Abu zakariyo yahyo ibn sharaf navaviy riyozus-solihiyn
Download 5.07 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Siz o‘zingizni ertayu kech Parvardigorlarining yuzini -roziligini istab, Unga iltijo qiladigan zotlar bilan birga tuting! Ko‘zlaringiz hayoti dunyo ziynatlarini
- «Ertayu kech Parvardigorlarining yuzini istab, Unga iltijo qiladigan zotlarni
- «Har qancha urinsangizlar ham, xotinlaringiz o‘rtasida adolat qilishga qodir bo‘lmaysizlar. Bas, butunlay
www.ziyouz.com kutubxonasi 62 iltijo qiladigan zotlar bilan birga tuting! Ko‘zlaringiz hayoti dunyo ziynatlarini ko‘zlab, ulardan o‘tib (o‘zga ahli dunyolarga boqmasin)», deb aytgan (Kahf surasi, 28- oyat). 253/1. Horisa ibn Vahbdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Sizlarga ahli jannat kimlar ekanligini aytaymi? Ular har bir zaif va odamlar nazariga ilmaydigan bechorahol kishilardir. Agar bu zaif kishi Allohni o‘rtaga qo‘yib qasam ichsa, qasamining ustidan chiqadi. Ogoh bo‘linglar! Sizlarga ahli do‘zax kimlar ekanini aytaymi? Ular qo‘pol, dag‘al, gerdayib yuruvchi mutakabbirlardir», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 254/2. Abu Abbos Sahl ibn Sa’d as-So’idiydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir kishi Rasululloh (s.a.v.) oldilaridan o‘tib ketdi. Rasululloh (s.a.v.) yonlarida o‘tirgan boshqa bir kishiga: «O’tib ketgan shaxs haqida qanday fikrdasan?» deganlarida, u kishi: «Bu odamlarning oliy tabaqalisidir. Agar mana shu kishi sovchi bo‘lsa, qizingizni uzatmoqlikka haqlidir. Agar vositachi bo‘lsa, shafe’ bo‘lishga haqlidir», dedi. Rasululloh (s.a.v.) jim turdilar. So‘ngra oldilaridan boshqa bir kishi o‘tdi. Rasululloh (s.a.v.) yonlaridagi kishiga: «Bu haqda nima deysan?» dedilar. U kishi: «Bu o‘tib ketgan kishi musulmonlarning kambag‘alidir. Agar sovchi bo‘lsa, qizni uzatmaslikka, vositachi bo‘lsa, shafe’ bo‘lmaslikka va agar gapirsa, so‘zini eshitmaslikka haqlidir», dedi. Shunda Rasululloh (s.a.v.) «Bu kambag‘alning bitta o‘zi yer yuzini to‘ldiruvchi oliy tabaqali kishilardan yaxshidir», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 255/3. Abu Said al-Xudriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Jannat va do‘zax martaba talashib xusumatlashishdi. Do‘zax: «Menda zolimlar, mutakabbirlar bo‘ladi», dedi. Jannat: «Menda zaif va miskinlar bo‘ladi», dedi. Alloh taolo ularning o‘rtasida hukm qildi va: «Ey jannat, sen Mening rahmatimdirsan. Men xohlagan bandamga sen bilan rahmat qilaman (ya’ni, senga uni kirgizaman). Ey do‘zax, sen Mening azobimdirsan. Men xohlagan bandamga sen bilan azob beraman (ya’ni, senga uni kirgizaman). Ikkovlaringizni to‘ldirish Mening zimmamdadir», dedi», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. 256/4. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Qiyomat kuni jismi katta va semiz kishilar kelishadi. Ularning Alloh huzurida pashsha qanoticha ham vaznlari bo‘lmaydi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 257/5. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir qora ayol (yoki yosh yigit) masjidni supurib yurar edi. U ko‘rinmay qoldi. Rasululloh (s.a.v.) u haqda sahobalardan so‘raganlarida, ular: «O’ldi», deb aytishdi. Rasululloh (s.a.v.) «Menga bu haqda bildirmadinglarmi?» dedilar. Sahobalar uning ishini yengil sanab xabar berishmagan edi. Rasululloh (s.a.v.) «Meni uning qabriga olib boringlar», deb aytdilar. Sahobalar u zotni o‘sha ayol (yoki yigit) qabriga olib borishdi. Rasululloh (s.a.v.) unga namoz o‘qidilar. So‘ngra: «Albatta bu qabrlar ahlini zulmat qoplagandir. Alloh taolo mening duoim ila ularni nurlantirib turadi», deb aytdilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 258/6. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Bir qancha sochi to‘zigan, chang bosgan va eshiklardan quvilgan kishilar borki, agar ular Alloh nomiga qasam ichib bir narsani bo‘lsin yoki bo‘lmasin, desa, Alloh uni ro‘yobga chiqaradi», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. 259/7. Usomadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Jannat eshigi oldida turdim. U yerga kirayotganlarning ko‘pi bechoralar ekan. Lekin davlatmandlar (bechoralardan keyin kirsin, deb) to‘xtatib qo‘yilibdi. Do‘zaxiylar do‘zaxga kirsin, deb buyurildi. Men do‘zax eshigi oldida turib ko‘rdimki, do‘zaxga kiruvchilarning aksari ayollar ekan», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 260/8. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Beshikda turib Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 63 gapirganlar uchtadir. 1) Iso ibn Maryam; 2) Hazrat Jurayj (zamonidagi bir go‘dak). Jurayj obid kishi edi. Va ibodat qiladigan kulbasi bor edi. Bir kuni o‘sha yerda namoz o‘qiyotganida onasi kelib: «Ey Jurayj!» deb chaqirdi. Shunda Jurayj: «Ey Rabbim, onamga qaraymi yoki namozimni o‘qiymi?» deb namozida davom etdi. Onasi esa orqasiga qaytib ketdi. Ertasi kun onasi kelganida Jurayj yana namoz o‘qiyotgan edi. Onasi: «Ey Jurayj!» deb chaqirdi. Jurayj: «Ey Rabbim, onamga qaraymi yoki namozimni o‘qiymi?» deb namozida davom etdi. Uchinchi kun onasi kelganida Jurayj yana namoz o‘qiyotgan edi. Onasi: «Ey Jurayj!» deb chaqirdi. Jurayj: «Ey Rabbim, onamga qaraymi yoki namozimni o‘qiymi?» deb namozida davom etdi. Shunda onasi: «Zinokor ayolning yuziga boqmaguncha o‘ldirmagin» (ya’ni, o‘lishdan oldin bir tuhmatga giriftor bo‘lmaguncha o‘ldirmagin), deb duoibad qildi. Bani Isroil qavmidagilar Jurayj va uning ibodatini eslashdi. Va suyuqoyoq bir ayol bor edi. Uning go‘zalligi zarbulmasal qilinar edi. Bu ayol: «Agar xohlasangizlar, Jurayjga fitna ishlataman», dedi. Va o‘zini Jurayjga namoyish qildi. Lekin Jurayj u ayolga nigohini tashlab ham qo‘ymadi. Keyin u xotin Jurayjning ibodat qiladigan kulbasiga borib turadigan bir cho‘ponni ilintirib, u bilan noshar’iy aloqada bo‘lib, homilador bo‘lib qoldi. Qachonki, uning bolasi tug‘ilganida «Mana shu go‘dak Jurayjning pushti kamaridan bo‘lgan», dedi. Kishilar Jurayjning huzuriga borib, uni kulbasidan tushirdilar-da, ibodatxonasini buzib tashlab, Jurayjni do‘pposlab ketishdi. Jurayj: «Nimaga bunday qilyapsizlar?» dedi. Kishilar: «Sen mana bu buzuq ayol bilan zino qilibsan. Va oqibatda sendan mana bu bolani orttiribdi», deyishdi. Jurayj: «Go‘dak qaerda?» dedi. Bas, ular bolani olib kelishdi. Jurayj: «Meni holi qoldiringlar, namoz o‘qib olay», dedi. Qachonki, namozni o‘qib tugatganidan keyin go‘dakning oldiga bordi-da, qorniga barmog‘i bilan urib: «Ey bolakay, otang kim?» dedi. Shunda bola tilga kirib, falonchi cho‘pon, dedi. Kishilar Jurayjga yuzlanib, uni o‘pib, qo‘llarini badaniga surtishdi. Va: «Senga tillodan ibodat qiladigan kulba qurib beramiz», deyishdi. Jurayj: «Yo‘q! Avval qanday bo‘lsa, o‘shanday qilib loydan qurib beringlar», dedi. Ular qurib berishdi. 3) Bir go‘dak edi. U onasini emib ketayotgan edi. Nogahon oldilaridan chopqir, gavdali va chiroyli ulovga minib ketayotgan bir kishi o‘tib ketdi. Shunda onasi: «Allohim, o‘g‘limni ham bu kishiga o‘xshash qilgin», dedi. Bu so‘zlarni eshitgan go‘dak ko‘krak emishni to‘xtatdi-da, u kishiga yuzlanib nazarini qaratdi. Va: «Allohim, meni u kishiga o‘xshash qilmagin», dedi-da, ko‘kragiga qaytib, yana ema boshladi. (Abu Hurayra (r.a.): «O’shanda janob Rasulullohning bola onasi ko‘kragini qanday emganini tushuntirish uchun o‘z barmoqlarini so‘rib ko‘rsatganlari hamon ko‘z oldimda», dedilar.) So‘ngra ona- bola bir cho‘ri oldidan o‘tib qolishdi. Kishilar zino qilding, o‘g‘irlading, deb uni urishayotgan edi. U cho‘ri esa: «Hasbiyallohu va ni’mal vakil», ya’ni «Alloh menga kifoyachidir. U muncha ham yaxshi vakil», der edi. Bolaning onasi: «Allohim, o‘g‘limni bu cho‘riga o‘xshash qilmagin», degan edi, bola yana emishni to‘xtatdi-da, u cho‘riga qarab «Allohim, meni shu cho‘ri kabi qilgin», dedi. Ona-bola mana shu yerda savol- javob qilishdi. Ona: «Chiroyli, hay’atli kishi o‘tib ketdi. Men: «Allohim, o‘g‘limni bu kishi kabi qilgin», desam, sen: «Allohim, meni u kishi kabi qilmagin», deding. Cho‘ri oldidan o‘tayotganimizda kishilar uni zino qilding, o‘g‘irlading, deb aytib do‘pposlashayotganida, men: «Allohim, o‘g‘limni u kabi qilmagin», desam, sen: «Allohim, meni u kabi qilgin», deb aytding», deganida, bolasi: «Bu ulovdagi kishi zolimdir. Shuning uchun «Allohim, meni bu kishi kabi qilmagin», dedim. Ana bu cho‘rini o‘g‘irlik qilding, deyishayotgan edi. Aslida, u o‘g‘ri emas edi. Zino qilding, deyishayotgan edi. Aslida, zino qilmagan edi. Men: «U cho‘ri kabi o‘g‘irlik, zino qilmaydiganlardan qilgin», dedim», deb aytdi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 64 33-BOB Yetimlar, qizlar, boshqa zaif, bechora, qalbi siniq kishilarga yaxshilik, shafqat qilish hamda tavozu’li va kamtar bo‘lish haqida Alloh taolo aytadi: «Mo‘minlar uchun qanotingizni past tuting (ya’ni, mudom kamtar-tavozu’li bo‘ling!)» (Hijr surasi, 88-oyat); «Siz o‘zingizni ertayu kech Parvardigorlarining yuzini -roziligini istab, Unga iltijo qiladigan zotlar bilan birga tuting! Ko‘zlaringiz hayoti dunyo ziynatlarini ko‘zlab, ulardan o‘tib (o‘zga ahli dunyolarga boqmasin)» (Kahf surasi, 28-oyat); «Bas, endi siz ham yetimga qahr qilmang. So‘rovchi gadoni esa (biron narsa bermasdan) haydamang!» (Zuho surasi, 9-10-oyatlar); «Dinni (oxiratdagi jazoni) yolg‘on deydigan kimsani(ng qanday kimsa ekanligini) ko‘rdingizmi-bildingizmi? Bas, bu yetim-esirni (qo‘pollik bilan) haydab soladigan va (kishilarni) miskin-bechoraga taom berishga targ‘ib qilmaydigan kimsadir» (Mo’uvn surasi, 1-3-oyatlar). 261/1. Sa’d ibn Abu Vaqqosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Biz olti nafar kishi Rasululloh (s.a.v.) huzurlarida edik. Mushriklar Rasululloh (s.a.v.)ga: «Hu anavi (bechorahol) kishilarni haydang. Ular bizning (majlislarimizda qatnashishga) botina olishmasin», deyishdi. O’sha bechorahol kishilar men, Ibn Mas’ud, Huzayl qabilasidan bir kishi, Bilol va yana ikki kishi edik. Bu ikki kishining ismini keltira olmayman. Rasululloh (s.a.v.) dillariga Alloh taolo xohlagan bir xayol keldi. U xayolni o‘zlariga gapirib ko‘rdilar. Va Alloh taolo «Ertayu kech Parvardigorlarining yuzini istab, Unga iltijo qiladigan zotlarni (huzuringizdan) haydamang» (An’om surasi, 52-oyat) oyatini nozil qildi». Imom Muslim rivoyatlari. 262/2. Abu Hubayra Oiz ibn Amr al-Muzaniydan (r.a.) rivoyat qilinadi. (Bu zot «Rizvon» bay’atida ishtirok etgan sahobalardan edilar.) Bir kuni Abu Sufyon (hali Islomga kirmasidan oldin) Salmon, Suhayb, Bilol va bir necha boshqa sahobalar huzurlariga kelganida, ular: «Allohning qilichi Alloh dushmani gardanidan olmadi-da», deyishdi. Abu Bakr (r.a.): «Bu so‘zni Qurayshning shayxi va sayyidiga nisbatan ishlatyapsizlarmi?» deb, so‘ngra Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga borib buning xabarini berganlarida, Rasululloh (s.a.v.): «Ey Abu Bakr, ularni g‘azablantirgan bo‘lishing mumkin. Agar shunday bo‘lsa, Rabbingni g‘azablantirgansan», dedilar. Abu Bakr (r.a.) ularning huzurlariga borib: «Ey birodarlar, sizlarni g‘azablantirdimmi?» deganlarida, sahobalar: «Yo‘q! Ey birodar, Alloh seni mag‘firat qilsin», deyishdi. Imom Muslim rivoyatlari. 263/3. Sahl ibn Sa’ddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Men yetimni o‘z qaramog‘iga olgan kishi bilan - ikkovimiz jannatda mana shunday bo‘lamiz», deb ishora va o‘rta barmoqlarining orasini ochib ko‘rsatdilar. Imom Buxoriy rivoyatlari. 264/4. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Xoh o‘ziga qarashli, xoh begona yetimni o‘z qaramog‘iga olgan kishi bilan ikkovimiz jannatda birga bo‘lamiz», dedilar. Mana shu hadis roviylaridan biri Molik ibn Anas ishora va o‘rta barmoqlarini ko‘rsatdilar. Imom Muslim rivoyatlari. 265/5. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Sizlar bitta-ikkita xurmo, bir-ikki luqma taom bersangiz, o‘sha bilan kifoyalanuvchi kishi miskin emas, kambag‘al bo‘lishiga qaramasdan tilanchilik qilishdan o‘zini tiygan odam haqiqiy miskin», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 65 Bularning boshqa rivoyatlarida: «Odamlarning atrofida tilanib, bir-ikki luqma, bitta- ikkita xurmo bilan kifoyalanuvchi kishi miskin emas. Lekin haqiqiy miskin hojatiga kerakli narsani topa olmaydi. Sadaqa beray, deyilsa, uning holati bilinmaydi. Va odamlardan tilanib yurmaydi», deyilgan. 266/6. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Beva va miskin ahvolidan xabar olib yordamlashuvchi kishi Alloh yo‘lidagi mujohidga o‘xshaydi. Namozda qoim va ro‘zada doim bo‘lgan kishiga o‘xshash, deb hisoblayman», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 267/7. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Taomlarning yomoni bir to‘yning taomiki, unga o‘zi kelgan kishi kirgizilmaydi va xohlamagan kishi taklif qilinadi. Kimki taomga chaqirilsa-yu unga ijobat qilmasa, Alloh va rasuliga osiy bo‘libdi», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. Ikki «Sahih» kitobidagi Abu Hurayradan (r.a.) qilingan boshqa rivoyatda: «Taomlarning yomoni bir to‘y taomiki, unga boylar taklif qilinib, kambag‘allar tark qilinadi», deyilgan. 268/8. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Kimki ikki qizni turmushga chiqqunlaricha voyaga yetkazib tarbiyalasa, Qiyomat kuni men va u mana bu ikkisiga o‘xshab keladi», deb barmoqlarini bir-biriga qo‘shib ko‘rsatdilar. Imom Muslim rivoyatlari. 269/9. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Bir kuni mening huzurimga ikkita qizini (etaklab) bir ayol tilanchilik qilib kirib keldi. Mening huzurimda bitta xurmodan tashqari boshqa narsa yo‘q edi. Men xurmoni bersam, bu ayol uni ikkiga ajratdi-da, ikki qiziga berib, o‘zi u xurmodan yemadi. Qachonki, Rasululloh (s.a.v.) kirganlarida bu haqda xabar bersam, u zot: «Kimki mana shu kabi qiz farzand bilan imtihon qilinsa (sinalsa), u qiz farzandlarini chiroyli parvarish etsa, uning uchun jahannamdan parda bo‘ladi», dedilar». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 270/10. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Mening huzurimga ikki qizini (etaklab) bir miskin ayol keldi. Men u miskin ayolga uchta xurmo berdim. U esa ikki qiziga bittadan berib, o‘zi bittasini yeyish uchun endi og‘ziga olib boruvdi, haligi ikki qiz yana bering, deb so‘rab qolishdi. Ayol o‘zi yeyishni xohlab turgan xurmoni ikkiga bo‘lib, ularga berdi. Bu ishi meni hayron qoldirib, uni Rasulullohga aytsam, u zot S: «Albatta Alloh taolo unga jannatni vojib qilib, do‘zaxdan xalos etibdi», dedilar». Imom Muslim rivoyatlari. 271/11. Abu Shurayh Xuvaylid ibn Amr al-Xuzo’iydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Ikki zaifni, ya’ni yetim va ayolning haqqini zoe qilishingizdan ogohlantiraman», dedilar. Imom Nasaiy yaxshi isnod ila rivoyat qilganlar. 272/12. Mus’ab ibn Sa’d ibn Abu Vaqqosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Sa’d (r.a.) boshqa sahobalardan darajada baland bo‘lsam kerak, deb xayol qilganlarida, Rasululloh (s.a.v.): «Sizlarga kelib turgan yordam va yetib turgan rizqlar zaif birodarlaringiz tufaylidir», dedilar. Imom Buxoriy mursal holda rivoyat qilganlar. Chunki Mus’ab ibn Sa’d tobe’inlardan edi. Lekin Hofiz Abu Bakr Barqoniy «Sahih»larida bu sanadni Mus’abga yetkazganlar. 273/13. Abu Dardo Uvaymirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Meni zaiflaringiz ichidan axtaringlar. Chunki zaiflaringiz tufayli g‘alaba qozonib rizqlanursizlar», dedilar. Abu Dovud yaxshi isnod bilan rivoyat qilganlar. 34-BOB Ayollar haqidagi vasiyat Alloh taolo shunday degan: Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 66 «Ular (ayollar) bilan tinch-totuv yashanglar» (Niso surasi, 19-oyat); «Har qancha urinsangizlar ham, xotinlaringiz o‘rtasida adolat qilishga qodir bo‘lmaysizlar. Bas, butunlay (suygan xotinlaringiz tomonga) og‘ib ketib (ko‘ngilsiz bo‘lib qolgan) xotiningizni muallaqa kabi tashlab qo‘ymangiz!» (Muallaqa -eri biron-bir sabab bilan bedarak ketgan ayoldir.) (Niso surasi, 129-oyat). 274/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Xotinlarga yaxshi muomalada bo‘linglar, deb aytgan vasiyatimni qabul qilinglar. Chunki ayol qovurg‘adan xalq qilingandir. Qovurg‘aning eng qiyshiq joyi yuqorisidir. Agar sen uni to‘g‘rilayman, desang, sindirib qo‘yasan. Agar shunday qoldirsang, egri bo‘yicha qoladi. Shunday ekan, xotinlar haqidagi vasiyatimni qabul qilinglar», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. Ikki imomning boshqa rivoyatlarida: «Ayol qovurg‘aga o‘xshaydi. Uni to‘g‘rilayman, desang, sindirib qo‘yasan. Agar foydalanmoqchi bo‘lsang, qiyshiq holidagina foydalana olasan», deyilgan. Imom Muslimning rivoyatlarida: «Albatta ayol qovurg‘adan yaratilgandir. Sen binoyidek to‘g‘rilay olmaysan. Agar foydalanmoqchi bo‘lsang, qiyshiq holidagina foydalana olasan. Agar to‘g‘rilayman, desang, sindirib qo‘yasan. Uni sindirish talog‘ini berishlikdir», deyilgan. 275/2. Abdulloh ibn Zam’adan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) xutba o‘qidilar. U xutbada (Samud qabilasi) so‘ygan tuyani zikr qilib: «Eslang, ularning eng badbaxtlari (tuyani so‘yish uchun) qo‘zg‘olganlarida...» oyatini o‘qib: «Qo‘zg‘olish uchun qavmdan kuch-qudratli buzg‘unchi bir kishi chiqdi», dedilar. Keyin ayollarni zikr qilib, ular haqida quyidagicha va’z qildilar: «Sizlardan biringiz xotinini xuddi xizmatkorini urgandek uradi-da, o‘sha kechasi yana u bilan birga yotadi-ya». Keyin orqasidan yel chiqqanda kuluvchilar haqida va’z qilib: «Nima uchun o‘zi ham qiladigan narsada (birov ustidan) kuladi?» dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 276/3. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Mo‘min kishi mo‘mina ayoldan nafrat qilmasin. Agar bir xulqini yomon ko‘rib qolsa, boshqa bir xulqidan mamnun bo‘lib qolar», dedilar yoki bundan boshqaroq bir so‘z aytdilar. Imom Muslim rivoyatlari. 277/4. Amr ibn Ahvas al-Jushamiydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) vidolashuv hajida Allohga hamdu sano aytganlaridan keyin odamlarga quyidagicha va’z va nasihat qildilar: «Ogoh bo‘linglar, ayollar haqidagi vasiyatimga amal qilib, ularga yaxshi muomalada bo‘linglar. Albatta, ayollar sizlarning asirlaringizdir. Bundan boshqa narsaga ega emassiz. Faqatgina ochiq-oydin fohishalik qilishsagina, bunday emas. Agar itoatsizlik qilishsa, yotoqni tark eting. (Ya’ni, ular bilan bir joyda yotmang. Shunda ham sizlarga bo‘ysunmasalar) og‘ritmaydigan qilib uringlar. Ammo sizlarga itoat qilsalar, ularga qarshi boshqa yo‘l axtarmanglar. Ogoh bo‘linglar, sizlarning ayollar zimmasida haqlaringiz bor. Va ayollaringizning sizlarning zimmangizda haqlari bor. Sizlarning ular zimmasidagi haqlaringiz yotadigan yeringizga sizlar yomon ko‘rgan kishining qadamini yetkazmaslik va yomon ko‘rgan kishingizni uyingizga kirishiga izn bermasligidir. Ogoh bo‘ling, ayollarning sizlar zimmangizdagi haqlari yaxshi libos va yaxshi taom bilan ta’minlamoqligingizdir». Imom Termiziy rivoyatlari. 278/5. Muoviya ibn Haydadan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Men: «Ey Allohning rasuli, bizlarning zimmamizdagi xotinlarimizning haqlari nima?» desam, u zot (s.a.v.) «O’zing ovqatlanganda unga ham yedirmog‘ing, o‘zing libos kiyganingda uni ham kiyintirmoqliging va yuziga urmasliging, Alloh seni qabih etsin, deb so‘kmasliging hamda uyingdan tashqari joyda arazlashmasliging», dedilar». Abu Dovud rivoyatlari. 279/6. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Mo‘minlarning imon Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 67 jihatidan komilrog‘i xulqi yaxshi bo‘lganlaridir. Sizlarning yaxshilaringiz ayollar bilan yaxshi bo‘lganlaringizdir», dedilar. Imom Termiziy rivoyatlari. 280/7. Iyos ibn Abdulloh ibn Abu Zubobdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Allohning cho‘rilari (ayollarni) urmanglar», deganlarida, Umar (r.a.) Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga kelib: «Xotinlar erlariga jur’at qiladigan bo‘lib qolishdi», dedilar. Rasululloh (s.a.v.) ularni urishga izn berdilar. Shundan keyin Rasululloh (s.a.v.) xonadonlarining atrofini ko‘p xotinlar o‘rab olib, erlaridan shikoyat qilishdi. Rasululloh (s.a.v.) «Muhammad oilasini ko‘p xotinlar o‘rab olib, erlaridan shikoyat qilishmoqda. Ana o‘sha (xotinini uruvchilar) yaxshilaringiz emas», deb aytdilar. Abu Dovud sahih isnod bilan rivoyat qilganlar. 281/8. Abdulloh ibn Amr ibn Ossdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Dunyo o‘zi bir matodir. Uning eng yaxshi matosi soliha ayoldir», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. 35-BOB Erning xotini zimmasidagi haqqi Alloh taolo quyidagicha zikr qilgan: «Erkaklar xotinlari ustida rahbardurlar. Bunga sabab Alloh ularning birovlarini birovlaridan (ya’ni, erkaklarni ayollardan) ortiq qilgani va erkaklar (xotinlari va oilalari uchun) o‘z mol-mulklaridan sarf-xarajat qilganlaridir. Bas, ibodat-itoatli va erlari yo‘qligida Allohning hifzu himoyati bilan (erlarining mol- mulklarini va o‘z iffatlarini) saqlovchi xotinlar - yaxshi xotinlardir» (Niso surasi, 34- oyat). Bunga yuqoridagi bobda kelgan Amr ibn Ahvasdan (r.a.) rivoyat qilingan 276-raqamli hadis ham dalil bo‘ladi. 282/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Agar kishi o‘z xotinini to‘shagiga chaqirsa-yu u xotin kelmasa va eri undan norozi bo‘lib kechani o‘tkazsa, farishtalar tong otguncha u xotinga la’nat aytib chiqishadi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. Ikkovlaridan qilingan boshqa bir rivoyatda: «Agar xotin kechasi erining to‘shagidan alohida bo‘lib yotsa, farishtalar uni tong otguncha la’natlab chiqishadi», deyilgan. Yana bir boshqa rivoyatda keltirilishicha, Rasululloh (s.a.v.) «Mening jonim qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, biror kishi o‘z xotinini to‘shagiga chaqirsa-yu xotin ko‘nmasdan turib olsa, eri rozi bo‘lgunicha Alloh taolo ham unga nisbatan g‘azabda bo‘ladi», dedilar. 283/2. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Ayolga eri safarga ketmagan bo‘lsa, erining iznisiz (nafl) ro‘za tutmoqligi hamda uyga biror kishining kirishiga ruxsat bermoqligi halol bo‘lmaydi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. Bu hadisdagi lafz Buxoriyniki. 284/3. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Barchangiz qo‘l ostingizdagilarga homiy va ularga mas’uldirsiz. Boshliq xodimlarga homiydir. Kishi oila a’zolariga homiydir. Xotin ham erining uyiga va bolalariga homiydir. Barchangiz homiy va qo‘l ostingizdagilardan mas’uldirsiz», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 285/4. Abu Ali Talq ibn Alidan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Agar kishi xotinini biror hojatiga chaqirsa, u xotini tandir (yonida) bo‘lsa ham kelsin», dedilar. Imom Termiziy va Nasaiylar rivoyatlari. Termiziy bu hadis hasan va sahihdir, deb aytganlar. 286/5. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Agar kishining kishiga sajda qilishi mumkin bo‘lganida, xotinlarni o‘z erlariga sajda qilishga buyurgan |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling