Abu zakariyo yahyo ibn sharaf navaviy riyozus-solihiyn


savol-javob ‘am ыila olmaslar. Endi kimning


Download 5.07 Kb.
Pdf ko'rish
bet21/53
Sana30.08.2017
Hajmi5.07 Kb.
#14625
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   53

savol-javob ‘am ыila olmaslar. Endi kimning (yaxshilik)  mezonlari  (yomonlik-
gunohlaridan)  og‘ir kelsa bas ana o‘shalar najot topguvchidirlar. Kimning 
mezonlari yengil bo‘lsa (ya’ni yomonliklari yaxshi amallarini bosib ketsa) bas ana 
o‘shalar o‘zlariga ziyon qilibdilar. Ular jahannamda mangu qolguvchidirlar. 

Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
122
(Ularga):  «Sizlarga mening oyatlarim tilovat qilingan emasmidi, sizlar ularni 
yolg‘on degan emasmidingiz?!». (Mo‘minun surasi, 99-106-oyatlar). 
«Yerda qancha yil turdinglar?» dedi (Alloh). Ular aytdilar: «Bir kun yo yarim 
kun. Sanab turguvchi (farishtalardan)  so‘ragin»,  (Alloh)  dedi: «Agar sizlar 
biladigan bo‘lsangizlar (dunyoda),  juda oz turdingizlar (ya’ni sizlar abadiy deb 
o‘ylagan dunyo aslida juda oz muddatdir). Yoki sizlarning gumoningizcha Biz 
sizlarni behuda (ya’ni dunyoda sizlarga biron vazifa bermaydigan, oxiratda hisob-kitob 
qilmaydigan holda) yaratdigu, sizlar Bizning huzurimizga qaytarilmaysizlarmi?! 
(Undoq emas)» (Mo‘minun surasi, 112-115-oyatlar). 
«Iymon keltirgan zotlar uchun Allohning zikri sababli va nozil bo‘lgan Haq - 
Qur’on (tilovat qilinishi) sababli qalblari erib, qo‘rqish (vaqti) moyil bo‘lish (vaqti) 
kelmadimi?  (Shuningdek ular uchun) ilgari Kitob ato etilgan, so‘ng (ular bilan 
payg‘ambarlari o‘rtasidagi) muddat uzaygach, dillari qotib ketgan kimsalar (ya’ni 
yahudiy va nasroniylar) kabi bo‘lib qolmaslik (vaqti kelmadimi)? Ulardan (yahudiy va 
nasroniylardan) ko‘plari fosiq-itoatsizdirlar» (Hadid surasi, 16-oyat), deb aytgan. 
573/1. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) mening yelkamdan 
ushlab: «Ey Ibn Umar, dunyoda go‘yoki g‘arib yoki yo‘lovchi musofir kabi bo‘lgin», 
dedilar. Ibn Umar (r.a.) (mana shu so‘zni eshitganlaridan keyin): «Agar kechlatsang, 
tong bo‘lishini kutma! Agar tong ottirsang, kech kirishini kutma! Sog‘ paytingda kasal 
payting uchun ham (tayyorgarlik qilib) ol. Hamda tiriklik paytingda o‘liming uchun ham 
(tayyorgarlik qilib) ol», dedilar. Imom Buxoriy rivoyatlari. 
574/2. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Bir musulmon 
kishining qo‘lida vasiyat qiladigan narsasi bo‘laturib, vasiyat yozmasdan ikki kecha 
o‘tkazmog‘i munosib emasdir», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
Bu hadis Buxoriyning lafzlari bo‘lib, Muslimning rivoyatlaridagi lafzda «uch kecha» 
bo‘lib kelgan. 
Ibn Umar (r.a.): «Men ushbu hadisni Rasulullohdan (s.a.v.) eshitganimdan beri, biror 
kechani vasiyatim yozilmagan holda o‘tkazmadim», dedilar. 
Foyda: Vasiyatni yozishga shoshilishga targ‘ib bor. Chunki inson qachon vafot etishini 
bilmaydi. 
575/3. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) bir chiziq chizib: «Bu inson 
va mana bu ajali. U mana shu holatdaligida yaqin bo‘lgan ajali kelib, olib ketadi», 
dedilar. Imom Buxoriy rivoyatlari. 
576/4. Ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) to‘rt burchak shakl 
chizib, uning o‘rtasidan uchini tashqariga chiqarib yana bir chiziq o‘tkazdilar. So‘ng ana 
shu o‘rtadan o‘tgan chiziqning yoniga kalta chiziqlar tortdilar-da: «Mana bu o‘rtadan 
o‘tgan chiziqning to‘rtburchak ichidagi qismi insondir. Uni o‘rab turgan to‘rtburchak esa 
insonning ajalidir. O’rtadan o‘tgan chiziqning tashqariga chiqqan qismi insonning orzu-
umidlaridir. Mana bu kalta chiziqlar har xil hodisalar bo‘lib, biridan qutulsa, ikkinchisiga 
yo‘liqadi. Ikkinchisidan qutulsa, uchinchisiga yo‘liqadi (ya’ni biror sabab bo‘lib ajali 
yetadi)», dedilar. Imom Buxoriy rivoyatlari. 
577/5. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Yetti narsa 
(kelishidan oldin) yaxshi amallarni qilib qolishga shoshilinglar. Bunda sizlar quyidagi 
narsalarni kutasizlar, xolos: 1) Kambag‘allik - hamma narsani unuttirib yuboradi. 2) 
Boylik - tug‘yonga ketishga sababchi. 3) Bemorlik - barcha narsani fasod qiladi. 4) 
Qarilik - hamma narsani xotirdan chiqarib yuboradi. 5) O’lim - tamom qilib tezlatuvchi. 
6) Dajjol -kutilayotgan g‘oyib narsalarning eng yomoni. 7) Qiyomat falokatlarning eng 
og‘iri va achchig‘idir», dedilar (inson shu yetti hodisa yuz bermasidan oldin vaqt 
g‘animatida oxirat uchun tayyorgarligini qilib qo‘ymog‘i lozim... - tarj.) Imom Termiziy 

Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
123
rivoyatlari. 
578/6. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilanadi. Rasululloh (s.a.v.): «Lazzatlarni 
ketkazuvchi o‘limni eslashni ko‘paytiringlar», deb aytdilar. Imom Termiziy rivoyatlari. 
579/7. Ubay ibn Ka’bdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) kechaning uchdan 
biri o‘tganida o‘rinlaridan turib: «Ey odamlar, Allohni zikr qilinglar. Isrofil alayhissalom 
birinchi surni, ketidan ikkinchisini chaladigan payt kelib qoldi. O’lim ham o‘zidagi mavjud 
qo‘rqinch ila yetib keldi, O’lim ham o‘zidagi mavjud qo‘rqinch ila yetib keldi», deb 
aytdilar. Shunda men: «Ey Allohning Rasuli! Undoq bo‘lsa men sizga salavot aytishni 
ko‘paytiraymi? Kechaning qancha qismida sizga salavot aytayin», desam, u zot: 
«Xohlaganingcha», dedilar. Men: «To‘rtdan bir qismidami?» dedim. U zot: «Xohlasang, 
bunga ziyoda qilgin. O’zing uchun yaxshi bo‘ladi», dedilar. Men: «Yarmidami?» desam, u 
zot: «Xohlasang, bunga ziyoda qilgin. O’zing uchun yaxshi bo‘ladi», dedilar. Men: 
«Uchdan ikki qismidami?» desam, u zot: «Xohlasang, bunga ziyoda qilgin. O’zing uchun 
yaxshi bo‘ladi», dedilar. Men: «Undoq bo‘lsa, men kechaning hammasida sizga salavot 
aytaymi?», desam u zot: «Agar shunday qilsang-ku, Alloh barcha g‘amlaringga o‘zi 
kifoya qilib, gunohlaringni kechirib yuboradi», dedilar. Imom Termiziy rivoyatlari. 
Foyda:  Rasululloh (s.a.v.)ga salavot aytib, duo qilishning fazilati ayon bo‘ladi. Va u 
zot ummatlarini Alloh rozi bo‘ladigan yo‘lga irshod qilishga rag‘batlantirishlari hamda 
kishi agar o‘z nafsiga g‘ururlanishdan qo‘rqmasa biror maqsad yo‘lida bajarayotgan 
yaxshi amallarini zikr qilish joizligi ham ayon bo‘ladi. 
 
66-BOB 
Erkaklarning qabristonni ziyorat etishlari mahbubligi hamda 
ziyorat qiluvchining aytadigan narsalari haqida 
 
580/1. Buraydadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Men sizlarni qabrlarni 
ziyorat etishdan qaytargan edim. Endi ruxsat berdim, ziyorat qilaveringlar», deb 
aytdilar. Imom Muslim rivoyatlari. 
Boshqa rivoyatda: «Kim qabrlarni ziyorat etishni xohlasa, ziyorat qilaversin. Chunki 
ziyorat oxiratni esga soladi», deyilgan. 
Foyda: Rasululloh (s.a.v.) Islomning dastlabki davrida qabrlarni ziyorat etishdan man 
qildilar. Chunki odamlar johiliyat amallaridan to‘la xalos bo‘lishmagan edi. O’shanda 
qabrlarga ibodat qilishgacha borishar edi. Qachonki Islom aqidasi odamlar qalbida 
mustahkam bo‘lganidan keyin qabrlarni ziyorat qilishga ruxsat berib, mana shu hadisni 
aytganlar. 
581/2. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) qachon mening navbatimda 
keladigan bo‘lsalar, kechaning oxirida Baqiy’ qabristoniga chiqib: «Assalomu ‘alaykum 
dora qavmim mu’miniyna va atokum ma tuv’aduna g‘odan muajjaluna va innaa 
inshaallohu bikum lahiqun. Allohumma ig‘fir liahli baqiy’il g‘orqad», deb aytardilar. 
(Ma’nosi: «Assalomu alaykum, ey mo‘minlar hovlisidagi qavmlar. Sizlarga va’da qilingan 
narsa keldi. Inshaalloh ertaga kechikib bo‘lsa ham, sizlarga yo‘liqamiz. Ey Rabbim, 
Baqiy’ qabristonidagilarni mag‘firat qil». Imom Muslim rivoyatlari. 
582/3. Buraydadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) agar qabristonga 
chiqsalar quyidagilarni aytishni o‘rgatardilar. «Assalamu ‘alaykum ahlad diyari minal 
muminiyna val muslimiyn. Vainna inshaallohu bikum lalahiqun. As alulloha lana 
valakumul ‘afiyah» (Ma’nosi: mo‘minlar diyori ahli, sizlarga salom bo‘lsin. Inshoalloh 
bizlar ham sizlarga albatta, yo‘liqurmiz. O’zimizga va sizlarga ofiyat so‘rayman). Imom 
Muslim rivoyatlari. 
583/4. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) Madinada qabrlar 

Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
124
oldidan o‘taturib unga yuzlanib: «Assalomu ‘alaykum ya ahlal qubur. Yag‘firullohu lana 
va lakum antum salafuna va nahnu bil asar», (Ma’nosi: Assalomu alaykum, ey qabr 
ahllari, Alloh bizu sizni mag‘firat qilsin. Sizlar bizdan oldin ketdinglar, bizlar izingizdan 
yetib olamiz.), deb aytdilar. Imom Termiziy rivoyatlari. 
 
67-BOB 
Biror zarar yetgani sababli o‘limni orzu qilishning karohiyati. 
Lekin dinida fitnalanib qolishdan xavfsirasa, zarari yo‘q 
 
584/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Sizlardan hech bir 
kishi o‘lishni orzu qilmasin. Agar yaxshi odam bo‘lsa, shoyad yaxshiligi ziyoda bo‘lsa. 
Agar yomon odam bo‘lsa, shoyad tavba qilib qolsa», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim 
rivoyatlari. Bu hadis Imom Buxoriy lafzlaridir. 
Imom Muslimning lafzlarida esa Rasululloh (s.a.v.): «Sizlardan hech bir kishi o‘lishni 
orzu qilmasin va hali kelmagan o‘limni chaqirmasin. Chunki o‘ladigan bo‘lsa, qilib turgan 
amali to‘xtab qoladi. Albatta, umrning ziyoda bo‘lishi mo‘minga faqat yaxshilikni olib 
keladi», dedilar. 
585/2. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Sizlardan hech biringiz 
yetgan zarar tufayli (besabrlik qilib) o‘limni orzu qilmasin. Bordiyu chorasiz qolib uni 
orzu etadigan bo‘lsa: «Allohumma ahyiniy ma kanatil hayatu xoyran liy va tavaffaniy iza 
kanatil vafotu xoyran liy», (Ma’nosi: Allohim, agar mening hayotda yashashim yaxshi 
bo‘lsa, meni tirik qoldir. Agar vafotim yaxshi bo‘lsa, meni vafot ettir.), deb aytsin», 
dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
586/3. Qays ibn Abu Hozimdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Biz Habbob ibn al-Arattining 
(r.a.) ahvollaridan xabar olgani kirsak, u zot davolanish maqsadida yetti joylarini 
tamg‘alagan ekanlar. Keyin Habbob (r.a.): «Birodarlarimiz bizdan oldin o‘tib ketishdi. 
Dunyo ularga nuqson yetkazmadi. Bizlar esa mol-dunyo jamg‘arib, uni tuproqdan 
boshqa narsaga sarf qila olmadik. Agar Rasululloh (s.a.v.) o‘ziga o‘lim tilamoqni man 
qilmaganlarida, men o‘zimga o‘lim tilagan bo‘lar edim», dedilar. Keyin biz Habobning 
(r.a.) huzurlariga ikkinchi bor kirganimizda, u zot devor urayotgan ekanlar. Shunda 
bizga qarata: «Musulmon kishi mana shu loyga sarflaganidan boshqa barcha xayr-
ehsonlariga savob oladi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. Bu hadis imom 
Buxoriy rivoyatlaridagi lafz. 
 
68-BOB 
Parhezkor bo‘lish hamda shubhali narsalarni tark etish haqida 
 
Alloh taolo: 
«Va buni yengil ish deb o‘ylar edingizlar. Holbuki u Alloh nazdida ulug‘ 
(gunohdir)» (Nur surasi, 15-oyat). 
«Shak-shubhasiz Parvardigoringiz (barcha narsani) kuzatib turguvchidir» (Fajr 
surasi, 14-oyat), deb aytgan. 
587/1. No‘‘mon ibn Bashirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Albatta, halol 
ochiq-ravshandir. Albatta, harom ham ochiq-ravshandir. Ikkovining o‘rtasida shubhali 
narsalar bo‘lib, uni ko‘p insonlar bilishmaydi. Kimki shubhadan taqvo qilsa, dini va 
obro‘sini pokiza saqlabdi. Kimki shubhali narsani qilsa, harom narsaga yo‘liqibdi. U xuddi 
hayvonlarni boquvchi cho‘ponga o‘xshaydiki, hayvonlari o‘tlatish man etilgan joylarga 
kirib o‘tlab qolishi mumkin (Va cho‘pon bu gunohi uchun jazoga mustahiq bo‘ladi). Ogoh 
bo‘ling, har bir podshohning kirish man etilgan qo‘riqxonasi bor. Ogoh bo‘ling, Allohning 

Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
125
qo‘riqxonasi harom qilgan narsalaridir. Ogoh bo‘ling, jasadda bir parcha go‘sht bor. Agar 
u isloh bo‘lsa, jasadning barchasi isloh bo‘ladi. Agar u fasod bo‘lsa, jasadning barchasi 
fasod bo‘ladi. Ogoh bo‘ling, o‘sha bir parcha go‘sht qalbdir», dedilar. Imom Buxoriy va 
Muslim rivoyatlari. 
588/2. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) yo‘lda (ketaturib) bir xurmo 
topib oldilar. Va: «Agar sadaqa bo‘lishdan qo‘rqmaganimda, uni yegan bo‘lar edim», 
dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
589/3. Navvos ibn Sam’ondan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Xusni-xulqli 
bo‘lish komil yaxshilikdir. Gunoh esa diling taraddudlanib, odamlar undan xabardor 
bo‘lishlarini xohlamaganingdir», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. 
590/4. Vobisa ibn Ma’baddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir kuni Rasulullohning (s.a.v.) 
huzurlariga borsam, u zot: «Yaxshilik haqida so‘ragani keldingmi?» dedilar. Men: «Ha», 
dedim. Rasululloh (s.a.v.)  «Bu haqda sen qalbingdan fatvo so‘ragin. Agar nafsing va 
qalbing unga xotirjam bo‘lsa, demak, u yaxshilikdir. Ammo nafsingda va qalbingda 
taraddud bo‘lsa, demak shu yomonlikdir. Agar odamlar senga va sen ularga fatvo 
bersang ham», dedilar. Imom Ahmad va Doramiylar rivoyati. 
Foyda:  Bu Rasulullohning (s.a.v.) mo‘‘jizalaridan bo‘lib, huzurlaridagi kishi hali 
so‘ramasidan turib savoliga javob qaytarayaptilar. 
591/5. Abu Sirva’ata Uqba ibn Horisdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu zot Abu Ihob ibn 
Azizning qiziga (Ya’ni, Ummu Yahyoga) uylandilar. Bir kuni bir xotin kelib: «Men seni 
xam, xotiningni ham emizganman», dedi. Shunda Uqba (r.a.): «Sen meni emizganingni 
ham bilmayman va bu haqda xabar ham bermagansan», dedilar-da, ulovlariga minib, 
Madinaga - Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga borib, bu masala haqida u zotdan so‘radilar. 
Rasululloh (s.a.v.) «Gap tarqab bo‘pti-ku, qandoq qilib uni xotin qilasan», dedilar. Keyin 
Uqba (r.a.) uni qo‘yib yubordilar. U xotin esa boshqa erga tegib ketdi. Imom Buxoriy 
rivoyatlari. 
592/6. Hasan ibn Alidan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Shubhali narsani 
shubhasiziga qo‘y (Ya’ni shubhali narsani tark etib, shubhasiz narsani ol)», dedilar. 
Imom Termiziy rivoyatlari. 
593/7. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Abu Bakr Siddiqning (r.a.) xizmatkor bolalari 
bo‘lib, ishlab topgan narsasidan Abu Bakr (r.a.) uchun hissa chiqarib berar edi. Abu Bakr 
(r.a.) o‘sha hissadan tanovul qilardilar. Bir kuni u bola bir narsa olib kelgan edi, Abu 
Bakr (r.a.) undan yedilar. Shunda haligi bola: «Bu yegan narsangizning nimaligini 
bilasizmi?» dedi. Abu Bakr (r.a.) «Nima u?» dedilar. U bola: «Men johiliyat paytlarida fol 
ochishni bilmasam ham, aldab unga fol ochgan edim. O’sha kishi men bilan ko‘rishib, 
o‘sha narsaning haqqini berdi. Siz o‘sha narsadan tanovul qildingiz», dedi. Abu Bakr 
(r.a.) esa qo‘llarini og‘izlariga tiqib, qorinlaridagi barcha narsani qayt qilib tashladilar. 
Imom Buxoriy rivoyatlari. 
594/8. Nofe’dan (r.a.) rivoyat qilinadi. Umar ibn Xattob (r.a.) ilk muhojirlarga to‘rt 
ming (dirham)dan tayin qildilar. O’g‘illari Abdullohga esa uch yarim ming (dirham) tayin 
etdilar. Shunda u zotga: «Bu o‘g‘lingiz ham muhojirlardan-ku, nima uchun kam 
berdingiz?» deyilganida, u zot: «Chunki buni otasi hijratga olib chiqqan. Ya’ni o‘zi hijrat 
qilganlar toifasidan emas», dedilar. Imom Buxoriy rivoyatlari. 
595/9. Atiyya ibn Urva as-Sa’diydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Banda, 
shubhali narsalarga yo‘liqib qolmay deb, shubhasiz narsalarni ham qilmasa, o‘shanda 
taqvodorlar darajasiga yetishadi», delilar. Imom Termiziy rivoyatlari. 
 
69-BOB 
Kishining zamonasi odamlari buzilib ketganda yoki dinida 

Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
126
fitnalanishdan xavf qilganda yoki harom va shubhali narsalarga 
yo‘liqishdan qo‘rqqanda uzlat qilishi, ya’ni odamlardan 
uzoq bo‘lishining mahbubligi 
 
Alloh taolo: 
«Bas, Allohga (iymon keltirish uchun) chopinglar-shoshinglar. Albatta, men 
sizlar uchun U zot (ning azobi)dan ochiq ogohlantirguvchidirman» (Vaz-zoriyat 
surasi, 50-oyat), degan. 
596/1. Sa’d ibn Vaqqosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Albatta, Alloh 
taolo taqvodor, qalbi boy va panada yuruvchi bandasini yaxshi ko‘radi», delilar. Imom 
Muslim rivoyatlari. 
597/2. Abu Said al-Xudriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir kishi: «Ey, Allohning Rasuli, 
qaysi inson afzalroq?» deganida, Rasululloh (s.a.v.) «Moli va joni bilan Alloh yo‘lida jihod 
qiluvchi mo‘min», dedilar. U kishi «keyin kim?» deganida, Rasululloh (s.a.v.) «Tog‘lar 
orasida odamlardan o‘zini panaga olib, Rabbisiga ibodat qiluvchi kishi», dedilar. 
Boshqa rivoyatda: «Allohga taqvo qilib, odamlarning yomonligi sababli ularni tark 
qiluvchi kishi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
598/3. Abu Said al-Xudriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Yaqin 
kunlarda musulmonning eng yaxshi mol-dunyosi qo‘ylar bo‘ladiki, musulmon dinini 
fitnalardan saqlash niyatida tog‘ cho‘qqilarida va yomg‘ir yoqqanda o‘sib chiquvchi 
maysazorlarda qo‘ylarini o‘tlatib, qochib yuradi», dedilar. Imom Buxoriy rivoyatlari. 
599/4. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Alloh taolo biror 
payg‘ambarni yuborgan bo‘lsa, albatta, barchalari qo‘y boqqan», deganlarida, 
sahobalari: «Siz ham boqqanmisiz?» deyishdi. Shunda u zot: «Ha, Makka ahlining 
qo‘ylarini bir qiyrot barobaridagi mablag‘ evaziga boqib berar edim», dedilar. Imom 
Buxoriy rivoyatlari. 
600/5. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Alloh yo‘lida jihod 
niyatida har lahza otining tizgini qo‘lida bo‘lgan, urush ovozi yoki qiyqirig‘ini eshitgan 
zahoti otini minib, urush bo‘lyapti deb hisoblagan yerga o‘ldirish yoki o‘lish, ya’ni g‘oziy 
yoki shahid bo‘lish maqsadida yetib borgan kishi insonlar ichida eng yaxshi hayot 
o‘tkazayotgan kishidir», dedilar. Va yana: «Bir qancha qo‘ylarni olib, tog‘ cho‘qqilariga 
chiqib ketgan yoki biror vodiy ichiga kirib ketgan, u yerda namoz o‘qib, zakotini berib, to 
o‘lim kelgunicha Rabbisiga ibodat qilgan hamda insonlar bilan faqat yaxshi muomalada 
bo‘lgan kishi ham insonlar ichida eng yaxshi hayot kechirayotgan kishidir», dedilar. 
Imom Muslim rivoyatlari. 
 
70-BOB 
Odamlarga aralashib, ularning yig‘inlari, jamoatlari, yaxshi o‘tirishlari, zikr 
majlislarida qatnashish, kasallar holidan xabar olish, janozalarda ishtirok etish, 
muhtojlarga ko‘mak berish, johillarni to‘g‘ri yo‘lga chorlash, qodir bo‘lsa, amru 
ma’ruf, va nahiy munkar qilish, kishilarga ozor berishdan o‘zini tiyib, ulardan 
yetgan ozorga sabr qilishning fazilatlari haqida 
 
Bilingki, odamlarga men zikr etgan ko‘rinishda aralashish, Rasululloh (s.a.v.), boshqa 
payg‘ambarlar, xulofoi roshidinlar, ulardan keyingi sahobalar, tobeinlar va bulardan 
keyingi musulmon ulamolari va axyorlari ixtiyor etishgan yo‘ldir. Alloh taolo bu xususda: 
«Yaxshilik va taqvo yo‘lida hamkorlik qilingiz» (Moida surasi, 2-oyat), deb 
aytgan. 
 

Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
127
71-BOB 
Mo‘minlarning xushxulq va kamtar bo‘lishlari haqida 
 
Alloh taolo: 
«O’zingizga ergashgan mo‘minlar uchun qanotingizni past tuting (ya’ni ularga 
xush xulq bilan kamtarona munosabatda bo‘ling)» (Shuaro surasi, 215-oyat). 
«Ey mo‘minlar, sizlarning ichingizdan kimda-kim o‘z dinidan qaytsa, Alloh 
boshqa bir qavmni keltirurki, Alloh ularni yaxshi ko‘rur, ular Allohni yaxshi 
ko‘rurlar. Ular mo‘minlarga hokisor, kofirlarga esa qattiqqo‘l kishilardir» (Moida 
surasi, 54-oyat). 
«Ey insonlar, darhaqiqat, Biz sizlarni bir erkak (Odam) va bir ayol (Havvo)dan 
yaratdik hamda bir-birlaringiz bilan tanishishinglar (do‘st-birodar bo‘lishinglar) 
uchun sizlarni (turli-tuman)  xalqlar va qabila-elatlar qilib qo‘ydik. Albatta, 
sizlarning Alloh nazdidagi eng hurmatlirog‘ingiz taqvodorrog‘ingizdir» (Hujurot 
surasi, 13-oyat). 
«Bas, sizlar o‘zlaringizni poklamay qo‘ya qolinglar. Uning o‘zi taqvodor 
bo‘lgan kishilarni juda yaxshi bilguvchidir» (Van-najm surasi, 32-oyat). 
«A’rof egalari (ya’ni qilgan yaxshi va yomon amallari teng kelib, jannatiy ham, 
do‘zaxiy ham bo‘lmay, o‘rtada a’rof — devorlar ustida turgan kishilar) siymolaridan 
tanib olgan kishilariga (ya’ni do‘zaxiylarga) nido qilib dedilar: To‘plagan molu 
dunyoingiz va qilgan kibru havoingiz sizlarga asqotmabdi-ku. Sizlar «Alloh 
ularga biron rahmat-marhamat yetkazmaydi», deb qasam ichgan kishilar ana u 
(hayoti dunyodan kambag‘al-bechoralik bilan o‘tgan mo‘‘min-musulmon) larmi?  (Axir 
ularga) : «Jannatga kiringlar, sizlar uchun hech qanday xavf-xatar yo‘q va sizlar 
hech g‘amgin bo‘lmaysizlar (deyildi-ku)» (A’rof surasi, 48-49-oyatlar), deb aytgan. 
601/1. Iyoz ibn Himordan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Albatta, Alloh 
taolo menga tavozu’li bo‘lishni vahiy qildi. (Bundan ummatim ta’lim olib) hech biri 
boshqa kishiga faxrlanmasin va dushmanlik qilmasin», deb aytdilar. Imom Muslim 
rivoyatlari. 
602/2. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Sadaqa berish 
bilan mol-dunyo kamayib qolmaydi. Alloh kechirimli bandaning izzatini ziyoda qiladi. 
Kishi Alloh uchun tavozu’da bo‘lsa, Alloh u bandaning darajasini ko‘taradi», dedilar. 
Imom Muslim rivoyatlari. 
603/3. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu zot yosh bolalar oldidan o‘tib, ularga salom 
berdilar-da: «Rasulullohning (s.a.v.) odati shariflari - mana shu tarzda salom 
berardilar», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
604/4. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu zot: «Agar Madinadagi cho‘rilardan birortasi 
xohlasa, Rasulullohning (s.a.v.) qo‘llaridan ushlab, xohlagan joyiga olib keta olar edi», 
dedilar (Ya’ni har qanday ojiz, zaif ham huzurlariga kirib, arz-dodini aytib, xohlagan 
yeriga betakalluf olib borar edi). Imom Buxoriy rivoyatlari. 
Foyda: Rasulullohning (s.a.v.) tavozu’liklari va kishilar hojatini chiqarishga harisliklari 
ayon bo‘ladi. 
605/5. Asvad ibn Yaziddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Oishadan (r.a.): «Rasululloh (s.a.v.) 
uyda nima bilan mashg‘ul bo‘lardilar?» deb so‘ralganida, bu onamiz: «Ahliyalari 
xizmatida bo‘lardilar. Bordiyu namoz vaqti kirib qolsa, namozga chiqib ketardilar», 
dedilar. Imom Buxoriy rivoyatlari. 
606/6. Abu Rifo’a Tamim ibn Usayddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) 
huzurlariga borsam, xutba aytayotgan ekanlar. Shunda men: «o‘arib kishi kelib, dini 
haqida so‘ramoqda, chunki dinidagi narsalarni bilmaydi», desam, u zot menga yuzlanib, 

Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy 
 
 
Download 5.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling