Abu zakariyo yahyo ibn sharaf navaviy riyozus-solihiyn
Download 5.07 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Bas, endi siz ham yetimga qahr qilmang. So‘rovchi gadoni esa
- 49-BOB Kishilarning tashqi ko‘rinishlariga qarabhukm qilish va botinlarini Allohga havola qilish haqida
- «Alloh sizlarni O’zining
- «Ey insonlar, Parvardigoringizdan qo‘rqingiz! Zero
- «Bizga vahiy qilindiki
www.ziyouz.com kutubxonasi 86 yaxshi ko‘ringlar», deydilar. Bas, osmon ahli ham yaxshi ko‘rishadi. Keyin bu narsani yer ahli ham qabul qilishadi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. Imom Muslimning rivoyatlarida keltirilishicha, Rasululloh (s.a.v.) «Agar Alloh taolo biror bandasini yaxshi ko‘rsa, Jabroil alayhissalomni chaqirib: «Men falon kishini yaxshi ko‘raman, sen ham uni yaxshi ko‘rgin», deydi. Keyin Jabroil alayhissalom ham uni yaxshi ko‘radilar va osmon ahlini chaqirib: «Albatta Alloh taolo falon kishini yaxshi ko‘radi, sizlar ham uni yaxshi ko‘ringlar», desalar, osmon ahli ham o‘sha kishini yaxshi ko‘rishadi. Keyin bu narsani yer ahli ham qabul qilib olishadi. Agar Alloh taolo biror bandasini yomon ko‘rsa, Jabroil alayhissalomni chaqirib: «Men falon kishini yomon ko‘raman, sen ham uni yomon ko‘rgin», deydi. Bas, Jabroil alayhissalom ham uni yomon ko‘radilar. Keyin osmon ahllarini chaqirib: «Albatta Alloh falon kishini yomon ko‘radi, sizlar ham uni yomon ko‘ringlar», deb aytadilar. Keyin bu yomon ko‘rish yer ahlida ijro bo‘ladi (ya’ni, bu kishi yer yuzida hammaning ko‘ziga yomon ko‘rina boshlaydi)», dedilar. 388/3. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) bir kishini askarlar guruhiga boshliq qilib bir joyga yubordilar. U kishi imom bo‘lib ularga namoz o‘qib bersa, faqat «Qul huvallohu ahad»ni qiroat qilar edi. Qachonki, askarlar (Madinaga) qaytib kelishganida buning qilgan ishini Rasululloh (s.a.v.)ga aytib berishdi. Rasululloh (s.a.v.) «Nima uchun bunday qilganini undan so‘ranglar-chi», deganlarida, ular bu haqda u kishidan so‘rashdi. Shunda u: «Chunki bu surada Rahmonning sifati kelgan. Men ana shu sababli bu surani o‘qishni yaxshi ko‘raman», dedi. Rasululloh (s.a.v.) «Bu kishiga xabar beringlar, albatta Alloh taolo ham (uni) yaxshi ko‘radi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 48-BOB Yaxshilarga, zaiflarga, miskinlarga ozor berishdan ogohlantirish haqida Alloh taolo: «Mo‘min va mo‘minalarga biron gunoh qilmasliklaridan ozor beradigan kimsalar ham bo‘hton va ochiq gunohni o‘z ustlariga olibdilar» (Ahzob surasi, 58-oyat); «Bas, endi siz ham yetimga qahr qilmang. So‘rovchi gadoni esa (biron narsa bermasdan) haydamang» (Zuho surasi, 9-10-oyatlar), deb aytgan. Bu bobga taalluqli hadislar ko‘p bo‘lib, oldingi bobda kelgan Abu Hurayradan qilingan 386 hamda 33-bobdagi 261-262-hadislar ham shu bobga tegishlidir. 389/1. Jundub ibn Abdullohdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kim bomdod namozini o‘qisa, u Allohning himoyasidadir. Bas, (ey insonlar), Alloh sizlarni o‘sha himoyaga tajovuz qilgan holda topmasin. Kimni endi tajovuz qilgan holda topsa, uni yuzi bilan jahannam o‘tiga tashlaydi», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. 49-BOB Kishilarning tashqi ko‘rinishlariga qarabhukm qilish va botinlarini Allohga havola qilish haqida Alloh taolo: «Endi agar tavba qilsalar va namozni to‘kis ado etishib, zakotni (haqdorlarga) ato qilsalar, u holda diniy birodaringizdirlar» (Tavba surasi, 11-oyat), deb aytgan. 390/1. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kishilar «La ilaha Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 87 illallohu va anna Muhammadan rasululloh», deb aytmagunlaricha, namozni ado etishmaguncha va zakotni bermagunlaricha ular bilan urushmoqlikka buyurildim. Agar mana shu aytilgan narsalarni bajarishsa, ular o‘z jonlari va mollarini mendan saqlashibdi. Lekin Islom haqlarida (ya’ni, had va qasoslar) bunday emas. Buning hisobi Alloh taologa havoladir», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 391/2. Abu Abdulloh Toriq ibn Ushaymdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kim «La ilaha illalloh», deb Allohdan boshqaga ibodat qilishni inkor etsa, uning moli va joniga hamla qilish haromdir. Uning hisobi esa Alloh taologa havoladir», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. 392/3. Abu Ma’bad Miqdod ibn Asvaddan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Men Rasululloh (s.a.v.)ga: «Agar biror kofir kimsaga yo‘liqib, u bilan urishib qolsam va u qilichi bilan qo‘limga urib birini kesib tashlasa, keyin qochib daraxt orqasiga yashirinib: «Alloh uchun musulmon bo‘ldim», desa, uni o‘ldirishga haqlimanmi, ey Allohning rasuli?» desam, Rasululloh (s.a.v.) «O’ldirmagin», dedilar. Shunda men: «Ey Rasululloh, bir qo‘limni kesib, keyin musulmon bo‘ldim, deb aytgan-ku», desam, Rasululloh (s.a.v.) «O’ldirmagin, chunki agar o‘ldiradigan bo‘lsang, u o‘ldirilishidan oldingi sening mavqe’ingda bo‘ladi. Va sen bu so‘zni (ya’ni, Islomga kirdim, deb aytganidan) oldingi mavqe’da bo‘lasan», dedilar». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 393/4. Usoma ibn Zayddan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Rasululloh (s.a.v.) bizni Juhayna qabilasidan bo‘lgan Huraqa nomli jamoaga jo‘natdilar. Biz subhda ularning suvi ustiga yetib keldik. Men va ansoriylardan biri u qavmdan bo‘lgan bir kishiga yo‘liqib, uni tutib oldik. Va u: «La ilaha illalloh», degan edi, ansoriy do‘stim qo‘yib yubordi. Men nayzam bilan urib uni o‘ldirdim. Qachonki, Madinaga borsak, bu qilgan ishim Rasululloh (s.a.v.)ga yetibdi. U zot menga: «Ey Usoma, «La ilaha illalloh», desa ham, o‘ldirdingmi?» dedilar. Men: «Ey Rasululloh, u panoh topish uchun shunday qildi», desam, u zot: «(U) «La ilaha illalloh», deganidan keyin ham o‘ldirdingmi?» deb aytaverganlaridan men: «Qaniydi, bu kundan oldin musulmon bo‘lmasam edi», deb orzu qildim». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. Boshqa rivoyatda: «Rasululloh (s.a.v.) «(U) «La ilaha illalloh», desa ham o‘ldiraverdingmi?» dedilar. Men: «Ey Rasululloh, qilichdan qo‘rqib aytdi-ku», desam, u zot: «Sen uning qalbini yorib, aytgan yoki aytmaganligini bildingmi?» deb shu so‘zlarni takrorlayverdilar. Hattoki, men shu kun musulmon bo‘lmaganimda-ku, deb orzu qildim», deyiladi. 394/5. Jundub ibn Abdullohdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) musulmonlardan tashkil topgan bir guruh askarni mushriklardan bo‘lgan bir jamoaga yubordilar. Ular o‘sha joyga borishdi. O’sha yerdagi mushriklar orasida bir kishi bor edi. U agar musulmonlardan birortasiga (yomonlikni) qasd qilsa, uni bajarib o‘ldira olar edi. Keyin musulmonlardan bo‘lgan bir kishi u mushrikni g‘aflatda qolganida o‘ldirishni qasd qildi. Biz uni Usoma ibn Zayd deb aytardik. Usoma qachonki qilichni ko‘targan edi, u mushrik: «La ilaha illalloh», deb aytdi. Usoma uni shu holatda ham o‘ldiraverdi. Xabar beruvchi Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga kelganida, u zot bo‘lib o‘tgan voqeani so‘radilar. Shunda u kishi bu kimsa qilgan narsaning xabarini berdi. Rasululloh (s.a.v.) Usomani chaqirib: «Nima uchun o‘ldirding?» deb so‘radilar. Usoma: «Ey Rasululloh, u musulmonlarga ozor berib, falon va falon kishini o‘ldirdi, - deb bir necha nafar kishini nomma-nom keltirdi, - unga hamla qilsam, qilichimni ko‘rib qolib «La ilaha illalloh», dedi», deb aytdi. Rasululloh (s.a.v.): «O’ldiraverdingmi?» dedilar. Usoma: «Ha», dedilar. Rasululloh (s.a.v.): «Agar qiyomat kuni «La ilaha illalloh» kelib (da’vo qilsa), nima qilasan?» degandilar, Usoma: «Ey Rasululloh, men uchun istig‘for ayting», dedi. Rasululloh (s.a.v.): «Agar Qiyomat kuni «La ilaha illalloh» kelib (da’vo qilsa), nima Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 88 qilasan?» deb, mana shundan («Agar Qiyomat kuni «La ilaha illalloh» kelib (da’vo qilsa), nima qilasan?») boshqa so‘zni ziyoda qilmadilar. Imom Muslim rivoyatlari. 395/6. Abdulloh ibn Utba ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Umar ibn Xattobning (r.a.) «Rasululloh (s.a.v.) zamonlarida odamlar (qanaqaligi) vahiy orqali ayon bo‘lar edi. Hozir esa vahiy tushishi to‘xtadi. Biz hozir sizlarning ustki ko‘rinishingizga qarab turib hukm qilamiz. Kimningki tashqi ko‘rinishi yaxshi bo‘lsa, bizning undan ko‘nglimiz tinch bo‘lib, o‘zimizga yaqin qilamiz. Uning ichki holati bilan esa Allohning O’zi hisob-kitob qilib oladi. Kim tashqi ko‘rinishida yomon ko‘rilsa, bizning undan ko‘nglimiz tinchimaydi. Va agar ichki holatim yaxshi, desa ham uni tasdiqlamaymiz», degan so‘zlarini eshitdim». Imom Buxoriy rivoyatlari. 50-BOB Allohdan qo‘rqish bayoni Alloh taolo: «Va Mendangina qo‘rqinglar» (Baqara surasi, 40-oyat); «Shak-shubhasiz Parvardigoringizning (kofirlarni azob bilan) ushlashi qattiqdir» (Buruj surasi, 12-oyat); «Parvardigoringiz (ahli-egalari) zolim bo‘lgan shaharlarni ushlaganida, mana shunday ushlar. Uning ushlashi - azobi alamli va qattiqdir. Albatta bu qissalarda oxirat azobidan qo‘rqqan kishilar uchun oyat-ibratlar bordir. U kun barcha odamlar to‘planadigan va hozir bo‘linadigan Kundir. Biz uni faqat sanoqli muddatgacha ta’xir qilib - kechiktirib turamiz, xolos. U kun kelganida, biron jon gapirmas, magar Uning (Allohning) izni bilangina gapirur. Bas, u (Kunga hozir bo‘lganlar) orasida baxtsizi ham bo‘lur, baxtlisi ham. Bas, endi badbaxt kimsalar do‘zaxda bo‘lib, u joyda ohu faryod qilurlar» (Hud surasi, 102- 106-oyatlar); «Alloh sizlarni O’zining (azobidan) ogoh qilur» (Oli Imron surasi, 28-oyat); «U Kunda kishi o‘z og‘a-inisidan ham, onasi va otasidan ham, xotiniyu bola- chaqasidan ham qochur! (Chunki) ulardan har bir kishi uchun u Kunda o‘ziga yetarli tashvish bo‘lur» (Abasa surasi, 34-37-oyatlar); «Ey insonlar, Parvardigoringizdan qo‘rqingiz! Zero, (qiyomat) soati (oldidagi) zilzila ulug‘-dahshatli narsadir. Uni ko‘rar kuningizda emizayotgan (onalar) emizib turgan (bolasini) unutar va barcha homilador (ayollar) o‘z homilasini tashlab yuborar; odamlarni mast-alast holda ko‘rursiz, holbuki ular o‘zlari mast emaslar, lekin Allohning azobi qattiqdir» (Haj surasi, 1-oyat); «Parvardigori (huzurida) turishdan (ya’ni, o‘zining Parvardigor oldida turib hayoti dunyoda qilib o‘tgan barcha amallariga javob berishdan) qo‘rqqan kishi uchun ikki jannat bordir» (Rahmon surasi, 46-oyat); «Ular bir-birlariga boqishib, basti-javob qilishib deydilar: «Haqiqatan bizlar ilgari (hayoti dunyoda) ahli oilamiz orasida (bo‘lgan chog‘imizda oxiratda Allohning azobiga duchor bo‘lishdan) qo‘rqar edik. Mana, Alloh bizlarga marhamat ko‘rguzdi va bizlarni samumdan (ya’ni, badanlarni ilma-teshik qilib yuboradigan do‘zaxiy shamoldan) saqladi. Darhaqiqat bizlar ilgari (hayoti dunyoda) U zotga duo-iltijo qilar edik. Albatta Uning O’zigina marhamatli, mehribondir» (Vat-Tur surasi, 25- 28-oyatlar), deb aytgan. 396/1. Ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rost so‘zlovchi Rasululloh (s.a.v.) quyidagilarni gapirib berdilar: «Har biringizning xalq qilinishingiz shunday: onangiz qornida maniy qirq kun to‘planib turadi. So‘ngra yana shuncha kunda quyuq qon va Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 89 yana shuncha kunda bir parcha go‘shtga aylanadi. Keyin bir farishta (onangiz qorniga) yuborilib, unga ruh puflaydi va to‘rt so‘zni, ya’ni rizqingizni, ajalingizni, qanday amal qilishingizni va baxtsiz yoki baxtliligingizni yozib qo‘ymoqqa buyuriladi. Undan boshqa iloh yo‘q bo‘lgan Zot (Alloh)ga qasamki, sizlardan biringiz o‘zi bilan jannat o‘rtasida bir gaz masofa qolgunicha jannat ahli amalini qilib yuradi-da, pirovardida (onasi qornida bitilgan) taqdiri unga peshvoz chiqib, do‘zax ahliga mansub bir ishni qilib qo‘yadi va do‘zaxga ravona bo‘ladi. Sizlardan biringiz o‘zi bilan do‘zax o‘rtasida bir gaz masofa qolgunicha do‘zaxiylarga xos ishlarni qilib yuradi-da, pirovardida (onasi qornida bitilgan) taqdiri unga peshvoz chiqib, jannat ahli amalini qilib qo‘yadi va jannatga ravona bo‘ladi». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 397/2. Ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «(Qiyomat kuni) jahannam mahsharga keltiriladi. Uning yetmish ming jilovi bo‘ladi. Har jilovida yetmish ming farishta bo‘lib, jahannamni tortib kelishadi», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. 398/3. No‘‘mon ibn Bashirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Qiyomat kuni do‘zax ahllari orasida gunohi eng yengili bir kishiki, uning ikki qadami ostiga ikki cho‘g‘ qo‘yiladi. U cho‘g‘ miyasini qaynatib turadi. Bu azoblanayotgan kishi mendan ko‘ra qattiq azoblanayotgan kishi yo‘q bo‘lsa kerak, deb gumon qiladi. Vaholanki, azobi eng yengili shu kishidir», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 399/4. Samura ibn Jundubdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Allohning nabiysi (s.a.v.) «O’t do‘zaxiylarning ba’zisini ikki to‘piqlarigacha yondiradi. Va ba’zilarini ikki tizzasigacha yondiradi. Va ba’zilarini ishtonbog‘larigacha yondiradi. Va ba’zilarini bo‘yinlarining atrofigacha yondiradi», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. 400/5. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «(Qiyomat kuni) odamlar Alloh huzurida tik turishadi. Hattoki, ba’zilari quloqlarining yarmigacha o‘zlarining terlariga ko‘milib, ko‘rinmay qoladi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 401/6. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Rasululloh (s.a.v.) bizga xutba aytdilar. U kabi xutbani hech eshitmagan edim. U zot: «Agar sizlar men bilgan narsani anglaganlaringizda edi, oz kulib ko‘p yig‘lagan bo‘lardingizlar», dedilar. Bu xutbani eshitgan sahobalar yuzlarini berkitib piqillab yig‘lashar edi». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. Boshqa rivoyatda keltirilishicha, Rasululloh (s.a.v.)ga sahobalari tomonidan bir narsa xabari yetganida, u zot quyidagicha xutba aytdilar: «Menga jannat va do‘zax ko‘rsatildi. Uni bugungidek yaxshilik va yomonlikda ko‘rmaganman. Agar sizlar men bilgan narsani his qilganingizda, oz kulib, ko‘p yig‘lardingizlar». Rasululloh (s.a.v.) sahobalariga bugungidan ko‘ra qattiqroq kun bo‘lmagan. Ular boshlarini berkitib piqillab yig‘lashar edi. 402/7. Miqdoddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Qiyomat kuni xaloyiqqa quyosh yaqinlashtiriladi. Hattoki, u bilan quyosh o‘rtasida bir mil (o‘lchov) qoladi», dedilar. (Bu hadisning roviysi Sulaym ibn Omir (r.a.) quyidagilarni Miqdoddan rivoyat qildilar: «Allohga qasamki, Rasululloh (s.a.v.) mildan nimani maqsad qilganlarini bilmadim. U yer o‘lchanadigan mil yoki ko‘zga surma qo‘yayotganda qo‘llaniladigan mil bo‘lishi mumkin».) «So‘ngra kishilar amallari miqdoricha o‘z terlariga g‘arq bo‘lishadi. Ulardan to‘piqlarigacha g‘arq bo‘ladiganlari, tizzalarigacha g‘arq bo‘ladiganlari va bellarigacha g‘arq bo‘ladiganlari bor. Va ba’zilarini o‘z terlari yuganlab qo‘yadi», deb Rasululloh qo‘llari bilan og‘izlariga ishora qildilar. Imom Muslim rivoyatlari. 403/8. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kishilar Qiyomat kuni shu darajada terlashadiki, u ter yetmish gaz yer qa’riga singiydi. Va yana u terlari yuganlab olganidan hattoki quloqlarigacha g‘arq bo‘lishadi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 90 404/9. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Bir kuni Rasululloh (s.a.v.) bilan birga (o‘tirgan) edik, u zot bir narsaning gupillagan ovozini eshitdilar. Va u zot: «Bu nima ekanini bilasizlarmi?» deganlarida, biz: «Alloh va Uning rasuli biluvchiroq», dedik. Shunda u zot: «Bu bir tosh bo‘lib, u do‘zaxga uloqtirilganiga yetmish yil bo‘ldi. Hozirgacha pastga sho‘ng‘ishda bardavom bo‘lib, endi jahannam tubiga yetdi. Sizlar hozir o‘sha toshning gupillashini eshitdinglar», dedilar». Imom Muslim rivoyatlari. 405/10. Adiy ibn Hotimdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Qiyomat kuni Alloh taolo biror kishini qoldirmasdan tarjimonsiz gaplashadi. U kishi o‘ng tomoniga qaraydi. O’zi yuborgan amalidan boshqa narsani ko‘rmaydi. Chap tomoniga qaraydi. O’zi yuborgan amalidan boshqani ko‘rmaydi. Old tomoniga qaraydi. Va ro‘parasida do‘zaxdan boshqa narsani ko‘rmaydi. Shunday ekan, xurmoning yarmini (sadaqa qilib bo‘lsa ham), do‘zaxdan saqlaninglar», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 406/11. Abu Zarrdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Men sizlar ko‘rmagan narsani ko‘raman. Osmon g‘ijirladi. Va u g‘ijirlashlikka haqlidir. Osmonda to‘rt barmoq sig‘adigan biror joy yo‘q. Faqat farishta Allohga sajda qilgan holda peshonasini u joyga qo‘yur. Allohga qasamki, agar sizlar men bilgan narsani his qilganlaringizda, oz kulib, ko‘p yig‘lab, hattoki to‘shaklaringizda xotinlaringiz bilan lazzatlanmasdan, Allohdan yordam so‘rab adirlarga chiqib ketgan bo‘lar edingizlar», dedilar. Imom Termiziy rivoyatlari. 407/12. Abu Barza Aslamiydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kishi Qiyomat kuni umrini nima bilan o‘tkazgani, ilmini nimaga yo‘naltirgani, molini qaerdan topib, qaerga infoq qilgani va jismining nima bilan mashg‘ul bo‘lgani haqida hisob-kitob qilinmagunicha ikki qadami jilimaydi», dedilar. Imom Termiziy rivoyatlari. 408/13. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Ana o‘sha Kunda yer o‘z xabarlarini so‘zlar», degan oyatni o‘qib: «Yerning xabari nima ekanini bilasizlarmi?» deganlarida, sahobalar: «Alloh va Uning rasuli biluvchiroq», deyishdi. Shunda Rasululloh (s.a.v.) «Har bir er va ayolning yer ustida biror amal qilganiga guvoh bo‘lib, unday qilgansan va bu kun bunday qilgansan, deb aytishi xabar berishidir», dedilar. Imom Termiziy rivoyatlari. 409/14. Abu Said al-Xudriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Qanday xursand bo‘layki, sur sohibi (Isrofil alayhissalom) surni og‘izga solib, buyruq kelsa, uni puflayman, deb quloq solib turibdilar», dedilar. Rasululloh (s.a.v.)ning bu aytgan gaplari go‘yoki sahobalarga og‘ir botgandek bo‘ldi. Shunda u zot: «(Sizlar) «Hasbunallohu va ni’mal vakiyl», deb aytinglar», dedilar. Imom Termiziy rivoyatlari. 410/15. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kim qo‘rqsa, kechaning avvalida yo‘lga tushadi. Kim kechaning avvalida yo‘lga tushsa, manziliga yetib oladi. Ogoh bo‘linglar, Allohning matosi qimmatbahodir. Ogoh bo‘linglar, Allohning matosi jannatdir», dedilar. Imom Termiziy rivoyatlari. 411/16. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Rasululloh (s.a.v.) «Qiyomat kuni kishilar yalangoyoq, yalang‘och va xatna qilinmagan holda to‘planadilar», deganlarida, men: «Ey Allohning rasuli, erkaklar va ayollar bir-birlariga qarayverishadimi?» desam, u zot: «Ey Oisha, u kun bu narsadan ham qattiqroq (ya’ni, nozikligidan andishaga o‘rin qolmaydi)», dedilar. Boshqa rivoyatda: «Ish bir-birlariga qarashdan ham muhimroq», deyilgan. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 51-BOB Umid qilish haqida Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 91 Alloh taolo: «(Ey Muhammmad), Mening o‘z jonlariga jinoyat qilgan (turli gunoh-ma’siyatlar qilish bilan) bandalarimga ayting: «Allohning rahmat-marhamatidan noumid bo‘lmangiz!» Albatta Alloh (O’zi xohlagan bandalarining) barcha gunohlarini mag‘firat qilur. Albatta Uning O’zigina mag‘firatli, mehribondir» (Zumar surasi, 53-oyat); «Biz faqat kofir bo‘lgan kimsagagina (mana shunday) jazo berurmiz» (Saba’ surasi, 17-oyat); «Bizga vahiy qilindiki, (Allohning payg‘ambarlarini) yolg‘onchi qilgan va (ularga imon keltirishdan) yuz o‘girgan kimsalarga azob bo‘lur» (Toha surasi, 48-oyat); «Rahmatim - mehribonligim esa hamma narsadan kengdir» (A’rof surasi, 156- oyat), deb aytgan. 412/1. Uboda ibn Somitdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Kimki «Sherigi bo‘lmagan yakka Allohdan boshqa iloh yo‘q, albatta Muhammad alayhissalom Allohning quli va rasuli hamda Iso alayhissalom Allohning quli va rasuli, Uning Maryamga yetkazgan so‘zi hamda Uning tomonidan bo‘lgan ruh (sohibidir), jannat haq, do‘zax haq», deb guvohlik bersa, amali qanday bo‘lmasin, Alloh uni jannatga kiritadi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. Imom Muslimning rivoyatlarida: «Kimki «Allohdan boshqa iloh yo‘q, albatta Muhammad alayhissalom Allohning rasulidir», deb guvohlik bersa, Alloh do‘zaxni unga harom qiladi», deyilgan. 413/2. Abu Zarrdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Alloh taolo: «Kim bir yaxshilik qilsa, unga o‘n barobar yaxshilik beraman yoki undan ham ziyoda etaman. Kim bir yomon ish qilsa, o‘sha bir yomonlik uchun bir jazo beraman yoki kechirib yuboraman. Kim Menga bir qarich yaqinlashsa, Men unga bir gaz yaqinlashaman. Kim Menga bir gaz yaqinlashsa, Men unga bir quloch yaqinlashaman. Kim Menga yurib kelsa, Men unga yugurib boraman. Kim huzurimga yer yuzini gunohga to‘ldirib kelsa, ammo Menga shirk keltirmasa, Men ham o‘sha miqdorcha mag‘firat bilan unga yo‘liqaman», dedi», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. Bu hadisning ma’nosi «Kim Men tomonga toat bilan yaqinlashsa, rahmatim bilan yaqinlashaman. U toat-ibodatini ziyoda qilsa, Men ham unga rahmatimni ziyoda qilaman», deganidir. 414/3. Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir badaviy Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga kelib: «Ey Allohning rasuli, jannatga va do‘zaxga kirish uchun sabab bo‘ladigan ikki xislat nima?» deganida, u zot: «Kim Allohga biror narsani sherik qilmasdan vafot etsa, jannatga kiradi. Kim biror narsani sherik qilsa, do‘zaxga kiradi», de dil ar. Imom Muslim rivoyatlari. 415/4. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) Muoz bilan bir ulovga mingashib ketishayotgan edilar. Rasululloh (s.a.v.) «Ey Muoz», dedilar. U: «Labbayka va sa’dayka, ey Rasululloh», dedi. Rasululloh (s.a.v.) «Ey Muoz», dedilar. U: «Labbayka va sa’dayka, ey Rasululloh», dedi. Rasululloh (s.a.v.) «Ey Muoz», dedilar. U: «Labbayka va sa’dayka, ey Rasululloh», dedi. Shunda Rasululloh (s.a.v.) «Qaysi bir banda Allohdan boshqa iloh yo‘qligiga, albatta Muhammad (alayhissalom) Uning quli va rasuli ekaniga sidqidildan guvohlik bersa, Alloh unga do‘zaxni harom qiladi», dedilar. Muoz: «Ey Allohning rasuli, bu haqda odamlarga xabar beraymi? Ular bu bilan xursand bo‘lishadi», deganida, Rasululloh (s.a.v.) «(Yo‘q), buning xabarini bersang, unga suyanib (amal qilmay qo‘yishadi)», dedilar. Avvaliga Muoz xabar bermay yurdi. Lekin o‘limi yaqinlashganda, ilmni yashirib gunohkor bo‘lib qolishdan xavf qilgan holda uning xabarini berdi. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling