Abu zakariyo yahyo ibn sharaf navaviy riyozus-solihiyn
Download 5.07 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Endi agar tavba qilsalar va namozni to‘kis ado qilishib, zakotni bersalar, ularning yo‘llarini to‘smangiz!
www.ziyouz.com kutubxonasi 203 1062/3. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) bir kecha xufton namozini tunning yarmiga qadar kechiktirdilar. Keyin namoz o‘qib tugatgach, bizga yuzlandilar- da: «Odamlar namoz o‘qib, uxlab ham bo‘lishdi. Sizlar esa (masjidga kirib) uni kutganingizdan beri uning ichida hisoblanasizlar (ya’ni o‘shaning hisobicha savobga ega bo‘lasizlar)», deb aytdilar. Imom Buxoriy rivoyatlari. 191-BOB Jamoat bilan namoz o‘qishning fazilati haqida 1063/1. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Jamoat bilan o‘qilgan namoz yolg‘iz o‘qilgan namozdan yigirma yetti daraja afzaldir», deb aytdilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 1064/2. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kishining jamoat bilan o‘qigan namozi uyda va bozorda o‘qigan namozidan yigirma besh barobar afzaldir. Agar o‘sha kishi chiroyli tahorat qilib, faqat namoz o‘qishni niyat etib, masjidga chiqsa, Alloh uning darajasini baland qilib, xatolarini o‘chiradi. Kishi namozxonasida tahoratini sindirmasdan o‘tirar ekan, farishtalar uning haqqiga: «Allohim, mag‘firat et, Allohim, unga rahm qil», deb duoda bo‘lishadi. Ular (masjidga kirib), uni kutganidan beri namozda turgan hisoblanadi», deb aytdilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.Bu hadis lafzi Buxoriyniki. 1065/3. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir ko‘zi ojiz kishi Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga kelib: «Ey Allohning Rasuli, menig yetaklab masjidga olib boruvchi kishim yo‘q», deb, u zotdan masjidga bormasdan uyda namoz o‘qishga ruxsat so‘radi. Rasululloh (s.a.v.) u ko‘zi ojiz kishiga ruxsat berdilar. U kishi endi orqa o‘girib ketayotgan edi, Rasululloh (s.a.v.) uni chaqirib: «Namozga aytiladigan azonni eshitasanmi?» dedilar.U kishi: «Ha», deb javob bergan edi, Rasululloh (s.a.v.) «Muazzinning azoniga javob qil, ya’ni jamoatga borgin», deb aytdilar. Imom Muslim rivoyatlari. 1066/4. Ibn Ummu Maktum kunyasi bilan taniqli muazzin Abdulloh ibn Qaysdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu zot: «Ey Allohning Rasuli, Madina zararli hasharot va yirtqichlari ko‘p shahardir. (Menga jamoatga bormasdan, uyda namoz o‘qishimga ruxsat berasizmi?)» deganlarida, Rasululloh (s.a.v.) «Hayya ‘alas solat, hayya ‘alal falah» kalimalarini eshitasanmi? Agar eshitadigan bo‘lsang, jamoatda hozir bo‘l», dedilar. Abu Dovud rivoyatlari. 1067/5. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Mening jonim Uning qo‘lida bo‘lgan zotga qasamki, men o‘tin terib kelishni buyurishga qasd qilsam. Bas, o‘tin terib kelinsa. Keyin namoz o‘qishga buyursam, u namozga azon aytilsa, keyin bir kishiga buyursam, u odamlarga namoz o‘qib bersayu men bunga xilof qilib, jamoatga kelmaganlarning uyiga o‘t qo‘yib yuborsam», deb aytdilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 1068/6. Ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu zot: «Kimni ertaga Alloh taologa musulmon holda yo‘liqish xursand qilsa, azon aytiladigan masjidda namozlarini ado etsin. Albatta, Alloh nabiylaringizni hidoyat yo‘liga yo‘naltirib qo‘ygan. Albatta, besh vaqt namozni masjidda jamoat bilan o‘qish hidoyat yo‘llaridandir. Agar sizlar ham uyida namoz o‘quvchi kishilar kabi uyingizda o‘qisangiz, nabiylaringiz sunnatini tark qilgan bo‘lasizlar. Agar nabiylaringiz sunnatini tark qilsangizlar, zalolatga ketasizlar. Biz sahobalarni ko‘rar edik. Ma’lum bir nifoqi bor munofiq bo‘lmasa, jamoat namozidan qolmas edi. Ikki kishining orasida kelib bo‘lsa ham, safda turar edi», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 204 Imom Muslimning boshqa rivoyatlarida: «Albatta, Rasululloh (s.a.v.) bizga hidoyat yo‘lini o‘rgatdilar. Azon aytiladigan masjidda namozni jamoat bilan o‘qish hidoyat yo‘llaridandir», dedilar. 1069/7. Abu Dardodan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Uch nafar kishi biror qishloq yoki sahroda jamlanishsayu jamoat bo‘lib namoz o‘qishmasa, shayton ularga g‘olib keladi. Bas, shundoq ekan, jamoatni o‘zingizga lozim tuting. Chunki bo‘ri ham yolg‘iz yurgan qo‘yni yeydi», deb aytdilar. Abu Dovud rivoyatlari. 192-BOB Bomdod va xufton namozlarini jamoat bilan o‘qishga targ‘ib 1070/1. Usmon ibn Affondan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kim xufton namozini jamoat bilan o‘qisa, kechaning yarmini ibodat bilan bedor o‘tkazganday bo‘ladi. Kimki bomdod namozini jamoat ila o‘qisa, butun kechani ibodat bilan o‘tkazganday bo‘ladi», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. Imom Termiziyning Usmon ibn Affondan (r.a.) qilgan rivoyatlarida Rasululloh (s.a.v.) «Kim xufton namozini jamoat bilan o‘qisa, kechaning yarmini ibodat bilan bedor o‘tkazganning savobiga erishibdi. Kim xufton va bomdod namozlarini jamoat bilan o‘qisa, kechaning barchasini bedor o‘tkazganning savobiga erishibdi», dedilar. Imom Termiziy bu hadisi sharifni sahih, hasan, deb aytganlar. 1071/2. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Agar odamlar xufton va bomdod namozini jamoat bilan o‘qishning savobini bilishganida edi, unga emaklab bo‘lsa ham kelishar edi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 1072/3. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Munofiqqa bomdod va xuftondan og‘irroq namoz yo‘qdir. Agar ular ikkovidagi savobni bilishganida edi, emaklab bo‘lsa ham kelishar edi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 193-BOB Besh vaqt namozni muhofaza etishga buyurish hamda uni qasddan tark qilganlarni qattiq va’iydlar bilan qaytarish to‘g‘risida Alloh taolo: «Barcha namozlarni va xususan, o‘rta namozni (asr namozini) saqlanglar — o‘z vaqtlarida ado etinglar» (Baqara surasi, 238-oyat). «Endi agar tavba qilsalar va namozni to‘kis ado qilishib, zakotni bersalar, ularning yo‘llarini to‘smangiz! (ya’ni ular bilan urushishni bas qilingiz)» (Tavba surasi, 5-oyat), deb aytgan. 1073/1. Ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasulullohdan (s.a.v.) «Qaysi amal afzal?» deb so‘rasam, u zot: «Vaqtida o‘qilgan namoz», dedilar. «Keyin qaysi?» desam, u zot: «Ota-onaga yaxshilik qilish», dedilar. «Keyin qaysi?» desam, u zot: «Alloh yo‘lidagi jihod», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 1074/2. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Islom besh narsa ustiga qurilgan: «La ilaha illalloh va anna Muhammadan Rasululloh» kalimasi; namozni ado etish; zakot berish; Baytullohni haj qilish; Ramazon ro‘zasini tutish», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 1075/3. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kishilar «La ilaha illallohu va anna Muhammadan rasululloh», deb aytmagunlaricha, namozni ado etmagunlaricha va zakotni bermagunlaricha ular bilan urishmoqlikka buyurildim. Agar Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 205 mana shu aytilgan narsalarni bajarishsa, ular o‘z jonlari va mollarini mendan saqlashibdi. Lekin Islom haqlarida (ya’ni, had va qasoslarda) bunday emas. Buning hisobi Alloh taologa havoladir», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 1076/4. Muozdan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Rasululloh (s.a.v.) meni Yamanga yuborayotib, «Sen ahli kitob bo‘lgan qavmning huzuriga ketyapsan. Agar borsang, ularni «La ilaha illalloh vaanna Muhammadan rasululloh» shahodatiga chaqir. Agar bunga itoat qilishsa, Alloh ularga har kecha va kunduzda besh vaqt namozni farz qilganini bildirgin. Agar bunga ham itoat qilishsa, Alloh ularga boylaridan olib, kambag‘allariga beriladigan sadaqani farz qilganini bildir. Agar bunga ham itoat qilishsa, zakot olayotganingda ularning yaxshi mollarini tanlab olishdan saqlangin. Hamda mazlumning duosidan qo‘rqqin. Chunki u bilan Alloh o‘rtasida parda bo‘lmaydi», dedilar». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 1077/5. Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Bir kishi bilan shirk va kufr orasidagi farq namozni tark qilishdir», de dil ar. Imom Muslim rivoyatlari. 1078/6. Buraydadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Biz bilan ularning (munofiqlarning) orasidagi farq namozdir. Bas, kimki uni tark qilsa, batahqiq kofir holicha qolibdi», dedilar. Imom Termiziy rivoyatlari. 1079/7. Buyuk tobe’inlardan ekanligiga ittifoq qilingan Shaqiq ibn Abdullohdan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Rasulullohning sahobalari namozni tark qilishdan boshqa biror amalni tark qilishni kofirlik deb hisoblashmas edi», dedilar. Imom Termiziy rivoyatlari. 1080/8. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Qiyomat kuni bandaning birinchi bo‘lib hisob qilinadigan amali namozdir. Agar u yaroqli bo‘lsa, najot topib, muvaffaqiyatga erishibdi. Agar yaroqsiz bo‘lsa, hasrat-nadomatda qolibdi. Agar bordiyu farz amallaridan biror kamchilik bo‘lsa. Alloh taolo: «Bandamning nafl amallariga qaranglar-chi?» deydi. Agar nafl amallar bo‘lsa, farzning kamchiliklari to‘ldiriladi. Keyin boshqa amallari ham mana shu tarzda ijro etiladi», dedilar. Imom Termiziy rivoyatlari. 194-BOB Avvalgi safning fazilati hamda avvalgi safni to‘ldirib jipslash va tekis qilishga buyurish haqida 1081/1. Jobir ibn Samuradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) huzurimizga chiqib: «Farishtalar Rabbilari huzurida saf tortgani kabi sizlar ham saf tortmaysizlarmi?» dedilar. Biz: «Ey Allohning Rasuli, farishtalar Rabbilari huzurida qanday saf tortishadi?» desak, u zot: «Avvalgi safni to‘ldirib va safni jips qilishadi», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. 1082/2. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Agar odamlar azon va avvalgi safning fazilatini bilishganida edi, uni qo‘lga kiritish uchun qur’a tashlashga majbur bo‘lib qolishsa, qur’ani tashlab bo‘lsa ham u fazilatni olishga harakat qilishar edi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 1083/3. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Erkaklar safining yaxshisi avvalgi safdir. Oxirgi saf esa yomonidir. Ayollar safining yaxshisi oxiridir. Avvalgi saf esa yomonidir», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. 1084/4. Abu Said al-Xudriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) sahobalarining orqa (saf)da turganlarini ko‘rib): «Oldinga o‘tinglar. Bas, menga iqtido qilinglar. Orqangizdagilar sizlarga iqtido qilsin. Ba’zi toifa kishilar doim ortda qolishadi. Alloh ham ularni ortda qoldiradi», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. 1085/5. Abu Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Rasululloh (s.a.v.) namoz (oldidan) yelkalarimizni ushlab: «Barobar turinglar. Har turli bo‘lib turmanglar. Qalblaringiz ham Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 206 har turli bo‘lib qoladi. Menga balog‘atga yetgan aqllilaringiz yaqin tursin. Keyin aqlda ularga yaqinlari tursin. So‘ngra ularga yaqinlari tursin», deb aytardilar». Imom Muslim rivoyatlari. 1086/6. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Saflaringizni barobar qilinglar. Chunki safni barobar qilish namozning mukammal bo‘lishiga sababchidir», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. Imom Buxoriy rivoyatlarida: «Saflarni barobar qilish namozni qoim etishdir», deyilgan. 1087/7. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir kuni namozga takbir aytilganida Rasululloh (s.a.v.) bizlarga yuzlarini qaratdilar-da: «Saflaringizni tekislab, jipslashtiringlar. Chunki men sizlarni orqamdan ham ko‘raman», dedilar. Imom Buxoriy shu lafz bilan imom Muslim mana shu ma’noda rivoyat qilganlar. Imom Buxoriyning boshqa rivoyatlarida: «Bizlar safda tursak, yelkamiz yonimizdagining yelkasiga, oyog‘imiz yonimizdagining oyog‘iga yopishib turar edi», deyilgan. 1088/8. No‘‘mon ibn Bashirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Saflaringizni barobar qilinglar. (Agar bunday qilmasangizlar) Alloh taolo (qalblaringizni ixtilofli qilib, oralaringizga g‘azab-adovatni solib qo‘yish bilan) yuzlaringizni bir-biriga muxolif qilib qo‘yadi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. Imom Muslimning rivoyatlarida quyidagicha aytiladi: «Rasululloh (s.a.v.) saflarimizni go‘yoki kamon o‘qlarini tergandek tekislab qo‘yardilar. Bizning tushunganimizni ko‘rgunlaricha shunday qildilar. Keyin bir kuni (namozga kirishish uchun) takbir aytaman, deb turganlarida, bir kishi ko‘kragini (boshqalarnikiga qaraganda) biroz chiqarib turganini ko‘rib, «Ey Allohning bandalari, saflaringizni barobar qilinglar. (Agar bunday qilmasangizlar) Alloh taolo yuzlaringizni bir-biriga muxolif qilib qo‘yadi», dedilar». 1089/9. Baro ibn Ozibdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) safning orasiga kirib, bu tomondan narigi tomongacha yurdilar-da old tomonlarimizni va yelkalarimizni qo‘llari bilan barobar qilib: «Saflaringizni har turli qilmanglar. Agar har turli qilsanglar, Alloh qalblaringizni muxolif qilib qo‘yadi», dedilar. Va yana u zot: «Albatta, Alloh va uning farishtalari avvalgi safdagilarga duoyu salavot ayturlar», deb aytardilar. Abu Dovud rivoyatlari. 1090/10. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Saflaringizni to‘g‘rilanglar. Yelkalaringizni barobar qilinglar. Safdagi ochiq joylarni to‘ldiringlar. Birodarlaringiz safni qo‘llari bilan to‘g‘rilayman, deyishsa, ularga muloyim bo‘ling. Hamda shayton uchun safda bo‘sh joy qoldirmang. Kim safni yetkazsa, Alloh ham uni yetkazadi. Kim safni uzsa, Alloh ham undan uziladi», dedilar. Abu Dovud rivoyatlari. 1091/11. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Saflaringizni jisplashtiringlar va uning orasini yaqin qilinglar hamda yelkalaringizni tekislanglar. Mening jonim Uning qo‘lida bo‘lgan zotga qasamki, men shaytonlarni saflarning ochiq yerida kichkina qora qo‘zichoqlar kabi o‘tib turganini ko‘raman», dedilar. Abu Dovud rivoyatlari. Bu hadis Muslimning shartlariga binoan sahihdir. 1092/12. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Oldingi safni to‘ldiringlar. So‘ngra undan keyingi safni to‘ldiringlar. To‘lmaydigan saf oxirgi saf bo‘lsin», dedilar. Abu Dovud rivoyatlari. 1093/13. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Albatta, Alloh va uning farishtalari safning o‘ng tomonidagilarga duoyu salavot ayturlar», deb aytdilar. Abu Dovud rivoyatlari. 1094/14. Barodan (r.a.) rivoyat qilinadi. Agar biz Rasulullohning (s.a.v.) orqalarida Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 207 namoz o‘qiydigan bo‘lsak, u zotning o‘ng tomonlarida turishni yaxshi ko‘rar edik. U zot yuzlarini bizga qaratib, quyidagicha aytgan so‘zlarini eshitdik: «Ey Rabbim, bandalaringni qayta tiriltiradigan yoki Mahshargohga to‘playdigan kunda azobingdan saqla!». Imom Muslim rivoyatlari. 1095/15. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Imomlaringizni o‘rtaga olinglar. Hamda safdagi ochiq joylarni to‘ldiringlar», deb aytdilar. Abu Dovud rivoyatlari. 195-BOB Farzlar bilan birga o‘qiladigan ta’kidlangan sunnatlarning fazilati hamda ularning savob jihatidan oz, ko‘p, o‘rtachalari bayoni 1096/1. Ummul Mo‘‘minin Ummu Habiba Ramla binti Abu Sufyondan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Biror musulmon banda Alloh uchun har kuni o‘n ikki rakat farzdan tashqari nafl namoz o‘qisa, Alloh taolo u kishi uchun jannatda uy quradi yoki u kishi uchun jannatda uy quriladi», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. (Bizning Hanafiya mazhabimizdagi farzdan oldingi va keyingi sunnat namozlarni o‘qish mana shu hadisga asosandir. - Tarj). 1097/2. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) bilan birga peshin namozidan oldin va keyin juma namozidan keyin, ikki rakat, shom namozidan keyin ikki rakat hamda xufton namozidan keyin ikki rakat namoz o‘qidim» dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. (Bizning Hanafiya mazhabimizda bomdodning farzidan oldin ikki rak’at sunnat, peshinni farzidan oldin to‘rt rak’at, keyin ikki rak’at sunnat, juma namozida esa, farzidan oldin ham keyin ham to‘rt rak’at sunnat, shom namozida esa farzidan keyin ikki rak’at sunnat, xuftonni farzidan keyin ikki rak’at sunnat o‘qiladi. Bu aytilgan gaplarga, kelgusida keladigan sahih hadislardan dalillar bordir. - Tarj). 1098/3. Abdulloh ibn Mug‘affaldan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Ikki azon orasida namoz bordir. Ikki azon orasida namoz bordir. Ikki azon orasida namoz bordir (ya’ni azon bilan iqomat orasida) deb, uchinchisidan keyin: «Xohlagan kishi uchun», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 196-BOB Bomdod namozining ikki rakat sunnati ta’kidlangan sunnat ekani haqida 1099/1. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) peshin farzidan oldin to‘rt rakat va bomdod farzidan oldingi ikki rakat sunnatni hech tark qilmasdilar. Imom Buxoriy rivoyatlari. 1100/2. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) biror ixtiyoriy namozga bomdod namozining ikki rakat sunnatiga e’tibor berganchalik ahamiyat bermasdilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 1101/3. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Bomdod namozining ikki rakat sunnati dunyo va undagi narsalardan yaxshidir», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. Imom Buxoriy va Muslimning boshqa rivoyatlarida «Bu bomdod namozining ikki rakat sunnati dunyodagi hamma narsadan yaxshiroqdir», deyilgan. 1102/4. Abu Abdulloh Bilol ibn Rabohdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu zot bomdod namozini bildirish uchun Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga keldilar. Nogahon Oisha (r.a.) Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 208 Biloldan (r.a.) bir narsa so‘rab, mashg‘ul qilib qo‘ydilar. Hattoki tong yorishib ketdi. Keyin Bilol turib qayta-qayta chaqirdilar. Rasululloh (s.a.v.) esa chiqavermadilar. Keyin odamlarga namoz o‘qib berganlaridan so‘ng Bilol (r.a.): «Oisha bir narsa so‘ragan edi. O’sha narsaga mashg‘ul bo‘lib kechikib qoldim. Hattoki tong yorishib ketdi. Siz ham, ey Rasululloh, kechikib chiqdingiz. Bunga nima sabab?» deganlarida, Rasululloh (s.a.v.) «Men bomdodning ikki rakat sunnatini o‘qiyotgan edim», dedilar. Shunda Bilol (r.a.): «Ey Allohning Rasuli, tong juda yorishib ketgan edi-ku?» degandilar, Rasululloh (s.a.v.) «Agar tong bundan ko‘proq yorishganida ham ikki rakat sunnatni mukammal, chiroyli suratda ado qilar edim», dedilar. Abu Dovud rivoyatlari. 197-BOB Bomdodning ikki rakat sunnatini yengil o‘qish va unda o‘qiladigan narsalar hamda uning qaysi vaqtda o‘qilishi bayoni 1103/1. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) bomdod namozining azoni bilan iqomati orasida ikki rakat yengil namoz o‘qir edilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. Ikkovlarining boshqa rivoyatlarida: «Rasululloh (s.a.v.) bomdod namozining ikki rakat sunnatini shu qadar yengil o‘qirdilarki, hattoki: «U zot Fotiha surasini o‘qidilarmikan?» deb o‘ylab qolardim», deb kelgan. Imom Muslimning boshqa rivoyatlarida: «Rasululloh (s.a.v.) agar azon eshitsalar, bomdod namozining sunnatini o‘qib, uni yengil qilardilar», deyilgan. Yana bir boshqa rivoyatda: «Agar subh kirsa» bo‘lib kelgan. 1104/2. Hafsadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasulullohning (s.a.v.) odatlari agar muazzin bomdod namoziga azon aytsa va subh yorishsa, yengilgina qilib ikki rakat bomdod namozining sunnatini o‘qib olardilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. Imom Muslimning rivoyatlarida: «Agar subh yorishsa, yengil qilib faqatgina bomdod namozining ikki rakat sunnatini o‘qib olardilar», deb kelgan. 1105/3. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) kechasining (tahajjud) namozini ikki rakaat-ikki rakat qilib o‘qirdilar. Kechaning oxirida esa bir rakat vitr o‘qirdilar. Bomdodning farzidan oldin ikki rakat sunnatini o‘qirdilar. Buni azon aytilishi bilan o‘qib olardilar. Go‘yoki takbir quloqlariga yetib turgandek edi. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. (Ya’ni avvalgi vaqti o‘tib ketishidan qo‘rqqan holda namoz takbirini eshitgan kishi shoshgani kabi tezlik bilan o‘qib olardilar. Bu hadisga binoan Imom Shofe’iy mazhabidagilar vitrni bir rakat o‘qishadi. Bizning Hanafiya mazhabida esa, vitrni 1171- raqamli va boshqa sahih hadisga muvofiq uch rakat o‘qiladi. -Tarj). 1106/4. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) bomdod namozining sunnatini avvalgi rakatida Baqara surasidagi «Qulu amanna billahi va ma unzila ilayna» oyatini, ikkinchi rakatida «omanna billahi vashhad bianna muslimun» oyatini o‘qir edilar. Boshqa rivoyatda esa «Ikkinchi rakatida «Oli Imron» surasidagi «ta’olav ila kalimatin sava’in baynana va baynakum» oyatini o‘qirdilar» bo‘lib kelgan. Bu ikkovini Imom Muslim rivoyat qilganlar. 1107/5. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) bomdod namozining ikki rakat sunnati birinchi rakatida «Qul ya ayyuhal kafirun» va ikkinchi rakatida «Qul huvallohu ahad» suralarini o‘qir edilar. Imom Muslim rivoyatlari. 1108/6 . Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Rasulullohning (s.a.v.) bir oy mobaynida bomdod namozining ikki rakatlik sunnati birinchi rakatida «Qul ya ayyuhal kofirun» surasini va ikkinchi rakatida esa «Qul huvallohu ahad» surasini o‘qiganlarini Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 209 ko‘rdim». Imom Termiziy rivoyatlari. 198-BOB Bomdodning ikki rakat sunnatidan keyin o‘ng tomonga yonboshlash Download 5.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling