Abu zakariyo yahyo ibn sharaf navaviy riyozus-solihiyn
hamda xoh tungi tahajjud namozi, xoh boshqa namoz bo‘lsin, shu
Download 5.07 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 199-bob Peshinning sunnati haqida
- 207-BOB Quyosh ko‘tarilganidan to zavolga kelguncha zuho namozi o‘qishning joizligi. Lekin issiq qattiqlashganda va choshtgoh ko‘tarilganda
- Foyda
- 210-BOB Juma kunining fazilati, uning shartligi, u kunda g‘usl qilish
hamda xoh tungi tahajjud namozi, xoh boshqa namoz bo‘lsin, shu narsani targ‘ib etish mahbubligi haqida 1109/1. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) agar bomdod namozining ikki rakat sunnatini o‘qib olsalar, o‘ng tomonlariga yonboshlab olardilar. Imom Buxoriy rivoyatlari. 1110/2. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) xufton bilan bomdodning orasida o‘n bir rakat namoz o‘qir edilar. Va har ikki rakatida salom berib, oxirida bir rakat Vitr o‘qirdilar. Agar muazzin kelib, bomdod azonini aytsa, tong kirgani aniq bo‘lsa, ikki rakat yengil sunnatini o‘qib, to muazzin takbir aytib bo‘lgunicha o‘ng tomonlariga yonboshlab olardilar. Imom Muslim rivoyatlari. (Yuqorida aytganimizdek, Vitrni bir rakat o‘qish hadisi bizning Hanafiya mazhabimizda olinmagan. Balki uning muqobilidagi boshqa bir sahih hadis olingan. - Tarj.) 1111/3. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Agar sizlardan biringiz bomdodning ikki rakat sunnatini o‘qib bo‘lsa, o‘ng tomoniga yonboshlab olsin», dedilar. Abu Dovud va Termiziy rivoyatlari. 199-bob Peshinning sunnati haqida 1112/1. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu zot: «Rasululloh (s.a.v.) bilan birga peshinning farzidan oldin va keyin ikki rakat namoz o‘qidim», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. (Hanafiya mazhabida buning muqobilidagi 1114-raqamli sahih hadisga amal qilinadi. Ya’ni farzidan oldin to‘rt rakat, keyin ikki rakat sunnat o‘qiladi. -Tarj...) 1113/2. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) peshinning farzidan oldin to‘rt rakat sunnat o‘qishni hech tark qilmas edilar. Imom Buxoriy rivoyatlari. 1114/3. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) peshinning farzidan oldin to‘rt rakat sunnat uyimda o‘qib, keyin odamlarga to‘rt rakat farzini o‘qib berardilar. So‘ngra yana kirib ikki rakat sunnat o‘qirdilar. Va shom namozini ham odamlarga o‘qib berib, keyin uyimga kirib, ikki rakat sunnatini o‘qirdilar. Va xufton namozini ham odamlarga o‘qib berib, ikki rakat sunnatini o‘qirdilar. Imom Muslim rivoyatlari. 1115/4. Ummu Habibadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kimki peshin farzidan oldin to‘rt rakat sunnat va keyin to‘rt rakat sunnat o‘qishda bardavom bo‘lsa, Alloh uning do‘zaxda abadiy qolishini harom qiladi», dedilar. Abu Dovud va Termiziy rivoyatlari. (Hanafiya mazhabida bu hadisning o‘rniga bundan oldingi sahih hadis ixtiyor qilingan. - Tarj.) 1116/5. Abdulloh ibn Soibdan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Rasululloh (s.a.v.) quyosh zavolga kelganidan keyin peshinning farzidan oldin to‘rt rakat sunnat o‘qirdilar. Va yana u zot: «Albatta, bu bir fursatki, bunda osmon eshiklari ochiladi. Mening solih amallarim mana shu paytda ko‘tarilishini yaxshi ko‘raman», derdilar. Imom Termiziy rivoyatlari. 1117/6. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) agar peshinning farzidan oldin to‘rt rakat sunnat o‘qimagan bo‘lsalar, keyin o‘qib olardilar. Imom Termiziy rivoyatlari. Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 210 200-BOB Asrning sunnati to‘g‘risida 1118/1. Ali ibn Abu Tolibdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) asrdan oldin to‘rt rakat namoz o‘qirdilar. Ularning orasini muqarrab farishtalar va ularga tobe bo‘lgan mo‘min-musulmonlarga salom berish ila ajratib, ikkiga bo‘lardilar. Imom Termiziy rivoyatlari. 1119/2. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Asrning farzidan oldin to‘rt rakat namoz o‘qigan kishini Alloh rahmatiga olsin», dedilar. Abu Dovud va Termiziy rivoyatlari. 1120/3. Ali ibn Abu Tolibdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) asr namozi farzidan oldin ikki rakat namoz o‘qir edilar. Abu Dovud rivoyatlari. (Bizning Hanafiya mazhabimizda asr namozining farzidan oldin ham, keyin ham sunnat namozi o‘qilmaydi. Lekin farzidan oldin nafl namoz o‘qilaveradi. Hanafiya mazhabi ulamolari yuqoridagi hadislar muqobilidagi boshqa sahih hadislarni dalil qilib keltirishgan. - Tarj) 201-BOB Shom namozining farzidan oldin ham, keyin ham o‘qiladigan sunnat namozi haqida Bu bobimizga Ibn Umar (r.a.) va Oishalardan r.a.lardan: «Albatta, Rasululloh (s.a.v.) shom namozidan keyin ikki rakat sunnat namozini o‘qir edilar», deb rivoyat qilingan, Mana shu sahih hadis ham dalildir. 1121/1. Abdulloh ibn Mug‘affaldan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Shomdan oldin ikki rakat namozi o‘qinglar», deb ikki marta aytib, uchinchisida: «Xohlagan kishi o‘qisin», dedilar. Imom Buxoriy rivoyatlari. 1122/2. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasulullohning (s.a.v.) kibor sahobalari shom paytida masjid ustunlari orqasida namoz o‘qish uchun shoshayotganlarini ko‘rdim. Imom Buxoriy rivoyatlari. 1123/3. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu zot: «Bizlar Rasululloh (s.a.v.) zamonlarida quyosh botgandan keyin shom namozidan oldin ikki rakat o‘qir edik», deganlarida, «Rasululloh (s.a.v.) ham buni o‘qirmidilar?» deb so‘rashdi. Shunda Anas (r.a.): «Rasululloh (s.a.v.) bizning o‘qiganimizni ko‘rardilar-da, lekin o‘qishni buyurmas va qaytarmas edilar» dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. 1124/4. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bizlar Madinada ekanimizda agar muazzin shom namoziga azon aytsa, odamlar ustun naryog‘ida namoz o‘qishga shoshar va u yerda ikki rakat namoz o‘qir edi. Agar musofir kishi masjidga kiradigan bo‘lsa, bu ikki rakatni o‘quvchilar ko‘pligidan shom namozining farzi o‘qib bo‘linibdi, deb gumon qilar edi. Imom Muslim rivoyatlari. (Bizning Hanafiya mazhabida shomning farzidan oldin ikki rakat sunnat o‘qilmaydi. Balki farzidan keyin ikki rakat sunnat o‘qiladi. Hanafiya mazhabidagilar ham bu so‘zlariga sahih hadislardan dalil qilib keltirishgan. - Tarj) 202-BOB Xufton farzidan oldin ham, keyin ham ikki rakat sunnat o‘qish To‘risida Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 211 Bu bobimizga ibn Umardan rivoyat qilingan 1097-hadis va Abdulloh ibn Mug‘affaldan rivoyat qilingan 1098-hadislar dalil qilingan. (Bizning Hanafiya mazhabimizda xuftonni farzidan keyin ikki rakat sunnat o‘qiladi. Tarj...) 203-BOB Jumaning sunnati haqida Bu bobimizga Ibn Umardan rivoyat qilingan 1097-hadis ham dalil bo‘ladi. 1125/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Qachon sizlardan biringiz juma namozini o‘qisa, orqasidan to‘rt rakat namoz o‘qisin», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. 1126/2. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) juma namozidan keyin masjidda hech bir namozni o‘qimas edilar. Faqat uylariga borib, ikki rakat namoz o‘qirdilar. Imom Muslim rivoyatlari. (Rasululloh (s.a.v.) jumadan keyin ikki yoki to‘rt rakat uylarida o‘qirdilar. Hanafiya mazhabidagilar Rasulullohning jumaning farzidan oldin ham, keyin ham to‘rt rakat sunnat o‘qiganlaridagi hadisni ixtiyor qilishgan. - Tarj) 204-BOB Nafl namozlarini xoh ta’kidlangani, xoh boshqasi bo‘lsin, uyda o‘qishning mahbubligi hamda farz o‘qigan yeridan boshqa joyda nafl o‘qishga yoki ikkovining orasini gaplashish bilan ajratishga buyurish haqida 1127/1. Zayd ibn Sobitdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Ey insonlar, uylaringizda ham namoz o‘qinglar. Chunki kishining farz namozlaridan tashqari eng afzal namozi uyda o‘qigan namozidir. Lekin farz namozlarini masjidda o‘qish afzaldir», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. Foyda: Nafl namozlarini uyda o‘qishning mahbubligi ayon bo‘lmoqda. Chunki shunday qilish riyodan uzoqlashtirib, xonadonga baraka olib kelishga sabab bo‘ladi. 1128/2. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Ba’zi namozlaringizni uylaringizda ham o‘qib turinglar. Uylaringizni qabriston qilib olmangizlar (ya’ni hech qanday amal qilish mumkin bo‘lmagan qabriston kabi qilib olmanglar)», deb aytdilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 1129/3. Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Sizlardan birortangiz masjidda namoz o‘qib bo‘lsa, uyidagi namozdan bo‘lgan nasibasini ham qoldirsin. Chunki Alloh taolo uydagi namozidan xonadonidagilarga yaxshilik ato qiladi», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. 1130/4. Umar ibn Atodan (r.a.) rivoyat qilinadi. Nofe’ ibn Jubayr (r.a.) bu zotni Soib ibn Uxti Namir (r.a.) huzurlariga Muoviyaning namozlari haqidagi fikrlarini so‘rab kelishga yubordilar. Soib (r.a.): «Haqiqatda men Muoviya bilan masjidning yonidagi xonada juma namozi o‘qidim. Imom salom berib namozni tugatganida, men joyimda namozning qolganini o‘qidim. Muoviya kirib, menga bir odamni yuborib: «Bu qilgan ishingni takrorlama. Agar jumani o‘qib bo‘lsang, to biror kishi bilan gaplashmaguncha yoki u yerdan chiqib ketmaguncha, namozni o‘qimagin. Chunki Rasululloh (s.a.v.) biror kishi bilan gaplashilmaguncha yoki u yerdan chiqib ketilmaguncha namozni boshqa namozga ulamaslikka buyurdilar», deb aytdilar. Imom Muslim rivoyatlari. Foyda: Farz namozlari bilan nafl va bundan boshqa namozlarni orasini, so‘zlashish Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 212 yoki farz o‘qigan o‘rnini o‘zgartirish yoki masjiddan uyiga chiqib ketish bilan ajratish, sunnat amaldir. 205-BOB Vitr namoziga targ‘ib va uning ta’kidlangan sunnat ekanligi hamda uning vaqtining bayoni haqida (Bizning hanafiya mazhabimizda vitr namozi vojib bo‘lib, uch rakaatlidir. Vaqti esa xufton namozidan keyin to bomdod namozigachadir. Kim vitr namozini bomdod namozidan oldin uyg‘onib o‘qib olishiga ishonmasa, xufton namozidan keyin o‘qib oladi. Aksincha, uyg‘onishiga ishonsa, bomdod namozi vaqti kirishidan oldin o‘qib oladi. - Tarj) 1131/1. Ali (r.a.) aytdilar. Vitr boshqa farz namozlari kabi farz emas. Lekin Rasululloh (s.a.v.) uni sunnat qilganlar. Albatta Alloh toqdir. Toqni yaxshi ko‘radi. Ey Qur’on ahllari, sizlar ham vitrni toq qilinglar. Abu Dovud va Termiziy rivoyatlari. 1132/2. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) kechaning har bir qismida, ya’ni avvalida, o‘rtasida va oxirida to subhgacha vitr namozini o‘qirdilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 1133/3. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kechasidagi oxirgi namozingiz vitr bo‘lsin», dedilar. Imom Buxoriy Muslim rivoyatlari. 1134/4. Abu Said al-Xudriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Tong otishidan oldin vitr namozini o‘qinglar», deb aytdilar. Imom Muslim rivoyatlari. 1135/5. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) kechasi namoz o‘qir edilar. Oisha (r.a.) u zotning oldilarida ko‘ndalang bo‘lib yotar edilar. Vitrning o‘zi qolganida esa Oishani (r.a.) uyg‘otib, vitrni o‘qir edilar. Imom Muslim rivoyatlari. Muslimning boshqa rivoyatlarida: «Vitrning o‘zi qolsa: «Ey Oisha, turgin, vitrni o‘qib olgin», der edilar», deb kelgan. 1136/6. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Subh vaqti kirishidan oldin vitr namozini o‘qib olishga shoshiling», dedilar. Abu Dovud va Termiziy rivoyatlari. 1137/7. Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kim vitr o‘qish uchun kechaning oxirida tura olmasam kerak, deb qo‘rqsa, kechaning avvalida o‘qisin. Kim kechaning oxirida turishidan umid qilsa, vitrni o‘shanda o‘qiyversin. Chunki kechaning oxiridagi namozga farishtalar shohid bo‘lishadi. Mana shu vaqtdagisi eng afzalidir», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. 206-BOB Zuho (choshgoh) namozining fazilati va uning oz, ko‘p, o‘rtacha adadining bayoni hamda uni bardavom ado etishga targ‘ib 1138/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Do‘stim Rasululloh (s.a.v.) har oyda uch kun ro‘za tutishni, ikki rakaat zuho (choshgoh) namozi o‘qishni va uxlashdan oldin vitr namozini o‘qishni vasiyat qildilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. Uxlashdan oldin vitrni o‘qish kechaning oxirida uyg‘onishiga ishonmagan kishilar uchun mustahabdir. Agar uyg‘onishiga ishonsa, kechaning oxirida o‘qish afzaldir. 1139/2. Abu Zarrdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Sizlarning har bitta a’zoingizga sadaqa vojibdir. Har bir tasbihingiz (ya’ni, «Subhanalloh», deyishingiz) sadaqa, har bir hamdingiz (ya’ni, «Alhamdulillah», deyishingiz) sadaqa, har bir tahlilingiz (ya’ni, «La ilaha illalloh», deyishingiz) sadaqa, har bir takbiringiz (ya’ni, «Allohu akbar», deyishingiz) sadaqa, yaxshilikka buyurishingiz - sadaqa, yomonlikdan qaytarishingiz -sadaqa. Endi bularning hammasi uchun ikki rakaat zuho namozi Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 213 o‘qishingiz kifoyadir», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. 1140/3. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) zuho (choshgoh) namozini to‘rt rakaat o‘qir edilar. Va Alloh xohlaganicha undan ham ziyoda qilaverardilar. Imom Muslim rivoyatlari. 1141/4. Ummu Hone’ Foxitata binti Abu Tolibdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu sahobiya: «Fath kuni Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga borsam, yuvinayotgan ekanlar. Qachonki yuvinib bo‘lganlaridan keyin sakkiz rak’at namoz o‘qidilar. Ana shu zuho (choshgoh) namozi edi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 207-BOB Quyosh ko‘tarilganidan to zavolga kelguncha zuho namozi o‘qishning joizligi. Lekin issiq qattiqlashganda va choshtgoh ko‘tarilganda o‘qishning afzalligi haqida 1142/1. Zayd ibn Arqamdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu zot zuho namozi o‘qiyotgan bir qavmni ko‘rib: «Bular mana shu o‘qiyotgan fursatlaridan boshqa paytda o‘qishning afzalligini bilishmaydimi? Albatta Rasululloh (s.a.v.) «Avvobiyn (Allohga tavba-tazarru qiluvchi) larni zuho namozi o‘qiydigan paytlari tuya bolasi issiq qattiqlashganidan tuyog‘ini yerga qo‘ya olmaydigan paytdir», deganlar», deb aytdilar. Imom Muslim rivoyatlari. 208-BOB Tahiyatul masjid namozini o‘qishga targ‘ib hamda qaysi vaqtda masjidga kirsa, namoz o‘qishdan oldin (xoh u ikki rakaat tahiyatul masjid, xoh farz, xoh sunnat yoki boshqa namoz bo‘lsin) o‘tirishning karohiyati to‘g‘risida 1143/1. Abu Qatodadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Agar sizlardan biringiz masjidga kiradigan bo‘lsa, to ikki rakaat namoz o‘qimaguncha o‘tirmasin», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 1144/2. Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga borsam, u zot masjidda ekanlar. Menga: «Ikki rakaat namoz o‘qigin», deb buyurdilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. Foyda: Bu hadisdan Tahiyatul masjid namozining ahamiyatli ekani tushuniladi. 209-BOB Tahoratdan keyin ikki rakaat nafl namozi o‘qishning mahbubligi haqida 1145/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) Bilolga (r.a.): «Ey Bilol, Islomga kirganingdan keyin savobini eng umid qiladigan amalingni menga gapirib ber. Chunki men jannatda old tomonimdan kavushing ovozini eshitdim», dedilar. Shunda Bilol (r.a.): «Amallarim ichida savobi umid qilinadigan eng yaxshi amalim agar kechasi yoki kunduzi men (tahorat qilibmi, g‘usl yoki tayammum qilibmi) poklanadigan bo‘lsam, ana shu poklik bilan nasib qilganicha namoz o‘qir edim», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 210-BOB Juma kunining fazilati, uning shartligi, u kunda g‘usl qilish, Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 214 xushbo‘y narsalar surtish, kechikmasdan ertaroq borish, duo bilan mashg‘ul bo‘lish va Rasulullohga (s.a.v.) salavot aytishning fazilati. Hamda u kunda duolar ijobat bo‘ladigan vaqt bayoni va jumadan keyin Allohning zikrini ko‘paytirishning mahbubligi Alloh taolo: «Endi qachon namoz ado qilingach, yerga tarqalib, Allohning fazlu marhamatidan (rizqu ro‘z) istayveringlar. Allohni ko‘p zikr qilinglarki, shoyad najot topursizlar», (Jum’a surasi, 10-oyat) deb aytgan. 1146/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kunlarning eng yaxshisi juma kunidir. Chunki juma kuni Odam yaratilgan va jannatga kiritilgan hamda juma kuni u yerdan chiqarilgan», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. 1147/2. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kimki chiroyli tahorat qilib, keyin masjidga kelib, va’zga jim quloq tutib tursa, ikki juma o‘rtasidagi va yana uch kunni qo‘shib, hammasi bo‘lib, o‘n kun ichidagi gunohi kechiriladi. Kimki xutba paytida mayda toshlarni ushlasa, befoyda (lag‘v) ishni bajaribdi», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. 1148/3. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Jumadan jumagacha, Ramazondan Ramazongacha besh vaqt namoz shu vaqt orasida bo‘lib o‘tgan kichik gunohlarga kafforatdir. Agar kabira (ulkan) gunohlardan saqlanilgan bo‘lsa», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. 1149/4. Abu Hurayra (r.a.) va Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Ikkovlari Rasulullohning (s.a.v.) minbarda turib aytgan quyidagi so‘zlarini eshitdilar. Rasululloh (s.a.v.) «Qavmlar jumani tark qilishdan to‘xtashsin. Bo‘lmasa Alloh ularning qalblariga muhr urib qo‘yadi. So‘ngra g‘ofillardan bo‘lib qoladilar», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. 1150/5. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Agar sizlardan biringiz juma namoziga kelsa, yuvinib (g‘usl qilib) kelsin», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 1151/6. Abu Said al-Xudriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Juma kuni yuvinish (g‘usl qilish) har bir balog‘atga yetgan kishiga ta’kidlangan buyruqdir», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 1152/7. Samuradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kimki juma kuni tahorat qilib, (juma namoziga) kelsa, yaxshi. Agar yuvinib, (g‘usl qilsa) afzaldir», dedilar. Abu Dovud va Termiziy rivoyatlari. 1153/8. Salmondan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kishi juma kuni yuvinib, imkoni boricha tozalanib, xushbo‘y yog‘lardan, atirlardan surtib, keyin masjidga borsa, u yerda ikki kishi orasidan suqilib o‘tmasa, nasib qilganicha namoz o‘qisa, imom xutbada va’z qilayotganda jim turib eshitsa, o‘sha juma bilan keyingi juma orasidagi gunohlari kechiriladi», dedilar. Imom Buxoriy rivoyatlari. 1154/9. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kimki juma kuni xuddi junublikdan yuvingani kabi g‘usl qilib, keyin masjidga borsa, go‘yoki bir tuyani qurbonlik qilibdi. Kimki ikkinchi soatda, ya’ni ikkinchi bo‘lib masjidga borsa, go‘yo bir sigirni qurbonlik qilibdi. Kimki uchinchi soatda masjidga kelsa, go‘yo shoxli bir qo‘chqorni qurbonlik qilibdi. Kimki to‘rtinchi soatda masjidga kelsa, go‘yo tovuqni qurbonlik qilibdi. Kimki beshinchi soatda masjidga kelsa, go‘yo bir tuxumni ehson qilib, Allohga qurbat (yaqinlashish) hosil qilibdi. Agar imom xutba aytish uchun joyidan chiqsa, farishtalar zikr eshitish uchun hozir bo‘lishadi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. Foyda: Juma namoziga ertaroq borishning fazilati va unga targ‘ib haqida so‘z Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 215 boryapti. Qanchalik erta borsa, savobi shunchalik ko‘p bo‘ladi. Va juma kuni farishtalar hozir bo‘lib, xotirjamlik, rahmat olib kelishadi. 1155/10. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) juma kunini zikr qilaturib: «U kunda bir fursat bor. Agar musulmon bandaning namozda Allohdan biror narsani so‘rashi o‘sha paytga muvofiq kelsa, Alloh u so‘ragan narsani beradi», dedilar. Lekin Rasululloh (s.a.v.) o‘sha fursatning juda qisqa ekanligiga qo‘llari bilan ishora qildilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 1156/11. Abu Burda ibn Abu Muso al-Ash’ariydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Abdulloh ibn Umar (r.a.): «Siz otangizdan Rasulullohning (s.a.v.) juma kunidagi duolar qabul bo‘ladigan fursat haqidagi hadislarini eshitganmisiz?» deganlarida, Abu Burda (r.a.): «Ha, eshitganman. Rasululloh (s.a.v.) «U fursat imom xutbaga o‘tirganidan namoz oxirigacha bo‘lgan vaqt oralig‘idadir», deganlar», deb aytdilar. Imom Muslim rivoyatlari. 1157/12. Avs ibn Avsdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kunlaringizning eng afzali jumadir. O’sha kunda menga salavot aytishni ko‘paytiringlar. Chunki salavotlaringiz menga ko‘rsatiladi», dedilar. Abu Dovud rivoyatlari. 211-BOB Biror ne’matga erishilganda yoki biror balodan xalos bo‘linganda shukr namozi o‘qishning mahbubligi haqida 1158/1. Sa’d ibn Abu Vaqqosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Biz Rasululloh (s.a.v.) bilan birga Madinaga borishni xohlab Makkadan chiqdik. Makka yaqinidagi Azvaro nomli joyga yetganimizda (ulovlaridan) tushib, qo‘llarini ko‘tarib, Allohga bir qancha fursat duo qildilar. Keyin sajdaga borib, unda uzoq turdilar. Yana o‘rinlaridan turib, qo‘llarini ko‘tarib, duo qilib, sajdaga bosh qo‘ydilar. Uch bor shunday qildilar. Va: «Men Rabbimdan ummatimga shafoat so‘radim. Ummatimning uchdan biriga u berildi. Darhol sajdaga cho‘kib, Rabbim uchun shukr namozini o‘qidim. Keyin boshimni ko‘tarib, Rabbimdan ummatim uchun shafoat so‘radim. Ummatimning uchdan biriga u berildi. Darhol yana sajdaga cho‘kib, Rabbimga shukr namozini o‘qidim. So‘ngra boshimni ko‘tarib, ummatimga shafoat so‘radim. Ummatimning qolgan uch qismiga shafoat so‘radim. Bas, qolgan uch qismiga ham berildi. Darhol yana sajdaga cho‘kib, Rabbim uchun shukr namozini o‘qidim», dedilar. Abu Dovud rivoyatlari. Download 5.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling