Abu zakariyo yahyo ibn sharaf navaviy riyozus-solihiyn
Download 5.07 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 83-BOB Amirlikka, qozilikka yoki boshqa shu kabi muhim vazifalarga o‘zi
- 85-BOB Sir saqlashning fazilati to‘g‘risida Alloh taolo: «Ahdga vafo qilinglar. Zero ahd-paymon
Foyda: Chap tomoni va oyog‘i ostiga tupurishi masjiddan tashqaridadir. Agar masjid ichida tupurishga majbur bo‘lib qolsa, choponining bir tarafiga tupurib, ishqab tashlasin. 78-BOB Boshliqlar o‘z qo‘l ostidagilarga muloyim, xayrixoh va shafqatli bo‘lishlari, ularni aldash, qo‘pollik qilish, hojatmandlaridan g‘aflatda bo‘lishdan qaytariq haqida Alloh taolo: «O’zingizga ergashgan mo‘minlar uchun qanotingizni past tuting (ya’ni ularga xush xulq bilan kamtarona munosabatda bo‘ling)» (Shuaro surasi, 215-oyat), «Albatta, Alloh adolatga, chiroyli amallar qilishga va qavm-qarindoshga yaxshilik qilishga buyurur hamda buzuqlik, yomon ishlar va zo‘ravonliklardan qaytarur» (Nahl surasi, 90-oyat), deb aytgan. 652/1. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Barchalaringiz homiysiz va qo‘l ostingizdagilarga mas’ulsiz. Imom homiydir. Va qo‘l ostidagilarga mas’uldir. Kishi o‘z ahliga homiydir. Va qo‘l ostidagilarga mas’uldir. Xotin erining uyida Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 135 homiydir va qo‘l ostidagilarga mas’uldir. Xizmatkor boshlig‘i molida homiydir. Va qo‘l ostidagilarga mas’uldir. Barchangiz homiysiz va qo‘l ostingizdagilarga mas’ulsiz», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. Foyda: Har bir shaxsning jamiyat oldidagi mas’uliyati, har bir erkakning ahli huzuridagi mas’uliyati, har bir ayolning eri xonadonidagi mas’uliyati va barcha insonlarning boshqa kishilar oldidagi mas’uliyati bor. 653/2. Abu Ya’lo Ma’qal ibn Yasordan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Biror bandani Alloh taolo bir jamoaga boshliq qilsayu, u o‘z qo‘l ostidagilarni aldab bu dunyodan o‘tsa, Alloh taolo unga jannatni harom qiladi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. Boshqa rivoyatda: «Boshliq o‘z qo‘l ostidagilarga jonkuyarlik qilmagan holda o‘lsa, jannat hidini hidlamaydi», deyilgan. Imom Muslimning boshqa rivoyatlarida: «Qaysi bir amir musulmonlar ishida boshliq bo‘lsayu, ularga jonkuyar va xayrixoh bo‘lmasa, ular bilan birga jannatga kirmaydi», deyilgan. 654/3. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) mening uyimdalik paytlarida quyidagicha so‘zlarni aytardilar: «Allohim, kimni ummatimning ishida boshliq qilsang-u, u qo‘l ostidagilarga beshafqat bo‘lsa, Sen ham unga beshafqat bo‘lgin. Kimni ummatimning biror ishida boshliq qilsang-u, u qo‘l ostidagilarga muloyim bo‘lsa, Sen ham unga muloyim bo‘lgin». Imom Muslim rivoyatlari. 655/4. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Bani Isroil jamoasiga payg‘ambarlar boshliq bo‘lar edi. Qachon bir payg‘ambar vafot etsa, o‘rniga boshqa payg‘ambar qolar edi. Mendan keyin esa payg‘ambar yo‘qdir. Balki mendan keyin yaqin kunlarda xalifalar bo‘lib, ular ko‘payib ketishadi», dedilar. Sahobalar: «Ey Allohning Rasuli! O’sha kun kelsa, bizga nimani buyurasiz?» deyishdi. Shunda Rasululloh (s.a.v.) «Avval kimga bay’at qilgan bo‘lsangiz, o‘shanga vafodor turing. Keyin o‘sha avvalgining haqqini ado qilib bering. O’zingizning haqqingizni esa Allohdan so‘rang. Chunki Alloh boshliq etib tayinlaganlardan o‘zi so‘roq-savol qiladi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 656/5. Oiz ibn Amrdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu zot Ubaydulloh ibn Ziyodning huzuriga kirib: «Ey o‘g‘ilcham, men Rasulullohdan (s.a.v.) eshitganman. Albatta, boshliqlarning yomoni qo‘l ostidagilarga ozor yetkazadiganidir. Sen ana shunaqa bo‘lishdan chetlangin», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 657/6. Abu Maryam al-Azdiydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu zot Muoviyaga <^>: «Men Rasulullohdan S: «Kimni Alloh musulmonlar ishida boshliq qilsayu, u o‘zi bilan musulmonlar orasini to‘sib turuvchi qo‘riqchi qo‘ysa, shu tufayli musulmonlar o‘z hojatlari, ehtiyojlari va kambag‘alliklarini ayta olishmasa, Alloh taolo ham Qiyomat kuni o‘sha boshliqning hojatini va arz-dodini tinglamaydi», deganlarini eshitdim», deb aytdilar. Muoviya bu hadisni eshitganlaridan keyin odamlarning hojatini chiqaradigan bo‘ldilar. Abu Dovud va Termiziy rivoyatlari. 79-BOB Adolatli boshliqning fazilati haqida Alloh taolo: «Albatta, Alloh adolatga va chiroyli amallar qilishga... buyurur» (Nahl surasi, 90-oyat), «(Mudom) adolat qilinglar! Zero Alloh adolat qilguvchilarni sevar» (Hujurot surasi, 9-oyat), deb aytgan. 658/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Alloh taolo yetti Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 136 toifa kishiga soya yo‘q kunda o‘z soyasidan (Qiyomat haroratida Arshning soyasidan) panoh berur: 1) odil podshoh; 2) Allohning ibodatida o‘sgan yigit; 3) masjidga qalbi muallaq (bog‘liq) bo‘lgan kishi, ya’ni masjiddan chiqib, to unga qaytgunicha qalbi bog‘liq bo‘luvchi; 4) Alloh yo‘lida do‘st bo‘luvchi ikki birodar shaxs, ular Alloh yo‘lida jam bo‘lib, Uning yo‘lida ajraladilar; 5) bir kishini husnu jamolda tenggi yo‘q ayol (yomon niyatda) o‘z nafsiga chaqirsa, u kishi Allohdan qo‘rqaman, deb javob qilsa; 6) bir kishi biror sadaqa qilsa, o‘sha bergan sadaqasini shu darajada maxfiy qilsaki, o‘ng qo‘li bilan berganini chap qo‘li sezmasa; 7) bir kishi xoli holda Allohni eslaganida, ko‘zidan yosh oqsa», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 659/2. Abdulloh ibn Amr ibn Ossdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Adolatli bo‘lgan (boshliq)lar uchun Alloh huzurida nurdan bo‘lgan minbarlar bordir. Ya’ni u boshliqlar hukm chiqarishda, o‘z ahllari va o‘z vazifalariga adolatli bo‘lishadi», dedil ar. Imom Muslim rivoyatlari. 660/3. Avf ibn Molikdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Sizlarning yaxshi hokimlaringiz shunday kishilarki, sizlar ularni yaxshi ko‘rasizlar. Ular ham sizlarni yaxshi ko‘rishadi. Sizlar ular haqqiga duo qilasizlar. Ular ham sizlarning haqqingizga duo qilishadi. Yomon hokimlaringiz shunday kishilarki, sizlar ularni yomon ko‘rasizlar. Ular ham sizlarni yomon ko‘rishadi. Sizlar ularni la’natlaysizlar. Ular ham sizlarni la’natlashadi», deganlarida, biz: «Ey Allohning Rasuli, undoq bo‘lsa, ular bilan urushaylikmi?» deganimizda, u zot: «Modomiki namoz o‘qishar ekan, urushmanglar», deb aytdilar. Imom Muslim rivoyatlari. 661/4. Iyoz ibn Himordan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Uch toifa kishi jannat ahlidir: 1. Adolatga muvaffaq bo‘lgan podshoh; 2. Qarindoshlari va musulmon birodarlariga rahmli hamda qalbi yumshoq kishi; 3. Bolalari ko‘p va o‘zi muhtoj bo‘lasa- da tilanchilik qilmaydigan kishi», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. 80-BOB Gunohga buyurishmasa, boshliqlarga itoat qilishning vojibligi, agar gunohga buyurishsa, itoatda bo‘lishning haromligi to‘g‘risida Alloh taolo: «Ey mo‘minlar, Allohga itoat qilingiz va payg‘ambarga hamda o‘zlaringizdan bo‘lgan (ya’ni musulmon) hokimlarga bo‘yinsuningiz» (Niso surasi, 59-oyat), deb aytgan. 662/1. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Har bir musulmon kishi, agar gunohga buyurilmasa, boshlig‘ining so‘ziga, yaxshi ko‘rsa ham, yomon ko‘rsa ham, eshitib itoat qilishi lozim. Agar bordiyu, gunoh bo‘lsa, eshitish ham, itoat qilish ham yo‘q», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 663/2. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Biz Rasululloh (s.a.v.)ning aytgan so‘zlarini eshitib, itoat etishga bay’at qilsak, u zot: «Agar toqatlaringiz yetadigan narsaga hukm qilinsa», der edilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. Foyda: Agar boshliq toqat yetadigan ishga buyursa itoat qilinadi. Aksincha itoat yo‘qdir. 664/3. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kim boshlig‘iga itoat qilishdan bosh tortsa, Qiyomat kuni hujjati yo‘q holatda yo‘liqadi. Kimki musulmonlar jamoatiga bog‘lanmay o‘lsa, johiliyat davridagilardek o‘ladi», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. Muslimning boshqa rivoyatlarida: «Kimki jamoatdan ajragan holda vafot etsa, johiliyat zamonasidagilardek o‘ladi», dedilar. Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 137 665/4. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Agar sizlarga mayizday qora habashiy qul boshliq qilinsa ham, eshitib itoat qilinglar», deb aytdilar. Imom Buxoriy rivoyatlari. 666/5. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Boshlig‘ingga qiyinchilikda ham, yengilchilikda ham, xursandlikda ham, xafalikda ham, haqqingni bermaganida ham, eshitib itoat qil!» dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. 667/6. Abdulloh ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Biz Rasululloh (s.a.v.) bilan birga safarda yurib, bir manzilga tushdik. U yerda kimdir kapasini tuzatayotgan edi. Va kimdir o‘q otish musobaqasi ila mashg‘ul edi. Va yana kimdir hayvonlarini o‘tlatayotgan edi. Shunda Rasululloh (s.a.v.) jarchilaridan biri jar solib, jamoat namoziga chaqirdi. Biz u zot huzurlariga jamlandik. U zot: «Mendan oldin biror payg‘ambar kelgan bo‘lsa, bilgan yaxshilikka o‘z ummatini dalolat qilib, bilgan yomonlikdan o‘z ummatini ogohlantirish uning zimmasidadir. Albatta, bu ummatning avvalgi avlodiga ofiyat nasib qilingandir. Ummatning oxirgi avlodiga esa balolar va inkor qilinadigan ishlar bo‘ladi. Shunaqa fitnalar bo‘ladiki, ba’zisi (katta bo‘lganidan) ba’zisini tekislab ketadi. Va yana bir fitna paydo bo‘ladiki, mo‘min kishi uni ko‘rganda mana shu halok qiladi, deydi. Keyin undan bu fitna ketadi. Va yana har xil fitna bo‘ladi. Mo‘min kishi: «Bu meni halok qiladi. Bu meni halok qiladi», deydi. Kim do‘zaxdan uzoqlashib, jannatga kirishni istasa, Allohga va oxirat kuniga iymon keltirib o‘lsin. Va o‘ziga qanday muomala qilinishini yaxshi ko‘rsa, odamlarga ham shunday muomala qilsin. Kim bir imomga qo‘lini berib, chin qalbdan bay’at qilgan bo‘lsa, qodir bo‘lgunicha itoat etsin. Agar ikkinchi imom chiqib, o‘sha bay’at qilgan birinchi imomi bilan nizo qilsa, o‘sha ikkinchisining gardaniga uringlar», deb aytdilar. Imom Muslim rivoyatlari. 668/7. Abu Hunayda Voil ibn Hujrdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Salama ibn Yazid al-Ja’fiy (r.a.) Rasulullohdan (s.a.v.) «Ey Allohning nabiysi, agar bizning tepamizga o‘z haqlarini bizdan talab qilib, bizlarning haqqimizni ado etmaydigan amirlar kelishsa, nima qilmog‘imizni buyurasiz?» deb so‘raganlarida, Rasululloh (s.a.v.) javob bermay, yuzlarini o‘girdilar. Keyin yana so‘raganlarida, Rasululloh (s.a.v.) «Shunda ham sizlar ularning so‘zlarini eshitib, itoat qilinglar. Chunki ular o‘z vazifalariga mas’uldirlar. Sizlar ham o‘z vazifangiz (ya’ni itoat etish)ga mas’uldirsiz», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. 669/8. Abdulloh ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Mendan keyin laganbardorlik, hamda inkor qilinadigan noshar’iy ishlarni ko‘rasizlar!» deganlarida, sahobalar: «Ey Allohning rasuli, shunday kun kelsa, nima qilishga buyurasiz?» deyishdi. Rasululloh (s.a.v.) «Ustingizda bo‘lgan haqlarni ado etinglar. Va o‘z haqlaringizni Allohdan talab qilinglar», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 670/9. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kim menga itoat qilsa, batahqiq Allohga itoat qilibdi. Kim menga osiylik qilsa, batahqiq Allohga osiylik qilibdi. Kim amiriga itoat qilsa, batahqiq menga itoat qilibdi. Kim amiriga osiylik qilsa, batahqiq menga osiylik qilibdi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 671/10. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kim amirining ishida biror narsani karih ko‘rsa, sabr qilsin. Chunki amirining itoatidan biror qarich tashqariga chiqsa, johiliyatda o‘lgan kabi vafot etadi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 672/11. Abu Bakradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kim podshohini xo‘rlasa, Alloh ham uni xo‘rlaydi», dedilar. Imom Termiziy rivoyatlari. 81-BOB Amirlikni o‘zi so‘rab kursiga o‘tirishdan qaytarish hamda tayin etilmasa yoki majburiyat bo‘linmasa, uni tark qilishning afzalligi Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 138 Alloh taolo: «Biz o‘sha Oxirat diyorini Yer yuzida zulmu zo‘ravonlik va buzg‘unchilik qilishni istamaydigan kishilar uchun qilurmiz. Oqibat taqvo qilguvchi kishilarnikidir» (Qasos surasi, 83-oyat), deb aytgan. 673/1. Abu Said Abdurahmon ibn Samuradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) menga: «Ey Abdurahmon ibn Samura, amirlikka o‘zing talabgor bo‘lma! Chunki o‘zing talabgor bo‘lmasdan, seni amir etsalar, u holda Alloh O’zi sening madadkoring bo‘ladi. Agar o‘zing talabgor bo‘lib, amir bo‘lsang, bu holda Alloh o‘zingga topshirib qo‘yadi. Va yana agar sen bir narsaga qasam ichsang, keyin yaxshilik uning aksida bo‘lsa, o‘sha yaxshisini ixtiyor qilgin-da, buzgan qasamingning kafforatini bergin», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 674/2. Abu Zarrdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Ey Abu Zarr, men seni bechorahol kishi, deb bilaman. O’z nafsimga nimani yaxshi ko‘rsam, senga ham o‘sha narsa bo‘lishini yaxshi ko‘raman. Senga nasihatim shuki, hech ham ikki kishi ustidan boshliq bo‘lma. Va hargiz yetimning moli topshirilsa, uni ola ko‘rma», deb aytdilar. Imom Muslim rivoyatlari. 675/3. Abu Zarrdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Men: «Ey Allohning Rasuli, meni ham biror yerga boshliq qilmaysizmi?» deganimda, u zot qo‘llari bilan yelkamga urib: «Ey Abu Zarr, sen bechorahol bir kishidirsan. Boshliqlik bu dunyoda omonat, Qiyomatda esa xo‘rlik va nadomatdir. Faqatgina kim haq yo‘l bilan uni qo‘lga kiritib, haqqini yaxshi suratda ado etsa, xo‘rlik va nadomat yo‘qdir», dedil ar. Imom Muslim rivoyatlari. 676/4. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Sizlar amir (boshliq) bo‘lishga ko‘p rag‘bat qilasizlar. Vaholanki boshliqlik Qiyomat kuni nadomatdir», deb aytdilar. Imom Buxoriy rivoyatlari. 82-BOB Podshoh, qozi va boshqalarning ish boshqarish uchun solih vazirlarni olib, a’yonlarning yomonini yaqinlashtirmay, maslahatlaridan chetlanishlariga targ‘ib bayoni Alloh taolo: «U kunda do‘stlar bir-biriga dushmandir, magar (Alloh yo‘lida do‘stlashgan) taqvodor zotlargina (mangu do‘stdirlar)» (Zuxruf surasi, 67-oyat), deb aytgan. 677/1. Abu Said va Abu Hurayralardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Alloh qaysi bir payg‘ambarni yuborsa yoki xalifani tayin etsa, albatta, ularning ikki qism sirdoshlari bo‘ladi. Biri yaxshilikka buyurib, unga dalolat qiladi. Ikkinchisi yomonlikka buyurib, unga dalolat qiladi. Alloh asragan odam pok kimsadir», dedil ar. Imom Buxoriy rivoyatlari. 678/2. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Agar Alloh bir amir (boshliq) ga yaxshilikni iroda qilsa, unga rostgo‘y vazirni nasib qiladiki, boshliq esidan chiqargan narsani u esiga soladi. Agar esida bo‘lsa, uni ro‘yobga chiqarishga yordam beradi. Bordiyu Alloh boshliqqa yomonlikni iroda qilsa, unga yomon vazirni nasib qiladiki, agar boshliqning esidan chiqsa, u esiga solmaydi. Agar eslasa, yordam bermaydi», dedilar. Bu hadisni Abu Dovud Imom Muslimning shartlariga muvofiq yaxshi isnod bilan rivoyat qilganlar. 83-BOB Amirlikka, qozilikka yoki boshqa shu kabi muhim vazifalarga o‘zi Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 139 xohlab, talabgor bo‘lgan hamda o‘zini taklif qilgan kishini o‘sha mansabga tayin qilishdan qaytarish xususida 679/1. Abu Muso al-Ash’ariydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Men va amakimning ikki o‘g‘li Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga kirdik. Ulardan biri: «Ey Allohning Rasuli! Alloh sizni boshliq etgan mamlakatning ba’zi joylariga bizni amir qilsangiz», dedi. Ikkinchisi ham avvalgiga o‘xshash so‘z aytdi. Shunda Rasululloh (s.a.v.) «Alloh nomiga qasamki, biz boshliqlikka talabgor bo‘lib, unga xirs qilgan biror kishini u vazifaga tayinlamaymiz», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 140 ODOB KITOBI 84-BOB Hayo va uning fazilati hamda unga odatlanmoqqa targ‘ib qilish haqida 680/1. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) ansoriy bir kishi oldidan o‘tayotgandilar, u ansoriy birodariga nasihat qilib turgan ekan (ya’ni juda qattiq hayoli bo‘lma! O’zingga qiyin bo‘ladi, deb). Shunda Rasululloh (s.a.v.) «Buni o‘z holiga qo‘ygin. Chunki hayo iymondandir (ya’ni iymoni bor kishining hayosi bo‘ladi)», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. Foyda: Hayo iymonni mukammalligidandir. Chunki hayoli kishi yomon amallarni qilishdan o‘zini to‘xtatadi. Hayo toatga undaydi. Hayo inson xilqatida bor bo‘lgan g‘ariza bo‘lib, xulqlanish, uni kasb qilish va shariat odoblariga amal qilish orqali kuchaytiriladi. 681/2. Imron ibn Husayndan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Hayo hamisha yaxshilik olib keladi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. Imom Muslimning rivoyatlarida: «Hayoning hammasi xayrlidir», deyilgan. 682/3. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Iymonning yetmish nechta yoki oltmish nechta ham bo‘lagi (sho‘‘basi) bordir. Ularning afzali «La ilaha illalloh»dir. Eng pasti yo‘ldan aziyat beruvchi narsani olib tashlashdir. Hayo ham o‘sha iymon bo‘laklaridan biridir», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 683/4. Abu Said al-Xudriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) parda ortidagi bokira qizdan ham hayoliroq edilar. Agar u zot biror narsani karih ko‘rsalar, biz u zotning yuzlaridan bilib olar edik. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. Ulamolar: «Hayo bir xulqdirki, kishini yomon ish qilgani qo‘ymaydi. Hamda haqdorning haqqini ado qilishda paydo bo‘ladigan sustlikdan man qiladi», deyishgan. Abulqosim Junayd aytadilar: «Hayo — Allohning ne’matlarini va o‘zining shukridagi qusurlikni his etishdir. Bularning o‘rtasidagi bir holat yuzaga keladiki, u hayo deb nomlanadi. Vallohi a’lam». 85-BOB Sir saqlashning fazilati to‘g‘risida Alloh taolo: «Ahdga vafo qilinglar. Zero ahd-paymon (Qiyomat kuni) mas’ul bo‘linadigan ishdir» (Isro surasi, 34-oyat), deb aytgan. 684/1. Abu Said al-Xudriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Qiyomat kuni Alloh huzurida yomon maqomdagi kishi shunday kishiki, u o‘z xotini bilan jinsiy aloqada bo‘lib, bir-birlarining a’zolariga nazar tashlab, keyin xotinidagi sirlarni tarqatadi», dedil ar. Imom Muslim rivoyatlari. 685/2. Abdulloh ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Umarning (r.a.) qizlari Hafsa beva bo‘lib qolganida, Umar (r.a.) Usmon ibn Affonga yo‘liqib, Hafsani Usmonga (r.a.) taklif qilib: «Xohlasangiz, qizim Hafsani sizga nikohlab qo‘yaman», dedilar. Usmon (r.a.): «Bir o‘ylab ko‘raman», dedilar. Umar (r.a.): «Bu gapdan keyin bir kecha kutdim. So‘ngra Usmon (r.a.) menga yo‘liqib: «Ravshan bo‘ldiki, bugungi kunda uylana olmas ekanman», dedilar. Keyin Abu Bakr Siddiqqa (r.a.) yo‘liqib. Agar xohlasangiz, qizim Hafsaga sizni uylantirib qo‘yaman», desam, u zot biror narsa demay jim turdilar. Men Usmonga (r.a.) nisbatan Abu Bakrdan (r.a.) xafa bo‘ldim. Shundan bir necha kun o‘tgach Rasululloh (s.a.v.) sovchi bo‘ldilar. Men qizimni Rasulullohga (s.a.v.) nikohlab Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 141 qo‘ydim. Keyin Abu Bakr (r.a.) menga yo‘liqib: «Ey Umar, qizingni menga taklif qilganingda biror javob qilmasdan jim turganimdan xafa bo‘lgan bo‘lishing mumkin», degandilar. Men: «Ha», deb javob berdim. Shunda Abu Bakr (r.a.): «Sen qizingni taklif etganingda biror mone’lik yo‘q edi. Lekin Rasululloh (s.a.v.) qizingni nikohlariga olish istaklari borligini bilar edim. Men u zotning sirlarini fosh qilmay, deb javob bermadim. Agar u zot qizingni nikohlariga olmaganlarida, albatta, men olar edim», dedilar». Imom Buxoriy rivoyatlari. 686/3. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasulullohning (s.a.v.) hamma xotinlari u zotning huzurlarida turishgan edi. Shu payt qizlari Fotima (r.a.) kelib qoldilar. Fotimaning (r.a.) yurishlari otalarining yurishlaridan hech farq qilmas edi. Otalari Fotimani ko‘rib: «Marhabo, xush kelibsiz, qizim», deb peshvoz chiqdilar. Keyin o‘ng tomonlariga yoki chap tomonlariga o‘tkazdilar. Va quloqlariga nimanidir pichirlab gapirdilar. Fotima (r.a.) bu so‘zdan qattiq yig‘ladilar. Rasululloh (s.a.v.) qizlaridagi betoqatlikni ko‘rib, yana qizlarining qulog‘iga nimanidir pichirladilar. Fotima (r.a.) bundan kuldilar. Shunda men Fotimaga (r.a.): «Rasululloh (s.a.v.) shuncha xotinlari ichida sizni xoslab, sir aytsalar, siz nimaga yig‘laysiz?» dedim. Keyin Rasululloh (s.a.v.) o‘rinlaridan turib ketganlarida, Fotimadan &: «Rasululloh (s.a.v.) senga nima dedilar?» deb so‘rasam, u: «Rasulullohning (s.a.v.) sirlarini fosh qilmayman», dedi. Rasululloh (s.a.v.) vafot etganlarida, men yana Fotimadan (r.a.): «Onalik haqqi-hurmati, Rasululloh o‘sha kuni nima dedilar?» desam, Fotima (r.a.): «Endi mayli, aytib beraman. Avvalgi gal qulog‘imga pichirlaganlarida aytdilarki: «Jabroil alayhissalom har yili kelib bir (yo ikki) marta Qur’onni ko‘rikdan o‘tkazardilar. Hozir ikki marta Qur’onni ko‘rikdan o‘tkazdilar. Ajalim yaqinlashib qolganini his qilayapman. Allohdan taqvo qilib, sabr etgin. Men sen uchun naqadar yaxshi peshvodirman». Shu gapdan keyin siz guvohi bo‘lgan o‘sha yig‘i zohir bo‘ldi. Mendagi betoqatlikni ko‘rib, ikkinchi marta qulog‘imga pichirlab: «Ey Fotima, mo‘mina ayollarning sayyidasi yoki bu ummat ayollarining sayyidasi bo‘lishga rozi emasmisan?» degandilar. Mana shu gapdan keyin siz o‘sha guvohi bo‘lgan kulgu zohir bo‘ldi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. Lafz Imom Muslimniki. 687/4. Sobit (r.a.) Anasdan (r.a.) qilgan rivoyatlarida, Anas (r.a.): «Men bolalar bilan o‘ynayotgan edim. Rasululloh (s.a.v.) bizning huzurimizga kelib, salom berdilar va meni bir ish bilan bir joyga yubordilar. O’sha xizmat sabab bo‘lib, onamning xizmatlaridan kechikdim. Qachonki onam huzurlariga kelsam, onam: «Nima uchun kech qolding?» deb so‘radilar. Men: «Rasululloh (s.a.v.) meni bir ish bilan yubordilar», dedim. Onam: «Nima ish ekan?» deb so‘radilar. Men: «U - sir», deb aytdim. Shunda onam: «Rasulullohning (s.a.v.) sirlarini hech bir kishiga aytmagin», dedilar. Anas (r.a.): «Allohga qasamki, ey Sobit, agar u sirni biror kishiga aytganimda, senga allaqachon gapirib bergan bo‘lar edim», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. Imom Buxoriy esa ba’zisini qisqa holatda rivoyat qilganlar. Download 5.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling