Abu zakariyo yahyo ibn sharaf navaviy riyozus-solihiyn
Download 5.07 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Bas, kim
- Ro‘za tutishning shartligi va ro‘zaning farzligi hamda unga taalluqli narsalar haqida
- Foyda
- 224-BOB Ro‘zaga tegishli masalalar haqida
- 226-BOB Zulhijja oyining avvalgi o‘n kunida ro‘za tutish va boshqa ibodatlarni bajarishning fazilati haqida
www.ziyouz.com kutubxonasi 222 namozni ado etishga, zakotni berishga, har bir musulmonga nisbatan xayrixoh bo‘lishga bay’at berdim», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 1213/9. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Biror tilla yoki kumush egasi uning haqqini ado etmasa, ya’ni zakotini bermasa, Qiyomat kunida o‘sha tilla-kumushlar o‘tda eritilib, tekislab, jahannam olovida qizdirilib, egasining yoni, peshonasi va orqa tomonlariga bosiladi. Har gal soviganda qaytadan qizdiriladi. Bu narsa bir kuni ellik ming yilga to‘g‘ri keladigan kunda sodir bo‘ladi. Ya’ni Alloh taolo avvalgiyu oxirgi odamni hisob-kitob qilib, hukmini eshittirguncha, u odam shu azobda bo‘ladi. So‘ngra u kishi o‘z yo‘liga qo‘yib yuboriladi. U jannat yo do‘zaxga ravona bo‘ladi», deganlarida sahobalar so‘rashdi: «Unda tuyasiga zakot bermaganlarning ahvoli qanday bo‘ladi?» Rasululloh (s.a.v.) «Agar tuya egalari uning haqqini ado etishmasa, ya’ni zakotini berishmasa va haqlaridan yana biri — uning sutidan sog‘ib, yordamchilarga va muhtojlarga bermasa, tekis sahroga yuzi bilan yotqiziladi. Barcha tuyalar, hatto eng kichik bolasi ham, egalarini tuyog‘lari bilan bosib, og‘izlari bilan tishlashadi. Bosib, tishlab oxiriga yetishsa, yana boshidan boshlashadi. Bu hol bir kuni ellik ming yilga to‘g‘ri keladigan kunda sodir bo‘ladi. Tuya egasi butun xaloyiq hisob-kitobdan forig‘ bo‘lguncha shu tarzda jazolanadi. Keyin jannat yoki do‘zaxdagi makoniga ravona bo‘ladi», dedilar. Yana sahobalar so‘rashdi: «Unda mol va qo‘ylariga zakot bermaganlarning ahvoli qanday bo‘ladi?» Rasululloh (s.a.v.) «Agar mol va qo‘y egalari uning haqqini ado qilishmasa, ya’ni zakot berishmasa, tekis sahroga yuzi bilan yotqiziladi. Mol va qo‘ylarning barchasi keladi. Ular orasida shoxi qiyshaygani, shoxi yo‘g‘i va shoxi singani bo‘lmaydi. Ular egalarini shoxlari bilan suzib, tuyoqlari bilan ezg‘ilashadi. Oxiriga yetishsa, yana qaytadan boshlashadi. Bu hol bir kuni ellik ming yilga to‘g‘ri keladigan kunda sodir bo‘ladi. Mol va qo‘y egasi butun xaloyiq hisob- kitobdan forig‘ bo‘lguncha shu azobda jazolanadi. Keyin jannat yoki do‘zaxdagi makoniga ravona bo‘ladi», dedilar. Sahobalar so‘rashdi: «Ey Allohning Rasuli? Otga zakot bermaganlar-chi?» Rasululloh (s.a.v.): «Ot uch turli bo‘ladi. 1. Egasiga gunoh olib keladigan; 2. Egasiga do‘zaxdan to‘siq bo‘ladi; 3. Egasiga savob olib keladigan. Gunoh olib keladigani — egasi riyo (xo‘jako‘rsinga), faxrlanish va Islomga dushmanlik qilish uchun olgan otlar. Do‘zaxdan to‘siq bo‘ladigani — egasi uni Alloh yo‘lida bog‘lab boqsa va ustidagi, gardanidagi haqlarini unutmasdan ado etsa, u ot egasiga do‘zaxdan to‘siq bo‘ladi. Savob olib keladigani — egasi uni Islom uchun Alloh yo‘lida ko‘kalamzor yerga bog‘lab boqsa, ot o‘sha ko‘kalamzor bog‘dan biror nima yesa, o‘sha yegani adadicha, tezagi hamda siydigi miqdoricha hasanot yoziladi. Agar u ot tizginini uzib, bir tepalikdan boshqa tepalikka o‘tsa, uning qadamlari va tezaklari adadicha hasanot yoziladi. Va yana egasi biror anhor yoqasidan o‘tsayu otini sug‘orishni istmasa ham ot o‘sha suvdan ichsa, bunda ham ichganining adadicha hasanot yoziladi», dedilar. Yana sahobalar so‘rashdi: «Ey Allohning Rasuli! Eshak haqida-chi?» Rasululloh (s.a.v.): «Eshak haqida menga hamma ma’noni o‘z ichiga oluvchi quyidagi oyatgina nozil bo‘lgandir», dedilar. «Bas, kim (hayoti - dunyodalik paytida) zarra misqolichalik yaxshilik qilsa, (Qiyomat kunida) o‘shani ko‘rur. Kim zarra misqolichalik yomonlik qilsa, uni ham ko‘rur» (Zalzala surasi, 7-8-oyatlar). Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. Bu hadis lafzi Muslimniki. 217-BOB Ro‘za tutishning shartligi va ro‘zaning farzligi hamda unga taalluqli narsalar haqida Alloh taolo: Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 223 «Ey mo‘minlar, taqvoli kishilar bo‘lishingiz uchun sizlardan ilgari o‘tganlarga farz qilingani kabi sizlarga ham sanoqli kunlarda ro‘za tutish farz qilindi. Endi sizlardan biror kishi xasta yoki musofir bo‘lsa, u holda (ro‘za tuta olmagan kunlarining) sanog‘ini boshqa kunlarda tutadi» (Baqara surasi, 183-oyat). deb aytgan. Ro‘za haqidagi ba’zi hadislar yuqoridagi bobda ham keltirildi. 1214/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) aytdilar: Alloh azza va jalla: «Har bir odam bolasining amali o‘zi uchundir. Lekin ro‘zasi Men uchundir. Uning mukofotini O’zim beraman», dedi. Ro‘za do‘zaxdan to‘siqdir. Agar sizlardan biringiz ro‘za tutsa fahsh hamda lag‘v so‘zlarni gapirmasin. Agar biror kishi so‘ksa yoki urushsa, «men ro‘zadorman», desin. Muhammadning joni Uning qo‘lida bo‘lgan zotga qasamki, ro‘zadorning og‘zidagi hidining o‘zgarib qolishi Allohning huzurida mushkning hididan ham xushbo‘yroqdir. Ro‘zadorga ikki xursandchilik bordir. Biri: og‘zini ochganida. Ikkkinchisi: ro‘zasi bilan xursand bo‘lib Rabbisiga yo‘liqqanida». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. Bu hadis lafzi imom Buxoriy rivoyatlaridandir. Va yana boshqa rivoyatlarda: «(Alloh aytadi): « Ro‘zador taomini, sharobini va shahvatini Men sababli tark qiladi. Ro‘zasini Men uchun tutadi. Men O’zim uni mukofotlayman. Har yaxshiligi uchun Men o‘n barobar qilib beraman», deyilgan. Imom Muslim rivoyatlarida quyidagicha keltiriladi: «Odam bolasining har bir amaliga o‘ndan boshlab yetti yuz barobargacha beriladi. Alloh taolo: «(Banda) ro‘zani Men uchun tutadi. Uni o‘zim mukofotlayman. Chunki u Men uchun ovqati va shahvatini tark qiladi», dedi. Ro‘zador uchun ikki xursandchilik bor. Biri: og‘zini ochganida. Ikkinchisi: Robbisiga yo‘liqqan paytda. Ro‘zadorning og‘zidagi hid Allohning huzurida mushkning hididan ham yaxshidir». 1215/2. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Kim Alloh yo‘lida ikki ulovini infoq qilsa jannat eshiklaridan chaqiriladi. Ey Allohning bandasi, bu yaxshidir. Kim namoz ahlidan bo‘lsa namoz eshigidan chaqiriladi. Kim jihod ahlidan bo‘lsa jihod eshigidan chaqiriladi. Kim ro‘za ahlidan bo‘lsa Rayyon (chanqoqbosdi) eshigidan chaqiriladi. Kim sadaqa ahlidan bo‘lsa sadaqa eshigidan chaqiriladi», deganlarida, Abu Bakr (r.a.): «Ota-onam fido bo‘lgur ey Allohning Rasuli! Bu eshiklarning biridan kirishda noqislik yo‘q-ku, lekin biror kishi bu eshiklarning barchasidan chaqiriladimi?» dedilar. Shunda Rasululloh (s.a.v.) « Ha, seni o‘shalardan bo‘lishingni umid qilaman», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 1216/3. Sahl ibn Sa’ddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Jannatda bir eshik bor. Uni Rayyon deyiladi. Qiyomat kuni undan faqat ro‘zadorlar kiradi. Ulardan boshqalar kirishmaydi. «Ro‘zadorlar qaerda?» deb chaqiriladi. Ular o‘rinlaridan turishadi. Bulardan boshqa biror kishi kirmaydi. Agar ro‘zadorlar kirishsa eshik yopiladi. Boshqa biror kishi kira olmaydi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 1217/4. Abu Said al-Xudriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Qaysi bir banda bir kun Alloh yo‘lida ro‘za tutsa, Alloh o‘sha ro‘zasi sababli u kishining yuzini yetmish yillik masofaga qadar do‘zaxdan uzoq qiladi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 1218/5. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kim Ramazon oyida uning farzligiga ishonib, savob umidida ro‘za tutsa, uning avvalgi gunohlari kechiriladi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 1219/6. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Agar Ramazon oyi kelsa, jannat eshiklari ochilib, do‘zax eshiklari yopiladi. Va shaytonlar kishanlanadi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 224 1220/10. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Ramazon oyining chiqqanini ko‘rib ro‘za tutinglar. Shavvol oyining chiqqanini ko‘rib, og‘iz ochinglar. Agar osmon bulutli bo‘lib oy ko‘rinmasa, sha’bon oyini o‘ttiz kun mukammal qilib tutinglar», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. Bu lafz Buxoriyniki. Imom Muslimning rivoyatlarida esa: «Osmon bulutli bo‘lib yangi oy ko‘rilmasa o‘ttiz kun mukammal ro‘za tutinglar», bo‘lib kelgan. 218-BOB Ramazon oyida xayr-saxovat hamda yaxshiliklarda bardavom bo‘lish, xususan bunday yaxshi ishlarni oxirgi o‘n kunlikda ko‘paytirishning fazilati haqida 1221/1. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) odamlarning ichida eng saxiysi edilar. Ramazon oyida Jabroil alayhissalomga yo‘liqqan paytlarida yanada saxiy bo‘lib ketardilar. Jabroil alayhissalom Ramazonning har kechasida bu zot bilan ko‘rishib, Qur’onni dars qilishar edi. Rasululloh (s.a.v.) Jabroil alayhissalomga yo‘liqqanlarida yaxshilik qilishda yuborilgan shamoldan ham saxiy bo‘lib ketardilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 1222/2. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) agar Ramazonning oxirgi o‘n kunligi kirsa kechani bedorlik ila o‘tkazar edilar. Va ahllarini ham uyg‘otib, bellarini ibodatga mahkam bog‘lar edilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 219-BOB O’n beshinchi sha’bondan keyin Ramazon kirmay turib ro‘za tutish man etilgani, faqat avvaldan tutib kelayotgan bo‘lsa yoki dushanba va payshanbadagi odatlariga to‘g‘ri kelib qolsa zarari yo‘qligi haqida 1223/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Sizlardan hech bir kishi sha’bon oyining oxirgi bir yoki ikki kunida ro‘za tutib Ramazon oyiga kirmasin. Lekin bir kishining odatiga to‘g‘ri kelib qolsa ro‘za tutishining zarari yo‘qdir», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 1224/2. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Ramazondan oldin ro‘za tutmanglar. Yangi oyni ko‘rib ro‘za tutinglar. Yangi oyni ko‘rib og‘iz ochinglar. Agar bulut yangi oyni ko‘rishga mone’lik qilsa o‘ttiz kun mukammal qilib ro‘za tutinglar», deb aytdilar. Imom Termiziy rivoyatlari. (Ya’ni, agar yangi oyni ko‘rish imkoni bo‘lmasa sha’bon oyini o‘ttiz kun mukammal qilib keyin ro‘za tutilsin. Hamda shavvol oyini ko‘rish imkoni bo‘lmasa o‘ttiz kun to‘la ro‘za tutib, keyin og‘iz ochilsin. - Tarj) 1225/3. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Agar sha’bon oyining yarmi qolgan bo‘lsa (nafl) ro‘za tutmanglar», dedilar. Imom Termiziy rivoyatlari. 1226/4. Abu Yaqzon Ammor ibn Yosirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu zot: «Kim shak kunida ro‘za tutsa, batahqiq Abulqosimga (s.a.v.) osiylik qilibdi», dedilar. Abu Dovud va Termiziy rivoyatlari. 220-BOB Yangi chiqqan oyni ko‘rganda aytiladigan zikrlar Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 225 1227/1. Talha ibn Ubaydullohdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) agar yangi chiqqan oyni ko‘rsalar: «Allohumma ahillahu ‘alayna bil amni val iymoni vassalomati val islomi robbiy va robbukallohu, hilolu rushdin va xoyrin», deb aytardilar. (Ma’nosi: Allohim bu oyni bizlarga emin, omon, imon, salomatlik va Islom oyi qilgin. (Ey hilol) Mening Rabbim ham, sening Rabbing ham Allohdir. Bu oy hidoyat va xayrli oy bo‘lsin). Imom Termiziy rivoyatlari. 221-BOB Saharlik qilishning hamda subh kirib qolishidan xavf qilmasa uni kechiktirishning fazilati haqida 1228/1. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Saharlik qilinglar. Chunki saharlik qilishda baraka bordir», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 1229/2. Zayd ibn Sobitdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu zot: «Biz Rasululloh (s.a.v.) bilan birga saharlik qildik. Keyin namozga turdik», deganlarida, yonlaridagilar tomonidan: «Uning orasidagi muddat qancha edi?» deb savol berildi. Shunda Zayd (r.a.): «Ellik oyat o‘qish miqdoricha fursat edi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 1230/3. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasulullohning (s.a.v.) ikki muazzinlari bor edi. Biri Bilol, ikkinchisi Ibn Ummu Maktum (r.a.). Ikkovlari haqida Rasululloh (s.a.v.) «Bilol (tong otmasidan oldin) kechasi azon aytadi. Sizlar u azon aytganida to Ibn Ummu Maktum aytgunicha bemalol yeb-ichaveringlar», dedilar. Ibn Umar (r.a.): «Bu ikki azon o‘rtasida birlari chiqib, ikkinchilari tushgunchalik fursat o‘tar edi», dedilar. Imom Muslim va Buxoriy rivoyatlari. 1231/4. Amr ibn Ossdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Biz bilan ahli kitoblar (yahudiy va nasroniylar) ning ro‘zasi orasidagi farq saharlik qilishdadir», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. Foyda: Islom ummatining boshqalardan ustun bo‘lgan xususiyatlaridan biri iftorlik qilishdir. 222-BOB Og‘iz ochishni kechiktirmasdan vaqtida bajarishning fazilati hamda og‘iz ochiladigan narsalar va og‘iz ochilgandan keyin aytiladigan zikrlar haqida 1231/1. Sahl ibn Sa’ddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Odamlar og‘iz ochishni kechiktirmasdan vaqtida bajarishar ekan, ular yaxshilikdadirlar», dedilar. Imom Muslim va Buxoriy rivoyatlari. 1233/2. Abu Atiyyadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Men va Masruq (r.a.) Oishaning (r.a.) huzurlariga kirdik. Masruq (r.a.) Oishaga (r.a.): «Rasulullohning (s.a.v.) ikkita (ulug‘) sahobalari bor. Ikkovlari ham yaxshilik qilishda bir-birlaridan kam emas. Birlari shomni va og‘iz ochishni tezlatadi. Ikkinchilari shomni va og‘iz ochishni kechiktiradi. (Ya’ni bularning qaysilari afzal?)» deganlarida, Oisha (r.a.): «Qaysi birlari shom va og‘iz ochishni tezlatsa», dedilar. Masruq &: «Abdulloh ibn Mas’ud tezlatadilar», dedilar. Shunda Oisha (r.a.): «Rasululloh (s.a.v.) ham Abdulloh ibn Mas’udning (r.a.) qilgani kabi bajarganlar. Ya’ni Abdulloh ibn Mas’ud (r.a.) Rasulullohning (s.a.v.) sunnatlariga amal qilar ekanlar», deb aytdilar. Imom Muslim rivoyatlari. 1234/3. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) aytdilar: Alloh azza va jalla: «Bandalarimning menga mahbubrog‘i og‘iz ochishni tezlatganlari», deb aytdi. Imom Termiziy rivoyatlari. Bu hadis hasan isnodlidir. Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 226 1235/4. Umar ibn Xattobdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Agar kech mashriq tomondan kelib, kunduzi mag‘rib tomondan ketsa va quyosh botsa, batahqiq, ro‘zador og‘iz ochadigan fursat bo‘libdi», dedilar. Imom Muslim va Buxoriy rivoyatlari. 1236/5. Abu Ibrohim Abu Abdulloh ibn Abu Avfodan (r.a.) rivoyat qilinadi. Biz Rasululloh (s.a.v.) bilan birga ketayotgan edik. U zot ro‘zador edilar. Quyosh botayotganda u zot qavmdagi bir kishiga: «Ey falonchi, tushgin, bizga talqonni suvga aralashtirib keltirgin», dedilar. U kishi: «Ey Allohning rasuli, biroz kech kirsin», degan edi, Rasululloh (s.a.v.) «Tushgin, bizga talqonni suvga aralashtirib keltirgin», dedilar. U kishi (ulovdan) tushib, ular uchun talqonni suvga aralashtirib keldi. Rasululloh (s.a.v.) undan ichib, keyin qo‘llari bilan mashriq tomonga ishora qilib: «Agar kech» «mana bu tomondan kelsa, batahqiq ro‘zador og‘zini ochadigan vaqt bo‘libdi», dedilar. Imom Muslim va Buxoriy rivoyatlari. 1237/6. Salmon ibn Omir az-Zabbiydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Agar sizlardan biringiz og‘iz ochadigan bo‘lsangiz, xurmolarda og‘iz oching. Agar topa olmasangiz, suvda oching. Chunki suv (ma’naviy va hissiy) nopokliklarni tozalovchidir», dedilar. 1238/7. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) namoz o‘qishdan oldin ho‘l xurmo bilan og‘iz ochardilar. Agar ho‘l xurmo topa olmasalar, qurug‘i bilan og‘iz ochardilar. Agar xurmolardan biror turini topa olmasalar, bir yoki bir necha qultum suv bilan og‘iz ochardilar. Abu Dovud va Termiziy rivoyatlari. Foyda: Ho‘lu quruq xurmolar bilan og‘iz ochishning bir necha hikmatlari bor. Ulardan biri Rasulullohning (s.a.v.) sunnatlariga ergashish bo‘lsa, yana biri oshqozondan ortiqcha narsalarni chiqarib yuboradi. Hamda xurmoda jism ehtiyoji bo‘lgan ko‘pdan-ko‘p moddalar bor. 223-BOB Ro‘zador kishini tili va a’zolarini urushish va so‘kishish hamda shunga o‘xshash narsalardan tiymog‘iga buyurish haqida 1239/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Agar sizlardan biringiz ro‘za tutsa, fahsh hamda lag‘v so‘zlarni so‘zlamasin. Agar biror kishi so‘ksa yoki urushsa: «Men ro‘zadorman», desin» deb aytdilar. Imom Muslim va Buxoriy rivoyatlari. 1240/2. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kim ro‘za tutib, yolg‘on so‘z va amalni tashlamasa, uning ovqat va ichimlikdan tiyilib yurishining Allohga keragi yo‘qdir», dedilar. Imom Buxoriy rivoyatlari. 224-BOB Ro‘zaga tegishli masalalar haqida 1241/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Agar sizlardan biringiz unutib biror narsani yeb yoki ichib qo‘ysa, ro‘zasini davom ettiraversin. Chunki Alloh u kishini ovqatlantirib, ichimlik ila siylabdi», dedilar. Imom Muslim va Buxoriy rivoyatlari. 1242/2. Laqit ibn Sabradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Men: «Ey Allohning Rasuli, tahorat haqida xabar bering», desam, u zot: «Tahoratingni mukammal qil va barmoqlaring orasini hilol qil, ya’ni bir-biriga kirishtirib, suv yetkaz. Burunga suv olganda mubolag‘a qilib, ado et. Lekin ro‘zador bo‘lsang, bunday qilmagin», deb aytdilar. Abu Dovud va Termiziy rivoyatlari. 1243/3. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) junub bo‘lib qolib, g‘usl Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 227 qilishlaridan oldin subh sodiq kirib qolardi. Keyin g‘usl qilib ro‘zalarini tutaverardilar. Imom Muslim va Buxoriy rivoyatlari. 1244/4. Oisha (r.a.) va Ummu Salamalardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) junublik hollarida tong otib qolar edi. Bu junublik ehtilom bo‘lganlaridan emas, balki ayollari bilan shar’iy qovushganlaridan sodir bo‘lar edi. Keyin u zot ro‘zalarini davom ettiraverardilar. Imom Muslim va Buxoriy rivoyatlari. Foyda: Jumhur salaflar va keyingi ulamolar ijmo’si subhdan oldingi janobat xoh ehtilom sababli, xoh ayoli bilan qovushish orqali bo‘lsin, zarari yo‘q deyishgan. Bunga Allohning so‘zidagi: «Sizlarga ro‘za kechasida xotinlaringizga qo‘shilish halol qilindi», degani oyat dalildir. Ammo subhdan keyin ayoli bilan qovushish orqali junub bo‘lish man etilgandir. 225-BOB Muharram, sha’bon va hurmatli oylarda ro‘za tutishning fazilati haqida 1245/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Ramazondan keyin ro‘zalarning afzali muharram oyidagi (nafl) ro‘zadir. Farz namozidan keyingi namozlarning afzali kechasidagi (tahajjud) namozidir», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. 1246/2. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu onamiz: «Rasululloh (s.a.v.) sha’bon oyida tutganchalik ko‘p ro‘za tutmasdilar. Sha’bon oyining deyarli hammasida ro‘za tutardilar», deb aytdilar. Boshqa rivoyatda: «Sha’bon oyida ro‘za tutib, faqat ba’zi kunlari og‘izlari ochiq bo‘lar edi», deyilgan. Imom Muslim va Buxoriy rivoyatlari. 1247/3. Mujiyba al-Bohiliy otalari yoki amakilaridan qilgan rivoyatlarida bu zot Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga kelib, biroz turib, qaytib ketdilar. Bir yil o‘tgandan keyin yana keldilar. Avvalgi holatlari va ko‘rinishlari o‘zgarib ketgan edi. Bu kishi: «Ey Allohning Rasuli! Meni tanimayapsizmi?» degandi, Rasululloh (s.a.v.) «Sen kimsan?» dedilar. U kishi: «Avvalgi yil huzuringizga kelgan Bohiliyman», dedi. Rasululloh (s.a.v.) «Sen yaxshi ko‘rinishda eding-ku? Seni nima o‘zgartirib yubordi?» dedilar. U kishi: «O’sha sizdan ajrab ketganimdan keyin faqat kechqurun ovqatlandim. Ya’ni kunduzi ro‘zador bo‘ldim», dedi. Rasululloh (s.a.v.) «Nafsingga azob beribsan-ku!», deb, yana: «Sabr oyi, ya’ni Ramazon oyida to‘la ro‘za tutgin. Va har oyda bir kun ro‘za tut», dedilar. U kishi: «Menga ziyoda qiling. Chunki mening ro‘za tutishga quvvatim yetarli», dedi. Rasululloh (s.a.v.) «Ikki kun ro‘za tut», dedilar. U kishi: «Menga yana ziyoda qiling», dedi. Rasululloh (s.a.v.) «Uch kun ro‘za tutgin», dedilar. U kishi: «Yana ziyoda qiling», dedi. Rasululloh (s.a.v.) «Hurmatli oylarda (ya’ni rajab, zulqa’da, zulhijja, muharram) uch kundan ro‘za tut va tark qil», deb uchta barmoqlarini bukib-ochdilar. Abu Dovud rivoyatlari. 226-BOB Zulhijja oyining avvalgi o‘n kunida ro‘za tutish va boshqa ibodatlarni bajarishning fazilati haqida 1248/1. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Zulhijja oyining avvalgi o‘n kunida bajarilganchalik biror solih amal Allohga mahbub emas», deganlarida, sahobalar: «Ey Allohning Rasuli, Alloh yo‘lidagi jihod ham u kundagi amalchalik mahbub emasmi?» deyishdi. Shunda Rasululloh (s.a.v.) «Ha, Alloh yo‘lidagi jihod ham. Faqat joni va molini tikib Alloh yo‘lida chiqqanu qaytib kelmagan kishining amali eng mahbub Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 228 amaldir», dedilar. Imom Buxoriy rivoyatlari. Foyda: Zulhijja oyining avvalgi o‘n kunida ibodat va xayrli ishlar qilish Alloh taologa eng mahbub amaldir. 227-BOB Arafa kuni, ya’ni zulhijjaning to‘qqizinchi hamda muharram oyining to‘qqizinchi va o‘ninchi kuni ro‘za tutishning fazilati to‘g‘risida 1249/1. Abu Qatodadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasulullohdan (s.a.v.) arafa kuni, ya’ni zulhijja oyining to‘qqizinchi kunida tutilgan ro‘za haqida so‘rashdi. U zot: «O’tib ketgan va kelayotgan yildagi gunohlarga kafforatdir», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. Download 5.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling