Abu zakariyo yahyo ibn sharaf navaviy riyozus-solihiyn


Download 5.07 Kb.
Pdf ko'rish
bet39/53
Sana30.08.2017
Hajmi5.07 Kb.
#14625
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   53

www.ziyouz.com kutubxonasi 
243
bajarishmoqda-ku», deyishganida, Rasululloh (s.a.v.) «Bu Allohning fazlu karami bo‘lib, 
xohlagan kishisiga beradi», deb aytdilar». 
Foyda: Allohning bir kishini badavlat qilishi ham, kambag‘al etishi ham sinov va 
imtihondir. Haqiqiy mo‘min kambag‘allik paytida sabr qilib, boyiganda haddidan oshmay, 
shukr qiladi. 
1418/12. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kim har namoz 
so‘ngida o‘ttiz uch marta «Subhanalloh», o‘ttiz uch marta «Alhamdulillah» va o‘ttiz uch 
marta «Allohu akbar», deb, oxirida yuzinchisini «La ilaha illallohu vahdahu laa shariyka 
lah, lahul mulku va lahul hamdu va huva ‘ala kulli shay’in qodir», deb aytsa, agar 
gunohlari dengiz ko‘pigicha bo‘lsa ham, kechib yuboriladi», dedilar. Imom Muslim 
rivoyati. 
1419/13. Ka’b ibn Ujradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Farz namozlari 
so‘ngidan bajariladigan bir necha tasbehlar borki, uni aytuvchi kishi noumid qolmaydi. 
Ular o‘ttiz uch marta «Subhanalloh», o‘ttiz uch marta «Alhamdulillah», o‘ttiz to‘rt marta 
«Allohu akbar»dir», deb aytdilar (Imom Muslim rivoyati». 
1420/14. Sa’d ibn Abu Vaqqosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) har namoz 
so‘ngida ushbu kalimalarni aytib panoh tilar edilar: «Allohumma inniy a’uzu bika minal 
jubni val buxli va a’uzu bika min an arudda ila arzalil ‘umuri va a’uzu bika min fitnatid 
dunya va a’uzu bika min fitnatil qobr» (ma’nosi: «Ey Rabbim, qo‘rqoqlikdan va 
baxillikdan, umrning zoe bo‘lishidan, dunyo fitnasidan va qabr fitnasidan panoh 
berishingni tilayman»). Imom Buxoriy rivoyati. 
1421/15. Muozdan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasululloh (s.a.v.) qo‘llarimdan ushlab: 
«Ey Muoz, Allohga qasamki, men seni yaxshi ko‘raman va senga har namoz so‘ngida 
«Allohumma a’inniy ‘ala zikrika va shukrika va husni ‘ibadatik»ni aytishni tavsiya 
qilaman», dedilar» (ma’nosi: «Ey Allohim, Seni zikr etishda, Senga shukr qilishda va 
ibodatingni go‘zal bajarishda menga yordam ber»). Abu Dovud rivoyati. 
1422/16. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Agar birortangiz 
oxirgi tashahhudni o‘qib bo‘lsa, to‘rtta narsadan panoh so‘rasin: jahannam azobidan
qabr azobidan, hayot va o‘lim fitnasidan, Masih Dajjolning fitnasidan», deb aytdilar. 
Imom Muslim rivoyati. 
1423/17. Alidan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) namozga tursalar, 
tashahhud bilan salomning orasida (ya’ni, salovotdan keyin) «Allohummag‘firliy ma 
qoddamtu va ma axxortu va ma asrortu va ma a’lantu va ma asroftu va ma anta a’lamu 
bihi minniy, antal muqoddim va antal muaxxir, la ilaha illa anta»ni o‘qir edilar (ma’nosi: 
«Ey Rabbim, oldingiyu keyingi, oshkorayu maxfiy va isrofgarchilik bilan qilgan 
gunohlarimni va mendagi O’zing bilgan gunohlarimni kechir. Albatta, Sen avvalgi va 
oxirgidirsan, Sendan boshqa iloh yo‘q»). Imom Muslim rivoyati. 
1424/18. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v) ruku’lari va sajdalarida 
«Subhanaka allohumma robbana va bihamdika, allohummag‘firliy», deb aytishni 
ko‘paytirardilar (ma’nosi: «Ey Rabbim, Senga hamd aytib, Seni poklayman. Ey Rabbim, 
gunohlarimni mag‘firat qil»). Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
1425/19. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) ruku’ va sajdalarida 
«Subbuhun quddusur robbul malaikati varruh» («Farishtalar va Jabroilning Rabbi subbuh 
va quddus sifatli Allohdir»), deb aytar edilar. Imom Muslim rivoyati. 
1426/20. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Ruku’da Allohni 
ulug‘langlar, sajdada duoni ko‘paytiringlar, chunki (sajdadagi duo) ijobat bo‘lishga 
loyiqdir», dedilar. Imom Muslim rivoyati. 
1427/21. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Bandaning 
Rabbiga eng yaqin bo‘ladigan payti sajdada turganidadir. Unda (sajdada) duoni 

Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
244
ko‘paytiringlar», dedilar. Imom Muslim rivoyati. 
1428/22. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) sajdalarida 
«Allohummag‘firliy zambiy kullahu, diqqohu va jillahu va avvalahu va axirohu va 
‘alaniyatahu va sirroh»ni aytar edilar (ma’nosi: «Ey Allohim, gunohlarimning hammasini
ozini va ko‘pini, avvalgisi va oxirgisini, ochiqchasini va maxfiyini kechir»). Imom Muslim 
rivoyati. 
1429/23. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Bir kuni Rasulullohni (s.a.v.) topolmay 
qoldim. Axtarib borsam, ruku’ (yoki sajda) qilayotgan ekanlar. Unda «Subhanaka va 
bihamdika la ilaha illa anta»ni aytayotgan edilar» (ma’nosi: «Senga hamd aytish bilan 
Seni poklayman. Sendan boshqa iloh yo‘q»). Boshqa rivoyatda Oisha onamiz aytadilar: 
«Mening qo‘lim Rasulullohning (s.a.v.) oyoqlariga tegib ketdi. U zot oyoqlarini uzatib 
sajdada turganlarida «Allohumma a’uzu bika birizoka min saxotika va bimu’afatika min 
‘uqubatika va a’uzu bika minka, la axsiy sanaan ‘alayk, anta kama asnayta ‘ala nafsik»ni 
o‘qiyotgan edilar» (ma’nosi: «Ey Rabbim, Sening roziligingni shafe’ qilib g‘azabingdan, 
ofiyatingni shafe’ qilib uqubatingdan panoh tilayman. Sening noming ila g‘azabingdan 
panoh tilayman. Men Senga sano ayta olmaslikdan panoh tilayman. Sen O’zingga sano 
aytganingdeksan»). 
1430/24. Sa’d ibn Abu Vaqqosdan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Biz Rasulullohning (s.a.v.) 
huzurlarida edik. U zot: «Birontangiz bir kunda mingta hasanot kasb qila oladimi?» deb 
so‘radilar. O’tirganlardan biri: «Mingta hasanotni qanday qilib olish mumkin?» dedi. 
Rasululloh (s.a.v.)  «Kim yuzta tasbeh aytsa, mingta hasanot yozilib, mingta xatosi 
o‘chiriladi», dedilar». Imom Muslim rivoyati. 
1431/25. Abu Zarrdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Sizlardagi har bir 
bo‘g‘imingiz uchun har kuni tong otganda sadaqa bordir. Har bir tasbehingiz (ya’ni, 
«Subhanalloh», deyishingiz) sadaqadir. Har bir hamdingiz (ya’ni, «Alhamdulillah», 
deyishingiz) ham sadaqadir. Har bir tahlilingiz (ya’ni, «La ilaha illalloh», deyishingiz) 
ham sadaqadir. Har bir takbiringiz (ya’ni, «Allohu akbar», deyishingiz) ham sadaqadir. 
Yaxshilikka buyurishingiz hamda yomonlikdan qaytarishingiz ham sadaqadir. Choshgoh 
(zuho) paytidagi ikki rakat o‘qigan namozingiz bularning barchasiga kifoya qiladi», 
dedilar. Imom Muslim rivoyati. 
1432/26. Ummul mo‘minin Juvayriyadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) 
ertalab subh namozi paytida uning (Juvayriya onamizning) huzuridan chiqib ketdilar. U 
namoz o‘qiydigan xonasida edi. So‘ngra zuho namozini o‘qib bo‘lib qaytib kelsalar, 
Juvayriya onamiz hali ham o‘tirgan edi. Shunda Rasululloh: «Chiqib ketganimdan beri 
shu holatda o‘tiribsanmi?» deb so‘radilar. Onamiz (r.a.): «Ha», deya javob berdi. 
Rasululloh (s.a.v.) «Men sendan keyin to‘rtta kalimani uch martadan aytdim, agar ular 
tarozida o‘lchansa, sen bugun aytgan narsalardan og‘ir keladi. Ular: «Subhanallohi va 
bihamdihi ‘adada xolqihi va rizo nafsihi va zinata ‘arshihi va midada kalimatihi» 
(ma’nosi: «Yaratganlarining adadicha, nafsi rozi bo‘lgunicha, Arshning vaznicha, 
kalimalarining uzunligicha Allohga hamd aytaman va Uni poklayman»)dir», dedilar. 
Imom Muslim rivoyati. 
Imom Muslimning boshqa bir rivoyatida «Subhanallohi ‘adada xolqihi, subhanallohi 
rizo nafsihi, subhanallohi zinata ‘arshihi, subhanallohi midada kalimatihi», deyilgan. 
(Ma’nosi: «Xalqining adadicha Allohni poklayman, nafsi rozi bo‘lgunicha Allohni 
poklayman, Arshning og‘irligicha Allohni poklayman, kalimalarining uzunligicha Allohni 
poklayman».) 
Imom Termiziy rivoyatida esa «Subhanallohi ‘adada xolqihi, subhanallohi ‘adada 
xolqihi, subhanallohi ‘adada xolqihi, subhanallohi rizo nafsihi, subhanallohi rizo nafsihi, 
subhanallohi rizo nafsihi, subhanallohi zinata ‘arshihi, subhanallohi zinata ‘arshihi, 

Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
245
subhanallohi zinata ‘arshihi, subhanallohi midada kalimatihi, subhanallohi midada 
kalimatihi, subhanallohi midada kalimatihi» bo‘lib kelgan. 
1433/27. Abu Muso Ash’ariydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Allohni zikr 
qilib yuradigan kishi bilan zikr qilmaydigan kishining misoli xuddi tirik bilan o‘likning 
misoli kabidir», dedilar. Imom Buxoriy rivoyati. 
Imom Muslimning rivoyatlarida «Allohni zikr qilinadigan uy bilan zikr qilinmaydigan 
uyning misoli xuddi o‘lik bilan tirikning misoli kabidir» bo‘lib kelgan. 
1434/28. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) aytdilar: «Alloh 
taolo: «Men bandamni gumonidekdirman. Ya’ni, Menga qanday gumon qilsa, o‘shandoq 
topadi. Agar Meni zikr qilsa, u bilan birgadirman. Agar yolg‘iz o‘zi zikr qilsa, Men ham 
O’zim zikr qilaman. Agar Meni jamoat orasida zikr qilsa, Men uning jamoatidan 
yaxshiroq bo‘lgan guruh orasida, ya’ni farishtalar orasida eslayman», dedi». Imom 
Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
1435/29. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Mufarridlar 
oldinga o‘zib ketishdi», dedilar. Shunda sahobalar: «Mufarridlar deganingiz kimlar, ey 
Allohning rasuli?» deb so‘rashdi. Rasululloh (s.a.v.)  «Allohni zikr qiluvchi erkaklar va 
ayollar», dedilar. Imom Muslim rivoyati. 
1436/30. Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Zikrlarning afzali «La 
ilaha illalloh»dir», dedilar. Imom Termiziy rivoyati. 
1437/31. Abdulloh ibn Busrdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir kishi: «Ey Rasululloh, Islom 
shariati menga og‘irlik qilyapti. Menga bir narsa o‘rgatingki, ana shuni mahkam ushlay», 
dedi. Shunda Rasululloh (s.a.v.)  «Doimo tiling Allohning zikri bilan nam bo‘lib yursin», 
dedilar. Imom Termiziy rivoyati. 
1438/32. Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Kim «Subhanallohi va 
bihamdihi», desa, u kishi uchun jannatda bir xurmo ekiladi», dedilar. Imom Termiziy 
rivoyati. 
1439/33. Ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) bunday deganlar: 
«Isro kechasi Ibrohim alayhissalomga yo‘liqdim. U zot: «Ey Muhammad, ummatingizga 
mendan salom ayting va jannatning tuprog‘i pok, suvi shirin va o‘zi tekis, o‘simligi 
«Subhanallohi valhamdu lillahi va la ilaha illallohu vallohu akbar» ekanini ularga xabar 
bering», dedilar». Imom Termiziy rivoyati. 
1440/34. Abu Dardodan (r.a.) rivoyat qilinadi. Nabiy (s.a.v.)  «Rabbingiz huzurida 
amallarning yaxshisi, darajangizni baland qiluvchisi, pul va oltinlarni infoq qilishdan 
afzalroq bo‘lganini va dushmaningizga yo‘liqib, uning bo‘yniga qilich urishdan ham 
yaxshi narsani aytaymi?» deganlarida, sahobalar: «Ayting», deyishdi. Shunda Rasululloh 
(s.a.v.) «Allohni zikr qilish», dedilar. Imom Termiziy rivoyati. 
Imom Hokim bu hadis isnodi sahihdir, dedilar. 
1441/35. Sa’d ibn Abu Vaqqosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu zot Rasululloh 
alayhissalom bilan bir ayolning huzuriga kirdilar. Uning oldida danak (yoki mayda 
toshlar) bor edi. Ayol ana shularni sanab tasbeh aytardi. Rasululloh (s.a.v.) unga: 
«Bundan yengilroq va afzalroq narsani aytaymi? «Subhanallohi ‘adada ma xolaqo fis-
samai va subhanallohi ‘adada ma xolaqo fil-arzi va subhanallohi ‘adada ma bayna zalika 
va subhanallohi ‘adada ma huva xoliq», deb ayt», dedilar. (Ma’nosi: «Osmonda yaratgan 
narsalari adadicha Allohni poklayman, yerda yaratgan narsalari adadicha Allohni 
poklayman, u ikkalasi orasidagi narsalar adadicha Allohni poklayman va U yaratadigan 
narsalari adadicha Allohni poklayman».) «Allohu akbar», «alhamdulillah», «la ilaha 
illalloh», «la havla va la quvvata illa billah» kalimalarini ham xuddi «subhanalloh»ni 
aytgandek aytadi. (Ya’ni, «Allohu akbar ‘adada ma xolaqo fis-samai va Allohu akbar 
‘adada ma xolaqo fil-arzi...» deb.) Imom Termiziy rivoyati. 

Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
246
1442/36. Abu Muso Ash’ariydan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasululloh (s.a.v.) menga: 
«Jannat xazinalaridan birini senga aytaymi?» dedilar. Men: «Ha, ayting, ey Rasululloh», 
dedim. Shunda u zot: «(Sen) «La havla va la quvvata illa billah»ni ayt, u jannat 
xazinalaridandir», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
 
245-bob 
Alloh taoloni tik turib, o‘tirib va yonboshlab zikr qilish haqida 
 
Alloh taolo: 
«Albatta osmonlar va yerning yaralishida hamda kecha va kunduzning 
almashinib turish ida aql egalari uchun (bir yaratuvchi va boshqarib turguvchi Zot 
mavjud ekanligiga) oyat-alomatlar bor. Ular turganda ham, o‘tirganda ham, 
yotganda ham Allohni eslaydilar» (Oli Imron surasi, 190-191-oyatlar), deb aytgan. 
1443/1. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) barcha holatlarda Allohni 
zikr qilib yurardilar. Imom Muslim rivoyati. 
1444/2. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Agar sizlardan 
biringiz o‘z ahli huzuriga kelib, (jimo’ qilishni xohlab) «Bismillohi, allohumma jannibnash 
shaytona va jannibish shaytona ma rozaqtana», desa, o‘rtalarida bola bo‘lib qolsa, unga 
u (shayton) zarar bera olmaydi», dedilar (ma’nosi: «Allohning ismi ila, Allohim, bizni 
shaytondan va shaytonni Sen bizga rizq qilib bergan farzandimizdan yiroq qilgin»). 
Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
 
246-bob 
Uxlashga yotayotganda va uyg‘onganda aytiladigan zikrlar 
 
1445/1. Huzayfa va Abu Zarrdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) agar 
to‘shaklariga yotsalar: «Bismikallohumma ahya va amuvtu», ya’ni «Allohim, Sening 
isming bilan tirilaman va o‘laman», deb aytardilar. Agar uyg‘onsalar: «Alhamdu 
lillahillaziy ahyana ba’da ma amatana va ilayhin nushur», ya’ni «O’ldirgandan keyin 
qayta 
tiriltirgan Allohga hamd bo‘lsin. Qaytish, ya’ni tirilish Uning O’zigadir», deb aytardilar. 
Imom Buxoriy rivoyati. 
 
247-bob 
Zikr xalqalarining fazilati, unda bardavom bo‘lishga da’vat 
hamda uzrsiz uni tark qilishdan qaytarilgani haqida 
 
Alloh taolo: 
«Siz o‘zingizni ertayu kech Parvardigorlarining yuzini -roziligini istab, Unga 
duo-iltijo qiladigan zotlar bilan birga tuting! Ko‘zlaringiz hayoti dunyo 
ziynatlarini ko‘zlab, ulardan o‘tib (o‘zga ahli dunyolarga boqmasin)» (Kahf surasi, 
28-oyat), deb aytgan. 
1446/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Allohning 
farishtalari zikr ahllarini qidirib yo‘llarda aylanib yurishadi. Agar Allohni zikr qilib yurgan 
qavmni topishsa, bir-birlarini chaqirib, ehtiyojlaringizga kerakli narsaga kelinglar, 
deyishadi. Va o‘sha zikr qiluvchilarni qanotlari bilan o‘rab, to dunyo osmonigacha 
yetishadi. Alloh taolo bilib turib: «Bandalarim nima deyishmoqda?» deb so‘raydi. 
Farishtalar: «Bandalaring tasbeh (Subhanalloh), takbir (Allohu akbar), hamd 
(Alhamdulillah) aytib Seni ulug‘lashmoqda», deyishadi. Alloh taolo: «Bandalarim Meni 

Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
247
ko‘rishganmi?» deb so‘raydi. Farishtalar: «Yo‘q, Seni ko‘rishmagan», deyishadi. Alloh 
taolo: «Agar ko‘rishsa, nima qilishar edi?» deydi. Farishtalar: «Agar ko‘rishganida edi, 
yana ham ko‘proq ibodat qilishar hamda ulug‘lash, tasbeh aytishni ko‘paytirishar edi», 
deyishadi. Alloh taolo: «Ular Mendan nimani so‘rashmoqda?» deydi. Farishtalar: 
«Bandalaring jannat so‘rashadi», deyishadi. Alloh taolo: «Jannatni ko‘rishganmi?» deydi. 
Farishtalar: «Vallohi, ey Rabb, ko‘rishmagan», deyishadi. Alloh taolo: «Agar ko‘rishsa, 
qanday bo‘lar edi?» deydi. Farishtalar: «Agar jannatni ko‘rishganida, bundan ko‘ra haris, 
talabgor bo‘lib, rag‘bat qilishar edi», deyishadi. Alloh taolo: «Nima narsadan panoh 
tilashmoqda?» deb so‘raydi. Farishtalar: «Do‘zaxdan panoh tilashadi», deyishadi. Alloh 
taolo: «Do‘zaxni ko‘rishganmi?» deb so‘raydi. Farishtalar: «Yo‘q, ko‘rishmagan», 
deyishadi. Alloh taolo: «Agar ko‘rishsa, qanday bo‘lar edi?» deydi. Farishtalar: «Agar 
ko‘rishganida edi, bundan-da qattiq qo‘rqib qochishar edi», deyishadi. Shunda Alloh 
taolo: «Sizlar guvoh bo‘linglar, Men ularning gunohlarini kechirdim», deydi. 
Farishtalardan biri: «Ularning ichida falon kishi bu toifadan emas. Faqatgina o‘zining 
hojati uchun kelib qo‘shilmoqda», deydi. Alloh taolo: «U zikr ahllari bilan suhbatdoshdir. 
Zikr ahllari bilan bir o‘tirganlar hargiz badbaxt bo‘lishmaydi», deb aytadi», dedilar. 
Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
Imom Muslimning Abu Hurayradan (r.a.) qilgan rivoyatida aytilishicha, Rasululloh 
(s.a.v.) «Albatta Alloh taoloning (sayohat qiluvchi Hafaza nomli farishtalaridan boshqa) 
Fuzalo nomli farishtalari bo‘lib, ular zikr qilinuvchi majlislarni axtarib yurishadi. Agar zikr 
qilinayotgan majlisni topishsa, ular bilan birga o‘tirishadi. Bir-birlarini qanotlari bilan 
o‘rab, zikr qiluvchilar o‘tirgan majlis bilan osmon o‘rtasi farishtalarga to‘lib ketadi. 
Qachonki, majlis ahli tarqalib ketishsa, farishtalar ham osmonga ko‘tarilishadi. Alloh 
taolo bilib turib: «Qaerdan keldinglar?» deb so‘raydi. Farishtalar: «Yerdagi bandalaring 
huzuridan. Ular senga tasbeh, takbir, tahlil va hamd aytib, Sendan (hojatlarini) 
so‘rashmoqda», deyishadi. Alloh taolo: «Mendan nimani so‘rashmoqda?» desa, 
farishtalar: «Jannatingni so‘rashadi», deyishadi. Alloh taolo: «Jannatimni ko‘rishganmi?» 
desa, farishtalar: «Yo‘q, ey Rabb», deyishadi. Alloh taolo: «Agar jannatimni ko‘rishsa, 
qanday bo‘lar edi?» desa, farishtalar: «Sening panohingga qochishar edi», deyishadi. 
Alloh taolo: «Nimadan panohimga qochishadi?» deydi. Farishtalar: «Ey Rabb, 
do‘zaxingdan», deyishadi. Alloh taolo: «Do‘zaximni ko‘rishganmi?» deydi. Farishtalar: 
«Yo‘q», deyishadi. Alloh taolo: «Agar do‘zaximni ko‘rishsa, qanday bo‘lar edi?» deydi. 
Farishtalar: «Istig‘for aytishadi», deyishadi. Alloh taolo: «Men ularning gunohlarini 
kechirdim. So‘ragan narsalarini berdim. Panoh tilagan narsalaridan panoh berdim», 
deydi. Farishtalar: «Ey Rabb, ularning ichida xatokor falonchi bir banda bordir. U ahli 
zikrlar oldilaridan o‘ta turib ular bilan birga o‘tirib qoldi», deyishsa, Alloh taolo: «Uning 
ham gunohlarini kechirdim, chunki bu jamoa bilan o‘tirgan odam badbaxt bo‘lmaydi», 
deydi», dedilar. 
1447/2. Abu Hurayra va Abu Saiddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Bir 
qavm o‘tirib Allohni zikr qilsa, ularni farishtalar o‘rab olishadi va rahmat qoplaydi. 
Ustilariga xotirjamlik tushadi. Alloh ularni O’zining huzuridagilar (ya’ni, farishtalar) bilan 
eslaydi», dedilar. Imom Muslim rivoyati. 
1448/3. Abu Voqid Horis ibn Avfdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) 
masjidda odamlar bilan birga o‘tirgan edilar. Uch nafar kishi kelib, ikkisi Rasulullohga 
(s.a.v.) yuzlandi. Ammo biri (majlisga qatnashmay) ketib qoldi. Ya’ni, ikkisi Rasululloh 
(s.a.v.) huzurlarida to‘xtab, ularning biri xalqadan bo‘sh joy topib, u yerga o‘tirdi. 
Ikkinchisi esa orqaga o‘tirdi. Uchinchisi orqa o‘girib ketib qoldi. Qachonki, Rasululloh 
(s.a.v.) forig‘ bo‘lganlaridan keyin: «Men sizlarga mana bu uch nafar kishi haqida xabar 
beraymi? Ularning biri Allohga yaqin bo‘lgan edi, Alloh ham unga yaqin bo‘ldi. Ikkinchisi 

Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
248
hayo qilgan edi, Alloh ham hayo qildi. Uchinchisi (o‘tirishdan) yuz o‘tirgan edi, Alloh ham 
undan yuz o‘girdi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
1449/4. Abu Said al-Xudriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir kuni Muoviya (r.a.) 
masjiddagi (zikr) xalqalaridan biriga chiqib: «Sizlarni bunday o‘tirishga nima narsa 
undadi?» deb so‘raganlarida, ular: «Allohni zikr qilish uchun o‘tiribmiz», deyishdi. 
Muoviya (r.a.): «Allohga qasamki, sizlar faqat shuning uchun o‘tirdilaringmi?» 
degandilar, ular: «Ha, faqat shuning uchun o‘tirdik», deyishdi. Shunda Muoviya (r.a.): 
«Men sizlarga tuhmat qilib qasam bermadim, lekin hech kim Rasulullohga (s.a.v.) 
menchalik yaqin emas. Yaqin bo‘lishimga qaramasdan u zotdan oz hadis rivoyat 
qilganman. Bir kuni sahobalar xalqa bo‘lib o‘tirganlarida, Rasululloh (s.a.v.) ularning 
oldilariga chiqib: «Sizlarni bunday o‘tirishga nima narsa undadi?» deb so‘radilar. 
Sahobalar: «Allohni zikr qilish va bizni Islomga hidoyat qilganiga hamd aytish uchun 
o‘tiribmiz», deyishdi. Shunda Rasululloh (s.a.v.) «Allohga qasamki, mana shuning uchun 
o‘tirdinglarmi? Men sizlarga tuhmat qilib qasam bermadim. Lekin menga Jabroil 
(alayhissalom) kelib, Alloh taolo sizlar bilan farishtalariga faxrlanayotganining xabarini 
berdi», dedilar», deb aytdilar. Imom Muslim rivoyati. 
 
248-bob 
Ertalab va kechqurun Allohning zikri Bilan 
mashg‘ul bo‘lish haqida 
 
Alloh taolo: 
«Parvardigoringizni ichingizda yolvorib, qo‘rqib, dildan ertayu kech yod 
qiling va g‘ofil kimsalardan bo‘lmang» (A’rof surasi, 205-oyat); 
«Quyosh chiqishidan ilgari va botishidan avval Parvardigoringizga hamdu 
sano aytish bilan (U Zotni) poklang - namoz o‘qing» (Toho surasi, 130-oyat); 
«Tunu kun Parvardigoringizga hamdu sano aytish bilan (U Zotni) poklang» 
(o‘ofir surasi, 55-oyat); 
«(U chiroq) bir uylarda (ya’ni, masjidlarda yoqilurki), Alloh ularni baland ko‘tarib, 
(bino) qilinishiga va ularda O’zining nomi zikr qilinishiga izn bergan (ya’ni, amr 
qilgan) edi. (U masjidlarda) ertayu kech U Zotni poklaydigan kishilar borki, ularni 
na tijorat va na oldi-sotdi Allohni zikr qilishdan, namozni to‘kis ado etishdan va 
zakotni (haqdorlarga) ato etishdan mashg‘ul qila olmas» (Nur surasi, 36-oyat); 
«Albatta Biz tog‘larni kechki payt va ertalab (ya’ni, mudom) u bilan birga 
tasbeh aytadigan qilib bo‘yinsundirib qo‘ydik» (Sod surasi, 18-oyat), deb aytgan. 
1450/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kim tong otganda 
va kech kirganda «Subhanallohi va bihamdihi», deb yuz marta aytsa, qiyomat kuni biror 
kishi undan afzal bo‘la olmaydi. Faqatgina u kabi aytsa yoki undan ziyoda qilsa, afzal 
bo‘ladi, xolos», dedilar. Imom Muslim rivoyati. 
1451/2. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir kishi Rasululloh (s.a.v.) 
huzurlariga kelib: «Ey Rasululloh, kecha meni chayon chaqib oldi», dedi. Shunda Nabiy 
(s.a.v.) «Kech kirganida «A’uzu bikalimatillahit tammati min sharri ma xolaq», desang, 
senga hech narsa zarar bermaydi», dedilar (ma’nosi: «Allohning hamma kalimalari bilan 
U yaratgan narsalarning yomonligidan panoh tilayman»). Imom Muslim rivoyati. 
1452/3. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) tong otganida: 
«Allohumma bika asbahna va bika amsayna va bika nahya va bika namutu va ilaykan 
nushur» («Allohim, Sening noming ila tong ottirdik, Sening noming ila kech kirgizdik. 
Sening noming ila tirilamiz va Sening noming ila o‘lamiz. Va Senga qaytajakmiz»), der 
edilar. Kech kirganida esa: «Allohumma bika amsayna va bika nahya va bika namutu va 

Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy 
 
 
Download 5.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling