Abu zakariyo yahyo ibn sharaf navaviy riyozus-solihiyn


Download 5.07 Kb.
Pdf ko'rish
bet13/53
Sana30.08.2017
Hajmi5.07 Kb.
#14625
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   53

www.ziyouz.com kutubxonasi 
74
324/11. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Qarindoshlik rishtasi 
Arshga osilgan holda turadi va u: «Kim menga yetishsa, Alloh ham unga yetishsin. Kim 
mendan aloqani uzsa, Alloh ham undan aloqani uzsin», deb aytadi», dedilar. Imom 
Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
325/12. Mo‘minlar onasi Maymuna binti Horisdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu kishi 
Rasululloh (s.a.v.)dan izn so‘ramay turib, bir cho‘rini ozod qilib yubordilar. Qachonki
navbat kechalarida Rasululloh (s.a.v.) bu onamiz huzurlariga kelganlarida, «Ey Allohning 
rasuli, men cho‘rimni ozod qildim. Bu haqda xabaringiz bormi?» dedilar. Rasululloh 
(s.a.v.)  «Shunday qildingizmi?» dedilar. Bu onamiz: «Ha», deganlarida, Rasululloh 
(s.a.v.)  «Agar buni tog‘alaringizga berganingizda savobi ko‘proq bo‘lar edi», deb 
aytdilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
326/13. Asmo binti Abu Bakr Siddiqdan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Rasululloh (s.a.v.) 
zamonlarida mening huzurimga (hali Islomga kirmagan) mushrik onam keldi. Men 
Rasululloh (s.a.v.)dan fatvo so‘rab: «Onam mendan bir narsa umidida uyimga kelibdi. 
Unga silai rahm yuzasidan ehson qilaveraymi?» desam, u zot: «Ha, onangga silai rahm 
qilavergin», dedilar». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
327/14. Abdulloh ibn Mas’udning (r.a.) xotinlari Zaynab as-Saqafiyyadan (r.a.) rivoyat 
qilinadi. «Rasululloh (s.a.v.)  «Ey xotinlar jamoasi, taqinchoqlaringizdan bo‘lsa ham, 
sadaqa qilinglar», deganlarida, men erim Abdulloh ibn Mas’ud (r.a.) huzurlariga kelib: 
«Siz kambag‘al va qo‘li qisqa kishisiz. Rasululloh (s.a.v.) esa bizga sadaqa qilishni 
buyurdilar. Siz u zot huzurlariga borib so‘rang-chi, agar sizga sadaqa berishim joiz 
bo‘lsa, uni berayin. Agar joiz bo‘lmasa, boshqa kishiga beray», dedim. Shunda erim 
Abdulloh: «O’zingiz bora qoling», dedi. Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga jo‘nadim. Borsam, 
darvozalari oldida bir ansoriya ayol ham turgan ekan. Uning hojati ham mening hojatim 
kabi ekan. Rasululloh (s.a.v.)ning haybatlari kuchli edi. Shu payt Bilol (r.a.) huzurimizga 
chiqib qoldilar. Biz unga: «Rasululloh (s.a.v.)ning huzurlariga borib ikki xotin masala 
so‘rash uchun kelganliklarining xabarini ber. Ya’ni, o‘z erlariga va qo‘ynilaridagi 
yetimlarga mollaridan sadaqa berishlari joizmi? Shuni aytgin-da, ammo bizlarning kim 
ekanimizni so‘zlama», dedik. Bilol (r.a.) Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga kirib, bu haqda 
so‘raganlarida, u zot: «U ikkovi kim?» dedilar. Bilol: «Ansoriya bir ayol va Zaynab», 
dedilar. Rasululloh (s.a.v.) «Qaysi Zaynab?» dedilar. Bilol (r.a.): «Abdullohning xotini», 
deganlarida, Rasululloh (s.a.v.) «Ularga ikki ajr beriladi. Biri -qarindoshlik ajri, ikkinchisi 
- sadaqa ajri», deb aytdilar». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
328/15. Abu Sufyon Saxr ibn Harbdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Hiraql qissasidagi uzun 
hadisda keltirilishicha, Hiraql Abu Sufyondan: «Yangi Payg‘ambar nimalarga 
buyurmoqda?» deb so‘raganida, Abu Sufyon: «Yakka Allohga ibodat qilishga, Unga biror 
narsani sherik qilmaslikka, otalarimiz aytgan narsani tark qilishga, namoz o‘qishga, 
rostgo‘y bo‘lishga, iffatlilikka, silai rahmga buyurmoqda», deb aytdi. Imom Buxoriy va 
Muslim rivoyatlari. 
329/16. Abu Zarrdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Sizlar yaqin kunlarda 
bir yerni fath qilasizlar. U yerda Qiyrot (kalimasi) ishlatiladi», dedilar. 
Boshqa rivoyatda: «Yaqin kunlarda Misr fath qilinadi. U yer Qiyrot deb nomlanadi. U 
yer ahliga yaxshilik qilish vasiyatini mendan olinglar. Chunki ularga ahdlashuv va 
qarindoshlik tomonimiz bor», deyiladi. 
Yana boshqa bir rivoyatda: «Agar u yerni fath qilsangizlar, u yer ahliga chiroyli 
muomalada bo‘linglar. Chunki ahdlashuv va qarindoshlik yoki ahdlashuv va qudachilik 
tomonimiz bor», deyilgan. Imom Muslim rivoyatlari. 
Ulamolar: «Qarindoshlik tomoni - Ismoil alayhissalom onalari Hojar o‘sha yerlik 
bo‘lganlar. Qudachilik tomoni -Rasululloh (s.a.v.)ning o‘g‘illari Ibrohimning onalari 

Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
75
Moriya o‘sha yerlik bo‘lgan», deb aytishgan. 
330/17. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Qachonki, «Yaqin qarindosh-
urug‘laringizni (Allohning azobidan) ogohlantiring» oyati nozil bo‘lganida, Rasululloh 
(s.a.v.) Quraysh jamoasini chaqirdilar. Ular jamlanishganida umumiy va xos holatda 
ularga qarata: «Ey Abdushams va Ka’b ibn Lu’ay bolalari, jonlaringizni do‘zaxdan 
qutqaringlar. Ey Murra ibn Ka’b bolalari, jonlaringizni do‘zaxdan qutqaringlar. Ey 
Abdumannof bolalari, jonlaringizni do‘zaxdan qutqaringlar. Ey Hoshim bolalari, 
jonlaringizni do‘zaxdan qutqaringlar. Ey Abdulmuttalib bolalari, jonlaringizni do‘zaxdan 
qutqaringlar. Ey Fotima, o‘z joningni do‘zaxdan qutqargin. Chunki men biror narsaga 
ega emasman. Faqat qarindoshlik rishtalari borki, men uning haqqini ado qilaman 
xolos», deb aytdilar. Imom Muslim rivoyatlari. 
331/18. Abu Abdulloh Amr ibn Ossdan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Rasululloh (s.a.v.)ning 
sir holatda emas, balki jahriy holatda: «Falonchi bolalari oilasi mening do‘stlarim emas. 
Balki Alloh va solih mo‘minlar mening do‘stimdir. Lekin ular bilan qarindoshlik rishtalari 
borki, men uning haqqini ado qilaman», deb aytganlarini eshitdim». Imom Buxoriy va 
Muslim rivoyatlari. Bu hadis lafzi Buxoriyniki. 
332/19. Abu Ayub Xolid ibn Zayd al-Ansoriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir kishi: «Ey 
Allohning rasuli! Menga bir amalning xabarini beringki, u meni jannatga kiritib, 
do‘zaxdan uzoqlashtirsin», dedi. Rasululloh (s.a.v.) «Allohga ibodat qilasan, Unga biror 
narsani sherik qilmaysan, namozni ado etasan, zakotni (haqdorlarga) berasan hamda 
silai-rahm qilasan», deb aytdilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
333/20. Salmon ibn Omirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Sizlardan 
biringiz og‘zini ochadigan bo‘lsa, xurmo bilan ochsin. Chunki bunda baraka bordir. Agar 
xurmo topa olmasa suv bilan ochsin. Chunki u pokdir. Miskinga qilingan sadaqa ham 
sadaqa hisoblanadi. Qarindoshga qilingan sadaqa - ham sadaqa, ham silai rahm 
hisoblanadi», dedilar. Imom Termiziy rivoyatlari. 
334/21. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Mening nikohimda bir xotinim bor edi. 
Uni yaxshi ko‘rar edim. Otam Umar esa uni yomon ko‘rardilar. Va menga: «Xotiningning 
talog‘ini ber», dedilar. Men esa ko‘nmadim. Keyin otam Umar Rasululloh (s.a.v.) 
huzurlariga borib, bu haqda xabar berdilar. Shunda Rasululloh (s.a.v.) ham: 
«Xotiningning talog‘ini bergin», deb aytdilar». Abu Dovud va Termiziylar rivoyati. 
335/22. Abu Dardodan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Bir kishi kelib: «Mening nikohimda bir 
xotinim bor. Volidam uni taloq qilishimni buyurmoqda, nima qilay?» deb so‘radi. Men: 
«Rasululloh (s.a.v.)dan: «Ota (ona) jannat eshiklarining markazidir. Agar xohlasang, bu 
eshikni zoe qil. Yoki muhofaza et», deb aytganlarini eshitganman», deb javob berdim». 
Imom Termiziy rivoyati. 
336/23. Baro ibn Ozibdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Xola ona 
o‘rnidadir», deb aytdilar. Imom Termiziy rivoyatlari. 
Bu bobga tegishli mashhur sahih hadislar juda ko‘p, lekin qisqaroq bo‘lishi uchun 
keltirib o‘tirmadik. Bulardan eng muhimi -Amr ibn Abasa: «Nubuvvatning birinchi 
paytlari Makkada Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga kirib: «Siz kimsiz?» dedim. U zot: 
«Nabiyman», dedilar. Men: «Nabiy deganingiz  nima  o‘zi?»  dedim.  U  zot:  «Alloh  meni 
mana shunday qilib yubordi», dedilar. Men: «Qaysi narsa bilan yubordi?» dedim. U zot: 
«Silai rahm qilishga, butlarni sindirishga, Allohning tavhidiga va Unga biror narsani 
sherik qilmaslik (risolasi) ila yubordi», dedilar», deb qolganini zikr qildilar. 
 
41-BOB 
Ota-onaga oq bo‘lish hamda qarindosh-urug‘chilikdan 
uzilishning haromligi haqida 

Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
76
 
Alloh taolo: 
«Agar  (iymondan)  yuz o‘girsangizlar, yaqinki, sizlar yerda buzg‘unchilik 
qilursizlar va qarindosh-urug‘laringiz (bilan ham aloqalaringiz)ni uzursizlar. Unday 
kimsalarni esa Alloh la’natlagandir, bas, ularning (quloqlarini pand-nasihat 
eshitishdan)  kar, ko‘zlarini esa (to‘g‘ri yo‘lni ko‘ra olmaydigan) ko‘r qilib 
qo‘ygandir» (Muhammad surasi, 22-23-oyatlar); 
«Allohga bergan ahd-paymonlarini mustahkam bo‘lganidan keyin buzadigan, 
Alloh bog‘lanishga buyurgan narsalarni uzadigan va Yer yuzida buzg‘unchilik 
qilib yuradigan kimsalar ham borki, ular uchun (Allohning la’nati bo‘lur va ular 
uchun eng yomon diyor - jahannam bordir)» (Ra’d surasi, 25-oyat); 
«Parvardigoringiz yolg‘iz Uning O’ziga ibodat qilishlaringizni hamda ota-
onaga yaxshilik qilishlaringizni amr etdi. Agar ularning (ota-onangizning)  birovi 
yoki har ikkisi sening qo‘l ostingda keksalik yoshiga yetsalar, ularga qarab 
«uf» tortma va ularning (so‘zlarini)  qaytarma! Ularga (doimo)  yaxshi so‘z ayt! 
Ular uchun mehribonlik bilan xorlik qanotini past tut - xokisor bo‘l va: 
«Parvardigorim, meni (ular)  go‘daklik chog‘imda tarbiyalab-o‘stirganlaridek, 
Sen ham ularga rahm-shafqat qilgin», deb (haqlariga duo qil)!» (Isro surasi, 23-24-
oyatlar), deb aytgan. 
337/1. Abu Bakra Nufay’ ibn Horisdan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Rasululloh (s.a.v.) 
«Sizlarga kabira (ulkan) gunohlar haqida xabar beraymi?» deb uch marta so‘radilar. Biz: 
«Ha, ayting, ey Allohning rasuli!» dedik. Shunda u zot: «Allohga biror narsani sherik 
qilmoq, ota-onaga oq bo‘lmoq, - deb suyanib turgandilar, to‘g‘ri o‘tirib olib, - ogoh 
bo‘linglar, yolg‘on so‘z va yolg‘on guvohlik bermoq», deb takrorlayverdilar, hatto biz: 
«Qaniydi, jim bo‘lsalar-ku», deb umid qildik». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
338/2. Abdulloh ibn Amr ibn Ossdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kabira 
- ulkan gunohlar Allohga biror narsani sherik qilish, ota-onaga oq bo‘lish, odam o‘ldirish, 
yolg‘on qasam ichish», dedilar. Imom Buxoriy rivoyatlari. 
339/3. Abdulloh ibn Amr ibn Ossdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Kishi 
ota-onasini so‘kmog‘i ulkan gunohlardandir», deganlarida, sahobalar: «Kishi ota-onasini 
ham so‘kadimi?» deyishdi. Shunda Rasululloh (s.a.v.)  «Ha, kishi birovning ota-onasini 
so‘kadi. Keyin bu ham uning ota-onasini so‘kadi», dedilar. (Ya’ni, bu bilan u o‘z ota-
onasini so‘kkan bo‘ladi.) Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
Boshqa rivoyatda keltirilishicha, «Kishi ota-onasini la’natlamoqligi kabira - ulkan 
gunohlardandir», deganlarida, sahobalar: «Ey Allohning rasuli, kishi o‘z ota-onasini ham 
la’natlaydimi?» deyishdi. Rasululloh (s.a.v.) «Kishi boshqa kishining ota-onasini so‘kadi. 
Keyin bu ham uning ota-onasini so‘kadi», dedilar. 
340/4. Abu Muhammad Jubayr ibn Mut’imdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh 
(s.a.v.) «Aloqalarni uzuvchi jannatga kirmaydi», dedilar. Sufyon (r.a.) rivoyatlarida esa 
«Qarindoshlik aloqalarini uzuvchi» bo‘lib kelgan. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
341/5. Abu Iso Mug‘iyra ibn Shu’badan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) 
«Albatta Alloh taolo sizlarga onalarga oq bo‘lishni, berilishi shart bo‘lgan ehsonlarni 
ushlab qolishni, haqqi bo‘lmagan narsalarni talab qilishni, qiz bolalarni tiriklayin 
ko‘mishni, tayini yo‘q zaif so‘zlarni gapirishni, ko‘p savol berishni hamda molni noo‘rin 
joylarga sarf qilishni harom qildi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
 
42-BOB 
Ota-ona hamda xotin va qarindoshlaringizning 
do‘stlariga yaxshilik qilishning fazilati haqida 

Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
77
 
342/1. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Kishi otasining 
do‘stlari bilan bordi-keldi aloqalarini qilishi yaxshiliklarning oliysidir», dedilar. 
Abdulloh ibn Dinor (r.a.) Abdulloh ibn Umardan (r.a.) qilgan rivoyatlarida 
keltirilishicha, badaviylardan bo‘lgan bir kishi Makka ko‘chalarida Abdulloh ibn Umarga 
(r.a.) yo‘liqib salom berdi. Abdulloh ibn Umar (r.a.) o‘zlari minib turgan eshakka 
mingashtirib, boshlaridagi sallalarini unga yechib berdilar. Ibn Dinor aytadilar: «Biz Ibn 
Umarga: «Alloh sha’ningizni isloh qilsin, bu badaviy bo‘lsa, ozgina narsaga ham 
ko‘naversa (muncha iltifot qilasiz)?», desak, Abdulloh ibn Umar (r.a.): «Bu badaviyning 
otasi otam Umar ibn Xattobning do‘stidir. Men Rasululloh (s.a.v.)ning «Kishi otasining 
do‘stlari bilan bordi-keldi aloqalarini qilishi yaxshiliklarning oliysidir», deb aytganlarini 
eshitganman», dedilar». 
Ibn Dinor (r.a.) Ibn Umardan (r.a.) qilgan boshqa rivoyatlarida quyidagicha keltiriladi: 
«Ibn Umar (r.a.) agar Makkaga safar qilsalar, bir eshaklarida borardilar. Tuya minishdan 
zeriksalar, o‘shani minardilar. Va yana boshlarini tang‘ib yuradigan bir sallalari bor edi. 
Bir kuni mana shu eshakda ketayotsalar, oldilaridan bir badaviy o‘tib qoldi. Ibn Umar 
(r.a.) unga: «Sen falonchi o‘g‘li pistonchi emasmisan?» dedilar. Badaviy: «Ha», degan 
edi, eshaklarini unga berib: «Buni mingin va mana bu salla bilan boshingni tang‘igin», 
deb o‘z sallalarini yechib berdilar. Shunda ba’zi do‘stlari: «Alloh seni mag‘firat qilsin, 
tuyadan zerikkaningda minadigan eshagingni va boshingni tang‘ib yuradigan sallangni 
nimaga bu badaviyga berib yubording?» deyishganida, Ibn Umar: «Rasululloh (s.a.v.): 
«Kishining otasi vafot etganidan keyin do‘stlari bilan bordi-keldi aloqalarini qilishi 
yaxshiliklarning oliysidir», deb aytganlarini eshitganman. Chunki badaviyning otasi 
mening otam Umar (r.a.) bilan do‘st edi», deb aytdilar». Bularning barchasini Imom 
Muslim rivoyat qilganlar. 
343/2. Abu Usayd Molik ibn Rabiy’a as-So’idiydan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Bir kuni biz 
Rasululloh (s.a.v.) huzurlarida o‘tirgan edik. Bani salamalik bir kishi kelib: «Ey Allohning 
rasuli, ota-onam vafot etishganidan keyin ham ularga bo‘lgan yaxshilikni davom 
ettirishim mumkinmi?» deganida, Rasululloh (s.a.v.): «Ha, ularning haqlariga duo qilib, 
gunohlariga mag‘firat so‘rab, ahd-kelishuvlarini bajarib, tirikliklarida bordi-keldi 
qilinadigan qarindoshlar bilan aloqada bo‘lib, do‘stlarini hurmat qilish bilan ota-onangga 
vafotlaridan keyin ham yaxshilik qilishing mumkin», dedilar». Abu Dovud rivoyatlari. 
344/3. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Men Xadichaga (r.a.) rashk qilganimdek 
Rasululloh (s.a.v.)ni xotinlaridan birortasiga rashk qilmaganman. Xadichani (r.a.) hech 
ko‘rmaganman. Lekin bu ayol haqida Rasululloh (s.a.v.) ko‘p zikr qilganlar. Gohida qo‘y 
so‘yib, uning a’zolaridan ba’zisini ajratib Xadichaning do‘stlariga yuborardilar. Gohida 
men Rasulullohga: «Go‘yoki dunyoda Xadichadan boshqa ayol yo‘qdek gapirasiz», 
desam, u zot: «Xadicha unday edi va bunday bo‘lgan edi. Bolalarim shu ayoldan edi», 
deb uning yaxshiliklarini zikr qilardilar». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
Boshqa rivoyatda keltirilishicha, «Agar qo‘y so‘ysalar, kifoya qilgudek uning go‘shtidan 
Xadichaning do‘stlariga hadya qilardilar». 
Yana boshqa rivoyatda aytilishicha esa, «Agar qo‘y so‘ysalar, «Xadichaning do‘stlariga 
yuboringlar», deb aytardilar». 
Rivoyatlarning yana birida: «Xadichaning singillari Holatu binti Xuvaylid Rasululloh 
(s.a.v.) huzurlariga kirish uchun izn so‘raganida, Xadichaning ovoziga o‘xshash bo‘lgani 
uchun uni iznidanoq (so‘zidanoq yoki tovushidanoq) tanib oldilar. Bunga xursand bo‘lib: 
«Allohim, (taajjublanganda shunday deyiladi), bu Holatu binti Xuvaylid-ku», dedilar», 
deyiladi. 
345/4. Anas ibn Molikdan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Jarir ibn Abdulloh al-Bajaliy (r.a.) 

Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
78
bilan birga safarda edim. Jarir ibn Abdulloh (yoshlari mendan katta bo‘lsa ham) menga 
xizmat qilardilar. Men: «Bunday qilmang», desam, u kishi: «Ansorlar Rasululloh 
(s.a.v.)ga xizmat qilganlarini ko‘rib, agar ulardan birortasiga hamroh bo‘lsam, 
xizmatlarida bo‘laman, deb qasam ichib qo‘yganman», dedilar». Imom Buxoriy va 
Muslim rivoyatlari. 
 
43-BOB 
Rasululloh (s.a.v.) oila a’zolarini hurmat qilish 
hamda ularning fazilatlari haqida 
 
Alloh taolo: 
«(Ey payg‘ambar) xonadonining ahli, Alloh sizlardan gunohni ketkazishni va 
butunlay poklashni istaydi, xolos» (Ahzob surasi, 33-oyat); 
«(Ish)  shudir. Kim Alloh qonunlarini hurmat qilsa, bas, albatta (bu hurmat) 
dillarning taqvodorligi sababli bo‘lur» (Haj surasi, 32-oyat), degan. 
346/1. Yazid ibn Hayyondan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Men, Husayn ibn Sabra, Amr ibn 
Muslim Zayd ibn Arqamning (r.a.) huzurlariga bordik. Qachonki, huzurlarida o‘tirsak, 
Husayn bu zotga qarata: «Ey Zayd! Siz ko‘p yaxshiliklarga erishdingiz, Rasululloh 
(s.a.v.) bilan ko‘rishgansiz, hadislarni o‘zlaridan eshitgansiz, u zot bilan birga g‘azotlarda 
bo‘lgansiz va orqalarida namoz o‘qigansiz. Ya’ni, juda ham ko‘p yaxshiliklarga 
erishgansiz. Bizga endi, ey Zayd, Rasululloh (s.a.v.)dan eshitgan narsalaringizdan 
gapirib bering», deganlarida, bu zot: «Ey jiyanim, mening yoshim ulg‘ayib qoldi. U 
paytim o‘tib ketdi. Yodlagan narsalarimning ba’zisini unutib qo‘ydim. Sizlarga gapirib 
bergan narsalarimni qabul qilinglar-u, ammo aytib berolmasam, meni qiynamanglar», 
dedilar. So‘ngra: «Bir kuni Rasululloh (s.a.v.) Makka bilan Madina oralig‘idagi Xuma 
nomli suvning oldida turib Allohga hamdu sano aytib, bizga: «Ogoh bo‘ling, ey insonlar. 
Men ham bir odamman. Yaqin kunlarda Rabbim elchisi (Azroil) kelsalar, men u elchining 
buyruqlariga labbay, deb bu dunyodan rixlat qilaman. Sizlarga ikki ulkan narsa tashlab 
ketmoqdaman. Ularning biri Allohning kitobi Qur’oni karimdir. Unda adashganlar uchun 
hidoyat va zulmatda qolganlar uchun nur bordir. Bu kitobni mahkam ushlab, unga amal 
qilinglar. (Shu kuni Allohning kitobi ustida tashviq va targ‘ib qildilar.) So‘ngra ikkinchisi - 
mening xonadonim haqidadir. Men xonadonim xususida Allohni eslaringizga solaman. 
Men xonadonim xususida Allohni eslaringizga solaman», deb va’z-nasihat qildilar», 
dedilar. Husayn «^,: «Ey Zayd! Xonadon ahllari kim? Xonadon ahllari xotinlari 
emasmi?» deganlarida, Zayd ibn Arqam: «To‘g‘ri, xotinlari xonadon ahllaridir. Lekin bu 
yerdagi xonadon ahllaridan maqsad Rasululloh (s.a.v.)dan keyin sadaqadan mahrum 
etilgan zotlardir», dedilar. Husayn (r.a.): «Ular kimlar?» deb so‘raganlarida, Zayd (r.a.): 
«Ular Alining avlodlari, Uqaylning avlodlari, Ja’farning avlodlari, Abbosning avlodlaridir», 
dedilar. Husayn (r.a.): «Bularning barchalariga sadaqa harom qilinganmi?» deb 
so‘ragandilar, Zayd (r.a.): «Ha», deb javob qildilar». Imom Muslim rivoyatlari. 
Boshqa rivoyatda: «Ogoh bo‘linglar, men sizlarga ikki ulkan narsani tashlab 
ketmoqdaman. Ularning biri Allohning kitobidir. U Allohning arqonidir. Kim unga 
ergashsa, hidoyatda bo‘ladi. Kim tark qilsa, zalolatda bo‘ladi», deyilgan. 
347/2. Ibn Umar (r.a.) Abu Bakr Siddiqdan (r.a.) mavquf holatda qilgan rivoyatlarida 
Abu Bakr (r.a.): «Ahli bayt xususida Rasululloh (s.a.v.)ni hurmat qilinglar», deb 
aytganlar. Imom Buxoriy rivoyatlari. 
 
44-BOB 
Ulamo, akobir, fazilatli kishilarni hurmat qilish, 

Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
79
boshqalardan ko‘ra ularni e’zozlash, martabalarini 
ko‘tarib, buni boshqalarga bildirish haqida 
 
Alloh taolo: 
«Biladigan zotlar bilan bilmaydigan kimsalar barobar bo‘lurmi?! Darhaqiqat, 
faqat aql egalarigina pand-nasihat olurlar» (Zumar surasi, 9-oyat), deb aytgan. 
348/1. Abu Mas’ud Uqba ibn Amr al-Badriy al-Ansoriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. 
Rasululloh (s.a.v.): «Qur’oni karimni hammadan yaxshi o‘qiydigan kishi qavmning imomi 
bo‘lsin. Agar bunda barobar bo‘lishsa, sunnatni yaxshi biluvchilari imom bo‘lsin. Agar 
bunda ham barobar bo‘lishsa, oldin hijrat qilgani imom bo‘lsin. Agar bunda ham barobar 
bo‘lishsa, yoshi kattasi imom bo‘lsin. Hargiz kishining riyosatida boshqa bir kishi imom 
bo‘lmasin. (Ya’ni, boshliqning o‘zi imom bo‘lsin.) Va birovning uyida o‘ziga xos bo‘lgan 
joyiga iznsiz o‘tirmasin», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. 
Imom Muslimning boshqa rivoyatlarida «yoshi kattasi», degan so‘zning o‘rniga «avval 
Islomga kirgani» bo‘lib kelgan. 
Boshqa bir rivoyatda: «Allohning kitobini hammadan yaxshi o‘qib, qiroatni avval ta’lim 
olgan kishi qavmga imom bo‘ladi. Agar qiroatlari barobar bo‘lsa, avval hijrat qilganlari 
bo‘ladi. Agar hijratda ham barobar bo‘lishsa, yoshi kattasi imom bo‘ladi», deyilgan. 
349/2. Abu Mas’ud Uqba ibn Amr ibn al-Badriy al-Ansoriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. 
«Rasululloh (s.a.v.) namoz (oldidan) yelkalarimizni ushlab: «Barobar turinglar. Har turli 
bo‘lib turmanglar. Qalblaringiz ham har turli bo‘lib qoladi. Menga balog‘atga yetgan 
aqllilaringiz yaqin tursin. Keyin aqlda ularga yaqinlari tursin. So‘ngra ularga yaqinlari 
tursin», deb aytardilar». Imom Muslim rivoyatlari. 
350/3. Abdulloh ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Balog‘atga 
yetgan aqlli kishilar menga yaqin tursin. Keyin aqlda ularga yaqinlar», deb uch marta 
aytib, so‘ngra: «Bozordagi g‘ala-g‘ovur va fitnalardan saqlaninglar», dedilar. Imom 
Muslim rivoyatlari. 
351/4. Abu Yahyo Sahl ibn Abu Hasma al-Ansoriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Abdulloh 
ibn Sahl va Muhayyisa ibn Mas’ud ikkovlari Xaybarga borishdi. O’sha paytda Xaybar sulh 
holatida edi. Ikkovlari bir-birlaridan ajrashib yo‘llariga ravona bo‘lishdi. Qachonki, 
Muhayyisa Abdullohning huzuriga kelsa, Abdulloh o‘lik holatda qonga belanib yotibdi. 
Bas, Muhayyisa Abdullohni dafn qildi. Va Madinaga keldi. Keyin Abdullohning inisi 
Abdurahmon ibn Sahl va Muhayyisaning ikki o‘g‘li Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga 
borishdi. Abdurahmon Rasululloh (s.a.v.)ning huzurlarida gapira boshlagan edi, u zot: 
«Yoshi kattangiz gapirsin, yoshi kattangiz gapirsin», dedilar. Keyin u yoshi kichik jim 
bo‘ldi va ikki yoshi katta so‘zlay boshladi. Shunda Rasululloh (s.a.v.)  «O’zingizning 
haqligingizni qotilga isbotlab bera olasizlarmi?» dedilar... (Hadisning qolgani oxirigacha 
zikr qilingan.) Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
352/5. Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) Uhud g‘azotida vafot 
etganlarning ikkitasini bir qabrga qo‘yardilar. Keyin: «Bularning qaysi biri Qur’ondan 
ko‘proq yod olgan?» deb so‘rardilar. Agar ulardan biriga ishora qilinsa, o‘shani avval 
lahad (qabr)ga qo‘yardilar. Imom Buxoriy rivoyatlari. 
353/6. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Men tushimda 
ko‘rdimki, bir misvok bilan og‘zimni tozalayotgan emishman. Shu payt ikki kishi mening 
huzurimga keldi. Ularning biri ikkinchisidan yoshi katta edi. Men misvokni kichigiga 
uzatdim. Shunda menga kattasiga bergin, deyildi. Men uni kattasiga berdim», dedilar. 
Imom Muslim musnad holda va Imom Buxoriy ta’liq holda rivoyat qilishgan. 
354/7. Abu Musodan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Soqoli oqargan 
musulmonni, Qur’onga amal qilib, uni doim tilovat qilib yuruvchi qorini hamda odil 

Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy 
 
 
Download 5.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling