Abu zakariyo yahyo ibn sharaf navaviy riyozus-solihiyn


Download 5.07 Kb.
Pdf ko'rish
bet29/53
Sana30.08.2017
Hajmi5.07 Kb.
#14625
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   53

www.ziyouz.com kutubxonasi 
176
aksa urib, Rasulullohning «Yarhamukalloh», (ya’ni, «Alloh rahm qilsin»), deyishlariga 
umid qilishar edi. Rasululloh (s.a.v.) esa: «Yahdikumullohu va yuslih balakum», (ya’ni, 
«Alloh sizni hidoyat qilib, sha’ningizni isloh etsin»), deb aytardilar. Abu Dovud va 
Termiziy rivoyatlari. 
883/7. Abu Said al-Xudriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Agar 
sizlardan biringiz esnaydigan bo‘lsa, qo‘li bilan og‘zini to‘ssin, chunki shayton kirib 
ketadi», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. 
 
143-BOB 
Ko‘rishganda qo‘l berib so‘rashish, ochiq chehra bilan yo‘liqish, 
solih kishilarning qo‘lini, o‘z bolasining yuzini o‘pish va 
safardan qaytgan kishi bilan quchoqlashishning mahbubligi 
hamda bularga bo‘yin egishning karohiyati 
 
884/1. Abulxattob Qatodadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Men Anasga (r.a.): «Rasululloh 
(s.a.v.) sahobalarida qo‘l berib so‘rashish odati bormidi?» desam, u zot: «Ha», deb 
javob berdilar. Imom Buxoriy rivoyatlari. 
885/2. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga Yaman ahli 
kelsa: «Sizlarning huzuringizga Yaman ahli kelishdi. Ular qo‘l berib so‘rashishni avval 
joriy qilgan qavmdir», derdilar. Abu Dovud rivoyatlari. 
886/3. Barodan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Ikki musulmon yo‘liqib, qo‘l 
berib so‘rashishsa, ular ikkovi ajralmaslaridan oldin gunohlari kechiriladi», dedilar. Abu 
Dovud rivoyatlari. 
887/4. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir kishi: «Ey Rasululloh! Kishi birodari yoki 
do‘stiga yo‘liqsa, bosh egadimi?» deganida, «Yo‘q», dedilar. «O’ziga yaqinlashtirib 
o‘padimi?» deganida, «Yo‘q», dedilar. «Qo‘lidan ushlab so‘rashadimi?» deganida, «Ha», 
deb javob qildilar. Imom Termiziy rivoyatlari. 
888/5. Safvon ibn Assoldan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir yahudiy do‘stiga «Anavi nabiy 
huzuriga bizni olib bor», dedi. Bas, ular Rasulullohning (s.a.v.) huzurlariga borib, 
to‘qqizta ochiq-oydin oyat haqida so‘rashdi. (Hadisning davomida) ular Rasulullohning 
(s.a.v.) qo‘llari va oyoqlarini o‘pib, «Biz guvohlik beramizki, albatta, sen nabiydirsan», 
deyishdi. Imom Termiziy, va boshqalar sahih isnod ila rivoyat qilishgan. 
889/6. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu zot bir qissada: «Rasululloh (s.a.v.)ga 
yaqin bo‘lib, qo‘llarini o‘pdik», dedilar. Abu Dovud rivoyatlari. 
890/7. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Zayd ibn Horisa Madinaga kelganlarida, 
Rasululloh (s.a.v.) uyimda edilar. Zayd kelib eshikni taqillatdilar. Rasululloh (s.a.v.) 
turib, kiyimlarini sudrab borib, quchoqlashib o‘pdilar». Imom Termiziy rivoyatlari. 
891/8. Abu Zarrdan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasululloh (s.a.v.) menga: 
«Yaxshiliklardan birortasini past sanama! Agar birodaringga yo‘liqsang, ochiq yuz ila 
ko‘rishishing ham yaxshilikdir», dedilar». Imom Muslim rivoyatlari. 
892/9. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) Hasan ibn Alini (r.a.) 
o‘pganlarida, huzurlarida Aqra’ ibn Hobis at-Tamiymiy bor edi. Shunda u: «Mening o‘nta 
bolam bor-u, ularning birortasini o‘pmaganman», dedi. Rasululloh (s.a.v.) unga 
qaradilar-da, «Kim rahm qilmasa, rahm qilinmaydi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim 
rivoyatlari. 
 
144-BOB 
Kasalni ziyorat qilish, mayyitni qabrgacha kuzatib qo‘yish, unga 
duoda bo‘lish, dafn marosimida hozir bo‘lish va dafn 

Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
177
qilingandan keyin qabr oldida turishning 
fazilati haqida 
 
893/1. Barro ibn Ozibdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) bizga: «Kasalni 
borib ko‘rishni, janozaga ergashishni, aksa urgan kishiga javob qaytarishni, qasamning 
ustidan chiqishni, mazlumga yordam berishni, (taom yoki biror narsaga) chaqirgan 
kishiga javob qilishni va salom berishni» buyurdilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
894/2. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Musulmonning 
musulmon ustidagi haqqi beshtadir: 
1. 
Salomga alik olish; 
2. 
Kasalni borib ko‘rish; 
3. 
Janozaga ergashish; 
4. 
(Taom yoki boshqa biror narsaga) chaqirganga javob qilish; 
5. Aksa urganga javob qaytarish», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
895/3. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) aytdilar. Alloh taolo 
Qiyomat kuni: «Ey odam bolasi, kasal bo‘ldim, meni ko‘rgani bormading», deydi. 
Shunda u kishi: «Ey Rabbim, qanday qilib seni ko‘rgani boraman? Sen olamlarning Rabbi 
bo‘lsang», deydi. Alloh esa: «Bilmaysanmi, falonchi bandam kasal bo‘ldi, lekin uni 
ko‘rgani bormading. Agar uni ko‘rgani borganingda huzurimdan uni topar eding», deydi. 
Alloh: «Ey odam bolasi, sendan ovqat so‘radim, menga uni bermading», desa, u kishi: 
«Ey Rabbim, qanday qilib seni ovqatlantiraman? Sen olamlar Rabbi bo‘lsang», deydi. 
Alloh esa: «Bilmaysanmi, falonchi bandam sendan ovqat so‘radi, lekin sen unga taom 
bermading. Agar unga ovqat berganingda huzurimdan uni topar eding», deydi. Alloh: 
«Ey odam bolasi, sendan suv talab qildim. Lekin meni suv bilan siylamading», desa, u 
kishi: «Ey Rabbim, nechuk seni suv ila siylayman? Vaholanki, sen olamlar Rabbi 
bo‘lsang», deydi. Alloh esa: «Falonchi bandam suv talab qildi. Sen unga suv bermading.  
Bilmaysanmiki, agar suv bilan siylaganingda, uni mening huzurimdan topar eding», 
deydi. Imom Muslim rivoyatlari. 
896/4. Abu Musodan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v): «Kasallarni borib 
ko‘ringlar, ochlarga taom beringlar va asirlarni ozod qilinglar», deb aytdilar. Imom 
Buxoriy rivoyatlari. 
897/5. Savbondan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Albatta, musulmon kishi 
agar boshqa bir musulmon birodarini bemorlik paytida ko‘rgani borsa, toinki qaytib 
kelgunicha jannat xarfasida bo‘ladi», deganlarida, sahobalar: «Ey Allohning Rasuli, 
jannat xarfasi deganingiz nimasi?» deyishdi. Shunda u zot: «Terib qo‘yilgan 
mevalaridir», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. 
898/6. Alidan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Biror musulmon boshqa bir 
musulmonni ertalab ko‘rgani borsa, to kech kirgunicha yetmish ming farishta uning 
haqqiga duoda bo‘lishadi. Agar kechqurun ko‘rgani borsa, to ertalabgacha yetmish ming 
farishta uning haqqiga duoda bo‘lishadi. Hamda bu kishiga jannatda terib, yig‘ib 
qo‘yilgan meva bo‘ladi», dedilar. Imom Termiziy rivoyatlari. 
899/7. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir yahudiy bola Rasulullohga (s.a.v.) xizmat 
qilar edi. Kunlarning birida u betob bo‘lib qoldi. Rasululloh (s.a.v.) uning ziyoratiga kirib, 
bosh tomoniga o‘tirdilar va «Islomga kir», dedilar. U bola esa otasiga qaradi. Shunda 
otasi: «Abul Qosimga (Ya’ni Rasulullohga) itoat qil», dedi. Bas, u bola musulmon bo‘ldi. 
Rasululloh (s.a.v.) uning huzuridan chiqa turib, «Alhamdu lillahillaziy anqozahu minan-
nar» (ya’ni, «Uni do‘zaxdan xalos qilgan Allohga hamd bo‘lsin»), dedilar. Imom Buxoriy 
rivoyatlari. 
 

Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
178
145-BOB  
Kasalga o‘qiladigan duolar haqida 
 
900/1. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasulullohga (s.a.v.) birov bir narsadan - 
chaqami, jarohatmi - shikoyat qiladigan bo‘lsa, ko‘rsatkich barmoqlarini yerga qo‘yib, 
so‘ngra ko‘tarib, quyidagi duoni o‘qir edilar: 
«Bismillahi turbatu arzina biriyqoti ba’zina yushfa bihi saqiymuna biizni Rabbina». 
(Ma’nosi: Allohning ismi bilan, yerlarimizning tuprog‘i bilan, ba’zilarimizning tupugi bilan 
Rabbimizning izni ila kasallarimiz shifo topadi.) Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
901/2. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) ahllaridan ba’zilariga o‘ng 
qo‘llarini surtib, panoh tilab, quyidagi duoni o‘qirdilar: 
«Allohumma Rabban nasi azhibil ba`sa ishfi anta shafiy la shifaa illa shifauka shifaan 
la yug‘odiru saqoma». (Ma’nosi: Allohim, Sen insonlarning Rabbisan, qiyinchiliklarni 
ketkaz, shifo ber, Sen shifo beruvchisan. Sening shifoingdan boshqa shifo yo‘q. Sen 
bergan shifo birorta ham kasallik qoldirmaydi.) Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
902/3. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu zot Sobitga (r.a.): «Rasululloh dam solib 
o‘qiydiganlari bilan dam solaymi?» deb quyidagilarni aytdilar: 
«Allohumma Rabban nas, muzhibal ba`si ishfi anta shafiy, la shafiya illa anta 
shifa`an la yug‘odiru saqoma». (Ma’nosi: Allohim, Sen insonlarning Rabbisan, 
qiyinchiliklarni ketkaz, shifo ber, Sen shifo beruvchisan. Sening shifoingdan boshqa shifo 
yo‘q. Sen bergan shifo birorta ham kasallik qoldirmaydi.) Imom Buxoriy rivoyatlari. 
Foyda: Dam solish uchun quyidagi uch narsa shart qilindi. 1. U Allohning kalomidan 
yoki ismlaridan yoki sifatlaridan bo‘lishi kerak. 2. U arab tilida yoki o‘zi tushunadigan 
lug‘atda bo‘lishi kerak. 3. Dam solishning o‘zi ta’sir o‘tkaza olmaydi, balki Allohning 
taqdiri bilan foyda beradi degan e’tiqodda bo‘lishi kerak. Endi yuqoridagi hadisda kelgan 
lafz ila dam solish mahbubroqdir. 
903/4. Sa’d ibn Abu Vaqqos (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh (s.a.v.) kasalligimda 
meni ko‘rgani kirib:«Allohumma ishfi Sa’dan, Allohumma ishfi Sa’dan, Allohumma ishfi 
Sa’dan» (Sa’dga shifo ber), deb aytdilar». Imom Muslim rivoyatlari. 
904/5. Abu Abdulloh Usmon ibn Abul Osiydan (r.a.) rivoyat qilinadi. U zot o‘zlariga 
kasallik yetganidan Rasulullohga shikoyat qildilar. Shunda Rasululloh (s.a.v.) u zotga: 
«Og‘riyotgan yeringga qo‘lingni qo‘y, «Bismilloh»ni uch marta aytib: «A’uzu bi’izzatillahi 
va qudrotihi min sharri ma ajidu va uhaziru», deb yetti marta o‘qi», dedilar. (Ma’nosi: 
Allohning izzati va qudrati ila o‘zimda topadigan va hazar qiladigan narsaning 
yomonligidan panoh tilayman.) Imom Muslim rivoyatlari.  
Foyda: Kishi o‘ziga-o‘zi, hadisda kelgan duolar bilan dam solishi mahbubligi ma’lum 
bo‘ladi. 
905/6. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Kim kasal ko‘rgani 
borganida, agar ajali yetmagan bo‘lsa, uning huzurida yetti marta: 
«As`alullohal ‘aziym Rabbal ‘arshil ‘aziym an yashfiyaka», desa, Alloh taolo uni 
kasalidan xalos qiladi», dedilar. (Ma’nosi: Ulug‘ Allohdan, buyuk arsh Rabbidan senga 
shifo berishini so‘rayman.) Abu Dovud va Termiziy rivoyatlari 
906/7. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) bir a’robiyni kasalligida 
ko‘rgani kirdilar. Agar kasal ko‘rgani kirsalar: 
«La ba`sa tohurun inshaalloh» (Zarari yo‘q, inshaalloh, bu kasallik seni poklaydi), 
deb aytish u zotning (s.a.v.) odatlari edi. Imom Buxoriy rivoyatlari 
907/8. Abu Said al-Xudriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Jabroil (a.s.) Rasululloh (s.a.v.) 
huzurlariga kelib: «Ey Muhammad, tobingiz yo‘qmi?» deb so‘radilar. Rasululloh (s.a.v.) 
«Ha», deb javob berganlarida, Jabroil (a.s.): «Bismillahi urqiyka, min kulli shay`in 

Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
179
yu`ziyka, min sharri kulli nafsin av ‘aynin hasidin, Allohu yashfiyka, bismillahi urqiyka», 
deb aytdilar. (Ma’nosi: Allohning ismi ila dam solaman. Har bir aziyat beruvchi narsadan, 
har bir nafsning yomonligidan yoki hasad qiluvchi ko‘zdan Alloh sizga shifo bersin. 
Allohning ismi bilan sizga dam solaman.) Imom Muslim rivoyatlari. 
908/9. Abu Said al-Xudriydan va Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu ikkovlari 
Rasulullohning (s.a.v.) quyida aytgan so‘zlariga guvoh bo‘lishdi: «Kimki «La ilaha 
illallohu vallohu Akbar» (ya’ni Allohdan boshqa iloh yo‘q, Alloh ulug‘), desa, uni Rabbi 
tasdiqlab: «Mendan boshqa iloh yo‘q. Men ulug‘dirman», deydi. Agar banda: «La ilaha 
illallohu vahdahu la shariyka lahu» (ya’ni yakka Allohdan boshqa iloh yo‘q, uning sherigi 
ham yo‘q, desa, Rabbi: «Yakka Mendan boshqa iloh yo‘q, Mening sherigim ham yo‘q», 
deydi. Agar banda: «La ilaha illallohu lahul mulku va lahul hamdu» (ya’ni Allohdan 
boshqa iloh yo‘q, mulk va maqtov uning uchundir), desa, Rabbi: «Mendan boshqa iloh 
yo‘q. Mulk va maqtov Men uchun», deydi. Agar banda: «La ilaha illallohu vala havla vala 
quvvata illa billah» (Allohdan boshqa iloh yo‘q va Allohdan boshqa o‘zgartiruvchi ham, 
quvvat ham yo‘q), desa, Rabb: «Mendan boshqa iloh yo‘q. Va Mendan boshqa 
o‘zgartiruvchi ham, quvvat ham yo‘qdir», deydi. Endi kimki mana shularni kasalligida 
aytib, keyin vafot etsa, do‘zax uni yemaydi. Ya’ni do‘zaxga tushmaydi», dedilar. Imom 
Termiziy rivoyatlari. 
 
146-BOB 
Kasallar ahvolini so‘rashning yaxshiligi haqida 
 
909/1. Ibn Abbos (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh (s.a.v.) o‘lim to‘shagida yotgan 
edilar. Ali ibn Abu Tolib (r.a.) u zotning huzurlaridan chiqqanlarida, odamlar: «Ey Abul 
Hasan, Rasulullohning ahvollari qanday?» deb so‘rashdi. Shunda Ali (r.a.): «Alhamdu 
lillah, shifo topgan holda tong ottirdilar», dedilar». Imom Buxoriy rivoyatlari. 
 
147-BOB 
Yashashdan noumid bo‘lib qolganda aytiladigan narsalar 
 
910/1. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) menga suyanib turib: 
«Allohummag‘firli varhamniy va alhiqniy birrofiqil a’la», deganlarini eshitdim». 
(Ma’nosi: Allohim, meni mag‘firat qil va menga rahm et. Meni Oliy rafiq bilan qovushtir.) 
Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
911/2. Oisha (r.a.) aytadilar: «Rasulullohning (s.a.v.) o‘limlari yaqinlashganida 
oldilarida bir idishda suv bor edi. Unga qo‘llarini tiqdilar, so‘ng suvini yuzlariga surtib: 
«Allohumma a’inniy ‘ala g‘omarotil mavti va sakarotil mavt», deb aytdilar». (Ma’nosi: 
Allohim, o‘lim shiddati va o‘lim talvasasida menga yordam ber.) Imom Termiziy 
rivoyatlari. 
 
148-BOB 
Kasalning oilasiga va unga xizmat qilayotganlarga kasalga yaxshi 
qarashni va qiyinchiliklarga sabr etishni nasihat qilishning 
hamda had yoki qasos tufayli o‘limga hukm etilganlarga ham 
yaxshilik ila nasihat etishning mahbubligi haqida 
 
912/1. Imron ibn Husayndan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga 
Juhayna qabilasidan zinodan homilador bo‘lgan bir ayol kelib: «Ey Allohning Rasuli, 
menga had urish lozim bo‘lib qoldi. Uni menga qoim qiling», dedi. Rasululloh (s.a.v.) 

Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
180
uning yaqinlarini chaqirdilar. «Unga chiroyli muomala qil va homilasini tug‘ib bo‘lganidan 
keyin olib kel», dedilar. Xotin tuqqanidan keyin uni keltirishdi. Rasululloh (s.a.v.) 
ayolning ko‘ylagini mahkam bog‘lashni, so‘ng toshbo‘ron qilishni buyurdilar. Hukm ijro 
qilinganidan keyin unga janoza namozini o‘qidilar. Imom Muslim rivoyatlari. 
 
149-BOB 
Bemorning «Kasalim qattiq» yoki «Og‘rig‘im kuchli» yoki «Voy 
boshim» deyishi, g‘azablanish va sabrsizlik tarzida 
bo‘lmasa, joizligi haqida 
 
913/1. Abdulloh ibn Mas’ud (r.a.) aytadilar: «Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga kirsam, 
og‘riqlari kuchayayotgan ekan. U zotni ushlab turib: «Ey Rasululloh, qattiq 
og‘riyapsizmi?» dedim. «Ha, men sizlardan ikki kishiga beriladigan og‘riq bilan 
kasallanaman», dedilar Nabiy alayhissalom». Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
914/2. Sa’d ibn Abu Vaqqos (r.a.) rivoyat qiladilar: «Qattiq kasal bo‘lib yotganimda, 
Rasululloh (s.a.v.) meni ko‘rgani kirdilar. «Ey Rasululloh, ko‘rib turganingizdek 
betobman. Bilasiz badavlat kishiman. Bitta qizimdan boshqa merosxo‘rim yo‘q», 
dedim...» Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
915/3. Qosim ibn Muhammaddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Oisha (r.a.): «Voy boshim», 
degandilar (Rasululloh (s.a.v.) Oishaga (r.a.) yoqtirmaydigan bir so‘z aytdilar. Oisha 
(r.a.) esa bu aytgan so‘zlariga e’tiroz bildirganlaridan keyin) Rasululloh (s.a.v.) «Unday 
bo‘lsa, o‘zimning boshim og‘riyapti», deb, hadisning qolganini zikr qildilar. Imom Buxoriy 
rivoyatlari. 
 
150-BOB 
O’limi yaqinlashgan kishi oldida «La ilaha illalloh»ni 
aytib turish haqida 
 
916/1. Muozdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Kimning oxirgi so‘zi «La 
ilaha illalloh» bo‘lsa, jannatga kiradi», dedilar. Abu Dovud va imom Hokimlar rivoyatlari. 
917/2. Abu Said al-Xudriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «O’liklaringizga 
«La ilaha illalloh»ni talqin qilib turinglar. Ya’ni oldida eslatib, unga ayttiringlar», dedilar. 
Imom Muslim rivoyatlari. 
 
151-BOB 
O’lgan kishi ko‘zini yumganidan so‘ng aytiladigan narsalar 
 
918/1. Ummu Salamadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) Abu Salamaning 
oldiga kirganlarida, u zot vafot etib, ko‘zlari ochiq qolgan edi. Rasululloh (s.a.v.) uning 
ko‘zlarini yumib qo‘ydilar. So‘ngra: «Agar ruh olinsa, ko‘z unga ergashadi», dedilar. Abu 
Salamaning ahllaridan bo‘lgan kishilar baland ovoz ila qichqirib yuborishdi. Rasululloh 
(s.a.v.)  «O’zingizga duo qilayotganingizda faqat yaxshilik so‘ranglar, chunki farishtalar 
aytayotgan narsangizga omiyn, deb turishadi», deb quyidagi duoni o‘qidilar: 
«Allohummag‘fir liabiy Salamata varfa’ darojatahu fil mahdiyyiyna vaxlufhu fiy ‘aqibihi fil 
g‘obiriyna vag‘firlana va lahu ya robbal ‘alamiyn vafsah lahu fiy qobrihi va navvir lahu 
fiyhi». (Ma’nosi: Allohim, Abu Salamani mag‘firat qil. Uning darajasini hidoyat topganlar 
qatoriga ko‘tar. Orqasida qolganlarga O’zing uning o‘rnini bos. Ey olamlar Rabbi, uni va 
bizni mag‘firat qil. Uning qabrini keng qil, nurga to‘ldir.) (Bu duoni o‘qiyotganda «Abu 
Salama»ning o‘rniga o‘lgan kishining ismi aytiladi.) Imom Muslim rivoyatlari. 

Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
181
 
152-BOB 
O’lik huzurida aytiladigan va mayyit egalari 
aytadigan narsalar 
 
919/1. Ummu Salama onamiz (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh (s.a.v.) «Agar kasal 
yoki mayyitning oldida hozir bo‘lsangiz, faqat yaxshi gapni aytinglar. Chunki farishtalar 
aytayotgan narsangizga omiyn, deb turishadi», dedilar. Abu Salama vafot etganlarida, 
Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga kirib: «Ey Rasululloh, Abu Salama vafot etdi», dedim, u 
zot: «Allohummag‘firliy va lahu va a’qibniy minhu ‘uqba hasana» (Allohim, meni va uni 
mag‘firat qil hamda menga undan yaxshisini qoldir), deb ayt», dedilar. Men shu duoni 
aytganimda, Alloh taolo menga erimdan ham afzal Rasulullohni (s.a.v.) berdi (ya’ni, u 
zot meni nikohlariga oldilar)». Imom Muslim rivoyatlari. 
920/2. Ummu Salama onamiz (r.a.) aytadilar: «Rasululloh alayhissalom: «Biror 
bandaga musibat yetganida: «Inna lillahi va inna ilayhi roji’un, Allohumma ajirniy fiy 
musiybatiy vaxlufliy xoyrom minha» (Biz Allohnikimiz va Allohga qaytuvchimiz. Ey 
Rabbim, musibatimda ajr qil va menga undan yaxshirog‘ini ber), deb aytsa, Alloh taolo 
musibatiga ajr berib, undan yaxshisini ato etadi», dedilar. Erim Abu Salama vafot 
etganida, Rasululloh buyurganlaridek, o‘sha duoni aytdim. Alloh taolo erim Abu 
Salamadan ham yaxshirog‘iga - Muhammad alayhissalomning nikohlariga musharraf 
qildi». Imom Muslim rivoyatlari. 
921/3. Abu Musodan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Agar biror bandaning 
farzandi vafot etsa, Alloh taolo farishtalariga: «Bandamning farzandi ruhini oldinglarmi?» 
deydi. «Ha», deb javob berishadi ular. «Qalbining mevasini qabz qildinglarmi?» deydi 
so‘ng. «Ha», deb javob berishadi yana. «Bandam nima dedi?» deb so‘raydi Alloh taolo. 
Farishtalar: «Senga hamd va istirjo’ (inna lillahi va inna ilayhi roji’un) deb aytdi», 
deyishadi. Shunda Alloh taolo: «Bandam uchun jannatda bir uy quringlar va uning hamd 
uyi, deb atanglar», deydi», dedilar. Imom Termiziy rivoyatlari. 
922/4. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) aytdilar: «Alloh 
taolo: «Bir mo‘min bandaning dunyo ahlidan eng yaqin do‘stining ruhini qabz qilsam, u 
sabr etib, shikoyat qilmasa, Men huzurimda unga jannat degan mukofotni tayyorlab 
qo‘yganman», deb aytdi». Imom Buxoriy rivoyatlari. 
923/5. Usoma ibn Zayd (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasulullohning (s.a.v.) qizlaridan biri 
u zotga bir odam yuborib, nevaralari o‘lim bo‘sag‘asida yotganini aytdi. Rasululloh 
kelgan kishiga: «Borib qizimga ayt, Alloh berganini oluvchidir. Har bir narsaning ajali 
Uning huzurida belgilab qo‘yilgandir. Qizimga savob uchun sabr 
qilishni buyur», deb hadisning qolganini zikr qildilar. Imom Buxoriy va Muslim 
rivoyatlari. 
Foyda:  Mana shu hadisi sharif din usullari, furu’lari, odoblarini o‘z ichiga olgan eng 
katta qoidalaridandir. U musibatlarga, g‘am va kasalliklarga hamda boshqa 
qiyinchiliklarga sabr qilishni o‘rgatadi. 
 
153-BOB 
Dod-voy solmasdan hamda mayyit fazilatlarini aytmaslik 
sharti bilan o‘lganda yig‘lashning joizligi haqida 
 
Dod-voylab yig‘lash harom amallardandir. Biz, inshaalloh, bu haqda «Qaytariqlar» 
kitobida keltiramiz. Ammo agar o‘lgan kishi o‘limidan oldin yig‘lashni vasiyat qilgan 
bo‘lsa oddiy yig‘lashdan ham man etilgan hadislar ham bor. Lekin haqiqiy — voy-dodlab 

Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
182
va mayyit fazilatlarini eslab yig‘lashning man etilgani, albatta «O’lik o‘z ahllarining yig‘isi 
sabab ozorlanadi» hadisiga binoandir. 
924/1. Ibn Umar (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh (s.a.v.) Abdurahmon ibn Avf, 
Sa’d ibn Abu Vaqqos, Abdulloh ibn Mas’udlar bilan birga Sa’d ibn Ubodani ko‘rgani 
kirdilar. Rasululloh (s.a.v.) unga qarab turib, yig‘lab yubordilar. Rasululloh yig‘laganlarini 
ko‘rib, qolganlar ham yig‘lashdi. Shunda Rasululloh (s.a.v.)  «Eshitmadinglarmi, Alloh 
ko‘z yoshiga va qalbning xafaligiga azoblamaydi. Lekin mana bunga azoblaydi yoki rahm 
qiladi», dedilar tillarini ko‘rsatib». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
925/2. Usoma ibn Zayddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) qizlarining o‘g‘li 
vafot etib, u zotning qo‘llariga uzatilganida, ko‘zlaridan yosh oqdi. Sa’d (r.a.): «Ey 
Allohning Rasuli, bu qanday yig‘i?» dedilar. Shunda Rasululloh (s.a.v.) «Bu rahmat yig‘isi 
bo‘lib, Alloh bandalarining qalbida paydo qilgan. Albatta, Alloh rahmli bandalariga rahm 
aylaydi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
926/3. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) o‘g‘illari Ibrohim vafot 
etganida, ko‘zlaridan ko‘p yosh oqdi. Abdurahmon ibn Avf: «Siz shundoq qilyapsizmi, ey 
Rasululloh?» degan edilar, u zot: «Ey Ibn Avf, bu rahmatdir, — dedilar. Keyin qo‘shib 
qo‘ydilar: - Ko‘z yosh oqizadi. Qalb xafa bo‘ladi. Biz esa, Rabbimiz rozi bo‘lgan narsani 
aytamiz. Albatta, biz, ey Ibrohim, sendan ajrab qolganimizga xafamiz». Imom Buxoriy 
rivoyatlari. Imom Muslim ham ba’zisini rivoyat qilganlar. 
Download 5.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling