Abu zakariyo yahyo ibn sharaf navaviy riyozus-solihiyn


Download 5.07 Kb.
Pdf ko'rish
bet27/53
Sana30.08.2017
Hajmi5.07 Kb.
#14625
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   53

Foyda:  Rasululloh (s.a.v.) u kishiga ishtonini osiltirib ottirgan gunohiga kafforat 
bo‘lishi uchun tahoratini yangilab kelishni buyurdilar. Chunki hadislarda kelishicha, 
tahorat gunohlarga kafforatdir. 
796/9. Qays ibn Bishr Tag‘libiydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Otam menga gapirib 
berdilar. Damashq shahrida Rasululloh (s.a.v.) sahoblaridan Ibn Hanzaliyya (r.a.) ismli 
shaxs bor edi. U zot hech kimga aralashmasdan yolg‘iz o‘zlari yurardilar. Mashg‘ulotlari 
namoz edi. Qachon undan forig‘ bo‘lsalar, oila a’zolari huzuriga qaytguncha, tasbeh va 
takbir ila mashg‘ul edilar. Bir kuni biz Abu Dardo .&> huzurida ekanimizda shu sahoba 
oldimizdan o‘tib qoldilar. Abu Dardo (r.a.) u kishiga: «Bir so‘z aytingki, bizga foyda 
bo‘lsin, o‘zingizga zarar bo‘lmasin», dedilar. O’sha Ibn Hanzaliyya (r.a.) ismli sahoba: 
«Rasululloh (s.a.v.) otliq askarlarni (jihodga) yubordilar. Askarlar qaytib kelishgach, ular 
orasidan bir kishi Rasululloh (s.a.v.) o‘tiradigan joylariga o‘tirib, yonidagi bir kishiga: 
«Bizni dushmanga yo‘liqqan paytimizda ko‘rsangiz edi, bir kishi dushmanga hamla qilib, 
nayza sanchdi-da: «Bu nayzani mendan olgin, men o‘iforiy yigitlaridanman (ya’ni o‘iforiy 
qabilasidagi yigitlar nayza sanchsa, o‘ldirmay qo‘ymaydi)», dedi. «Sen bu yigitning 
aytgan gapiga qanday qaraysan?» degan edi, haligi yonidagi kishi: «U savobini zoe 
qilibdi», dedi. Boshqa bir kishi eshitib turgan edi. «Bunday deb aytishning zarari yo‘q-
ku!» dedi. Bas ikkovlari tortishib qolishdi. Rasululloh (s.a.v.) ham bularning 
tortishganlarini eshitib qolib: «Subhanalloh, yigitning bunday deyishining zarari yo‘q. Bu 
hamlasiga savob olishi ham va kishilarni maqtoviga sazovor bo‘lishi ham mumkin», 
dedilar. Abu Dardoning (r.a.) bundan xursand bo‘lganlarini ko‘rdim. Ibn Hanzaliyya 
(r.a.) tomonga boshlarini ko‘tarib qaradilar-da: «Siz buni Rasulullohning (s.a.v.) 
o‘zlaridan eshitdingizmi?» degandilar, Ibn Hanzaliyya (r.a.): «Ha», dedilar. Men ularning 

Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
163
ehtiromlarini ko‘rib: «(Go‘yoki shogird ustozi huzurida ikki tizzasi bilan o‘tirgandek) ikki 
tizzalari bilan o‘tirardilar», der edim. Kunlarning birida yana Ibn Hanzaliyya (r.a.) 
bizning oldimizdan o‘tib qoldilar. Abu Dardo (r.a.) u kishiga: «Bir so‘z aytingki, u bizga 
foyda berib, o‘zingizga zarar bermasin», dedilar. Shunda u kishi: «Rasululloh (s.a.v.) 
bizga aytdilar, Alloh yo‘lida boqilayotgan otlarga molidan nifoq qiluvchi kishi xuddi 
sadaqa berish uchun hamisha qo‘li ochiq, aslo yopilmaydiganga o‘xshaydi», dedilar. 
Boshqa bir kuni yana oldimizdan o‘tib qoldilar. Abu Dardo (r.a.) u kishiga: «Bir so‘z 
aytingki, bizga foyda berib, o‘zingizga zarar qilmasin», dedilar. Shunda u kishi: 
«Rasululloh (s.a.v.) aytganlar: Xuraymul Usaydiy nomli kishi muncha ham yaxshi, agar 
sochi (elkasiga tushadigan darajada) uzun bo‘lmasa va ishtoni osilgan bo‘lmasa, dedilar. 
Bu gap Xuraymga yetib, tezda tig‘ olib, sochini qulog‘ining oldigacha kesib, ishtonini 
boldirigacha ko‘tardi», dedilar. Keyin Ibn Hanzaliyya (r.a.) yana o‘tib qoldilar. Abu Dardo 
(r.a.): «Bir so‘z aytingki, bizga foyda berib, o‘zingizga zarar qilmasin», dedilar. Ibn 
Hanzaliyya (r.a.) aytdilar: «Rasulullohdan (s.a.v.) eshitganman, u zot: «Sizlar 
birodarlaringiz ziyoratiga borib turasizlar. Ulovlaringiz va liboslaringizni chiroyli qilib 
boringlar. Go‘yoki odamlar orasida badandagi xol kabi bo‘linglar. Chunki Alloh taolo 
takalluf bilan o‘ziga va liboslariga beparvo bo‘lganlarni yaxshi ko‘rmaydi», dedilar. Abu 
Dovud hasan isnod bilan rivoyat qilganlar.limning shartlariga binoan sahih isnod ila 
rivoyat qilganlar. Faqatgina Qays ibn Bishrni «Ishonchlimi yoki zaif kishimi?» deb, shu 
haqda ixtilof qilishgan. Lekin Imom Muslim bu kishidan hadis rivoyat qilganlar. 
797/10. Abu Said al-Xudriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Musulmon 
kishining ishtoni boldirining yarmigacha bo‘ladi. Bordiyu boldiri bilan to‘pig‘i orasida 
bo‘lishining ham zarari yo‘q. Ammo to‘pig‘idan pasti do‘zaxdadir. Kimki ishtonini 
takabburlik ila sudrab yursa, Alloh taolo u kishiga (rahmat nazari bilan) qaramaydi», 
dedilar. Abu Dovud sahih isnod ila rivoyat qildilar. 
798/11. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir kuni Rasululloh (s.a.v.) oldilaridan 
o‘tayotgan edim, ishtonim bo‘shab, tushib ketdi. U zot: 
«Ey Abdulloh, ishtoningni ko‘targin», dedilar. Men uni ko‘tardim. «Yana ko‘tar», dedilar. 
Men uni ko‘tarib yurdim. Shunda qavmdagilar: «Ey ibn Umar, qaergacha ko‘tardingiz?» 
deyishganida, u zot: «Boldirning yarmigacha», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. 
799/12. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Kim kiyimini 
takabburlik bilan sudrab yursa, Alloh taolo unga Qiyomat kuni (rahmat nazari bilan) 
qaramaydi», deganlarida, Ummu Salama (r.a.): «Unda ayollar etaklarini nima 
qilishadi?» dedilar. Rasululloh (s.a.v.) «Bir qarich uzaytirishadi», dedilar. Ummu Salama 
(r.a.) esa: «Bir qarichda oyoqlari ochilib qoladi-ku?» dedilar. Rasululloh (s.a.v.): «Unday 
bo‘lsa, bir gaz miqdorida uzaytirishsin. Lekin undan oshirib yuborishmasin», dedilar. Abu 
Dovud va Termiziylar rivoyatlari. 
 
120-BOB 
Tavozu’ bilan takabburlikdan saqlanish niyatida kiyimning 
oliysini tark etishning mahbubligi haqida 
 
Bu bobga taalluqli hadislar 56-bobda ham kelgan. 
800/1. Muoz ibn Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Kimki kiyinishga 
qodir bo‘la turib, Allohga tavozu’ qilgan holda (oliy navli) libos kiyishni tark qilsa, Alloh 
taolo Qiyomat kunida xaloyiqning boshiga chaqirib, mo‘minlar (jannatda) kiyadigan 
libosning xohlaganini tanlash huquqini beradi», dedilar. Imom Termiziy rivoyatlari. 
 
121-BOB 

Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
164
Kiyinishda o‘rtahol bo‘lishning mahbubligi hamda zarurat va 
shar’iy maqsad bo‘lmaganda obro‘ini ketkazadigan kiyim 
kiymaslik haqida 
 
801/1. Amr ibn Shu’ayb otalaridan, otalari esa bobolaridan qilgan rivoyatlarida, 
Rasululloh (s.a.v.): «Albatta, Alloh taolo bandasi ustida bergan ne’mati asarini ko‘rmoqni 
sevadi», dedilar. Imom Termiziy rivoyatlari 
 
122-BOB 
Erkaklarga ipak kiyim kiyish, ipak ko‘rpachada o‘tirish va ipak 
yostiqqa suyanishning haromligi hamda ayollarga ipak kiyim 
kiyishning joizligi haqida 
 
802/1. Umar ibn Xattobdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Ipak libos 
kiymanglar. Kimki uni dunyo hayotida kiysa, oxiratda kiya olmaydi», dedilar. Imom 
Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
803/2. Umar ibn Xattobdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Albatta, ipakni 
oxiratdan nasibasi yo‘qlar kiyadi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
Imom Buxoriy rivoyatlarida: «oxiratdan nasibasi yo‘qlar kiyadi», bo‘lib kelgan. 
804/3. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Kimki shu dunyoda ipak 
kiysa, oxiratda kiya olmaydi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
805/4. Alidan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) ipakni ushlab, o‘ng 
tomonlariga va tillani ushlab, chap tomonlariga qo‘ydilar-da, keyin: «Albatta, bu ikkovi 
ummatimning erkaklariga haromdir», dedilar. Abu Dovud rivoyatlari. 
806/5. Abu Muso al-Ash’ariydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Ipak kiyim 
va tilla ummatimning erkaklariga harom, ayollariga esa halol qilindi», dedilar. Imom 
Termiziy rivoyatlari. 
807/6. Huzayfadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) tilla va kumush idishlarda 
biror ichimlik ichishdan va ovqat tanovul etishdan hamda ipak, kimxob kiyishdan va 
uning ustida o‘tirishdan man qildilar. Imom Buxoriy rivoyatlari. 
 
123-BOB 
Badanida qichima kasali borlarga ipak kiyishning 
joizligi haqida 
 
808/1. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) Zubayr va Abdurahmon ibn 
Avflarga badanida qichima kasali borligi sababli ipak kiyim kiyishlariga ruxsat etdilar. 
Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
 
124-BOB 
Yo‘lbars terisidan ko‘rpacha qilishning va egar ustiga 
to‘shamoqning man etilgani haqida 
 
809/1. Muoviyadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Ipak va yo‘lbars terisi 
to‘shalgan ulovni minmanglar», deb aytdilar. Abu Dovud va boshqalar rivoyatlari. 
810/2. Abu Malih otalaridan qilgan rivoyatlarida, Rasululloh (s.a.v.) yirtqichlarning 
terisini ishlatishdan man qildilar. Abu Dovud, Termiziy va Nasaiylar rivoyatlari. 
Termiziyning rivoyatlarida, Rasululloh (s.a.v.)  «Yirtqichlarning terisini to‘shak 
qilishdan man qildilar», bo‘lib kelgan. 

Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
165
 
125-BOB 
Yangi kiyim yoki poyafzal va shunga o‘xshash narsalar kiyganda 
aytiladigan narsalar to‘g‘risida 
 
811/1. Abu Said al-Xudriydan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasululloh (s.a.v.) yangi kiyim 
sallami, ko‘ylakmi yoki ridomi, kiysalar «Bismilloh»ni aytib, so‘ng quyidagi duoni o‘qir 
edilar: «Allohumma lakal hamdu anta kasavtaniyhi, as`aluka xoyrahu va xoyra ma 
suni’a lahu va a’uzu bika min sharrihi va sharri ma suni’a lahu». (Ma’nosi: Ey Rabbim, 
meni kiyintirganing uchun Senga hamd bo‘lsin. Sendan buning yaxshiligini va unga 
qilingan yaxshilikni so‘rayman. Va buning yomonligidan va unga qilingan yomonlikdan 
panoh tilayman.) Abu Dovud va Termiziy rivoyatlari 
 
126-BOB 
Kiyim kiyishni o‘ngdan boshlashning mahbubligi to‘g‘risida 
 
Biz bu haqda yuqoridagi bobda ko‘plab sahih hadislar keltirdik. 
 
127-BOB 
Uxlash, yotish, turish, o‘tirish, birga o‘tirish va tush ko‘rish 
odoblari haqida 
 
812/1. Barro ibn Ozib (r.a.) aytadilar: «Rasululloh alayhissalom menga: «Agar 
to‘shagingga kelsang, o‘ng tomoningga yonboshlab: «Allohumma aslamtu nafsiy ilayka 
va vajjahtu vajhiy ilayka va favvaztu amriy ilayka va alja`tu zohriy ilayka, rog‘batan va 
rohbatan ilayk, la malja`a va la manja minka illa ilayk, amantu bikitabikallaziy anzalta 
va nabiyyikallaziy arsalta», deb ayt», dedilar. (Ma’nosi: Allohim, nafsimni Senga taslim 
etdim. Va 
yuzimni senga qaratdim. Ishimni Senga topshirdim. Sening ne’matingga rag‘bat qilib, 
g‘azabingdan qo‘rqib, Senga suyandim. Sendan boshqa qochadiganim ham, najot 
topadiganim ham yo‘q. Nozil qilgan kitoblaringga va yuborgan payg‘ambarlaringga 
iymon keltirdim.) Imom Buxoriy mana shu lafz ila rivoyat qilganlar. 
813/2. Barro ibn Ozib (r.a.) aytadilar: «Rasululloh alayhissalom menga: «Agar 
yotog‘ingga borsang, namozga tahorat qilganingdek tahorat qil, so‘ng o‘ng tomoningga 
yonboshlab: «Allohumma aslamtu nafsiy ilayka va favvaztu amriy ilayka va alja`tu 
zohriy ilayk, rog‘batan va rohbatan ilayk, la malja`a va la manja minka illa ilayk, 
amantu bikitabikallaziy anzalta va nabiyyikallaziy arsalta», deb ayt. Yotishdan oldin 
oxirgi aytadiganing shu bo‘lsin», dedilar. (Ma’nosi: Allohim, nafsimni Senga taslim 
etdim. Ishimni Senga topshirdim. Sening ne’matingga rag‘bat qilib, g‘azabingdan 
qo‘rqib, Senga suyandim. Sendan boshqa qochadiganim ham, najot topadiganim ham 
yo‘q. Nozil qilgan kitoblaringga va yuborgan payg‘ambarlaringga iymon keltirdim.) Imom 
Buxoriy va Muslim rivoyatlari 
814/3. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) kechalari o‘n bir rakat 
namoz o‘qirdilar. Agar subh kirsa, ikki rakat yengil namoz o‘qib olardilar. Keyin muazzin 
kelib, jamoat jam bo‘ldi deb aytgunicha, o‘ng tomonlariga yonboshlab turardilar. Imom 
Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
815/4. Huzayfadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) kechasi yotoqlariga 
yotsalar, qo‘llarini chakkalari ostiga qo‘yib «Allohumma bismika amutu va ahya», deb 
aytardilar. (Ma’nosi: Allohim, Sening isming bilan tirilaman va o‘laman.) 

Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
166
Uyg‘onganlarida: «Alhamdu lillahillaziy ahyana ba’da ma amatana va ilayhin nushur», 
deb aytar edilar. (Ma’nosi: Bizni o‘ldirgandan keyin tiriltirgan Allohga hamd bo‘lsin. Va 
biz Ungagina qaytamiz.) Imom Buxoriy rivoyatlari 
816/5. Ya’ish ibn Tixfa al-o‘iforiydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Otam menga quyidagilarni 
aytib berdilar. Bir kuni men masjidda qornimni yerga qaratib yotgan edim, nogahon bir 
kishi kelib, oyog‘i bilan meni turtdi-da: «Albatta, bu yotish Allohning g‘azabini keltiradi», 
dedi. O’girilib qarasam, u gapirayotgan kishi Rasululloh (s.a.v.) ekanlar. Abu Dovud 
rivoyatlari. 
Foyda: Qorinni yerga qaratib yotishdan qaytarilgan. 
817/6. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Kim bir o‘ringa 
o‘tirsayu Allohni zikr qilmasa, u uchun Alloh tomonidan nuqson yetadi. Kim bir o‘ringa 
yonboshlasayu Allohni zikr etmasa, unga ham Alloh tomonidan nuqson yetadi», dedilar. 
Abu Dovud rivoyatlari. 
Foyda:  Har bir majlisda Allohni zikr qilib yurishga targ‘ib hamda Allohning zikridan 
g‘aflatda qolishdan ogohlantirish bor. 
 
128-BOB 
Chalqancha yotish va avrati ochilib qolishidan qo‘rqmasa, bir oyog‘ini 
ikkinchisi ustiga qo‘yishning hamda chordona qurib hamda 
cho‘kkalab o‘tirishning joizligi haqida 
 
818/1. Abdulloh ibn Yaziddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu zot: «Rasulullohning (s.a.v.) 
masjidda bir oyoqlarini ikkinchisi ustiga qo‘yib chalqancha yotganlarini ko‘rdim», dedilar. 
Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
819/2. Jobir ibn Samuradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) agar bomdod 
namozini o‘qib bo‘lsalar, quyosh batamom chiqqunicha o‘z o‘rinlarida chordona qurib 
o‘tirardilar. Abu Dovud rivoyatlari. 
820/3. Ibn Umardan (r.a.)  rivoyat qilinadi. «Rasulullohning (s.a.v.) Ka’ba hovlisida 
cho‘kkalab, ya’ni dumbalarini yerga qo‘yib, tizzalarini quchoqlab o‘tirganlarini ko‘rdim», 
dedilar. Imom Buxoriy rivoyatlari. 
821/4. Qaylata binti Maxramadan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Rasulullohning (s.a.v.) 
cho‘kkalab o‘tirganlarini ko‘rdim. Bas, u zotning nihoyatda xushu’ bilan o‘tirganlarini 
ko‘rib, qo‘rquvdan titrab ketdim». Abu Dovud va Termiziy rivoyatlari. 
822/5. Sharid ibn Suvayddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Men mana shundoq, ya’ni chap 
qo‘limni orqamga qo‘yib, o‘ng kaftimga suyanib o‘tirganimda, Rasululloh (s.a.v.) 
«Allohning g‘azabiga uchragan yahudiylar kabi o‘tirmagin», dedilar. Abu Dovud 
rivoyatlari. 
 
129-BOB  
Majlis va hamsuhbatlar odobi haqida 
 
823/1. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Sizlardan birortangiz 
zinhor bir kishini o‘rnidan turg‘izib, uning joyiga o‘tirmasin. Lekin majlisni kengaytirsin», 
deb aytdilar. Ibn Umarning (r.a.) odatlari - biror kishi o‘rnidan turib joy bersa, u yerga 
o‘tirmasdilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
824/2. Abu Hurayradan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Agar sizlardan 
birortangiz o‘rnidan turib, keyin yana joyiga qaytib kelsa, o‘z joyiga o‘zi haqlidir», 
dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. 
825/3. Jobir ibn Samuradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Agar biz Rasululloh (s.a.v.) 

Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
167
huzurlariga borsak, har birimiz majlisning yetib kelgan joyiga o‘tirar edik. Ya’ni hech 
kimni bezovta qilib, o‘rnidan turg‘izmas edik. Abu Dovud va Termiziy rivoyatlari. 
826/4. Abu Abdulloh Salmon Forsiydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) 
«Sizlardan biringiz juma kuni g‘usl qilib, qodir bo‘lganicha tozalanib, yog‘ surtib yoki 
uyidagi xushbo‘y atirlardan sepib, uyidan chiqib, keyin masjidga borib, ikki kishi orasini 
yormasdan (bo‘sh joyga o‘tirib) farz namozini o‘qisa va imom (xutbaga) chiqib 
gapirayotganida jim tursa, o‘sha juma bilan narigi juma o‘rtasidagi gunohlari 
kechiriladi», dedilar. Imom Buxoriy rivoyatlari. 
827/5. Amr ibn Shu’ayb otalaridan, otalari esa bobolaridan qilgan rivoyatlarida 
Rasululloh (s.a.v.) «Biror kishiga ikki kishi orasini ularning iznisiz yorib o‘tirib olish joiz 
emas», dedilar. Abu Dovud va imom Termiziy rivoyatlari. 
Abu Dovudning rivoyatlarida: «Ikki kishining orasiga ularning iznisiz o‘tirilmaydi» 
bo‘lib kelgan. 
828/6. Huzayfa ibn Yamondan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) halqaning 
(yumaloq shaklda o‘tirish) o‘rtasida o‘tirgan kishiga la’nat aytdilar. Abu Dovud 
rivoyatlari. 
Termiziy Abu Mijlazdan (r.a.) qilgan rivoyatlarida esa: «Bir kishi halqaning o‘rtasiga 
o‘tirgan edi. Huzayfa (r.a.): «Bu Muhammad alayhissalom tillari bilan la’natlangandir. 
Yoki kimki xalqaning o‘rtasiga o‘tirsa, Alloh Muhammad alayhissalom tillari bilan 
la’natlagandir», deb aytdilar» bo‘lib kelgan. 
829/7. Abu Said al-Xudriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Majlislarning 
eng yaxshisi kengrog‘idir», dedilar. Abu Dovud rivoyatlari. Bu hadis imom Buxoriy 
shartlariga binoan sahihdir. 
830/8. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Kimki majlisda 
o‘tirganida befoyda so‘zlar ko‘payib ketsa: «Subhanakallohumma va bihamdika ashhadu 
anla ilaha illa anta astag‘furuka vaatubu ilayka», deb aytsa, ana shu majlisda sodir 
bo‘lgan gunohlari kechiriladi», dedilar. (Ma’nosi: Allohim, Senga hamd aytish ila Seni 
poklab yod etaman. Guvohlik beramanki, Sendan boshqa iloh yo‘q. Senga istig‘for aytib, 
tavba qilaman). Imom Termiziy rivoyatlari. 
831/9. Abu Barzadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) majlis tugaganidan 
keyin turishni xohlasalar, uning oxirida «Subhanakallohumma va bihamdika, ashhadu 
anla ilaha illa anta astag‘firuka va atubu ilayka», deb aytardilar. Shunda bir kishi: «Ey 
Allohning rasuli, siz bir so‘z aytdingiz, buni avval aytmagan edingiz», deganida, 
Rasululloh (s.a.v.) «Mana shu kalimalar majlisda sodir bo‘lgan gunohlarga kafforatdir», 
dedilar. Abu Dovud rivoyatlari. 
Imom Hokim ham mana shu hadisni «Mustadrak» kitobida Oishadan (r.a.) sahih isnod 
ila rivoyat qilganlar. 
832/10. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) quyidagicha duo qilib, 
majlisdan turib ketardilar: «Allohumma aqsim lana min xoshyatika ma tahulu bihi 
baynana va bayna ma’siyatika va min toatika ma tuballig‘una bihi jannataka va minal 
yaqiyni ma tuhavvinu bihi a’layna masoibad dunyo. Allohumma matti’na biasma’ina va 
absorina va quvvatina ma ahyaytana vaj’alhul vorisa minna vaj’al sa’rana ‘ala man 
zolamana vansurna ‘ala man ‘adana vala taj’al musiybatana fiy diynina vala taj’alid 
dunyo akbara hammina vala mablag‘a ‘ilmina vala tusallit ‘alayna man la yarhamuna». 
(Ma’nosi: «Allohim, Senga qilinadigan gunoh ila bizning oramizni to‘sadigan qo‘rquvni va 
jannatingga yetkazadigan toatingni hamda dunyo musibatlarini bizga yengillashtiradigan 
yaqiynni (to‘la ishonchni) ulush qilib ber. Allohim, bizni tirikligimizda qulog‘imiz, ko‘zimiz 
va quvvatimiz ila naflantirib, uni bizga merosxo‘r qil (Ya’ni, vafot etgunimizcha omonda 
qil). O’chimizni bizga zulm qilganlarga qarat! Dushmanlarimiz ziyoniga bizga nusrat ber. 

Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
168
Musibatimizni dinimizda qilma. Dunyoni eng katta g‘amimiz va oxirgi ilmimiz qilma. Va 
bizga rahm qilmaydiganlarni bizga boshliq etma».) Imom Termiziy rivoyatlari. 
833/11. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Biror qavm 
Allohni zikr qilmasdan, majlisdan turadigan bo‘lsa, go‘yoki o‘lik eshak ustidan turib 
ketgandek bo‘lishadi. Va bu majlis o‘zlariga nadomat olib keladi», dedilar. Abu Dovud 
rivoyatlari. 
Foyda:  Allohning zikridan g‘aflatda qolishdan ogohlantirilmoqda. Chunki qalb 
kasalliklarining kattasi va gunohlarning buyugi Allohning zikridan g‘aflatda qolinganda 
sodir bo‘ladi. 
834/12. Abu Hurayradan rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Biror qavm bir majlisda 
o‘tirib, Allohni zikr qilmasa, Rasulullohga (s.a.v.) salavot aytmasa, unga ham noqislik 
yetadi. Agar Alloh ularni xohlasa azoblaydi, xohlasa kechiradi», dedilar. Imom Termiziy 
rivoyatlari. 
835/13. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Kimki bir o‘rinda 
o‘tirsa-yu, Allohni zikr qilmasa, Alloh tomonidan unga noqislik bo‘ladi. Kimki bir o‘ringa 
yonboshlasa-yu, Allohni zikr qilmasa, Alloh tomonidan unga ham noqislik yetadi», 
dedilar. Abu Dovud rivoyatlari. 
 
130-BOB  
Tush va unga taalluqli narsalar to‘g‘risida 
 
Alloh taolo: 
«Uning oyatlaridan (yana biri) — kechasi va kunduzi uxlashlaringizdir» (Rum 
surasi, 23-oyat), deb aytgan. 
836/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Nubuvvatlikdan 
hech narsa qolmaydi. Faqat bashorat beruvchi narsa qoladi, xolos», deganlarida, 
sahobalar: «Bashorat beruvchi narsa nima?» deyishdi. Shunda u zot: «Yaxshi tush», 
deb aytdilar. Imom Buxoriy rivoyatlari. 
837/2. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Agar oxir zamon 
yaqinlashsa, mo‘minning tushi kamdan-kam yolg‘on bo‘ladi. 
Va mo‘minning tushi nubuvvatning qirq olti bo‘lagidan bir qismidir», dedilar. Imom 
Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
Boshqa rivoyatlarda: «Tushi rostlaringiz so‘zi rostlaringizdir», deyilgan. 
Foyda:  Alloh taolo mo‘minlarga zamon fasod bo‘lganda tasalli bo‘lishi uchun mana 
shunday ne’matlarni berdi. Imom Muhallabning aytishlaricha, payg‘ambarlar tushi 
haqdir. Mo‘minlarni tushlari ham ko‘pincha rostdir. Chunki shayton ularni qalblaridan joy 
egallay olmaydi. Kofir va fosiqlarning tushi esa ko‘pincha yolg‘ondir. Chunki shayton 
ularga hukmdordir. 
838/3. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Kim meni tushida 
ko‘rsa, tez fursatlarda uyg‘oq holatida ham ko‘radi. Yoki uyg‘oqlikda meni ko‘ribdi. 
Chunki Shayton mening qiyofamga kira olmaydi», dedilar. 
Download 5.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling