) urib qolguvchi kimsalarga halokat bo‘lgay. Ular odamlardan (biron narsani) o‘lchab olgan vaqtlarida to‘la qilib oladigan, ularga o‘lchab yoki tortib bergan vaqtlarida esa kam qilib beradigan kimsalardir. Ular o‘zlarining ulug‘ bir Kunda - barcha odamlar butun olamlar Parvardigori huzurida tik turib (hisob-kitob beradigan qiyomat) Kunida qayta tirilguvchi ekanliklarini o‘ylamaydilarmi?» (Mutaffifun surasi, 1-6-oyatlar) deb aytgan. 1366/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir kishi Rasulullohdan (s.a.v.) qarzini qo‘pollik bilan talab qildi. Bu narsani ko‘rib sahobalar (uni jazolashga) qasd qilishdi. Rasululloh (s.a.v.) «Qo‘yinglar, chunki haqdor kishining so‘zlashga haqqi bor», dedilar. Keyin u zot: «Tuyaga teng tuya beringlar», degan edilar, sahobalar: «Ey Allohning rasuli, uning tuyasi kabi kichigi yo‘q ekan, undan kattasi bor ekan, xolos», deyishdi. Shunda Rasululloh (s.a.v.) «Beraveringlar, sizlarning yaxshilaringiz qarzini chiroyli tarzda to‘lovchilaringizdir», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 1367/2. Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Oldi-sotdida va qarzni talab etishda muloyimlik qilgan kishiga Alloh rahm etsin», dedilar. Imom Buxoriy rivoyati. Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 235 1368/3. Abu Qatodadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «qiyomat kuni kimni Allohning qiyinchiliklardan xalos etishi xursand qilsa, qarz bergan bo‘lsa, uni tez to‘lashga majburlamasin yoki bergan qarzini kechib yuborsin», dedilar. Imom Muslim rivoyati. 1369/4. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Bir kishi odamlarga qarz berib yurar edi. Va o‘z yaqinlariga: «Agar qarzdor kishi qarzini bera olmasa, undan olmay kechib yuborgin. Shoyadki, Alloh bizdan ham qilgan gunohlarimizni kechib yuborsa», der ekan. Qachonki, u vafot etib Allohga yo‘liqqanida, Alloh ham uning gunohini kechib yubordi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 1370/5. Abu Mas’ud al-Badriydan rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Sizlardan avval o‘tganlardan bir kishi hisobga chaqirildi. Uning nomai a’molida biror yaxshilik topilmadi. Lekin bu kishi hayotlik paytida badavlat bo‘lib, odamlarga aralashib yurardi. Va o‘ziga qarashli bolalarga qiynalib qolgan kishilarning qarzidan kechib yuborishni buyurardi. Alloh taolo: «Kechib yuborishga undan ko‘ra Biz haqlimiz. Uning gunohini kechirib yuboringlar», dedi», de dil ar. Imom Muslim rivoyati. 1371/6. Huzayfadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Alloh taolo huzuriga bir badavlat kishi olib kelindi. Alloh taolo unga: «Dunyo hayotida nima qilding?» deydi. (Huzayfa (r.a.) «qiyomatda Allohdan hech bir so‘zni yashirmaslar» oyatini o‘qidilar.) Bu kishi: «Ey Rabbim, menga mol-dunyoni berding. Men odamlar bilan oldi-sotdi qilar edim. Odatlarimdan biriga ko‘ra, o‘ziga to‘qlarga qarz bergan bo‘lsam, muloyim muomala qilar edim. Agar qiynalib turgan kishiga qarz bersam, to‘lash uchun uzoq muhlat berar edim», dedi. Shunda Alloh taolo: «Sendan ko‘ra kechib yuborishga Men haqlidirman. Uning gunohini kechirib yuboringlar», deydi. Uqba ibn Omir va Abu Mas’ud Ansoriylar: «Biz Rasululloh (s.a.v.) og‘izlaridan mana shunday eshitdik», deyishdi (Imom Muslim rivoyati). 1372/7. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kim qarzini to‘lashga qurbi yetmagan kishiga to‘lashi uchun muhlat bersa yoki kechib yuborsa, Alloh taolo biror soya yo‘q kunda (qiyomat kunida) Arshdagi O’z soyasi ila soyalantiradi», dedilar. Imom Termiziy rivoyati. 1373/8. Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) bu kishidan bir tuya sotib oldilar. Va pulini ko‘paytirib berdilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 1374/9. Abu Savfon Suvayd ibn Qaysdan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Men va Mahrama Abdiy ikkovimiz Bahrayn yaqinidagi Hajar nomli shahardan kiyimlar olib keldik. Rasululloh (s.a.v.) huzurimizga kelib ishtonlarni baholashdilar. Mening bir tarozibonim bor edi. U haq olish evaziga narsalarimni tortib berar edi. Rasululloh (s.a.v.) o‘sha tarozibonimga: «Tortgin va biroz og‘irlatgin», dedilar». Abu Dovud va Termiziy rivoyatlari. Download 5.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling