Abu zakariyo yahyo ibn sharaf navaviy riyozus-solihiyn


Download 5.07 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/53
Sana30.08.2017
Hajmi5.07 Kb.
#14625
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   53

www.ziyouz.com kutubxonasi 
56
o‘rnidan turib: «Go‘yoki uni ko‘rib turgandayman, ey Allohning rasuli, mendan 
iste’foimni qabul qilib oling», dedi. Shunda Rasululloh (s.a.v.)  «Senga nima bo‘ldi?» 
degandilar, u kishi: «Sizning unday va bunday deb aytganingizni eshitdim-ku axir», 
dedi. Rasululloh (s.a.v.) «Hozir yana qaytarib aytaman. Kimni biror ishga boshliq qilsak, 
ozi va ko‘pini (yashirmay) olib kelsin. Nimani bersak, uni olsin. Nimadan qaytarsak, uni 
olishdan o‘zini tiysin», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. 
217/14. Umar ibn Xattobdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Xaybar urushi bo‘lgan kuni 
Rasululloh (s.a.v.)ning sahobalaridan bir necha nafari «Falonchi shahid va pistonchi ham 
shahid», deb bir kishining oldidan o‘tayotib: «Bu falonchi ham shahiddir», deyishganida, 
Rasululloh (s.a.v.)  «Yo‘q! Bunday emas. Chunki o‘lja taqsimlanmasidan oldin bir to‘n 
yoki bir kiyimni yashirgani sababli uni do‘zaxda ko‘rdim», dedilar. Imom Muslim 
rivoyatlari. 
218/15. Abu Qatoda Horis ibn Rib’iydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) 
sahobalar orasida turib, Allohga imon keltirish va Alloh yo‘lida jihod qilish amallarning 
eng afzali ekanini aytganlarida, bir kishi o‘rnidan turib: «Ey Allohning rasuli, agar 
Allohning yo‘lida urushsam, xatolarim o‘chirib yuboriladimi?» dedi. Rasululloh (s.a.v.) 
«Ha, agar sabr qilib, savob umidida olg‘a yurib, orqaga chekinmasdan Alloh yo‘lida 
urushadigan bo‘lsang», deya turib: «Nima deb aytding?» dedilar. Haligi kishi yana: 
«Agar Allohning yo‘lida urush qilsam, xatolarim o‘chirib yuboriladimi?» deb aytgan edi, 
Rasululloh (s.a.v.) «Ha, agar sabr qilib, savob umidida olg‘a yurib, orqaga chekinmasdan 
urushsang, qarzingdan tashqari barcha xatolaring o‘chiriladi. Chunki Jabroil alayhissalom 
menga mana shunday xabar berganlar», deb aytdilar. Imom Muslim rivoyatlari. 
219/16. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Singan kishi 
kimligini bilasizlarmi?» deganlarida, sahobalar: «Bizdagi singan kishi tushunchasi puli va 
matosi yo‘q kimsadir», deyishdi. Rasululloh (s.a.v.) «Mening ummatimdagi singan kishi 
Qiyomat kuni namoz, ro‘za, zakot bilan keladi-da, lekin uni so‘kkan, buni zinoda 
ayblagan, birovning molini yegan, qonini to‘kkan hamda urgani sababli unga va bunga 
(ya’ni, yuqoridagi mazlumlarning barchasiga) yaxshiliklari ulashib beriladi. Agar 
yaxshiligi zimmasidagi haqni ado qilmasdan oldin tugab qolsa, u holda haqdorlarning 
yomonliklaridan uning ustiga tashlab, so‘ngra jahannamga uloqtiriladi», dedilar. Imom 
Muslim rivoyatlari. 
220/17. Ummu Salamadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Men ham bir 
insondirman. Sizlar mening huzurimga xusumatlashib kelasizlar. Balki ba’zingiz 
ba’zingizdan ko‘ra so‘zga ustaligi sabab hujjatini tushunarli qilib ko‘rsatar. Men esa 
qanday eshitgan bo‘lsam, o‘shanga qarab hukm qilaman. Kimga birodarining haqqini 
hukm qilsam, do‘zaxdan bir parchasini hukm qilgan bo‘laman», dedilar. Imom Buxoriy 
va Muslim rivoyatlari. 
221/18. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Mo‘min kishi agar 
nohaq qon to‘kmasa, dinida keng holda yashashda bardavom bo‘ladi», deb aytdilar. 
Imom Buxoriy rivoyatlari. 
222/19. Hamzaning (r.a.) xotinlari Xavla binti Omir al-Ansoriyyadan rivoyat qilinadi. 
Rasululloh (s.a.v.): «Kishilar Allohning molida nohaq tasarruf qilishar ekan, bas, ularga 
Qiyomat kuni do‘zax bo‘ladi», dedilar. Imom Buxoriy rivoyatlari. 
 
27-BOB 
Musulmonlarning hurmatlarini ulug‘lash va ularning haqlarini 
bayon etish hamda ularga rahm-shafqat qilish bayonida 
 
Alloh taolo: 

Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
57
«Kim Alloh harom qilgan narsalarni hurmat (rioya) qilsa, bas, bu Parvardigori 
nazdida o‘zi uchun yaxshidir» (Haj surasi, 30-oyat); 
«Kim Alloh qonunlarini hurmat qilsa, bas, albatta (bu hurmat) dillarning 
taqvodorligi sababli bo‘lur» (Haj surasi, 32-oyat); 
«Mo‘minlar uchun qanotingizni past tuting (ya’ni, mudom kamtar-tavozu’li 
bo‘ling)» (Hijr surasi, 88-oyat); 
«Kimki biron jonni o‘ldirmagan va yerda buzg‘unchilik qilib yurmagan 
odamni o‘ldirsa, demak, go‘yo barcha odamlarni o‘ldiribdi va kimki unga hayot 
ato etsa (ya’ni, o‘ldirishdan bosh tortsa), demak, go‘yo barcha odamlarga hayot 
beribdi» (Moida surasi, 32-oyat), deb aytgan. 
223/1. Abu Musodan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Mo‘min mo‘min uchun 
xuddi imoratdagi bir-biriga suyanib mustahkam turgan (ustunlar)ga o‘xshaydi», deb 
barmoqlarini bir-biriga kirgizdilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
224/2. Abu Musodan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Kimki bizlarning 
masjidlarimiz yoki bozorlarimizdan o‘tib ketayotganida, u bilan birga (o‘qdonida) o‘q 
bo‘lsa, uni mahkamlab ushlasin yoki (qilich, xanjar) tig‘ini kafti ila ushlab yursin. Zero, u 
sababidan musulmonlardan birortasiga ozor yetmasin», dedilar. Imom Buxoriy va 
Muslim rivoyatlari. 
225/3. No‘‘mon ibn Bashirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) 
«Mo‘minlarning bir-birlariga bo‘lgan do‘stliklari, rahmli bo‘lishlari va mehribonliklari 
xuddi jasadga o‘xshaydi. Agar undan biror a’zo og‘risa, jasadning boshqa (a’zolari) 
bedor bo‘lib, isitmaga mubtalo bo‘ladi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
226/4. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) Hasan ibn Alini 
o‘pdilar. Rasululloh (s.a.v.) huzurlarida shu payt Aqro’ ibn Hobis bor edi. Shunda Aqro’: 
«Mening o‘nta farzandim bor-u, ulardan birortasini o‘pmayman», dedi. Rasululloh 
(s.a.v.) unga qarata: «Kim rahm qilmasa, unga nisbatan ham rahm qilinmaydi», dedilar. 
Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
227/5. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. A’robiylardan bir necha kishi Rasululloh (s.a.v.) 
huzurlariga kelib: «Sizlar yosh go‘daklaringizni o‘pasizlarmi?» deyishganida, Rasululloh 
(s.a.v.)  «Ha», dedilar. A’robiylar: «Lekin Allohga qasamki, biz ularni o‘pmaymiz», 
deyishdi. Shunda Rasululloh (s.a.v.)  «Alloh qalblaringizdan rahmatni tortib olsa, men 
o‘rniga solib qo‘ya olarmidim?!», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
228/6. Jarir ibn Abdullohdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Kimki 
insonlarga rahm qilmasa, Alloh ham unga rahm qilmaydi», dedilar. Imom Buxoriy va 
Muslim rivoyatlari. 
229/7. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Agar sizlardan 
biringiz kishilarga imom bo‘lib namoz o‘qib bersa, yengil qilsin. Chunki ularning orasida 
zaiflar, bemorlar va keksa yoshdagilar bordir. Agar o‘zi uchun (tanho) o‘qisa, 
xohlaganicha uzun qilaversin», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
Boshqa bir rivoyatda «Ularning ichida hojatmandlari bordir» bo‘lib kelgan. 
230/8. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Rasululloh (s.a.v.) ba’zi amallarni bajarishni 
yaxshi ko‘rsalar ham, uni tark qilardilar. Chunki xalq o‘sha narsaga amal qila boshlasa, 
ularga farz bo‘lib qolishidan xavf qilardilar». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
231/9. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) sahobalarga rahm qilib, 
ro‘zani bir-biriga bog‘lashdan (ya’ni, ikki ro‘zaning o‘rtasida iftorlik qilmaslikdan) man 
qildilar. Shunda sahobalar: «Ey Allohning rasuli, siz bog‘laysiz-ku?» deyishganida, 
Rasululloh (s.a.v.)  «Men ko‘rinishda sizlar kabi emasman. Yotganimda Rabbim meni 
ovqat hamda ichimlik bilan ta’minlaydi» (ya’ni, yegan va ichganning quvvatini menda 
hosil qiladi), dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 

Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
58
232/10. Abu Qatoda Horis ibn Rib’iydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) 
«Namozga turib uzun qilishni xohlayman-da, go‘dakning yig‘isi ovozini eshitib, onasiga 
mashaqqat bo‘lmasligi uchun namozimni yengil (qisqa) qilaman», dedilar. Imom Buxoriy 
rivoyatlari. 
233/11. Jundub ibn Abdullohdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Kimki 
bomdod namozini o‘qisa, u kishi Allohning ahdi va omonidadir. Alloh sizlarni hargiz 
ahdini zoe qilgan holda topmasin. Chunki Alloh kimni ahdini zoe qilgan holda topsa, uni 
yuzi ila jahannam oloviga tashlaydi», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. (Ya’ni, subhi 
namozini va qolganlarini ham o‘qigan kishiga yomonlik qilishdan ogohlantirilyapti.) 
234/12. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Musulmon musulmon 
kishining birodaridir. Unga zulm ham qilmaydi va birodarini dushmaniga topshirib ham 
qo‘ymaydi. Kim birodarining hojatida bo‘lsa, Alloh ham uning hojatida bo‘ladi. Kimki 
musulmondan g‘am-tashvishni ketkazsa, Alloh taolo Qiyomat g‘am-tashvishlaridan uni 
xalos etadi. Kimki musulmonning (aybini) berkitsa, Alloh taolo Qiyomat kunida uning 
ham (aybini) berkitadi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
235/13. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Musulmon 
musulmon kishining birodaridir. Unga xiyonat qilmaydi, yolg‘on so‘zlamaydi va 
yordamsiz qo‘ymaydi. Har bir musulmonning boshqa bir musulmon obro‘siga, moliga, 
qoniga tajovuz qilishi haromdir. Taqvo bu yerda (ya’ni, qalbda). Musulmon birodarini 
haqir hisoblamog‘i kishining yomon shaxs ekanligiga kifoya qiladi», dedilar. Imom 
Termiziy rivoyatlari. 
236/14. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Bir-birlaringizga 
hasadlashmang. O’zaro narxlarni oshirib yubormang (ya’ni, sotib olish niyati yo‘q, lekin 
bahosi oshishi uchun yolg‘ondan baholashmang). Bir-birlaringizga g‘azab qilmanglar 
hamda orqa o‘girib munosabatlarni bo‘lmanglar. Ba’zilaringiz ba’zilaringiz savdosi ustiga 
savdo qilmasin. Ey Allohning bandalari, birodar bo‘linglar. Musulmon musulmon bilan 
aka-ukadir. Unga zulm qilmaydi, haqir sanamaydi va xo‘rlamaydi. Taqvo bu yerda», deb 
qalblariga uch marta ishora qildilar. Yana: «Musulmon birodarini haqir sanamog‘i uning 
yomon ekaniga kifoya qiladi. Har bir musulmon boshqa bir musulmonning qoni, moli va 
obro‘siga tajovuz qilmog‘i haromdir», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. 
237/15. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «O’zi uchun yaxshi 
ko‘rgan narsani birodari uchun yaxshi ko‘rmagunicha komil mo‘min bo‘la olmaydi», 
dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
238/16. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Xoh zolim, xoh mazlum 
bo‘lsin, birodaringga yordam ber», deganlarida, bir kishi: «Ey Allohning rasuli, 
mazlumga-ku yordam beraman, zolimga qanday qilib yordam beraman?» dedi. Shunda 
Rasululloh (s.a.v.): «Zulmdan uni to‘xtatsang, ana o‘sha yordamdir», dedilar. Imom 
Buxoriy rivoyatlari. 
239/17. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Musulmonning 
boshqa bir musulmon ustida beshta haqqi bordir: 1. Salomiga alik olish. 2. Kasal bo‘lsa, 
borib ko‘rish. 3. O’lsa, janozasiga qatnashish. 4. Taom yoki biror narsaga chaqirsa, 
javob berish. 5. Aksa urib «Alhamdulillah», desa, «Yarhamukalloh», deb javob berish», 
dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
Imom Muslimning rivoyatlarida quyidagicha keltiriladi: «Musulmonning boshqa bir 
musulmon ustida oltita haqqi bordir: 1. Agar yo‘liqsa, salom beradi. 2. Agar (taom yoki 
boshqa narsaga) chaqirsa, javob beradi. 3. Agar nasihat talab qilsa, u uchun nasihat 
qiladi. 4. Agar aksa urib «Alhamdulillah», desa, «Yarhamukalloh», deydi. 5. Agar kasal 
bo‘lsa, borib ziyorat qiladi. 6. Agar o‘lsa, janozasida ishtirok etadi». 
240/18. Abu Umora Baro ibn Ozibdan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Rasululloh (s.a.v.) yetti 

Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
59
narsaga buyurib, yetti narsadan qaytardilar. Buyurganlari: 1) kasalni ziyorat qilish; 2) 
janozada ishtirok etish; 3) aksa urib «Alhamdulillah», desa, «Yarhamukalloh», deb javob 
berish; 4) qasamni bajarish; 5) mazlumga yordam berish; 6) (taom yoki boshqa 
narsaga) chaqiruvchiga javob berish; 7) salomni (tanigan va tanimaganlar orasida) 
yoyish. 
Qaytarganlari: 1) tilla uzuk taqmoq; 2) kumush idishda ichmoq; 3) tuya egarlariga 
kimxob yoki ipakdan to‘shamoq; 4) ipak va kanop aralashtirilgan libosni kiymoq; 5) 
ipakni kiymoq; 6) qalin ipakni kiymoq; 7) yupqa ipakni kiymoq». Imom Buxoriy va 
Muslim rivoyatlari. 
Boshqa bir rivoyatda avvalgi yetti narsa qatoriga «Yo‘qolgan narsani topganda 
bildirish» jumlasi ham qo‘shilgan. 
 
28-BOB 
Musulmonlarning ayblarini yopish, uni zaruratsiz 
yoyishdan qaytarish bayoni 
 
Alloh taolo: 
«Albatta iymon keltirgan kishilar o‘rtasida buzuqliklar yoyilishini istaydigan 
kimsalar uchun dunyoda ham, oxiratda ham alamli azob bordir», deb aytgan 
(Nur surasi, 19-oyat). 
241/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Biror banda 
boshqa bir bandaning aybini dunyoda berkitadigan bo‘lsa, Alloh taolo Qiyomat kunida 
uning aybini berkitadi», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. 
242/2. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Ummatimdan har 
biri avf qilingandir. Faqat mujohirlar (oshkora qiluvchilar) bunday emas. Mujohir 
shunday bir kishiki, u kechasida bir amalni qiladi-da, so‘ngra tong ottiradi. Alloh esa 
uning gunohini berkitgan edi. Bas, u: «Ey falonchi, unday va bunday qildim», deydi. 
Vaholanki, Rabbisi uni berkitgan edi. U esa Allohning yopib qo‘ygan pardasini ochib 
yuboradi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
243/3. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Qachon bir cho‘ri 
zino qilsa va zino qilganligi ravshan, sobit bo‘lsa, unga darra ursin. Lekin aybsitib 
koyilmasin. Ikkinchi marta yana zino qilsa, unga darra ursin. Lekin aybsitib koyilmasin. 
So‘ngra uchinchi marta yana zino qilsa, uni agar qildan to‘qilgan arqonga bo‘lsa ham, 
sotib yuborsin», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
244/4. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)ga aroq ichgan bir 
kishi olib kelindi. Rasululloh (s.a.v.): «Buni uringlar», dedilar. Abu Hurayra aytadilar: 
«Ba’zimiz qo‘l bilan, ba’zimiz kavush bilan va ba’zimiz kiyim bilan aroq ichgan kishini 
urdik». Qachonki, bu kishi ketayotgan edi, qavmdan bo‘lgan bir kishi: «Alloh seni 
sharmanda qilsin», dedi. Shunda Rasululloh (s.a.v.): «Bunday deb aytmanglar. Bu 
kishining zarari uchun shaytonga yordam bermanglar», deb aytdilar. Imom Buxoriy 
rivoyatlari. 
 
29-BOB  
Musulmonlarning hojatlarini ado etish bayoni 
 
Alloh taolo: 
«Yaxshilik qilingiz - shoyadki, najot topsangizlar», deb aytgan (Haj surasi, 77-
oyat). 
245/1. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Musulmon 

Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
60
musulmonning birodaridir. Zulm ham qilmaydi va boshqaga zulm qilishi uchun topshirib 
ham qo‘ymaydi. Kim birodarining hojatini chiqarsa, Alloh taolo ham uning hojatini 
chiqaradi. Kimki musulmondan biror g‘amni yengillatsa, Alloh taolo ham undan Qiyomat 
g‘amlarini yengillatadi. Kimki musulmonning aybini yopsa, Alloh taolo ham Qiyomat kuni 
uning aybini yopadi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
246/2. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Kim mo‘mindan 
dunyo g‘amlarini yengillatsa, Alloh taolo ham undan Qiyomat g‘amlarini yengillatadi. Kim 
qiyinchilikda qolgan birodarini osonlikka chiqarsa, Alloh taolo ham uni dunyo va oxiratda 
osonlikka chiqaradi. Kimki musulmonning aybini yopsa, Alloh taolo ham dunyo va 
oxiratda uning aybini yopadi. Alloh bandasining yordamida bo‘ladi, modomiki, bandasi 
birodarining yordamida bo‘lsa. Kimki ilm talabida bir yo‘lga qadam qo‘ysa, Alloh taolo 
jannat yo‘lini unga oson qiladi. Biror jamoa Allohning uylaridan biriga Allohning kitobini 
tilovat qilish hamda o‘zaro o‘rtalarida dars qilish maqsadida jamlanadigan bo‘lishsa, 
ularga xotirjamlik tushib, rahmat qoplab va farishtalar o‘rab olishadi. Alloh taolo O’zining 
huzuridagi (farishtalar) bilan bularni eslaydi. Kimki amali (xatti-harakati)ni susaytirib 
qo‘ysa, nasabi xatti-harakatini tezlata olmaydi (ya’ni, uning amali noqis bo‘lsa, nasabi 
amal qiluvchilar martabasiga olib chiqmaydi)», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. 
 
30-BOB  
Shafe’ (vositachi bo‘lish) bayoni 
 
Alloh taolo: 
«Kim  (odamlar orasida) chiroyli - haq taraf olish bilan taraf olsa, o‘ziga ham 
uning savobidan bir ulush tegur», deb aytgan (Niso surasi, 85-oyat). 
247/1. Abu Muso al-Ash’ariydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)ga biror 
hojattalab kishi kelsa, atroflaridagi o‘tirganlarga yuzlanib: «Shafe’ bo‘linglar, ajr olasizlar 
va Alloh O’z nabiysining tili bilan yaxshi ko‘rilgan narsani hukm qildiradi», derdilar. 
Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
Ba’zi rivoyatlarda «Xohlagan narsasi bilan hukm qildiradi» bo‘lib kelgan. 
248/2. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Barira va uning eri haqida keltirilgan 
qissada Rasululloh (s.a.v.) Bariraga: «Agar o‘z eringga murojaat qilsang, yaxshi 
bo‘lardi», deganlarida, Barira: «Ey Rasululloh, erimga qaytishni buyurasizmi?» dedi. 
Rasululloh (s.a.v.)  «Shafe’ (vositachi) bo‘laman, xolos», dedilar. Barira esa: «Erimga 
menda hojat yo‘q», dedi. Imom Buxoriy rivoyatlari. 
 
31-BOB  
Kishilar orasini isloh qilish bayoni 
 
Alloh taolo: 
«Ularning ko‘p maxfiy suhbatlaridan - agar sadaqa berishga yoki biron 
yaxshilik qilishga yoki odamlar o‘rtasini isloh qilishga buyurgan bo‘lmasalar - 
hech qanday foyda yo‘qdir» (Niso surasi, 114-oyat); 
«Sulh (ajralib ketishdan) yaxshiroqdir» (Niso surasi, 128-oyat); 
«Bas, Allohdan qo‘rqingiz va o‘z oralaringizni o‘nglangiz!» (Anfol surasi, 1-
oyat); 
«Mo‘minlar hech shak-shubhasiz og‘a-inilardir. Bas, sizlar ikki - og‘a-
iningizning o‘rtasini o‘nglab qo‘yinglar» (Hujurot surasi, 10-oyat), deb aytgan. 
249/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Kishi har kuni 
o‘zining har bir a’zosi va bo‘g‘imi uchun sadaqa qilishi lozimdir. Ikki kishining orasini 

Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
61
isloh etish ham sadaqadir. Uloviga chiqayotganda yordamlashib qo‘yilsa yoki yukini 
yuklashib berilsa, u ham sadaqadir. Muloyim so‘z ham sadaqadir. Namozga yurib 
borilgan har bir qadam ham sadaqadir. Yo‘ldan aziyat beruvchi narsalarni olib tashlash 
ham sadaqadir», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
250/2. Ummu Gulsum binti Uqba ibn Abu Ma’itdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh 
(s.a.v.)  «Kishilar orasini isloh qilish maqsadida yolg‘ondan bo‘lsa ham, yaxshilikni 
yetkazsa yoki yaxshilikni aytsa, u yolg‘onchi emasdir», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim 
rivoyatlari. 
Imom Muslimning rivoyatlarida quyidagilar ziyoda qilingan: «Kishilar so‘zlaridagi biror 
narsada (yolg‘on ishlatishga) ruxsat bermadilar. Faqatgina uch narsada ruxsat berdilar: 
1. Urushda; 2. Kishilar orasini isloh etishda; 3. Eri xotiniga va xotini eriga (biror 
kelishish yuzasidan, murosa uchun) bo‘lgan so‘zlashuvlarida». 
251/3. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) darvoza oldida 
janjallashayotganlarning ovozlarini eshitdilar. Har ikkisining ovozi baland ko‘tarilmoqda 
edi. Ulardan biri ikkinchisidan bergan qarzini bir oz kamaytirishini va to‘lash muddatini 
biroz cho‘zib yaxshilik qilishini iltimos qilar edi. Ikkinchisi esa: «Allohga qasamki, (sen 
aytgandek) qilmayman!» der edi. Buni eshitib Rasululloh (s.a.v.) «Yaxshilik qilmayman, 
deb Alloh nomiga qasam ichuvchi qani?» deganlarida, haligi kishi: «Menman, ey 
Rasululloh! Olgan qarzidan (qanchasini va qachon to‘lashni) ma’qul ko‘rsa, o‘shanda 
to‘layversin!» dedi. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
252/4. Abu Abbos Sahl ibn Sa’d as-So’idiydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh 
(s.a.v.)ga Amr ibn Avf qabilasida kelishmovchilik bo‘lgani xabari yetganida, u zot 
sahobalari bilan birga ularning orasini isloh qilish uchun bordilar. Va u yerda biroz 
to‘xtab qoldilar. Namoz vaqti yaqinlashib qolganida Bilol (r.a.) Abu Bakr (r.a.) 
huzurlariga kelib: «Ey Abu Bakr, Rasululloh ushlanib qoldilar. Namoz vaqti bo‘ldi. 
Kishilarga imom bo‘lib berasizmi?» deganlarida, Abu Bakr (r.a.): «Agar xohlasangiz, 
imom bo‘laveraman», dedilar. Bilol (r.a.) namozga iqomat aytdilar. Abu Bakr (r.a.) 
oldinga o‘tib takbir aytib (quloq qoqdilar). Odamlar ham takbir aytishdi. Rasululloh 
(s.a.v.) saf orasidan yurib kelib, o‘z o‘rinlarini egalladilar. Odamlar qarsak chala 
boshlashdi. Abu Bakr (r.a.) esa namozda o‘girilib qaramadilar. Qachonki, kishilarning 
qarsagi ko‘payib ketganidan keyin Abu Bakr (r.a.) o‘girilib qaragan edilar, Rasululloh 
(s.a.v.) (safda) turibdilar. Lekin u zot (s.a.v.) Abu Bakrga (r.a.): «Davom etaver», 
dedilar. Abu Bakr (r.a.) qo‘llarini ko‘tarib Allohga hamd aytib, orqaga qaytdilar va 
ko‘rdilarki, Rasululloh (s.a.v.) safda turibdilar. Rasululloh (s.a.v.) oldinga o‘tib kishilarga 
namoz o‘qib berdilar. Qachonki, namozdan forig‘ bo‘lganlarida kishilarga yuzlanib: «Ey 
insonlar, sizlarga nima bo‘ldiki, namozda biror hodisa yuz bersa, chapak chalasizlar? 
Vaholanki, namozda biror hodisa yuz bersa, chapak chalish ayollarga xosdir. Agar 
erkaklarning namozida biror hodisa yuz bersa, «Subhonalloh», deb aytsin. Chunki 
«Subhonalloh», deyilganda biror kishi eshitsa, o‘girilib qaraydi. Ey Abu Bakr, sizga 
ishora qilganimda kishilarga imom bo‘lib namoz o‘qib berishdan nima man qildi?» 
deganlarida, Abu Bakr (r.a.): «Ibn Abu Quhofaga (ya’ni, Abu Bakrga) Rasululloh (s.a.v.) 
oldilarida kishilarga imom bo‘lib berish durust emas», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim 
rivoyatlari. 
 
32-BOB  
Zaif, kambag‘al va ovoza bo‘lmagan musulmonlarning fazilati 
 
Alloh taolo: 
«Siz o‘zingizni erta-yu kech Parvardigorlarining yuzini -roziligini istab Unga 

Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy 
 
 
Download 5.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling