Abu zakariyo yahyo ibn sharaf navaviy riyozus-solihiyn
Download 5.07 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 170-BOB Safarga chiqishni niyat qilib, ulovga minganda aytiladigan zikrlar
- 178-BOB Safardan qaytgan kishi avval o‘z mahallasidagi masjidda ikki rakaat namoz o‘qishining mahbubligi to‘g‘risida
169-BOB Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 190 Do‘stlarga yordam berish haqida Yuqorida kelgan «Bir banda birodarining yordamida bo‘lsa, Alloh ham o‘sha banda yordamidadir» hadisi va yana «Har bir yaxshilik sadaqadir» hadislari ham bu bobimizga taalluqlidir. 968/1. Abu Said al-Xudriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Biz safarda edik. Bir kishi o‘z uloviga minib kelib, nazarini o‘ng va chap tomoniga tashlay boshladi. Bas, Rasululloh (s.a.v.) «Kimning ortiqcha minadigan narsasi bo‘lsa, ulovi yo‘qlarga bersin. Kimning ortiqcha safar taomi bo‘lsa, yo‘qlarga bersin», deb va yana har turli mol-dunyolarni zikr qildilar. Hattoki, biz kimda ortiqcha narsa bo‘lsa, o‘ziniki bo‘lmay, balki muhtojlarning haqqi ekan-da, deb o‘ylab qoldik. Imom Muslim rivoyatlari. 969/2. Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) g‘azot qilmoqchi bo‘lib: «Ey muhojir va ansoriylar jamoasi, oralaringizdagi ba’zi toifadagi birodarlaringizning na mol- dunyolari va na qarindosh-urug‘lari bor. Shundoq ekan, sizlar o‘zlaringizga ikki yoki uch kishini qo‘shib oling», dedilar. Bizlardan birortamizda ortiqcha minadigan narsa yo‘q edi. Faqat navbat bilan minar edik. Men ham ulardan ikkita yoki uchtasini qo‘shib oldim. Mening tuyamni navbat bilan minishar edi. Abu Dovud rivoyatlari. 970/3. Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) safarda yursalar, orqada qolib ketardilar. Zaiflarni oldinda yurgizib va ba’zilarini mingashtirib ham olardilar. Hamda ularning haqqiga duoda bo‘lardilar. Abu Dovud rivoyatlari. 170-BOB Safarga chiqishni niyat qilib, ulovga minganda aytiladigan zikrlar Alloh taolo: «O’sha zot sizlar uchun kemalar va chorva hayvonlaridan - sizlar minadigan narsalar (paydo) qildi. Toki sizlar ularning ustiga o‘rnashgaysizlar, so‘ngra unga o‘rnashib olgach, Parvardigoringizning ne’matini eslab: «Bizlarga bu (kema yoki ot-ulovni) bo‘ysundirib qo‘ygan zot (ya’ni Alloh barcha aybu nuqsondan) pokdir. Bizlar o‘zimiz bunga qodir emas edik. Shak-shubhasiz bizlar (barchamiz) Parvardigorimizga qaytguvchidirmiz», degaysizlar» (Zuxruf surasi, 12-14- oyatlar), deb aytgan. 971/1. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) safarga chiqadigan bo‘lib, ulovlariga o‘rnashib olganlaridan keyin uch marta takbir aytar, so‘ngra «Subhanallaziy saxxara lana haza va ma kunna lahu muqriniyn va inna ila robbina lamunqolibun. Allohumma inna nas’aluka fiy safarina haza al-birro vattaqva va minal ‘amali ma tarzo, Allohumma havvin ‘alayna safarana haza vatvi ‘anna bu’dahu, Allohumma antas sohibu fissafari valxaliyfatu fil ahli. Allohumma inniy a’uzu bika min va’sois safari va kaobatil manzari va su‘ il munqolabi fil mali val ahli val valadi», deb aytardilar. (Ma’nosi: «Bizlarga bu (kema yoki ot-ulov)ni bo‘ysundirib qo‘ygan Zot (ya’ni, Alloh barcha aybu nuqsondan) pokdir. Biz o‘zimiz bunga qodir emas edik. Shak- shubhasiz, bizlar (barchamiz) Rabbimizga qaytguvchidirmiz. Allohim, Sendan bu safarimizda yaxshilik va taqvoni hamda Sen rozi bo‘ladigan amalni so‘raymiz. Allohim, bu safarimizni bizga yengil qilib, uzoqligini yaqin qilgin. Allohim, safardagi yo‘ldosh ham, xonadonda qoluvchi o‘rinbosar ham O’zingdirsan. Allohim, men Sendan safar mashaqqatlaridan, mahzunlik manzarasi va molu-mulk, oilaga va farzandlarga yetadigan ziyon-zahmatdan panoh berishingni so‘rayman».) Agar safardan qaytsalar, yuqoridagi duoni aytib, quyidagilarni qo‘shimcha qilardilar: «Oyibuna, toibuna, obiduna, lirobbina hamiduna». (Ma’nosi: «(Biz) qaytuvchi, tavba Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 191 qiluvchi, ibodat qiluvchi va Rabbimizga hamd aytuvchilarmiz».) Imom Muslim rivoyatlari. 972/2. Abdulloh ibn Sarjisdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) agar safar qilsalar, «Allohumma inniy a’uzu bika min va’sois safari va kaobatil munqolabi val havri ba’dal kavni va da’vatil mazlumi va su‘il manzari fil ahli val mali», deb aytardilar. (Ma’nosi: «Allohim, men Sendan safar mashaqqati, xafalik yetishi, istiqomat yoki ziyodalikdan noqislikka qaytish, mazlum duosi va molu-mulk, oiladagi yomon manzaradan panoh tilayman».) Imom Muslim, Termiziy va Nasaiy rivoyatlari. 973/3. Ali ibn Rabiy’adan rivoyat qilinadi. Ali ibn Abu Tolib (r.a.) otlarini mingani kelib, oyoqlarini ulovga qo‘yganlarida «Bismillah», dedilar. Qachonki, uning ustiga o‘rnashganlarida «Alhamdu lillahillaziy saxxara lana haza va ma kunna lahu muqriniyn va inna ila robbina lamunqolibun», deb aytdilar. (Ma’nosi: «Bizga bularni bo‘ysundirib qo‘ygan Zotga hamd bo‘lsin. Bizlar o‘zimiz bunga qodir emas edik. Barchamiz Parvardigorimizga qaytuvchidirmiz».) So‘ngra uch marta «Alhamdulillah» va uch marta «Allohu akbar», so‘ngra «Subhanaka inniy zolamtu nafsiy fag‘firliy innahu la yag‘firuz zunuba illa anta», deb kulib qo‘ydilar. «Ey mo‘minlarning amiri, qaysi narsadan kulyapsiz?» deyilganida, u zot aytdilar: «Rasululloh (s.a.v.) ham xuddi shu amalni qilib kulganlarida, «Ey Rasululloh, nima narsadan kuldingiz?», deganimda, u zot: «Albatta Rabbing biror banda gunohimni kechir, deb aytsa, U: «Mendan boshqasi kechira olmasligini biladi», deb ajablanadi», dedilar». Abu Dovud va Termiziy rivoyatlari. 171-BOB Musofir tepalikka (dovonga) ko‘tarilganda takbir, past (vodiy)ga tushganda tasbih aytishi hamda takbir aytayotganda mubolag‘a tarzida ovozini balandlatishdan qaytarish haqida 974/1. Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi: Bu zot: «Agar tepalikka ko‘tarilsak, takbir aytardik. Agar pastlikka tushsak, tasbeh aytardik», deb aytdilar. Imom Buxoriy rivoyatlari. 975/2. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululoh (s.a.v.) va askarlari agar tepalikka ko‘tarilishsa, takbir aytishar edi. Agar pastlikka tushishsa, tasbeh aytishar edi. Abu Dovud rivoyatlari. 976/3. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) agar haj yoki umradan (roviy: «g‘azot deb aytganlarini bilaman xolos», dedilar) qaytadigan bo‘lib, tepalik yoki sahro yeriga ko‘tariladigan bo‘lsalar, uch marta takbir aytib, so‘ngra «La ilaha illallohu vahdahu la sharika lahu, lahul mulku va lahul hamdu va huva ‘ala kulli shay’in qodiyr. Oyibuna obiduna sajiduna lirobbina hamiduna, sodaqollohu va’dahu va nasoro abdahu va hazamal ahzoba vahdahu», deb aytardilar. (Ma’nosi: «Yakka Allohdan boshqa iloh yo‘q. Uning sherigi ham yo‘q. Mulk U uchundir. Hamd ham U uchundir. U har bir narsaga qodirdir. (Bizlar) qaytguvchi, tavba qilguvchi, ibodat qilguvchi va Rabbimizga hamd aytguvchilarmiz. Allohning va’dasi haqdir. Quliga nusrat berib, ahzoblarni (guruhlarni) yakka O’zi yengadi.) Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 977/4. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat etiladi. Bir kishi: «Ey Allohning Rasuli, men safar qilishni xohlayman, menga vasiyat qiling», deganida, Rasululloh (s.a.v.) «Senga, Allohdan taqvo etishingni va har bir balandlikka ko‘tarilishda takbir aytishingni vasiyat qilaman», dedilar. Haligi kishi orqasiga qaytib ketganida Rasululloh (s.a.v.) «Allohumma itvi lahul bu’da va havvin ‘alayhis safara», deb aytdilar. (Ma’nosi: «Allohim, uzog‘ini yaqinlashtirgin va safarni unga yengil qilgin».) Imom Termiziy rivoyatlari. 978/5. Abu Muso al-Ash’ariy (r.a.) rivoyat qilib aytdilar: «Rasululloh (s.a.v.) bilan birga safarda bo‘lganimizda, agar biror vodiyga ko‘tarilsak, tahlil va takbir aytardik. Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 192 Shunda ovozimizni baland qilib ko‘tarar edik. Buni eshitgan Rasululloh (s.a.v.) «Ey insonlar, nafslaringizni muloyim tutinglar. Chunki sizlar kar yoki bu yerda yo‘q bo‘lgan Zotga duo qilmayapsizlar. Zero U zot sizlar bilan birgadir. Albatta U eshitguvchi va yaqinda turuvchi Zotdir», dedilar». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 172-BOB Safarda duo qilishning mahbubligi to‘g‘risida 979/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Shak-shubhasiz, uch xil duo ijobat qilingandir: mazlumning duosi, musofirning duosi, otaning farzandiga qilgan duosi», deb aytdilar. Abu Dovud va Termiziy rivoyatlari. Termiziy bu hadisni hasan, deb aytdilar. Abu Dovuddan qilingan rivoyatda «farzandiga» degan lafz yo‘q. 173-BOB Kishilardan yoki boshqa narsalardan xavfga tushganda aytiladigan zikr 980/1. Abu Muso al-Ash’ariydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) agar biror qavmdan qo‘rqsalar, «Allohumma inna naj’aluka fiy nuhurihim va na’uzu bika min shururihim», deb aytardilar. (Ma’nosi: «Allohim, biz Seni ularga ro‘baro‘ qo‘yamiz va Sening noming ila yomonligidan panoh tilaymiz».) Abu Dovud va Nasaiy rivoyatlari. 174-BOB Biror manzilga tushganda aytiladigan zikrlar 981/1. Havla binti Hakimdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kim bir manzilga tushib «A’uzu bikalimatillahit tammati min sharri ma xolaq», deb aytsa, toinki boshqa manzilga ko‘chgunicha biror narsa zarar yetkaza olmaydi», deb aytdilar. (Ma’nosi: «Allohimning hamma kalimalari bilan U yaratgan narsalarning yomonligidan panoh tilayman».) Imom Muslim rivoyatlari. 982/2. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) agar safar qilsalar, ana shu kuni kechasi «Ya arzu robbiy va robbukillohu, a’uzu billahi min sharriki va sharri ma fiyki, va sharri ma xuliqo fiyki, va sharri ma yadibbu ‘alayki, A’uzu bika min sharri asadin va asvada va minal hayyati val ‘aqrabi va min sakinil baladi va min volidin vama valada», deb aytardilar. (Ma’nosi: «Ey yer, mening va sening Rabbing Allohdir. Allohning nomi bilan sening yomonligingdan, sendagi yomonlikdan, senda xalq qilingan yomonlikdan, senda sudralib yuradiganlarning yomonligidan panoh tilayman. Va yana sherdan, shaxslardan, ilondan, chayondan, yerda yashovchi jinlardan, iblis hamda shaytondan panoh tilayman».) Abu Dovud rivoyatlari. 175-BOB Musofir rejasidagi ishlarni bajarib bo‘lganidan keyin o‘z ahli huzuriga tez qaytishining mahbubligi haqida 983/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Safar azobdan bir bo‘lakdir. Chunki kishi ovqat, ichimlik va uyqusidan qoladi. Shundoq ekan, sizlardan biringizning safardagi rejalashtirgan ishi bitsa, bola-chaqasi huzuriga qaytishga shoshilsin», deb aytdilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 193 176-BOB Musofir safardan qaytganida o‘z ahli huzuriga kunduzi kirishining mahbubligi va uzrsiz kechasi kirishining karohiyati haqida 984/1. Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Agar sizlardan birortangiz safarda uzoq muddat qolib ketsa, o‘z ahli huzuriga kechqurun kirmasin», dedilar. Boshqa rivoyatda Rasululloh (s.a.v.) kechasi ahli huzuriga kirishdan qaytardilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 985/2. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) kechasi o‘z ahllari huzuriga kirmas edilar. Balki kunduzining avvalida yoki oxirida kirar edilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 177-BOB Safardan qaytib, o‘z shahrini ko‘rganda aytiladigan zikrlar 986/1. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Biz Rasulullohga (s.a.v.) yo‘liqib, hattoki, Madina kiraverishiga yetib kelganimizda: «Oyibuna, taibuna, ‘abiduna, lirabbina hamiduna», deb aytishda bardavom bo‘ldilar, shu holda Madinaga kirib keldik» (Ma’nosi: biz qaytguvchi, tavba qilguvchi, ibodat qilguvchi va Rabbimizga hamd aytguvchidirmiz). Imom Muslim rivoyatlari. 178-BOB Safardan qaytgan kishi avval o‘z mahallasidagi masjidda ikki rakaat namoz o‘qishining mahbubligi to‘g‘risida 987/1. Ka’b ibn Molikdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) agar safardan qaytsalar, avval masjidda ikki rakat namoz o‘qirdilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 179-BOB Ayol kishining yolg‘iz safarga chiqishi haromligi haqida 988/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Allohga va oxirat kuniga imon keltirgan ayolga bir kecha va kunduzlik masofaga mahramsiz safar qilish halol emas», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 989/2. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kishi mahrami bo‘lmagan ayol bilan xoli qolmasin. Mahrami bo‘lmagan ayol safarga chiqmasin», deganlarida, bir kishi: «Ey Allohning Rasuli, mening xotinim hajga ketdi. Men esa falon va falon g‘azotda ishtirok etish uchun nomimni yozdirib qo‘ydim», dedi. Shunda Rasululloh (s.a.v.) «Borgin, xotining bilan birga haj qil (chunki mahram bo‘lib bormasang, uning safari shar’iy bo‘lmaydi)», deb aytdilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 194 FAZILATLAR KITOBI 180-BOB Qur’on o‘qishning fazilati 990/1. Abu Umomadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Qur’on o‘qinglar. Chunki u (Qur’on) Qiyomat kunida o‘qiguvchilariga shafe’ bo‘ladi», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. 991/2. Navvos ibn Sam’ondan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Qiyomat kuni Qur’on va unga dunyoda amal qiluvchilar olib kelinsa, Baqara va Oli Imron suralari ilgarilab, o‘quvchilariga hujjatlashishadi, ya’ni shafe’ bo‘lishadi», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. 992/3. Usmon ibn Affondan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Sizlarning yaxshilaringiz Qur’ondan ta’lim olib, boshqalarga ham o‘rgatgan kishidir», dedilar. Imom Buxoriy rivoyatlari. 993/4. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Qur’onni mohirlik ila, ya’ni lafzlarini o‘z o‘rnidan chiqarib tilovat qiluvchi kishi ulug‘, itoatkor mirzalar, ya’ni farishtalar bilan birga bo‘ladi. Endi kim Qur’onni tutilib-tutilib mashaqqat ila o‘qisa, ikki ajr bo‘ladi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 994/5. Abu Muso al- Ash’ariydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Qur’on o‘quvchi mo‘min shirin limonga o‘xshaydi. Hidi ham, ta’mi ham yaxshi. Qur’on o‘qimaydigan mo‘min xurmoga o‘xshaydi. Hidi yo‘g‘u ta’mi shirin. Qur’on o‘qiydigan munofiq rayhonga o‘xshaydi. Hidi yaxshi, lekin ta’mi achchiq. Qur’on o‘qimaydigan munofiq zaqqum (g‘oyat achchiq meva) ga o‘xshaydi. Hidi ham yo‘q, ta’mi ham achchiq», deb aytdilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 995/6. Umar ibn Xattobdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Albatta, Alloh bu kitob, ya’ni Qur’on bilan ba’zi qavmlarni yuksak darajaga va ba’zi qavmlarni past darajaga tushiradi», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. (Ya’ni salaflarimizga o‘xshab, Qur’on o‘qib, unga amal qilinsa, yuksak maqomlarga ko‘tariladi. Lekin aksi bo‘lsa, bizlarning ahvolimizga o‘xshab qoladi). 996/7. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Faqat ikki toifa kishilarga hasad qilish joiz. 1. Alloh bir kishiga Qur’on hifzi va ilmi ne’matini bergan bo‘lsa, u kishi kechasiyu kunduzi uni o‘qisa va amal qilsa; 2. Va bir kishiga Alloh mol- dunyo bergan bo‘lsa, o‘sha kishi mol-dunyosidan kechasiyu kunduzi infoq qilsa», deb aytdilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 997/8. Baro ibn Ozibdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir kishi Kahf surasini o‘qir edi. Huzurida arqonga bog‘langan oti turar edi. Bir bulut paydo bo‘lib, u otiga yaqinlashgan edi, oti hurkib ketdi. Tong otganda bu kishi Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga kelib, bo‘lib o‘tgan voqea haqida xabar berganida, Rasululloh (s.a.v.) «Bu xotirjamlik bo‘lib, qachon Qur’oni karim (ahamiyat ila) o‘qilsa, ana shu xotirjamlik tushadi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 998/9. Ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kim Allohning kitobidan bir harf o‘qisa, (nomai a’moliga) bitta yaxshilik yoziladi. Har bir yaxshiligingiz o‘n barobar mislicha qilib beriladi. Men «Alif, lom mim»ni bir harf demayman. Balki «alif» bir harf, «lom» bir harf va «mim» bir harfdir», dedilar. Imom Termiziy rivoyatlari. 999/10. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Qur’ondan hech bir narsa yodlamagan kishi xaroba uyga o‘xshaydi», dedilar. Imom Termiziy rivoyatlari. 1000/11. Abdulloh ibn Amr ibn Ossdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 195 «Qiyomat kuni ahli Qur’on jannatga doxil bo‘lgan fursatda unga: sen dunyoda Qur’onni qandoq tartil (qiroat) ila o‘qigan bo‘lsang, bu yerda ham o‘shandoq dona-dona qilib, qiroat bilan o‘qib, yuqoriga ko‘tarilgin. Qaysi zina ustida yod bilgan oyatlaring tamom bo‘lsa, «Senga atalgan maqom o‘shadir», deyiladi», deb aytdilar. Abu Dovud va Termiziy rivoyatlari. 181-BOB Qur’onni yod olgandan keyin uni takrorlab, esda saqlashga buyurish hamda uni unutishdan ehtiyot bo‘lish to‘g‘risida 1001/1. Abu Musodan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Qur’onni yod olgandan keyin tez-tez o‘qib, takrorlab turinglar. Muhammadning joni uning qo‘lida bo‘lgan zot (Alloh)ga qasamki, Qur’on (agar o‘qib turilmasa), egasining xotirasidan arqoni yechilgan tuyadan ham tezroq qochadi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 1002/2. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Qur’on sohibi (ya’ni, uni yod olgan kishi) bog‘lab qo‘yilgan tuyaga o‘xshaydi. Agar uni mahkam tutsang, o‘rnida turadi. Agar bo‘sh qo‘ysang, ketib qoladi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 182-BOB Qur’on o‘qiganda ovozini chiroyli qiluvchining va ovozi chiroyli kishidan Qur’on tilovat qilib berishni talab etishning hamda u o‘qiyotganda quloq solib turishning mahbubligi haqida 1003/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Alloh taolo hech bir ovozni, nabiy Qur’onni jarangdor ovozda ohang bilan o‘qiganlarini eshitganchalik eshitmagan», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 1004/2. Abu Muso al-Ash’ariydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) bu kishiga «Dovud alayhissalomga berilgan yaxshi ovozdan senga ham bir oz berilgandir», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. Imom Muslimning rivoyatlarida: «Rasululloh (s.a.v.) bu zotga: «Men kecha sening qiroatingni eshitganimni ko‘rganingda edi», deb aytdilar». 1005/3. Baro ibn Ozibdan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Rasululloh (s.a.v.) xufton namozida «vat-tiyni vaz-zaytuni» surasini o‘qidilar. Men u zotnikidan ko‘ra chiroyli ovozni eshitmaganman», deb aytdilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 1006/4. Abu Luboba Bashir ibn Abdulmunzirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kimki Qur’on o‘qiganda ovozini chiroyli qilmasa, bizdan (ya’ni bizning yo‘limizdan yuruvchi) emas», dedilar. Abu Dovud rivoyatlari. 1007/4. Ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Rasululloh (s.a.v.) «Menga Qur’on o‘qib ber», dedilar. Men: «Ey Allohning rasuli, sizga Qur’on o‘qib beramanmi? Vaholanki, Qur’on o‘zingizga nozil qilingan bo‘lsa», desam, u zot: «Men Qur’onni o‘zimdan boshqa kishidan eshitmoqni yaxshi ko‘raman», dedilar. Shunda men «Niso» surasini o‘qib «(Ey Muhammad), Biz har bir ummatdan (o‘sha ummatning payg‘ambarini) guvoh keltirganimizda va sizni ana ularga qarshi guvoh qilganimizda, ularning holi ne kechur?» oyatiga yetsam, u zot: «Hozircha kifoya qiladi», dedilar. Keyin u zotga nazar solsam, ikki ko‘zlaridan yosh oqmoqda ekan». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 196 183-BOB Maxsus suralar va oyatlar tilovatiga targ‘ib 1008/1. Abu Said Rofe’ ibn Mu’allodan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) menga: «Ey Abu Said, masjiddan chiqishingdan oldin senga Qur’ondagi eng ulug‘ surani o‘rgataymi?» deb qo‘limdan ushlab (yura boshladilar). Masjiddan chiqmoqchi bo‘lganimizda men: «Ey Allohning Rasuli, siz menga Qur’ondagi eng ulug‘ surani o‘rgataman, dedingiz», desam, Rasululloh (s.a.v.) «U yetti oyatdan iborat «alhamdulillahi robbil olamiyn» bo‘lib, menga berilgan ulug‘ Qur’on (sura) shudir», dedilar. Imom Buxoriy rivoyatlari. 1009/2. Abu Said al-Xudriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «qul huvallohu ahad» surasini qiroat qilish haqida quyidagicha so‘z aytdilar: «Mening jonim Uning qo‘lida bo‘lgan zotga qasamki, albatta, bu sura Qur’onning uchdan biriga to‘g‘ri keladi». Boshqa rivoyatda Rasululloh (s.a.v.) sahobalarga: «Sizlardan biringiz bir kechada Qur’onning uchdan birini o‘qishga ojizmi?» deganlarida, bu so‘z sahobalarga og‘ir botdi. Va: «Ey Allohning Rasuli, qaysimiz bir kechada Qur’onning uchdan bir qismini o‘qiy oladi?» deyishganida, Rasululloh (s.a.v.) «Qul huvallohu ahad Allohussomad» surasi Qur’onning uchdan bir qismiga to‘g‘ri keladi», dedilar. Imom Buxoriy rivoyatlari. 1010/3. Abu Said al-Xudriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir kishi boshqa bir kishining «Qul huvallohu ahad» surasini o‘qiyotganini eshitdi. Tong otganida Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga borib, go‘yo u kishi qilgan amalini kichik sanagandek qilib zikr etdi. Shunda Rasululloh (s.a.v.) «Mening jonim Uning qo‘lida bo‘lgan zotga qasamki, albatta, bu sura (o‘zi kichik bo‘lishiga qaramasdan) Qur’onning uchdan biriga teng keladi», dedilar. Imom Buxoriy rivoyatlari. 1011/4. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Qul huvallohu ahad» surasi haqida: «Albatta, bu sura Qur’onning uchdan bir qismiga teng keladi», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. 1012/5. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir kishi: «Ey Allohning Rasuli, men «Qul huvallohu ahad» surasini yaxshi ko‘raman», deganida, Rasululloh (s.a.v.) «Albatta, buni yaxshi ko‘rishing seni jannatga kirgizadi», dedilar. Imom Termiziy rivoyatlari. Imom Buxoriy ham «Sahih»larida ta’liq holda rivoyat qilganlar. 1013/6. Uqba ibn Omirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Bu kecha menga nozil qilingan oyatlarga qaramaysizlarmi? Bu kabi sura hali ko‘rilmagan. O’sha sura «Qul a’uzu birobbil falaq» bilan «Qul a’uzu birobbin nas»dir», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. 1014/7. Abu Said al-Xudriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) ikkita «qul a’uzu» nozil bo‘lishidan oldin jinlardan va insonlarning ko‘zi tegishidan panoh tilab yurardilar. «Qul a’uzu» surasi nozil bo‘lganidan so‘ng u ikkisi bilan panoh tilab, boshqa panoh tilanadigan narsalarni tark qildilar. Imom Termiziy rivoyatlari. 1015/8. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Qur’onda o‘ttiz oyatli bir sura bor. U (o‘qib yurgan) kishini shafoat qiladi. Hattoki gunohlari mag‘firat qilinadi. O’sha sura «Taborakallaziy biyadihil mulk»dir», dedilar. Abu Dovud va Termiziy rivoyatlari. 1016/9. Abu Mas’ud al-Badriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kim kech kirganda Baqara surasining oxiridagi ikki oyatni o‘qisa, unga kifoya qiladi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. (Ya’ni o‘sha kechasi buladigan turli ofatlar yetishidan kifoya qiladi. Yoki o‘sha kechasi qoim bo‘lishiga kifoya qiladi). |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling