Abu zakariyo yahyo ibn sharaf navaviy riyozus-solihiyn


Download 5.07 Kb.
Pdf ko'rish
bet18/53
Sana30.08.2017
Hajmi5.07 Kb.
#14625
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   53

www.ziyouz.com kutubxonasi 
104
Termiziy rivoyatlari. 
478/23. Abdulloh ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Ko‘chmas 
mulklarga (er-suv) ega bo‘lishga kirishmanglar. Chunki u dunyoga rag‘batlaringizni 
ziyodalashtiradi», dedilar. Imom Termiziy rivoyatlari. 
479/24. Abdulloh ibn Amr ibn Ossdan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Qamishdan bo‘lgan 
uyimizni isloh etayotganimizda Rasululloh (s.a.v.) oldimizdan o‘tib qoldilar. Va: «Bu 
nima?» degandilar, biz: «Qulab ketgan devorni isloh qilmoqdamiz», dedik. Shunda 
Rasululloh (s.a.v.)  «Ishni bundan ham tezroq deb bilaman», dedilar». Abu Dovud va 
Termiziylar rivoyati. 
480/25. Ka’b ibn Iyozdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Har bir 
ummatning fitnasi bordir. Mening ummatimning fitnasi mol-dunyodir», dedilar. Imom 
Termiziy rivoyatlari. 
481/26. Usmon ibn Affondan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Odam 
bolalarining quyidagi narsalardan boshqa hech bir haqqi yo‘qdir: yashaydigan uyi, 
avratini to‘sadigan kiyimi, nonning o‘zi hamda suv», dedilar. Imom Termiziy rivoyatlari. 
482/27. Abdulloh ibn Shixxirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga 
borsam, u zot «Alhakumut takosuru» surasini o‘qiyotgan ekanlar. Shunda u zot: «Odam 
bolasi molim, molim, deydi. Ey odam bolasi, molingdan yeb tugatganing va kiyib 
eskitganing hamda sadaqa qilib sarf etganing o‘zingnikidir (qolgani esa 
boshqalarnikidir)», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. 
483/28. Abdulloh ibn Mug‘affaldan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir kishi Rasululloh 
(s.a.v.)ga: «Ey Allohning rasuli, Allohga qasamki, men sizni yaxshi ko‘raman», dedi. 
Shunda u zot: «Nima deyayotganingga qaragin», dedilar. U yana: «Allohga qasamki, 
men sizni yaxshi ko‘raman», deb uch marta aytdi. Rasululloh (s.a.v.): «Unday bo‘lsa, 
kambag‘allik kiyimini lozim tut. Chunki meni yaxshi ko‘rgan kishiga kambag‘allik sel 
oxiriga borib ulgurmasidan ham tezroq yetib boradi», dedilar. Imom Termiziy rivoyatlari. 
484/29. Ka’b ibn Molikdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Qo‘ylar orasiga 
ikkita och bo‘ri qo‘yib yuborilganida, ularni qay tarzda barbod qilsa, kishini mol-dunyo va 
sharaf-izzatga bo‘lgan hirsi undan ham ko‘proq fasod qiladi», dedilar. Imom Termiziy 
rivoyatlari. 
485/30. Abdulloh ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Bir kuni Rasululloh (s.a.v.) 
bo‘yra ustida uxlagan edilar, ikki yonlariga uning izi tushib qolibdi. Shunda biz: «Ey 
Allohning rasuli, sizga to‘shak solib beramiz», degandik, u zot: «Dunyo bilan mening 
nima aloqam bor?! Dunyoda men xuddi daraxt ostida biroz soyalanib, keyin u yerni 
tashlab ketadigan yo‘lovchiga o‘xshayman», dedilar». Imom Termiziy rivoyatlari. 
486/31. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Kambag‘allar 
jannatga boylardan besh yuz yil oldin kirishadi», dedilar. Imom Termiziy rivoyatlari. 
487/32. Ibn Abbos (r.a.) va Imron ibn Husaynlardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh 
(s.a.v.): «Jannatga boqdim, ko‘rdimki, u yerdagilarning aksariyati kambag‘allar ekan. 
Hamda do‘zaxga boqdim, ko‘rdimki, u yerdagilarning aksariyati ayollar ekan», dedilar. 
Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
488/33. Usoma ibn Zayddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Jannat 
darvozasi oldida turib qarasam, u yerga kirayotganlarning ko‘plari bechora-miskinlar 
ekan. Boylar esa tashqarida ushlab turilibdi. Lekin do‘zax ahllarini esa do‘zaxga tashlash 
buyurilibdi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
489/34. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «So‘zlarning eng 
to‘g‘risi Labid ismli shoirning: «Ogoh bo‘ling! Allohdan boshqa barcha narsa botil, ya’ni 
bekordir», deb aytgan so‘zidir», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
Alloh taoloning lutfu inoyati ila birinchi jild shu yerda tugadi. Ikkinchi jild, inshaalloh, 

Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
105
«Och yurish va sodda hayot kechirish» bobidan boshlanadi. 
 
56-BOB 
Och yurish, sodda hayot kechirish, yeyish, ichish, kiyinishning oziga 
ham qanoat qilish hamda nafs xohishi va shahvoniy 
narsalarni tark etish xususida 
 
Alloh taolo: 
«So‘ng, ularning ortidan namozni zoe qiladigan va shahvatlarga beriladigan 
kimsalar o‘rinbosar bo‘ldilar. Endi u (o‘rinbosarlar)  albatta, yomonlikka (ya’ni 
yomon jazoga) yo‘liqurlar. Magar tavba qilib, iymon keltirgan va yaxshi amallar 
qilgan zotlargina (azobga duchor qilinmaslar). Bas, ular jannatga kirurlar va 
ularga biron zulm qilinmas» (Maryam surasi, 59-60-oyatlar). 
«So‘ng,  (Qorun)  qavmi oldiga yasan-tusan qilib chiqqan edi, hayoti-dunyoni 
istaydigan kimsalar: «Eh, qani edi bizlar uchun ham Qorunga ato etilgan molu-
davlat bo‘lsa edi. Darhaqiqat, u ulug‘ nasiba egasidir», dedilar. Ilm-ma’rifat ato 
etilgan kishilar esa: «O’lim bo‘lsin sizlarga! Iymon keltirgan va yaxshi amal 
qilgan kishi uchun Alloh beradigan ajr-savob yaxshiroq-ku!», dedilar (Qasos 
surasi, 79-80-oyatlar). 
«So‘ngra ana o‘sha Kunda albatta (hayoti-dunyoda sizlarga ato etilgan barcha) 
ne’matlar to‘g‘risida mas’ul bo‘lursizlar» (Takasur surasi, 8-oyat). 
«Kim naqd (dunyo)ni  ko‘zlovchi bo‘lsa, Biz (shu dunyoda ulardan) O’zimiz 
istagan kimsalar uchun O’zimiz xohlagan narsani naqd qilib berurmiz. So‘ngra 
(ya’ni oxiratda) u uchun o‘zi mazammat-malomatga va quvg‘inga duchor bo‘lgan 
holda kiradigan jahannamni uning uchun joy qilib berurmiz» (Isro surasi, 18-
oyat), deb aytgan. 
490/1. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu onamiz: «Muhammad alayhissalom hayotlik 
paytlarida oilalaridagilar paydar-pay ikki kun arpa nonidan to‘yib yeyishmadi», deb 
aytdilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
Boshqa bir rivoyatda: «Muhammad alayhissalom oilalari Madinaga kelishganidan toki 
u zot vafot etgunlariga qadar ketma-ket uch kun bug‘doyli taomni to‘yib yeyishmadi», 
deyilgan. 
491/2. Urvadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Oisha (r.a.): «Allohga qasamki, ey singlimning 
o‘g‘li, bizlar birinchi yangi oyni, keyin ikkinchisini, so‘ngra uchinchisini ko‘rardik. Ya’ni 
uchta yangi oyning boshini ikki oyda ko‘rardik. Ana shu muddat mobaynida Rasululloh 
(s.a.v.) xonadonlarining birortasida taom uchun o‘t yoqilmasdi», deganlarida, men: «Ey 
xolajon! Unda qandoq qilib hayot kechirar edinglar», desam, u zot: «Ikki qora (oddiy) 
ne’mat, ya’ni xurmo va suv hamda Rasulullohning (s.a.v.) ansoriylardan bo‘lgan 
qo‘shnilari yuboradigan sutlari bilan edi. Ansorlarga odamlar sutini ichib turishlari uchun 
sog‘iladigan hayvon berib turishgan edi. U zot esa bizni o‘sha sut ila siylardilar», dedilar. 
Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
492/3. Abu Said al-Maqburiydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Abu Hurayra (r.a.) bir 
qavmning oldidan o‘tdilar. Ularning oldilarida pishirilgan qo‘y go‘shti bor edi. Ular Abu 
Hurayrani (r.a.) ham o‘sha go‘shtga taklif qilishdi. Abu Hurayra (r.a.) esa yemoqlikni rad 
qilib: «Rasululloh (s.a.v.) dunyodan o‘tdilar. Lekin qorinlari arpa noniga ham to‘ymagan 
edi», dedilar. Imom Buxoriy rivoyatlari. 
493/4. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) vafot etgunlariga qadar 
xontaxtada ovqatlanmadilar va yumshog‘ non yemadilar. Imom Buxoriy rivoyatlari. 
Foyda:  Rasululloh (s.a.v.) dunyo ahllari qiladigan ishlardan yuz o‘girib, zohidlikning 

Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
106
eng chiroyli namunasini ko‘rsatdilar. Bu ishlari kambag‘al va miskinlarni o‘ksitmaslik 
uchun edi. Lekin bunday qilish odamlarga vojib emas. 
Imom Buxoriyning boshqa rivoyatlarida: «Rasululloh (s.a.v.) juni issiq suv bilan olinib, 
butunicha pishirilgan qo‘yni ko‘zlari bilan ko‘rmadilar», deyilgan. 
Foyda: Bu kabi kichik qo‘yning junini yulib, uni butunicha pishirish isrof qilib haddan 
oshuvchilarning amalidir. 
494/5. No‘‘mon ibn Bashirdan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Men nabiyingiz Muhammad 
(s.a.v.) qorinlarini to‘ydirish uchun yomon xurmoni ham topa olmaganlarini ko‘rdim», 
deb aytdilar. Imom Muslim rivoyatlari. 
495/6. Sahl ibn Sa’ddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu zot: «Rasululloh (s.a.v.) 
payg‘ambar etib yuborilganlaridan to vafot etgunlariga qadar oq non ko‘rmadilar», 
dedilar. Bu zotga: «Rasululloh (s.a.v.) zamonlarida elak bo‘lganmi?» deyilganida: 
«Rasululloh (s.a.v.) payg‘ambar qilib yuborilganlaridan to vafot etgunlariga qadar elak 
ko‘rmaganlar», dedilar. «Unda elakdan o‘tkazilmagan arpani qandoq tanovul 
qilardinglar?» deyilganida, u zot: «Arpani un qilib, so‘ng uni puflar edik, shunda uning 
kepaklari uchib ketardi. Qolganini xamir qilib, iste’mol qilar edik», dedilar. Imom Buxoriy 
rivoyatlari. 
496/7. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) kunlarning birida 
yoki kechalarning birida ko‘chaga chiqqanlarida, Abu Bakr va Umarni (r.a.) uchratdilar. 
Ularga: «Sizlarni bu soatda uyingizdan nima olib chiqdi?», deganlarida, ikkovlari: «Ey 
Allohning Rasuli, ochlik», deb aytishdi. Shunda Rasululloh (s.a.v.) «Jonim Uning qo‘lida 
bo‘lgan Zotga qasamki, meni ham sizlarni olib chiqqan narsa olib chiqdi. Turinglar», 
dedilar. Ular u zot bilan turib, ansoriylardan bir kishinikiga borishdi. Borishsa, u uyida 
yo‘q ekan. Uning xotini bularni ko‘rib: «Xush kelibsizlar, marhabo», deb aytdi. 
Rasululloh (s.a.v.)  «Falon kishi (ya’ni, ering) qaerda?»dedilar. U ayol: «Bizga ichimlik 
suvi olgani ketdi», dedi. Shu payt haligi ansoriy kelib, Rasululloh (s.a.v.) va ikki 
birodarlarini ko‘rib: «Allohga hamd bo‘lsinki, bugun mendan ko‘ra mehmon jihatidan 
hurmatliroq kishi yo‘q», dedi. Va ketib, xurmosi bor bir novda ko‘tarib keldi. Unda 
pishmagan, quritilgan va ho‘l xurmo bor edi. U: «Yenglar», deb iltifot qilib, qo‘liga 
pichoq oluvdi, Rasululloh (s.a.v.) unga: «Qo‘ygin, sut berib turgan jonivorni so‘ymagin», 
dedilar. Keyin xonadon sohibi bir qo‘y so‘ydi. Ular bu qo‘ydan va haligi novdadagi 
xurmodan yeb, ichimliklar ichishdi. Qachonki qorinlari to‘yib va suvga tashnaliklari 
ketganidan keyin Rasululloh (s.a.v.) Abu Bakr va Umarga (r.a.): «Jonim Uning qo‘lida 
bo‘lgan zotga qasamki, Qiyomat kuni bu ne’matlar haqida so‘roqqa tutilasizlar. Sizlarni 
ochlik uylaringizdan chiqargan edi. Sizlar esa bu ne’matlarga erishib qaytmoqdasizlar», 
deb aytdilar. Imom Muslim rivoyatlari. 
Bu yerda mehmon qilgan ansoriyning ismi Abul Haysam ibn Tayyihondir. Bu hadisni 
Imom Muslimdan tashqari, Termiziy va boshqalar ham rivoyat qilishgan. 
497/8. Xolid ibn Umar al-Adaviydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Utba ibn o‘azvon Basraning 
amiri edilar. Alloh taologa hamdu sano aytib, quyidagicha xutba qildilar: «Ammo ba’d! 
Albatta, dunyo o‘zining foniy ekanligini e’lon qildi. Va tezlik ila yo‘lga tushdi. Unda biror 
qiziqarli narsa qolmadi. Faqatgina idish tagida qoluvchi sarqit kabi bir narsa qoldiki, uni 
egasi qo‘lga kiritib jamlaydi. Albatta, sizlar bir diyorga ko‘chasizlarki, u yerda zavollik 
yo‘q. Sizlar o‘zingizdagi bor narsani yaxshisi ila u yerga ko‘chinglar. Bizga xabar 
berildiki, agar jahannam qirg‘og‘idan bir tosh uloqtirilsa, u yetmish yilda ham qa’riga 
yetmaydi. Allohga qasamki, mana shu jahannam to‘ldiriladi. Sizlar bu aytilgan so‘zlardan 
ajablanyapsizlarmi? Va yana xabar berildiki, jannatning ikki eshigi orasi qirq yillik yo‘ldir. 
Shundoq kun keladiki, odamlar izdihom bo‘lganidan u yerda ham to‘lib ketadi. Men 
Rasululloh (s.a.v.) bilan birga iymon keltirganlarning yettinchisidirman. Biz 

Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
107
ovqatlanishimiz uchun daraxt bargidan boshqa narsa yo‘q edi. Biz uni 
yeyaverganimizdan og‘izlarimiz atrofi shilinib ketar edi. Bir kuni men ustki kiyim topib 
oldim. Uni o‘rtasidan bo‘lib, Sa’d ibn Molikka berdim. Yarmini o‘zimga ishton qilib oldim. 
Sa’d ham o‘ziga tekkan yarmini ishton qilib oldi. O’sha paytdagilarning barchalari bugun 
bir shaharga amirdir. Men esa Alloh huzurida kichik bo‘laturib o‘zimni yuqori sanashdan 
Alloh nomi ila panoh tilayman», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. 
498/9. Abu Muso al-Ash’ariydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Oisha (r.a.) bizning 
huzurimizga bir ko‘ylak va dag‘al ishton olib chiqib: «Rasululloh (s.a.v.) mana shu 
ikkalasini kiyib vafot etdilar», deb aytdilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
499/10. Sa’d ibn Abu Vaqqosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu zot: «Men arablar ichida 
birinchi bo‘lib Alloh yo‘lida o‘q otgan kishiman. Biz Rasululloh (s.a.v.) birga g‘azot 
qilardik. Lekin tanovul qilgani akas daraxtlarining ikki navi bargidan boshqa taomimiz 
yo‘q edi. Bizlardan birimiz uni yeb, tahorat ushatadigan bo‘lsa, xuddi qo‘y axlat 
chiqargandek (qumaloq bo‘lib) tushardi. U qorishib ketmas edi», dedilar. Imom Buxoriy 
va Muslim rivoyatlari. 
500/11. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Allohim, Muhammad 
alayhissalom oilalari rizqini hayot kechiradigan darajada kifoya etuvchi qilgin», dedilar. 
Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
Foyda:  Kishiga Allohdan rizqini kifoya etgudek darajada qilishini so‘rashning joizligi 
kelib chiqadi. Bundan Rasululloh (s.a.v.) kambag‘al bo‘lishni so‘raganlari ham ma’lum 
bo‘ladi. 
501/12. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu zot: «Undan boshqa iloh yo‘q 
bo‘lgan Zotga qasamki, men ochlikdan jigarimni yerga qo‘yib yotar va qornimga tosh 
bog‘lab mahkamlab yurar edim. Kunlarning birida kishilar yuradigan yo‘lda o‘tirdim. 
Nogahon Rasululloh (s.a.v.) oldimdan o‘tib qoldilar. Meni ko‘rib, kulib qo‘ydilar. Hamda 
yuzimdagi xafalik va nafsimdagi ochlikni bilib: «Ey Abo Hirr» (Abu Hurayraning 
qisqartmasi), dedilar. Men: «Labbay, ey Allohning Rasuli!», dedim. U zot: «Menga 
ergash», dedilar. Men u zotga ergashdim. U zot uylariga kirib, izn so‘radilar. Keyin 
menga izn berdilar. Men ichkariga kirsam, u zot qadahda sut topdilar. Va: «Bu sut 
qaerdan keldi?» dedilar. Ular: «Falonchi kishi yoki falonchi ayol hadya qildi», deyishdi. 
Rasululloh (s.a.v.) «Ey Abo Hirr», dedilar. Men: «Labbay, ey Allohning Rasuli», dedim. U 
zot: «Ahli suffa huzuriga borib, ularni mening huzurimga olib kel», dedilar. Ahli suffa 
Islom mehmonlari edi. Ularning ahli ayollari, mol-dunyolari va suyanadigan kishilari yo‘q 
edi. Agar biror sadaqa keladigan bo‘lsa, Rasululloh (s.a.v.) sadaqani yemasdan 
o‘shalarga yuborardilar. Agar hadya keladigan bo‘lsa, ularga ham jo‘natardilar hamda 
o‘zlariga olib qolib, ularni bunda sherik qilardilar. Rasululloh (s.a.v.) ularni 
chaqirtirganlari meni biroz xafa qildi. Dilimda: «Bu sut Ahli suffaga nima ham bo‘lardi? 
Bu sutdan bir ho‘plam ichib bo‘lsa ham, biroz kuch to‘plashga men haqliman», dedim. 
Ular kelishganida, u zot menga amr qiladilar. Men esa ularga sutni tortiq qilaman. Bu 
sutdan menga nima tegadi? Endi men uchun Alloh va Uning Rasuliga itoat qilishdan 
boshqa chora yo‘q edi. Keyin ularning huzurlariga borib, chaqirib keldim. Ular kelib 
kirishga izn so‘rashdi. Izn berilgan edi, uyning ichidan o‘z o‘rinlarini topishdi. Rasululloh 
(s.a.v.)  «Ey Abo Hirr», dedilar. Men: «Labbay, ey Allohning Rasuli!» dedim. U zot: 
«Mana buni olib, ularga tortiq qilgin», dedilar. Abu Hurayra: «Men suti bor qadahni olib 
bir kishiga uzatdim. U ichib to‘ydi. Keyin qadahni boshqasiga uzatdim. U ham ichib 
to‘ydi. Hattoki Rasulullohga (s.a.v.) yetib to‘xtadim. Qavmning barchalari ichib to‘yishdi. 
Rasululloh (s.a.v.) qadahni olib qo‘llariga qo‘ydilarda, menga qarab tabassum qilib: «Ey 
Abo Hirr», dedilar. Men: «Labbay, ey Allohning Rasuli!», dedim. U zot: «Ichmagan men 
va sen qoldik, xolos», dedilar. Men esa: «To‘g‘ri gapirdingiz ey Allohning Rasuli», dedim. 

Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
108
U zot: «O’tirib ichgin», dedilar. Men o‘tirib, u sutdan ichdim. U zot: «Ichgin», dedilar. 
Men u sutdan yana ichdim. U zot: «Ichgin», deb aytishda bardavom bo‘ldilar, men esa: 
«Sizni haq bilan yuborgan Zotga qasamki, uni ichish uchun boshqa joy qolmadi», dedim. 
Shunda u zot: «Uni menga uzatgin», dedilar. Men qadahni uzatgan edim, u zot Allohga 
hamd aytib, «bismilloh»ni zikr qilib, sutning qolganini ichib qo‘ydilar. Imom Buxoriy 
rivoyatlari. 
502/13. Muhammad ibn Siriyndan (r.a.) rivoyat qilinadi. Abu Hurayra (r.a.): «Men 
Rasululloh (s.a.v.) minbarlari ila Oisha (r.a.) hujralari o‘rtasida hushimdan ketib yiqilib 
yotar edim. Yo‘ldan o‘tuvchilar kelib, meni jinni deb o‘ylab, oyoqlarini bo‘ynimga 
qo‘yishar edi. Vaholanki menda ochlikdan boshqa jinnilik ham, boshqa narsa ham yo‘q 
edi», deb aytdilar. Imom Buxoriy rivoyatlari. 
503/14. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu onamiz: «Rasululloh (s.a.v.) vafot 
etganlarida bir yahudiyga o‘ttiz so’ arpaga garovga qo‘ygan, urushda kiyiladigan 
sovutlarigina bor edi, xolos», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
504/15. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) urushda kiyiladigan 
sovutlarini arpa muqobilida garovga qo‘ydilar. O’sha kunlarda men u zot huzurlariga 
arpa noni va hidlangan eritilgan yog‘ olib keldim. Va u zotning: «Tong otganda ham, 
kech kirganda ham Muhammadning birorta uyida bir so’ taomdan boshqa biror narsa 
yo‘qdir», deb aytganlarini eshitdim. O’sha paytda to‘qqizta uylari bor edi. Imom Buxoriy 
rivoyatlari. 
505/16. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Men yetmishga yaqin ahli suffani 
ko‘rdim, lekin ularning birortasida chopon yo‘q edi. Ularda faqat yo ishton, yo ko‘ylak 
bo‘lib, ko‘ylakni bo‘yinlariga bog‘lab olishardi. U to‘piqlarining yarmigacha yoki 
oshiqlarining yarmigacha yetar edi. Avratlari ochilib qolmasligi uchun qo‘llari bilan ushlab 
turishar edi». Imom Buxoriy rivoyatlari. 
506/17. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu onamiz: «Rasulullohning (s.a.v.) 
to‘shaklari teridan bo‘lib, orasiga xurmo daraxti po‘stlog‘idan solingan edi», dedilar. 
Imom Buxoriy rivoyatlari. 
507/18. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Biz Rasululloh (s.a.v.) bilan birga o‘tirgan 
edik, ansoriylardan bir kishi kelib, u zotga salom 
berdida, orqasiga qaytib keta boshladi. Shunda Rasululloh (s.a.v.) «Ey birodar, ansoriy 
do‘stim Sa’d ibn Ubodaning ahvoli qanday?» degandilar, u ansoriy: «Durust», dedi. 
Rasululloh (s.a.v.)  «Kim uning holidan xabar olgani boradi?» deb, o‘rinlaridan turdilar. 
Biz ham u zot bilan birga turdik. Biz o‘sha paytda o‘n nafardan ko‘proq edik. 
Birortamizda kavush ham, maxsi ham, do‘ppi ham, ko‘ylak ham yo‘q edi. Bizlar sho‘r 
yerlarni bosib o‘tib, Sa’d ibn Ubodaning huzurlariga bordik. Atroflarida o‘tirgan qavmlari 
orqaga o‘tishdi. Rasululloh  va u zot bilan birga borgan sahobalar esa Sa’d ibn Ubodaga 
yaqin o‘tirishdi. Imom Muslim rivoyatlari. 
508/19. Imron ibn Husayndan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Sizlarning 
yaxshilaringiz menga asrdosh bo‘lgan odamlardir. So‘ng ulardan keyingilar va yana 
ulardan keyingilardir (Ushbu hadis roviysi Imron r.a.: «Rasululloh (s.a.v.) «ulardan 
keyingilar», deb ikki marta aytdilarmi yoki uch marta aytdilarmi, bila olmadim», 
dedilar). Ulardan keyin bir qavm keladiki, guvohlikka chaqirilmay turib, guvohlik 
berishadi. Xiyonatchi bo‘lib, omonatdor bo‘lishmaydi. Nazr qilishadi-da unga vafo 
etishmaydi. Ularda semizlik paydo bo‘ladi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
509/20. Abu Umomadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Ey odam bolasi, 
agar zaruratingdan ortiqchasini ehson qilsang, o‘zing uchun yaxshi. Agar bermasdan 
ushlab qolsang, o‘zing uchun yomon. Kifoya qilgudek rizqqa qanoat qilsang, malomat 
etilmaysan. Ehson qilishni o‘z qo‘l ostingdagilardan boshlagin», dedilar. Imom Termiziy 

Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
109
rivoyatlari. 
510/21. Ubaydulloh ibn Muhsin Ansoriy al-Xatmiydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh 
(s.a.v.) «Kimki nafsi omon, xotirjam va jasadi salomat hamda huzurida bir kunlik rizqi 
bo‘lsa, go‘yoki dunyoni to‘laligicha o‘ziga bo‘ysundiribdi», dedilar. Imom Termiziy 
rivoyatlari. 
511/22. Abdulloh ibn Amr ibn Ossdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kimki 
musulmon bo‘lib, ehtiyojiga yetarli rizq berilgan bo‘lsa hamda Alloh taolo bergan 
narsasida qanoatli bo‘lsa, batahqiq najot topibdi», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. 
512/23. Abu Muhammad Fazola ibn Ubayd Ansoriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. 
Rasululloh (s.a.v.)  «Bir kishi Islomga hidoyat qilingan bo‘lsa hamda ehtiyojiga yetarli 
rizq berilib, u kishi o‘sha rizqqa qanoat etgan bo‘lsa, buncha ham yaxshi», dedilar. 
Imom Termiziy rivoyatlari. 
513/24. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu zot: «Rasululloh (s.a.v.) kechalarni 
ketma-ket och o‘tkazardilar. Oilalarining biror yeguligi bo‘lmas edi. Ko‘pincha yeydigan 
nonlari arpa unidan tayyorlangan bo‘lar edi», dedilar. Imom Termiziy rivoyatlari. 
514/25. Fazola ibn Ubayddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) agar 
odamlarga imom bo‘lib namoz o‘qib bersalar, kishilar ochlikdan namozda turib yiqilib 
tushishar edi. Ana shu yiqilganlar ahli suffa edilar. Hattoki buni ko‘rgan a’robiylar: 
«Mana shu yiqilganlar jinnilardir», deyishar edi. Rasululloh (s.a.v.) namozni o‘qigandan 
keyin, ularning huzurlariga borib: «Ey birodarlar, agar sizlar Allohning huzurida o‘zingiz 
uchun tayyorlab qo‘yilgan narsalarni bilganingizda edi, bundan ham ziyoda och va 
muhtoj qolishni yaxshi ko‘rgan bo‘lar edinglar», deb aytardilar. Imom Termiziy 
rivoyatlari. 
515/26. Abu Kurayma Miqdod ibn Ma’diy Karibadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh 
(s.a.v.)  «Odamning qornidan ko‘ra yomonroq to‘ldiradigan idishi yo‘qdir. Odam 
bolalariga belini tiklash uchun bir necha luqma taom kifoya qiladi. Agar ziyoda 
yemaslikning iloji bo‘lmasa, uchdan biri taom uchun, uchdan biri ichimlik uchun va 
uchdan biri nafas olish uchun bo‘sh qolsin» dedilar. Imom Termiziy rivoyatlari. 
516/27. Abu Umoma Iyos ibn Sa’laba Ansoriy al-Horisiydan (r.a.) rivoyat qilinadi. 
Rasululloh (s.a.v.) sahobalari kunlarning birida bu zotning huzurlarida dunyoni zikr 
qilishdi. Shunda Rasululloh (s.a.v.)  «Eshitmadinglarmi? Eshitmadinglarmi? Albatta, 
ko‘rimsiz oddiy kiyimlarni kiyish, albatta, ko‘rimsiz oddiy kiyimlarni kiyish (ya’ni, 
dabdaba kiyimlarni tark etish) iymondandir», dedilar. Abu Dovud rivoyatlari. 
517/28. Abu Abdulloh Jobir ibn Abdullohdan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Rasululloh (s.a.v.) 
Quraysh karvonini to‘sish uchun Abu Ubayda boshchiligida bizni ular tomonga 
yubordilar. Yo‘lda yeyish uchun bizga bitta xaltada xurmo berdilar. Undan boshqa narsa 
topa olmadilar. Boshlig‘imiz Abu Ubayda bizga bitta-bittadan xurmo berardilar. Buni 
eshitib turganlar: «Ey Jobir, o‘sha bir dona xurmoni qandoq qilib yer edinglar?» deb 
so‘rashganida, Jobir (r.a.): «Biz u xurmoni xuddi yosh go‘dak onasi ko‘kragini emgani 
kabi shimib, ustidan suv ichardik. O’shaning o‘zi bizga to kechgacha yetar edi. Bundan 
tashqari asolarimiz bilan barglarni to‘kib, suvda ho‘llab tanovul qilar edik», dedilar. Keyin 
yana u zot: «Biz dengiz qirg‘og‘ida ketayotgan edik. O’sha qirg‘oqda qum uyumiga 
o‘xshaydigan narsani topdik. Uning oldiga borsak, kashalot (tishi o‘tkir yirtqich kit) ekan. 
Avvaliga boshlig‘imiz Abu Ubayda: «Bu o‘lgan, yemanglar», dedilar. Keyin: «Uni 
yeyaveringlar. Chunki biz Alloh Rasulining elchilari hamda Allohning yo‘lidagi kishilarmiz. 
Buni yeyishga majbursizlar. Bemalol tanovul qilaveringlar», dedilar. Biz uch yuz nafar 
kishi uning ustida bir oy turdik. Hatto undan tanovul qilib semirib ham ketdik. O’shanda 
ko‘zi kosasidan ko‘zaga yog‘ olar edik. Va undan ho‘kiz bo‘lagicha yoki miqdoricha 
(go‘shtlarni) kesib olar edik. Boshlig‘imiz Abu Ubayda bizdan o‘n uch kishini kitning ko‘zi 

Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy 
 
 
Download 5.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling