Abu zakariyo yahyo ibn sharaf navaviy riyozus-solihiyn
Download 5.07 Kb. Pdf ko'rish
|
www.ziyouz.com kutubxonasi 68 bo‘lar edim», dedilar. Imom Termiziy rivoyatlari. 287/6. Ummu Salamadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Qaysi bir xotin vafot etsa va eri undan rozi bo‘lsa, o‘sha xotin jannatga kiradi», dedilar. Imom Termiziy rivoyatlari. 288/7. Muoz ibn Jabaldan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Dunyo hayotida biror xotin eriga ozor beradigan bo‘lsa, (jannatdagi) hurlar: «Alloh halok qilgur, bu kishiga ozor berma! Sening huzuringda u vaqtinchalik mehmon, xolos. Tez fursatda sendan judo bo‘lib, bizning huzurimizga keladi», deyishadi», dedilar. Imom Termiziy rivoyatlari. 289/8. Usoma ibn Zayddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «O’zimdan keyin kishilarga ayollardan ko‘ra zararliroq fitnani qoldirmadim», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 36-BOB Ahli ayoliga qilinadigan nafaqa haqida Alloh taolo quyidagilarni aytadi: «Ularni (ya’ni, onalarni) yaxshilik bilan yedirib-kiydirish otaning zimmasidadir» (Baqara surasi, 233-oyat); «Boy-badavlat kishi o‘z boyligidan (ya’ni, boyligiga yarashadigan) nafaqa bersin. Kimning rizqi tang qilingan (kambag‘al) bo‘lsa, u holda Alloh o‘ziga ato etgan narsadan (ya’ni, o‘z holiga yarasha) nafaqa bersin! Alloh hech bir jonni O’zi unga ato etgan (rizq-ro‘z)dan boshqa narsaga taklif qilmas, (ya’ni, har bir inson faqat Alloh o‘ziga ato etgan rizqdan infoq qilishga taklif qilinur)» (Taloq surasi, 7-oyat); «Ne bir narsani infoq-ehson qilsangiz, bas, (Alloh) uning o‘rnini to‘ldirur» (Saba’ surasi, 39-oyat). 290/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Bir dinor Alloh yo‘lida infoq qilding. Bir dinor qul ozod qilish uchun infoq qilding. Bir dinor miskinga infoq qilding. Va bir dinor o‘z ahlingga infoq qilding. Bularning ichida eng savobi ulug‘i o‘z ahlingga infoq qilganingdir», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. 291/2. Rasululloh (s.a.v.)ning ozod qilgan qullari Abu Abdulloh Savbon Bujduddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «O’z ahli ayoliga infoq qilingan dinor, Alloh yo‘lidagi ulovini boqish uchun infoq qilingan dinor, Alloh yo‘lidagi do‘stlariga infoq qilingan dinor - dinorlarning afzalidir», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. 292/3. Ummu Salamadan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Men: «Ey Allohning rasuli, avvalgi erim Abu Salamadan bo‘lgan bolalarimga molimdan infoq qilsam, savob bo‘ladimi? Ularni unday yoki bunday (qarovsiz) qoldirmayman. Chunki ular ham bolalarim-ku», desam, u zot (s.a.v.) «Ha, ularga qilgan infoqingda ham ajr bordir», dedilar». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 293/4. Sa’d ibn Abu Vaqqosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. (Kitobimizning avvalidagi niyat bobida keltirilgan uzun hadisda zikr qilinishicha), Rasululloh (s.a.v.) «Biror narsani infoq qilib Allohning roziligini talab qilsang, savobga erishasan. Hattoki, xotiningning og‘ziga solgan luqmangga ham savob olasan», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 294/5. Abu Mas’ud al-Badriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Agar kishi Allohning roziligi uchun ahli ayoliga biror narsani infoq qilsa, o‘sha narsasi u uchun sadaqa bo‘ladi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 295/6. Abdulloh ibn Amr ibn Ossdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «O’z qaramog‘idagi kishini qarovsiz qoldirmog‘i gunohkor ekanligiga kifoya qiladi», dedilar. Abu Dovud rivoyatlari. Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 69 Imom Muslimning rivoyatlarida: «Rizqiga ega bo‘lib turib undan o‘sha rizqni man etishi kishining gunohkor ekaniga kifoya qiladi», deyilgan. 296/7. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Banda tong ottirganida ikki farishta tushadi. Ulardan biri: «Allohim, infoq qiluvchilarga o‘rnini qoplaydigan narsa ato et», deydi. Ikkinchisi: «Allohim, xasis, ziqnalarga talofot bergin», deydi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 297/8. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Yuqoridagi qo‘l pastki qo‘ldan yaxshidir. (Ya’ni, ehson qiluvchi qo‘l tilanchi qo‘ldan yaxshidir.) Sadaqa berishni avval qaramog‘ingdagilardan boshlagin! Sadaqalarning eng yaxshisi o‘zing va oilang ehtiyojlarini qondiradigan narsalarni qoldirib qilgan sadaqangdir. Kimki tilanchilikdan saqlanib o‘zini tiysa, Alloh ham uni tilanchilikdan ofiyatda qilib qo‘yadi. Kimki (berganiga qanoat qilib) o‘zini behojat qilsa, Alloh ham uni behojat, badavlat qilib qo‘yadi», dedilar. Imom Buxoriy rivoyatlari. 37-BOB Yaxshi ko‘rgan narsalarini infoq qilish haqida Alloh taolo quyidagilarni zikr qiladi: «Suygan narsalaringizdan infoq-ehson qilib bermaguningizcha hargiz yaxshilikka (jannatga) yetmagaysiz» (Oli Imron surasi, 92-oyat); «Ey mo‘minlar, kasb qilib topgan narsalaringizning halol-pokizalaridan va Biz sizlar uchun yerdan chiqargan narsalardan infoq-ehson qilingiz! Ehson qilish uchun past-nopoklarini tanlamangiz!» (Baqara surasi, 267-oyat). 298/1. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Abu Talha (r.a.) Madinada ansorlar ichida xurmosi ko‘p badavlat kishilardan biri edilar. Bu zotning eng mahbub mol-mulklari masjidi Nabaviyyaning ro‘parasidagi Bayraho nomli bog‘lari edi. Rasululloh (s.a.v.) bu yerga kirib, shirin, chuchuk suvlaridan ichib turardilar. Qachonki, «Suygan narsalaringizdan infoq-ehson qilib bermaguningizcha hargiz yaxshilikka (jannatga) yetmagaysiz» oyati nozil bo‘lganida, Abu Talha (r.a.) Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga kelib: «Ey Allohning rasuli, Alloh sizga «Suygan narsalaringizdan infoq- ehson qilib bermaguningizcha hargiz yaxshilikka (jannatga) yetmagaysiz» oyatini tushiribdi. Menga mol-mulkimning eng suyuklisi Bayrahodir. Men bu bog‘imni Alloh uchun sadaqa qildim. Uning savob va hissasini Alloh huzuridan umid qilaman. Ey Allohning rasuli! Buni qaerga munosib ko‘rsangiz, o‘sha yerga sarflang», deganida, Rasululloh (s.a.v.) «Balli, yasha! Mana shu foydali va yutuqqa erishtiruvchi moldir. Men sen aytgan so‘zlarni eshitdim. Bu haqda fikrim shuki, sen bu bog‘ni o‘z qarindoshlaring va yaqinlaring o‘rtasida taqsimlab ber», dedilar. Abu Talha: «Ey Allohning rasuli, aytganingizni (bajonidil) qilaman», deb o‘sha bog‘larini qarindoshlari va jiyanlariga taqsimlab berdilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. Rivoyatlarda hadis lafzidagi arabcha «robihun» va «royihun» so‘zlari «foyda» va «foydasi senga qaytuvchi» degan ma’nolarni anglatib kelgan. 38-BOB Kishining o‘z ahli va qaramog‘idagi boshqa kishilarni Allohga itoatli bo‘lishlariga buyurib, man qilingan narsalardan uzoqlashtirib, Allohga muxolif bo‘lmoqdan qaytarib odob berishi vojibligi bayoni Alloh taolo: Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 70 «Ahlingizni namoz o‘qishga buyuring va o‘zingiz ham (namoz o‘qishda) chidamli bo‘ling» (Toha surasi, 132-oyat); «Ey mo‘minlar, sizlar o‘zlaringizni va ahli oilalaringizni o‘tini odamlar va toshlar bo‘lgan do‘zaxdan saqlang» (Tahrim surasi, 6-oyat), deb aytgan. 299/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) nevaralari Hasan ibn Ali sadaqaga kelgan xurmolardan birini og‘izlariga solganlarida, Rasululloh (s.a.v.): «Bo‘ (yosh bolani qo‘rqitish uchun aytiladigan ibora), unday qilma! Uni uloqtirgin. Biz sadaqa yemasligimizni bilmasmiding?» dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. Boshqa rivoyatda: «Bizga sadaqa halol emas», deyilgan. 300/2. Abu Hafs Umar ibn Abu Salama Abdulloh ibn Abdul Asaddan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Men yoshlik paytimda Rasululloh (s.a.v.)ning tizzalariga o‘tirdim. (Ovqat paytida) qo‘lim tovoqning har tomonidan aylanganida Rasululloh (s.a.v.): «Ey bolakay, avval «Bismilloh», degin, o‘ng qo‘ling bilan yegin hamda o‘zingning oldingdan yegin», dedilar. Bundan keyin ovqat yeyish odatim mana shu tarzda bo‘ldi». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 301/3. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Barchalaringiz homiysiz va qo‘l ostingizdagilarga mas’ulsiz. Imom homiydir. Va qo‘l ostidagilarga mas’uldir. Kishi o‘z ahliga homiydir. Va qo‘l ostidagilarga mas’uldir. Xotin erining uyida homiydir va qo‘l ostidagilarga mas’uldir. Xizmatkor boshlig‘i molida homiydir. Va qo‘l ostidagilarga mas’uldir. Barchangiz homiysiz va qo‘l ostingizdagilarga mas’ulsiz», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 302/4. Amr ibn Shu’ayb otalaridan, otalari bobolaridan qilgan rivoyatlarida Rasululloh (s.a.v.): «Bolalaringiz yetti yoshga kirganida namoz o‘qishga buyuringlar. Agar o‘n yoshga kirib ham (namoz o‘qishmasa), ularni uringlar. Va yotoqda oralarini ajratib, alohida qilib qo‘yinglar», dedilar. Abu Dovud rivoyatlari. 303/5. Abu Surayyo Sabra ibn Ma’bad al-Juhayniydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Bolalaringiz yetti yoshga kirishganida namoz o‘qishni o‘rgatinglar. O’n yoshga kirib ham (namoz o‘qishmasa), ularni uringlar», dedilar. Abu Dovud va Termiziy rivoyatlari. Abu Dovudning boshqa rivoyatlaridagi lafzda: «Bolalaringiz yetti yoshga yetishganida namozga buyuringlar» bo‘lib kelgan. 39-BOB Qo‘shnining haqqi va bu to‘g‘ridagi vasiyatlar bayoni Alloh taolo: «Allohga bandalik qilinglar va Unga hech narsani sherik qilmanglar! Ota- onangizga hamda qarindosh-urug‘, yetim va miskinlarga, qarindosh qo‘shni va begona qo‘shniga, yoningizdagi hamrohingizga, yo‘lovchi musofirga va qo‘llaringizdagi qullaringizga yaxshilik qilingiz!», deb aytadi (Niso surasi, 36- oyat). 304/1. Ibn Umar (r.a.) va Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Jabroil alayhissalom menga qo‘shni haqida shunchalik davomli, ko‘p vasiyat qilganlaridan qo‘shni merosxo‘r bo‘lsa kerak, deb gumon qildim», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 305/2. Abu Zarrdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Ey Abu Zarr, agar sho‘rva pishirsang, uning suvini ko‘paytirib, qo‘shnilaringdan ham xabar olgin», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. Muslimning yana bir boshqa rivoyatlarida shunday keltiriladi: «Abu Zarr (r.a.) aytdi: Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 71 «Do‘stim Rasululloh (s.a.v.) menga: «Agar sho‘rva pishirsang, suvini ko‘paytirgin. Va oila a’zolaringdan bo‘lgan qo‘shnilaringga ham yaxshilik ila undan quyib bergin», deb vasiyat qildilar». 306/3. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Allohga qasamki, mo‘min emas! Allohga qasamki, mo‘min emas! Allohga qasamki, mo‘min emas!» deganlarida, sahobalar tomonidan «Kim u, ey Allohning rasuli?» deyildi. Shunda Rasululloh (s.a.v.): «Yomonliklaridan qo‘shnisi omonda bo‘lmagan kishidir», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. Muslimning rivoyatlarida: «Yomonliklardan qo‘shnisi omonda bo‘lmagan kishi jannatga kirmaydi», deyilgan. 307/4. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Ey muslima ayollar, bir qo‘shni ikkinchi bir qo‘shnisiga agar qo‘yning tuyog‘ini tuhfa qilib berishda ham hech bir narsani oz ko‘rmasin», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 308/5. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Qo‘shni qo‘shnisini devoriga (yog‘och) mix qoqishdan man qilmasin», dedilar. So‘ngra Abu Hurayra (r.a.): «Nima uchun men sizlarni bu sunnatdan yuz o‘girgan holda ko‘ryapman?! Allohga qasamki, men sunnatni kaftlaringiz o‘rtasiga qo‘yaman (ya’ni, oralaringizga tashlab, bu mas’uliyatdan o‘zimni qutqaraman)», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 309/6. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Kimki Allohga va oxirat kuniga imon keltirsa, qo‘shnisiga ozor bermasin. Kimki Allohga va oxirat kuniga imon keltirsa, mehmonini hurmat qilsin. Kimki Allohga va oxirat kuniga imon keltirsa, yaxshi narsalarni gapirsin yoki jim tursin», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 310/7. Abu Shurayh al-Xuzo’iydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kimki Allohga va oxirat kuniga imon keltirsa, qo‘shnisiga yaxshilik qilsin. Kimki Allohga va oxirat kuniga imon keltirsa, mehmonini hurmat qilsin. Kimki Allohga va oxirat kuniga imon keltirsa, yaxshi narsalarni gapirsin yoki jim tursin», dedilar. Imom Muslim mana shu lafz ila rivoyat qilganlar. Imom Buxoriy esa ba’zisini rivoyat qilganlar. 311/8. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Men: «Ey Allohning rasuli, mening ikki qo‘shnim bordir. Qaysi birlariga hadya qilay?» desam, u zot (s.a.v.) «Eshigi yaqiniga», dedilar». Imom Buxoriy rivoyatlari. 312/9. Abdulloh ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Alloh huzuridagi do‘stlarning yaxshisi do‘sti uchun xayrli bo‘lganidir. Alloh huzuridagi qo‘shnilarning yaxshisi qo‘shnisi uchun xayrli bo‘lganidir», dedilar. Imom Termiziy rivoyatlari. 40-BOB Ota-onaga yaxshilik qilish va qarindoshlardan xabar olish haqida Alloh taolo quyidagilarni aytadi: «Allohga bandalik qilinglar va Unga hech narsani sherik qilmanglar! Ota- onangizga hamda qarindosh-urug‘, yetim va miskinlarga, qarindosh qo‘shni va begona qo‘shniga, yoningizdagi hamrohingizga, yo‘lovchi musofirga va qo‘llaringizdagi qullaringizga yaxshilik qilingiz!» (Niso surasi, 36-oyat); «Oralaringizdagi savol-javoblarda o‘rtaga nomi solinadigan Allohdan qo‘rqingiz va qarindosh-urug‘laringiz (bilan ajralib ketishdan saqlaningiz)» (Niso surasi, 1-oyat); «Ular Alloh bog‘lanishga buyurgan narsalarni (ya’ni, qarindosh-urug‘lar bilan aloqani) bog‘laydilar» (Ra’d surasi, 21-oyat); «Biz insonni ota-onasiga yaxshilik qilishga buyurdik (ya’ni, ota-ona xoh yaxshi, Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 72 xoh yomon bo‘lsin, xoh musulmon, xoh kofir bo‘lsin, ularga yaxshilik qilish farzandning burchidir)» (Ankabut surasi, 8-oyat); «Parvardigoringiz yolg‘iz Uning O’ziga ibodat qilishlaringizni hamda ota- onaga yaxshilik qilishlaringizni amr etdi. Agar ularning (ota-onangizning) birovi yoki har ikkisi sening qo‘l ostingda keksalik yoshiga yetsalar, ularga qarab «uf» tortma va ularning (so‘zlarini) qaytarma! Ularga doimo yaxshi so‘z ayt! Ular uchun mehribonlik bilan xorlik qanotini past tut - hokisor bo‘l va: «Parvardigorim, meni (ular) go‘daklik chog‘imda tarbiyalab o‘stirganlaridek, sen ham ularga rahm-shafqat qilgin», deb (haqlariga duo qil)» (Isro surasi, 23-24- oyatlar); «Biz insonga ota-onasini (ya’ni, ularga yaxshilik qilishni) amr etdik. Onasi unga ojizlik ustiga ojizlik bilan homilador bo‘ldi (ya’ni, qornidagi homila kattargan sari onaning holi qurib, zaiflasha borur), uni (ko‘krakdan) ajratish (muddati) ikki yilda (kelur). (Biz insonga buyurdikki), «Sen Menga va ota-onangga shukr qilgin». (Luqmon surasi, 14-oyat). 313/1. Abu Abdurahmon Abdulloh ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Rasululloh (s.a.v.)dan «Qaysi amal Alloh taologa mahbubroq?» deb so‘rasam, u zot: «Vaqtida o‘qilgan namoz», dedilar. «Keyin qaysinisi?» desam, u zot: «Ota-onaga yaxshilik qilish», dedilar. «Keyin qaysinisi?» desam, u zot: «Alloh yo‘lidagi jihod», dedilar». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 314/2. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Bola otasining haqqini ado qila olmaydi. Faqatgina otasini qul holatida topib, uni sotib olib ozod qilgandagina, haqqini ado qila oladi», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. 315/3. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Kim Allohga va oxirat kuniga imon keltirsa, mehmonini hurmat qilsin. Kim Allohga va oxirat kuniga imon keltirsa, qarindosh-urug‘chilik aloqalarini tiklasin. Kim Allohga va oxirat kuniga imon keltirsa, yaxshi narsalarni gapirsin yoki jim tursin», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 316/4. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Albatta Alloh taolo maxluqotni yaratishni tamomlagandan keyin qarindoshlik rishtasi o‘rnidan turib: «Bu joy (qarindoshlikdan) uzilib ketishdan panoh tilanadigan maqommi?» deb aytganida, Alloh taolo: «Ha, sen qarindoshlik aloqalarini bog‘laydigan kishilar bilan bog‘lanmoqligimga va aloqani uzuvchilardan Men ham uzilmoqligimga rozimisan?» deganida, qarindoshlik rishtasi: «Ha, mayli», dedi. Shunda Alloh taolo: «Mana bu marhamat sen uchundir», dedi. Rasululloh (s.a.v.): «Agar xohlasanglar, Allohning «Agar (imondan) yuz o‘girsangizlar, yaqinki, sizlar yerda buzg‘unchilik qilursizlar va qarindosh- urug‘laringiz (bilan ham aloqalaringiz)ni uzursizlar! Unday kimsalarni esa Alloh la’natlagandir, bas, ularning (quloqlarini pand-nasihat eshitishdan) kar, ko‘zlarini esa (to‘g‘ri yo‘lni ko‘ra olmaydigan) ko‘r qilib qo‘ygandir» (Muhammad surasi, 22-23- oyatlar), degan oyatini o‘qing», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. Imom Buxoriyning rivoyatlarida quyidagicha keltirilgan: «Alloh taolo qarindoshlik rishtasiga: «Kim senga yetishsa, Men ham yetishaman. Kim sendan aloqani uzsa, Men ham aloqani uzaman», deb aytdi». 317/5. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir kishi Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga kelib: «Ey Allohning rasuli, mening chiroyli muomala qilishim uchun insonlarning qaysi biri haqliroq?» deganida, u zot: «Onang», dedilar. «Keyin kim?» dedi. «Onang», dedilar. «Keyin kim?» dedi. «Onang», dedilar. «Keyin kim?» dedi. «Otang», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. Boshqa bir rivoyatda: «Ey Allohning rasuli, chiroyli muomala qilish uchun kim Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 73 haqliroq?» deyilganida, u zot aytganlar: «Onang, so‘ngra onang, so‘ngra onang, so‘ngra otang, so‘ngra yaqin-yaqinlaring haqlidir», deyilgan. 318/6. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kim ota-onasini qarigan paytlarida topsa-yu ikkovlariga yoki birlariga (xizmat qilib) jannatga kira olmasa, burni yerga ishqalansin, burni yerga ishqalansin, burni yerga ishqalansin!» de dil ar. Imom Muslim rivoyatlari. 319/7. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir kishi Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga kelib: «Ey Allohning rasuli, mening qarindoshlarim bor. Ularga silai rahm qilsam ham, aloqani uzishaveradi. Ularga yaxshilik qilsam ham, yomonlik qilishaveradi. Ularga halimlik qilsam ham, johillik qilishaveradi», deganida, u zot: «Agar aytganing rost bo‘lsa, ularning og‘izlariga issiq kulni solgan bo‘lasan. Modomiki, mana shu holatda bo‘lar ekansan, Alloh tomonidan bir madadkor ularning ziddiga sen bilan birga bo‘ladi», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. Bu yerdagi «issiq kulni og‘izlariga solgan bo‘lasan» so‘zining ma’nosi - issiq kulni og‘ziga solgan kishi qanchalik aziyat cheksa, ularga ham shunchalik azob bo‘ladi, deganidir. Ammo yaxshilik qiluvchi kishiga hech narsa bo‘lmaydi. 320/8. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kim rizqi keng bo‘lishini hamda umri uzun bo‘lishini yaxshi ko‘rsa, qarindoshlari bilan bordi-keldi qilsin», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 321/9. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Abu Talha (r.a.) Madinada ansorlar ichida xurmosi ko‘p badavlat kishilardan edilar. Bu zotning eng mahbub mol-mulklari masjidi Nabaviyyaning ro‘parasidagi Bayraho nomli bog‘lari edi. Rasululloh (s.a.v.) bu yerga kirib, shirin, chuchuk suvlaridan ichib turardilar. Qachonki, «Suygan narsalaringizdan infoq-ehson qilib bermaguningizcha hargiz yaxshilikka (jannatga) yetmagaysiz» oyati nozil bo‘lganida, Abu Talha (r.a.) Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga kelib: «Ey Allohning rasuli, Alloh sizga «Suygan narsalaringizdan infoq-ehson qilib bermaguningizcha hargiz yaxshilikka (jannatga) yetmagaysiz» oyatini tushiribdi. Menga mol-mulkimning eng suyuklisi Bayrahodir. Men bu bog‘imni Alloh uchun sadaqa qildim. Uning savob va hissasini Alloh huzuridan umid qilaman. Ey Allohning rasuli! Buni qaerga munosib ko‘rsangiz, o‘sha yerga sarflang», deganida, Rasululloh (s.a.v.) «Balli, yasha! Mana shu foydali va yutuqqa erishtiruvchi moldir. Men sen aytgan so‘zlarni eshitdim. Bu haqda fikrim shuki, sen bu bog‘ni o‘z qarindoshlaring va yaqinlaring o‘rtasida taqsimlab ber», dedilar. Abu Talha: «Ey Allohning rasuli, aytganingizni (bajonidil) qilaman», deb o‘sha bog‘larini qarindoshlari va jiyanlariga taqsimlab berdilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 322/9. Abdulloh ibn Amr ibn Ossdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir kishi Rasululloh (s.a.v.)ga yuzlanib: «Men hijrat va jihod qilish uchun sizga bay’at qilaman. Buning savobini esa Allohdan talab etaman», deganida, Rasululloh (s.a.v.) «Ota-onangdan birortalari tirikmi?» dedilar. U kishi: «Ha, ikkovlari ham tirik», dedi. Rasululloh (s.a.v.) «Savobini Allohdan talab qilasanmi?» dedilar. U kishi: «Ha», dedi. Shunda Rasululloh (s.a.v.) «Unda ota-onang huzurlariga borib, ularga chiroyli muomalada bo‘lib, xizmatlarini qilgin», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. Bu hadisdagi lafz imom Muslimnikidir. Ikkovlarining boshqa rivoyatlarida: «Bir kishi kelib jihod uchun izn so‘radi. Rasululloh (s.a.v.) «Ota-onang tirikmi?» dedilar. U kishi: «Ha», degan edi u zot: «Ular (ga yaxshilik qilish) bilan jihod ayla», dedilar», deyiladi. 323/10. Abdulloh ibn Amr ibn Ossdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Bir qarindoshidan yaxshilik ko‘rgandagina bordi-keldi qilgan odam silai rahm qiluvchi emas. Balki yomonlik ko‘rganda ham bordi-keldi qilaveradigan kishi silai rahm qiluvchi, deyiladi», dedilar. Imom Buxoriy rivoyatlari. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling