Abu zakariyo yahyo ibn sharaf navaviy riyozus-solihiyn


Download 5.07 Kb.
Pdf ko'rish
bet25/53
Sana30.08.2017
Hajmi5.07 Kb.
#14625
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   53

www.ziyouz.com kutubxonasi 
148
senga nima bo‘ldi?» dedilar. Men: «Bay’atdan oldin bir shartim bor», dedim. U zot: 
«Nima sharting bor?» dedilar. Men: «Gunohlarim kechirilishi», dedim.U zot: «Islom 
o‘zidan oldingi gunohlarni kechirishi senga ma’lum emasmidi? Hijrat ham o‘zidan oldingi 
gunohlarni kechirishi senga ma’lum emasmidi? Hajni ado etish ham o‘zidan oldingi 
gunohlarni kechirishi senga ma’lum emasmidi?» dedilar. O’sha kundan boshlab mening 
nazarimda hech kim Rasulullohchalik (s.a.v.) haybatli va mahbub emas edi. Men u 
zotdan haybatlanganim sababli ko‘zimni quvontiradigan darajada u zot yuzlariga 
boqmadim. Agar biror kishi u zotning (qanaqa ekanliklarini) sifatlab berishimni so‘rab 
qolsa, uni aytib bera olmayman. Chunki men ko‘zimni quvontiradigan darajada u zot 
yuzlariga qaramaganman. Agar mana shu holatda o‘lganimda, jannat ahlidan bo‘lishlikni 
umid qilar edim. Uchinchisi: Keyin ba’zi ishlarga boshliq qilindik. Holim nima bo‘lishini 
bilmayman. Agar vafot etadigan bo‘lsam, orqamdan yig‘lovchilarni ham, o‘t 
yoquvchilarni ham ergashtirmang. Agar dafn qilsangizlar, tuproqni oz-ozdan solinglar. 
So‘ngra qabrim tepasida bir tuyani so‘yib, go‘shtini taqsimlaguncha vaqt turinglar. Men 
sizlarga hamroh bo‘lib, Rabbim elchisiga nima deb javob berishimga tayyorlanib olayin», 
dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. 
 
96-BOB 
Do‘sti bilan vidolashish va safarga chiqishda yoki boshqa 
narsalarga ajralib ketayotganda nasihat qilish hamda do‘stining 
haqqiga duo qilish va undan duo olish haqida 
 
Alloh taolo: 
«Ibrohim, u bilan birga Ya’qub ham bolalariga shu dinni vasiyat qilib, 
dedilar: «O’g‘illarim, albatta, Alloh sizlar uchun shu dinni tanladi. Bas, 
musulmon bo‘lgan holingizdagina dunyodan o‘ting». (Ey yahudiylar)  yoki 
Ya’qubga o‘lim kelgach, u o‘g‘illariga: «Mendan keyin nimaga ibodat 
qilasizlar?» deganida «Sening Tangring va otalaring Ibrohim, Ismoil va 
Ishoqlarning tangrisi bo‘lmish yagona Allohga ibodat qilamiz va bizlar faqat 
Uning o‘zigagina bo‘yinsunuvchilarmiz», deb javob qilganlariga guvoh 
bo‘lganmisizlar» (Baqara surasi, 132-133-oyatlar), deb aytgan. 
Bu bobga kitobimizning birinchi jildidagi Yazid ibn Hayyondan (r.a.) rivoyat qilingan 
Zayd ibn Arqam haqlaridagi 346-hadis dalil bo‘lib kelgan. 
711/1. Abu Sulaymon Molik ibn Huvayrisdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Biz tengqur yigitlar 
Rasulluloh (s.a.v.) huzurlariga bordik. Va u zotning huzurlarida yigirma kecha turdik. U 
zot rahmdil va muloyim kishi edilar. Go‘yoki biz ahllarimizni sog‘ingan, deb gumon qilib, 
ahllarimizdan kimlarni qidirganimizni so‘rab-surishtirdilar. Bizlar uning xabarini berdik. U 
zot nasihat qilib: «Ahllaringiz huzuriga borib, ular bilan turinglar. Va ta’lim beringlar 
hamda (shariat ahkomlarini bajarishni) buyuringlar. U namozni bu paytda va unday 
namozni bunday paytda ado etinglar. Agar namoz vaqti kirsa, biringiz azon aytsin. 
Hamda yoshi ulug‘laringiz imom bo‘lsin», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
Imom Buxoriy rivoyatlarida: «Men qanday qilib namoz o‘qiganimni ko‘rsanglar, 
o‘shandoq o‘qinglar»ni ziyoda qilingan. 
712/2. Umar ibn Xattobdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasulullohdan (s.a.v.) umra 
ibodatini ado qilish uchun izn so‘radim. U zot izn berib: «Ey birodar, duoingda bizni ham 
unutmagin», dedilar. Umar (r.a.): «Rasulullohning (s.a.v.) ushbu so‘zlari shu qadar 
qimmatliki, buning evaziga dunyoni menga berganlarida ham bunchalik xursand bo‘lmas 
edim», dedilar. 
Boshqa rivoyatda u zot: «Duoingda bizni ham sherik qilgin» bo‘lib kelgan. Abu Dovud 

Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
149
va Termiziy rivoyatlari. 
713/3. Solim ibn Abdulloh ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Abdulloh ibn Umar 
(r.a.) biror kishi safar qilishni xohlasa, unga: «Menga yaqin kel, xuddi Rasululloh (s.a.v.) 
xayrlashganlaridek, xayrlashaman», deb: «Astavdi’ulloha diynaka va amonataka va 
xavotima ‘amalika »ni o‘qirdilar (Ma’nosi: «Dining, omonating va amalingning xotimasini 
Allohga topshirdim»). Imom Termiziy rivoyatlari. 
714/4. Abdulloh ibn Yazid al-Xatmiydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) agar 
askarlar bilan xayrlashmoqchi bo‘lsalar, «Astavdi’ulloha diynakum va amonatikum va 
xavotima a’molikum», deb aytardilar. Abu Dovud rivoyatlari. 
715/5. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir kishi Rasulullohning (s.a.v.) yonlariga kelib, 
«Ey Rasululloh, men safar qilishni xohlayman, safarga yetarli narsa bilan ta’minlang», 
deganida, Rasululloh (s.a.v.)  «Alloh seni taqvo bilan ta’minlasin», dedilar. Haligi kishi: 
«Yana ziyoda qiling», deganida, Rasululloh (s.a.v.)  «gunohingni kechirsin», dedilar. 
Haligi kishi: «Yana ziyoda qiling», deganida, Rasululloh (s.a.v.)  «Qaerda bo‘lsang ham 
senga yaxshiliklarni yengil qilsin», dedilar. Imom Termiziy rivoyatlari 
Foyda:  Safar qilishni xohlagan kishi do‘stidan duoi-xayr olib ketishining mahbubligi 
ayon bo‘lmoqda. 
 
97-BOB 
Istixora va maslahat qilish haqida 
 
Alloh taolo: 
«Va ishlaringizda ularga maslahat soling» (Oli Imron surasi, 159-oyat). 
«Ularning ishlari (mudom)  o‘zaro sho‘ro-maslahat (bilan)  bo‘lur»  (Sho‘ro 
surasi, 38-oyat), deb aytgan. 
716/1. Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Rasululloh (s.a.v.) bizga hamma ishlarda 
istixorani (yaxshilik so‘rash) xuddi Qur’ondan sura o‘rgatgandek o‘rgatar edilar. U zot: 
«Birortangiz bir ishni qasd qilsa, farzdan tashqari ikki rakat namoz o‘qisin. So‘ng: 
«Allohumma inniy astaxiyruka bi’ilmika, va astaqdiruka biqudrotika va as`aluka min 
fazlikal ‘aziym. Fainnaka taqdiru va la aqdiru va ta’lamu va la a’lamu va anta ‘allamul 
g‘uyub. Allohumma in kunta ta’lamu anna hazal amro xoyrun liy fiy diyniy va ma’ashiy 
va ‘aqibati amriy, ‘ajili amriy va ajilihi, faqdurhu liy va yassirhu liy, summa barik liy fiyhi 
va in kunta ta’lamu anna hazal amro sharrun liy fiy diyniy va ma’ashiy va ‘aqibati amriy, 
‘ajili amriy va ajilihi fasrifhu ‘anniy vasrifniy ‘anhu vaqdurliyal xoyro haysu kana summa 
rozziniy bih», deb hojatini aytsin», dedilar. (Ma’nosi: Allohim, Sening ilming bilan 
Sendan yaxshilik so‘rayman. Sening qudrating bilan Sendan qodirlik va ulug‘ fazlingni 
so‘rayman. Sen (har narsaga) qodirsan, men qodir emasman. Sen (har narsani) 
biluvchisan, men bilmayman. Sen g‘aybni biluvchisan. Ey Rabbim, agar mana shu 
qilayotgan ishim (hojatining nomini aytadi) dinimda, yashashimda, ishlarimning 
oqibatida, dunyo va oxiratimda men uchun yaxshi bo‘lsa, uni menga nasib et va oson 
qil. So‘ng uni menga barakotli qil. Agar mana shu ishim (hojatining nomini aytadi) 
dinimda, yashashimda, ishlarimning oqibatida, dunyo va oxiratimda men uchun yomon 
bo‘lsa, mendan uni va uni mendan uzoqlashtir, qaerda bo‘lsa ham, men uchun 
yaxshilikni taqdir qil va meni undan rozi et.) Imom Buxoriy rivoyatlari 
 
98-BOB 
Ibodat o‘rinlari ko‘payishi uchun hayit namoziga, kasal ko‘rgani 
borganda hamda haj, g‘azot, janoza va boshqa narsalarga bir 
yo‘ldan borib, ikinchi yo‘l bilan qaytishning 

Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
150
mustahabligi haqida 
 
717/1. Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) agar hayit bo‘lsa, borish va 
kelish yo‘llarini har xil qilardilar (ya’ni ibodat o‘rinlari ko‘payishi uchun bir tomondan 
borib, ikkinchi tomondan qaytardilar). Imom Buxoriy rivoyatlari. 
Foyda: Imom Navaviyning zikr qilishlaricha, yo‘lni o‘zgartirishdagi hikmatlar ibodatni 
ko‘paytirish yoki Qiyomatda ikkita yo‘lning guvohlik berishi yoki Allohning zikri taralishi 
yoki kambag‘allarga sadaqa ulashish uchun yoki munofiqlarning g‘azabini qo‘zg‘ash 
uchun yoki rahmatga yetishish maqsadida bo‘ladi. 
718/2. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) (Madina shahridan) 
chiqadigan bo‘lsalar, daraxtlari bor yerdan chiqib, Mu’arras nomli yerdan kirardilar. Agar 
Makka shahriga kiradigan bo‘lsalar, tepa tomon (Xujun)dan kirib, past tomon 
(Shabiyka)dan chiqib ketardilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
 
99-BOB 
Yaxshi ishlarni o‘ng tomondan boshlashning mahbubligi to‘g‘risida 
 
O’ngdan boshlanadigan yaxshi ishlar quyidagilar: Tahorat, g‘usl, tayammum, kiyim, 
poyafzal, mahsi, ishton kiyish, masjidga kirish, misvok ishlatish va surma qo‘yish, tirnoq 
olish, mo‘ylovni qisqartirish, qo‘ltiq tuklarini yulish, soch oldirish, namozdan xalos 
bo‘lgandagi salom, yeyish, ichish, qo‘l berib so‘rashish, Hajar ul-asvadni ushlash, 
hojatxonadan chiqish, biror narsa olish va berish kabi ishlarda o‘ng tomondan bajarib, 
bularning aksida esa chap tomondan boshlash joiz. Chapdan boshlanadigan ishlar 
quyidagilar: burunni chayganda, balg‘am tashlaganda, hojatxonaga kirganda, masjiddan 
chiqqanda, mahsi, poyafzal, ishton va kiyimlarni yechganda, istinjoda hamda boshqa 
jirkanch ishlarda 
Alloh taolo: 
«Bas, endi o‘z kitobi — nomai a’moli o‘ng qo‘lidan berilgan kishiga kelsak, 
bas u: «Mana, mening kitobimni o‘qinglar», der» (Al-Haqqa surasi, 19-oyat). 
«Bas,  (u uch toifadan birinchisi) o‘ng tomon egalaridir. O’ng tomon egalari 
(bo‘lmoq)  ne  (saodat)dir. (Ikkinchi toifa) shum  —  chap tomon egalaridir. Shum — 
chap tomon egalari (bo‘lmoq)  ne  (baxtsizlik)dir!» (Voqe’a surasi, 8-9-oyatlar), deb 
aytgan. 
719/1 Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasulullohni (s.a.v.) tahorat olishda, soch 
tarashda va kavush kiyishda, qo‘yingki, barcha ishlarda o‘ng tomondan boshlash 
qiziqtirar edi. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
720/2. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasulullohning (s.a.v.) o‘ng qo‘llari tahorat va 
taom uchun, chap qo‘llari esa hojatxona va boshqa aziyat beruvchi narsalarga ishlatilar 
edi. Abu Dovud rivoyatlari. 
721/3. Ummu Atiyyadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) qizlari Zaynab 
(vafot etib) yuvintirilayotganda: «O’ng tomonidan va tahoratda yuviladigan a’zolaridan 
boshlab yuvintiringlar», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
722/4. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Sizlardan biringiz 
kavush kiyadigan bo‘lsa, o‘ng tomondan boshlasin. Yechadigan bo‘lsa, chap tomondan 
boshlasin. Toki birinchi bo‘lib ularning o‘ngdagisi kiyiladigan va chapdagisi yechiladigan 
bo‘lsin», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
723/5. Hafsadan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Rasulullohning (s.a.v.) o‘ng qo‘llari taom, 
ichimlik va kiyim kiyish uchun, chap qo‘llari esa bundan boshqa narsalarga edi», dedilar. 
Abu Dovud va boshqalar rivoyatlari. 

Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
151
724/6. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Agar (biror kiyim) 
kiysanglar yoki tahorat qilsanglar, o‘ng tomonlaringizdan boshlanglar», dedilar. Abu 
Dovud va Termiziy rivoyatlari. 
725/7. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) Minoga keldilar va jamraga 
borib, tosh otdilar. Keyin Minodagi manzillariga qaytib, jonliq so‘ydilar. So‘ngra 
sartaroshga: «Bu tomonini ol», deb boshlarining o‘ng tomoniga ishora qildilar. Keyin 
chap tomoniga ishora qildilar. So‘ngra muborak sochlarini odamlarga tarqatdilar. Imom 
Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
Boshqa rivoyatda: «Rasululloh (s.a.v.) jamrada toshni otib, jonliq so‘yib va sochlarini 
oldirmoqchi bo‘ldilar. Mana shu holda sartaroshga boshlarining o‘ng tomonini tutib 
berdilar. Sartarosh o‘ng tomon sochlarini olgandan keyin Abu Talha al-Ansoriyni 
chaqirib, o‘sha sochni berdilar. Keyin boshlarining chap tomonini tutib berdilar. 
Sartarosh uni ham oldi. Rasululloh (s.a.v.) buni ham Abu Talhaga berib: «Odamlarga 
taqsim qilib ber», dedilar». 
 

Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
152
TAOM ODOBLARI KITOBI 
 
100-BOB 
Taomning avvalida «Bismillah» va oxirida «Alhamdulillah» deb aytishning 
fazilati haqida 
 
726/1. Umar ibn Abu Salamadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) menga: 
«Taomning avvalida «Bismillah» degin, o‘ng qo‘ling bilan yegin va o‘z oldingdan yegin», 
dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
Foyda:  Imom Navaviyning fikrlaricha, ovqat xususida shunday qilish joiz. Lekin 
mevada esa xohlagan joyidan tanlab yeyaveradi. 
727/2. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Agar sizlardan biringiz 
(ovqat) yeydigan bo‘lsa, ana shu taomning avvalida Alloh ismini zikr qilsin (ya’ni, 
«Bismillah»ni aytsin). Agar avvalida Alloh ismini zikr etishni unutsa, «Bismillahi avvalahu 
va oxirahu», deb aytsin», dedilar. (Ma’nosi: «Ovqatning avvali va oxiriga bismillah») 
Abu Dovud va Termiziy rivoyatlari. 
728/3. Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasulullohdan (s.a.v.) quyidagilarni eshitdim: 
«Kim uyiga kirayotganida va taom paytida Allohni zikr qilsa, shayton sheriklariga: 
«Sizlarga yotoq ham, ovqat ham yo‘q», deb aytadi. Kim uyiga kirayotib, Allohni zikr 
qilmasa, shayton sheriklariga: «Yotoqlaringizga yetishdingiz», deydi. Taom paytida ham 
Allohni zikr qilmasa, shayton sheriklariga: «Ovqatga ham, yotoqqa ham yetishdingiz», 
deydi». Imom Muslim rivoyatlari. 
729/4. Huzayfadan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Agar Rasululloh (s.a.v.) bilan birga ovqat 
tanovul qilgani o‘tirsak, u zot qo‘llarini uzatmagunlaricha biz uzatmas edik. Bir gal u zot 
bilan birga taomda bo‘lganimizda bir qiz kelib, ovqatga qo‘l uzatishga shoshayotganida u 
zot qo‘lidan ushlab chetga olib qo‘ydilar. Keyin bir a’robiy kelib, u ham uzatmoqchi 
bo‘lganida Rasululloh uning ham qo‘lidan ushlab, chetga olib qo‘ydilar. So‘ngra u zot: 
«Albatta, shayton Alloh ismi zikr qilinmagan ovqatni o‘ziga halol qilib oladi. U (shayton) 
ovqatni halol qilish uchun bu qizcha bilan keldi. Men uning qo‘lidan tutdim. So‘ngra 
ovqatni halol qilish uchun bu a’robiy bilan keldi. Uning ham qo‘lidan tutdim. Mening 
nafsim Uning qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, u (shayton)ning qo‘li ular ikkovining qo‘li 
bilan mening kaftimdadir», dedilar. Keyin Alloh ismini zikr qilib, ovqat tanovul qildilar». 
Imom Muslim rivoyatlari. 
730/5. Umayya ibn Maxshiydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) o‘tirgan 
edilar. Bir kishi ovqat tanovul qilib, oxirgi luqma qolguncha Alloh ismini zikr qilmadi. 
Qachonki, oxirgi luqmani og‘ziga solayotganida «Bismillahi avvalahu va oxirahu» (ya’ni, 
avvali-yu oxiriga Allohning ismi bilan), deb aytdi. Buni kuzatib turgan Rasululloh (s.a.v.) 
kuldilar, so‘ngra u zot: «Shayton uning ovqatiga sherik bo‘lib tanovul qilayotgan edi. 
Qachonki, bu kishi Alloh ismini zikr qilganida qornidagini qayt qilib yubordi», dedilar. 
Abu Dovud va Nasaiy rivoyatlari. 
Foyda:  Agar ovqat va ichimlik tanovul qilinayotganida Allohning ismi zikr qilinmasa, 
albatta shayton unga sherik bo‘lishi uqtirilmoqda. Bu hadisning sharhida aytilishicha, 
Rasululloh (s.a.v.) bu kishining «Bismillah»ni tark qilganini ish oxirida bildilar. Agar 
avvalda bilganlarida jim turmasdan eslatar edilar. 
731/6. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) sahobalardan olti nafari 
bilan ovqatlanayotgan edilar. Shunda bir a’robiy kelib, o‘sha ovqatdan ikki luqma bilan 
hammasini yeb qo‘ydi. Rasululloh (s.a.v.) «Agar u Allohning ismini zikr qilganida, sizlar 
to‘yar edingiz», dedilar. Imom Termiziy rivoyatlari. 
732/7. Abu Umomadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) dasturxon 

Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
153
yig‘ishtirib olingach: «Alhamdulillahi hamdan kasiran tayyiban muborakan fiyhi g‘oyra 
makfiyyin vala mustag‘nan ‘anhu Robbana», der edilar. (Ma’nosi: Allohga beadad pok, 
muborak maqtov bo‘lsinki, Undan o‘zga kifoyatchi yo‘q. Senga muhtoj bo‘lmagan kimsa 
yo‘qdir, ey Rabbimiz). Imom Buxoriy rivoyatlari. 
733/8. Muoz ibn Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Kim taom yeb, 
so‘ngra «Alhamdu lillahil laziy at’amaniy haza va rozaqoniyhi min g‘oyri havlin minniy 
vala quvvatin», deb aytsa, uning avvalgi gunohlari kechiriladi», dedilar. (Ma’nosi: 
«Mening kuch-quvvatimni ketkizmay, mana bu rizq ila taomlantirgan Allohga hamd 
bo‘lsin».) Abu Dovud va Termiziylar rivoyati. 
 
101-BOB 
Taomni ayblamay, uni maqtashning mahbubligi haqida 
 
734/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) hech vaqt taomni 
ayblamadilar. Agar ishtahalari bo‘lsa, undan yedilar. Agar ko‘ngillari tusamasa, uni tark 
qildilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
Foyda:  Rasulullohga (s.a.v.) ergashgan holda musulmon kishi taomni ayblamasligi 
lozim. Chunki taomni ayblash mutakabbirlik va haddan oshishlik belgisidir. 
735/2. Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) ahliyalaridan nonxo‘rak 
so‘radilar. Shunda ular: «Bizda faqat sirka bor», deyishdi. Rasululloh (s.a.v.) uni 
keltirishni buyurdilar. Va uni yeyaturib: «Muncha ham yaxshi bu nonxo‘rak sirka, 
muncha ham yaxshi bu nonxo‘rak sirka», deb aytdilar. Imom Muslim rivoyatlari. 
Foyda:  Ozgina yegulik narsa olib kelinsa ham uni maqtab qo‘yishning mahbubligi 
ayon bo‘lmoqda. 
 
102-BOB 
Ro‘zador kishi taomga taklif qilinsa og‘zini ochishni 
xohlamaganda aytadigan narsalar to‘g‘risida 
 
736/1. Abu Hurayradan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Agar sizlardan 
biringiz taomga chaqirilsa, qabul qilsin. Bordiyu ro‘zador bo‘lsa, uning haqqiga duo 
qilsin. Og‘zi ochiq bo‘lganda esa, ovqatlansin», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. 
 
103-BOB 
Biror kishi ovqatga chaqirilsayu u o‘zi bilan boshqa bir kishini 
ergashtirsa, aytiladigan narsalar 
 
737/1. Abu Mas’ud al-Ansoriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir kishi besh kishilik taom 
hozirlab, beshinchisi etib Rasulullohni (s.a.v.) ham chaqirdi. Rasululloh (s.a.v.) o‘zlari 
bilan boshqa bir kishini olib keldilar. Uning eshigi oldiga yaqinlashganlarida u zot uy 
egasiga: «Bu kishi menga ergashib keldi. Agar xohlasang, bunga izn ber, kirsin. Agar 
xohlamasang, qaytib ketadi», deganlarida, uy egasi: «Ey Allohning Rasuli, uning 
kirishiga izn beraman», deb aytdi. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
 
104-bob 
Taomni o‘z oldidan yeyish hamda beodoblik ila ovqatlanadigan 
kishini tartibga chaqirib nasihat qilish haqida 
 
738/1. Umar ibn Abu Salamadan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Men yoshlik paytimda 

Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
154
Rasulullohning (s.a.v.) qaramog‘larida bo‘lganimda, qo‘limni laganning har tomoniga 
uzatib (ovqatlanayotganimda), u zot: «Bolam, Alloh ismini zikr qilib, o‘ng qo‘ling bilan 
yeb, o‘zingning tarafingdan tanovul qilgin», deb aytdilar». Imom Buxoriy va Muslim 
rivoyatlari. 
739/2. Salama ibn Akva’dan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir kishi Rasululloh (s.a.v.) 
huzurlarida chap qo‘li bilan taom tanovul qildi. U zot: «O’ng qo‘lingda yegin», dedilar. 
Haligi kishi: «Bunga qodir emasman», dedi. Rasululloh (s.a.v.) «Qodir ham bo‘lmagin», 
bunday qilishdan faqat mutakabbirligi man qildi xolos, dedilar. Shundan keyin haligi 
kishi (o‘ng) qo‘lini og‘ziga ko‘tara olmadi. Imom Muslim rivoyatlari. 
Foyda:  Bu yerda Rasulullohning (s.a.v.) mo‘‘jizalari sodir bo‘ldi. Bu kishi qo‘lini 
ko‘tarishga qodir bo‘la olmadi. Ana shu kishining ismi Busr ibn Ro’iydir. 
 
105-BOB 
Jamoat bilan ovqatlanganda xurmo va shunga o‘xshash mevalarni 
bir luqmada ikkitadan tanovul qilishdan qaytarish, bu faqat 
birodarlari izni bilangina joizligi haqida 
 
740/1. Jabala ibn Suhaym (r.a.) rivoyat qilib aytdilar: «Ibn Zubayr bilan birga 
(yashaganimizda) bizga ochlik yetdi. So‘ngra rizqlandik. (Yegulik) tanovul 
qilayotganimizda, oldimizdan Abdulloh ibn Umar  (r.a.)  o‘tib:  «Bir  luqmada  ikki  xurmo 
yemanglar. Chunki Rasululloh (s.a.v.) ana shunday qilishdan qaytarganlar. Faqat 
birodaring izn bersa, joiz, deganlar», deb aytdilar». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
 
106-BOB 
Yeb to‘ymaydigan kishining aytishi lozim bo‘lgan zikrlar 
 
741/1. Vahshiy ibn Harbdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasulullohning (s.a.v.) sahobalari: 
«Ey Rasululloh, biz yeymiz-u, ammo to‘ymaymiz», deyishganida, u zot: «Sizlar tafriqa 
bo‘lib yesangizlar kerak-da», 
deganlarida, ular: «Ha», deb javob berishdi. Shunda Rasululloh (s.a.v.)  «Taomingizni 
jam bo‘lib yenglar. Alloh ismini zikr qilinglar. Alloh o‘shanda sizlarga baraka ato qiladi», 
dedilar. Abu Dovud rivoyatlari. 
Foyda: To‘planib, jamlanib va «Bismillah»ni aytib yeyish baraka hosil bo‘lishiga 
hamda qorin to‘yishiga sabab bo‘ladi. 
 
107-BOB 
Lagan atrofidagi ovqatdan yeyishga buyurish va uning o‘rtasidagi 
ovqatni yeyishdan qaytarish haqida 
 
Bu bobimizga Umar ibn Salamadan rivoyat qilingan 738-hadis ham dalil bo‘ladi. 
742/1. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Baraka taomning 
o‘rtasiga tushadi. Shundoq ekan, uning atrofidan yenglar. O’rtasidan yemanglar», deb 
aytdilar. Abu Dovud va Termiziy rivoyatlari. 
Foyda: Taomning usti va o‘rtasidan yeyishning karohiyati va uning atrofidan yeyishga 
buyurish bor. Shu singari non ham o‘rtasidan emas atrofidan boshlab yeyiladi. 
743/2. Abdulloh ibn Busrdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasulullohning (s.a.v.) «g‘arro» 
nomli laganlari bor edi. Uni to‘rt kishi ko‘tarar edi. Qachonki choshgoh vaqti bo‘lib, chosh 
goh namozini o‘qishgach, o‘sha laganga non to‘g‘rab olib kelishdi. Va o‘sha lagan 
atrofida to‘planishdi. Qachon ko‘pchilik yig‘ilganda, Rasululloh (s.a.v.) cho‘kkalab 

Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy 
 
 
Download 5.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling