Abu zakariyo yahyo ibn sharaf navaviy riyozus-solihiyn
Download 5.07 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Agar ularni azoblasang, ular Sening ojiz bandalaring. Agar ularni mag‘firat qilsang, albatta Sen O’zing qudrat, hikmat egasidirsan».
- «Alloh imon keltirgan kishilarni hayoti dunyoda ham, oxiratda ham ustivor so‘z (imon kalimasi) bilan sobitqadam qilur»
- «Kunduzning har ikki tarafida va kechadan bir bo‘lagida namozni to‘kis ado qiling! Albatta yaxshi amallar yomonlik -gunohlarni ketkazur».
www.ziyouz.com kutubxonasi 92 416/5. Abu Hurayra (r.a.) yoki Abu Said al-Xudriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. (Roviy shak qildilar. Lekin sahobalar haqida shakning zarari yo‘q. Chunki ularning barchalari odildir.) Tabuk g‘azoti kuni odamlarga ocharchilik yetdi. Sahobalar: «Ey Allohning rasuli, agar izn bersangiz, tuyalarimizni so‘yib go‘shtini yeb, yog‘ini surtamiz», deyishdi. Rasululloh (s.a.v.) «Qilaveringlar», deb ruxsat berdilar. Keyin Umar (r.a.) kelib: «Ey Allohning rasuli, agar bunday qilishga izn bersangiz, miniladigan narsa kamayib ketadi. (Yaxshisi) kishilarga zaxira uchun olib qo‘ygan taomlarini olib kelishni buyuring va u narsalarga baraka tilab duo qiling. Shoyad, Alloh baraka bersa», deganlarida, Rasululloh (s.a.v.) «Xo‘p», deb bir charm to‘shama keltirishni buyurdilar. U to‘shaldi. Kimdir kaftida makkajo‘xori, kimdir bir kaft xurmo va yana kimdir burda non olib keldi. Haligi charm to‘shamaga biroz narsa to‘plandi. Rasululloh (s.a.v.) o‘sha to‘plangan narsaga baraka tilab duo qildilar. Va: «Idishlaringizga solinglar», deb buyurdilar. Ular idishlariga solishdi, hatto qo‘shin orasida idishini to‘ldirmagan kishi qolmadi. Va to‘ygunlaricha yedilar, undan ortib ham qoldi. Rasululloh: «Allohdan boshqa iloh yo‘q. Men Uning rasuliman, deb guvohlik beraman. Biror banda mana shu ikki kalima bilan Allohga yo‘liqsa, shak- shubhasiz, jannatdan to‘silmaydi», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. 417/6. Itbon ibn Molikdan (r.a.) rivoyat qilinadi. (Bu zot Badr g‘azotida ishtirok etgan sahobalardan edi.) «Men qavmim Bani Solimga imomlik qilib namoz o‘qib berar edim. Men bilan ular orasida vodiy bo‘lib, agar u yerga yomg‘ir yog‘sa, masjid tomonga o‘tish mashaqqat tug‘dirardi. Shuning uchun Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga borib u zotga: «Ko‘zimning nuri ketib qoldi. Agar yomg‘ir yog‘sa, men bilan qavmim o‘rtasidagi vodiyda sel oqadi. Tabiiyki, uni kechib o‘tish mashaqqat tug‘diradi. Xohlardimki, siz uyimning bir chekkasida namoz o‘qib bersangiz, men o‘sha joyni masjid qilib olsam», desam, u zot: «Boraman», dedilar va quyosh ko‘tarilganida Abu Bakr (r.a.) bilan kelib (kirishga) izn so‘radilar. Men izn berdim. U zot hali o‘tirmasdan turib: «Uyingning qaerida namoz o‘qib beray?» dedilar. Men namoz o‘qishni yaxshi ko‘radigan joyga ishora qildim. U zot o‘rinlaridan turib takbir aytdilar va orqalarida saf tortdik. Ikki rakat namoz o‘qib berdilar. Keyin salom berdilar. O’sha payt biz ham salom berdik. U zotga atala pishirgan edik, shunga to‘xtatdik. Rasululloh (s.a.v.) uyimda ekanliklarini bilib mahalladagi odamlar to‘p-to‘p bo‘lib kela boshlashdi. Hatto, uyda kishilar ko‘payib ketishdi. Shunda bir kishi: «Molikka nima bo‘ldiki, uni ko‘rmayapman?» deganida, boshqa bir kishi: «U munofiq-ku! Alloh va Uning rasuli uni yaxshi ko‘rmaydi», dedi. Buni eshitgan Rasululloh (s.a.v.) «Bunday dema! La ilaha illalloh, deb Allohning roziligini talab qilganini ko‘rmadingmi?» deganlarida, u kishi: «Alloh va Uning rasuli biluvchi! Ammo biz, Allohga qasamki, uning munofiqlar bilan gaplashib, do‘stlashganini ko‘ramiz», dedi. Rasululloh (s.a.v.) «Allohning roziligini tilab «La ilaha illalloh»ni aytgan kishiga Alloh do‘zaxni harom qilgan», deb aytdilar». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 418/7. Umar ibn Xattobdan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Rasululloh (s.a.v.) bir necha asirlar huzuriga bordilar. Ular orasida bir xotin bor edi. U aylanib yurib biror yosh bolani topsa, uni quchoqlab emizar edi. Rasululloh (s.a.v.) «Bu xotinning mehribonligini ko‘rdinglarmi? Shu xotin bolasini o‘tga tashlaydimi?» degandilar, biz: «Allohga qasamki, yo‘q», dedik. Shunda Rasululloh (s.a.v.) «Allohning bandalariga mehribonligi bu xotinning bolasiga qilgan mehribonligidan ham ziyodadir», dedilar». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 419/8. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Alloh taolo xaloyiqni yaratganda bir kitobni bitdi. U kitob O’z huzurida, ya’ni Arshning ustidadir. Unda «Albatta rahmatim g‘azabimga g‘olib keladi», deb aytgan», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. Boshqa rivoyatda: «G’azabimga g‘olib keldi», deyilgan. Yana boshqa rivoyatda: «G’azabimdan oldinlab ketdi», deyilgan. Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 93 420/9. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Alloh taolo rahmatini yuzga bo‘lib, to‘qson to‘qqiztasini O’z huzurida olib qoldi. Bir bo‘lagini yerga tushirdi. O’sha bir bo‘lak rahmat bilan xaloyiq bir-biriga rahm qiladi. Hattoki, o‘sha bir bo‘lak bilan hayvon ham bolasiga ozor yetishidan qo‘rqib, tuyog‘ini ko‘tarib turadi», dedilar. Boshqa rivoyatda: «Alloh taoloning yuz rahmati bordir. Undan bir qismini insonlar, jinlar, hayvonlar va jonivorlar orasida taqsimlab qo‘ygan. O’sha bir rahmat tufayli ular mehribonlik va rahm qilishadi. Va hatto, vahshiy hayvonlar ham bolalariga mehribonlik qilishadi. Alloh taolo Qiyomat kuni bandalariga rahm qilish uchun to‘qson to‘qqizta rahmni olib qo‘ygan», deyilgan. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. Imom Muslimning Salmon Forsiydan qilgan rivoyatlarida: «Rasululloh (s.a.v.) «Alloh taoloning yuzta rahmati bo‘lib, undagi bir bo‘lak bilan xaloyiq o‘zaro bir-birlariga rahm qilishadi. To‘qson to‘qqiztasi Qiyomat kuniga qoldirilgan», dedilar», deyilgan. Yana boshqa bir rivoyatda: «Alloh taolo yeru osmonni yaratgan kuni yuz rahmatni ham yaratgan. Barcha rahmat agar jam bo‘lsa, osmon bilan yer o‘rtasini to‘ldirar edi. O’sha rahmatlardan birini yer yuziga tushirgandir. Bu bilan ona bolasiga, qushlar va hatto vahshiylar bir-birlariga mehribonlik qilishadi. Qiyomat kunida esa bu bir rahmatni (O’zining huzuridagi to‘qson to‘qqizta rahmatga qo‘shib) mukammal qiladi», deyilgan. 421/10. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) Rabbisidan hikoya qilgan hadisi qudsiyda: «Biror banda gunoh qilib, «Allohim, gunohlarimni kechir», desa, Alloh taolo: «Bandam gunoh qildi va u gunohlarni kechiruvchi hamda gunohlarga yarasha jazo beruvchi Rabbisi borligini biladi», deydi. Keyin u banda yana gunoh qilib qo‘yib, «Ey Rabbim! Gunohlarimni kechir», deydi. Alloh taolo: «Bandam gunoh qildi va u gunohlarni kechiruvchi hamda gunohlarga yarasha jazo beruvchi Rabbisi borligini biladi», deydi. Keyin u banda yana gunoh qilib qo‘yib: «Ey Rabbim! Gunohlarimni kechir», deydi. Alloh taolo: «Bandam gunoh qildi va u gunohlarni kechiruvchi hamda gunohlarga yarasha jazo beruvchi Rabbisi borligini biladi. Haqiqatda bandamning gunohini kechirdim. U xohlaganini qilaversin (ya’ni, modomiki, gunoh qilib, mana shu tarzda tavba qilar ekan, Men uning gunohlarini kechiraman. Chunki tavba o‘zidan avvalgi gunohlarni yo‘q qiladi)», deydi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 422/11. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Jonim Uning qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, agar sizlar gunoh qilmasangizlar, Alloh sizlarni ketkazib, (o‘rningizga boshqa) gunoh qiladigan qavmni olib keladi. Bas, ular (gunohlariga) istig‘for aytishadi, Alloh esa ularning gunohlarini kechiradi», de dil ar. Imom Muslim rivoyatlari. 423/12. Abu Ayub Xolid ibn Zayddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Agar sizlar gunoh qilmasangizlar, Alloh taolo boshqa bir gunoh qiladigan xalqni yaratadi. Ular gunohlariga istig‘for aytishadi. Va Alloh ularning gunohlarini kechiradi», de dil ar. Imom Muslim rivoyatlari. 424/13. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Biz Rasululloh (s.a.v.) bilan birga o‘tirgan edik. Biz bilan Abu Bakr 4&, Umar (r.a.) va bir necha sahobalar ham bor edi. Rasululloh (s.a.v.) bizning oldimizdan turdilar-da, hayallab ketdilar. Bir-birimizdan judo bo‘lib qolarmikinmiz, deb xavf qildik. Qo‘rqib o‘rnimizdan turdik. Men birinchi bo‘lib qo‘rqdim. Rasululloh (s.a.v.)ni axtarib chiqdim. Bora-bora ansoriylardan birining (bog‘i) devoriga yetdim... (Hadisni uzun holatida bayon qilib, qolganini quyidagicha davom ettirdilar.) ...Rasululloh (s.a.v.) «Borgin-da, mana bu devorning orqasida chin qalbidan ishonch ila «La ilaha illalloh», ya’ni «Allohdan boshqa iloh yo‘q», deb aytgan kishiga yo‘liqsang, unga jannat bo‘lishini xursandlik bilan xabarini ber», dedilar». Imom Muslim rivoyatlari. 425/14. Abdulloh ibn Amr ibn Ossdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 94 Allohning Kitobidagi Ibrohim alayhissalom duolarini tilovat qildilar: «Parvardigorim, u butlar ko‘pdan-ko‘p odamlarni yo‘ldan ozdirdilar. Bas, kim menga ergashsa, ana o‘sha mendandir (ya’ni, mening dinimdadir)». Va yana Allohning Kitobidagi Iso alayhissalom duolarini ham tilovat qildilar: «Agar ularni azoblasang, ular Sening ojiz bandalaring. Agar ularni mag‘firat qilsang, albatta Sen O’zing qudrat, hikmat egasidirsan». Keyin Rasululloh (s.a.v.) qo‘llarini ko‘tarib: «Ummatim, ummatim», deb yig‘ladilar. Alloh taolo buni eshitib: «Ey Jabroil, Muhammadning oldiga borib so‘ra-chi, nima uni yig‘latmoqda?» dedi. Vaholanki, Alloh O’zi bilib turib so‘rashni buyurmoqda! Jabroil alayhissalom Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga kelib, (yig‘lashlari sababini so‘rab) aytgan javoblarining xabarini Allohga yetkazdilar. Vaholanki, Alloh buni biluvchiroq edi. Shunda Alloh taolo: «Ey Jabroil, Muhammad (alayhissalom) huzuriga borib: «Biz ummating uchun qayg‘urayotgan narsada rozi qilib, seni xafa qilmaymiz», deb aytgin», dedi. Imom Muslim rivoyatlari. 426/15. Muoz ibn Jabaldan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Men Rasululloh (s.a.v.) bilan birga eshakka mingashib ketayotgan edim. U zot: «Ey Muoz! Bandalar ustidagi Allohning haqqi va Alloh zimmasidagi bandalarning haqqi nima ekanini bilasanmi?» deganlarida, men: «Alloh va Uning rasuli biluvchiroq», dedim. Shunda u zot: «Allohning bandalari ustidagi haqqi - Unga biror narsani sherik qilmasdan, O’ziga ibodat qilmoqliklaridir. Bandalarning Alloh zimmasidagi haqlari - biror narsani Unga sherik qilmagan bandasini azoblamasligidir», deb aytdilar. Keyin men: «Ey Allohning rasuli, shunday bo‘lsa, bu haqda odamlarga xursandlik xabarini beraymi?» desam, u zot: «Yo‘q, xabar berma. Agar xabar beradigan bo‘lsang, bu narsaga suyanib amal qilmay qo‘yishadi», dedilar». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 427/16. Baro ibn Ozibdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Agar musulmon kishi qabrda so‘roq-savol qilinsa, u bandaning «Allohdan boshqa iloh yo‘q. Muhammad Allohning rasuli», deb guvohlik berishi mana bu oyat ostiga kiradi: «Alloh imon keltirgan kishilarni hayoti dunyoda ham, oxiratda ham ustivor so‘z (imon kalimasi) bilan sobitqadam qilur» (Ibrohim surasi, 27-oyat)», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 428/17. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Kofir kimsa agar biror yaxshilik qilsa, shu dunyoning o‘zida rizqlantiriladi. Ammo mo‘min kishi biror yaxshilik qilsa, Alloh taolo oxirati uchun yaxshiligini zaxira qilib qo‘yadi hamda toatiga yarashasini dunyoda ham rizq qilib beradi», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. Yana boshqa bir rivoyatlarida: «Albatta Alloh taolo mo‘minning qilgan yaxshiligi uchun zulm qilmasdan shu dunyoda ham beradi. Oxiratda esa u yaxshiligi uchun mukofot ham ato etadi. Ammo kofir kimsa har qancha yaxshilik qilmasin, shu dunyoda rizqlantiriladi. Qachonki, oxiratga borganida, mukofotlanishi uchun yaxshiligi bo‘lmaydi», deyilgan. 429/18. Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Besh vaqt namozning misoli sizlardan biringizning eshigi oldidan limmo-lim bo‘lib oquvchi anhorda har kuni besh marta yuvinadigan kishiga o‘xshaydi», dedilar. (Ya’ni, har kuni anhorda besh marta yuvingan kishining badanida kir qolmagani kabi har kun besh vaqt namoz o‘qigan kishida gunoh qolmaydi.) Imom Muslim rivoyatlari. 430/19. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Biror musulmon kishi vafot etsa, bu vafot etgan kishining janozasida Allohga biror narsani sherik qilmagan qirq kishi ishtirok etsa, Alloh bu musulmon haqidagi ularning shafoatlarini qabul qiladi», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. 431/20. Ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Biz qirqqa yaqin kishi Rasululloh (s.a.v.) bilan birga chodirda edik. Shunda u zot: «Sizlar jannat ahllarining to‘rtdan biri bo‘lishga rozimisizlar?» degandilar, biz: «Ha», dedik. Yana u zot: «Sizlar jannat Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 95 ahllarining uchdan biri bo‘lishga rozimisizlar?» degandilar, biz: «Ha», dedik. Yana u zot: «Muhammadning joni Uning qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, sizlar jannat ahlining yarmi bo‘lishingizga umid qilaman. Bu jannatga musulmon shaxslargina kirishadi. Sizlar mushriklar orasida qora rangli ho‘kiz badanidagi oq tukka yoki qizil rangli ho‘kiz badanidagi qora tukka o‘xshaysizlar», dedilar». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 432/21. Abu Muso al-Ash’ariydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Agar Qiyomat qoim bo‘lsa, Alloh taolo har bir musulmonga yahudiy yoki nasroniyni topshirib: «Mana bu sening do‘zaxdan qutulishing uchun bo‘lgan garovingdir», deydi», dedilar. Boshqa rivoyatda keltirilishicha, Rasululloh (s.a.v.): «Qiyomat kuni musulmonlardan iborat bo‘lgan kishilar tog‘ kabi gunoh bilan kelishadi. Alloh esa ularning gunohlarini mag‘firat qiladi», de dil ar. Imom Muslim rivoyatlari. Hadisdagi «Alloh taolo har bir musulmonga yahudiy yoki nasroniyni topshirib: «Mana bu sening do‘zaxdan qutulishing uchun bo‘lgan garovingdir», deydi» kabi ma’no Abu Hurayradan qilingan rivoyatda ham kelgan. U quyidagichadir: «Har bir kishining jannatda va do‘zaxda o‘rni bordir. Agar mo‘min jannatga kirsa, uning do‘zaxdagi o‘rniga kofir kiradi. Chunki kofir kufri bilan o‘sha yerga mustahiqdir». Va yana hadisdagi «Qutulishing uchun bo‘lgan fidoingdir» jumlasining ma’nosi - «Sen do‘zaxga kirishga duchor bo‘lib turgan eding. Bu kofir sening joyingga kirdi. Va sen qutulding. Chunki Alloh taolo do‘zaxni to‘ldirish uchun bir qancha miqdorni tayin qilgan. Qachonki, kofirlar gunoh va kufrlari sababli do‘zaxga kirishsa, go‘yoki musulmonlar o‘rniga garov qilinib kirishgan bo‘ladi». Vallohu a’lam. 433/22. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Mo‘min banda Qiyomat kuni Allohga shu qadar yaqinlashtiriladiki, U bandaning ustiga rahmat pardasini qo‘yadi. Va gunohlariga iqror etadi. Hamda: «Unday yoki bunday gunohlaringni bilasanmi?» deydi. Banda esa: «Ey Rabbim, bilaman», deydi. Shunda Alloh taolo: «Men dunyodaligingda gunohlaringni fosh qilmasdan sir tutdim. Bu kun gunohlaringni kechiraman», deydi. Keyin u bandaga yaxshiliklar yozilgan sahifa keltiriladi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. «Allohga yaqinlashtiriladi», deyilganda karam va yaxshilik ila yaqinlashtirish tushuniladi. Chunki Alloh masofa ila yaqinlashishdan pokdir. 434/23. Ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir kishi bir xotindan bo‘sa oldi. Keyin Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga kelib xabar berdi. So‘ngra Alloh taolo quyidagi oyatni nozil qildi: «Kunduzning har ikki tarafida va kechadan bir bo‘lagida namozni to‘kis ado qiling! Albatta yaxshi amallar yomonlik -gunohlarni ketkazur». Bas, haligi kishi: «Ey Allohning rasuli, bu men uchun xosmi?» deganida, u zot: «Balki bu ummatimning barchalariga xosdir», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 435/24. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir kishi Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga kelib: «Ey Allohning rasuli, gunoh qilib qo‘ydim. Menga ta’zir bering», dedi. (Ammo) namoz vaqti bo‘lib qolgan edi, Rasululloh (s.a.v.) bilan namoz o‘qidi. Qachonki, namoz o‘qib bo‘lingandan keyin «Ey Allohning rasuli, men gunoh qilib qo‘ydim. Allohning Kitobida buyurilganidek, uning jazosini qoim qiling», degan edi, Rasululloh (s.a.v.) «Biz bilan namozda birga emasmiding?» dedilar. U kishi: «Ha, birga edim», dedi. Shunda Rasululloh (s.a.v.) «Batahqiq, sening gunohlaring kechirilgandir», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. «Jazoni qoim qiling» jumlasidagi jazo zino va aroq ichgandagi had (shar’iy jazo) emas. Balki ta’zir ma’nosidagi jazodir. Chunki zino va aroq ichgandagi jazo namoz bilan soqit bo‘lmaydi hamda imomning u jazoni tark qilishi ham joiz emas. 436/25. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Har taom yeganda va har ichimlik ichganda hamd aytuvchi bandasidan Alloh taolo rozi bo‘ladi», dedilar. Imom Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 96 Muslim rivoyatlari. 437/26. Abu Musodan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Tunda Alloh taolo rahmat va mag‘firat qo‘lini kunduzi gunoh qiluvchilar tavba etishlari uchun yozadi. Va nahorda Alloh taolo rahmat va mag‘firat qo‘lini tunda gunoh qiluvchilar tavba etishlari uchun yozadi. Hattoki, quyosh botganidan to chiqqunicha mana shunday davom etadi», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. 438/27. Abu Najih Amr ibn Abasadan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Men johiliyat davrida odamlar zalolatda, chunki ular butga ibodat qilishgani uchun haqiqat yo‘lida emaslar, deb o‘ylab yurar edim. Nogahon o‘sha kunlarning birida Makkada bir odam chiqqanini eshitdim. U har turli xabarlarni aytayotgan emish. Bas, ulovimga o‘tirdim-da, u janobning huzurlariga bordim. O’sha kunlarda Rasululloh (s.a.v.) odamlardan yashirinib yurgan ekanlar. Chunki qavmlari suiqasd qilishga jur’at etishgan ekan. Men yo‘lini topib, Makkada u zot huzurlariga kirib: «Siz kimsiz?» dedim. U zot: «Nabiyman», dedilar. Men: «Nabiy nima o‘zi?» dedim. U zot: «Alloh meni shunday qilib yubordi», dedilar. Men: «Nima ila yubordi?» dedim. U zot: «Qarindosh-urug‘larga bog‘lanib bordi-keldi qilishga, butlarni sindirishga hamda Allohga biror narsani sherik qilmaslikka va Uning tavhidiga chaqirish buyrug‘i ila yubordi», dedilar. Men: «Bu yo‘lda siz bilan kimlar birga?» desam, u zot: «Bir ozod va bir qul kishi», dedilar. O’shanda Abu Bakr (r.a.) va Bilol (r.a.) birga edilar. «Men ham sizga ergashaman», desam, u zot: «Sen bu kunlarda ergashishga qodir emassan. Mening va odamlarning ahvoliga qaramaysanmi? Lekin o‘z ahlingga qaytgin. Agar mening ovoza bo‘lganimni eshitsang, o‘shanda kelgin», dedilar. Keyin men ahlimga qaytib keldim. Rasululloh (s.a.v.) esa Madinaga (hijrat qilib) ketibdilar. Men ahlim bilan birgalik paytimda u zot haqlarida surishtirib Madinadan kelganlardan so‘rar edim. Madina ahlidan bir necha kishi kelgan edi. Men: «Madinaga borgan bu kishi (ya’ni, Muhammad alayhissalom) nima qilmoqda?» deb so‘radim. Ular: «Kishilar unga (qo‘shilish uchun) shoshilishmoqda. O’z qavmi uni o‘ldirishni xohlagan edi. Lekin bunga qodir bo‘lishmadi», deb aytishdi. Keyin men Madinaga borib u zot huzurlariga kirdim. Va: «Ey Allohning rasuli, meni tanidingizmi?» desam, u zot: «Ha, sen bilan Makkada uchrashgan edim», dedilar. Men yana: «Ey Allohning rasuli, Alloh sizga o‘rgatgan va men bilmaydigan narsalar hamda namoz haqida xabar bering», dedim. U zot: «Bomdod namozini o‘qigin. Keyin quyosh to bir nayza miqdorida ko‘tarilgunicha to‘xtab turgin. Chunki quyosh shaytonning ikki shoxi orasidan chiqadi. O’sha paytda kofirlar quyoshga sajda qilishadi. Keyin namozingni o‘qiyver. Chunki namoz paytida (kunduzgi) farishtalar hozir bo‘lishadi. Qachonki, soya nayza miqdoricha bo‘lib (quyosh tikkaga yetganda) namozni to‘xtatgin. Chunki mana shu paytda jahannam qizdiriladi. Qachonki, soya tushsa, bunda ham namozingni o‘qiyvergin. Chunki bu namoz paytida ham to asr namozini o‘qiguningcha farishtalar hozir bo‘lishadi. So‘ngra quyosh botgunicha namoz o‘qishni to‘xtatgin. Chunki quyosh shaytonning ikki shoxi orasidan botadi. O’sha paytda ham kofirlar quyoshga sajda qilishadi», dedilar. Men yana: «Ey Allohning rasuli, endi tahorat haqida xabar bering», dedim. U zot: «Sizlardan biringiz tahorat suvini olib kelib og‘zini chayqab, burniga suv olib uni tashlasa, yuzi va burnidagi xatolari chiqib ketadi. Agar yuzini Alloh buyurganidek yuvsa, beti va jag‘i atrofidagi xatolari suv bilan birga chiqib ketadi. Keyin ikki qo‘lini tirsagigacha yuvsa, qo‘li bilan qilgan xatolari barmoqlaridan suv bilan birga chiqib ketadi. Keyin boshiga mash tortsa, boshidagi xatolari sochlari atrofidan suv bilan birga chiqib ketadi. Keyin oyog‘ini oshig‘igacha yuvsa, u bilan qilgan xatolari oyoq barmoqlaridan chiqib ketadi. Agar turib namoz o‘qib, Alloh taologa hamdu sano aytib, Uni sha’niga mos narsa bilan ulug‘lasa hamda qalbini Allohga bog‘lasa, xuddi onasidan tug‘ilgan kundagi kabi xatolardan xoli bo‘ladi», dedilar». Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 97 Bu hadisning roviysi Amr ibn Abasa uni Rasululloh (s.a.v.)ning do‘stlari Abu Umomaga gapirib berganlarida, Abu Umoma: «Ey Amr ibn Abasa, nima deyayotganingga qara! Bir maqomda kishiga shu miqdorda daraja beriladimi?» deganlarida, Amr ibn Abasa: «Ey Abu Umoma, yoshim ulg‘ayib, suyaklarim noziklashib, ajalim yaqinlashganda, Alloh va Uning rasuliga yolg‘on nisbat berishimga nima ehtiyojim bor?! Men bu hadisni Rasululloh (s.a.v.)dan bir, ikki yoki uch, hatto yetti marta eshitganimda ham gapirmas edim. Lekin men buni undan ham ko‘p eshitganman», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. 439/28. Abu Muso al-Ash’ariydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Agar Alloh taolo bir ummatga rahmati bo‘lishini xohlasa, peshvoz chiqish uchun ulardan oldin payg‘ambarlarining jonini oladi. Agar biror ummatni halok etishni xohlasa, payg‘ambarlari tirik turib ularni azobga giriftor qilib halok etadi. Va u payg‘ambar yolg‘onga chiqarib, buyrug‘iga osiylik qilgan ummatining qanday azoblanayotganini o‘z ko‘zi bilan ko‘rib turadi», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. 52-BOB Umid qilishning fazilati haqida Alloh taoloning Kitobida solih banda shunday deydi: «Men o‘z ishimni Allohga topshirurman. Zero, Alloh bandalarini ko‘rib turguvchidir. Bas, Alloh u (imon keltirgan kishi)ni ularning yomon makr- hiylalaridan saqladi» (o‘ofir surasi, 44-45-oyatlar). 440/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Alloh taolo: «Bandam gumon qilgan yeridan topilaman. Qaerda Meni eslasa, u bilan birgadirman. Alloh taolo bandasining tavbasidan sahroda tuyasini yo‘qotib, keyin topib olgan kishining xursandchiligidan ham ko‘proq shod bo‘ladi. Kim Menga bir qarich yaqin bo‘lsa, Men unga bir gaz yaqin bo‘laman. Kim Menga bir gaz yaqin bo‘lsa, Men unga bir quloch yaqin bo‘laman. Kim Menga yurib kelsa, Men unga yugurib boraman», dedi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 441/2. Jobir ibn Abdullohdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu zot: «Rasululloh (s.a.v.)ning vafotlaridan uch kun oldin: «Har biringiz o‘limi paytida Alloh azza va jallaga gumonini yaxshi qilsin», deb aytganlarini eshitdim», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. 442/3. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Alloh taolo: «Ey odam bolasi, sen Menga duo qilding va Mendan umid qilding. Men esa seni gunohingga ahamiyat bermasdan kechirib yubordim. Ey odam bolasi, agar gunohing osmon buluticha bo‘lsa ham, Menga istig‘for aytsang, gunohingni kechiraman. Ey odam bolasi, agar Menga yer to‘laligicha gunoh bilan kelib, so‘ngra Menga biror narsani shirk keltirmasang, yerning to‘laligicha mag‘firat bilan boraman», deb aytdi», dedilar. Imom Termiziy rivoyatlari. Download 5.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling